⚡️ Noyabr oyining 3-xaftasidan (3-4-KURSLAR) Reja grafik asosida Sirtqi taʼlim shakliga oʻqish boshlanishi rejalashtirilyapti! Dekanatlar tomonidan e'lon qilinadi.
1. Boshlangʻich taʼlim
2. Maktabgacha taʼlim
@urdu_yoshlar
⚡️O'zgarish 30-Oktabr sanasidan (2-KURSLAR) Reja grafik asosida Sirtqi taʼlim shakliga oʻqish boshlanishini ma'lum qilamiz!
1. Jismoniy-madaniyat
2. Musiqa ta'limi
3. Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi
4. Texnologik ta'lim
@otm_xorazm
💵 C1 darajaga ega kollej, texnikum, litsey o'qituvchilariga 50 foiz ustama beriladi
◼️ Professional taʼlim muassasalari (kasb-hunar maktabi, kollej va texnikum) va akademik litseyning xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan kamida С1 darajadagi sertifikatlarga ega umumtaʼlim fan oʻqituvchilari bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorda ustama haq toʻlanadi.
Bu tartib shu yil 1-sentyabrdan boshlab amalga kiritilgan.
@otm_xorazm
⚡️ Nomdor stipendiyalar ro'yxati
Nomdor stipendyalar kimga beriladi?
Bakalavriatning oxirgi 2 kursida o‘qiydigan, o‘zlashtirishi a’lo (ko‘pi bilan 25 foizi "yaxshi"), ijodiy ishlarda qatnashadigan talabalar uchun beriladi.
❓ Qaysi yo‘nalishda qaysi stipendiya?
➖ texnika yo‘nalishlarida — Beruniy;
➖ tibbiyot yo‘nalishlarida — Ibn Sino;
➖ gumanitar yo‘nalishlarda — Navoiy;
➖tasviriy va amaliy san’at, dizayn yo‘nalishlarida — Kamoliddin Behzod;
➖ tabiiy yo‘nalishlarda — Ulug‘bek;
➖ kinematografiya yo‘nalishida — Xudoybergan Devonov;
➖ tarix va geografiya yo‘nalishlarida — Bobur;
➖ jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida — Pahlavon Mahmud;
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida — Imom al-Buxoriy;
➖ Qoraqalpog‘iston OTMlarida — T.Qaipbergenov va I.Yusupov;
➖ barcha yo‘nalishlarda — I.Karimov nomli stipendiyalar beriladi.
@otm_xorazm
❗️Oʻzbekistonda kechasi qoʻshnilarning tinchini buzganlik uchun jarima solinadi
❌Kechasi, 23:00 dan keyin va 6:00 dan oldin quyidagilar taqiqlanadi:
• baland ovozda qoʻshiq aytish;
• musiqa ijro etish;
• baland ovozli signallarni berish;
• oʻta zaruratsiz taʼmirlash ishlarini bajarish;
• xonadonlarda yoki koʻchalarda ovozli qurilmalardan foydalanish va hokazo.
⚠️ Qonunga koʻra, ushbu qoidalarni buzganlik uchun fuqarolar 165 ming soʻmgacha jarimaga tortiladi.
👉 @otm_xorazm
#tavsiya #motivatsiya
🔔 O‘zbekistonlik 4 — qo‘lga yon daftarcha va ruchkani olib, diqqat bilan ko‘radigan film
@otm_xorazm
⚡️ Doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul muddati uzaytirildi
📌 2024-yil uchun doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka hujjat qabul qilish muddatlari joriy yil 10-noyabrga qadar, kirish imtihonlarini tashkil etish 30-noyabrgacha uzaytirildi.
Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchilar til sertifikatlarni olishi uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan qo‘shimcha tarzda 21-22-oktabr kunlari imtihon o‘tkaziladi.
❗️Eslatma: Qabul hujjatlari oliy ta’lim muassasasi va ilmiy tashkilotlari mas’ullari tomonidan qabul qilinadi yoki rad etiladi. Hujjatlar belgilangan qabul muddatiga qadar tashkilotlar tomonidan qabul qilingan bo‘lishi lozim. Qabul muddati yakunlanganidan so‘ng hujjatlarni tahrirlash imkoni mavjud emas.
@otm_xorazm
“REKTOR STIPENDIYASI”
🖇“Rektor stipendiyasi” uchun talabgorlar fakultet kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:
✔️Passport (ID) nusxasi, obyektivka, sinov daftarchasidan ko‘chirma, fotosurat;
✔️Dekan va ilmiy rahbar tomonidan imzolangan tavsiyanoma;
✔️Ilmiy (ijodiy) ishlar ro’yhati va ularning bosma nusxalari;
✔️Milliy yoki unga tenglashtirilgan xorijiy til bilish sertifikati.
Nizom bu yerda 👈
Hujjatlar 2023-yil 30-oktabr kuniga qadar fakultet ma’sullar tomonidan qabul qilinadi.
Ma’sullar to’g’risida ma’lumot👈
©️UrDU Matbuot xizmati ma'lum qildi.
@otm_xorazm
Урганч давлат педагогика институтида инновацион ғоялар ҳафталиги шукуҳи
Урганч давлат педагогика институтида “InnoWеек-2023” инновацион ғоялар ҳафталигининг очилиш маросим бўлиб ўтди. Тадбирни институт ректори Феруза Мадраҳимова очиб берди. Республика миқёсида ўтказилаётган ушбу ҳафталикнинг илмий аҳамиятини алоҳида эътироф этди.
Батафсил 👉 https://yuz.uz/a/oz/88645
Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/88645
Telegram | Facebook | YUZ">YouTube | Instagram
#Innoweek | #Taqdirlash_marosimi
Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova tomonidan “InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida faol ishtirok etgan xorijlik mehmonlar, professor-o'qituvchilar va ommaviy axborot vakillari alohida e'tirof qilinib, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
#Innoweek | #Ochilish_marosimi
Urganch davlat pedagogika institutida “Kreativ ta’lim va innovatsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida “InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligining ochilish marosim bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimini institut rektori Feruza Madraximova ochib berdi. Rektor respublika miqyosida o‘tkazilayotgan ushbu haftalikning ilmiy ahamiyatini alohida e'tirof qildi.
Shuningdek, ochilish marosimida Rossiyaning Oltoy universitetidan biologiya fanlari doktori, professor Roman Viktorovich Yakovlev hamda tarix fanlari nomzodi, dotsent Lidiya Sergeyevna Yakovlevalar ham so‘zga chiqib, institutning bugungi kundagi xalqaro hamkorliklari haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbirda barcha fakultet va kafedralarning ilmiy ishlanmalari namoyosh etildi. Tadbirda Xorazm viloyati hokimligi vakillari, OAV vakillari va blogerlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishmoqda.
Barchani institutimizda haftalik doirasidagi tadbirlarga taklif qilamiz.
#PRESS_TUR
📣 📣 Hurmatli OАV vakillari, jurnalist va blogerlar!
Joriy yilning 17-oktabr kuni soat 10:30 da Urganch davlat pedagogika institutida OAV vakillari uchun PRESS TUR tashkil etiladi.
Press-tur doirasida institut faoliyati, jumladan ilmiy innovatsion ishlanmalar, o’quv-tarbiyaviy jarayonlari, Sport kafedralarining faoliyati, Besh tashabbus ligalari, Yashil makon dasturlari bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.
Barchani press turga taklif qilamiz!
↖️ Manzil: Urganch shahri, Gurlan ko’chasi, 1-uy
📲 Murojaat uchun: +998954404826
🌐 @UrDPI_UZ
Nodonga iltifot qilmoq ne kerak,
Johilni dilbar so'z hurkitar ayon.
Dumini tarasang tepadi eshak,
Boshini silasang nish urar chayon.
©Erkin Vohidov
@otm_xorazm
#Ikkinchitaʼlim
#Ikkinchimutaxasisslik
2023-2024 oʻquv yilida Urganch davlat pedagogika institutiga ikkinchisi mutaxassislikka xujjat topshirib 2-kursga oʻqishga qabul qilinganlarning oʻqishi 16-oktyabr sanasidan boshlanadi.
1. Boshlangʻich taʼlim
2. Maktabgacha taʼlim
3. Pedagogika
4. Jismoniy--madaniyat
5. Musiqa ta'limi
6. Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi
7. Texnologik ta'lim
@otm_xorazm
⚡️ 6-Noyabrdan (2-KURSLAR) Reja grafik asosida Sirtqi taʼlim shakliga oʻqishni boshlashadi! Bu yo'nalishlar o'zgarishsiz qoldi!
1. Boshlangʻich taʼlim
2. Maktabgacha taʼlim
3. Pedagogika
Manzil: Urganch shahar Gurlan koʻchasi 2-A uy!
@otm_xorazm
💰Maktabda oylik qancha ?
👩🏫 Umumta’lim maktablarida oylik maoshi xodimlarning toifasi va ma’lumotiga ko‘ra farqlanadi:
Direktor:
➖ 3 mln 816 ming 991 soʻm (400 oʻquvchi);
➖ 4 mln 75 ming 625 soʻm (401-880 oʻquvchi);
➖ 4 mln 321 ming 742 soʻm (881-1600 oʻquvchi);
➖ 4 mln 571 ming 634 soʻm (1600dan ortiq).
Direktor oʻrinbosarlari: (MMIBDOʻ, OʻTIBDOʻ)
➖ 3 mln 564 ming 956 soʻm (400 oʻquvchi);
➖ 3 mln 816 ming 991 soʻm (401-880 oʻquvchi);
➖ 4 mln 75 ming 625 soʻm (881-1600 oʻquvchi);
➖ 4 mln 321 ming 742 soʻm (1600dan ortiq)
Oʻqituvchilar:
➖ Oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchi – 2 mln 575 ming 884 soʻm;
➖ Oliy maʼlumotli oʻqituvchi – 2 mln 755 ming 648 soʻm;
➖ Ikkinchi toifali oʻqituvchi – 3 mln 85 ming 100 soʻm;
➖ Birinchi toifali oʻqituvchi – 3 mln 437 ming 741 soʻm;
➖Oliy toifali oʻqituvchi – 3 mln 798 ming 941 soʻm.
Psixologlarning maoshi:
➖ Oliy ma’lumotli psixolog – 2 mln 480 ming 85 so‘m;
➖ O‘rta maxsus ma’lumotli psixolog – 2 318 295 so‘m;
➖ Ikkinchi toifali psixolog – 2 mln 655 ming 871 so‘m;
➖ Birinchi toifali psixolog – 2 mln 836 ming 138 so‘m;
➖ Oliy toifali psixolog – 3 mln 8 ming 762 so‘m.
Kutubxonachilarning maoshi:
Kutubxona mudiri:
👉 O‘rta maxsus ma’lumotli – 1 mln 814 ming 665 so‘m;
👉 Oliy ma’lumotli – 1 mln 979 ming 953 so‘m.
Kutubxonachi:
👉 O‘rta maxsus ma’lumotli – 1 mln 573 ming 586 so‘m;
👉 Oliy ma’lumotli – 1 mln 656 ming 406 so‘m.
CHQBT rahbari:
2 mln 755 ming 648 soʻm.
Tuman (shahar) maktabgachacha maktab ta'limi bo'limlari metodistlari – 3 798 941 so'm.
© Manba
@otm_xorazm
#Ona_tilim_faxrim | #34_yil
Bugun Urganch davlat pedagogika institutida O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan "Ona tilim – faxrim!" mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirni institut rektori Feruza Madraximova ochib berdi. Bayram tadbiri davomida Filologiya va tarix fakulteti professor-o'qituvchilari va talabalari faol ishtirok etib, she'riy va musiqiy chiqishlar qildilar, sahna ko'rinishlari namoyish etildi.
🌐 @otm_xorazm
Ayni damda Urganch davlat pedagogika instituti talabalari 21-oktabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan Ogahiy teatrida o'tkaziladigan viloyat bayram dasturida ishtirok etishmoqda.
@otm_xorazm
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi
✅ Bilimlarni baholash agentligi chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qildi.
📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 21-22-oktyabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 24-oktyabr – 4-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
👨💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
📄 Javoblar esa imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.
@otm_xorazm
#INNOWEEK | #UrDPI
Urganch davlat pedagogika institutida “Kreativ ta’lim va innovatsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida “InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligi.
➖➖➖
"InnoWeek-2023" the week of innovative ideas under the motto "Creative education and innovation - the basis of the development of New Uzbekistan" at the Urgench State Pedagogical Institute.
➖➖➖
Неделя инновационных идей "Innoweek-2023" под девизом "Креативное образование и инновация- основа развития Нового Узбекистана" в Ургенческом государственном педагогическом институте.
🎞 https://youtu.be/uBsbgQXDTjo
🌐 @UrDPI_UZ
📌 Qishki "perevod"ga kimlarga ruxsat beriladi?
Xuddi yoz oyidagi kabi qishda ham o‘qishni ko‘chirish mumkin. Faqat bir davlat OTMidan boshqasiga.
✔️ Kimlarga ruxsat bor
➡️ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun;
➡️ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).
Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
➖ o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
➖ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➖ pasport nusxasi;
➖ yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.
❗️Qishki "perevod" uchun arizalar dekabr-yanvar oylarida olinadi.
@otm_xorazm
SIRTQI TA’LIMDA BILIM OLUVCHI TALABALAR UCHUN ZO’R IMKONIYAT!
😎Endilikda siz nafaqat o’qishingiz balki, 24 xil kasblarni bepul o’rganishingiz mumkin. Bu imkoniyatni sizga Urganch shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi beradi. ✅
🤯Ortiqcha hujjatlarsiz va qiyinchiliklarsiz 2-3 oy ichida o’rta maxsus kasb-hunar diplomi darajasiga tenglashtirilgan sertifikat sohibi bo’ling!
🤩Ushbu sertifikat sizga ishga kirish va tadbirkorlik faoliyatingizni boshlash uchun subsidiya olish imkonini ham beradi.
☝Kasblar bilan batafsil videolavhada tanishing. Qolganini kelsangiz o’zlarimiz tushuntiramiz🫡
Qo’shimcha ma’lumot uchun:
+998 99 967 12 16
Manzilimiz, Urganch shahar, "Baynalminalchi" ko'chasi, 6-uy.
Mo'ljal: Xorazm viloyati sport majmuasi roʻparasi
Urganch shahar "Ishga marhamat" monomarkazi matbuot xizmati
@otm_xorazm
#Innoweek | #Xalqaro_hamkorlar
Bugun UrDPIda o'tkazilgan “InnoWeek-2023” innovatsion g'oyalar haftaligida nafaqat mahalliy balki xorijiy mehmonlar Rossiya Federatsiyasining Oltoy universitetidan biologiya fanlari doktori, professor Roman Yakovlev hamda tarix fanlari nomzodi, dotsent Lidiya Yakovlevalar ham ishtirok etdilar.
Ular institut rektori Feruza Madraximova bilan muloqot qilib, kelgusida ilmiy sohada hamkorlik ishlariga kelishib oldilar.
Мактабларда биринчи чорак 3 ноябрь куни якунланади. Ўқувчилар учун 4 ноябрдан таътил бошланади.
Дарслар 10 ноябрдан бошланади.
@otm_xorazm
⌛️Bugun — super-kontrakt uchun chegirmaning oxirgi kuni
Oliy ta'lim vazirligi 15-oktyabrgacha super-kontraktni to‘laganlarga 10 foizlik chegirma berilishini ma'lum qilgandi.
@otm_xorazm
⚡️16 -Oktyabrdan (1-KURSLAR) Reja grafik asosida Sirtqi taʼlim shakliga, oʻqish jarayonlari boshlanishi maʼlum qilamiz!
1. Boshlangʻich taʼlim (2-smenada)
2. Maktabgacha taʼlim ( 1-smenada)
3. Pedagogika (2-smenada)
4. Jismoniy--madaniyat
5. Musiqa ta'limi
6. Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi
7. Texnologik ta'lim
@otm_xorazm
#tavsiya
⚡️Qadrli Urganch davlat universiteti talabalari, “Golden Study” oʻquv markazida barcha Ingliz tili kurslariga qabul davom qilmoqda. Bizning oʻquv markazda ta'lim olib IELTS 6,5+ yoki CEFR C1 sertifikatlariga ega boʻlib ushbu sovgʻalar sohibiga aylaning:
20 TA PLANSHET !!!
20 TA NOTEBOOK !!!
✅ Eng muhimi, endilikda ushbu markaz Yoshlar Ishlari Agentligi bilan hamkorlikda kam ta'minlangan, boquvchisini yoʻqotgan yoki chin yetim oʻquvchi va talabalarni ingliz tili bo'yicha BEPUL o'qitadi.
☎️Murojaat uchun:
+998935489800
+998935341817
Telegram | Instagram
❓ Sertifikati bor o‘qituvchilar qancha ustama oladi?
◾️Umumta’lim fanlari bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga quyidagi tartibda har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi:
✅ xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga –ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;
✅ xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida.
✅ Bilimlarni baholash agentligining mazkur bandning to‘rtinchi xatboshida ko‘rsatilmagan milliy test tizimida olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida.
📌 Bunda, 2025-yil 1-yanvarga qadar chet tili fanidan kamida C1 darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik ustama 50 foiz miqdorida to‘lanadi;
Pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama – umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikat amal qilish muddati davomida, lekin 3 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida to‘lanadi;
📌 Umumta’lim fanlari bo‘yicha bir nechta sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama yuqoriroq foiz ustama olish huquqini beruvchi sertifikat bo‘yicha to‘lanadi.
@otm_xorazm