uzbyuksalish | Неотсортированное

Telegram-канал uzbyuksalish - "YUKSALISH" HARAKATI

3300

“Yuksalish” harakati ☎️ +998 95 230 33 23 📩info@yumh.uz Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: https://taplink.cc/yuksalish.org

Подписаться на канал

"YUKSALISH" HARAKATI

#Jamoatchilik_eshituvi

Oliy Majlis Senati va “Yuksalish” umummilliy harakati tashabbusi bilan aholiga transport xizmatlarini ko‘rsatish sohasida amalga oshirilgan ishlar va muammolar yuzasidan jamoatchilik eshituvi tashkil etildi.

▫️Yurtimizda jamoat transporti xizmatlaridan kuniga 10 mlndan ortiq yo‘lovchi foydalanadi
▫️O‘tgan 10 oyda respublika bo‘ylab 101 ta yangi qatnov yo‘nalishlari tashkil etildi
▫️Poytaxt jamoat transporti uchun 1000 dona zamonaviy avtobus xarid qilindi

Temiryo'l chiptalari, poyezdlarda xizmat sifati, bekatlar holati, tirbandliklar kabi muammolar ham yo'q emas.

"Jamoat transporti sohasidagi muammolarni vazirlik va idoralar qanday qilib yechmoqchi, strategiyasi bormi?"

Batafsil: 👉 https://yumh.uz/uz/news_detail/631

YUKSALISH HARAKATI

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

📣E'lon

Ertaga, 21-noyabr kuni “Yuksalish” umummilliy harakati hamda Oliy Majlis Senati tomonidan

➡️“Aholiga transport xizmatlarini ko‘rsatish sohasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar, muammo va kamchiliklar”

mavzusida jamoatchilik eshituvi tashkil etiladi. Unda Transport, Ichki ishlar vazirliklari, Fuqaro aviatsiyasi agentlgi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Vaqti va joyi: Soat 10:00, Senat binosi

⭕️Tadbirda Zoom orqali onlayn qatnashish mumkin.

YUKSALISH HARAKATI

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

"Yuksalish Talks": Boshqaruvda ayollar

Fuqarolik jamiyati haftaligi doirasidagi navbatdagi "muloqot maydoni" markaziga ana shu mavzu olib chiqildi.

Unda ishtirokchilar o‘zlarining "Muvaffaqiyat tarixi" — ijtimoiy va siyosiy, biznes maydonida ishtirok etish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Xotin-qizlarning boshqaruvdagi mavqeini, davlat va jamiyat hayotidagi dolzarb masalalarni hal qilishda ishtirokini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

"Adolatli va teng huquqli jamiyat yaratish uchun boshqaruvda gender tengligi muhim ahamiyatga ega. Ayollar boshqaruvga xilma-xillik va inklyuzivlikni olib kelishi mumkin"

"Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ayollar rahbarlik qiladigan kompaniya va tashkilotlar ko‘pincha samaraliroq, daromadliroqdir"

"Jamiyat ayollarning boshqaruvda yuqori lavozimlarni egallashini, ularning malakasi va yetakchilik fazilatlarini tan olib, qo‘llab-quvvatlashi kerak"


Tadbir “Yuksalish” harakati tomonidan Konrad Adenauer nomidagi jamg'arma hamkorligida tashkil etildi.

YUKSALISH HARAKATI

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

"Fuqarolik jamiyati haftaligi" doirasida parlament, vazirlik va idoralar, NNTlar vakillari ishtirokida BMTning Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi talablariga muvofiq gender tengligini taʼminlash va gender zoʻravonlikka qarshi kurashish tizimini mustahkamlash masalalari boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi.

Qayd etilishicha, mahalla institutlari, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar oʻrtasida hamkorlikning yetarli darajada emasligi maʼlumot olishni qiyinlashtirmoqda. Nogironligi boʻlgan ayollar tashkilotlarining kuchli tarmogʻi mavjud emas.

Milliy qonunchiligimizga gender zoʻravonlikka qarshi kurashish, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirish masalalarida tuzatishlar kiritish zarurligi ta'kidlandi.

Shuningdek, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyat yurituvchi NNTlar tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.

Davra suhbati “Yuksalish" harakati tomonidan BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi koʻmagida tashkil etildi.

YUKSALISH HARAKATI

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

Fuqarolik jamiyati haftaligi doirasida ekspertlar va fuqarolik jamiyati vakillari O'zbekistonda ichimlik suvi ta’minoti va undan oqilona foydalanishning dolzarb masalalarini muhokama qildi.

Iqlim o‘zgarishi, yer degradatsiyasi, zahiralar kamayishi muammoni kengaytirmoqda. Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida har gektarga suv sarfi ayrim davlatlarga nisbatan 2-2,5 barobar ko‘p. Chuchuk suvning 90 foizi qishloq xo‘jaligida foydalaniladi. Suv hajmi kamaygan, sifati yomonlashgan, suvdan nooqilona foydalanilmoqda.

Ta’kidlanishicha, suv resurslarining kamayishi va tanqisligi butun dunyoda kuzatilayotgan global muammo. O‘zbekiston bundan tegishli xulosalar qilib, suvni tejash va ratsional ishlatish, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik masalasida ilmiy yondashuv va zamonaviy texnologiyalar yordamida yechim izlashi zarur.

Batafsil: 👉https://yumh.uz/uz/news_detail/624

YUKSALISH HARAKATI

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

Bugun, 14-noyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkaziladigan “Fuqarolik jamiyati haftaligi”ga start berildi.

Maqsad — O‘zbekistonda erkin va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni milliy va xalqaro hamjamiyatga yetkazish. Fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, tavsiya va takliflar ishlab chiqish.

Haftalik doirasida 13 ta hududda forumlar, davra suhbatlari, jamoatchilik muhokamalari, TED Talks formatidagi tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

An’anaga ko‘ra, “Oramizdagi qahramonlar” loyihasida e’tirof etilgan hamyurtlarimiz hamda eng faol nodavlat notijorat tashkilotlari taqdirlanadi.

Haftalik “Yuksalish” umummilliy harakati, Oliy Majlis Senati, Adliya vazirligi, Xalqaro press-klub va qator xalqaro tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Batafsil: 👉https://yumh.uz/uz/news_detail/622

YUKSALISH HARAKATI

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

#Live Fuqarolik jamiyati haftaligining ilk tadbiri "Ichimlik suvi taʼminoti va undan oqilona foydalanishning dolzarb masalalari" forumi boshlandi.

⭕️ Tadbirni Facebook'dagi sahifamiz orqali onlayn koʻrishingiz mumkin: https://fb.watch/oiU8fZ7i2l/?mibextid=Nif5oz

YUKSALISH HARAKATI

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

#Anons

Bugun, 14-noyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab Fuqarolik jamiyati haftaligiga start beriladi.

HAFTALIK doirasidagi tadbirlar:

📍Toshkent shahri ("Renessans" kino uyi)
▫️10:00 — Ochilish marosimi
▫️11:00 — "Ichimlik suvi ta'minoti va undan oqilona foydalanishning dolzarb masalalari" forumi
▫️15:00 — “O‘zbekistonda ijtimoiy mas’uliyatli biznes. U qanday bo‘lishi kerak?" biznes forumi

📍Toshkent shahri (Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi, 4-qavat)
▫️10:00 — “Siyosiy partiyalarning targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligini oshirishda zamonaviy siyosiy texnologiyalarning ahamiyati” davra suhbati

📍Farg'ona viloyati
▫️10:00 — “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yilida erishilgan yutuqlar" jamoatchilik eshituvi

🔗1-kun dasturi

YUKSALISH HARAKATI

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

📣E'lon

“Yuksalish” umummilliy harakati turkum jamoatchilik muhokamalarini davom ettiradi.

Navbatdagi mavzu:
⏭ "O‘zbekistonda ijtimoiy mas'uliyatli biznes. U qanday bo‘lishi kerak?"

Ijtimoiy masʼuliyatni his etuvchi biznes doiralar va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirokida sohadagi muhim muammolarni muhokama qilish, shuningdek, muvaffaqiyatli amaliyotlar va tajriba bilan boʻlishish ko'zda tutilgan.

Qachon?
2023-yil 14-noyabr kuni soat 15:00
Fuqarolik jamiyati haftaligi doirasida
Onlayn ishtirok uchun Zoom havola

⬆️ Ushbu tadbir AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtiriladigan "Markaziy Osiyodagi ijtimoiy innovatsiyalar" dasturi doirasida Yevroosiyo jamg'armasi ko'magida tashkil etiladi.

YUKSALISH HARAKATI

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

Yaqin Sharqda Falastin-Isroil muammosi jiddiy tus olmoqda. Uzoq vaqtdan buyon davom etayotgan nizoning keng yoyilib ketish xavfi kuchaymoqda. Qurolli to‘qnashuvlarda tinch aholi, ayniqsa, keksalar, ayollar va bolalar qurbon bo‘lmoqda.

Bu dunyo mamlakatlarini jiddiy xavotirga solmoqda. Tinchlik tarafdorlari bo'lgan yetakchilar tomonlarni harbiy harakatlarni, o‘t ochishni to‘xtatishga, murosaga kelishga chaqirmoqda.

Jumladan, MDH davlatlari rahbarlari va Tashqi ishlar vazirliklari G‘azo sektoridagi vaziyatga munosabatini bildirdi. Fikrlarni bitta rasmga jamladik.

YUKSALISH HARAKATI

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

⚡️”Yuksalish” umummilliy harakati Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda hamda AQSh Davlat departamentining Huquqni muhofaza qilish faoliyati va xalqaro giyohvand moddalarining noqonuniy savdosiga qarshi kurashish Byurosi (INL), “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti (Sloveniya) ko‘magida tayyorlagan “O‘zbekistonda demokratiya” axborotnomasining 👉navbatdagi sonini taqdim etadi.

📍Shuningdek, Axborotnomaning avvalgi sonlari bilan uch tilda "Yuksalish" UMHning veb-saytida ham tanishishingiz mumkin: https://yumh.uz/uzc/csonewsletter

❗️NNTlar diqqatiga! Faoliyatingiz haqida mahalliy va xalqaro hamjamiyat bilan baham ko‘rishni istagan yangiliklar, fotosuratli materiallarni har oyning 28-sanasigacha "Newsletter" belgisi bilan info@yumh.uz elektron manziliga yuboring.

YUKSALISH HARAKATI

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

O'zbekiston va xorijda reklama tiliga munosabat qanday?

O'zbekistonda reklama tarqatishda davlat tiliga doir talablarga amal qilmaganlik uchun ma’muriy jarima qo‘llash taklif etilmoqda. Ushbu taklif bizni xorij mamlakatlarining reklama tiliga oid qonunchiligini o'rganishga undadi.

▪️Ko‘pgina davlatlar reklama sohasida o‘z tilini asrab-avaylash va targ‘ib qilishga katta ahamiyat beradi. Ular madaniy va lingvistik o‘ziga xoslikni saqlash, shuningdek, axborot xavfsizligi va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish uchun davlat tilidan foydalanish muhimligini e’tirof etadi. Aksariyatida reklama va e’lonlarda davlat tilidan foydalanish talab etiladi, zarur hollarda, davlat tili bilan birga boshqa tillardan foydalanish mumkin.

Bizning qonunchiligimizda ham reklamada davlat tilini himoya qilish va targ‘ib qilishning umumiy tendensiyalari aks etgan.


Reklama tili bo'yicha qayerda qanaqa talab bor? Misollarni #infografikaga jamladik.

YUKSALISH HARAKATI

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

1-noyabrdan O‘zbekistonda:

➖Davlat organlarida kadrlarga oid hujjatlar yagona platformada bo‘ladi
➖Hokimlar shaharsozlik kurslarida o‘qitiladi
➖Psixologik yordam olish osonlashadi
➖"Umra"ga olib boruvchi turfirmalar uchun qo‘shimcha talablar belgilanadi

Qonunchilikdagi shu va boshqa o‘zgarishlar haqida batafsil 👉videoda

YUKSALISH HARAKATI

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

📣E'lon

2023-yilning 16-17-noyabr kunlari Buxoro shahrida Gender innovatsiyalari laboratoriyasi ishga tushiriladi.

Shu munosabat bilan gender tengligi va zo‘ravonlikka qarshi kurashish sohasida innovatsion yondashuvlari va/yoki ilg‘or tajribalarini bo’lishish va maslahat berishga qiziqqan mentor/ustozlarni taklif qilamiz.

Laboratoriya “Yuksalish” umummilliy harakati “ARGO” fuqarolik jamiyatini rivojlantirish assotsiatsiyasi (Qozog‘iston), “Ayollar yagona kelajak uchun” xalqaro jamg‘armasi (WECFI) bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida amalga oshirayotgan “Imkoniyatlarni kengaytirish” loyihasi doirasida tashkil etiladi.

👉 BATAFSIL

Кириллча
На русском

YUKSALISH HARAKATI

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

"Open budget": Mablag‘lar taqsimlanishida fuqarolar ishtiroki. Tajriba va saboqlar" mavzusidagi xalqaro jamoatchilik muhokamasi boshlandi.

Muhokama tadbirida milliy va qozog'istonlik ekspertlar O‘zbekistonning “Tashabbusli byudjet” bo'yicha tajribasini hamda monitoring natijalarini ko‘rib chiqmoqda.

Tadbirni onlayn tarzda Zoom orqali va
Facebookdagi sahifamizda ko‘rishingiz mumkin.

⬆️ Ushbu tadbir AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtiriladigan "Markaziy Osiyodagi ijtimoiy innovatsiyalar" dasturi doirasida Yevroosiyo jamg'armasi ko'magida tashkil etildi.

YUKSALISH HARAKATI

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

📹#Videohisobot

Shovotda 2 mingga yaqin aholi toza ichimlik suvi bilan ta'minlandi

Bundan bir oy oldin "Yuksalish" harakati "Hayot ulash" aksiyasini Xorazm viloyatining Shovot tumanida boshlagandi.

Tumandagi "Bo'ston" mahallasining Mevazor va Obod ko'chalarida yashovchi aholiga ichimlik suvi yetkazish maqsadida quduq qazish, filtr o'rnatish ishlari amalga oshirildi.

Kuni kecha suv qudug'i foydalanishga topshirildi. Mahalla ahli, ayniqsa, nuroniylar bir necha yillardan beri qiynab kelgan mushkuli oson bo'lganidan quvonib, qo'llarini duoga ochdi.

Harakat nomidan ushbu xayrli ishga homiylik qilgan “Uz Tex Shovot” korxonasiga tashakkurnoma taqdim etildi.

➡️ Aksiyaga siz ham hissa qo'shing

Biz bilan 👉 @hayotulash

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

“Eng faol NNT” va “Oramizdagi qahramonlar” taqdirlandi

Bir necha yildan buyon "Yuksalish" harakati O‘zbekiston fuqarolik jamiyati rivojiga hissa qo‘shgan, yil davomida o‘z tashabbuslari, loyihalari bilan faollik ko‘rsatgan nodavlat notijorat tashkilotlarini e’tirof etib kelmoqda.

Shuningdek, "Oramizdagi qahramonlar" ijtimoiy loyihasi orqali turli hayotiy vaziyatlarda o‘zini qahramonlarcha namoyon etgan, katta-yu kichikka namuna bo‘la oladigan hamyurtlarimizni taqdirlaydi. Bu yil ham ushbu an’ana davom etdi.

Batafsil: 👉https://yumh.uz/uz/news_detail/625

Ushbu marosim 14-noyabrda start olgan "Fuqarolik jamiyati haftaligi"ning finishi bo'ldi.

Haftalik “Yuksalish” umummilliy harakati, Oliy Majlis Senati, Adliya vazirligi, Xalqaro press-klub va qator xalqaro tashkilotlar hamkorligida o‘tkazildi.


YUKSALISH HARAKATI

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

#Live Fuqarolik jamiyati haftaligi doirasida

🔹“Eng faol NNT”lar nominatsiyasi
🔹“Oramizdagi qahramonlar” loyihasi
g‘oliblari taqdirlanmoqda.

⭕️ Marosimni Facebook'dagi sahifamiz orqali onlayn koʻrishingiz mumkin: https://fb.watch/omZbwguJw2/?mibextid=Nif5oz

Haftalik “Yuksalish” umummilliy harakati, Oliy Majlis Senati, Adliya vazirligi, Xalqaro press-klub va qator xalqaro tashkilotlar hamkorligida o‘tkazildi.

YUKSALISH HARAKATI

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

Oʻzbekistonda maʼmuriy islohotlarni samarali amalga oshirishda sektorlarning o‘zaro muloqoti va hamkorligi muhim oʻrin tutadi.

Bu boradagi amaliyotlar, natijalar, xalqaro dasturlar davlat organlari, parlament, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida ochiq muhokama qilindi.

Soʻnggi yillarda barcha sohalarda bo‘lgani kabi davlat boshqaruvida ham islohotlar amalga oshirildi. So‘zga chiqqanlar joriy yilda oʻtkazilgan konstitutsiyaviy islohotlar doirasidagi maʼmuriy oʻzgarishlar, davlat xizmati va davlat sektorida kadrlar boshqaruvini isloh qilish doirasida hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida idoralararo hamkorlik, jarayonlarga fuqarolik jamiyatini jalb qilish masalalariga to‘xtaldi.

"Yuksalish” harakati tomonidan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) “Samarali boshqaruv” dasturi doirasida tashkil etilgan ushbu ochiq muloqot Fuqarolik jamiyati haftaligining asosiy tadbirlaridan biri boʻldi.

YUKSALISH HARAKATI

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

📹 Fuqarolik jamiyati ijtimoiy mas’uliyatli biznesga qanday ta’sir o‘tkaza oladi?

Ishbilarmon doiralar va jamoatchilik vakillari ishtirokida o'tgan biznes forumda bir nechta jihatlar ko'rib chiqildi.

Batafsil: 👉 https://yumh.uz/uz/news_detail/623

Tadbir “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi moliyalashtirayotgan "Markaziy Osiyodagi ijtimoiy innovatsiyalar" dasturi doirasida Yevroosiyo jamg'armasi ko'magida tashkil etildi.

YUKSALISH HARAKATI

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

#Live Fuqarolik jamiyati haftaligi doirasidagi navbatdagi tadbir — “Oʻzbekistonda ijtimoiy masʼuliyatli biznes. U qanday boʻlishi kerak?" mavzusidagi biznes forumi boshlandi.

⭕️ Tadbirni Facebook'dagi sahifamiz orqali onlayn koʻrishingiz mumkin:
https://fb.watch/oj0g4AP_zN/?mibextid=Nif5oz

YUKSALISH HARAKATI

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

#Live Toshkentda Fuqarolik jamiyati haftaligiga start berildi.

⭕️ Marosimni Facebook'dagi sahifamiz orqali onlayn koʻrishingiz mumkin: https://fb.watch/oiLBp87C7p/

YUKSALISH HARAKATI

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

📣Объявление

Общенациональное движение «Юксалиш» продолжает цикл общественных обсуждений.

Следующая тема:
«Социально ответственный бизнес в Узбекистане. Каким он должен быть?»

С участием представителей социально ответственных деловых кругов и гражданского общества планируется обсудить ключевые проблемы в сфере, обменяться успешными практиками и опытом.

Когда?
Мероприятие состоится в рамках Недели гражданского общества14 ноября 2023 год в 15:00.
Для онлайн-участия Zoom-ссылка.

⬆️ Данное мероприятие организуется при поддержке Фонда Евразия в рамках программы «Социальные инновации в Центральной Азии», финансируемой Агентством США по международному развитию (USAID).

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

📣📣 "FUQAROLIK JAMIYATI HAFTALIGI"GA TAKLIF ETAMIZ

5 kun, 13 ta hudud, 2 mingdan ziyod ishtirokchi
22 ta mavzuda forumlar, ochiq muhokamalar, davra suhbatlari
Taqdimot va taqdirlashlar


2023-yilning 13—17-noyabr kunlari respublikamiz bo‘ylab Fuqarolik jamiyati haftaligi bo‘lib o‘tadi.

Maqsad — O‘zbekistonda erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni milliy va xalqaro hamjamiyatga yetkazish. Fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, tavsiya va takliflar ishlab chiqish.

Haftalik davomida 13 ta hududda forum, davra suhbati, muhokama, Ted Talks formatidagi 20 dan ziyod tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tashkilotchilar: “Yuksalish” umummilliy harakati, Oliy Majlis Senati, Adliya vazirligi, Xalqaro press-klub hamda qator xalqaro tashkilotlar

📍14-noyabr, soat 10:00 da “Renessans” kino uyida OCHILISH MAROSIMI

YUKSALISH HARAKATI

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

Палестино-израильская проблема становится всё более серьёзной на Ближнем Востоке. Повышаются риски расширения затянувшегося конфликта. Жертвами вооруженных конфликтов становятся гражданские лица, особенно пожилые, женщины и дети.

Это серьезно беспокоит страны мира. Лидеры — сторонники мира — призывают стороны завершить боевые действия, прекратить огонь и найти компромисс.

В частности, на ситуацию в секторе Газа отреагировали руководители стран и министерств иностранных дел СНГ. Мы подготовили подборку их цитат.

YUKSALISH HARAKATI

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

⚡️Общенациональное движение «Юксалиш» совместно с Институтом социальных и экономических инициатив при поддержке Бюро Государственного департамента по правоохранительной деятельности и борьбе с международным незаконным оборотом наркотиков (INL) и МННО «Региональный диалог» представляет 👉 очередной номер вестника «Демократия в Узбекистане».

📍С предыдущими номерами бюллетеня на трех языках вы также можете ознакомиться на официальном веб-сайте Движения: https://yumh.uz/ru/csonewsletter

❗️P.S.: Уважаемые представители ННО, актуальные новости, материалы с фотографиями о деятельности вашей организации, с которыми вы хотите поделиться с местным и международным сообществом, отправляйте на электронную почту info@yumh.uz с пометкой "Newsletter" до 28 числа каждого месяца.

YUKSALISH HARAKATI

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

Как относятся к использованию иностранного языка в рекламе в Узбекистане и за рубежом?

За несоблюдение требований законодательства о государственном языке при распространении рекламы в Узбекистане предлагается применять административный штраф. Мы изучили законодательство некоторых зарубежных стран относительно использования иностранного языка в рекламе.

▪️Многие страны придают большое значение сохранению и продвижению своего языка в сфере рекламы. Они признают важность использования государственного языка для сохранения культурной и языковой самобытности, а также для защиты информационной безопасности и прав потребителей. В большинстве рекламных объявлений обязательно использование государственного языка, в необходимых случаях наряду с государственным языком могут использоваться и другие языки.

Примеры использования государственного и иностранного языка в рекламе представили в виде #инфографики.

YUKSALISH HARAKATI

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

#Vakansiya

“Yuksalish” umummilliy harakati Matbuot xizmati rahbari – rais maslahatchisi lavozimiga malakali mutaxassislarni ishga taklif qiladi.

Talablar:
🔹oliy ma’lumot;
🔹jurnalistika mutaxassisligi bo‘yicha 3 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasi (chet tillarini bilish, matbuot xizmati, PR yo‘nalishidagi tajriba ustunlik beradi);
🔹mas’uliyatlilik, ishga bo‘lgan ijobiy munosabat, tahliliy va tanqidiy fikrlash, katta axborotlar oqimi bilan ishlash ko‘nikmasi, stressga bardoshlilik, yetakchilik qobiliyatlari;
🔹to‘liq bandlik (09:00—18:00), besh ish kuni.

Rezyumelarni “Yuksalish” harakatining info@yumh.uz elektron manziliga “Matbuot xizmati rahbari lavozimiga” deb yozgan holda yuborishingizni soʻraymiz.

Batafsil: 👉 https://yumh.uz/uz/news_detail/620
_______________________________________

👉Читать на русском

YUKSALISH HARAKATI

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

O‘zbekistonda joriy qilingan tashabbusli byudjet mexanizmlari keng jamoatchilik tomonidan ijobiy qarshi olindi. Loyihalarni byudjetlashtirishga ajratilayotgan mablag‘lar ham, loyiha takliflari ham yil sayin oshib bormoqda. Masalan, 2019-yilda 28,7 mingta taklif bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yilda 69,7 mingtaga yetgan.

"Tashabbusli byudjet" mablag‘lari taqsimlanishida fuqarolar ishtiroki va uni takomillashtirish, “Yuksalish” harakati tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijalari va boshqa tegishli masalalar mahalliy va Qozog‘iston ekspertlari ishtirokida muhokama qilindi.

Ushbu tadbir AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtiriladigan "Markaziy Osiyodagi ijtimoiy innovatsiyalar" dasturi doirasida Yevroosiyo jamg'armasi ko'magida tashkil etildi. Dasturda dolzarb mavzularda turkum jamoatchilik muhokamalari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

#SICA_ISG

YUKSALISH HARAKATI

Читать полностью…

"YUKSALISH" HARAKATI

#Видеоинфографика

"Юксалиш" умуммиллий ҳаракати мамлакатимизда амалга оширилган кенг кўламли ислоҳотлар натижаларини қиёсий таҳлил асосида жамоатчиликка тизимли равишда етказиб боришда давом этади.

Навбатдаги #видеоинфографикада Ўзбекистонда саноат соҳасидаги ижобий ўзгаришлар акс этган.

✔️Сўнгги 7 йилда саноат корхоналари сони 2 бараварга ортган:
▪️2016 йилда — 43 минг 514 та
▪️2023 йилда — 110 мингта

✔️2 мингдан зиёд янги маҳсулотлар ишлаб чиқарилиши йўлга қўйилган.

Шунингдек, саноат маҳсулотларини ишлаб чиқаришда ўсиш кўрсаткичлари энг юқори бўлган ҳудудлар, экспорт ва халқаро рейтинглардаги натижалар ўрин олган.

YUKSALISH HARAKATI

Читать полностью…
Подписаться на канал