Таклифнома
26 апрель куни соат 10:00 да Адиблар хиёбонида Ўзбекистон халқ шоири Муҳаммад Юсуф таваллудининг 69 йиллиги муносабати билан “Улуғимсан, Ватаним” деб номланган адабий-бадиий кеча бўлиб ўтади.
Барчангизни ушбу тадбирга таклиф этамиз.
Манзил: Адиблар хиёбони, Муҳаммад Юсуф ҳайкали пойида
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Ахборот хизмати
📕 Kitobni qanday oʻqish kerak?
Kitobni qanday oʻqish kerakligi boʻyicha har kimning tanlovi, didi, fikri turfa va oʻziga xos, ammo buni ham bilib qoʻyish aslo zarar qilmaydi...
📘 1. Boshlangʻich oʻqish
Bu boshlangʻich maktablarda oʻqitiladigan oʻqish darajasi. Agar siz ushbu matnni oʻqiyotgan boʻlsangiz, buni qanday qilish kerakligini allaqachon bilasiz.
📘 2. Tekshirib oʻqish
Bizga azaldan birrovga koʻz yugurtirish va yuzaki oʻqishni yomon odat deb oʻrgatishgan. Lekin har doim ham unday emas. Ushbu vositalardan samarali foydalanish tushunishni kuchaytirishi mumkin. Tekshiruv orqali oʻqish bizga muallifning rejasini koʻrib chiqish va chuqur oʻqish tajribasining mohiyatini baholashga imkon beradi.
📘 3. Tahlil qilib oʻqish
Bir paytlar Frensis Bekon “Baʼzi kitoblarni tatib koʻrish kerak, boshqalarini yutib yuborish kerak, baʼzilarini chaynash va hazm qilish kerak” deb taʼkidlagandi.
Tahliliy oʻqish — bu puxta oʻqish.
📘 4. Qiyoslab-chogʻishtirib, batafsil taqqoslab oʻqish
Bu eng qiyin oʻqishdir. Qiyoslab-chogʻishtirib oʻqish bir xil mavzudagi koʻplab kitoblarni oʻqishni va fikrlarni taqqoslab, qarama-qarshilarini sinchiklab kuzatishni anglatadi.
@uzbookclub
📸 “KITOB – KAMOLOT KALITI» II xalqaro ilmiy-maʼrifiy va badiiy kitoblar koʻrgazma-yarmarkasidan fotolavhalar
@uzbookclub
🤩 “KITOB – KAMOLOT KALITI» II xalqaro ilmiy-maʼrifiy va badiiy kitoblar koʻrgazma-yarmarkasi bo'lib o'tadi
Aziz do'stlar sizni, 6-7-aprel kunlari Toshkent shahridagi Hazrati Imom majmuasida “KITOB – KAMOLOT KALITI» II xalqaro ilmiy-maʼrifiy va badiiy kitoblar koʻrgazma-yarmarkasiga taklif etamiz.
📚 Albatta biz ham, BOOKCLUB jamoasi bilan qatnashamiz va loyihamiz taqdimotini o'tkazamiz.
Yarmarka davomida turli xil tadbir dasturlari ham bo'lib o'tadi va BOOKCLUB.UZ taqdimoti 7-aprel ya'ni juma kuni tushlik vaqtidan so'ng bo'ladi.
👋 Barchangizni kutib qolamiz
@uzbookclub
Harry Potter haqida barcha bilsa kerak 😌
Harry Potter (talaffuzi: Harri Potter) ingliz yozuvchisi J. K. Rowling qalamiga mansub yettita fentezi janridagi romanlar toʻplamidir. Bir yosh sehrgar bola haqidagi bu kitobda, Harryning qora sehr dunyosi vakili Lord Voldemortga qarshi kurashi tasvirlanadi.
Barcha kuzatuvchilarimiz Harry Potter haqidagi kinoni ko'rib, uning muxlisi bo'lishga ulgurgan. Lekin uning kitobini esa ko'pchilik o'qimagan bo'lishi mumkin.
Agarda siz hali ham Harry Potter kitobini o'qimagan bo'sangiz, kutubxonamizga tashrif buyuring 😉
@uzbookclub
#Foydali
#Qiziqarli
📚Kitob — insonlarni fikrlashga o‘rgatadigan, yetuklik sari olib boradigan eng yaxshi vosita. Ko‘pgina mamlakatlarda mutolaaga chorlaydigan, kitobning ahamiyatini aks ettirgan haykallar talaygina.
✅ /channel/tuituz_official
💐 BookClub jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Navro’z ayyomi bilan qutlaydi
Ona diyorimizga kirib kelayotgan go’zal va dilbar faslning ulug’ ayyomi - Navro’z olam bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz.
😊 Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-omad va oilalaringizga tinchlik xotirjamlik, fayz-u baraka tilaymiz.
23-martdan kutubxonamiz o’z ish faoliyatini davom ettiradi
@uzbookclub
🚀 Kutubxonamizni birgalikda rivojlantiramiz
☺️ Kitobxon do'stlarimiz va bizning jamoani yanada xursand qiluvchi ishlardan biri amalga oshirildi.
Nima ekan desangiz, Mirzo Ulug'bek tumanidan BookClub kutubxonasi uchun juda ham ko'p kitoblar ehson qilindi.
Biz o'z minnatdorchiligimizni bildirgan holda, yanada kuchga to'lib ishlashda davom etamiz.
✅ Siz ham bemalol, kutubxonamizga kelib bepul kitoblarni olib o'qishingiz mumkin
🗺 Manzil: Toshkent shahar, M. Ulug'bek tumani, Darxon ko'chasi.
➡️ Mo'ljal: Tamara Xonim uy muzeyi
Ⓜ️Eng yaqin metro: Hamid Olimjon metro bekati.
🚌 Eng yaqin avtobus bekati: Darxon avtobus bekati.(yo'nalishlar: 17, 24, 58, 98)
@uzbookclub
😎 G'oliblar bilan tanishing!
Said Ahmad ijodiga bag'ishlab o'tkazgan tanlovimiz o'z nihoyasiga yetganini ma'lum qilamiz.
🖼 Rasmlarda ko'rib turgan fikrlar eng yaxshisi deb topilib, g'olib deya e'lon qilmoqdamiz.
🤩 Biz g'oliblar bilan allaqachon aloqaga chiqishga ulgurdik, hafta so'ngiga qadar kitoblarni yetkazib beramiz.
Keyingi tanlov qanday bo'lishini istaysiz? Izohlaringizni yozib qoldiring
@uzbookclub
🤔 BookClub kutubxonasida Said Ahmad ijodiga oid qanday kitoblar bor?
Eslatma: G'olib bo'lganlar ushbu kitoblardan birini qo'lga kiritishi mumkin.
@uzbookclub
🤩 Bepul kutubxonamiz uchun kitoblar sovg'a qilindi
📚 Endilikda kitoblarimiz soni yanada ortadi, biz ham kitobxonalarimiz ham xursand bo'ladi degan umiddamiz.
😇 Siz ham 15 kundan 30 kungacha BookClub kutubxonasidan bepul kitob olib o'qishingiz mumkin.
Adminga(@Uzbookclub_admin) yoki quyidagi raqamlarga murojaat qiling: 94 669 28 58
@uzbookclub
" Onaning ko‘ngli bolada, bolaning ko‘ngli... "
Said Ahmadning ushbu hikoyasini yakunda har qanday kitobxonning ko‘ziga yosh keltiradigan darajadagi ta'sirli hikoya deyishimiz mumkin.
Sarlavhasi va Hadisi sharifdan keltirilgan epigrafidayoq asar " bosh qahramoni" it (Qorako‘z) ekani anglashiladi. Qo‘shimcha qilib "majnun" nomining berilishini esa hikoyani o‘qish davomida bilib olamiz.
Qorako‘zga "majnun" nomining berilishi esa uning "marjabozlikka" borishi bilan izohlanadi. Shu o‘rinda adibning o‘zga dindagi qizga uylanib, ham oilasidan, ham e'tiqodidan kechgan Bo‘rixon va "marjabozlikka" borsa-da, Saodat ayaga sodiq Qorako‘zning bir-biriga naqadar mahorat bilan zidlaganining guvohi bo‘lamiz.
Asar so‘nggidagi Qorako‘zning holati va o‘limi esa tom ma'noda hikoyaning kulminatsion nuqtasi desak, mubolag‘a bo‘lmas...
Siz ushbu asarni o'qiganmisiz?
@uzbookclub
Jimjitlik
Taniqli adibimiz Said Ahmadning «Jimjitlik» romani 1986-1987-yillarda «Sharq yulduzi» judanlida davomli e'lon qilindi. G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti uni 1989-yilda 150 000 nusxada bosib chiqardi.
Jimjitlik romanida sovet davridagi rahbarlarning chirkin hayoti, ezilgan oddiy xalqning turmush tarzi, uzoq yillar rahbarlar taziyqi ostida Afrikada yashagan, ayoli va farzandidan ayrilib uyiga qaytgan Tolibjon, boylik va mansab uchun har qanday jirkanchlikka tayyor xotinboz rais Mirvali, otasi oʻldirilib, onasi Mirlvali tomonidan tortib olingan Azizbek kabi insonlar taqdiri hikoya qilinadi. Asarda turgʻunlik davri illatlari mukammal tarzda ochib berilgan.
Siz Jimjitlik romani haqida eshitganmisiz yoki ushbu kitobni o'qiganmisiz?
@uzbookclub
🎉 Aziz va mo'tabar ustozlar bayrami muborak bo'lsin.
🥳 1-oktabr Ustoz va murabbiylar bayrami bilan yurtimizdagi barcha ustozlarni chin qalbimizdan tabriklaymiz.
👨🎓 Martabangiz bundanda ulug', ilmingiz ziyoda bo'lsin, yurtimiz kelajagi uchun xizmat qiladigan shogirdlar tayyorlashdan charchamang. Sizlarga oilaviy xotirjamlik tilaymiz. Bayram muborak bo'lsin.
Telegram | Instagram | Facebook | uzbookclub?lang=en">Tik Tok
🌙 Ramazon hayiti muborak bo’lsin!
Ramazon hayiti bilan barchangizni chin qalbimizdan muborakbod etamiz.
💫 Uyingiz fayz-barakaga, qalbingiz esa baxtga to‘la bo‘lsin, rivojlanishdan va yangi bilimlarni egallashdan aslo to‘xtamang!
Kutubxonamiz 21-22-23-24 aprel kunlari vaqtincha ishlamaydi.
@uzbookclub
🎁 Yangi haftani yaxshi yangiliklar bilan boshlaymiz!
Do'stlar, xabaringiz bor, o'tgan hafta so'nggida bo'lib o'tgan 📖 “KITOB – KAMOLOT KALITI» II xalqaro ilmiy-maʼrifiy va badiiy kitoblar koʻrgazma-yarmarkasida qatnashdik va tashkilotchilar tomonidan loyihamiz uchun taqdirlandik.
Biz bilan birga bo'lgan va shu kungacha bizni kuzatib, qo'llab-quvvatlab kelayotgan barcha-barchaga minnatdorchilik bildiramiz.
😊 Bepul kutubxonamiz barcha uchun ish faoliyatini davom ettiradi, bemalol kelib, kitoblarni olib o'qisangiz bo'ladi.
@uzbookclub
Bolalik – beboshlik, deymiz. Ammo bu davr zahmatlarga mashaqqatlarga limmo-lim bo‘lsa-chi? Beboshlikka, sho‘xliklarga o‘rin qolarmikin? Bunday bolaning qalbi, dunyosi kattalar hayotiga yaqin bo‘ladi. O‘zi bilib-bilmay tafakkuri o‘sib, irodasi metin insonga aylanadi .
Xudoyberdi To‘xtaboyev - «Besh bolali yigitcha»
🗺 Manzil: Toshkent shahar, M. Ulug'bek tumani, Darxon ko'chasi.
➡️ Mo'ljal: Tamara Xonim uy muzeyi
Ⓜ️Eng yaqin metro: Hamid Olimjon metro bekati.
🚌 Eng yaqin avtobus bekati: Darxon avtobus bekati.(yo'nalishlar: 17, 24, 58, 98)
@uzbookclub
Королева Америки
Катарина Макги
Har bir bob, har bir sahifa juda aniq. Kitobni xuddi kino ko‘rayotgandek o‘qiysiz, bu haqiqat. Har bir dialog filmdan bir lahza sifatida taqdim etiladi.
———
🗺 Manzil: Toshkent shahar, M. Ulug'bek tumani, Darxon ko'chasi.
➡️ Mo'ljal: Tamara Xonim uy muzeyi
Ⓜ️Eng yaqin metro: Hamid Olimjon metro bekati.
🚌 Eng yaqin avtobus bekati: Darxon avtobus bekati.(yo'nalishlar: 17, 24, 58, 98)
@uzbookclub
💡 «Savdogarlar Ustozi Yohud Haqiqiy Omad Kaliti»
Kitob buyuk savdogar Abdulloh ibn Muborak haqida
Haqgo‘y sherik omadning yarmi demakdir! Sherik tanlashda adashmang, halollik ustiga qurilgan sherikchilikda uchinchi sherigingiz Allohning o‘zi bo‘ladi!
❎ Dangasalik – illat! Omad – omadsizlar qilishni xohlamagan ishni qilishingizda. Shijoatli bo‘ling! Shu kabi fikrlar aynan shu kitobda ilgari surilgan.
====
💖 Rashod Nuri Guntekin: Choliqushi
Adibni tanitgan, eng mashhur romani. Roman yigirmanchi asr boshlari haqida hikoya qiladi.
Kundalikka bitilgan xotiralar orqali boshlanuvchi asar kitobxonni beixtiyor oʻziga gʻarq qiladi. Feridening shoʻxliklari kibor xonimchlarga yarashmaydigan holat edi aslida.
Ammo, yozuvchi qushdek tinmas, gʻururli bu qizni aynan shu xislatlari bilan boshqalardan ayri tasvirlagan.
📔 Kitob ixlosmandlari uchun BookClub kutubxonamiz eshiklari doim ochiq, barchani kutib qolamiz...
@uzbookclub
Kitobxonlarni kuttirmang 🙃
Aziz do'stlar, bilasiz kutubxonamiz bepul kitoblarni o'qish uchun taqdim etadi.
🫣 Lekin, ko'p hollarda kitoblar belgilangan vaqtda kelmaydi, ba'zan juda kechikib ketadi.
Kitobxonlarimizdan, e'tiborli bo'lishlari va kutubxonamizga olgan kitoblarini vaqtida olib kelishlarini so'raymiz.
🌚 Videoni oxiridagi savolga javob topdingizmi?
@uzbookclub
💐 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo’lsin!
BookClub jamoasi muqaddas va mo‘tabar onaxonlarimiz, opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etadi.
😇 Aziz opa-singillarimiz!
Oilangiz, farzandlaringiz, el-yurtimiz baxtiga hamisha sog‘-omon bo‘lib, Vatanimizning yuksak mehri va ardog‘ida bo‘lishingizni tilaymiz.
@uzbookclub
Tanlov shartlari haqida to'liqroq ma'lumotga ega bo'ling
- Izoh mazmuni kitob o’qishga yoki Said Ahmad ijodiga bag’ishlab yozilishi kerak;
- Izoh mazmuni cheklanmagan;
- Izoh hajmi chegaralanmagan.
2-mart kuni g'olib bo'lganlarni e’lon qilamiz
@uzbookclub
Konkursimiz davom etmoqda 🚀
Postimiz ostiga o'z izohlaringizni yozib qoldiring va Said Ahmad ijodiga bag'ishlangan kitoblarni birini yutib oling:
/channel/uzbookclub/514
🤩 Ushbu kitoblardan biri sizniki bo'lishi mumkin!
Xabaringiz bor, eng yaxshi izoh egalariga kitoblar topshiramiz degan edik.
Siz hali ham ushbu konkursda qatnashmagan bo'lsangiz shoshiling: /channel/uzbookclub/514
⚡️ Tanlovimiz g'oliblarini 2-mart Payshanba kuni e'lon qilamiz. Shuning uchun sizda hali imkoniyat bor.
🤔 Siz tanlovda g'olib bo'lsangiz, yuqoridagi kitoblarni qaysi birini olishni xohlar edingiz?
@uzbookclub
💫 Konkursda ishtirok eting!
BookClub kutubxonasi sizlar uchun ajoyib kunkursni taqdim etadi.
Konkurs shartlari juda ham oson, bizning tarmoqlarga obuna bo'ling va mana shu post ostiga o'z fikrlaringizni yozib qoldiring.
Eng yaxshi izoh egalari ya’ni g'oliblar esa Said Ahmad ijodiga oid bo'lgan kitoblar bilan taqdirlanadi. Batafsil keyingi postlarimizga e'lon qilamiz.
Bizni kuzatib boring 🙃
@uzbookclub
😃 Amerikadagi jamoat kutubxonalari haqida bilaszmi?
Mfaktor loyihasi asoschilaridan biri Hasan akani Amerikadagi kutubxonaga sayohatlaridan olingan videoni tomosha qilishni tavsiya qilamiz.
📌 Video bu yerda: https://www.youtube.com/watch?v=Ldz5K1lkK-w
Keling, videodagi kutubxonani Alisher Navoi nomidagi milliy kutubxonasi bilan solishtirib ko'ramiz. Sizningcha ularda qanday farq va o’xshashliklar bor?
🔥 Bizni bu kutubxona qoyil qoldirgan faktlar:
— Investorlar bilan uchrashuv, ularni biznes va g’oyani amalga oshirish uchun bilib olish yo’llari
— Kutubxonaga a’zo bo’lgan bollar uchun bepul darslar
— Mahalliy shaharlar o’z kutubxonalari bilan raqobatlashishi
— Kitoblarning electron katalogi
— Eski kitoblanri boshqalarga hadya qilish
— Study room-dars tayyorlash xonalari
— Hech kim halaqit bermaydigan mahsus o’rindiqlar
— Foydalnish uchun bepul 3D printerlar
— “Library city” kutubxonlar shaharchasi
— kutubxonalar uchun ehsonlarni qabul qilish
Sizni qiziqtirgan jihatlari ham izohlarda yozib qoldiring!
Telegram | Instagram | Facebook | uzbookclub?lang=en">Tik Tok
Hatto tekin bo'lgan narsani ham sotishni bilish kerak!
Biz boshqa kompaniyalar kabi vaqti-vaqti bilan mavsumiy aksiyalar o'tkazib turardik — ularda bizning mahsulotlarimiz Mijozlarga imtiyozli shartlarda taqdim etilardi.
Agar biz xodimlarimizga bunday aksiyani o'tkazishni topshirsak, shubhasiz quyidagi manzada paydo bo'ladi ilhomlangan sotuvchilar Mijozlarga: "Shoshiling arzonlashadi!" kabi takliflar bilan Mijoz oldiga shoshiladi va qoidaga ko'ra rad etiladi. Aynan shu paytda bizning aksiyamizni kutgan va biz bilan hamkorlikni boshlashga qaror qilgan Mijozlar juda kam uchraydi.
Endi hammani hayron qoldiradigan bir narsani aytay: Mijoz bilan ishlashni istamasa va unda sotib olishga ichki ehtiyoj bo'lmasa, bizning mahsulot yoki xizmatlarimizning qanchaligining unga farqi yo'q
✅ Sotayotgan va sotuvni boshqarayotganlar uchun qoidalar
📕 Sotuvchining 45 tatuirofkasi
📝 Maksim Batirev(Kombat)
✔️Hozirning o'zida buyurtma bering — http://www.bookclub.uz/shop
☎️ Murojaat uchun: +998 94 669 28 58
Tanlov g'olibi aniqlandi! 🥳
Xabaringiz bor biz kichik konkurs o'tkazgan edik, unda kichik shartlarni bajarish kerak edi.
🔥 Jami hisobda tanlovda 11 kishi qatnashdi, barchasiga kattakon rahmat deymiz, o'z minnatdorchiligmizni bildiramiz.
☺️ Quyidagi videoda konkurs halol bo'lganini guvohi bo'lasiz.
Ha aytgancha g'olib ham aniqlandi, kim ekanligiga qiziqyapsizmi? Batafsil videoda ko'ring! 🤫
Bizni kuzatishda davom eting, hali oldinda sizni ko'plab yangiliklar kutmoqda!
Telegram | Instagram | Facebook | uzbookclub?lang=en">Tik Tok