🗣Oliy ta’lim muassasasining bakalavr bosqichida kontrakt asosida tahsil oladigan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari hokimliklar tomonidan to‘lab beriladi.
🔹Kontrakti to‘lab beriladigan xotin-qizlarlar soni cheklangan va bu ijtimoiy mezonlar asosida aniqlanadi. Bunda har bir viloyatdan jami 150 nafar xotin-qizlar kontrakti to‘lab beriladi.
✅ Kontrakti to‘lab beriladigan xotin-qizlar quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:
🔹a) “Ijtimoiy himoya yagona reystri”da kam taʼminlangan deb e’tirof etilgan oilalardagi xotin-qizlar;
🔹b) yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlar;
🔹c) boquvchisini yo‘qotgan (turmush o‘rtog‘i vafot etgan), voyaga yetmagan farzandlarni yolg‘iz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar.
❗️Kimga, qachon murojaat qilish kerak?
🔹I. Xotin-qizlar kontraktini toʻlash uchun arizani “mandat” eʼlon qilingan kundan boshlab 10 kun ichida OTM qabul komissiyasiga berishi kerak.
🔹II. Arizaga hech qanday hujjatlarni ilova qilish shart emas, kerakli hujjatlarni OTM qabul komissiyasi eletkron shaklda o‘zi oladi.
🔹III. Qabul komissiyasi xotin-qizlar ro‘yxatini shakllantirib 5 kunda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuboradi. Vazirlik 5 kunda ro‘yxatni o‘rganib chiqib, xotin-qizlarning yashash joylaridagi hokimliklarga yuboradi.
🔹IV. Hokimliklar xotin-qizlarni tanlab olish uchun komissiya tuzadi. Komissiya 5 kunda ro‘yxatdagi har bir xotin-qizlarning yashash joyiga borib sharoitini o‘rganadi.
🔹V. Saralab olingan 150 nafar xotin-qizlar ro‘yxati Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga yuboriladi hamda qo‘mita 10 kunda tavsiyanoma tasdiqlab hokimliklarga qayta yuboradi.
🔹 Hokimliklar tanlab olingan xotin-qizlarning kontraktini har chorak yakunigacha 4 ga bo‘lib to‘lab beradi.
❎ Ikkinchi mutaxassislikda yoki O‘zbekistondagi xorijiy, xususiy OTMlarda o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakti to‘lab berilmaydi.
❎ Xotin-qizlar o‘qish joyini yoki taʼlim yo‘nalishini o‘zgartirsa, shuningdek talabalar safidan chetlashtirilsa, kontrakt bo‘yicha imtiyoz bekor qilinadi.
@UrDU_YOSHLAR
🔥 TANNARXIDAN HAM ARZON NARXDA!
Bunday taklifni ko'rmaganligingiz aniq. Odatda tovarning sotuv narxiga chegirma beriladi. Biz esa tannarxiga chegirma e'lon qildik. Bu degani - ulgurji narxidan ham arzon deganidir!
Negativlikni o'chirib qo'ying, shunchaki imkoniyatdan foydalanib qolish kerak. LIKVIDATSIYA har doim ham bo'lavermaydi.
⏳Muddatli to'lovga ham shu narxda!
👨🏻💻 Aloqa: @computer_support_bot
📞 +998995603555 | +998995609060
📍 Manzil: Urganch sh. A.Temur 145
🚀 @tema_computer
Maktablarda "Kasbiy ta'lim ustasi" lavozimi joriy qilinadi.
2024-2025-o'quv yilidan boshlab o'quvchilarni kasblarga o'qitish ishlarini samarali yo'lga qo'yish uchun maktablarda ustaxonalar tashkil qilinadi.
Bunda oylik ish haqi oliy ma'lumotli maktab o'qituvchisiga tenglashtirilgan "Kasbiy ta'lim ustasi" lavozimi joriy qilinadi.
👉 @UrDU_YOSHLAR
❗️Қўнғиротбой Шарипов Олий таълим, фан ва инновациялар вазири лавозимига тайинланди
У 2019 йил ноябридан буён Тошкент давлат Иқтисодиёт университети ректори лавозимида ишлаётганди.
@urdu_yoshlar
E'LON
Urganch davlat pedagogika institutida 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislik fanlaridan malakaviy imtihonlar o'tkazish uchun arizalar qabul qilish joriy yilning 10-fevraligacha davom etadi.
Malakaviy imtihonga oid qo‘shimcha ma’lumotlarni +998-62-229-18-30 raqamiga bog‘lanib olishingiz mumkin.
↖️Manzil: UrDPI Asosiy bino, 2-qavat, 208-xona.
@UrDU_YOSHLAR
#Sirtqitaʼlim
#birinchi_kurs
⚡️ Boshlangʻich taʼlim, Maktabgacha taʼlim Sirtqi va Pedagogika taʼlim Sirtqi yoʻnalishi 1-kurs talabalariga 2024-yilning 1-aprel sanasidan navbatdagi dars jarayonlari boshlanadi!
Manzil: Urganch shahar Gurlan ko'cha 2-A uy.
@urdu_yoshlar
Uzbekistan Airways 28 январь куни барча рейслар чипталари учун 30%лик чегирма эълон қилибди.
Читать полностью…⚡️Ta'lim krediti uchun arizalar qabuli boshlandi
Mikrokreditbank rasmiy sahifasida oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichi bo'yicha to'lov-kontrakt asosida o'qishga tavsiya etilgan talabalarga ta'lim krediti ajratish boshlaganini e'lon qildi.
➖ Kredit miqdori: Cheklov yo‘q;
➖ Qaytarish muddati: 7 yil muddatga;
➖ Foizi: Yigitlarga 14% Qizlarga 0%;
👉 @UrDU_YOSHLAR
Ёшлар ишлари агентлиги Ёшлар сиёсати ва спорт вазирлиги таркибидан чиқарилиб, Вазирлар Маҳкамаси бўйсунувига ўтказилди.
Ёшлар сиёсати ва спорт вазирлиги негизида Спорт вазирлиги ташкил этилади — Президент Фармони
⚡️Talabalar uchun nomdor stipendiyalar ro‘yxati yangilandi!
Batafsil: /channel/OTM_XORAZM/2508
👉 @OTM_XORAZM
💻 Diplomlar haqiqiyligini onlayn tekshirish mumkin
diplom.edu.uz platformasi orqali bakalavr, magistr, litsey, texnikum, kasb-hunar maktabi va kollejlarni bitirganlik to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarining haqiqiyligini tekshirish va qo‘shimcha ta’lim ma’lumotlarini kiritish mumkin.
Tizim quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
✅ bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari kiritiladi va tasdiqlanadi;
✅ diplom ma’lumotlari mavjud bo‘lmaganda bitiruvchilar Yagona identifikatsiya tizimi – OneID orqali ro‘yxatdan o‘tib, ma’lumotlarni kiritadi. Oliygoh esa diplom ma’lumotlari to‘g‘riligini tasdiqlaydi.
Platforma boshqa davlat idoralari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Bunda ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllanadi va diplom ma’lumotlarini kiritish talab etilmaydi.
@UrDU_YOSHLAR
Айрим абитуриентлар университетга кириш имтиҳонларидан озод қилинади
Ҳукуматнинг "Умумтаълим фанлари бўйича билим даражасини баҳолашнинг миллий тест тизимини жорий этиш тўғрисида"ги қарорига ўзгартиришлар киритилди.
Батафсил 👉 https://yuz.uz/a/oz/94151
@UrDU_YOSHLAR
Urganch shahridagi “Al-Xorazmiy” majmuasidagi barpo etilayotgan “Al-Xorazmiy” universiteti binosi loyihasining ko’rinishi
Buyuk mutafakkir Аbu Аbdulla Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy xiyoboni va uning yangi haykali qoshida «Аl-Xorazmiy» nomidagi 8000 o’rinli universitet barpo etiladi. Ushbu universitet 1400 o’rinli yotoqxonasiga va ixtisoslashgan maktab, ilmiy-tadqiqot markaziga ega bo’ladi.
Unda Al-Xorazmiy avlodlari ya’ni viloyatimizning eng iqtidorli yoshlari bilim olishadi. Buning uchun majmuada barcha zamonaviy shart-sharoitlar yaratiladi.
@UrDU_YOSHLAR
#DIQQAT E'LON!
Urganch davlat pedagogika institutida Mustaqil tadqiqotchilik uchun 15-yanvardan 15-fevralgacha quyidagi sohalarda hujjat qabul qilish boshlandi!
13.00.01 — Pedagogika nazariyasi va tarixi
13.00.02 — Talim va tarbiya nazariyasi va tarixi
13.00.04 — Jismoniy tarbiya
19.00.06 — Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi
Mustaqil izlanuvchilik (PhD)ga oʼqishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
— Ariza;
— Qisqacha biografik maʼlumot (obyektivka - namuna 3.5 shakl boʼyicha oʼzbekcha va ruscha shaklda);
— Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
— Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisida diplom nusxasi;
— Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek, ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);
— Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun);
— Pasport nusxasi;
— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa).
Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib, Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim http://phd.mininnovation.uz orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.
*Izoh: Barcha hujjatlar saytga yuklashdan avval rangli, tiniq va sifatli bo'lishi shart.
@UrDU_YOSHLAR
⚡️Ertaga 15-yanvar sanasidan boshlab, mustaqil izlanuvchilik (PhD, DSc)ga 2024-yil 2-choragi uchun qabul boshlanadi.
❗️Eslatib o‘tamiz, endi mustaqil izlanuvchilik (PhD, DSc) uchun chet tili sertifikati talab etilmaydi.
👉 @OTM_XORAZM
Ijara huquqi asosida yashaydigan talabalar diqqatiga!
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 605-sonli qaroriga asosan, ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy taʼlim muassasalari talabalarining oylik ijara toʻlovining 50 foizi (bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravarigacha) Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi va har oyning 7 sanasigacha arizalar qabul qilish belgilangan.
📆 Shuning uchun arizalar har oyining 7 sanasigacha qabul qilinishini maʼlum qilamiz.
☎️ Murojaat uchun fakultet tyutorlarga uchrashishingiz mumkin.
@UrDU_YOSHLAR
⚡️ Kollej, texnikumlarni tugatganlar OTMda 2- yoki 3-kursdan o‘qishi mumkin
▪️ Bu haqida prezident boshchiligidagi yig‘ilishda so‘z bordi. Unga ko‘ra, yangi o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda o‘qitish “Akademik” va “Ishchi kasb” ta’lim komponentlarining uzviyligini ta’minlaydigan yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi.
🎓 Bunda:
➖ kollej-texnikumning 1-2-kursidagi ta’lim dasturlari, darsliklari, bilimni baholash mezonlari va muallimlarga talablar oliygohlar bilan bir xil bo‘ladi;
➖ texnikumlarda ham “kredit tizimi” joriy qilinib, fanni o‘zlashtirish bo‘yicha to‘plangan “kreditlar” oliygohlarda tan olinadigan tizim bo‘ladi.
Ya’ni, kollej-texnikumda ikki yil davomida yetarli “kredit” to‘plagan o‘quvchilar “2+2” yoki “2+3” dasturlari asosida oliygohlarning ikkinchi yoki uchinchi kurslarida ta’limni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Kollej-texnikumda o‘qib, faoliyatini ishlab chiqarishda davom ettirmoqchi bo‘lganlarni sohadagi mavqeini oshirish bo‘yicha ham yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Endi, kollej-texnikumda “ishchi kasb” yo‘nalishida o‘qiganlar ikki yoki uch yil ishlab, tajriba orttirganidan keyin, imtihon topshirib, “bakalavr”ga teng malaka darajasini olishi mumkin.
@urdu_yoshlar
⚡️Педагогнинг ҳуқуқлари, шаъни, қадр-қиммати ва ишчанлик обрўси давлат ҳимояси остида бўлади — қонун имзоланди
Batafsil: /channel/OTM_XORAZM/2577
@urdu_yoshlar
#Sirtqitaʼlim
#Ikkinchik_kurs
⚡️ Boshlangʻich taʼlim, Maktabgacha taʼlim Sirtqi va Pedagogika taʼlim Sirtqi yoʻnalishiga qabul qilingan 2-kurs talabalariga 2024-yilning 6-may sanasidan navbatdagi dars jarayonlari boshlanadi!
Manzil: Urganch shahar Gurlan ko'cha 2-A uy.
@urdu_yoshlar
❓Talaba farzandli bo‘lsa, OTMdan suyunchi puli oladimi?
❌ Qisqa javob: yo‘q, bu noto‘g‘ri xabar. Suyunchi puli olish uchun hech qayerga murojaat qilish shartmas, avtomat ravishda ota-onadan biring plastik kartasiga tushadi.
❎ Batafsil javob: Telegramda shu xabar rosa aylandi. Bu noto‘g‘ri xabar bo‘lgani uchun, izoh berib o‘tmoqchiman.
Qonunchilikka ko‘ra, istalgan oilada farzand tug‘ilganda bir martalik nafaqa puli beriladi. Bu xalq tilida “suyunchi puli” deyiladi.
Ushbu “suyunchi puli” ota-ona nima ish qilishidan qatʼi nazar barcha fuqarolarga beriladi, xoh davlat ishida, xoh xususiy sektorda ishlasin, xoh ishsiz bo‘lsin, xoh talaba bo‘lsin, farqi yo‘q. Hamma oladi.
Maʼlumot uchun: “suyunchi puli” summasi — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 70,3 foizi deb belgilangan. Yaʼni hozirgi kunda 738 ming 150 so‘mni tashkil etadi.
Шанба куни Ўзбекистонга Туркманистондан илиқ ва нам ҳаво массалари кириб келиб, айрим жойлардагина ёғингарчилик бўлади. Ҳарорат кечаси −2…−5 даражагача пасаяди, кундузи +10 даражагача етади. Якшанбада ёмғир республиканинг барча ҳудудларига тарқалади. Тоғли ҳудудларда қор кўчиши хавфи бор.
Читать полностью…#foydali #malumot #statistika
2024-yil 1-yanvar holatiga hududlar kesimida aholi soni
@UrDU_YOSHLAR
⚡️ Bugun "perevod" uchun qabulning oxirgi kuni
✔️ Ariza oluvchi ishchi guruhlar 20-yanvar (shanba) soat 15:00 gacha ishlaydi.
Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar arizachi ishtirokida (oflayn) taqdim etiladi:
➖ o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
➖ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➖ pasport nusxasi;
➖ PQ-279-son qaror 7(v)-bandida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.
🧑🎓 Kimlar hujjat topshirishi mumkin?
➡️ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun;
➡️ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).
@UrDU_YOSHLAR
⚡️⚡️⚡️UrDU talabalari uchun qulaylik!!!
Smart o'quv binosiga yangi BANKOMAT o'rnatildi.
✅ Ushbu bankomat boshqalaridan farqi 0,5% kommision to'lovga egaligi bilan ajralib turadi.
@UrDU_YOSHLAR
❗️Abituriyentlar uchun muhim: milliy sertifikatlar tizimida nima o‘zgarishlar bo‘ldi?
✅ JAVOB: Asosiy o‘zgarish bu test natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanadi. Prezident maktablari imtihoni ham aynan shu metodikaga asoslangan.
Batafsil: /channel/OTM_XORAZM/2497
👉 @OTM_XORAZM
⚡️ Endi milliy sertifikat to'lovida ham ayrim abituriyentlarga imtiyoz beriladi
🌐 Milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish my.gov.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
👨🏻🦽 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foiz chegirma qo‘llanadi.
@UrDU_YOSHLAR
❗️Mustaqil izlanuvchilik (PhD)ga oʼqishga talabgorlar qanday hujjatlarni taqdim etadilar?
Batafsil: /channel/OTM_XORAZM/2474
👉 @UrDU_YOSHLAR
❗️O‘qituvchidan qog‘oz ko‘rinishdagi yillik taqvim-mavzu reja talab qilinishi to‘g‘rimi?
Batafsil: /channel/OTM_XORAZM/2470
👉 @UrDU_YOSHLAR
❗️Kontrakt to'lovlaridan 12% pulni onlayn qaytarib olish mumkin:
OTMlarda oʻqiyotgan talabalar toʻlagan kontrakt pulidan yoki xususiy bog’cha va maktablar uchun qilingan to’lovlardan 12% qaytarib olish mumkin va buning uchun soliq organlariga borish shart emas.
Batafsil: /channel/OTM_XORAZM/2467
👉 @UrDU_YOSHLAR