⚡️ Kollej, texnikumlarga kirish imtihonlarining javobi 3-oktyabrda chiqadi
Bugun, 26-sentyabrdan kollej, texnikumlarga kirish imtihonlari boshlandi. Jami 175 mingdan oshiq abituriyent 3 kun — 29-sentyabrgacha imtihon topshiradi.
Oliy ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, javoblar 3-oktyabr kuni e’lon qilinishi reja qilingan.
@otm_xorazm
📌 B2 sertifikati bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilariga 2-tildan dars berishga ruxsat berildi
◼️ Bu istisno tariqasida faqat shu yilgi o‘quv yili uchun. Yengillik birinchi til sifatida o‘qitiladigan chet tili uchun emas. 2-til o‘qituvchilari uchun. 2-til o‘qitiladigan maktablar hozircha har bir tuman/shaharda faqat bittadan.
Bu turdagi dars o‘tadigan o‘qituvchilardan ham keyingi 2024/25-o‘quv yilida sertifikat so‘raladi.
❗️ Eslatib o‘tamiz, shu o‘quv yilidan boshlab chet tili sertifikati B2 bo‘lmagan o‘qituvchilar maktablarga ishga kira olmaydi. Keyingi yildan esa barcha chet tili o‘qituvchilarida (oldin ishga kirganlarda ham) B2 sertifikat bo‘lishi kerak.
@otm_xorazm
🤩Shunaqasiyam bo'larkan...
🗣Diqqat bilan eshiting!!! Finlite akademiyasida 24-sentabrda soat 9:00 dan 14:00 gacha bo'lgan davr oralig'ida...🤫Qolganini video orqali bilib olasiz.
🎯Bunday imkoniyatni qo'ldan chiqarmang.
‼️Eslab qoling:
24-sentabr!Soat 9:00 dan 14:00 gacha bo'lgan davr oralig’ida Ogohiy teatriga kelib yosh buxgalter kursiga ro'yxatdan òtib shartnoma tuzganlarga!✍️📄
👉 https://bit.ly/tgfinlite
👉 https://bit.ly/tgfinlite
👉 t.me/finlite_administrator
Murojaat uchun:
☎️ 781139333
Instagram | Telegram | YouTube
⚡️ 2023-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari ma'lum qilindi
✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari oktyabr, noyabr va dekabr oylarida tashkil etiladi.
👨💻 Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.
📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
❗️Oktyabr oyidan boshlab chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida har bir bo‘lim uchun alohida vaqt belgilanadi va test materiallari alohida tarqatiladi.
@otm_xorazm
Milliy sertifikat kimga qanday imtiyoz beradi?
✅ Javob quyidagicha:
1) Agar o'qituvchi milliy sertifikat imtihonida 80% yoki undan yuqori natijani qo'lga kiritsa, oylik maoshiga 20% ustama qoʻshib beriladi.
2) Agar abituriyent 86% va undan yuqori natijani qo'lga kiritsa, tegishli fanidan kirish imtihonlarida maksimal ball beriladi. Ya'ni ona tili va adabiyot 1-blok fani bo'lsa 93 ball, 2-blok fani bo'lsa 63 ball. Shuningdek majburiy 10 talik testdan ham maksimal ball (11 ball) beriladi.
Agar 60% dan 85% gacha natijani qo'lga kiritsa, foizga nisbatan proporsional ball beriladi. Ya'ni 80 foizlik natijani qo'lga kiritsa, unga 93 ballning 80%i (74,4 ball) beriladi!
3) Agar ona tilidan majburiy fan sifatida (10 talik testga) tayyorlanayotgan abituriyent milliy sertifikat imtihonidan 60 foizdan yuqori natijani qo'lga kiritsa, unga majburiy ona tilidan maksimal ball (11 ball) beriladi. Ya'ni milliy sertifikat majburiy fan uchun ham o'tadi!
@otm_xorazm
#Sayyor_qabul
Bugun Xiva pedagogika kollejida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas'ul xodimi Fozilbek Farhodov, Xorazm viloyat Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarma boshlig‘i Oybek Otamuratov, Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova hamda Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayevlar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
O‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqarolarning, abituriyentlar va ularning ota-onalarining murojaatlarini tinglanib ijobiy hal qilindi.
💳 Talabalar plastik kartadan guvohnoma o‘rnida foydalanishi mumkin bo'ladi
Bu hozircha qachondan amalga oshishi aniq emas. Avvalroq Oliy ta’lim vaziri shu masalada bank xodimlari bilan uchrashgandi.
✔️ Agar amalga oshsa, birgina bank kartasining o‘zidan talabalar guvohnoma sifatida foydalanishi, kutubxona, yotoqxona, sport zallariga kirish, mikroqarzlar olish, elektron hamyon ochish va boshqalarda ishlata olishi mumkin bo‘ladi.
otm_xorazm
⚡️⚡️⚡️Urganch davlat pedagogika instituti, UrDU Texnika fakulteti va Urganch innovatsion universiteti talabalari diqqatiga
Ertadan 15 kun davomida Rayhon bozor svetaforidan Avtomobil yo‘llar texnikumi svetaforigacha bo‘lgan masofada qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan yo‘l berkitiladi.
Shu munosabat bilan barcha avtomashinalarini boshqa hududlarga qo‘yib kelishlari so‘raladi.
@otm_xorazm
💲 Xalqaro fan olimpiadasida oltin medal olgan o‘quvchilarga 165 mln so‘m beriladi
Xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo'lgan o‘quvchilar prezident qaroriga ko‘ra mukofotlanadi.
🥇 Oltin medalni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga BHMning 500 baravari (165 mln so‘m), ustoziga 450 baravari (148,5 mln so‘m);
🥈 kumush medalni qo‘lga kiritganlarga o‘quvchi BHMning 300 baravar miqdori (99 mln so‘m), ustoziga 250 baravar (82,5 mln so‘m) pul mukofoti;
🥉 3-o‘rin (bronza medal) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustoziga 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari beriladi.
Bundan tashqari, Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMlarga imtiyoz bilan grant asosida o‘qishga qabul qilinib, keyinchalik ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan taqdirda lavozim maoshiga 150 foiz har oylik ustama oladi.
@otm_xorazm
⚡️⚡️⚡️Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul natijalari
Urganch davlat universitetiga qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilganlarning natijalari👇
📌 Natijalar: https://urdu.uz/uz/site/active?id=279
Talabalikka tavsiya etilganlar fakultetlarning texnik kotiblariga murojaat etishlari soʻraladi.
Manzil: Urganch shahar X.Olimjon koʻchasi 14 uy!
@otm_xorazm
18-SENTABR KURSLARGA QABUL
IELTS va Multilevel testlariga IELTS dan 8.5 bal sohibi Razzakbergan Jumaniyozov bilan tayyorlaning.
Shuningdek, pre-IELTS va umumiy ingliz tili(0 yoki beginner level) kurslarimizga ham qabal boshlandi.
Kurslarimiz haqida barcha ma'lumotlar kanalimizda mavjud.
👇👇👇👇
/channel/IELTSRazzakbergan
⚡️ Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari
🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun davlat granti asosida 3 000 ta, to‘lov-kontrakt asosida 6 500 ta qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan.
✅ Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Davlat komissiyasining navbatdagi bayonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun tumanlar kesimida tarmoq sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimida:
🔸 respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga – davlat granti asosida 3 000 ta;
🔸 viloyatlardagi davlat oliy ta’lim muassasalariga – bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 6 500 ta qo‘shimcha qabul parametrlari tasdiqlandi.
✅ Bunda:
🔹 davlat granti asosidagi qabul parametrlari – kirish imtihonlarida 68,0 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan;
🔹 bazaviy to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari – kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi.
👨🏻💻 Qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
📋 Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga tanlov qaydnomalari yetkazilgan.
@otm_xorazm
#muhim_yangilik
C1 darajaga ega professional ta’lim muassasalari va akademik litsey o‘qituvchilariga 50% ustama beriladi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Milliy baholash tizimi muvofiq boʻlishi lozim boʻlgan xalqaro standartlar, taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlar, xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ularning kombinatsiyasi) roʻyxati hamda har oylik ustama olish uchun ularning eng kam darajasini belgilash toʻgʻrisida”gi qo‘shma qarorni imzoladi.
Unga koʻra joriy yil 1-sentabrdan boshlab professional taʼlim muassasalar (kasb-hunar maktabi, kollej va texnikum) va akademik litseyning xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan kamida С1 darajadagi sertifikatlarga ega umumtaʼlim fan oʻqituvchilari bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorda ustama haq toʻlash yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, qaror bilan:
➖ Milliy baholash tizimi muvofiq boʻlishi lozim boʻlgan xalqaro standartlar roʻyxati;
➖ Taʼlim sohasida xizmat kо‘rsаtuvсhi vakolatli xalqaro tashkilotlar roʻyxati;
➖ Xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ulаrning kombinatsiyasi) rо‘yxati tasdiqlandi.
👉На русском
👉In English
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Xotin-qizlarga foizsiz taʼlim krediti olish uchun qanday hujjatlar kerak?
📜 Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi.
❓Kredit kimlarga beriladi?
✅ Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
✅ Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).
❓Qaysi taʼlim shakliga beriladi?
✔️ Kunduzgi;
✔️ Sirtqi;
✔️ Kechki.
Masofaviy taʼlimga berilmaydi.🙅🏻♀️
❓14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?
✅ Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.
❓Toʻlash qachondan boshlanadi?
✅ Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng ettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.
❓Qanday hujjatlar kerak?
1️⃣ bankka ariza;
2️⃣ shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
3️⃣ taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
4️⃣ talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.
❗️“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.
👉 @otm_xorazm
🔆📉Siz xohlagan kelajakka yo’l!
📊Finlite - zamonaviy kasblar akademiyasi o’z yo’lini topishda qiynalayotganlar va yangi kasb o’rganmoqchi bo’lganlar uchun 10- oktyabrda katta shov shuvli “Zamonaviy kasblar” taqdimotini e’lon qiladi!!!
🔵Taqdimotni Finlite zamonaviy kasblar akademiyasi rahbari, ustozimiz Yuldoshbek Yuldoshev olib boradilar va boshqa professional ustozlarimiz hamda Xorazmdagi faol tadbirkorlar ham ishtirok etadi.
✍️🧾Taqdimot mutlaqo bepul.Sizdan talab qilinadigan narsa shunchaki ro’yxatdan o’tib joy band qilish!
‼️Shoshiling joylar soni chegaralangan.
Ro’yxatdan o’tish uchun havola:
https://forms.gle/FedP4rftTGaaCpRNA
https://forms.gle/FedP4rftTGaaCpRNA
https://forms.gle/FedP4rftTGaaCpRNA
Batafsil ma’lumot uchun:
☎️781139333
Instagram | Telegram | YouTube
❓ 15-oktyabr kimlar uchun kontrakt to‘lashning oxirgi muddati?
✔️Bakalavriat 1-kurslar;
✔️ Magistratura 1-kurslar;
✔️ Super-kontrakt bilan kirganlar uchun kontrakt to‘lashning oxirgi muddati 15-oktyabrgacha uzaytirildi.
Bunda kontraktning 50 foiz miqdorini to‘lash kerak. Shundan keyin 1-kurslar talabalar safiga rasman qabul qilinadi.
❕Eslatma: katta kurslar kontraktni qachon to‘lashini OTMning o‘zi belgilaydi.
@otm_xorazm
⚡️1-kursga tavsiya etilganlar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 15-oktabrga qadar uzaytirildi
2023/2024-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 15-oktabri etib belgilandi.
@otm_xorazm
📣 "DATA" ta'lim stansiyasiga ingliz tili o'qituvchisi ishga taklif qilinadi
📌 Talablar:
• IELTS 7+;
• 20+ yoshda bo'lish;
• Halol va mas'uliyatli bo'lishi;
• Dars berishda 1 yildan ortiq tajriba;
• Bilim berishga qiziqishi.
✅ Qulayliklar:
• Rasmiy ishga joylashish imkoniyati
• Shahar markazida joylashgan qulay ofis
• Yosh va kreativ jamoa
• Bepul coffee-break va tushlik
💰 Oylik maosh suhbat natijalariga qarab belgilanadi.
📨 O'z rezyumengizni @data_languages_education ga yuboring. Faqat eng kuchlilar saralashdan o'tishadi!
🚩 Moʻljal: Urganch, Darital, 2-qavat
@data_languages
❓Super-kontraktga kirganlar taʼlim krediti olishi mumkinmi?
JAVOB: Yo’q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berilmaydi. Ammo ayrim banklar tijoriy shartlarda oddiy kredit taklif qilishi mumkin.
Ammo super-kontraktga kirgan talaba 2-kursdan boshlab oddiy kontrakt to’lashga o’tadi, shu sababli bemalol 2-kursdan taʼlim krediti olishi mumkin.
@otm_xorazm
Aytishlariga qaraganda Ikkinchi mutaxassislikka kirganlar uchun ham taʼlim krediti berilishi boshlanibdi
Bu haqda obunachilarimiz xabar berishdi. Mazkur maʼlumotni Iqtisodiyot va moliya vazirligi masʼullaridan tekshirdim, ular ham tasdiqlashdi.
Taʼlim krediti berish jarayoni ilk boshlangan vaqtlarda ikkinchi mutaxassislikka taʼlim krediti berilmas edi. Ammo keyinchalik talabalardan kelgan so‘rovlarning ko‘pligi sabab bunga ruxsat berilibdi.
Shunday qilib, ikkinchi mutaxassislikka kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlimga o‘qishga kirgan talabalar banklarga taʼlim krediti olish uchun murojaat qilishlari mumkin.
@otm_xorazm
#sayyor_qabul
📣Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma'sul xodimi, Xorazm viloyat Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarma boshlig‘i, Urganch davlat universiteti hamda Urganch davlat pedagogika instituti rektorlari ishtirokida sayyor qabul oʻtkaziladi
Joriy yilning 21-sentabr kuni soat 10:00da Xorazm viloyati Xiva pedagogika kollejida sayyor qabul tashkil etiladi.
Xorazm viloyati yoshlarini ushbu qabulda faol ishtirok etishlarini soʻrab qolamiz.
💬Bog‘lanish uchun: +998 93 922 10 30
🌐 @UrDPI_UZ
⚡️Bu yil 2-oktyabr — Oʻqituvchilarga qoʻshilib talabalar ham dam olishadi
◼️ Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga ko‘ra, bayram sanalari dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, undan keyingi ish kuni dam olish kuni deb e’lon qilinadi.
1-oktyabr o‘qituvchilar kuni yakshanbaga to‘g‘ri kelgani sabab 2-oktyabr kuni dam olinadi.
❌ Shu kuni OTMlarda ham, maktablarda ham dars bo'lmaydi.
@otm_xorazm
⚡️⚡️Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun davlat granti asosida 3 000 ta, to‘lov-kontrakt asosida 6 500 ta qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan.
Quyidagi havola orqali Urganch davlat pedagogika institutiga qabul qilingan qoraqalpoq talabalari uchun qo‘shimcha qabul kvotalari bilan tanishishingiz mumkin: https://urspi.uz/uz/site/active?id=79
Manzil: Urganch shahar Gurlan ko'cha 1-A uy!
@otm_xorazm
💵 Ta’lim krediti olgan talaba o‘qishni tugatib ishga kirolmasa, kredit qanday to‘lanadi?
Qonunchilikka ko‘ra, ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Agar talaba o‘qishni tugatib ishga kira olmasa, unda qarzdorlik unga kafil bo‘lgan shaxsdan undiriladi.
@otm_xorazm
⚡️ Doktoranturaga qabul boshlandi
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning barcha shakllari bo‘yicha hujjatlar 15-sentabridan 15-oktabrigacha Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.
Bular:
✔️ stajyor-tadqiqotchilik — ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik boʻyicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli;
✔️ tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;
✔️ doktorantura — fan doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;
✔️ mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli.
@otm_xorazm
💵 "Yoshlar daftari"ga kirganlarning "prava"ga o‘qish puli to‘lab beriladi
◼️ Qonunchilikka ko‘ra, daftardagi yoshlarning avtomaktabda o‘qish xarajatlari qoplanadi. Bu miqdor — BHMning 4 baravarigacha, 1 mln 320 ming so‘mgachani tashkil qiladi.
Buning uchun avtomaktabda o‘qishni istagan yoshlar tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limiga ariza hamda o‘quv kursi shartnomasi nusxasini beradi.
Shartnomada ta’lim tashkiloti nomi, STIR, o‘quv kursi yoki kasb-hunar nomi, bir oylik to‘lov miqdori va umumiy muddat ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
O‘qish pulini qoplab berish-bermaslik haqida o‘rtacha 8 kun ichida javob beriladi.
@otm_xorazm
Urganch davlat pedagogika instituti rektori talabalarning Ota-onalari bilan uchrashdi
Bugun Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova navbati bilan barcha fakultetlardagi birinchi bosqich talabalarning Ota-onalari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida rektor bugungi kunda Davlatimiz rahbari tomonidan ta’limga va pedagogika sohasiga qaratilayotgan e’tibor, o'qituvchilarning jamiyatdagi nufuzi va bo'lajak pedagog kadrlarni zamon talabalariga mos tarbiyalash masalalariga to'xtalib o'tdi. Shuningdek, talaba-yoshlar hayotida ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, oliygoh va ota-onalarning o'zaro hamkorligi hamda ularning bo'sh vaqtlarini tashkil etish masalalariga to'xtalib o'tildi.
Uchrashuv davomida ota-onalarning fikrlari, taklif hamda tavsiyalari tinglandi, savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Shundan so'ng, ota-onalar institutda talabalarga yaratigan sharoitlar, o'quv xonalari, axborot resurs markazi, sport zal, darslarni kuzatuv xonalari, Talabalar turar joylari bilan tanishdilar.
#Talaba_Creative | #UrDPI
Ushbu videorolik Urganch davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti talabasi Sabina Radjapova tomonidan tayyorlandi.
Aziz talabalar, agar Sizlarda ham yangi loyihalar va g'oyalar bo'lsa ijtimoiy tarmoqlar minbari Sizlar uchun tayyor. Buning uchun fakultetingizning Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosariga murojaat qilishingiz mumkin.
Yangi o’quv yilida yangicha fikrlang, chunki biz Yangi O’zbekistonda yashayapmiz!
🌐 @UrDPI_UZ