uzauz | Неотсортированное

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Подписаться на канал

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOV

Batir Erkinovich Nurmatov - Toshkent shahridagi “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filialining ijrochi direktori etib tayinlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOV

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziriga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi

Shoxrux Xasanovich Gulamov hamda Akram Zairovich Aliyev investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosarlari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Yuqori Chirchiq tumani soliq inspeksiyasining sobiq xodimi 5 ming dollar pora bilan ushlandi

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi MCHJ faoliyati boʻyicha oʻtkazilgan soliq auditi tekshiruvi natijasida aniqlangan 267 mln. 300 ming soʻm qoʻshilgan qiymat soligʻi va 664 mln. 700 ming soʻm sof foyda soligʻini mansabdor tanishlari orqali kamaytirib berish evaziga 5 ming AQSH dollari olgan vaqtida mazkur tuman soliq inspeksiyasining kameral nazorat shoʻbasining sobiq boshligʻi ushlandi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Gʻijduvon tumani soliq inspeksiyasi katta inspektori 8 mln. soʻm pora bilan ushlandi

Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani soliq inspeksiyasi katta inspektori oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, tuman markazidagi “Hoʻjai jahon” savdo kompleksi hududida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorni joriy yilning oxiriga qadar aylanma soliq toʻlovchisi toifasidan, har oyda 2 mln. 424 ming soʻm toʻlaydigan qatʼiy turdagi soliq toʻlovchisi toifasiga oʻtkazmaslik, kelgusida soliq idoralari tomonidan boʻladigan tekshiruvlardan himoya etish hamda uning faoliyatiga rahnamolik qilish evaziga 8 mln. soʻm olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️DXX: Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahrida soliq xodimlarining noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Anqaraga tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyevni “Turkiya Respublikasi nishoni” bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Mukofotni Turkiya Prezidenti tantanali ravishda topshirdi.

– Bugun, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi deklaratsiya imzolangan kunda Turkiya Respublikasining bunday yuksak mukofotini olish men uchun katta sharafdir. Ushbu mukofot xalqlarimiz oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik rishtalari, oliy darajadagi ishonchli muloqot hamda ikki tomonlama koʻp qirrali munosabatlarning jadal rivojlanishining ramzidir,
 – dedi davlatimiz rahbari.

Taʼkidlash joizki, Turkiya Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq mazkur oliy mukofot Turkiya bilan doʻstona munosabatlarni rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan davlat arboblariga beriladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Barqaror va uzoq muddatli tinchlikka erishish uchun mustaqil va ozod Falastin davlati tashkil etilishi shart – Shavkat Mirziyoyev

Oʻzbekiston Prezidenti Gʻazo sektorida zoʻravonliklarni zudlik bilan toʻxtatish va Falastin-Isroil muammosini tinch yoʻl bilan hal qilish zarurligini yana bir bor taʼkidladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Anqara shahrida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yigʻilishi yakunlari boʻyicha Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdogʻan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Ikki mamlakat rahbarlari huzurida koʻp qirrali sheriklikning koʻplab sohalarini qamrab olgan 19 ta hujjat imzolandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlat rahbarlari raisligida Oʻzbekiston va Turkiya ishbilarmonlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari raisligida Oʻzbekiston-Turkiya Ishbilarmonlar kengashining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston tomonidan tadbirda “Global Textile”, “ProCab”, “Agromir Group”, “ERIELL Group”, “Akfa Holding”, “Murad Buildings”, “SAG”, “BMB Holding”, “Uzbekistan Hydrogen” kompaniyalari ishtirok etdi.

Turkiya tomonidan “Çalık”, “Cengiz”, “Acibadem”, “Eczacıbaşı”, “Anadolu Group”, “Aksa Energy”, “Zorlu”, “Kalyon”, “Onur Group” kabi xolding kompaniyalari qatnashdi.

Tadbirkorlar bilan bunday formatdagi muloqot ilk bor oʻtkazilmoqda. Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari Ishbilarmonlar kengashining tuzilishi ikki tomonlama munosabatlar rivoji yangi bosqichga koʻtarilganining ramzi ekanini taʼkidladilar.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlat rahbarlari raisligida o'tgan Oʻzbekiston-Turkiya oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yigʻilishida:

▫️Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish, yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va birgalikda uchinchi davlatlar bozorlariga chiqish muhimligi taʼkidlandi.

▫️Imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitim doirasida bojxona tariflarini pasaytirish, Istanbul shahrida Oʻzbekiston savdo vakolatxonasini ochish zarurligi qayd etildi.

▫️Qishloq va suv xoʻjaligi, sogʻliqni saqlashni raqamlashtirish va tibbiyot klasterlarini tashkil etish sohalarida Turkiyaning ilgʻor tajribasi va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etishga talab borligiga eʼtibor qaratildi.

▫️Ikki mamlakatning transport-logistika salohiyatini oshirish, shu jumladan, Oʻrta koridor imkoniyatlaridan samarali foydalanishdir.

▫️Oliy, professional va texnik taʼlim sohasida hamkorlikni rivojlantirish, teatr festivallari, madaniyat haftaliklarini oʻtkazish, birgalikda tarixiy filmlar suratga olish va madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish sohalarida hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

▫️Tomonlar hamkorlikning barcha yoʻnalishlarini chuqurlashtirishga qaratilgan deklaratsiyani qabul qilinayotgani va ikki davlat rahbarlari boshchiligida Oʻzbekiston-Turkiya Ishbilarmonlar kengashi tashkil etilganini olqishladilar.

▫️Yigʻilish yakunlari boʻyicha hukumatlarga qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish boʻyicha qoʻshma “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash topshirildi.

Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdogʻanni kengashning navbatdagi yigʻilishini oʻtkazish uchun Oʻzbekistonga tashrif buyurishga taklif qildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdogʻan raisligida Oʻzbekiston-Turkiya oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Davlatimiz rahbari Turkiya yetakchisi va xalqiga koʻrsatilayotgan mehmondoʻstlik va iliq qabul uchun minnatdorlik bildirib, bugungi yigʻilish muborak Qurbon hayiti arafasida va ikki davlat oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 32 yilligi nishonlanayotgan yilda oʻtkazilayotganini taʼkidladi.

– Strategik hamkorlik kengashining tashkil etilishi Oʻzbekiston-Turkiya munosabatlari tarixida yangi sahifa ochdi va sheriklikning barcha sohalarida yanada rivojlanishga kuchli surʼat bagʻishladi,

– dedi davlatimiz rahbari.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishi boʻyicha strategik loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimni imzolash marosimi ishtirokchilariga tabrik soʻzi

Tabrik matni: https://uza.uz/posts/605607

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari tor doirada uchrashuv oʻtkazdilar

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOV

Samarqand davlat chet tillari institutiga rektor tayinlandi


Baxodir Alikulovich Xolikov - Samarqand davlat chet tillari instituti rektori etib tayinlandi.

B.Xolikov ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, Bosh vazir kotibiyati Davlat tilini rivojlantirish departamentining Oʻzbek tilini rivojlantirish va atamashunoslik masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi boʻlib ishlagan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Yakkasaroy va Yashnobod tumanlariga tashrif buyurib, jamoat xavfsizligi va sport sohalaridagi yangi obyektlar hamda mahallalarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Yakkasaroy tumani soliq inspeksiyasining bosh inspektori 600 dollar pora olgan vaqtida ushlandi

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan umumiy ovqatlanish maskanida 6 oy mobaynida soliq tekshiruvlari oʻtkazmaslik, aksincha, uning faoliyatiga rahnamolik qilish evaziga 600 AQSH dollari olgan vaqtida mazkur tuman soliq inspeksiyasining bosh inspektori Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu noqonuniy ishga tuman soliq inspeksiyasining shoʻba boshligʻining aloqador ekanligi aniqlanib, u ham protsessual tartibda ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Qarshi tuman soliq inspeksiyasi xodimi 2 ming 300 dollar pora olgan vaqtida ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Qarshi tuman soliq inspeksiyasining sayyor soliq tekshiruvlari shoʻbasi bosh inspektori mahalliy 5 ta MCHJ faoliyati yuzasidan joriy yilning sentyabr oyiga qadar kameral soliq tekshiruvlari oʻtkazmaslik evaziga 2 ming 300 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, u ushbu pul mablagʻini viloyat soliq boshqarmasining kameral soliq tekshiruvlari shoʻbasi bosh inspektoriga berishi kerakligi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi hamda mazkur mansabdor shaxs ham 2300 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi qardosh mamlakatlarimiz oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik rivojida navbatdagi muhim qadam boʻldi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlat rahbarlari Qoʻshma deklaratsiyani imzoladilar va muzokaralar yakunlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalariga bayonot berdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlatimiz rahbari soʻzining avvalida turkiyalik hamkasbiga taklif va Strategik hamkorlik kengashi doirasidagi samarali muzokaralar uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi.

Oʻzbekiston mustaqilligini birinchi boʻlib tan olgan Turkiya vaqt sinovidan oʻtgan ishonchli hamkor ekani taʼkidlandi.

– Biz chin qardosh va yaqin doʻst sifatida Turkiya xalqi erishayotgan bunday olamshumul yutuqlardan nafaqat nafaqat quvonamiz, balki behad faxrlanamiz. Biz oldimizga qoʻygan niyatlarimiz va istaklarimiz bir,

– dedi Shavkat Mirziyoyev.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari huzurida koʻp qirrali sheriklikning koʻplab sohalarini qamrab olgan quyidagi hujjatlar imzolandi:

- Ilmiy almashinuv va yuqori texnologiyalar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

- Hududiy rivojlanish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash toʻgʻrisida bitim;

- Standartlashtirish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

- Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishida texnik koʻmak koʻrsatish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

- Kosmik fanlar, texnologiyalar va tadqiqotlar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

- Qishloq xoʻjaligi taʼlimi sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

- Energetik rivojlanish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

- Madaniyat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

- Axborot sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

- Kadastr masalalari boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

- Turizm sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

- Oila instituti va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

- Boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

- Huquqiy sohada malaka oshirish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma.

Shuningdek, imtiyozli savdo, energetika bozorini tartibga solishga oid ikki tomonlama hujjatlar hamda Qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi qabul qilindi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Muzokaralar natijalari muhim bitimlar bilan mustahkamlandi

Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yigʻilishi yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiyani imzoladilar.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezidentlari raisligida o'tgan Oʻzbekiston-Turkiya Ishbilarmonlar kengashining birinchi yigʻilishida:

▫️Davlatimiz rahbari hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilab, eng avvalo, investitsiyaviy sheriklik va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishni taklif etdi.

▫️Oʻzbekiston-Turkiya sanoat klasterini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi. Ushbu sanoat zonasi ikki mamlakat oʻrtasida amaliy hamkorlikning lokomotiviga aylanadi.

▫️Oʻzbekiston Prezidenti davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratdi. Shu asosda 3 milliard dollarlik qoʻshma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

▫️Konchilik sanoatida hamkorlik qilish ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida qayd etildi. Turkiyaning yirik kon-geologiya kompaniyalari bilan foydali qazilmalarni oʻrganish va qazib olish boʻyicha amaliy ishlar boshlangan.

▫️Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan, oʻz navbatida, Turkiya Oʻzbekiston bilan barcha sohalarda oʻzaro manfaatli aloqalarni yanada mustahkamlashga intilishini bildirdi.

▫️Turkiya yetakchisi kengash ishtirokchilarini savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni mustahkamlash maqsadida konstruktiv muloqotga chaqirdi.

▫️Oʻzbekiston va Turkiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari tomonidan ustuvor sohalarda hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan aniq takliflar bildirildi.

▫️Davlat rahbarlari tadbirkorlarni birgalikda ishlashga tayyorligi uchun samimiy minnatdorlik bildirib, masʼul rahbarlarga ishbilarmonlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdogʻan raisligida Oʻzbekiston-Turkiya Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston-Turkiya:

▫️Soʻnggi yillarda o'zaro savdo hajmi 1,5 barobarga, qoʻshma korxonalar soni 2 barobarga, Oʻzbekiston iqtisodiyotiga turk investitsiyalari hajmi 2,5 barobarga oshdi.

▫️Ikki davlatning yirik shaharlari oʻrtasida haftasiga 90 ta parvoz amalga oshirilmoqda, Turkiyadan kelayotgan turistlar oqimi 3 barobarga koʻpaydi.

▫️Yaqin kelajakda ikki tomonlama savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan.

▫️Bugun Oʻzbekistonda “Cengiz Holding”, “Aksa Energy”, “Çalık Holding”, “Akay Inşaat”, “Anadolu Group”, “Özgüven”, “Eczacıbaşı Holding” kabi yetakchi turk kompaniyalari tomonidan 100 dan ortiq loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

▫️Bu galgi tashrif doirasida 10 milliard dollarlik yangi investitsiya loyihalari portfeli shakllantirildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident tabrigidan...

“Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli tarixiy Buyuk ipak yoʻli boʻylab oʻtadi. Darhaqiqat, biz koʻp asrlar davomida savdo aloqalari va madaniy almashinuv rivojiga xizmat qilgan ushbu qadimiy yoʻlni zamonaviy sharoitda qayta tiklayapmiz.

Shuni alohida taʼkidlashni istardimki, mazkur temir yoʻl Xitoyni mintaqamiz bilan bogʻlovchi eng qisqa quruqlik yoʻliga aylanadi.

Tahlillar shuni koʻrsatadiki, uning barpo etilishi ortib borayotgan yuk tashish hajmiga samarali xizmat koʻrsatish, ularni tashish vaqti va narxini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Mutaxassislarning qayd etishicha, yuk tashish yillik hajmi 15 million tonnagacha yetishi mumkin, tovarlarni yakuniy isteʼmolchilarga yetkazish muddati esa 7 kunga qisqaradi. Bundan tashqari, zamonaviy tranzit va logistika infratuzilmasi, omborxonalar va terminallar yaratiladi.

Loyihaning amalga oshirilishi oqibatida vujudga keladigan iqtisodiy taʼsirni barcha mamlakatlar his qiladi. Avvalo, yangi korxonalar va oʻn minglab ish oʻrinlari yaratiladi, oʻzaro tovar ayriboshlash hajmi va sanoat kooperatsiyasi koʻlami, investitsion jozibadorlik oʻsadi va asosiy natija – fuqarolarimizning turmush darajasi oshadi.

Kelgusida ushbu yoʻl bizning mamlakatlarimizga istiqbolli Transafgʻon yoʻlagi orqali Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq davlatlarining keng bozorlariga chiqish imkonini beradi, tranzit salohiyati va mintaqalararo oʻzaro bogʻliqlikni sezilarli darajada oshiradi.


Prezident Shavkat Mirziyoyev


Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston Prezidenti “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishi toʻgʻrisidagi bitimni imzolash marosimi ishtirokchilariga murojaat yoʻlladi

Pekin shahrida “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston" temir yoʻli qurilishi boʻyicha strategik loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

– Mazkur temir yoʻl Xitoyni mintaqamiz bilan bogʻlovchi eng qisqa quruqlik yoʻliga aylanadi. Kelgusida ushbu yoʻl bizning mamlakatlarimizga istiqbolli Transafgʻon yoʻlagi orqali Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq davlatlarining keng bozorlariga chiqish imkonini beradi,

– dedi Prezident o'z murojaatida.

Bitimga muvofiq, “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli Qashgʻar – Torugart – Makmal – Jalolobod – Andijon yoʻnalishi boʻylab oʻtadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston va Turkiya rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvida:

▫️Muzokaralar davomida Oʻzbekiston va Turkiya Hukumatlari oldiga tovar ayirboshlashni 5 milliard dollarga yetkazish, jumladan, Imtiyozli savdo bitimi doirasida mahsulot turlarini kengaytirish vazifasi qoʻyildi.

▫️Istanbul shahrida Oʻzbekistonning savdo vakolatxonasini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.

▫️Davlat rahbarlari raisligidagi Oʻzbekiston-Turkiya Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingani mamnuniyat bilan taʼkidlandi. Uning birinchi yigʻilishi bugun boʻlib oʻtadi.

▫️Qishloq xoʻjaligi, suv resurslarini boshqarish va raqamlashtirish sohalarida oʻzaro manfaatli sheriklikni kengaytirish masalalari ham koʻrib chiqildi.

▫️Xavfsizlik va mudofaa, terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash va muvofiqlashtirish zarurligi taʼkidlandi.

▫️Tomonlar faol madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

▫️Taʼlim, sogʻliqni saqlash, turizm va sport sohalarida hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

▫️Prezidentlar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalarini, jumladan, Afgʻonistondagi vaziyatning rivojlanishini ham koʻrib chiqdilar.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…
Подписаться на канал