urdu_yoshlar | Неотсортированное

Telegram-канал urdu_yoshlar - Ta'lim yangiliklari | Urganch

6888

Xorazm viloyatidagi eng yirik, eng ishonchli va eng tezkor ta'lim yangiliklari kanali! Reklama: @reklama_011111

Подписаться на канал

Ta'lim yangiliklari | Urganch

ОТМларда тест синовлари 14 июлдан бошланади, мандат 22 августга қадар эълон қилинади

2024/2025 ўқув йили учун олий таълим муассасаларига кириш тест синовлари 2024 йил 14 июлдан 28 июль кунига қадар ўтказилиши режалаштирилган.

Имтиҳонлар 28 июлда якунланади ҳамда 30 июлдан бошлаб 15 кун йўналиш танлаш имконияти яратилади.

13 августда (шу куни ҳам танлаш мумкин бўлади) ушбу муддат якунланади.

7 кунлик муддатдан сўнг мандат ҳисобланади ҳамда 21-22 августда мандат эълон қилинади.

@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

👀 Ikkinchi mutaxassislik nima?

➡️ 2-mutaxassislik — o‘zi oliy ma’lumotga ega abituriyentning yana bir oliy ma’lumot olish uchun o‘qishi. Bunda abituriyent imtihondan o'tsa, to‘lov-kontrakt asosida 2-kursdan o‘qiydi. Ya’ni 2-mutaxassislik bilan kirgan talabalar boshqalardan bir yil kamroq o‘qiydi.

Imtihon qanday bo‘ladi?

Hamma OTM 2-mutaxassislik uchun imtihon qanday bo‘lishini, baholash mezonlarini o‘zi tanlaydi. Bu degani 2-mutaxassislik uchun imtihon suhbat bo‘lishi ham mumkin va kirish imtihoniga qaraganda imkoniyat ko‘proq bo‘ladi.

❗️❗️ 2-mutaxassislikka qabul iyul oyida bo'ladi.

@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

⚡️Mandat 22-avgustga qadar eʼlon qilinadi

2024-2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2024-yil 14-iyuldan kunidan 28-iyul kuniga qadar o‘tkazilishi rejalashtrilgan

Maʼlumotga koʻra, katta ehtimol bilan, 14-iyulda boʻlajak huquqshunoslar imtihonni boshlab berishi kutilmoqda.

Imtihonlar 28-iyulda yakunlanadi hamda, 30-iyuldan boshlab 15 kun yoʻnalish tanlash imkoniyati yaratiladi.

13-avgustda (shu kuni ham tanlash mumkin boʻladi) ushbu muddat yakunlanadi.

👉 @OTM_XORAZM

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

Qabul tugashiga atiga 1 kun qoldi

23-iyun soat 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 650 ming 715 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

joriy yil bitiruvchilari — 350 ming 647 nafar;
avvalgi yillar bitiruvchilari — 300 ming 068 nafar.

Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🤵‍♂️ erkaklar — 308 ming 392 nafar;
👩🏻‍🔧 ayollar — 342 ming 323 nafar.

👉 @OTM_XORAZM

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

Урганч халқаро аэропорти вақтинча ёпилади

20 июль 00:01 дан 7 август 23:59 гача Урганч халқаро аэропорти учиш-қўниш йўлагини капитал таъмирлаш ишлари бошланиши муносабати билан фаолиятини тўхтатади.

Батафсил:
https://uza.uz/posts/609964

@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

👨‍🏫 Urganch Ranch texnologiya universiteti ishchi-xodimlarni ishga taklif qiladi!

2024-2025-o'quv yilidan universitetda yangi yo'nalishlar ochilishi munosabati bilan ishchi-xodimlarni ishga taklif qiladi.

Batafsil ma'lumot uchun:
+998952160060

@OTM_XORAZM

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

❓ Qabulning ikkinchi bosqichi o'zi qachon va qanday o'tadi?

2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar.

🖥 Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.

@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

#qabul2024 #magistratura #sertifikat

Magistraturada qaysi yo‘nalishga C1 shart?
Qaysi yo‘nalishga B2 kerak?
Qaysilariga B1 ham bo‘ladi?


2024/2025-o‘quv yilidan boshlab magistraturaga hujjat topshirishda talab etiladigan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati mutaxassisliklar kesimida taqdim etilmoqda .

👉@OTM_XORAZM

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

😊Yozgi mavsumga qabul jarayonlari ketmoqda.

📝Statistika ma’lumotlariga
qaraganda yoz faslida ko’pchilik vaqtini samarasiz o’tkazar ekan.

☀️Yoz faslida agar siz vaqtingizni samarali va ilm olishga qaratsangiz tengdoshlaringizdan ancha oldinga o’tib olasiz.

🔥Bu borada esa sizga Finlite akademiyasi yordam beradi. Kuchli ustozlardan qulay joylashuvda joylashgan binoning zamonaviy xonalarida jazirama yozning issig’idan saqlangan holda yangi bilimlarni o’rganishga nima yetsin.

Hoziroq pastdagi havola orqali ro’yhatdan o’ting va biz sizga o’zimiz aloqaga chiqamiz:👇👇👇👇

https://www.finlite.uz/registration
https://www.finlite.uz/registration
https://www.finlite.uz/registration

Savollaringiz bo'lsa shu yerga yozing:👇👇
👉 @finlite_administrator_3

☎️ Tel: 78 113 93 33

Instagram | Telegram | YouTube

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

Qabul tugashiga 5 kun qoldi

19-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 365 ming 439 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan:

joriy yil bitiruvchilari — 202 ming 742 nafar;

avvalgi yillar bitiruvchilari — 162 ming 697 nafar.

@URDU_YOSHLAR

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

#nodavlat_oliygoh | yangilandi

⚡️Diplomi O‘zbekistonda tan olinadigan oliygohlar.

👉 @UrDU_YOSHLAR

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

⚡️Texnikumni muvaffaqiyatli tugatganlar OTMda 2-kursdan o'qish uchun yetarli kredit to'plashi kerak

Hukumatining tegishli (11.01.2022-yildagi 17-son) qarori bilan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan edi.

Joriy yilgi qabulda ham ushbu nizomdagidek, texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari 5 (a’lo) va 4 (yaxshi), biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun kamida 85 foizi) 5 (a’lo) bo‘lganlar muvaffaqiyatli tamomlaganlar bitiruvchilar hisoblanadi.

Shunday yoshlar tegishli ta’lim yo‘nalishiga suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Asosiy o‘zgarishlardan biri, texnikumlarda ham 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab kredit-modul tizimi joriy etilganligidir.

Endi talabalar OTM larga suhbat asosida ikkinchi kursdan o‘qishga kirishlari uchun belgilangan darajadagi kreditni yig‘ishi kerak bo‘ladi. Yetarlicha kreditni to‘plagan, faol bitiruvchilargina suhbat bosqichiga o‘tadi.

Ikkinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tganlar tegishli (texnikumda tahsil olgan) yo‘nalish doirasida OTM larga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Ushbu yangi tartib 2023/2024-o‘quv yilida texnikumga qabul qilinganlarning o‘qishni tugatadigan yilidan boshlab kuchga kiradi.

@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

❓Magistratura va doktorantura uchun qaysi darajadagi til bilish sertifikati talab etiladi?

Magistratura mutaxassisliklari va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etiladi:

©️1️⃣ xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida C1 darajasida;

🅱️2️⃣ gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida B2 darajasida;

🅱️1️⃣ boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha – kamida B1 darajasida.


👉 @OTM_XORAZM

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

Telefon raqamini yo'qotgan abituriyentda qanday yechim bor?

◾️ 1️⃣ Parolni unutgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida “Parolni tiklash” funksiyasi orqali o‘z parollarini yangilashlari mumkin.

2️⃣ Telefon raqamini yo‘qotgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida “Telefon raqamni o‘zgartirish” funksiyasi orqali shaxsiy kabinetiga kirib, mazkur funksiyadan foydalangan holda o‘z telefon raqamini yangilashi mumkin.

3️⃣ Ham telefon raqamini yo‘qotgan, ham parolini unutgan abituriyentlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan Bilimni baholash agentligi yoki uning hududiy bo‘limlaridan biriga ish vaqtida murojaat qilishi mumkin. Bunda Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan abituriyentning telefon raqami o‘zgartirib beriladi.

@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

⚡️ Imtiyozli tarzda OTMga kirganlarga grant o'qishni tugatguncha beriladi

▪️ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant olganlar, ya’ni maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga esa davlat granti butun o‘qish davri uchun beriladi.

👉
@OTM_XORAZM

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

Qabul tugadi. Imtihon qachon?

2024-2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2024-yil 14-iyuldan kunidan 28-iyul kuniga qadar o‘tkazilish rejalashtirilgan.

@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

⚡️ To'lov uchun yana qo'shimcha 1-kun beriladi

◾️25-iyun kuni soat 23:59 da OTM va professional ta’lim muassasalariga qabulning birinchi bosqichi tugaydi. Lekin abituriyentlar ertaga (26-iyun) 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

❗️ Bugun — ma'lumotlarni tahrirlash mumkin bo'lgan oxirgi kun.


✅ Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini (alohida iqtidor talab qiladigan yo‘nalishlarda ta'lim yo‘nalishi va imtihon topshiriladigan oliy ta'lim muassasasini ham) tanlashda e’tiborli bo‘ling!

@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

❗️ Ertaga oliy va professional ta'lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!

✅ Ertaga
(25-iyun kuni) oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar ertaga 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari, shuningdek, kiritilgan ma'lumotlarini o‘zgartirishlari mumkin.

📆 Shuningdek, to‘lovdan ozod qilinganlar toifasiga kirmaydigan abituriyentlar 26-iyun kuni soat 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

🤗 Bemalol kelavering!

Kurslar haqida to’liq ma’lumot olishni va sharoitlarimiz bilan tanishishni istasangiz, markazimizga istalgan vaqtda tashrif buyurishingiz mumkin. Eshiklarimiz har doim barcha uchun ochiq!

Qo’shimcha ma’lumot olishni xohlasangiz izohlarda + belgisini qoldiring.

🚩 Moʻljal: Urganch, Darital, 2-qavat
📞 Tel: +99862-227-72-22

@data_talim_stansiyasi

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

Олий таълим вазири ОТМлардаги форма масаласига муносабат билдирди

Қўнғиротбой Шариповнинг айтишича, кийим таълим сифатига таъсир қилмайди, лекин агар форма бўйича талаблар бўлмаса, “жамиятда ҳар хил кийимдаги одамлар пайдо бўлади”, бу эса “ҳар хил тўқнашувлар ва зиддиятлар”га олиб келади. Шунингдек, вазир ўзбек олийгоҳлари 2030 йилгача топ 500 таликка кира олишига ишонч билдирди.

👉 https://kun.uz/kr/91079403

@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

⚡️ Rasman: "perevod" uchun qabul 15-iyuldan boshlanadi

🗂 O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar my.uzbmb.uz sayti orqali 5-avgustga qadar qabul qilinadi.

O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi.

💵 O‘tish ballini to‘plolmaganlar "super-kontrakt" bilan qabul qilinishi mumkin.

❌ Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar "perevod"chilar uchun amal qilmaydi.

👉
@UrDU_YOSHLAR

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

🤔 Sertifikat va tavsiyanoma sabab o'qishga topshira olmay turganlar nima qilsin?

◾️ BMBA 11-maydan 12-iyungacha bo‘lib o‘tgan chet tilidan milliy sertifikat imtihonining natijalarini 20-iyunga qadar hisoblab, 20-21-iyun kunlari e’lon qilinishini aytgandi. Bugun-erta javoblar chiqishi kerak.

Chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat olgan abituriyentlarning sertifikat ma’lumotlari ularning shaxsiy kabinetida avtomatik tarzda chiqadi. Milliy sertifikat ma’lumotlarini alohida kiritish talab etilmaydi. Ungacha hujjat topshirib qo'yaversa ham, javob chiqqandan hujjat topshirsa ham bo'ladi.

❓ Tavsiyanoma-chi?

Xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanoma to'g'ridan to'g'ri Bilim va malakalarni baholash agentligining tegishli platformasiga integratsiya qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun tavsiyanomani kutish shart emas. Hozirning o‘zida ro‘yxatdan o‘tib, fanlar majmuasini tanlash mumkin. Qo‘mita tomonidan tavsiyanoma olgan xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilishi (hafta oxirida taqdim etilishi kutilmoqda) bilan my.uzbmb.uz saytida bu ma’lumotlar aks etadi.

👉@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

Doktoranturaga hujjat topshirishda talab etiladigan sertifikatlar ro‘yxati ixtisosliklar kesimida taqdim etilmoqda

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar darajalari bo‘yicha ro‘yxat.

👉@OTM_XORAZM

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

⚡️ Rasman: maktablarning 1-sinfiga qabul bugun — 20-iyundan boshlanadi

✅ 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-BOSQICH: 20-iyundan 31-iyulgacha mikro-hudud doirasida,
2-BOSQICH: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikro-hududdan tashqarida.

✅ 1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.

Bunda ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.

✅ Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi.

❕ “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2017-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

👉@URDU_YOSHLAR

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

🤔Nega qizlar uchun alohida grant bor, lekin yigitlarga yo'q?

Hazil-hazil-u, javob asosli lekin.

Video 2023-yilga tegishli.

@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

Азизлар, Қурбон Ҳайити барчангизга муборак бўлсин!

@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

Agar abituriyentda xalqaro sertifikat mavjud bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tishda sertifikat ma’lumotlarini dasturga
(
my.uzbmb.uz saytiga) kiritish talab etiladimi?

💡 JAVOB: Agar abituriyentda xalqaro sertifikat mavjud bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tishda sertifikat ma’lumotlarini dasturga
(
my.uzbmb.uz saytiga) kiritishi lozim.

@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

Qanday qilib yaxshi AyTi mutaxassisi bo’lish mumkin?

🎙 Xorazmlik yigit-qizlar uchun "AyTi sohasida karyera qurish" mavzusida «Najot Ta'lim» markazi asoschisi Temurbek Adhamov bilan maxsus master-klass tashkil etilmoqda.

Master-klass ertaga 15-iyun — shanba kuni soat 11:00 da «Najot Ta'lim» Xorazm filialida bo'lib o'tadi.

Ertaga bu vaqtda kurs ustozlari tomonidan dasturlash, grafik dizayn va marketing yo'nalishlari bo'yicha bepul sinov darslari ham bo'lib o'tadi. 🔥

👉 Ro'yxatdan o'tish

Master-klass va bepul sinov darslarida ishtirok etish uchun yuqoridagi havola orqali ro'yxatdan o'tishingiz kifoya.

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

Qabulning yarmi tugadi. Abituriyentlar nimalarni bilishi kerak?

◾️ OTM va kollej, texnikumlarga qabul birga bo'ladi

Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 5-iyundan 25-iyunga qadar my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

◾️ Bu yil 8 ta OTMda ham chet tilidan ijodiy imtihon o'rniga test bo'lishi reja qilingan.

◾️ Ijodiy imtihon topshiruvchilar uchun yangilik

Ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlarda bitta yo‘nalish tanlash saqlanib qoladi. Sababi ular tanlaydigan yo‘nalishlar uchun alohida iqtidor talab qilinadi. Lekin OTMni 5 tagacha tanlashi mumkin bo‘ladi.

Dastlab, bu toifadagi abituriyentlar hujjat topshirishning 1-bosqichida ijodiy imtihon topshiradigan OTMni tanlaydi. Bu OTM ular o‘qish uchun tanlaydigan joy emas, faqat ijodiy imtihonni topshirishlari uchun tanlanadi. Imtihonlarni topshirib bo‘lgach, abituriyentlar qo‘lidagi balli bilan o‘z yo‘nalishi bo‘yicha, masalan, tasviriy san’at yo‘nalishi bor 5 ta OTMni tanlashi mumkin bo‘ladi.


◾️ Imtihon sanasi ham aniq

Kirish test sinovlari 2024-yil 14-iyuldan kunidan 28-iyul kuniga qadar o‘tkazilish rejalashtirilgan.

◾️ Abituriyentlar uchun maksimal ball

Maksimal ball — 189 ball, o'zgarmagan, minimal o'tish ballari oshgan. sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;


boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi

@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

📌 Yoshlar daftariga kiritilgan xususiy oliygoh talabalarining 17 mln so‘mgacha bo‘lgan to‘lov-kontrakt pullari to‘lab beriladi

Vazirlar Mahkamasining 312-sonli (7.06.2022) qarori 35-bandi va mazkur nizomning 8-ilovasiga ko‘ra, quyidagi toifalar:

Temir daftarga kiritilgan oila farzandi;
Ayollar daftariga kiritilgan ayollar farzandi;
➖ Ijtimoiy himoya yagona reestri ATga kiritilgan oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
➖ Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba;
➖ Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam taʼminlagan o‘quvchi-talaba;
➖ Oila aʼzolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironligi bo‘lgan kam taʼminlagn oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
➖ Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba;
➖ Oilasi kam taʼminlangan talabaga to‘lab berilishi nazarda tutilgan.

Respublikamizdagi professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan davlat, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallarida:

👉 bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida;

👉 magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida taʼlim olayotgan talablarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi to‘lab beriladi.

Ushbu xarajatlarni to‘lab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida to‘lov-kontraktining 50 foizigacha, biroq BHM ning 50 baravari (17.000.000 so‘m) dan oshmagan miqdorda sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

To‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini qoplab berish quyidagilar toifalarlarga amal qilmaydi:

➖ ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik;
➖ qo‘shma taʼlim dasturlari;
➖ tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida taʼlim olayotganlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.

👉 @OTM_XORAZM

Читать полностью…
Подписаться на канал