⚡️Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar diqqatiga!
Hukumat qaroriga asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan.
Ushbu toifadagi abituriyentlar 2024-yil 5-iyuldan my.edu.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.
Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni joriy yilning 25-iyuliga qadar davom etadi.
Ma’lumot uchun, ushbu Nizom oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga, Toshkent davlat yuridik universitetiga, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
@urdu_yoshlar
Davlat va nodavlat OTMlar diplomi o'rtasida farq bormi?
O'zbekistonda litsenziya asosida faoliyatini olib borayotgan har qanday xususiy oliygoh beradigan diplom, davlat oliygohi beradigan diplom bilan bir xil yuridik kuchga ega.
Bazi davlat universitetlari tomonidan bilib-bilmasdan xususiy universitetlarni raqobatchi sifatida ko'rganligi uchun yoki dushman ko'zi bilan qaraganligi uchun aholi o'rtasida xususiy universitetlar diplomi o'tmaydi degan salbiy fikrni tarqatishga harakat qilyapti. — Rasul Kusherbayev
@urdu_yoshlar
❓ Ijodiy imtihon uchun ham apellyatsiya bersa bo‘ladimi?
◼️ Ha. Ijodiy imtihon javoblari e’lon qilingandan so‘ng 24 soat ichida natijalar bo‘yicha apellyatsiyaga berish mumkin.
Agar shu vaqt ichida apellyatsiya arizasi berilmasa, unda abituriyentning balli o‘zgartirilmasdan qolinadi.
Shuning uchun eslab qolish shart: ijodiy imtihon natijasi bo‘yicha imtihon natijasi chiqqandan so‘ng 24 soat ichida apellyatsiya berish mumkin. Undan keyingilari hisobga olinmaydi.
@urdu_yoshlar
Ruxsatnomalar qachon chiqadi?
◾️ Oliy ta'lim vazirligi ma'lumotiga ko'ra:
✔️ hozirda ruxsatnomalar my.uzbmb.uz saytida shakllantirilmoqda. Jarayon yakunlangandan so‘ng, abituriyentlar shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.
#abituriyent2024
@urdu_yoshlar
#Lirik_chekinish
❗️Hurmatli ota-onalar!
Qizlaringizni o‘qishga kirolmasang erga bervoramiz deb qo‘rqitmanglar
@urdu_yoshlar
#Oʻqishni_koʻchirish
#Perevoʻd
Ijtimoiy tarmoqlarda talabalar o‘qishini nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliygohlarining mos va turdosh bo‘lmagan (ya’ni, noturdosh) ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish tartibi alohida yangilik sifatida noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.
@urdu_yoshlar
UrDPIda 2024/25 o'quv yili qabuli uchun o'tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar JADVALI
1. Jismoniy-madaniyat
2. Musiqa ta'limi
3. TS va MG ta'lim yo'nalishlari.
@urdu_yoshlar
UrDPIda 2024/25 o'quv yili qabuli uchun o'tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar JADVALI
1. Jismoniy-madaniyat
2. Musiqa ta'limi
3. TS va MG ta'lim yo'nalishlari.
@urdu_yoshlar
Kasbiy (ijodiy) imtihoni bor abituriyentlar uchun ruxsatnomalar chiqdi. my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali tezda yuklab olishingiz mumkin.
@urdu_yoshlar
#abituriyent2024 #kasbiy_ijodiy_imtihon
⚡️Joriy yil kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun alohida ruxsatnomalar berish joriy qilindi
Hozirda ruxsatnomalar my.uzbmb.uz saytida shakllantirilmoqda. Jarayon yakunlangandan so‘ng, abituriyentlar shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.
P/S: Imtihonlar o‘tkaziladigan sana bo‘yicha tez orada qo‘shimcha xabar beriladi.
👉 @UrDU_YOSHLAR
Aytishlariga qaraganda 2024-2025 o'quv yili qabuli uchun UrDU hamda UrDPIda o'tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2024-yiling 8-iyul sanasidan boshlanishi rejalashtirilgan! Imtihon boshlanish sanasi aniq bo'lsa telegram kanalimiz (@urdu_yoshlar) hamda universitet va institut web saytlarida e'lon qilinadi.
@UrDU_YOSHLAR
⚡️ Rasman: Startap loyihalar diplom ishi o‘rniga o‘tadigan bo‘ldi
Prezident qaroriga ko‘ra, talabaning ta’lim yo‘nalishiga mos startap loyihasi yoki ratsionalizatorlik ishi diplom ishi, magistrlik dissertasiyasi sifatida himoya qilinadigan bo‘ldi.
Bu degani agar talabada biror startap loyiha bo‘lsa, yana o‘tirib 60 betlab diplom yozishi shartmas. Xullas, bilimni gapda emas, amalda ko‘rsatsa, ballini olib ketaveradi.
@urdu_yoshlar
Rasman: C1 olgan yoshlarga davlat rag'bat puli beradi
◾️ Prezident qaroriga ko'ra, endi imtihon topshirish xarajati qoplanadigan xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillaridan kamida C1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarni imtihon topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilishga qo‘shimcha ravishda o‘qish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 3 baravari (1 mln 20 ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi.
💰 O'qisangiz, pul olasiz
@OTM_XORAZM
⚡️ Texnikumlarda yaxshi o'qiganlar OTMda 2-kursdan o'qishi mumkin bo'ladi
Oliygohlarning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyg‘unlashadi. Texnikumning birinchi va ikkinchi yilini yaxshi o‘qigan yoshlarga xalqaro klassifikatorning tegishli darajasiga mos keluvchi diplom beriladi.
Ularga oliygohni ikkinchi yoki uchinchi kursidan o‘qishni kontrakt asosida davom ettirish imkoniyati beriladi.
Kasbi bo‘yicha malaka darajasi va ikki yillik staji bor yoshlar korxona tavsiyasi bilan oliygohlarga kontrakt asosida qabul qilinadi.
@urdu_yoshlar
⚡️⚡️⚡️Bugundan Urganch davlat universitetida boshlangan Kasbiy (ijodiy) imtihonlar https://live.urdu.uz/category/1/ sayti orqali Internet tarmog‘ida jonli efirga uzatilmoqda.
@OTM_XORAZM
❗️Test sinovlariga nimalarni olib kirish mumkin va nimalar taqiqlanadi?
✅ Quyidagilarga ruxsat beriladi:
👉 shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
👉 abituriyent ruxsatnomasi;
👉 kepka yoki panama;
👉 oddiy qoʻl soati (elektron smart-soat mumkin emas);
👉 optik koʻzoynak (boshqa koʻzoynaklar mumkin emas);
👉 pul, dastroʻmol va kalit.
❎ Quyidagilar mumkin emas:
❌ telefon yoki boshqa elektron qurilmalar;
❌ shpargalka, kalkulyator; va h.k.
❌ ruchka va suv (ichkarida beriladi);
❌ qoralama qogʻoz (ichkarida beriladi);
❌ Mendeleyev yoki fizik kattaliklar jadvali (ichkarida beriladi);
❌ tibbiy niqob (kirish joyida yangi beriladi);
❌ mashina pulti (kirish postida qoldiriladi).
👉 @UrDU_YOSHLAR
2024-yil talaba bo'lmoqchimisiz? «Zarmed Universiteti»ga marhamat
Prezidentimiz tashabbusi bilan Buxoro viloyatida ochilgan ilk xususiy «Zarmed Universiteti»da qabul davom etmoqda. Ayni vaqtda Buxoro va Samarqand kampuslarida qabul ochiq.
Universitetda turli grant va stipendiyalar hamda xalqaro qo'shma dasturlar joriy qilingan. Shuningdek, boshqa viloyatlardan tashrif buyurgan talabalarga bepul yotoqxona ham mavjud. 🔥
⚡️ «Zarmed Universiteti»da 17 ta yo'nalish bo'yicha kunduzgi va sirtqi ta'lim shakli yo'nalishlarida tahsil olishingiz mumkin.
🔗 Ariza qoldirish
Professional ustozlardan, zamonaviy va qulay sharoitlarda sifatli ta'lim olishni istasangiz, yuqoridagi havola orqali ariza qoldiring!
📞 Murojaat uchun:
+998 65 505-70-70
+998 55 704-70-70
Telegram | Facebook | zarmeduni">YouTube | Instagram
⚡️Rasman: Abituriyent ruxsatnomasiga buyurtma qabul qilish boshlandi!
O‘qishga xujjat topshirgan barcha yaqinlaringizga bu xabarni tarqatib qo‘ying!
🇺🇿 Endilikda DTM (Bilim va malakalarni baholash agentligi) tomonidan test sinovlariga ruxsatnoma berish boshlanmagan bo‘lsada telegram-bot orqali oldindan buyurtma berishingiz mumkin. Ruxsatnoma berish boshlanishi bilan bot avtomatik ravishda ruxsatnomangizni sizga yuboradi.
Eslatma: Joriy yilda 800.000 nafardan ortiq abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tganini hisobga olsak, ruxsatnoma berish boshlansa rasmiy sayt qotib qolishi mumkin. Oldindan berilgan buyurtma asosida siz bu muammoni chetlab o‘tishingiz mumkin.
Ruxsatnomaga buyurtma berish va yuklab olish uchun quyidagi botdan foydalaning:
👉 @ruxsatnomalarbot
👉 @ruxsatnomalarbot
👉 @ruxsatnomalarbot
@urdu_yoshlar
⚡️ Bu yil qancha abituriyentga imtihonda qatnashishga ruxsat berilgani aniq bo'ldi
Ro‘yxatdan o‘tish talablarini to‘liq bajargan 805 687 nafar abituriyentga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berildi (2023-yilda – 948 ming 486 nafar).
👨💼🧑💼Test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlarning 422 399 nafarini xotin-qizlar (52,4 %), 383 288 nafarini erkaklar (47,6 %), tashkil etadi.
✅ Joriy yilda 489 118 nafar (60,7 %) abituriyent test sinovida ishtirok etish uchun belgilangan to‘lovdan ozod etilgan.
🏛 Joriy yilda doimiy yashash hududi bo‘yicha eng ko‘p Samarqand viloyatida 95 979 nafar, Qashqadaryo viloyatida 92 636 nafar, Farg‘ona viloyatida 79 808 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.
🪕👮♀️ Abituriyentlarning 46 244 nafari alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga, 12 851 nafari oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan.
✅ Ro‘yxatdan o‘tishda 22 632 nafar abituriyent chet tilidan xalqaro sertifikat yuklagan bo‘lib, ulardan 20 063 tasining haqiqiyligi tasdiqlandi, 2 569 ta sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmadi.
@urdu_yoshlar
Абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари диққатига!
УрДПИда ўқишни хоҳлаган ва институтнинг ҳудудида касбий (ижодий) имтиҳонларни топширадиган абитуриентлар ва уларнинг Ота-оналарига МУРОЖААТ.
Шу кунларда юртимизда 2024-2025 ўқув йили учун хужжатларни қабул қилиш жараёнлари якунига етиб, имтиҳон жараёнлари бошланишига тайёргарлик ишлари кетмоқда. Ушбу жараёнда касбий (ижодий) имтиҳонларни ташкил этиш бўйича ҳам қатор вазифалар белгиланган. Бу йўналишда масъул бўлган ОТМлар томонидан, хусусан Урганч давлат педагогика институтида ҳам жисмоний маданият, тасвирий санъат ва мусиқа таълими йўналишларида ижодий имтиҳонлар топширилиши белгиланган. Бугунги кунда ушбу имтиҳонларни ташкил этишга тайёргарлик ишлари олиб борилмоқда.
Шу ўринда эслатиб ўтамиз, ижодий имтиҳон жараёнлари тўлиқ шаффоф ташкил этилиб, унда имтиҳон ўтказиладиган барча хоналарда кузатув камералари ўрнатилади. Ота-оналарга фарзандининг имтиҳон жараёнлари тасвирларини бевосита кузатиб ўтиришлари учун тўлиқ имкониятлар яратилади. Барча тасвирлар ёзилиб, сақлаб олинади.
Ижодий имтиҳонлар Олий таълим, фан ва инновациядар вазирлигидан тасдиқланиб, рўйхат асосида республикадан юборилган ишчи гуруҳ вакиллари томонидан олинади.
Шундай экан, қадрли абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари, агар Сизга бирор манфаат эвазига фарзандингизнинг имтиҳон жараёнларига ёрдам беришни ваъда қилаётган шахслар бўлса, уларнинг гапларига асло ишонманг!
Бундай шахслар Сизларга алдов йўли билан моддий манфаатдорликни касб қилган фирибгарлардир!
Агар қабул жараёнлари билан боғлиқ фирибгарлик ҳолатлари бўйича институт томонидан бирор маълумот аниқланадиган бўлса, ушбу ҳаракатларга таалуқли бўлган фуқаролар шу заҳотиёқ институт раҳбарияти томонидан Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи идораларига тақдим этилиши бўйича огоҳлантирамиз.
Азиз абитуриентлар, Сизга имтиҳонларда ёрдам берамиз дейдиган таъмагир ва фирибгарларнинг таклифларидан эҳтиёт бўлинг! Унутманг, Қонунларимизда пора берганга ҳам, олганга ҳам жавобгарлик муқаррар. Фақат ва фақат ўз билимингизга ишонинг. Келажагингиз ўз қўлингизда!
Феруза Мадрахимова,
УрДПИ ректори, педагогика фанлари доктори.
🌐 @fmadraximova
UrDUda 2024/25 o'quv yili qabuli uchun o'tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar JADVALI
🌐Kasbiy (ijodiy) imtihonlar o'tkaziladigan ta'lim yo'nalishlari va imtihonlar o'tkaziladigan manzillar bilan quyidagi havola orqali tanishing: https://urdu.uz/uz/site/active?id=298
@urdu_yoshlar
⚡️⚡️⚡️Kasbiy_ijodiy_imtihon sanalari aniq boʻldi
⚡️Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5–19-iyul kunlari o‘tkaziladi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborildi.
Barchangizga omad yor boʻlsin!
@urdu_yoshlar
⚡️⚡️⚡️2024/2025-o‘quv yilida respublika davlat oliy ta'lim muassasalariga ko‘zi ojiz abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish uchun fan dasturlari tasdiqlandi
https://urdu.uz/uz/site/active?id=296
@urdu_yoshlar
👀 "Qanday qilib o‘qimasdan byudjetga o‘qishga kirish mumkin?"
💬 Shu savolni Google'ga yozib ko‘rishibdi. Javobga biror narsa chiqadi deb o‘ylaysizmi?
👉@OTM_XORAZM
⚡️Rasman: Magistraturaga qabul boshlandi
📅 1-iyuldan respublika davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga hujjatlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish boshlandi.
✅ 2024/2025-o'quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
➡️ Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.
👉 @OTM_XORAZM
✅✅✅ ✅✅✅
⚡️ Xorazmlik yoshlar diqqatiga!
⏰ Ertaga 30-iyun yoshlar kuni munosabati bilan soat 18:30da "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida Urganch shahridagi Jaloladdin Manguberdi memorial bog‘ida gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tadi!
🟢Konsert mutlaqo BEPUL!
🟢Barchani taklif qilamiz
@urdu_yoshlar
⚡️⚡️⚡️UrDUda bo'lib o'tadigan Kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturi va baholash mezoni
https://urdu.uz/uz/site/active?id=294
@OTM_XORAZM
❓ Xususiy universitetda o‘qiganlar magistraturaga davlat OTMiga topshira oladimi?
Xususiy universitet bitiruvchilari ham davlat OTMlariga magistraturaga hujjat topshirishi mumkin. Bunda ular o‘zlari tugatgan yo‘nalishga mos va turdosh bo‘lgan yo‘nalishlardan birini tanlaydi.
Turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatida bo‘lmagan yo‘nalishni tugatganlar esa faqat o‘zi tugatgan yo‘nalishga hujjat topshirishi mumkin.
➡️ Eslatma: hali bu yil uchun turdosh yo'nalishlar tasdiqlanmadi.
@urdu_yoshlar