#o‘qishni_ko‘chirish #kasbiy_ijodiy_imtihon
⚡️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 16–17-avgust kunlari o‘tkaziladi
Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 16–17-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.
Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan olishlari mumkin.
Unda kasbiy (ijodiy) va test sinovi imtihonlarining o‘tkazilish joyi, sanasi hamda vaqti haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan.
❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.
⚠️ ESLATMA: kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashgan talabgorlar, majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan o‘tkaziladigan test sinovlarida ham ishtirok etishlari shart. Aks holda, ularning kasbiy (ijodiy) imtihonda olgan ballari inobatga olinmaydi.
@OTM_XORAZM
1-sentabrdan til sertifikatini olishdagi o‘qish xarajatlari qoplab beriladi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan, yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish tizimi takomillashtirilishidan kelib chiqib, hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Hujjat bilan 1-sentyabrdan boshlab xorijiy tillarni bilishning xalqaro imtihon tizimlaridan kamida C1 va unga tenglashtirilgan daraja olgan yoshlarning 6 oygacha bo‘lgan o‘qish xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan oshmagan miqdorda mablag‘ qoplab beriladi.
Bunda imtihon topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilishga qo‘shimcha o‘qish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 3 baravari — 1,02 mln so‘m miqdorida bir martalik to‘lovlar ajratiladi.
Yoshlarga ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillaridan olingan ayrim sertifikatlar uchun o‘qish to‘lovlari qoplab beriladi. Bunda quyidagi xalqaro imtihon tizimlari nazarda tutilgan:
➖IELTS;
➖Test DAF;
➖Goethe-Zertifikat;
➖DELF/DALF;
➖TCF;
➖TOPIK I-II;
➖JLPT;
➖NSK.
Joriy yilning 1-sentyabridan 2027-yilgacha mazkur tillar bo‘yicha imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish uchun to‘planishi lozim bo‘lgan ballning (sertifikat darajasining) minimal ko‘rsatkichi bir pog‘ona pasaytiriladi.
Batafsil: 👉 https://talimxabarlari.uz/7414/
@urdu_yoshlar
⚡️ 19-20 avgust kunlari Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari boʻlib oʻtadi
📆 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
✅ Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:
1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
⏳ Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi.
👨🏻💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.
❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.
@urdu_yoshlar
⚡️transfer.edu.uz platformasi orqali yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berilmoqda
2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalararo talabalar o‘qishini ko‘chirish, tiklash (koʻchirib tiklash) bo‘yicha transfer.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 2024-yil 15-avgust kuni soat 17:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.
15-avgust soat 17:00 dan keyin texnik kamchiliklarni tuzatish to‘xtatiladi.
❗️Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari tasdiqlandi
2024-yil 1-avgust kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining "Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 238-sonli buyrug‘i qabul qilindi.
Ushbu buyruqning 12-ilovasi bilan umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) rahbar va xodimlarining asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari tasdiqlandi.
Endi maktab direktorilikka nomzodlardan kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va kamida 5 yillik pedagogik stajdan tashqari menejerlik sertifikati ham talab qilinadi.
@OTM_XORAZM
Qurilish muhandislari qancha daromad topishadi?
💰 O'zbekistonda qurilish muhandislarining o'rtacha oylik daromadi $900 - $1,350. Bu ko'rsatkich ish joyiga va loyiha kattaligiga qarab o'zgaradi.
🤩 ZARMED Universiteti ushbu yo'nalishda ta'lim olishni istagan yigit-qizlarga zamonaviy texnologiyalar, yuqori malakali o'qituvchilar, stipendiya va grantlarni taqdim etadi.
Xabaringiz bor, o'zining Samarqand va Buxoro kampuslariga ega ZARMED Universitetida 20 dan ortiq yo'nalishlarda kunduzgi va sirtqi ta'lim shakli bo'yicha qabul davom etmoqda.🔥
Agar siz ham talabgir va daromadli kasb egasi bo'lishni istasangiz, hoziroq ro'yxatdan o'ting
👉 Ro'yxatdan o'tish
📞 Murojaat uchun:
+998 65 505-70-70 (Buxoro kampusi)
+998 55 704-70-70 (Samarqand kampusi)
Telegram | Facebook | zarmeduni">YouTube | Instagram
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha
❇️ 2024/2025-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha jami 43 882 nafar talabgorga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etildi.
Shundan:
👉 respublikadagi nodavlat oliy ta'lim tashkilotlaridan - 33 255 nafar;
👉 xorijiy OTMlarning respublikadagi filiallaridan -- 657 nafar;
👉 xorijiy davlatlarning OTMlaridan - 9 970 nafar.
❗️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarining o‘tkazilish sanasi va talabgorlar uchun ruxsatnomalarni berish muddatlari haqida qo‘shimcha ma'lumot beriladi.
@urdu_yoshlar
❗️Bugun qabulning so'nggi kuni, OTMlarni tanlab bo'ldingizmi?
✅ Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar bugun 10-avgust soat 23:59 ga qadar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.
⚡️Belgilangan muddat yakunlangandan so‘ng abituriyentlarga ta’lim yo‘nalishlarini tanlash va ma'lumotlarga o‘zgartirish kiritish imkoniyati berilmaydi.
❇️ Hurmatli abituriyentlar! Sizdan bugun soat 23:59 ga qadar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashingizni so‘raymiz!
@urdu_yoshlar
🤩 SMMni bepul o'rganishni xohlaysizmi?
Dargoh ta'lim akademiyasi qiymati 30 mln so'mlik grant e'lon qiladi.
✅ Saralashdan muvaffaqiyatli o'tganlar 3 oylik SMM kursini bepul o'qish imkoniga ega bo'lishadi.
Dargoh ta’lim – texnologiya va bilim uyg'unligi.
📞 Tel: 91 437 00 10
👨💻 @dargoh_admin
🚩 Manzil: Eski Transport kolleji
❗️Abituriyentlarnining 43,5 foizi 56,7 dan past ball to‘plagan holda tanlovda ishtirok eta olmaydi
AOKAda Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida berilgan maʼlumot koʻra:
2024-2025 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan 740 352 nafar abituriyentdan 418 ming nafardan ortig‘i yoki 56,5%(2023-yilda 53.3%) 56,7 dan yuqori ball to‘plagan holda tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan.
321 ming nafardan ortig‘i yoki 43,5% (2023-yilda 46.7%) abituriyent 56,7 dan past ball to‘plagan holda tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘la olmagan.
Abituriyentlarning 210 nafari (2023-yilda 119 nafar) 189 va undan yuqori ball to‘pladi (shundan 91 nafari 189 dan yuqori ball to‘plagan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi bitiruvchilari hisoblanadi).
@urdu_yoshlar
❓Mandat qachon chiqadi?
Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng yani 10-avgustdan keyin bir haftada ichida e’lon qilinadi.
❗️Demak, qoida bo'yicha mandat 17-avgustgacha e’lon qilinishi kerak.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
♻️ Mandatni kutayotganlarga yuboring!
@urdu_yoshlar
Janubiy Koreyada o'qish uchun ajoyib imkoniyat
⚡️ ZARMED Universiteti Janubiy Koreyaning JOONGBU universiteti bilan hamkorlikda yangi qo'shma ta'lim dasturini ishga tushirganligidan xabaringiz bor.
Dastur davomida "Qurilish Muhandisligi", "Arxitektura" va "Biznes boshqaruvi" yo'nalishlari bo'yicha 2 yil O'zbekistonda va 2 yil Janubiy Koreyada ta'lim olasiz.
Universitetni tamomlaganingizdan so'ng, sizga ikkala Universitet diplomi beriladi va siz Ikki davlatda ham rasmiy ish faoliyatini davom ettira olasiz.
😉 Janubiy Koreyada o'qish imkoniyati sizni kutmoqda, hoziroq ro'yxatdan o'ting!
👉 Roʻyxatdan oʻtish
Kontrakt to'lovini 1-oktyabrgacha 100% amalga oshirsangiz, sizga 10% chegirma taqdim etiladi.
📞 Murojaat uchun:
+998 (88) 711-90-90
+998 (88) 932-90-90
Telegram | Facebook | zarmeduni">YouTube | Instagram
🌐Siz uchun YANGI davr eshiklari ochilmoqda…
😇Assalomu alaykum.Bu postni o’qiyotgan bo’lsangiz tabriklaymiz siz kafolatlangan bonusni qo’lga kiritdingiz!
🤫Qanday BONUS ekanligini 16-avgust kuni bilib olasiz
⁉️Ayniqsa siz ishlab chiqarish,qurilish,o’quv markazlarda BUXGALTER yoki shunday turdagi korxonalar RAHBARI yokida buxgalteriya kasbini endi o’rganmoqchi bo’lsangiz bunday YANGILIK ni o’tkazib yuborish tavsiya etilmaydi!
🗓️16-avgust kuni KATTA yangilikni
MAHSUS YOPIQ kanalda e’lon qilamiz…
🖲️Kanalga o’tish uchun pastdagi Havola ustiga bosib ro’yhatdan o’ting va siz MAHSUS kanaldasiz.
http://yoshbuxgalter.uz/finlitekattayangilik
http://yoshbuxgalter.uz/finlitekattayangilik
http://yoshbuxgalter.uz/finlitekattayangilik
☎️ Tel: 78 113 93 33
telegram | instagram |
⚡️2-mutaxassislikka qabul davom etyapti
2024/2025-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.
▪️Bunda nomzodlar platformada:
➖oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
➖hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.
☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.
@urdu_yoshlar
2024-2025 o'quv yilida talaba bo'lishni maqsad qilgan abituriyentlar diqqatiga!
🤩 ZARMED Universiteti talabalarga sifatli ta'lim olishi uchun keng ko'lamli imkoniyatlar va afzalliklarni taqdim etadi.
Universitetimizda zamonaviy va talabgir bo'lgan 17 dan ortiq yo'nalishlarda kunduzgi va sirtqi ta'lim shaklida tahsil olishingiz, xalqaro qo'shma ta'lim dasturlari orqali xorijda ta'lim olib 2 ta diplomga ega bo'lishingiz mumkin. 🔥
Agar sizda DTM imtihon natijasi bo'lsa, imtihonsiz talaba bo'lishingiz mumkin.
💯 Bundan tashqari, kontrakt to'lovini 1-oktyabrgacha 100% amalga oshirsangiz, 10% chegirmaga ega bo'lasiz.
Kelajagingizni biz bilan birga quring, hoziroq havola orqali ro'yxatdan o'ting
👉 Ro'yxatdan o'tish
📞 Murojaat uchun:
+998 65 505-70-70 (Buxoro kampusi)
+998 55 704-70-70 (Samarqand kampusi)
Telegram | Facebook | zarmeduni">YouTube | Instagram
⚡️ TOP-1000 talik universitet talabasi bo'lish uchun ajoyib imkoniyat!
ZARMED Universiteti bir qator chet elning nufuzli universitetlari bilan hamkorliklarni yo'lga qo'ygan, ulardan biri TOP-1000 talik ro'yxatiga kirgan Tomsk davlat universiteti.
🤩 Rossiyaning eng nufuzli universiteti hisoblanib, diplomi dunyo bo'ylab tan olinadi va talabalarga xalqaro miqyosda ishlash imkoniyatini yaratadi.
Mazkur qo'shma ta'lim dasturini tamomlagan mutaxassislarga PF-6260-soniga muvofiq maoshiga (bazaviy hisoblash miqdorining) 15 barobar qo'shimcha ustama beriladi. 🔥
Qo'shma ta'lim dasturiga qabul imtihonlari 19-20 avgust kunlari bo'lib o'tadi, hoziroq o'z o'rningizni band qiling.
👉 Ro'yxatdan o'tish
☎️ Murojaat uchun:
+998 (88) 711-90-90
+998 (88) 932-90-90
Telegram | Facebook | zarmeduni">YouTube | Instagram
#perevod
⚡️ Bir davlat OTMdan boshqasiga o‘qishni ko‘chirish, tiklash (koʻchirib tiklash) bo‘yicha yuborilgan arizalarni texnik kamchiliklarini tuzatish imkoni berilmoqda
✅ transfer.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan talabalar arizalarini shu platformada 15-avgust kuni soat 17:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.
❌ 15-avgust soat 17:00 dan keyin texnik kamchiliklarni tuzatish to‘xtatiladi.
❗️Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q.
‼️ Yana bir eslatma: bu nodavlat oliygohlardan yoki xorijdan o‘qishni ko‘chirish uchun ariza berganlarga taalluqli emas. Ularning muddati tugab bo'lgan, test kunini kutishmoqda.
@urdu_yoshlar
🔥 Oqtepa Lavash Urganchda 1+1 aksiyasini boshlaydi!
"Xaggi + Pepsi" setini sotib olsangiz, ikkinchi xuddi shunday setni mutlaqo bepul olasiz!
Aksiya faqat yetkazib berish uchun amal qiladi
⚡️2024-yil 1-oktyabrdan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 10 foizga oshirildi
Prezident “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi farmonga imzo chekdi.
2024-yil 1-sentyabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshirildi.
Bunda:
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 so‘m;
yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 so‘m;
nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 so‘m etib belgilandi.
2024-yil 1-oktyabrdan boshlab:
byudjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 foizga oshirildi;
byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori – 10 foizga oshirildi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan xodimlar bundan mustasno;
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 so‘m;
bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m etib belgilandi.
@urdu_yoshlar
⚡️ Yangi o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi
2023-yil 22-dekabrda “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni imzolangan.
Mazkur Farmonda Mustaqillik bayrami munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanganligini inobatga olib, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yangi — 2024-2025-o‘quv yili joriy yilning 4-sentabr kunidan boshlanishini ma'lum qilamiz.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
@OTM_XORAZM
⚡️ "Perevod" imtihoni 19-21 avgust kunlari o'tkazilishi reja qilinyapti — BMBA
Ovozli chatda BMBA o'qishni ko'chirish imtihonlari 19-dan 21-avgustga qadar o'tkazilishi reja qilinayotganini ma'lum qildi.
Sanalar va ruxsatnomalar qachon chiqishi aniq bo'lgach, qo'shimcha ma'lumot beriladi.
@urdu_yoshlar
⚡️Abituriyentlar tanlagan yo‘nalishida nechanchi o‘rinda turganligini bilishi mumkin
Abituriyentlar avvalgi yillardagidek tanlagan yo‘nalishida nechanchi o‘rinda turganini bilishi mumkin. Bu Bilimni baholash agentligining mutaxassislari tomonidan agentlikning rasmiy telegram kanalida bo‘lib o‘tgan ovozli suhbatda ma’lum qilindi.
Ushbu jarayon imtihonning ikkinchi, ya’ni tanlov bosqichi yakunlangandan bir necha kun o‘tib boshlanadi. Shundan keyin abituriyentlar tanlagan beshta yo‘nalishida nechanchi o‘rinda turganligi, qolgan abituriyentlarning natijalari bilan ham tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Eslatma! Imtihonning tanlov bosqichi kecha 10-avgust kuni soat 23:59 da yakunlandi. Belgilangan muddat yakunlangandan so‘ng abituriyentlarga ta’lim yo‘nalishlarini tanlash va ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish imkoniyati berilmaydi.
@OTM_XORAZM
⚡️Yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar yoki perevodchilar o'z xohishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin.
Super-kontrakt miqdori quyidagicha:
🗄 Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi;
🗄 Agar 1,1 baldan — 2,0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi;
🗄 Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi;
🗄 Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi;
👉 Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab bazaviy kontraktning 8 barobardan 25 barobargacha belgilanishi mumkin.
📢 Eslatma: Ushbu summalar bir necha yildan beri amal qilib keladi va yangi o'quv yili uchun o'zgarish bo'lishi kutilmayapti.
👉@OTM_XORAZM
#Qovun_sayli
🍈9-11 avgust kunlariga mo’ljallangan, an’anaviy tarzda o’tkazilib kelinayotgan “Qovun sayli” festivali boshlanish arafasida...
Barcha aziz yurtdoshlarimizni saylga mamnuniyat bilan taklif etib qolamiz!
@urdu_yoshlar
🔥 Oqtepa Lavash Urganchda 1+1 aksiyasini boshlaydi!
"Xaggi + Pepsi" setini sotib olsangiz, ikkinchi xuddi shunday setni mutlaqo bepul olasiz!
Aksiya faqat yetkazib berish uchun amal qiladi
😋 Cheksiz Pepsi ichishni xohlaysizmi?
🥤Faqat Oqtepa Lavashda Urganch filialida, "Xohlagancha bepul iching" aksiyasi orqali muzdek Pepsini xohlaganizcha qayta quyib ichsangiz bo'ladi!
😉 20-avgustgacha fursatni boy bermang va har bir qulutmadan zavqlaning!
🚀Telegram bot
☎️78 150 00 30
⚡️6–8-avgust kunlari magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin
✅2024/2025-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qabul boʻyicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari koʻrib chiqildi.
❓Mustaqillik bayramida ketma-ket 4 kun dam olish kuni bo‘ladi.
Bunda:
✅ 31-avgust, shanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;
✅ 1-sentyabr, yakshanba — Mustaqillik bayrami;
✅ 2-sentyabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);
✅ 3-sentyabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.
👉 @OTM_XORAZM
my.uzbmb.uz saytining “Davlat OTMlari” boʻlimi orqali soʻnggi 3 yildagi oʻtish ballari bilan tanishish mumkin
Bunda oliy taʼlim muassasasining tegishli taʼlim yoʻnalishi tanlanganda quyidagi maʼlumotlar chiqadi:
🔹 2023-2024-oʻquv yilidagi qabul kvotalari soni (davlat granti va toʻlov-kontrakt alohida);
🔹 2023-2024-oʻquv yilidagi fanlar majmuasi (birinchi va ikkinchi mutaxassislik fanlari);
🔹 soʻnggi 3 yillik oʻtish ballari (davlat granti va toʻlov-kontrakt alohida).
@urdu_yoshlar
⚡️ "Perevod" uchun arizalar qabuli bugun tugaydi!
Amaldagi tartib bo'yicha, o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga, my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga 5-avgustgacha davom etadi.
❓ Kimlar o‘qishini ko‘chirishi mumkin?
Davlat OTMlaridan boshqasiga ko‘chirish uchun:
➖turmush qurib, turmush o‘rtog‘ining doimiy yashash hududiga o‘qishini ko‘chirayotgan talaba;
➖ ota-onasi yoki turmush o‘rtog‘ining ish joyi o‘zgarib, o‘qishini ko‘chirishga tegishli vazirlikdan tavsiyanoma olgan talabaga ruxsat beriladi.
Ular imtihonsiz o‘qishini ko‘chira oladi.
Kimlar imtihon bilan o‘qishini ko‘chira oladi?
✔️Xorijda o‘qiyotgan talaba;
✔️ Xususiy universitetda o‘qiyotgan talaba.
@urdu_yoshlar