⚡️O'qituvchilar attestatsiyasiga qabul boshlandi
Avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish 1-avgustdan boshlandi.
✅ Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʻlim tashkilotlari pedagog kadrlari joriy yil avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 1-avgustdan 1-oktabrga qadar roʻyxatdan oʻtishi va murojaat yuborishi mumkin.
@urdu_yoshlar
⚡ Rasman: 1-avgustdan yotoqxonalarga ariza olinyapti
Bu haqida Oliy ta'lim vazirligi ma'lum qildi.
2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha kurs talabalari yotoqxonalarga onlayn ariza yuborish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin. Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish my.gov.uz portali orqali 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.
O‘rinlar quyidagicha taqsimlanadi:
✔ 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foizi;
✔ 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foizi;
✔ 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.
@urdu_yoshlar
🤩 Ayol-qizlar uchun maxsus guruhga start berildi
🔥 Endi ayol-qizlar maxsus Mobilografiya kursida tahsil olishlari mumkin. Kursni sohada deyarli 2 yillik tajribaga ega mutaxassis Iroda Ismoilova olib boradi.
⏳ Kurs davomida siz:
🔸 Qo'lda syomka qilish;
🔸 Montaj ilovalari bilan ishlash;
🔸 Chiroqlar bilan ishlash;
🔸 Trend videolar olish;
🔸 Go'zallik sohasi uchun maxsus videolar ishlash kabi bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishingiz mumkin
👩💻 @Dargoh_admin
📞 Tel: 91 437 00 10
🚩 Manzil: Eski Transport kolleji
⚡️ Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti
✅ Jami: 500 ta qo‘shimcha kvota (to‘lov-kontrakt asosida).
@urdu_yoshlar
#e’lon
⚡️Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan boshlandi!
👉 @OTM_XORAZM
❗️B2 Sertifikatiga ega boʻlmagan oʻqituvchilar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmaydi
Bu boʻyicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi oʻrinbosari tushuntirish berdi. Unga ko‘rsa B2 sertifikat olish boʻyicha majburiyat 2025-2026 oʻquv yiliga qoldirilgan.
@urdu_yoshlar
🎯BEPUL SEMINAR
Xorazm viloyati Urganch shaharda Finlite akademiyasida seminar tashkil qilinmoqda.
💻 "Excel ishlasin siz dam oling"mavzusida bo'lib o'tadi va Excel bo'yicha 11 yillik tajriba ega ustozimiz Shahzod Sayfulla tomonidan olib boriladi
⁉️O'zi EXCEL dasturi kimlarga kerak faqatgina BUXGALTER largami? Agar shunday fikrlasangiz adashasiz...
📌Seminar kimlar uchun:
16 yoshdan katta bo'lgan , o'z ishini tez va oson bajarib No'mer 1 xodim bo'lib yuqori daromadga chiqishni xohlovchi BARCHA uchun!
(👆🏻Bunday mutahassis har yerda kerak!)
📍Seminar 3-avgust soat 14:30 da Xorazm Viloyati Urganch Shahridagi Finlite akademiyasida bo'lib o'tadi.
Joylar soni 17 ta qoldi. Shoshilamiz.
📇Seminar BEPUL faqatgina o'z o'rningizni band qilish uchun pastdagi HAVOLA ni bosing va ro'yxatdan o'ting!
HAVOLA👈🏻👈🏻👈🏻
https://yoshbuxgalter.uz/3avgustexcelproseminar
https://yoshbuxgalter.uz/3avgustexcelproseminar
Telegram | Instagram
⚡️“Super-kontrakt”ga kirgan talabalar ham keyinchalik grant asosida o‘qishi mumkin
Prezidentning (24.05.2024-yil PF-81-son) Farmoniga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi.
Bu tartib mazmunan, super-kontrakt orqali o’qishga qabul qilingan talabalarga ham tatbiq qilinishi mumkin. Chunki, ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida qayta taqsimlanadi.
Ta’kidlash lozim, mazkur tartib faqatgina 2024-25 o‘quv yilidan boshlab OTMga qabul qilingan talabalarga amal qiladi.
👉 @OTM_XORAZM
#eslatma #qabul2024 #ikkinchi_bosqich
❗️2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash10-avgustga qadar davom etadi.
Bunda abituriyentlar “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi. Shuningdek, beshtagacha OTM ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlaydilar.
@urdu_yoshlar
⚡️Joriy yil xorijiy va nodavlat OTMda davlat granti asosida o‘qish uchun 1 200 ta kvota ajratildi (oldingi yillari 1000 ta edi)
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat granti asosida ajratilgan o‘rinlarning oliy ta’lim tashkilotlari kesimidagi taqsimoti (jadval👆).
@urdu_yoshlar
❓ Qaysi sirtqi yo'nalishlarga 5 yil stajsiz qabul yo'q?
2022-yil 22-iyundagi PQ-289-son qarorda pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinishi belgilangan.
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga maktab ta’limi tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan abituriyentlar qabul qilinadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi. Bular:
🔹 boshlang‘ich ta’lim;
🔹 tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
🔹 musiqa ta’limi;
🔹 jismoniy madaniyat;
🔹 texnologik ta’lim.
Ushbu ta’lim yo‘nalishlarining sirtqi ta’lim shakliga xalq ta’limi tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lib, hozirda ushbu tizimda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan pedagog xodimlar abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Bunda kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan va hozirda faoliyat koʻrsatib kelayotgan pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan olinadi.
Boshqa ta’lim yo‘nalishlari uchun esa pedagogik faoliyatga oid staj talab etilmaydi va ularga istalgan abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
@OTM_XORAZM
⚡️Tezkor: kontrakt miqdorlari keskin oshirilishi kutilmoqda.
Batafsil: /channel/OTM_XORAZM/3680
👉 @UrDU_YOSHLAR
🔊🔊🔊 QABUL BOSHLANDI❗️❗️❗️
KÖPLAB TALAB VA TAKLIFLARGA BINOAN TURK TILI KURSLARIGA QABUL BOSHLANDI🥳
29-İYUL sanasidan yangi 0 dan boshlanuvchi kurslarimizga start berilmoqda🗣🗣🗣
📌Darslarimiz haftada 4 kun OFFLAYN tarzda olib boriladi.
Shoshiling, joylar soni chegaralangan❗️❗️❗️
Undan tashqari A2, B1 va B2 darajadagi guruhlarimiz ham mavjud.
📞Murojaat uchun: +998937521122
telegram: @azamatovna_0823
Manzil: Xorazm viloyati Urganch shahri Arxiv ko'chada "Ogahiy" öquv markazi
❓ Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda nimalarga e'tibor berish kerak?
@urdu_yoshlar
⚡️⚡️⚡️TEZKOR
#UrDU
#qabul_kvota
#bakalavriat_sirtqi
2024/2025 oʻquv yilida Urganch davlat universiteti bakalavriatining sirtqi taʼlim shakli boʻyicha davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlarining taʼlim yoʻnalishlari va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimlanishi
@urdu_yoshlar
❗️Yo‘nalishlarni belgilangan muddatgacha tanlamagan abituriyentlar oliygohlarga qabul qilinmaydi
Abituriyentlar 10-avgustga qadar (shu kuni ham) oliy ta’lim muassasalari yo‘nalishlarini tanlashlari talab etiladi. Yo‘nalishlarni belgilangan muddatgacha tanlamagan abituriyentlar oliygohlarga qabul qilinmaydi.
Tanlov jarayonida abituriyentlar beshtagacha OTM, ta’lim yo‘nalishlari va shakllari hamda tanlov ustuvorligini belgilashlari lozim.
Bunda abituriyentlar quyidagilarga e’tiborli bo‘lishlari tavsiya etiladi:
Agar abituriyent ustuvorlik sifatida “Davlat granti”ni tanlasa, u dastlab davlat granti uchun ajratilgan qabul parametrlari doirasida, tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi asosida to‘plagan bali bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi. Abituriyent davlat grantiga talabalikka tavsiya etilmagan taqdirda, yuqoridagi tartib bo‘yicha to‘lov-kontrakt uchun ajratilgan qabul parametrlari doirasida tanlovda qatnashadi. Ya’ni, abituriyentning bali avval davlat granti bo‘yicha ko‘rib chiqiladi, hech biriga tavsiya etilmagan taqdirda, to‘lov-kontrakt bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi.
Agar abituriyent “Ta’lim yo‘nalishi”ni ustuvorlik sifatida tanlasa, ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi asosida to‘plagan bali bo‘yicha davlat granti va to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etadi.
🌟 Shuningdek, abituriyentlar agar maqsadli qabul mavjud bo‘lsa, unga rozi yoki yo‘qligi hamda ta’lim shakllarini tanlashlari lozim. Bunda kamida 1 ta ta’lim yo‘nalishini tanlash majburiy, qolgan ta’lim yo‘nalishlarini tanlash esa ixtiyoriydir.
✅ 10-avgustga qadar abituriyentlar tanlovlarini tahrir qilish imkoniyatiga ega.
📹 Videoyo‘riqnoma
@urdu_yoshlar
❗️Ta'lim shaklini tanlashda e’tibor bering: Taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalarga ajratiladi
Kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 10-avgustga qadar oliy ta’lim muassasalari, ta’lim yo‘nalishlarini va ta’lim shaklini tanlashlari lozim.
Shu o‘rinda bir muhim faktni unutmaslik lozim Prezidentining Farmoni (27.05.2024-yildagi PF-82-son) asosan endi taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalarga ajratiladi.
Xuddi shunday xotin-qizlarga ajratiladigan imtiyozli foizsiz taʼlim krediti ham endi faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiydiganlarga ajratiladi.
Sirtqi, kechki yoki masofaviy ta‘lim shaklini tanlagan talabalarga taʼlim krediti ajratilmaydi.
@OTM_XORAZM
Ургенч халқаро аэропорти таъмирлашдан сўнг вақтлироқ, аниқроғи 5 август куни очилади.
@urdu_yoshlar
⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor
2024/2025-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi.
Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin.
Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.
Ustuvorlik bo‘yicha batafsil sharh: 👉 https://talimxabarlari.uz/6453/
Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.
@urdu_yoshlar
Получить два диплома, не покидая Узбекистан!
⚡️ Университет ZARMED объявляет о запуске совместной образовательной программы с Томским государственным университетом, который входит в ТОП-1000 университетов мира.
Все 4 года обучения вы проведете в Узбекистане, посещая кампусы ZARMED в Самарканде и Бухаре.
💯 Получив дипломы 2-х университетов, вы значительно повысите свои шансы на успешную карьеру как в Узбекистане, так и за его пределами.
У нас имеются совместные программы не только с Россией, но и с престижными университетами Южной Кореи и Турции.
📌 Вступительные экзамены состоятся 5-6 и 19-20 августа в кампусах университета ЗАРМЕД в Самарканде и Бухаре.
👉 Зарегистрироваться
🎁 Если вы полностью оплатите контракт до 1 октября, вы получите скидку 10%
☎️ По вопросам:
+998 (88) 711-90-90
+998 (88) 932-90-90
Telegram | Facebook | zarmeduni">YouTube | Instagram
#e’lon
⚡️Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan boshlandi!
Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.
Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.
Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.
Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.
Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679
❗️Ma’lumot uchun, 2024/2025-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.
Bizni kuzating
1-sinfga qabul uchun mikrohududdan tashqari maktablarga ariza yuborish ertaga — 1 avgust kuni soat 11:00 da boshlanadi
➖my.maktab.uz platformasi orqali yuborilgan arizalar vaqt ketma-ketligida qabul qilinadi. Belgilangan kvotaga mos ravishda arizalar qabul qilingandan so‘ng, qabul jarayonlari avtomatik tarzda to‘xtatiladi.
❗️Bola mikrohududdan tashqari maktabga qabul qilinganidan so‘ng, mikrohudud bo‘yicha avval yuborilgan arizasi asosiy maktabga avtomatik ravishda o‘tkaziladi.
👉 Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni ☎️71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.
@urdu_yoshlar
🗣 Bu yangilikni eshitdingizmi?
Endilikda siz, ZARMED Universiteti talabasi bo'lishni istasangiz, kontrakt to'lovlari uchun 10% chegirmani qo'lga kiritishingiz mumkin. 🔥
❓ Qanday qilib deysizmi? Agar kontrakt to‘lovini 1-oktyabrgacha 100% to‘lasangiz, umumiy miqdordan 10% chegirma qilinadi.
ZARMED Universiteti sizga eng zamonaviy ta’lim infratuzilma, chet elda ta’lim olish imkoniyati, malakali professor-o‘qituvchilar hamda xorijiy tillarni bepulga o'rganish imkoniyatlarini taqdim etadi.
📌 Agar siz ham chegirma bilan bir qatorda ushbu afzalliklardan foydalanishni istasangiz, hoziroq ro'yxatdan o'ting.
👉 Roʻyxatdan oʻtish
📞 Murojaat uchun:
+998 65 505-70-70 (Buxoro kampusi)
+998 55 704-70-70 (Samarqand kampusi)
Telegram | Facebook | zarmeduni">YouTube | Instagram
#Ishga_taklif | #UrDPI
📣 DIQQAT E'LON!
Urganch davlat pedagogika institutida talabalar kontingenti oshayotganligi va institut tashkiliy tuzilmasi kengayib, o'zgarayotganligi sababli professor-o'qituvchilarga ehtiyoj sezilmoqda.
Shu bois, institutimizga mahoratli, tashabbuskor va bilimli professor-o'qituvchilarni quyidagi yo'nalishlar bo'yicha ishga qabul qilamiz:
Pedagogika,
Maktabgacha ta’lim,
Boshlang'ich ta'lim,
Tarix,
Biologiya,
Kimyo,
Geografiya,
Fizika,
Astronomiya,
Matematika,
Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi,
Musiqa ta'limi,
O'zbek tili va adabiyoti,
Rus tili va adabiyoti,
Ingliz filologiyasi,
Milliy g'oya va falsafa,
Jismoniy madaniyat va sport,
Texnologik ta'lim.
Ishga qabul qilishda talabgorlar magistratura bosqichini yakunlagan, soha bo
'yicha yetuk mutaxassis va pedagogik mahoratga ega bo'lishlari kerak.
Xorijiy tillar bo'yicha sertifikatga ega,
PhD yoki DSc ilmiy darajasiga ega,
dotsent yoki professor ilmiy unvoniga ega bo'lgan talabgorlarga ustunlik berilib, ularning dars soatlari xajmi va taqsimotida keng qulayliklar yaratiladi.
Talabgorlar xujjatlarini institutning Xodimlar bo'limiga taqdim qilishlari kerak. Ishga qabul qilish bo'yicha komissiya tomonidan suhbat tashkil qilinadi. Suhbat o'tkaziladigan kun va vaqti institutning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va ushbu telegram kanalida e'lon qilinadi.
Manzil: Urganch shahri, Gurlan ko'chasi, 1-A uy. Mo'ljal: "Rayhon" bozori yonida.
🌐 @UrDPI_UZ
Bakalavriat turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati
#o‘qishni_ko‘chirish
Oliy taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori bo‘yicha turdosh taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.
Yo‘nalishlar jami 32 ta turdosh guruhlarga ajratildi.
Ma’lumot uchun:
Quyidagi ta’lim yo‘nalishlari soha (tarmoq, yo‘nalish, faoliyat turi) bo‘yicha mos ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) guruhiga turdosh hisoblanadi:
➖“Kasb ta’limi (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
➖“Professional ta’lim (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
➖“Xizmat ko‘rsatish texnika va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha)”;
➖“Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha)”.
Shuningdek, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi Klassifikatorga muvofiqlashtirib, inobatga olinadi.
@urdu_yoshlar
🎯Bizda navbatdagi BEPUL seminar!
💻Bu safar "Excel ishlasin siz dam oling"mavzusida bo'lib o'tadi va Excel bo'yicha 11 yillik tajriba ega ustozimiz Shahzod Sayfulla tomonidan olib boriladi
⁉️O'zi EXCEL dasturi kimlarga kerak faqatgina BUXGALTER largami?agar shunday fikrlasangiz adashasiz...
📌Seminar kimlar uchun:
16 yoshdan katta bo'lgan , o'z ishini tez va oson bajarib No'mer 1 xodim bo'lib yuqori daromadga chiqishni xohlovchi BARCHA uchun!
(👆🏻Bunday mutahassis har yerda kerak!)
📍Seminar 3-avgust soat 14:30 da Xorazm Viloyati Urganch Shahridagi Finlite akademiyasida bo'lib o'tadi
📇Seminar BEPUL faqatgina o'z o'rningizni band qilish uchun pastdagi HAVOLA ni bosing va ro'yxatdan o'ting!
HAVOLA👈🏻👈🏻👈🏻
https://yoshbuxgalter.uz/3avgustexcelproseminar
https://yoshbuxgalter.uz/3avgustexcelproseminar
Telegram | Instagram
⁉️Bugungi kunda doktorantlar uchun stipendiya miqdori qancha?
stajyor-tadqiqotchilik -5 013 746,08
tayanch doktorantura (PhD) - 5 663 636,26
doktorantura — fan doktori (Doctor of Science (DSc)-7 236 225,96
❗️Minimal o’tish bali o’zgarmadi
✅ Unda:
🔹 davlat granti boʻyicha minimal oʻtish bali – 68,0 ball (maksimal 189,0 ballning 36%);
🔸 toʻlov-kontrakt boʻyicha minimal oʻtish bali – 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30%) etib belgilandi.
@urdu_yoshlar
Tanlov ustuvorligi qanday tanlanadi?
Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bilan birga tanlov ustuvorligini ham belgilaydi.
✅ Bunda 2 ta tanlov ustuvorligi mavjud bo‘lib, abituriyent ustuvorlik sifatida:
“Davlat granti”ni tanlasa — tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;
“Ta’lim yo‘nalishi”ni tanlasa — har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.
✅ Abituriyentga:
tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining istalgan biriga davlat granti asosida o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Davlat granti” ustuvorligini;
davlat granti yoki to‘lov-kontrakt bo‘lishidan qat’iy nazar birinchi tanlagan yo‘nalishlariga o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorligini tanlash maqsadga muvofiq.
❗️ Tanlov ustuvorligini belgilashda e’tiborli bo‘ling.
@urdu_yoshlar
#qabul_2024
#magistratura_kvota
⚡️Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi
2024/2025-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga oʻqishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti.
@urdu_yoshlar