🤩 DATA’da ochiq eshiklar kuni!
🗓 27-may kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha barchani stansiyamizda kutib qolamiz. Yoshidan qat’iy nazar hamma markazimizga kelishi va qulayliklarimiz bilan tanishishi mumkin.
Markazga kelib, kurslarimiz haqida ham batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin. Bunda esa sizga menejerlarimiz bepul konsultatsiya orqali yordam berishadi!
🎁 Tashrif buyuruvchilar uchun hamkorimiz “Milliy cola” brendi tomonidan maxsus sovg’alar ham tayyorlab qo‘yilgan.
Markazga do‘stlaringizni ham taklif qilishni unutmang )
@data_talim_stansiyasi
❓Magistratura va doktorantura uchun qaysi darajadagi til bilish sertifikati talab etiladi?
Magistratura mutaxassisliklari va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etiladi:
©️1️⃣ xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida C1 darajasida;
🅱️2️⃣ gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida B2 darajasida;
🅱️1️⃣ boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha – kamida B1 darajasida.
👉 @URDU_YOSHLAR
Олий таълим тизимида кўплаб ўзгаришлар юз беради.
Президентнинг тегишли фармони қабул қилинди.
@urdu_yoshlar
AyTi sohasini o'rganmoqchisiz, ammo nimadan boshlashni bilmayapsizmi?
Bunga javobni shu hafta 26-may — yakshanba, soat 11:00 da «Najot Ta'lim»ning Xorazm filialida kurs ustozlari ishtirokida bo'lib o'tuvchi katta master-klassda bilib olishingiz mumkin.
Bundan tashqari, markazimizdagi mavjud kurslar, yaratilgan qulaylik va sharoitlarni ota-onangiz bilan birga tashrif buyurib, yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
👉 Master-klassda qatnashish
Ushbu xabarni zamonaviy kasblarga qiziquvchi tanishlaringizga yuborib qo'ying!
Sotuv sohasiga qiziqqan yigit-qizlar nerdasizla?
"ISO-UNION" va "TEXNOBOZOR" kompaniyalari sotuv sohasiga qiziquvchi yoshlarni 6 000 000 - 10 000 000 so‘m maosh bilan ishga taklif qiladi.
Agar bu vakansiyalar sizga qiziq bo‘lsa, @xorazm_vakansiyalar kanali orqali barcha talablar bilan tanishing!
Kanalda kunlik va ikkinchi smenadagi ishlar haqida, ishga kirishda va lavozimda o‘sishda zarur bo'lgan maslahatlarni ham kuzatib borishingiz mumkin!
/channel/xorazm_vakansiyalar
⚡️ Bitiruvchilarga so'nggi qo'ng'iroq uchun nimalar taqiqlangan?
2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi:
➖ turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish;
➖ bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish.
➖ oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi.
@urdu_yoshlar
⚡️O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari qanchaga ko’tariladi?
✅ Joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari:
➖ sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball;
➖ boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanadi.
✅ Kelasi yili, ya’ni 2025-2026- o’quv yili uchun o’tish ballari:
➖ sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;
➖ boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.
👉 @urdu_yoshlar
❓ 2 mingta grant uchun xotin-qizlarga tavsiyanoma qachon beriladi?
▪️ Ehtiyojmand oiladagi xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanoma uchun ariza topshirish 30-maydan boshlanishi kerak.
❓Tavsiyanoma kimlarga beriladi?
✔️Kam ta’minlangan oila farzandi bo'lgan qizlarga;
✔️Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga;
✔️Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga;
✔️14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga;
✔️Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga;
✔️Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga.
@urdu_yoshlar
⚡️Oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkaziladi.
Bunda:
— abiturientlar testni 1 marotaba topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga, bali oliygohga yetmagan taqdirda, professional ta’lim tashkilotiga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;
— oliygohlarga qabul jarayoni 2 bosqichda:
1-bosqich ro‘yxatdan o‘tish va test fanlarini tanlash;
2-bosqich oliygoh – test natijasi e’lon qilingandan so‘ng ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash orqali amalga oshiriladi.
Amalda abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda mos 5 tagacha oliygohni (yo‘nalishni) tanlaydi va ushbu oliygohlar (yo‘nalishlar) bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi.
👉 @OTM_XORAZM
⚡️Kontrakt narxlari ham oshirilishi mumkin
Batafsil: /channel/OTM_XORAZM/3239
👉 @UrDU_YOSHLAR
⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida oʻtgan taqdimotda oliy taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish, qabul va malaka tizimlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar muhokama qilindi.
👉 @OTM_XORAZM
⚡️ Talabalarga stipendiya to‘lash tartibi qayta ko‘rib chiqiladi
Grantda o‘qish tartibi o‘zgaryapti. Talabalarning grant-kontraktda o‘qishiga qarab qay tarzda va qancha stipendiya olishi hozircha aniq emas.
Stipendiyaga oid tartib ham qayta ko‘rib chiqiladi.
@urdu_yoshlar
Endilikda ta’lim granti talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi
Bunda:
➖ 1-kursda grantlar o‘qishga kirishdagi imtihon natijalari bo‘yicha taqsimlanadi, 2-kursdan boshlab esa reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi.
➖ lekin ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant olganlar, ya’ni maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga esa davlat granti butun o‘qish davri uchun beriladi.
👉 @urdu_yoshlar
⚡️O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko’tariladi
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshiriladi, deya xabar bermoqda O’zA.
Bunda:
-sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;
-boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.
Amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball edi.
@urdu_yoshlar
⚡️ Keyingi yildan kollej, texnikumlar qabulida ham testdan keyin yo'nalish tanlanadi
▪️ 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab barcha davlat kollej va texnikumlariga “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq qabul qilishda abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini oliy ta’lim muassasalariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.
@urdu_yoshlar
⚡️Qabul 5-iyundan boshlanadi!!!
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilansin. Bunda:
a) abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;
b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi;
ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.
@urdu_yoshlar
⚡️PREZIDENT MAKTABLARI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
❓ Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning:
➖ tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).
❗️DIQQAT
🗂 Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari "5" baho (aʼlo) boʻlishi lozim.
❓Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
➖ Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi.
👉 @OTM_XORAZM
⚡️ Endi davlat granti o‘rinlari eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar tanlovi asosida belgilanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tgan taqdimotda oliy ta’lim yo‘nalishlarini optimallashtirish, qabul va malaka tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Yangi tartibga ko‘ra, muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi.
Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi.
Yana bir yangilik: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi.
Davlatimiz rahbari bu tizimni adolatli yo‘lga qo‘yish, yoshlarga va ota-onalarga yetkazish zarurligini ta’kidladi.
👉 @OTM_XORAZM
Qaysi fanlardan imtihon topshirasiz, bilasizmi ?
2024/2025-oʻquv yili uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy)) imtihon topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlangan.
2024/2025-oʻquv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan taʼlim yoʻnalishlari fan majmualari qoʻshimcha tasdiqlanadi.
@urdu_yoshlar
❓ 2 mingta grant uchun xotin-qizlarga tavsiyanoma qachon beriladi?
▪️ Ehtiyojmand oiladagi xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanoma uchun ariza topshirish 30-maydan boshlanishi kerak.
❓Tavsiyanoma kimlarga beriladi?
✔️Kam ta’minlangan oila farzandi bo'lgan qizlarga;
✔️Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga;
✔️Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga;
✔️14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga;
✔️Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga;
✔️Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga.
@urdu_yoshlar
⚡️ 5 yil stajga ega xotin-qizlarga tavsiyanoma uchun arizalar qabuli 1-iyungacha
▪️ Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.
Talabgorlardan ariza olish boshlandi. 1-iyungacha ariza bilan tuman (shahar) Oila va xotin-qizlar bo‘limlari huzuridagi Ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni berish kerak:
✔️ Fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi.
✔️ Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma.
✔️ O‘rta-maxsus yoki professional taʼlim bo‘yicha diplom.
❓ Kimlar tavsiyanoma ololadi?
➖o'rta ma'lumotli;
➖ OTMda o'qimagan;
➖5 yil staji borlar.
@urdu_yoshlar
⚡️Prezident maktablariga qabul qachonligi aniq bo'ldi
▪️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul jarayonlari iyun oyidan boshlanadi, imtihonlar esa iyul oyida o‘tkaziladi.
Prezident maktablariga o‘quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga bir xil 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi hamda ijod va ixtisoslashtirilgan maktablariga Agentlik tomonidan belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi.
❗️Hujjatlar onlayn shaklda ariza.piima.uz orqali qabul qilinadi:
➡️o‘quvchilarning tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
➡️imtihon ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun o‘quvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
➡️o‘quvchilarning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari.
❕ Prezident maktabi kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi.
@urdu_yoshlar
⚡️Magistratura va doktorantura uchun talab etiladigan xorijiy tillar bo‘yicha sertifikatlar ro‘yxati muhokamaga qo‘yildi
➡️ Ta'lim vazirlarining "Хorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qo‘shma qarori loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi.
Batafsil: /channel/OTM_XORAZM/3242
👉 @UrDU_YOSHLAR
«Najot Ta'lim» Xorazm filiali ochilish marosimiga 1 kun qoldi!
Avval xabar berganimizdek, «Najot Ta'lim»ning viloyatlardagi navbatdagi filiali Urganch shahrida o'z faoliyatini boshlamoqda. 🔥
⚡️ Shu munosabat bilan 11-may — shanba kuni soat 10:00 da katta ochilish marosimi o'tkazilmoqda. Mazali kofe-breyk, filial bo'ylab ekskursiya, yutuqli o'yinlar va katta master-klass sizlarni kutmoqda.
Ochilish marosimiga 1 kun qoldi! Hali ham tadbirda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tmagan bo'lsangiz, quyida havola qoldiramiz.
👉 Ro'yxatdan o'tish
📍 Manzil: «Najot Ta'lim», Xorazm filiali
⚡️Sirtqi ta'lim shakli bosqichma-bosqich tugatiladi
❗️Sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalarni kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi.
👉 @OTM_XORAZM
«Najot Ta'lim» Xorazm filiali ochilish marosimiga tayyormisiz?
🔥 «Najot Ta'lim»ning Xorazm filiali ochilish marosimi 11-may soat 10:00 da bo'lib o'tganidan so'ng, soat 14:30 da sizlar uchun maxsus master-klass kutmoqda.
Master-klass Temurbek Adhamov, Muhammad Temur A'zam, Shavkat Hasan, Jahongir Pulatov va Aziz Rahimovlar ishtirokida bo'lib o'tadi.
📅 Qachon: 11-may, shanba, soat 14:30
🆓 Qatnashish: bepul
📍 Qayerda: «Najot Ta'lim», Xorazm filiali
👉 Ro'yxatdan o'tish
Erkin va savol-javob tarzida bo'lib o'tadigan suhbatda barchangizni kutib qolamiz.
Magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati B1 darajaga pasaytirildi
Magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi quyidagicha o‘zgartiriladi:
➖ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi;
➖ soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi;
(Sertifikat talabi xorijiy tillar yo‘nalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 darajada saqlanadi)
👉 @urdu_yoshlar
❗️Magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi quyidagicha o‘zgartiriladi:
Batafsil: /channel/OTM_XORAZM/3225
👉 @UrDU_YOSHLAR
⚡️ Oliy ta'lim vaziridan tushuntirish:
▪️ Endi davlat granti bitta talabaga 4 yilga berilmaydi, balki har yili yuqori baho olgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi.
Ilgari sezilarli tafovutga ega bo‘lmagan 0,75, boringki 2-3 ball uchun ham to‘lov-shartnomaga tushgani tufayli keyingi yili hujjat topshirgan yoki oilaviy sharoiti to‘g‘ri kelmay, o‘qishdan butunlay voz kechgan oilalar farzandlarini ko‘p ko‘rganmiz.