urdu_yoshlar | Неотсортированное

Telegram-канал urdu_yoshlar - Ta'lim yangiliklari | Urganch

6888

Xorazm viloyatidagi eng yirik, eng ishonchli va eng tezkor ta'lim yangiliklari kanali! Reklama: @reklama_011111

Подписаться на канал

Ta'lim yangiliklari | Urganch

📚 Tongni kitob bilan qarshilang

Men tongni kitob bilan qarshilarkanman, buni ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari kabi foydali ekanligini his qilaman.


Kitob o‘qish yaxshi, tongda o‘qish esa undan ham yaxshi.

© Javlon Jovliyev

@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

Perevodchilar uchun ham super-kontraktda 10% chegirma mavjud!

15-oktyabrga qadar super-kontraktning 100 foizini toʻlasangiz sizga 10% chegirma beriladi.

Faqatgina 4,05 balgacha yetmaganlar bundan mustasnodir.

Misol uchun super-kontrakt sizga 51 mln 800 ming chiqdi. Siz agar 15-oktyabrgacha 100 foizini toʻlasangiz, 10 foizi keyingi yilga yoki 10 foizini ayirib yaʼni 46 mln 120 ming (46 mln 150 ming toʻlasangiz maqsadga muvofiq) toʻlashingiz mumkin!

👉 @UrDU_YOSHLAR

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

❓ Xususiy universitetda o‘qiganlar magistraturaga davlat OTMiga topshira oladimi?

Xususiy universitet bitiruvchilari ham davlat OTMlariga magistraturaga hujjat topshirishi mumkin. Bunda ular o‘zlari tugatgan yo‘nalishga mos va turdosh bo‘lgan yo‘nalishlardan birini tanlaydi.

Turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatida bo‘lmagan yo‘nalishni tugatganlar esa faqat o‘zi tugatgan yo‘nalishga hujjat topshirishi mumkin.

➡️ Eslatma: hali bu yil uchun turdosh yo'nalishlar tasdiqlanmadi.

@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

✅ Ingliz tilini o‘rganib, sohangizda Top mutaxassis bo‘ling!

❇️ Ingliz tilining barcha darajalarini "Golden Study" O‘quv Markazida professional o‘qituvchilar bilan birga o‘rganing.

Kurslarga yozilish uchun
+998996005797   @N1GoldenStudy

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

⚡️ Rasman: xotin-qizlar kollej, texnikumlarda grant o'qiydigan bo'ldi

📄 Bunga oid hukumat qarori bor.

Unga koʻra, kollej va texnikumlarga qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida o'qiydigan xotin-qizlar davlat granti asosida taʼlim oladi.

Kollej va texnikumlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar 10-oktyabrga qadar muassasa direktori nomiga davlat granti asosida taʼlim olish uchun ariza bilan murojaat qiladi.

Davlat granti asosida taʼlim oladigan xotin-qizlarga ajratiladigan pullar maqsadli sarflanishi uchun direktorlar shaxsan javobgar bo'ladi.

@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

Имтиёзли таълим кредити бераётган банклар

Айни пайтда қуйидаги банклар талабаларга имтиёзли таълим кредитини ажратмоқда:

— Агробанк
— Ҳамкорбанк
— МКБанк
— Саноатқурилишбанк
— Бизнесни ривожлантириш банки
— Халқ банки
— Миллий банк

“Халқ банки”нинг “Хазна” иловаси орқали имтиёзли таълим кредитини онлайн олиш имконияти яратилган.

Бу турдаги таълим кредитлари фақат кундузги бўлимда ўқиётган талабалар учун берилади. Йигитларга 13,5 фоиздан, қизларга эса фоизсиз. Кредитни ўқишни битиргач тўлаш мумкин.

👉 @OTM_XORAZM

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

⚡️Sirtqi taʼlim va super-kontraktdagilar uchun taʼlim krediti ajratilmoqda!

Oʻzmilliybank oʻz mablagʻlari hisobidan kechki va sirtqi ta'lim shakli hamda superkontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan talabalar uchun tijoriy ta'lim kreditini taklif qilmoqda.

Kredit shartlari:

👉 bakalavriatga qabul qilingan talabalar uchun
➖ 36 oygacha yillik 22%;
➖ 60 oygacha yillik 24%;
➖ imtiyozli davr – 12 oy;

🧑‍🎓Magistraturaga oʻqishga qabul qilingan talabalar uchun
➖ muddati – 36 oygacha;
➖ foiz stavkasi – 22%;
➖ kredit miqdori – toʻlov shartnomasi summasi miqdorida.

☎️ Call-markazi raqami: 1344

👉 @OTM_XORAZM

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

Endilikda “Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilib, 208 ta tuman va shahardan g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilarga Prezident sovg‘asi sifatida uy-joy beriladi”, - dedi Prezident.

@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

Talaba bo'lishingiz uchun sizda yana 2 kun qoldi!

⚡️ ZARMED Universitetining Samarqand va Buxoro kampuslarida 2024-2025 o'quv yili uchun qabul 1-oktyabrgacha davom etadi.

Universitetimizda 21 ta bakalavr bosqichida kunduzgi va sirtqi, 5 ta  magistratura va 10 dan ortiq xalqaro qo'shma dasturlarda tahsil olish imkoniyati mavjud. 🔥

📌 Eslatib o'tamiz, UzBMB (DTM) natijangiz bilan hech qanday imtihonlarsiz talaba bo'la olasiz.

📄 Litsenziya (№034355, 06.08.2022 y.)

 Ro'yxatdan o'ting va talabalarimiz safidan joy egallang 🚀

👉 
Ro'yxatdan o'ting

📞 Murojaat uchun:
+998 65 505-70-70 (Buxoro kampusi)
+998 55
704-70-70 (Samarqand kampusi)

Telegram | Facebook | zarmeduni">YouTube | Instagram

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

⚡️O‘quvchilarga dars vaqtida telefondan foydalanish, uni parta ustiga qo‘yish mumkin emas

Xalq ta’limi vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari"ga ko‘ra o‘quvchilarga dars mashg‘ulotlari vaqtida quyidagilar taqiqlanadi:

➖ dars vaqtida o‘rinsiz gaplashish, ovqatlanish, saqich chaynash;
➖ qog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketish;
➖ mashg‘ulotlar yakunlangunga qadar ta’lim muassasasi hududidan o‘qituvchilar ruxsatisiz tashqariga chiqish;
➖ yozma ishlar va oraliq nazoratlarni bajarish vaqtida chetdan yordam so‘rash;
➖ boshqa o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni o‘z nomidan topshirish;
➖ telefondan (smartfon, planshet va boshqa gadjet qurilmalar) foydalanish, uni parta ustiga qo‘yish mumkin emas.

@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

Дунёда бор учта чин дўстим:
Отам,
Онам. . .
Яна аллаким.
Учинчисин айтмоқ қийин иш,
Хотиним ҳам шунчаки таниш.

✍️ Анвар Обиджон

@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

Talaba bo'lishga hali imkon bor

⚡️ ZARMED Universitetida 21 ta bakalavr bosqichida kunduzgi va sirtqi, 5 ta magistratura va 10 ga yaqin qo'shma dasturlar bo'yicha qabul davom etmoqda.

UzBMB (DTM) natijangiz bilan hech qanday imtihonsiz talaba bo'lasiz. 🔥

📄 Litsenziya (№034355, 06.08.2022 y.)

😉 Shoshiling, hoziroq ro'yxatdan o'tib, talabalarimiz safiga qo'shiling!

👉 Ro'yxatdan o'ting

Qabul 1-oktyabrgacha davom etadi!

📞 Murojaat uchun:
+998 65 505-70-70 (Buxoro kampusi)
+998 55 704-70-70 (Samarqand kampusi)

Telegram | Facebook | zarmeduni">YouTube | Instagram

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

⚡️1-bosqich talabalari ijara pulini qoplab berish uchun ariza berishlari mumkin

Ulardan ariza 24–27-sentyabr kunlari onlayn olinadi.

❗️Eslatma: Nizomga asosan “talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan” deganda yotoqxonada turishga ehtiyoji bor, ammo joylar soni cheklanganligi bois ijarada turishi taqozo qilgan talabalar tushuniladi. Shu bois, o‘z ixtiyoriga ko‘ra ijarada turuvchilarga kompensatsiya to‘lovlari belgilanmasligi eslatib o‘tiladi.

Arizalar vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasi orqali faqat onlayn qabul qilinadi.

@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

⚡️Kasb-hunar maktablari va kollejlar ham texnikumga aylantiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-sentabr kuni kasbiy ta’limni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Hozirgi kunda professional ta’lim tizimi uch turdagi muassasalar: 333 ta kasb-hunar maktabi, 227 ta texnikum va 112 ta kollejdan iborat. Ular tabaqalashganligi va dasturlari o‘rtasida uzviylik bo‘lmagani sababli mavjud quvvatlardan unumli foydalanilmayapti.

Shu bois mazkur 3 turdagi muassasalar negizida texnikumlar tarmog‘ini rivojlantirish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, 600 ta texnikum tashkil etiladi. Maqbullashtirish natijasida bo‘shaydigan 71 ta muassasa binosi maktablarga aylantirilib, 42 mingta yangi o‘quvchi o‘rni yaratiladi.

Bundan tashqari, ilgari kollejlar turli vazirlik va idoralarga qarashli edi. Endi bu tizimda boshqaruv, tashkiliy va metodik jihatdan yagona davlat siyosati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan yuritiladi.

@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

✅ 2024-yil 22-sentabrdan 4-oktabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

💻 Diplomlar haqiqiyligini onlayn tekshirish mumkin

diplom.edu.uz platformasi orqali bakalavr, magistr, litsey, texnikum, kasb-hunar maktabi va kollejlarni bitirganlik to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarining haqiqiyligini tekshirish va qo‘shimcha ta’lim ma’lumotlarini kiritish mumkin.

Tizim quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:

✅ bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari kiritiladi va tasdiqlanadi;

✅ diplom ma’lumotlari mavjud bo‘lmaganda bitiruvchilar Yagona identifikatsiya tizimi – OneID orqali ro‘yxatdan o‘tib, ma’lumotlarni kiritadi. Oliygoh esa diplom ma’lumotlari to‘g‘riligini tasdiqlaydi.

Platforma boshqa davlat idoralari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Bunda ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllanadi va diplom ma’lumotlarini kiritish talab etilmaydi.

@UrDU_YOSHLAR

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

🔥BEPUL SEMINAR🔥

⁉️”Brokerlik kasbini o’rganib yuqori daromadga chiqish” mavzusida BEPUL SEMINAR


Spiker kim: 8 yillik tajribaga ega broker Feruza Sobirova

📈Seminar ”Brokerlik kasbini o’rganib yuqori daromadga chiqish” mavzusida bo’lib o’tadi

⚠️Seminar kimlar uchun:
TADBIRKORLAR
BUXGALTERLAR
BOSH BUXGALTERLAR
YORDAMCHI BUXGALTERLAR
O'QISHGA ENDI KIRGANLAR
KASBINI O'ZGARTIRMOQCHI BO'LGANLAR
UNIVERSITET TALABALARI


Xullas 16 yoshdan katta bo’lgan va yuqori daromadga chiqmoqchi bo’lgan barcha qatnasha oladi…

Seminar ishtirokchilariga 1 million so’mlik Vaucherlar taqdim qilinadi.

Va undan tashqari sovg’ali o’yinlar o’tkazilishi reja qilingan.

Xullas juda zo’r seminar bo’ladi. Hoziroq ro’yxatdan o’ting.

📍Seminar qayerda bo’ladi: Xorazm Viloyati Urganch Shahri Eski Hamkor bank yonidagi Finlite Akademiyasida bo’lib o’tadi.

🖲Seminarda BEPUL qatnashish uchun esa shunchaki pastdagi havola(registratsiya tugmasi)ni bosing va o’z o’rningizni band qiling


📌Joylar soni chegaralangan…

REGISTRATSIYA TUGMASI
https://yoshbuxgalter.uz/15oktabrbepulseminar
https://yoshbuxgalter.uz/15oktabrbepulseminar
https://yoshbuxgalter.uz/15oktabrbepulseminar

☎️ Tel: 78 113 93 33

👇Seminar ishtirokchilari qatoriga qo’shiling:
@brokerbepulseminar
@brokerbepulseminar
@brokerbepulseminar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

❗️Talabalarga akademik ta’til quyidagi tartibda beriladi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yildagi qarori (344-son) bilan Akademik ta’til berish toʻgʻrisida nizom tasdiqlangan. Nizomga ko‘ra, talabalar oʻz ixtiyori bilan qaysi ta’lim shaklida tahsil olishidan qat’i nazar akademik ta’til olish huquqiga ega.

Akademik ta’til olish uchun talaba OTM rektori (direktori)ga ariza bilan murojaat qiladi.

✔️ Akademik ta’til quyidagi hollarda berilishi mumkin:
harbiy xizmatni o‘tash uchun;
➖ salomatligini tiklash uchun;
➖ homiladorlik uchun;
➖ bolalarni parvarish qilish uchun;
➖ oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun.

❗️Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatda beriladi. Bunda, qayd etilgan muddatlardan biri talabaning arizasiga muvofiq oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) tomonidan belgilanadi.

Arizaga akademik ta’til olish uchun sabab bo‘lgan holatni asoslovchi hujjat (talabani harbiy xizmatga chaqirish haqidagi chaqiruv qog‘ozi yoki talaba doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi yoxud oilasining betob a’zosi doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi) ilova qilinadi.

✅ Murojaat bir haftalik muddatda ko‘rib chiqilib, ta’til berish OTM rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Unda akademik ta’tilning boshlanish va tugash sanasi ko‘rsatiladi.

➖ Talabaga akademik taʼtil berilishi uni oliy taʼlim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi.

➖ Shuningdek, talabalarga akademik taʼtil davrida stipendiyalar toʻlanmaydi.

Akademik taʼtildan belgilangan muddatda qaytgan talabalarga ilgari oʻzlashtirilgan fanlarni qayta oʻzlashtirish majburiyati yuklatilmaydi.

👉 @OTM_XORAZM

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

❗️Ta'lim krediti haqida batafsil: kimga qancha kredit beriladi?

◾️ Qonunchilikka ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan oliy va professional ta’lim tashkilotlarining talaba va o‘quvchilariga ta’lim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi:

🔹oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratiladi;

🔹ta’lim krediti:

▫️oliy ta’lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun to‘lov-kontrakt summasi miqdorida;

▫️Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi.

✔️Bunda ta’lim krediti:

🔸OTM talabalari uchun – talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud bo‘lganda;

🔸professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun – o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Professional ta’lim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud bo‘lganda ajratiladi.


@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

Diqqat, eslatma!
pedagog.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan arizalarni tahrirlash 4-oktyabr soat 23:59 da to‘xtatiladi

O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining majburiy attestatsiyadan o‘tish yoki navbatdan tashqari (ixtiyoriy) attestatsiyada ishtirok etish istagida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va arizasi ko‘rib chiqilayotgan pedagog kadrlar joriy yilning 4-oktyabr kuni yakuniga qadar arizalarini tahrirlashlari va belgilangan yig‘im summasi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishlari lozimligini eslatamiz.

❗️O‘z vaqtida to‘lovni amalga oshirmagan arizalar ko‘rib chiqilmasligini ma’lum qilamiz.

@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

📣 Orzularingiz sari so'nggi qadamni tashlang!

6️⃣6-oktyabr kuni 🌐UI/UX dizayn, 👩‍💻 3D modellashtirish va Interer dizayn yo'nalishlari bo'yicha 🏆GRAND imtihonlari bo'lib o'tadi!

Fursat tobora qisqarib bormoqda!

Siz ham zamonaviy dizayn olamiga qadam qo'yishni xohlaysizmi? O'z iste'dodingizni namoyish etish va kelajagingizni yorqin qilish uchun ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

🔥 Cheklangan o'rinlar qolmoqda!

Bugun ro'yxatdan o'ting va orzularingiz sari birinchi qadamni tashlang!

👉 Ro'yxatdan o'tish uchun: https://forms.gle/BYioLs7RLpj7YGxVA

⚡️ Qo'shimcha ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun:
📱 Telefon: +998781137008 | 📍Bizning manzilimiz

🤓 Tezda yoziling, joylar cheklangan!

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

⚡️“Oʻqituvchilar maoshi oshadi” — Prezident

Shavkat Mirziyoyev oʻqituvchining maoshi kelgusi yildan qay tarzda 12 millionga yetkazilishiga toʻxtaldi.

Muallimlarni qoʻllab-quvvatlashni, ularning mehnatini munosib ragʻbatlantirishni albatta davom ettiramiz”, — degan davlat rahbari bugungi yigʻinda.

“Mana, 1-oktyabrdan pedagog xodimlar ish haqini 15 foizga oshirdik. Kelgusi oʻquv yilidan xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish yoʻlga qoʻyiladi” dedi Shavkat Mirziyoyev.

Sinovlarda 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglar qoʻshimcha 70 foiz ustama oladi.

Misol uchun, oliy toifali biologiya oʻqituvchisi oʻz fani boʻyicha xalqaro sertifikati boʻlsa – 50 foiz, direktor jamgʻarmasidan 40 foizgacha va yangi talabga javob bersa, yana 70 foiz ustama oladi.

Prezidentning qayd etishicha, shu tariqa oʻqituvchining umumiy oylik maoshi 4 million 500 ming soʻmdan 12 million soʻmga yetadi.

/channel/uztdi

@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

O'quvchilar o'qituvchisining qancha maosh olishini bilib qolishibdi


@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

🔥 Aqlni har kuni ishlatish kerak

"Agar temir ishlatilmasa, zanglaydi. Agar suv harakatlanib turmasa, ayniydi. Agar kishi fikrlamasa, aqlda ham shunday holat yuz beradi".

© Leonardo Da Vinchi

@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

⚠️ Diqqat, IT olamiga qiziqqan barcha yoshlar va oila a'zolari!

28-sentabr kuni Praktikum Academy da Ochiq Eshiklar Kuni! 💻

Bu qanday imkoniyat? 🤩

2️⃣ Qachon: 28-sentabr, soat 10:00 dan 16:00 gacha
📍 Qayerda: Praktikum Academy, [Bizning manzilimiz ]

Biz sizni kutib qolamiz! 🔥

Nima uchun kelishingiz kerak?

💡 Barcha yo'nalishlar bo'yicha batafsil ma'lumot

Dasturlash (Frontend va Backend)
Python va Sun'iy intellekt
Excel Pro
Mobilografiya (Mobil fotografiya)
IELTS tayyorlov kurslari – Endi British Council imtihonlarini o'zimizda topshirish imkoniyati!


😎 Professional ustozlar bilan jonli muloqot!
📎Savollaringiz bormi? Javoblarimiz bor! Kurslarimiz haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

🎁 Maxsus sovg'alar va aksiya!
Ochiq eshiklar kunida kelganlarga ajoyib sovg'alar va cheklangan vaqtli takliflar tayyorlab qo'yilgan:
🟢 Kurslarga yozilishda chegirmalar ulashamiz!
🟢 IELTS tayyorlov kurslari uchun maxsus takliflar!
🟢 Eng faol ishtirokchilarga sovg'alar va o'yinlarda ishtirok etish imkoniyati!


🚀 Bu imkoniyatni qo'ldan boy bermang – kelajakka birinchi qadamni Praktikum Academy bilan tashlang!

❗️ Kurslarimiz haqida bilib oling, sovg'alar yutib oling va IT dunyosiga kirib boring! ❗️

⚡️ Qo'shimcha ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun:
📱 Telefon: +998781137008 | 📍Bizning manzilimiz

🤓 Tezda yoziling, joylar cheklangan!

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

⚡️Qanday hollarda davlat talabani 50 foizgacha kontrakt pulini to‘lab berishi mumkin?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-mart kunidagi 132-sonli “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berish belgilangan.

❗️Agar oilangiz “Temir daftar”ga yoki o‘zingiz “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lsa, bu imtiyozdan foydalanasiz.

👉 @urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

⚡️Rasman: 1-oktyabr —OTMlarda ham, maktablarda ham dars bo'lmaydi.

1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar" kuni dam olish kuni hisoblanadi.

@UrDU_YOSHLAR

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

⚡️Расман: Миллий сертификат имтиҳонларига рўйхатдан ўтиш 29-сентябрда якунланади!

➖ 23-сентябрдан математика, физика, тарих ва география фанларидан миллий сертификат тест синови учун талабгорларни my.gov.uz сайти орқали рўйхатга олиш бошланди. Рўйхатга олиш 29-сентябр 23:59 га қадар давом этади.

❗️30-сентябр – тўлов қилишнинг сўнгги муддати. Тест синовлари 12–13-октябр кунлари ўтказилиши режалаштирилган.

👉 @urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

Talabalar maktabda necha soatgacha dars berishga haqli?

Ko‘p holatlarda talaba-o‘qituvchilarga 10 soatdan ortiq dars berib bo‘lmasligi haqidagi masala muammolardan biri sanaladi.

Talabalar ham o‘rindosh emas asosiy xodim sifatida ishga qabul qilinishi va dars berilishi mumkin (talaba boshqa asosiy ish joyiga ega bo‘lmasa).

📄 Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomning 8-bandiga ko‘ra oliy ta’lim muassasasining 3 va 4-bosqichida pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi ta'lim shaklida o‘qiyotgan shaxslar pedagoglik ishini amalga oshirish uchun qo‘yilishi mumkin. Ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi va shu tartibda haq to'lanadi.


👉 @urdu_yoshlar

Читать полностью…
Подписаться на канал