urdu_yoshlar | Неотсортированное

Telegram-канал urdu_yoshlar - Ta'lim yangiliklari | Urganch

6888

Xorazm viloyatidagi eng yirik, eng ishonchli va eng tezkor ta'lim yangiliklari kanali! Reklama: @reklama_011111

Подписаться на канал

Ta'lim yangiliklari | Urganch

#DIQQAT | E'LON

📣 Urganch davlat pedagogika institutida Mustaqil tadqiqotchilik uchun hujjat qabul qilish boshlandi!

Institutda 15-apreldan 15-maygacha quyidagi sohalarda hujjatlar qabul qilinadi:
🔵13.00.01 — Pedagogika nazariyasi va tarixi
🔵13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha)
🔵13.00.04 — Jismoniy tarbiya
🔵19.00.06 — Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi
🔵07.00.01 — Oʻzbekiston tarixi
🔵09.00.04 — Ijtimoiy falsafa
🔵10.00.06 — Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik

🌐 Barcha hujjatlar Yagona elektron tizim http://phd.mininnovation.uz orqali roʻyxatdan oʻtgan holda yuboriladi.

@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

⚡️ Kollej, texnikumlarni tugatganlar OTMda 2- yoki 3-kursdan o‘qishi mumkin

▪️ Bu haqida prezident boshchiligidagi yig‘ilishda aytilgandi. Unga ko‘ra, yangi o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda o‘qitish “Akademik” va “Ishchi kasb” ta’lim komponentlarining uzviyligini ta’minlaydigan yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi.

🎓 Bunda:

➖ kollej-texnikumning 1-2-kursidagi ta’lim dasturlari, darsliklari, bilimni baholash mezonlari va muallimlarga talablar oliygohlar bilan bir xil bo‘ladi;

➖ texnikumlarda ham “kredit tizimi” joriy qilinib, fanni o‘zlashtirish bo‘yicha to‘plangan “kreditlar” oliygohlarda tan olinadigan tizim bo‘ladi.

Ya’ni, kollej-texnikumda ikki yil davomida yetarli “kredit” to‘plagan o‘quvchilar “2+2” yoki “2+3” dasturlari asosida oliygohlarning ikkinchi yoki uchinchi kurslarida ta’limni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kollej-texnikumda o‘qib, faoliyatini ishlab chiqarishda davom ettirmoqchi bo‘lganlarni sohadagi mavqeini oshirish bo‘yicha ham yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Endi, kollej-texnikumda “ishchi kasb” yo‘nalishida o‘qiganlar ikki yoki uch yil ishlab, tajriba orttirganidan keyin, imtihon topshirib, “bakalavr”ga teng malaka darajasini olishi mumkin.

@UrDU_YOSHLAR

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

Attestatsiyada o'qituvchi bilimini nima uchun faqat test orqali baholaymiz?

Ma'lumki, attestatsiyaning 2-bosqichida o'qituvchining pedagogik mahorati ham test orqali baholash reja qilingan. O'qituvchining pedagogik mahoratini test emas balki, boshqa usullar orqali aniqlash vazirlikning rejasida bormi?

👉 @OTM_XORAZM

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

❗️Talabalar uchun ertadan 13-aprel sanasidan oʻqish kuni hisoblanadi.

👉
@UrDU_YOSHLAR

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

❗️Nodavlat oliygoh talabalari ham to‘lagan kontrakt pulidan 12% qaytarib olish huquqiga ega!

Soliq chegirmasi to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:

o‘z mablag‘lari;
jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari (ssudalar).


To‘lov ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda yillik daromad to‘g‘risidagi deklarasiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

👉 @UrDU_YOSHLAR

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

❗️Nodavlat oliygoh talabalari ham to‘lagan kontrakt pulidan 12% qaytarib olish huquqiga ega!

Soliq chegirmasi to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:

o‘z mablag‘lari;
jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari (ssudalar).


To‘lov ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda yillik daromad to‘g‘risidagi deklarasiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

Soliq chegirmasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlash uchun quyidagilar taqdim etiladi:
to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi;
bank bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
OTM hisob raqamiga pul mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
pasport nusxasi va talabaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi.

👉 @urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

❗️Talabalar Hayit bayramida 3 kun ketma-ket dam olishadi

➖ 10-aprel Chorshanba (Hayit kuni)
➖ 11-aprel Payshanba(dam olish kuni)
➖ 12-aprel Juma dam olish kuni

P/S: 13-aprel Shanba barcha uchun o'qish kuni hisoblanadi.


👉 @UrDU_YOSHLAR

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

❗️Magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirishda chet tili sertifikati majburiyligi bekor bo‘lishi kutilmoqda.

✅ Magistraturaga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan tanishlarga yuborib qo‘ying!

👉 @OTM_XORAZM

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

Diqqat❗️❗️❗️

📢📢📢📢📢📢‼️ E'LON

😊Aziz doʻstlar,Turk tili örganib ,bakalavr, magistratura va doktorantura talabasi bo'lishni istaganlar uchun bizda turk tili örganish yanada oson🇹🇷🇹🇷

❗️Kursimiz davomida siz:
👆Okuma
👆Dinleme
👆Yazma
👆Konuşma
bo'limlaridan tayyorlanishingiz mumkin...

❗️Kurs davomiyligi: 3 oy
❗️ Darslarimiz Haftada 3 kun 1.5-2soat davom etadi.

❗️Ushbu kursimizda siz Cefr🇹🇷 va Xalqaro TYS🇹🇷sertifikatiga tayyorlanishingiz mumkin.
👉Kursimiz haqiqatdan turk tilini örganmoqchi bölganlar uchun.Topshiriqlarni öz vaqtida bajaradiganlar ,maqsadi aniqlar bizga murojaat qilishingiz mumkin👇

Murojaat uchun 👉@ILK_BAHAR99

Narxlarimiz sizga qulay va kelishilgan holatda🤗

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

⚡️Aytishlaricha, ta'limda ikkita yaxshi yangilik bo'lishi kutilmoqda

1⃣. Magistratura va doktorantura uchun til bilish sertifikatlari talab qilinishi bekor qilinishi mumkin.

2⃣. O'qishni ko'chirish bo'yicha talabgorlarga bir nechta yengilliklar berilishi mumkin.

👉 @OTM_XORAZM

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

Nodavlat oliygohlarning diplomi o'tadimi?

Ko'pchilikni yoshlar va ota-onalarni mana shu savol qiynaydi. Litsenziyaga ega bo'lgan nodavlat oliygohlarning diplomi yurtimizda tan olinadi va davlat oliygohlari bitiruvchilari singari na'munadagi diplom beriladi.


Rasmda nodavlat Qo'qon universiteti tomonidan berilgan diplom na'munasi ko'rsatilgan. Bu diplomni davlat oliygohi diplomidan hech qanday farqi yo'q.


@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

❗️ Maktabda tug‘ilgan kun nishonlash mumkin emas

▪️ Belgilangan qoidalarga ko‘ra, o‘quvchilarga ta’lim muassasida tug‘ilgan kun nishonlash taqiqlangan.

Bundan tashqari:
✖️ darsda "naushnik" ishlatish;
✖️ taʼlim muassasasining faoliyatiga tegishli oʻqituvchi va oʻquvchilarning obroʻsini tushirishga qaratilgan munosabatlar aks etgan audio hamda videomateriallarni turli ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishi yoki undan turli gʻarazli maqsadlar yoʻlida foydalanishi;
✖️ boshqalarga nisbatan zo‘ravonlik qilishi mumkin emas.

🔴 Qanday jazo bor?
Agar o‘quvchi bu qoidalarga amal qilmasa, unda ota-onasi yozma ogohlantiriladi. Qoida buzilish holatlari takroran kuzatilganda, oʻquvchi muassasa ichki nazorat roʻyxatiga olinadi. Ota-ona maktabga chaqirilib, ular bilan inspektor-psixolog suhbat o‘tkazadi.

@UrDU_YOSHLAR

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

❓ Talabalarga amaliyot uchun pul to'lanadi. Qanday?

💵 Ma’lumki, endi respublika bo‘yicha jami 500 talaba haq to‘lanadigan 3 oygacha bo‘lgan (har oy uchun maksimum 680 ming so‘mgacha) amaliyot o‘tashi mumkin. Buning ham talablari bor.

🧑‍🎓 Avvalo:
✔️ bitiruvchi bosqichda tahsil olayotgan bo‘lishi;
✔️ ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) tarmoq korxonasidagi faoliyat yo‘nalishiga mos bo‘lishi;
✔️ O‘zbekiston rezidenti bo‘lishi lozim.


📋 Shu toifadagi talabalar o‘zi o‘qiyotgan OTMga ariza topshirishi, OTM esa uni Maxsus komissiyaga berishi kerak. Shundan so‘ng Maxsus komissiya tasdiqlagan talabalar haq to‘lanadigan amaliyotga bora olishadi.

❌ Eslatma: bu tartib harbiy OTMlarda amal qilmaydi.

@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

Saqlab qoʻying kerak boʻladi!

Majburiy blok savollarida tushadi.


2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili”

1991-yil — Alisher Navoiy yili.
1992-yil — Hamshiralar yili.
1993-yil — Ahmad Yassaviy yili.
1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili.
1995-yil — Abu Ali ibn Sino yili.
1996-yil — Amir Temur yili.
1997-yil — Inson manfaatlari yili.
1998-yil — Oila yili.
1999-yil — Ayollar yili.
2000-yil — Sog‘lom avlod yili
2001-yil — Ona va bola yili.
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili.
2003-yil — Obod mahalla yili.
2004-yil — Mehr-muruvvat yili.
2005-yil — Sihat-salomatlik yili.
2006-yil —Homiylar va shifokorlar yili.
2007-yil —Ijtimoiy himoya yili.
2008-yil — Yoshlar yili.
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili.
2010-yil — Barkamol avlod yili.
2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili.
2012-yil — Mustahkam oila yili.
2013-yil — Obod turmush yili.
2014-yil — Sog‘lom bola yili.
2015-yil — Keksalarni eʼzozlash yili.
2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili.
2017-yil— Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili.
2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili.
2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili.
2020-yil — Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili.
2021-yilYoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili.
2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili.
2023-yil — Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili.
2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili”

@UrDU_YOSHLAR

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

💡
Bugun Oʻzbekistonda bir soatga chiroqlar oʻchadi

25-mart kuni butun Oʻzbekistonda boʻladigan “Yer soati” tadbiri doirasida barcha davlat tashkilotlarida bir soatga (14:00 – 15:00) elektr energiyasi tarmoqdan uziladi.

Urganch davlat universiteti rahbar va xodimlari, taʻlim oluvchilarga 1 soat davomida ixtiyoriy ravishda tashqarida sayr qilishlari tavsiya etiladi.


©️UrDU Matbuot xizmati

@UrDU_YOSHLAR

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

Хижолат бўладиган ягона мавжудот, бу инсондир.
Чунки фақат угина хижолатга қўядиган иш қилади.

© Марк Твен

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

Talabalar maktabda necha soatgacha dars berishga haqli?

Ko‘p holatlarda talaba-o‘qituvchilarga 10 soatdan ortiq dars berib bo‘lmasligi haqidagi masala muammolardan biri sanaladi.

Talabalar ham o‘rindosh emas asosiy xodim sifatida ishga qabul qilinishi va dars berilishi mumkin (talaba boshqa asosiy ish joyiga ega bo‘lmasa).

📄 Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomning 8-bandiga ko‘ra oliy ta’lim muassasasining 3 va 4-bosqichida pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi ta'lim shaklida o‘qiyotgan shaxslar pedagoglik ishini amalga oshirish uchun qo‘yilishi mumkin. Ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi va shu tartibda haq to'lanadi.


👉batafsil o'qish👈

@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

Aprel oyiga faqat 45 nafar o’quvchi qabul qilamiz.

Bugungi kunda zamon talabi bo'lgan buxgalteriya kasbi deyarli hamma uchun kerak. Siz buxgalter kasbini o'rganib daromad ko'rmoqchimisiz, tadbirkor bo'lmoqchimisiz yoki boshqa kasb egasi bo'lmoqchimisiz hayotingizda buxgalteriya ilmi doim kerak bo'ladi.

Kurslar haqida to’liq ma’lumot olish👈🏻
https://finlite.info/3UfbFxn
https://finlite.info/3UfbFxn

Nima uchun BUXGALTER bo'lish kerak?

Har qanday biznesda buxgalteriya hisobi mavjud va kerakli tajriba, ko'nikma va bilimga ega bo'lgan malakali mutaxassislar doimo talabga ega bo'ladi.

Kurslar haqida to’liq ma’lumot olish👈🏻
https://finlite.info/3UfbFxn
https://finlite.info/3UfbFxn

Buxgalter bo'lib ishlash ko'plab afzalliklarga ega?

Yuqori darajadagi daromad.

Boshlang'ich buxgalterning o'rtacha daromadi 200$ dan boshlanadi, professionallar esa oyiga 1000$ dan ko'proq oladi.

Masofadan turib ishlash mumkin.

Bugungi kunda autsorsing buxgalteriya hisobi ko'plab yakka tartibdagi tadbirkorlar va kichik kompaniyalar uchun buxgalteriya hisobini tashkil etishning mashhur usuli hisoblanadi.

Oliy ma'lumot shart emas.

Bugungi kunda buxgalterning kasbiy faoliyati oliy ma'lumotni talab qilmaydi. Siz bizning kurslarimizdan so'ng darhol o'z karyerangizni boshlashingiz mumkin.

Karyera o'sishi.

Keyinchalik, siz moliyaviy direktor bo'lishingiz yoki kompaniyaning buxgalteriya bo'limini boshqarishingiz mumkin.

Kurslar haqida to’liq ma’lumot olish👈🏻
https://finlite.info/3UfbFxn
https://finlite.info/3UfbFxn

Savollaringiz bo'lsa shu yerga yozing:
👉 @finlite_administrator_3

☎️ Tel: 78 113 93 33

Instagram | Telegram | YouTube

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

⚡️Xorazmlik yoshlar diqqatiga!

⭐️13-aprel kuni soat 18:00da Urganch shahridagi Yoshlik sport majmuasining o‘yingohida viloyatimizning hushovoz xonandalari va oʻzbek san’atida tobora yuksalib borayotgan reper KONSTA ishtirokida gala-konsert dasturi bo’lib o’tadi.


👍Mazkur konsert dasturi “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi”ning 2024-yil mavsumi ochilish marosimi doirasida tashkil etiladi. Barcha yoshlarni konsert dasturiga taklif etamiz.

⚠️Konsert dasturiga kirish bepul!

@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

Ramazon Hayiti munosabati bilan ajoyib chegirmani e'lon qilamiz!

Chegirma narxlar 330.000 ❌ 250.000✅

Bunday imkoniyatni qo'ldan boy bermang.

📌 Hoziroq buyurtma bering va o'z joyingizni band qiling chunki chegirma muddati va soni chegaralangan!

chegirmamiz 12.04 gacha davom etadi
11 dona guruh ushbu chegirmani qo'lga kiritish imkoniyatiga ega.

Buyurtma uchun: @Sherpro_menejer_Nazokat

☎️ Telefonlar: (99) 579-21-11| 97-211-21-11
Manzil: Urganch t. Jayxun 1/2 uy

🌐 Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz: Telegram | Instagram

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

😎 Arxitektura kursi haqida so‘raganmidingiz?

💁‍♂️ O‘rgatiladigan mavzular va uning o‘qituvchilari haqida to‘liq ma’lumotlarni bugungi videomizga jamladik.

Darslar davomida siz:
— Lumion, AutoCAD, 3Ds MAX dasturlarida ishlash;
— 3D modellarini yaratish;
— Binoning ichki va tashqi dizaynini yasash;
— Vizual videolarni tayyorlash va boshqa shu sohaga oid bilimlarga ega bo'lasiz.

RO‘YXATDAN O‘TISH

Kurs haqida ko‘proq ma’lumot olishni istasangiz izohlarda “Arxitektor” so‘zini yozib qoldiring.

@data_talim_stansiyasi

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

10 апрель – Рамазон ҳайити

Ўзбекистон мусулмонлари идораси мамлакатда жорий йилда Рамазон ҳайити 10 апрель, чоршанба кунига тўғри келиши ҳақида қарор қабул қилди.

@UrDU_YOSHLAR

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

👀 "Qanday qilib o‘qimasdan byudjetga o‘qishga kirish mumkin?"

💬 Shu savolni Google'ga yozib ko‘rishibdi. Javobga biror narsa chiqadi deb o‘ylaysizmi?

@UrDU_YOSHLAR

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

⚡️ Magistraturaga chet tili sertifikati talabi qo‘yilgani sabab OTMlar moliyaviy zarar ko‘rgan

▪️ Oliy ta’lim vazirligi hisobotiga ko‘ra, 2021-yildan davlat OTMlarining magistratura bosqichiga o‘qishga kirish uchun chet tili sertifikatining majburiy qilib qo‘yilishi kvotalarning ochiq qolishiga, oqibatda moliyaviy mustaqil OTMlarning zarar ko‘rishiga sabab bo‘lgan.

💵 Talab o‘rnatilishi natijasida o‘tgan yillar davomida ayrim mutaxassisliklarda qabul kvotalari ochiq qolmoqda. 2021-yilda 20,7 foiz kvota ochiq qolgan bo‘lsa, 2022-yilda 80,2 foiz, 2023-yilda 62,6 foiz kvota ochiq qolgan.

Ochiq qolgan kvotalar sabab OTMlar 2021-yilda 18,6 mlrd so‘m, 2022-yilda 101,8 mlrd so‘m, 2023-yilda esa 85,8 mlrd so‘m zarar ko‘rgan.

@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

⚡️Xususiy oliygoh talabalari 3-kursdan boshlab qonuniy tarzda ishlashi mumkin

Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.

Ushbu tartib davlat va nodavlat OTM talabalari uchun birdek amal qiladi.

Avvalgi tartibga binoan talabalar 4-kursdan boshlab, maktablarda dars berishlari mumkin edi.

@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

Айтишларича, Шохрух Далиев олий таълим, фан ва инновациялар вазирининг биринчи ўринбосари лавозимига тайинланган. У бунгача ҳукумат марказий аппаратида масъул лавозимларда ишлаган.

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

❗️ Talabalar hayit bayramida 3 kun ketma-ket dam olishi kutilmoqda

➖ 10-aprel Chorshanba (Hayit kuni)musulmonlar idorasi tasdiqlasa.
➖ 11-aprel Payshanba(dam olish kuni)
➖ 12-aprel Juma dam olish kuni

P/S: 13-aprel Shanba barcha uchun oʻqish kuni hisoblanadi.

👉
@urdu_yoshlar

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-aprelga qadar uzaytirilgan

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2023/2024-oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalarining ayrim talaba-oʻquvchilariga bazaviy/tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati joriy yilning 10-apreliga qadar etib belgilandi.

👉 @OTM_XORAZM

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

🏫Yangi ochilayotgan “DATA” xalqaro maktabiga o'qituvchilar kerak!

Biz, aktual va zamonaviy ta'lim metodlari asosida o'quvchilarga sifatli bilim va tarbiya berishni maqsad qilgan yangi xususiy maktabmiz. Jamoamizni o'quvchilarning rivojlanishiga hissa qo'shadigan, mehr bilan ularni kelajakka tayyorlaydigan o'qituvchilar bilan kengaytirishni istaymiz.

Biz nima taklif etamiz:
- Raqobatbardosh ish haqi.
- Katta premiya olish imkoni.
- Ma’muriyat hisobidan tushlik va kofe-breyk.
- Zamonaviy texnik va texnologik resurslar, doimiy qo'llab-quvvatlash.
- Shaxsiy va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.
- Yoqimli va ilhomlantiruvchi ish muhiti.
- Ta’lim berishdan tashqari ishlarga jalb qilinmaslik.
- Ortiqcha qog’ozbozlik va stressdandan holi ish sharoiti

Bo’sh lavozimlar:
- Barcha fanlar bo'yicha o'qituvchilar (Ona tili va adabiyoti, Matematika, Ingliz tili, Tabiiy fanlar, Ijtimoiy fanlar, Badiiy chizish, Jismoniy tarbiya va boshqalar).

Talablar:
- Kamida bakalavr darajasi (magistratura yo'nalishlari afzal ko'riladi).
- Tegishli fan bo'yicha kamida 3 yil o'qitish tajribasi.
- Zamonaviy ta'lim metodlari va texnologiyalaridan foydalanish qobiliyati.
- Kuchli pedagogik, muloqot va bolalani rag'batlantirish qobiliyati.
- Jamoada ishlash ko'nikmalari va pozitiv dunyoqarash.

❗️Barcha talablar qat'iy, talablarga mos kelmagan nomzodlar ko'rib chiqilmaydi!

Ariza topshirish jarayoni:
Arizalarni telegram orqali @Data_HR_manager profiliga CV bilan birgalikda yuboring. Suhbatga taklif qilinadigan nomzodlar bilan aloqa qilinadi.
Ariza topshirishning oxirgi muddati: [29.05.2024].

Biz o'quvchilarning kelajagini yoritishda siz bilan hamkorlik qilishni orziqib kutamiz!

@data_talim_stansiyasi

Читать полностью…

Ta'lim yangiliklari | Urganch

🔥 O‘zbekistonda kelasi haftada havo harorati deyarli +30° gacha isiydi

Havo harorati kunduzi +26...+29 daraja, kechasi esa +11...+15 darajagacha ko‘tariladi.

👉 @OTM_XORAZM

Читать полностью…
Подписаться на канал