uzbyuksalish | Неотсортированное

Telegram-канал uzbyuksalish - "YUKSALISH" HARAKATI

3300

“Yuksalish” harakati ☎️ +998 95 230 33 23 📩info@yumh.uz Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: https://taplink.cc/yuksalish.org

Подписаться на канал

"YUKSALISH" HARAKATI

⚠️ Siyosiy partiyalarning nomzodlar ro'yxatida ko'plab taniqli siyosatchilar bor

Parlament va mahalliy kengashlar deputatligiga siyosiy partiyalar tomonidan ko'rsatilgan nomzodlar ro'yxatidagi Respublika tashkilotlari vakillari bilan tanishing!

Ma'lumot uchun, O'zbekistonda parlamentga saylovlar ilk bor aralash tizim — majoritar va proportsional tizim asosida o'tkazilmoqda.

📱 Saylov2024

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

⚡️ Siyosiy partiyalar 27-oktabrda bo'lib o'tadigan saylovlar uchun o'zlarining saylovoldi dasturlarini taqdim etdilar

Dasturlar “Yuksalish” harakati tomonidan tahlil qilindi.

Partiyalarning dasturlarida iqtisodiyotni isloh qilish, ekologiyani yaxshilash, soliqlarni tartibga solish, ta'lim va tibbiyotni yaxshilash kabi ko'plab g'oya va tashabbuslar o'rin olgan.

Mazkur videorolikda partiyalarning saylovoldi dasturlaridagi iqtisodiyotni rivojlantirish bo'yicha muhim tashabbuslari bilan tanishishingiz mumkin!

🆕 Eng asosiysi mazkur mahsulot sun'iy intellekt yordamida yaratildi! Barcha kadrlar sun'iydir!

📱 Saylov2024

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

🗣 "Yuksalish" harakati Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlarning gender tarkibini tahlil qildi.

Parlament deputatligiga jami nomzodlarning 44,7 foizini, mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlarning 42,5 foizini ayollar tashkil etmoqda.

📱 Saylov2024

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

💬 20-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlar e'lon qilindi. "Yuksalish" harakati tomonidan siyosiy partiyalar ilgari surgan nomzodlarning mutaxassisligi tahlil qilindi.

Parlament deputatligiga nomzodlarning 9,1 foizini shifokorlar, 20,2 foizini iqtisodchilar tashkil qilmoqda.

📱 Saylov2024

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🗣️ "Yuksalish" harakati raisi Bobur Bekmurodov:

"Biz uchun har bir ishtirokchi, har bir donor chinakam qahramondir! "Biz — donormiz!" aksiyasi davom etadi. Ishonchimiz komilki, keyingi alsiyalarimizga yanada ko'proq odamlarimiz ushbu xayrli ishga qo'shiladilar!".


📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 "Ayollar daftari"ga kiritilganlar qanday qo'llab-quvvatlanadi?

Masalan, quyidagilar taqdim etiladi:

➖ ishga joylashishda yordam berish;
➖ bir martalik to‘оvlar va boshqalar.


Ijtimoiy himoyaga muhtoj toifadagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha batafsil ma’lumotni ushbu videodan bilib olishingiz mumkin.

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Yuksalish" harakati tomonidan tashkil etilgan "Biz — donorlarmiz!" aksiyasining birinchi kunida Respublika qon quyish markazi ko‘magida 64,3 litr qon yig‘ildi

Toshkent, Xorazm va Navoiy viloyatlarida 20 ta tashkilotdan 200 dan ortiq odam ishtirok etdi.

Har bir ishtirokchiga minnatdorchilik bildirgan holda xayriya aksiyasi 13 sentabrgacha davom etishini eslatib o‘tamiz!

📍 Hududlardagi aksiya bo‘lib o‘tadigan manzillarni quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.

Batafsil: https://yumh.uz/uz/news_detail/714

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

⚡️ 9-sentabrda “Biz — donormiz!” aksiyasi boshlanadi

Birinchilardan bo'lib Toshkent shahar, Navoiy va Xorazm viloyatlari aholisi qon topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Agar siz poytaxtda bo'lsangiz, 👉 41.312295,69.24064,16z/data=!4m4!3m3!8m2!3d41.312295!4d69.24064?entry=ttu&g_ep=EgoyMDI0MDkwNC4wIKXMDSoASAFQAw%3D%3D">ushbu manzilga 👈 tashrif buyurishingiz mumkin 👉 qon donori bo'ling va hayot baxsh eting!

⏰ Soat 10:00 dan 13:00 gacha.

📌 Hududlar boʻyicha jadval bu yerda.

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

⚡️”Yuksalish” harakati Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda hamda AQSH Davlat departamentining xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish va huquqni muhofaza qilish byurosi (INL), “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti (Sloveniya) ko‘magida tayyorlagan

📌O‘zbekistonda demokratiya” axborotnomasining navbatdagi sonini taqdim etadi.

🌐 Shuningdek, Axborotnomaning avvalgi sonlari bilan uch tilda "Yuksalish" harakatining veb-saytida ham tanishishingiz mumkin: https://yumh.uz/uzc/csonewsletter

❗️NNTlar diqqatiga! Faoliyatingiz haqida mahalliy va xalqaro hamjamiyat bilan baham ko‘rishni istagan yangiliklar, fotosuratli materiallarni har oyning 28-sanasigacha "Newsletter" belgisi bilan info@yumh.uz elektron manziliga yuboring.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

🇺🇿🇺🇿🇺🇿1-sentabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

➖ Pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshiriladi.

➖ Ikki viloyatda maktab avtobuslari yo'lga qo'yiladi
.

➖ Yoshlarga xorijiy tillarni o‘rganishini rag‘batlantirish talablari yengillashtiriladi.

▶️ Shu va boshqa o'zgarishlar haqida videomizdan bilib olishingiz mumkin.

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 “Yuksalish” harakati raisi Bobur Bekmurodov Osiyo infratuzilma investitsiyalari bankining (OIIB) Kommunikatsiyalar departamenti bosh direktori Jeffri Haydey bilan uchrashdi.

➡️ Batafsil: https://yumh.uz/uz/news_detail/709

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 O'qituvchilarni jamoat ishlariga jalb qilish mumkin emasligini bilasizmi? Bu “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan.

➡️ Tafsilotlar videomizda.

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 "Yuksalish" harakati davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini baholab boradi

Prezident fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan Farmonni imzoladi.

➡️ Batafsil: https://yumh.uz/uz/news_detail/708

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Tadbirkorlar bilan muloqotda prezident qanday o‘zgarishlarni e’lon qildi?

1️⃣ Tadbirkor auksiondan yer sotib olganda endi QQS hisoblanmaydi.

2️⃣ 2025-yil 1-yanvardan umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismi “keshbek” sifatida qaytarib beriladi.

3️⃣ Tadbirkorlar tomonidan sotib olingan uchastkalarda qurilish muddati belgilanadi.

4️⃣ Yuridik shaxslarning limitdan tashqari elektr va gaz iste’moli uchun tarif pasaytiriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 20-21 avgust kunlari “Yuksalish” harakati tomonidan “O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida inklyuziv ta’limning yoritilishi” mavzusida media-trening tashkil etildi.

U USAIDning “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasi doirasida o‘tkazildi. Tadbirda Namangan, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan 40 nafarga yaqin jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.

➡️ Batafsil: https://yumh.uz/uz/news_detail/704

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

❗️ Siyosiy partiyalarning parlament va mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlari tarkibidagi lider ayollar bilan tanishing!

Ma'lumot uchun, parlament deputatligiga jami nomzodlarning 44,7 foizini, mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlarning 42,5 foizini ayollar tashkil etmoqda.

📱 Saylov2024

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

🖥 20-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga siyosiy partiyalar tomonidan ko'rsatilgan nomzodlar ro'yxatga olindi.

"Yuksalish" harakati nomzodlar tarkibi tahlil qildi.

Nomzodlar orasida milliy ozchilik vakillari, jumladan tojiklar, qozoqlar, turkmanlar, qirg'izlar, ruslar va boshqa millatlar vakillari bor. Ularning jami soni 1915 tani tashkil etmoqda.

📱 Saylov2024

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlarning yosh tarkibi tahlil qilindi

Parlament deputatligiga nomzodlar orasida eng yosh vakil — 25 yoshda. Mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlar orasida eng yosh vakil esa — 21 yoshda.

📱 Saylov2024

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

🇺🇿🇺🇿🇺🇿O‘zbekistonda yangi faxriy unvon – «Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan tadbirkor» ta’sis etildi. Bu mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shib, ish o‘rinlari yaratgan, innovatsiyalarni joriy etgan va ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlagan insonlarni e’tirof etuvchi muhim mukofotdir.

▶️ Ushbu videoda siz faxriy unvonni olish imkoniga ega bo‘lganlarni bilib olishingiz mumkin.

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 "Biz – donormiz!" aksiyasida yarim tonna qon to‘plandi

Aksiya doirasida mingdan ziyod befarq bo‘lmagan insonlar yordamida 547,65 litr qon to‘plandi. Bu shunchaki raqamlar emas, buning ortida qanchadan-qancha saqlanib qolingan umrlar va qon quyishga muhtoj bo‘lgan insonlar uchun paydo bo'lgan umid uchqunlari turibdi.

Ushbu aksiya ko‘plab boshqa tashkilotlar va xususiy tashabbuslar uchun yaxshi namuna bo‘la oladi hamda muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish naqadar muhim ekanligi to‘g‘risidagi tushunchani rivojlantirishga yordam beradi.


Batafsil: https://yumh.uz/uz/news_detail/716

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

⚡️ 9-sentabrdan Oila va xotin-qizlar qo'mitasi tashabbusi bilan o'tkazilayotgan "Xonatlas-2024" festivali boshlandi. Ushbu festival milliy madaniyatimizni ommalashtirish va xonatlasdan mamlakatimizning boy merosini namoyish etuvchi, o'zida nafosat va asrlarga tatigulik qadriyatlarni uyg'unlashtirgan noyob mahsulotlar yaratayotgan hunarmandalarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan.

"Yuksalish" harakati festival doirasidagi fleshmobga qo'shiladi va milliy qadriyatlarimizga befarq bo'lmagan barcha fuqarolarimizni mazkur tashabbusni qo'llab-quvvatlashga chaqiradi.

❗️Tadbirda ishtirok eting, fotosuratlar, xonatlasdan tayyorlangan liboslar va aksessuarlar bilan o'rtoqlashing, boshqalarni ham madaniy an'analarni asrab-avaylashga hamda ushbu yorqin bayramning bir qismi bo'lishga chaqiring!

На русском

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bizning paraatletlarimiz Parijdagi XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida 13-o‘rinni egalladi!

Bu mamlakatimizning ushbu musobaqalarda ishtirok etgan tarixidagi eng yaxshi natija. O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida 🥇10 ta oltin, 🥈 9 ta kumush va 🥉 7 ta bronza medali — jami 26 medal bor.

Markaziy Osiyo davlatlari, MDH a’zolari va Turk davlatlari tashkiloti o‘rtasida O‘zbekiston yetakchilik qilmoqda, Osiyo davlatlari orasida esa Xitoy va Yaponiyadan keyin uchinchi o‘rinda.

👍 Biz sportchilarimiz bilan faxrlanamiz!

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

"Yuksalish" harakati matbuot kotibi lavozimiga vakansiya e'lon qiladi

Talablar:
💬 oliy ma’lumot;
💬 o‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal bilish.
💬 Jurnalistika sohasida ish tajribasi 3 yildan kam bo‘lmasligi (xorijiy tillarni bilishi, matbuot xizmatida ish tajribasi, PR ustunliklarga ega).

❗️ O‘zingiz haqingizdagi ma'lumotni harakatning elektron pochtasiga yuborishingizni so‘raymiz: info@yumh.uz

Batafsil: https://yumh.uz/uz/news_detail/713

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Hurmatli vatandoshlar!

O'zbekiston Mustaqillik kuni bilan tabriklaymiz! O'tgan yillar davomida mamlakat sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdi va bizni yangi marralar kutmoqda!

Sizlarga chin dildan tinchlik-xotirjamlik, oilalaringizga fayzu baraka, baxt-saodat va farovonlik tilaymiz!

Mustaqillik bayramingiz muborak, O‘zbekiston!


📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Ikki mingdan ziyod fuqaroga bepul yuridik maslahatlar berildi

“Yuksalish” harakati O‘zbekiston Notarial palatasi va “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida “Notariuslardan bepul huquqiy bilimlar” shiori ostida 31 ta manzilni qamrab oldi.

Maqsad – fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, aholi bilan muloqot mexanizmini yaratish, huquqni qo‘llash sohasida muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan fikr-mulohazalarni tayyorlash. Shuningdek, fuqarolarga turli huquqiy muammoli masalalarda amaliy yordam ko‘rsatish.


➡️ Batafsil: https://yumh.uz/uz/news_detail/710

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 O'zbekistonda uy hayvonlarini saqlash qoidalarini o'zgartirishlari mumkin

Agar xorijiy davlatlarning tajribasiga murojaat qilinsa, ularda uy hayvonlarini saqlash qoidalari davlat siyosati darajasiga ko'tarilganini ko'rish mumkin. Masalan, Yaponiyada itlar va mushuklar ro'yxatdan o'tkazilishi va emlanishi shart. Turkiyada uy va ko'cha hayvonlari kamroq zo'ravonlikka uchraydi, bunday holatlar minimal darajaga keltirilgan. Bu davlatda ham hayvonlarni saqlash, o'z vaqtida emlashga katta e'tibor beriladi.

❗️ O'zbekistonda ham hayvonlarni saqlash qoidalarini o'zgartirishni rejalashtirmoqdalar.

➡️ Batafsil ma'lumotlar videoda.

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

🇺🇿🇺🇿🇺🇿Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Mamlakat aholisi 31-avgustdan 3-sentabrgacha dam oladi. Bu Prezident farmonida ko'zda tutilgan.

➖ 1-sentabr (yakshanba) – Oʻzbekiston Mustaqillik bayrami.
➖ 2-sentabr (dushanba) – qoldiriladigan dam olish kuni.
➖ 3-sentabr (seshanba) – qo'shimcha ishlanmaydigan kun.
➖ 31-avgust (shanba) –
haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun qo'shimcha dam olish kuni hisoblanadi.

📣 Ish haftasi va yangi o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi.

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 “Biz donormiz!”

2024-yilning 9-13-sentabr kunlari “Yuksalish” harakati hududiy qon quyish markazlari bilan birgalikda mamlakatimizning 14 ta hududida qon topshirish aksiyasini o‘tkazmoqda.

➡️ Batafsil: https://yumh.uz/uz/news_detail/707

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 “Yuksalish” harakati tomonidan 2023-yilda “Tashabbusli budjet” tanlovlarida g‘olib bo‘lgan loyihalar holati yuzasidan jamoatchilik monitoringi o‘tkazildi.

❗️ Bunda g‘olib bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish jarayonlari, ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, bu boradagi mahalliy aholi fikri o‘rganildi.

➡️ Batafsil: https://yumh.uz/uz/news_detail/705

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Omonat nima va uni qanday qilib ochish mumkin?

Omonat pullaringizni ko'paytirsh uchun ishonchli usul ekanligidan xabaringiz bormi?

Omonat qo'yish orqali ishlab topgan pullaringiz siz uchun ishlashni boshlaydi.

Bugungi mavzu shu haqida!


📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Читать полностью…
Подписаться на канал