⚡️Maktabgacha ta'lim xodimlari mehnatiga haq to'lash bo'yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari tasdiqlandi
2024-yil 1-iyundan boshlab davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining oliy ma'lumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy o'rta ta'lim muassasalarining tegishli pedagog xodimlari bаzаviу tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga tenglashtirildi.
✔️ Mazkur bazaviy tarif stavkasi oliy ta'lim muassasalarining pedagogika yo'nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo'limlarning 3-4-kurslarida o'qiyotgan shaxslar tomonidan bajarilgan ishlaг uchun haq to'lashda qo'llaniladi.
@urdu_yoshlar
Bugun bo’lib o’tgan test sinovlarining ilk kuni natijalari ertaga kechki payt e’lon qilinadi.
@urdu_yoshlar
❗️Imtihonga qachon va nimalar bilan borish kerak?
Imtihonlar 2 smenada, ertalab 8:00 dan 11:00 gacha va 15:00 dan 18:00 gacha tashkil etiladi.
1-smenadagilar 6:30 da, 2- smenadagilar 13:30 da kelishi tavsiya qilinadi. Abituriyentlar 3 bosqichli tekshiruvdan o‘tishadi va bunga ko‘p vaqt ketadi.
Imtihonga suv, ruchka, qog‘oz va boshqa buyumlar bilan kirishga ruxsat berilmaydi. Shaxsiningizni tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi yetarli.
Shuningdek, shaxsni tasdiqlovchi hujjat o‘rniga yangilangan haydovchilik guvohnomasi bilan ham imtihonga kirish mumkin.
@urdu_yoshlar
❗️Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyi quyidagi pedagog lavozimlariga tanlov e'lon qiladi.
1. Ona tili va adabiyot
2. Rus tili
3. Ingliz tili
4. Tarix
5. Matematika
6. Informatika va axborot texnologiyalari
7. Fizika
8. Kimyo
9. Jismoniy tarbiya
10. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik
11. Avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar oliy pedagogik ma’lumotiga ega yuqori bilim darajali intellektual salohiyat va professional mahoratga hamda kamida 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo‘lishi lozim.
Oylik maosh (1 stavka):
15 000 000 dan - 18 000 000 gacha.
Tanlovga xujjat topshirish muddati: 10 iyuldan 25 iyulgacha
Manzil: Urganch shahar, Xalq so‘zi ko‘chasi 2 uy.
Telefon: (862) 226-04-11
@OTM_XORAZM
❓Testingiz qayerda bo'lishini bilasizmi?
✅ Telegram bot orqali tezda aniqlang!
✍️ Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga 2024-2025-o‘quv yili kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi. Telegramda @imtihon_qayerda_bot orqali buni aniqlash osonlashtirildi!
Unda quyidagilar aks etgan:
✅ Test o‘tkaziladigan hududni rasmi;
✅ Hududga kirish joylari;
✅ Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
✅ Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
✅ Bino raqami;
✅ Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
✅ Joylarning google xaritadagi joylashuvi.
Hoziroq sinang va adashib yurmang:
👉 @imtihon_qayerda_bot
@urdu_yoshlar
Ўзбекистонда дипломлари тўғридан-тўғри (махсус синовларсиз) тан олинадиган хорижий олий таълим муассасаларининг 2024 йил учун рўйхати тасдиқланди.
@urdu_yoshlar
⚡️Xorazm viloyatida Test sinovi o‘tkaziladigan binolar aniq bo'ldi
Bilim va malakalarni baholash agentligining Xorazm viloyatidagi bo‘limi binosi
Manzil: Хоrаzm viloyati, Urgаnсh tumani, Yuqоri dо‘rmаn, Yuqoriovul MFY, O‘zbekiston shox ko‘chasi, 2/2-uy
1-bino: 1-20 guruhlar
2-bino: 21-40 guruhlar
Geolokatsiya: https://goo.gl/maps/EtpDyxZkQtz
@UrDU_YOSHLAR
❗️Abituriyentlar uchun eslatma!
▪️Magistratura mutaxassisliklariga qabul 1-yuldan 30-iyulga qadar;
▪️Ikkinchi mutaxassislikka qabul 10-iyuldan 10-avgustga qadar;
▪️O‘qishni ko‘chirish 15-iyuldan 5-avgustga qadar boʼlib oʼtadi.
👉 @OTM_XORAZM
👀 Ikkinchi mutaxassislik nima?
➡️ 2-mutaxassislik — o‘zi oliy ma’lumotga ega abituriyentning yana bir oliy ma’lumot olish uchun o‘qishi. Bunda abituriyent imtihondan o'tsa, to‘lov-kontrakt asosida 2-kursdan o‘qiydi. Ya’ni 2-mutaxassislik bilan kirgan talabalar boshqalardan bir yil kamroq o‘qiydi.
Imtihon qanday bo‘ladi?
Hamma OTM 2-mutaxassislik uchun imtihon qanday bo‘lishini, baholash mezonlarini o‘zi tanlaydi. Bu degani 2-mutaxassislik uchun imtihon suhbat bo‘lishi ham mumkin va kirish imtihoniga qaraganda imkoniyat ko‘proq bo‘ladi.
@urdu_yoshlar
Ikkinchi_qism
😎Ayrim tavakkalchi abituriyentlar
haqida qisqacha video
@urdu_yoshlar
❓ Bir abituriyentga nechta qiyin savol tushadi?
Mutaxassislik blokida 2 ta fan bor va bu fan doirasida 3 ta darajadagi savollar tushadi. 30 ta savolning:
➖ 15-25 foizi — oson;
➖ 50-70 foizi — o‘rtacha;
➖ 15-25 foizi — qiyin savollar bo‘ladi.
❗️ Ya’ni eng ko‘p o‘rtacha darajadagi savollar tushadi. Oson va qiyin savollar o‘rtacha 7 tadan tushishi mumkin, qolgani o‘rtacha testlar bo‘ladi.
Majburiy blokdan tushadigan savollar esa faqat oson darajali bo‘ladi.
Ma’lumotni abituriyent do‘stlaringizga yuborib, ko‘nglini xotirjam qiling.
@urdu_yoshlar
⚡️Abituriyentlar diqqatiga!
❗️ Ertaga, 11-iyul kuni soat 11:00 dan 13:00 ga qadar yoki 14:00 dan 15:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.
@urdu_yoshlar
⚡️Rasman: 2-mutaxassislikka qabul boshlandi
2024/2025-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.
▪️Bunda nomzodlar platformada:
➖oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
➖hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.
☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.
@urdu_yoshlar
#Kasbiy_ijodiy_imtihon
#Natijalar
📝Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning 2-kuni natijalari e‘lon qilindi!
📣Urganch davlat universitetida 9-iyul kuni kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlar diqqatiga!
🌐Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari universitet veb sayti (urdu.uz) ga joylashtirildi. Quyidagi havolalar orqali topshirgan ta’lim yo‘nalishingiz bo‘yicha natijalar bilan tanishishingiz mumkin:https://urdu.uz/uz/site/active?id=300
🖇Bahosidan norozi bo'lgan abituriyentlar 24 soat ichida apellyatsiya komissiyasiga ariza berishlari mumkin.
@urdu_yoshlar
⚡️Abituriyent ruxsatnomasi chiqdi!
⚡️⚡️⚡️Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.
👉 @urdu_yoshlar
⚡️Bugundan "perevod" uchun qabul boshlandi
Amaldagi tartibga ko'ra, bugun 15-iyuldan OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlanadi.
🗂 O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 5-avgustga qadar davom etadi va quyidagi 2 ta platforma orqali qabul qilinadi:
👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.
🎓 O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:
👰♀️Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
🧑✈️Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.
💵 O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi.
@urdu_yoshlar
⚡️Bugundan test sinovlari boshlandi test jarayonlarini onlayn kuzatib borishingiz mumkin
📹 Ushbu jarayonlarni shaffof va adolatli o‘tkazish maqsadida ota-onalar va keng jamoatchilik uchun test sinovlarini istalgan joydan https://test2024.uz/ platformasida onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan.
🔰 Ta’kidlash lozim, 2024-2025-o‘quv yili uchun kirish test sinovlari ikki smenada o‘tkaziladi. Bunda:
👨🏻💻 Talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan yoki @ruxsatnoma_uzbmb_bot telegram-boti orqali bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
📌 Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelish so‘raladi.
@urdu_yoshlar
#Perevod2024
⚡️Rasman: O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalar oʻqishini respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish boʻyicha oʻtkaziladigan maxsus sinovlar boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi.
Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi.
👉 PDF shaklida yuklab olish
👉 @OTM_XORAZM
⚡️SAVOL: Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun oliy ta’limga qabul qilish bo‘yicha suhbat qachon boʻladi?
✅ JAVOB: Amaldagi Nizomga muvofiq, onlayn ro‘yxatdan o‘tgan (my.edu.uz orqali) bitiruvchilarning tizimga yuklangan hujjatlari oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan har yili 5-avgustga qadar o‘rganib chiqiladi va o‘rganish natijalari bo‘yicha abituriyentlarning shaxsiy kabineti orqali ularga xabar beriladi.
Bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan suhbat jarayoni har yili 10-avgustdan 25-avgustgacha, oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan muddatda o‘tkaziladi.
Suhbat o‘tkazish muddatlari suhbat jarayonlari boshlanishidan kamida bir hafta oldin oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Suhbat orqali qabul qilish tartibi texnikumni tamomlagan yildan boshlab ikki yil mobaynida tatbiq etiladi.
@urdu_yoshlar
📹 Testga kirishdan avval barcha abituriyentlar bilishi kerak boʻlgan maʼlumotlar:
Batafsil: /channel/OTM_XORAZM/3558
👉 @UrDU_YOSHLAR
⚡️Xorazm viloyatida Test sinovi o‘tkaziladigan binolar aniq bo'ldi
“Yoshlik” sport majmuasi maneji
Manzil: Urganch shahri, “Yoshlik” koʻchasi
3-bino: 41-60 guruhlar
4-bino: 61-80 guruhlar
Geolokatsiya: https://maps.app.goo.gl/2KXCc24nN39gMWNb7
@UrDU_YOSHLAR
⚡️ Test sinovi o‘tkaziladigan binolar aniq bo'ldi
📌 Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.
✅ Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
🔹 Hududga kirish joylari;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
🔹 Bino raqami;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
🔹 Joylarning google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).
📍 Test sinovlarini o‘tkaziladigan binolar.
👨🏻💻 Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, ushbu hududdagi test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin. Shuningdek, "Abituriyent ruxsatnomasi"da berilgan QR-kod orqali bino joylashgan manzilni aniqlash imkoni mavjud.
@urdu_yoshlar
✅Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq, 2024-yil 4-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim — phd.mininnovation.uz orqali hujjatlarni onlayn topshirish boshlandi.
🔘Hujjatlar joriy yilning 15-iyuldan 15-avgustga qadar qabul qilinadi.
Mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.
🟢Ma’lumot uchun, yuborilgan hujjatlar ilmiy yoki ta’lim tashkilot tomonidan ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi.
➡️Mustaqil izlanuvchilik(PhD, DSc)ga til sertifikati talab etilmaydi
@urdu_yoshlar
Apellyatsiyalar natijalari e'lon qilinmoqda
Urganch davlat universitetida o’tkazilayotgan 2024/2025-o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab qiluvchi kunduzgi ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlarning natijalari shu kuning o’zida e’lon qilinmoqda.
Bahosidan norozi bo'lgan abituriyentlar natijalar e’lon qilingan paytdan boshlab 24 soat ichida apellyatsiya komissiyasiga ariza berishlari mumkin.
❗️Test sinovlari 14-25-iyul kunlari bo’lib o’tadi
Avvalroq, test sinovlari 28-iyulga qadar (15 kun) o’tkazilishi aytilgan edi. Ammo oxirgi test sinovi 25-iyulda o’tkaziladi. Demak, mandat ham vaqtliroq chiqadi.
👉 @urdu_yoshlar
Ўзбекистон давлат олий таълим муассасаларига кириш имтиҳонлари 14 июлдан 28 июлга қадар ўтказилади.
Тест синовлари кунига 2 сменада ташкил этилади. 1-смена соат 08:00 да, 2-смена 15:00 да бошланади.
Абитуриентлардан тест синовлари бошланишидан камида бир ярим соат олдин белгиланган ҳудудга етиб келишлари талаб этилади.
@urdu_yoshlar
⚡️O'qishni ko'chirishda kerakli hujjatlar
Xorijiy va nodavlat oliygohlardan o'qishni ko'chirish uchun:
➖ Pasport
➖ Transkript yoki zachotka (pdf yoki rasm holatda sifatli)
➖ Ayrim hollarda akkreditatsiya yoki litsenziya
➖ Pasport
➖ Transkript yoki zachotka (pdf yoki rasm holatda sifatli)
Uzrli sababga ko'ra,
1) Nikoh guvohnomasi, turmush o'rtog'ingiz pasporti
2) Ota-onangiz ish joyidan maʼlumotnoma
👉 transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga.
#Kasbiy_ijodiy_imtihon
#Natijalar
📣 Urganch davlat pedagogika institutida joriy yilning 8-iyul kuni oʻtkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari bilan tanishing!
Natijalari bilan tanishishingiz mumkin:
👉 https://urspi.uz/uz/site/active?id=96
Bahosidan norozi bo'lgan abituriyentlar 24 soat ichida apellatsiya komissiyasiga ariza berishlari mumkin.
@urdu_yoshlar
📝Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning 1-kuni natijalari e‘lon qilindi!
📣Urganch davlat universitetida 8-iyul kuni kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlar diqqatiga!
Quyidagi havolalar orqali topshirgan ta’lim yo‘nalishingiz bo‘yicha natijalar bilan tanishishingiz mumkin:
https://urdu.uz/uz/site/active?id=300
@urdu_yoshlar