“ICT Week Uzbekistan – 2023”: Haftalik doirasida "ALOQA NAZORATI" mobil ilovasi taqdimoti o‘tkazildi
“ICT Week Uzbekistan – 2023” haftaligi doirasida “ALOQA NAZORATI” mobil ilovasi taqdimoti o‘tkazildi. “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining mazkur “ALOQA NAZORATI” mobil ilovasi internet, mobil aloqa, pochta va mahalliy telefon, televideniye va radio, axborot xavfsizligini ta’minlash, ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlarining sifati yuzasidan aholi murojaatlarini qabul qilish va ularga tezkor yechim topish maqsadida yaratilgan.
Agar, sizda ham yuqoridagi yo‘nalishlarda murojaatlar bo‘lsa, mobil ilovani telefoningizga yuklab olishingiz va aniqlangan muammolarga yechim topishingiz mumkin.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5236
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Energetiklar sihatgohi”: “Yaxshi dam – mehnatga hamdam”
“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi-xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli madaniy tadbirlar muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda.
“O‘zbekgidroenergo” AJning 2023-yil 31-yanvarda tasdiqlangan “nazorat-reja” ijrosini taʼminlash maqsadida, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” loyihasi doirasida, Jamiyat tasarrufidagi “Energetiklar sihatgohi” MChJning bir guruh xodimlari uchun Xorazm vohasining marvaridi sanalgan Xiva shahriga ziyorat tashkil etildi.
Xivaga tashrif davomida ishchi-xodimlar shaharning diqqatga sazovor maskanlari bilan yaqindan tanishishdi. Kalta Minor, Ichan-qalʼa, Juma masjidi, Olloqulixon, Muhammad Rahimxon, Sherg‘ozixon madrasalari, Pahlavon Mahmud memoriali, “Tosh hovli” saroyi shular jumlasidandir.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5229
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich
“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan joriy yilning 26-oktyabr holatiga ko‘ra energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan 12,849 mln kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan 108 % ni tashkil etadi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5227
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Andijon GES” UKda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5225
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish davrida favqulodda vaziyatlar natijasida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash
Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish davrida favqulodda vaziyatlar natijasida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, jismoniy hamda yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rni qonunchilikda belgilangan tartibda sug‘urta summasi doirasida qoplanadi.
Transchegaraviy ahamiyatga ega bo‘lgan gidrotexnika inshootlaridagi favqulodda vaziyatlar natijasida yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish davrida favqulodda vaziyat natijasida yetkazilgan zararning sug‘urta summasidan ortig‘ining o‘rnini qoplash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5223
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5221
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy holati raqamlarda
Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy holati raqamlarda:
yalpi ichki mahsulot hajmining o‘sish surʼati – 105,8 %
sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi – 105,7 %
qurilish ishlari hajmining o‘sish surʼati – 105,6 %
chakana savdo tovar aylanmasi o‘sish surʼati – 107 %
bozor xizmatlari hajmining o‘sish surʼati – 112,1 %
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish surʼati – 104,1 %
tashqi savdo aylanmasi o‘sish surʼati – 122,1 %
eksportning o‘sish surʼati – 123,5 %
importning o‘sish surʼati – 121,2 %
faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni – 486 232 ta
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5219
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekistondagi TОР-20 “aql markazlari”
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5217
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Kuzgi daraxt ekish mavsumi” boshlandi
Xabaringiz bor, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 11-oktabr kuni turizm va madaniyat maskanlari imkoniyatini to‘liq ishga solish, “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumini tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.
Mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi boshlanganiga 2 yil bo‘ldi. Shu davrda 1 ming 200 gektardan ortiq yashil bog‘ va jamoat parklari, 1 million gektardan ziyod yashil hudud va qoplamalar barpo etildi. Umuman, jamiyatda, mas’ullarda daraxtga nisbatan munosabat o‘zgardi.
Prezidentimiz tomonidan 25-oktabrdan 1-dekabrgacha “kuzgi daraxt ekish mavsumi” e’lon qilindi. Bu mavsumda 85 million tup ko‘chat ekilishi mo‘ljallangan.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5215
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Gidrotexnika inshootlari xavfsizligini taʼminlash – muhim masala
Har bir sohaning muhim va ajralmas tamoyillari, shu bilan birga, bajarilishi taʼminlanishi shart bo‘lgan, dolzarb ahamiyatga ega vazifalari bor. Zero, aynan shu omillar sohaning barqarorligi, xavfsiz faoliyatini taʼminlash barobarida, uning izchil taraqqiyotiga xizmat qiladi.
Xabaringiz bor, 2023-yil 30-avgust sanasida O‘zbekiston Respublikasining “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Bu, o‘z navbatida, gidrotexnika inshootlari xavfsizligini taʼminlashning eng muhim sharti bo‘lgan normativ-huquqiy asoslar yanada mustahkamlanganligini ko‘rsatmoqda.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5213
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Xitoyda balandligi 310 metrdan ortiq shamol generatori quriladi
https://upload.uzgidro.uz/upload/photo/2023_10_25_04_30_53653899fddfdee.jpg
Bloombergga ko‘ra, Xitoyning Ming Yang Smart Energy kompaniyasi tomonidan rotor diametri 310 metrdan ortiq bo‘lgan 22 MVt ga teng ulkan turbinani qurilishi rejalashtirilgan.
Rotorning ish maydoni, ya’ni u aylanadigan doiraning maydoni taxminan 75 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Bu taxminan 10 dan ortiq futbol maydoni yoki 60 ta olimpiya suzish havzasiga teng.
Qurilmaning o‘lchami rekordlar ortidan quvish uchun emas, balki samaradorlik bilan izohlanadi. Uzunroq parraklar ko‘proq shamolni ushlaydi va ko‘proq quvvat ishlab chiqaradi. Katta turbinalar odatda shamol energiyasini ishlab chiquvchilar uchun xarajatlarni kamaytiradi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5211
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi
Ayni kunlarda yurtimizning barcha hududlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ketmoqda. Kommunal tarmoqlar qayta ko‘rib chiqilib, issiqlik korxonalari modernizatsiya qilinmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifi davomida viloyat “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasining Qarshi shahrida yangidan bunyod etilgan markaziy qozonxonasini borib ko‘rdi.
Ushbu majmua 12 Gkal quvvatga ega. Bu yerga Turkiyadan keltirilgan 14 MVtli uchta qozon o‘rnatildi. Buning evaziga yiliga 1,7 million kub metr tabiiy gazni iqtisod qilish imkoniyati yaratildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5209
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ Ijro apparati xodimlari davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda
“O‘zbekgidroenergo” AJning 2023-yil 9-oktabrdagi 84-son buyrug‘iga asosan, Ijro apparati xodimlarini davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish belgilangan. Taʼkidlash joizki, Jamiyat tomonidan har yili anʼanaviy ravishda o‘tkazilib kelinadigan mazkur jarayon xodimlarning salomatligini tajribali shifokorlar yordamida har tomonlama o‘rganish, nazorat qilish, tiklash va yaxshilashga qaratilgan. Zero, kadrlar salomatligi tashkilot faoliyatining rivojida muhim omillardan biridir.
Maʼlumki, “O‘zbekgidroenergo” AJga qarashli “Energetiklar sihatgohi” – gidroenergetika tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan soha xodimlarining maroqli hordiq chiqarishi, tan-sihatligi hamda salomatligini nazorat qilishi va tiklashi uchun mo‘ljallangan sihatgoh hisoblanadi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5207
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5205
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Prezidenti AQSH delegatsiyasini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-oktabr kuni AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) administratori Samanta Pauer boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Delegatsiya Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSHning vazirlar darajasidagi taraqqiyot masalalari bo‘yicha uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turibdi.
Konstruktiv va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekistonda USAID bilan hamkorlikda sog‘liqni saqlash, ta’lim, “yashil” energetika, agrobiznes va boshqa yo‘nalishlarda bir qator loyihalar ro‘yobga chiqarilgani va davom ettirilayotganini ta’kidlash joiz.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5203
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Shahrixon GESlar kaskadi” filialida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5230
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Ekologik barqarorlik sari intilish. Biznesning iqlim o‘zgarishiga moslashuvi”
2023-yil 26-oktabr kuni poytaxtimizda “Ekologik barqarorlik sari intilish. Biznesning iqlim o‘zgarishiga moslashuvi” mavzusida vorkshop o‘tkazildi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan iqlim o‘zgarishi sharoitida ekologik barqarorlikni taʼminlash yo‘llari, yo‘nalishlari, mavjud qiyinchiliklar va muammolar hamda ularning ijobiy yechimlari muhokama qilindi.
Ushbu seminar ishida “O‘zbekgidroenergo” AJ Transformatsiya ofisi xodimi ham faol ishtirok etdi.
Tadbir Amerika savdo palatasining O‘zbekistondagi vakilligi hamda Markaziy Osiyoda BMTning Global kelishuvi hamkorligida tashkil qilindi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5228
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Energetika islohotidagi navbatdagi vazifalar ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida 26-oktabr kuni energetika bozori regulyatori faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
Mamlakatimiz energetika sohasi bosqichma-bosqich isloh qilib kelinmoqda. Birinchi bosqichda boshqaruv tizimi o‘zgartirildi. So‘nggi yillarda 22 ta elektr stansiyasi, jumladan, ilgari generatsiya bo‘lmagan viloyatlarda yangi stansiyalar ishga tushirildi. Elektr generatsiyasi tizimiga ilk bor xususiy kapital jalb qilinmoqda.
Hozirgi kunda jami quvvatlar 85 milliard kilovatt soatga yetgan. Kelgusi yillarda yana 20 gigavattlik quvvatlarni ishga tushirish mo‘ljallangan. Yetti milliard dollar xususiy sarmoya evaziga 9 gigavatt quvvat yaratish rejalashtirilgan.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5226
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Jamiyatimiz mutaxassislari Ostona shahrida ESG bo‘yicha maxsus o‘quv dasturlarida ishtirok etmoqda
Jamiyatimizning bir guruh mutaxassislari ESG (ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv) tamoyillarini joriy etish maqsadida xorijda – qo‘shni Qozog‘istonda malaka oshirmoqda.
Atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy mas’uliyat va korporativ boshqaruv muvaffaqiyatli rivojlanishning (biznesning) asosiy omillariga aylanib borayotgan hozirgi davrda “O‘zbekgidroenergo” AJ ushbu yo‘nalishda faol ishtirok etmoqda.
Jamiyatimiz mutaxassislari ESG bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirishga imkon beradigan maxsus o‘quv dasturlarida ishtirok etish uchun Ostana shahriga tashrif buyurdilar.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5224
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“RusGidro” OAJ: Votkin GESning 2-gidroagregati mukammal taʼmirdan chiqarildi
“RusGidro” OAJ tomonidan GESlarni kompleks modernizatsiya qilish dasturiga asosan, Votkin GESda ham modernizatsiya ishlari olib borilmoqda. GESdagi mavjud gidroagregatlar yangilanmoqda. Eskirgan uskunalar yangi zamonaviy uskunalar bilan jihozlanmoqda. Hozirda mazkur GESning 2-gidroagregatida mukammal taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Yangi qurilmani 2024-yilda ishga tushirish rejalashtirilgan. Votkin GESni kompleks modernizatsiya qilish dasturiga ko‘ra, gidroelektr stansiyaning barcha gidroagregatlari almashtiriladi. Mazkur ishlarni amalga oshirishda sohaning yetakchi kompaniyalaridan bo‘lgan yirik «Siloviye mashini» kompaniyasi bilan shartnoma imzolangan. Hozirda stansiyada yettita gidravlik blok almashtirilgan.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5222
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Qiziqarli ma`lumot: Quyosh panellaridan foydalanilgan eng katta avtoturargoh qayerda joylashgan?
Mutaxassislar tomonidan Morpet shahri (Angliya) kengashining shtab-kvartirasi uchun 120 ta elektr transport vositalarini quvvatlash kuchiga ega, quyosh panellari bilan jihozlangan dunyodagi eng katta avtoturargoh bunyod etildi.
Avtoturargoh taxminan 150 000 funt sterlingga teng xarajatni tejaydi va uglerod chiqindilarini yiliga 250 tonnagacha kamaytiradi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5220
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Qashqadaryodagi iqtisodiy imkoniyatlar tahlil qilinib, qo‘shimcha vazifalar belgilandi
Qarshi shahrida 25-oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Dunyoda ziddiyatlar tobora kuchayib borayotgani, befarqlik, o‘zibo‘larchilik kayfiyati bilan rivojlanib bo‘lmasligi ta’kidlandi.
– Mamlakatimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va kelajagi uchun yangi korxonalar, yangi bozorlar, investitsiya, ish o‘rinlari, katta-katta tushumlar kerak. Jahon bozoridagi tebranishlar, hamkor davlatlardagi savdo cheklovlari davom etaversa, mahsulotlarni qayerga va qanday sotish kerak? Buning uchun qaysi korxonaga qanday ko‘mak berish zarur, – deya savollar qo‘ydi Shavkat Mirziyoyev.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5218
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Shahrixon GESlar kaskadi” filiali: GES-5A ochiq taqsimlash qurilmalarida joriy ta`mirlash ishlari olib borilmoqda
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5216
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Shveysariyada eski sun‘iy yo‘ldosh antennalari quyosh fotoelektr stansiyalariga aylanmoqda
Shvetsariyada eski sun‘iy yo‘ldosh antenalari quyosh elektr stansiyalariga almashtirilmoqda. Bunday noodatiy g‘oya tashabbuskori, Signalhorm kompaniyasi hisoblanadi. 2021-yilda qayta tashkil etilgan kompaniya o‘ziga tegishli yer maydonlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yaratish maqsadida bu ishga qo‘l urgan edi. Bo‘sh turgan yerlarga kuyosh panellarini o‘rnata boshlagan.
Dastlab, Lauk shahridagi 5 ming kvadrat metrlik malʼumotlar markaziga modul o‘rnatishdan boshlagan yashil energiya loyihasiga asta sekin 1970- yillarda qurilgan eski sun‘iy yo‘ldosh antennalari ham jalb etila boshladi. Bunday uskunalardan esa, kompaniya hududida 50 tasi mavjud. Ulardan eng kattasini diametri 32 metr, 3216 kvadrat hududga yoki bo‘lmasa bitta futbol maydoniga teng.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5214
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5212
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylariga
Hurmatli ichki ishlar tizimi xodimlari!
Qadrli ofitser va generallar, serjant va safdorlar!
Muhtaram faxriylar!
Avvalo, siz, azizlarni qutlug‘ kasb bayramingiz – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Ushbu quvonchli ayyomda sizlarning o‘z zimmangizdagi g‘oyat muhim vazifalarni mas’uliyat bilan ado etib kelayotganingizni alohida ta’kidlashni istardim.
So‘nggi yillarda ichki ishlar organlarini chinakam xalqchil tuzilmaga aylantirish, aholi uchun barcha shahar va qishloqlarda xavfsiz yashash va mehnat sharoitini yaratish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Eng quyi bo‘g‘indagi vaziyat va muammolarni chuqur o‘rganish asosida har qaysi mahallani jinoyatdan xoli hududga aylantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5210
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Foydalanuvchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish
Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish davrida favqulodda vaziyat yuzaga kelishi natijasida boshqa shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga va (yoki) mol-mulkiga, shuningdek atrof-muhitga zarar yetkazilganligi uchun foydalanuvchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Foydalanuvchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish tartibi va Sug‘urta obyektlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5208
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Aholiga munosib turmush sharoitlari yaratish — islohotlarning asosi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji bilan tanishish maqsadida 24-oktabr kuni Qashqadaryo viloyatiga keldi.
Davlatimiz rahbari butun faoliyati davomida har bir soha bo‘yicha bevosita joylarga chiqib, xalq bilan muloqot qilib, aholi hayotidan kelib chiqib ish yuritadi. Mamlakatimiz hududlariga tashriflardan asosiy maqsad – qishloq aholisining turmush darajasini ko‘tarish, tumanlarni sanoatlashtirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash.
Bu jihatlar Qashqadaryo viloyatiga tashrifda ham namoyon. Davlatimiz rahbari dastlab “Sulton tex group” klasterining to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5206
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Hududlarda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash choralari belgilandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-oktabr kuni hududlarda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yaxshilash, oziq-ovqat ekinlarini ekish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan hududiy va ijtimoiy dasturlarda ichimlik suvi ta’minoti alohida o‘rin egallaydi. Bu borada xizmat sifatli va doimiy bo‘lishi uchun narx mutanosibligi muhim.
Tahlillarga qaraganda, bugungi kunda 1 kub metr ichimlik suvi tannarxi Toshkent shahrida 448 so‘m bo‘lgani holda Namanganda qariyb 3 ming so‘mni, Samarqand va Navoiyda 2 ming 600 so‘mni tashkil qiladi.
Suv ishlab chiqarish tannarxida elektr energiyasi ulushi respublika bo‘yicha o‘rtacha 27 foiz. Lekin Farg‘ona, Namangan va Toshkent viloyatida bu ko‘rsatkich yuqori.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5204
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘rta Chirchiq GESlar kaskadi” UKda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi vakillari bilan amaliy muloqot uchrashuvi o‘tkazildi
“O‘rta Chirchiq GESlar kaskadi” unitar korxonasida O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijtimoiy himoya va moliya bo‘limi mudirlari hamda mutaxassisi bilan amaliy muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.
Tadbirda korxona rahbariyati hamda masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Xodimlar ijtimoiy himoya, moliya yo‘nalishida va boshqa o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan batafsil javoblar oldilar.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5202
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube