uzagroleasingjsc | Неотсортированное

Telegram-канал uzagroleasingjsc - O’zagrolizing

371

❗️"O‘zagrolizing” AJ rasmiy kanaliga o'tish✅✅✅ https://t.me/uzal_uz

Подписаться на канал

O’zagrolizing

Diqqat, e'lon!

“O'zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining “Facebook” ijtimoiy tarmog'ida yangi rasmiy sahifasi ochilganligini ma'lum qilamiz.

Rasmiy sahifaga o'tish uchun havola:
https://www.facebook.com/uzal.uz

__________________

Внимание, объявление!

Сообщаем о запуске новой официальной страницы акционерного общества “Узагролизинг” в социальной сети “Facebook”.

Ссылка для перехода на официальную страницу:
https://www.facebook.com/uzal.uz

Читать полностью…

O’zagrolizing

📢 «Ассалом, Наврўз — янгиланиш, меҳр-оқибат ва қадр-қиммат айёми!» шиори остида ТАНЛОВ эълон қилинди!

〰️〰️〰️
❓Ташкилотчилар?

Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги
Ёшлар ишлари агентлиги
Ўзбекистон электрон оммавий ахборот воситалари миллий ассоциацияси

〰️〰️〰️
❓Танлов номинациялари?

«Энг яхши ижтимоий ролик»
«Энг яхши шеър ижроси» (видео материал шаклида)
«Энг яхши фотосуратлар»

〰️〰️〰️
❓Кимлар қатанашиши мумкин?

14 ёшдан 30 ёшгача бўлган Ўзбекистон фуқаролари

〰️〰️〰️
❓Талаблар?

ижтимоий ролик ва шеър ижролари 3-5 дақиқадан ошмаслиги, FullHD (1920х1080) форматида бўлиши

фотосуратлар 5 тадан кам бўлмаслиги, 4Мп (2272х1704) дан катта бўлиши керак

〰️〰️〰️
❓Ижодий ишларни қаерга ва қачонгача жўнатиш керак?

Тақдим этиладиган ишлар @Navruz2022_tanlov_bot телеграм-боти орқали 2022 йил 25 мартгача қабул қилинади.

〰️〰️〰️
❓Ижодий ишлар қандай мезонлар асосида баҳоланади? Пул мукофотларининг миқдори қанча?

БАТАФСИЛ
_________________

/channel/aoka_uz

Читать полностью…

O’zagrolizing

AYOL BORKI DUNYO BARHAYOT

“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida joriy yilning 7-mart sanasida 8-mart - “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib oʻtdi.

Tadbirda Boshaqaruv raisi N.S. Otajonov soʻzga chiqib, “Oʻzagrolizing” AJ tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xotin-qizlarni bayram bilan tabrikladi. Respublikada Prezidentimiz tomonidan ayollarga koʻrsatilayotgan e’tibor, ayollarning jamiyatda tutgan mavqeini oshirish, ularga ta’lim olishda berilayotgan imtiyozlar haqida toʻxtalib oʻtib, jamiyatimiz rivoji yoʻlida olib borayotgan zahmatli mehnatlarida muvaffaqiyat tiladi.

Shu o‘rinda Prezidentimizning bayram tabrigida yurtimiz ayollariga qarata aytilgan ushbu soʻzlarini takrorlab o‘tishimiz joizdir:

“Inson hayoti va jamiyat rivojida muqaddas Ona zoti, munis ayollarimizning beqiyos o‘rnini oddiy so‘zlar bilan ifoda etish nihoyatda qiyin vazifa.

Mana shunday qutlug‘ ayyom kunlarida siz, azizlarning sha’ningizga madhiyalar aytish uchun odam shoir bo‘lib tug‘ilmaganiga afsuslanib qoladi. Bu yorug‘ dunyoni quyoshsiz, yeru osmonsiz tasavvur etib bo‘lmaganidek, hayotimizni ham mo‘tabar onalarimiz, mehribon ayollarimizdan ayri holda tasavvur etolmaymiz”.

Siz borsiz bu hayot davom etadi,
Mehr chashmangizdan ichmagan kim bor?!

Duolar qilsangiz, dardlar ketadi.
Bir minnat toshini otmaysiz zinhor.

Siz sabab osuda urmoqda yurak.
Aziz opa-singillar bayram muborak!!!

“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati xodimlari jamoasi aziz xotin-qizlarimizni eng go‘zal va eng yorqin bahor bayrami – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan chin yurakdan tabriklaydi!

Bayramingiz muborak boʻlsin.

“O‘zagrolizing” AJ Matbuot xizmati

Читать полностью…

O’zagrolizing

Hududiy filiallarda korrupsiyaga qarshi kurash va komplayens nazorat tizimi bo‘yicha seminarlar o‘tkazildi

Joriy yilning fevral oyi davomida “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining Farg‘ona, Namangan, Andijon, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyat filiallarida korrupsiyaga qarshi kurashga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar mohiyatini xodimlarga tushuntirish, shuningdek, komplayens nazorat tizimi bo‘yicha qabul qilingan ichki hujjatlar asosida ish tashkil etish yuzasidan o‘quv seminarlari o‘tkazildi.

“O‘zagrolizing” AJ Matbuot xizmati

Читать полностью…

O’zagrolizing

G‘ALLA O‘RISH KOMBAYNLARI KO‘RIKDAN O‘TKAZILDI

Bugun “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi Nodir Otajonov va Namangan viloyati Norin tumani hokimi Jo‘rabek Nurmatovlar tumandagi markaziy Mashina-traktor parkida bo‘lib, g‘alla o‘rish kombaynlarini mavsumga tayyorlash ishlarining borishi bilan tanishdilar.
Kombaynlar ko‘rikdan o‘tkazilib, soha mutaxassislari tomonidan mexanizatorlarga zaruriy tavsiyalar berildi.

“O‘zagrolizing” AJ Matbuot xizmati

Читать полностью…

O’zagrolizing

TAYINLOV

“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining o‘rinbosari lavozimiga ishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra Nasirdinov Azimjon Shomaxmudovich 2022-yilning 21-fevralidan e‘tiboran “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

"O‘zagrolizing" AJ Matbuot xizmati

Читать полностью…

O’zagrolizing

Tadbirda Jamiyat Boshqaruv raisi Nodir Sobirovich Otajonov boshchiligida, ijroiya apparati, Toshkent viloyati filiali, “Uzmashlizing” MChJ va “Lizing axborot texnologiyalari” MChJ xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirga, buyuk siymolarimizning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dosenti, filologiya fanlari nomzodi Tog‘aev To‘lqin Mamanazarovich taklif etildi.
Olim tomonidan buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi asrlar osha butun bashariyatni hayratga solib kelayotganligi, insonlar qalbi, ong-u shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat ziyosini taratib kelayotganligi, shuningdek, ulug‘ shoirlarimiz o‘zbek adabiyoti xazinasiga beqiyos ulush qo‘shgan ijodkor hamda nafis so‘z san’atkori boʻlganliklari haqida tadbir ishtirokchilariga soʻzlab berildi.

Tadbir yakuni boʻyicha savol-javoblar boʻlib oʻtdi, xodimlar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburdek buyuk bobokalonlarimiz qoldirgan yuksak ma’naviy merosni oʻzlariga qaytadan kashf etishdi.
“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati ustoz Tog‘aev To‘lqin Mamanazarovichga oʻz minnatdorchiligini bildiradi.

"O‘zagrolizing" AJ Matbuot xizmati

Читать полностью…

O’zagrolizing

#Seminar

🎥 Qarshi tumanida "O‘zagroinspeksiya" viloyat boshqarmasi va "O‘zagrolizing" aksiyadorlik jamiyati Qashqadaryo viloyat filiali bilan hamkorlikda "Zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarining qulayliklari" mavzusida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Batafsil videolavhada

"O‘zagrolizing" AJ Matbuot xizmati

Читать полностью…

O’zagrolizing

Diqqat, e'lon!

“O'zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining “Telegram” messenjerida yangi rasmiy kanali ish boshlanganligini ma'lum qilamiz.

Kanalga o'tish uchun havola:
/channel/uzal_uz

__________________

Внимание, объявление!

Сообщаем о запуске нового официального канала АО «Узагролизинг» в мессенджере “Telegram”.

Ссылка для перехода на канал:
/channel/uzal_uz

Читать полностью…

O’zagrolizing

SPORT MUSOBAQALARI BOSHLANDI

“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati xodimlari oʻrtasida, yaqinlashib kelayotgan “Navroʻz” umumxalq bayrami munosabati bilan sportning futbol, shaxmat va stol tennisi turlari boʻyicha musobaqalarga start berildi. Musobaqalarning borishi toʻgʻrisida qo‘shimcha maʼlumot berib boriladi.

“O‘zagrolizing” AJ Matbuot xizmati

Читать полностью…

O’zagrolizing

Davlat dasturi mazmun-mohiyatini keng targʻib qilishga qaratilgan siyosiy-maʼrifiy soat tashkil etildi

Bugun, 2022-yil 4-mart kuni Jamiyatning katta majlislar zalida Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi, shuningdek, 2022-yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Davlat dasturi mazmun-mohiyatini keng targʻib qilishga qaratilgan siyosiy-maʼrifiy soat bo‘lib oʻtdi.

Tadbirda Jamiyatning Ijroiya apparati hamda tizim korxonalari xodimlari joylardan va ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi.

Tadbirni “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi Nodir Sobirovich Otajonov ochib berib, yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, boʻlayotgan ijobiy oʻzgarishlar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdilar.

Ushbu anjuman mavzusining mazmun-mohiyatini keng yoritib berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, professor Baratov Mirodiljon Xomudjonovich mehmonimiz boʻldilar.

Mirodiljon Xomudjonovich, Davlatimiz rahbarining o‘tgan 2021-yil saylovoldi dasturlari doirasida hududlardagi tashriflarida “Inson qadri uchun” tamoyilini barcha islohotlar bosh mezoni sifatida belgilanganliklari va bugungi kunda Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Davlat dasturi boʻyicha amalga oshirilib kelinayotgan va kelgusida rejalashtirilayotgan ishlar va bunda “Davlat – inson uchun” degan ezgu g‘oyani hayotga tatbiq etish maqsadida 2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining ishlab chiqilganligi hamda bunda bevosita xalqimiz bilan maslahatlashib, fikr va takliflar asosida tayyorlanganligini aytib o‘tdilar.

Taraqqiyot strategiyasida 7 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha “Inson qadri uchun 100 ta maqsad” belgilab olinganligi va ushbu maqsadlarni amalga oshirishda har bir fuqaro yurtning ravnaqi uchun astoydil va intizomli harakat qilishi kerakligini ta’kidladilar.

Siyosiy-maʼrifiy soat koʻtarinki ruhda oʻtib, har bir xodimda ijobiy taassurot qoldirdi.

Tadbir yakuni boʻyicha Jamiyat Boshqaruvi raisi shu kabi maʻrifiy soatlarni koʻpaytirish, Mirodiljon Xomudjonovichni keyingi boʻlib oʻtadigan anjumanlarda ham ishtirok etib, sermazmun dasturlari bilan Jamiyat xodimlari siyosiy ongini yanada o‘stirishda koʻmakchi boʻlishlarini soʻrab taklif qildilar.

“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Mirodiljon Xomudjonovichga oʻz minnatdorchiligini bildiradi.

“O‘zagrolizing” AJ Matbuot xizmati

Читать полностью…

O’zagrolizing

“AGROPRO EXPO-2022” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi

Bugun Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan SOF EXPO SAMARKAND ko‘rgazmalar majmuasi tantanali ravishda ochilib, shu yerda “AGROPRO EXPO-2022” qishloq xo‘jaligi texnikalari, texnologiyalari va sanoat kooperatsiyasi ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

Ko‘rgazmada agrar soha korxonalari uchun zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari va agregatlari, suv va energiya tejovchi texnologiyalar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan boshqa mahsulotlar namoyish etilmoqda.

“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati mazkur tadbirni tashkillashtirish va o‘tkazish jarayonida bevosita ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazma joriy yilning 2-4 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

“O‘zagrolizing” AJ Matbuot xizmati

Читать полностью…

O’zagrolizing

TAYINLOV

Qurbanov San'at Salaevich 2022-yil 24-fevralidan e'tiboran “O'zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

"O‘zagrolizing" AJ Matbuot xizmati

Читать полностью…

O’zagrolizing

“Bobur" qishloq xo‘jaligi klasterida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Bugun Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi “Bobur" qishloq xo‘jaligi klasteri hududida “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi N.S.Otajonov boshchiligida g‘alla o‘rish kombaynlari, pnevmatik seyalkalar va paxta terish mashinalarini ta’mirlash hamda ularni mavsumga tayyorlash bo‘yicha keng ko‘lamdagi o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, agroinspeksiya va tuman MTP rahbarlari, klasterlar injener-mexaniklari, “O‘zkeysservis” QK va “O‘z Klass servis” MChJ mutaxassislari hamda Oqoltin tumandagi fermer xo‘jalik rahbarlari ishtirok etishdi. Seminar ishtirokchilariga qishloq xo‘jaligi texnikalarini mavsumga sifatli tayyorlash bo‘yicha mutaxassislar tomonidan zarur tavsiyalar berildi.

"O‘zagrolizing" AJ Matbuot xizmati

Читать полностью…

O’zagrolizing

AJDODLAR SIYMOSI ULUG‘DIR!

Bugun 17-fevral kuni Jamiyatning katta majlislar zalida g‘azal mulkining sultoni, ulug‘ mutafakkir va davlat arbobi, ilm-fan va san’at homiysi, XV-asr adabiyotining buyuk namoyandasi Hazrat Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning 581 yilligi, shuningdek, o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, adolatli hukmdor, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi va saltanati asoschisi Zahiriddin Muhammad Boburning 539 yilligiga bagʻishlangan ma’naviyat soati boʻlib oʻtdi.

Читать полностью…

O’zagrolizing

Raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligi oshirilmoqda

Avval xabar berilganidek, Jamiyat tomonidan lizingga yetkazib berilgan o‘ziyurar qishloq xo‘jaligi texnikalariga GPS qurilmalarini o‘rnatish ishlari jadal sur'atlarda amalga oshirilmoqda. Bugungi kun holatiga Jizzax viloyatidagi 100 dan oshiq texnikalarga mazkur qurilmalar o‘rnatilib, monitoring nazorati olib borilmoqda. Shuni alohida ta'kidlab o‘tish kerakki, GPS qurilmalarini o‘rnatish, ularni dasturiy va texnik qo‘llab-quvvatlash ishlari to‘liq Jamiyat tizimida faoliyat yuritayotgan "Lizing axborot texnologiyalari" MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

“O‘zagrolizing” AJ Matbuot xizmati

Читать полностью…
Подписаться на канал