#Talabalar_ijodidan
" NAVOIY BOBOM!!!"
Sôz mulkining sultoni bobom Navoiy,
Samoning yulduzimas,gôyoki oyi.
Serob xazinani yaratgan inson,
Dunyo uchun qadrli bôlmoqda har on.
Ôqib ruboiy-yu,tuyuq,g'azalni,
Hayol og'ushida ketamiz qolib.
Seemazmun bôlgan bu purmano sôzlar,
Kelajakning porloq bôlishin kôzlar.
"Xamsa" ta'rifiga sôz yetmas aslo,
Har besh xazinasin ôrnidir bôlak.
Yuksalar ma'naviyat shunday asarda,
Nomi ulug' bobomga asli shu kerak.
Asarlarin ôqib,g'ururim osmon,
Biz unga munosib bôldikmi voris.
Hech kim ul insonning ôrnin bosolmas,
"Xamsa", ruboiy-yu,tuyuq, g'azal yozolmas.
Asli qonimizda ul zot qoni bor,
Shu sabab shijoat bordir bizlarda.
Qancha tashakkur aytmay,bular bari kam,
Bobo,yôlingizni tutamiz mahkam!!!
Maftuna Raximova
Urganch davlat universiteti
Xorijiy filologiya fakulteti
👉@UrDU_Ijodkor_Talabalar
#Talabalar_ijodidan
YURAKNI TITRATGAN DARD.
Bu hayot daryolari oqib o'tar to'xtamas
Dinni qurol qilganlar ezgulikni xushlamas
Moviy osmon bag'rida qora bulut yashirin
Jannatmakon o'lkamda yashash qanchalar shirin
Terrorizim balosi insoniyatni yig'latdi
Qancha yurt-u, xalqlarni tik qaddini qulatdi
Norasida go'daklar hayotdan bevaqt ketdi
Dunyoni onaizor, mungli nolasi tutdi
Dinni bilmay din uchun, o'z bolasin qaxshatgan
Hayvonsifat kimsalar volidasin xo'rlatgan
Bunday yovuzlar hech ham ezgulikni ko'rmaydi
Qonxo'rligi tutganda shavqat nima bilmaydi.
Jirkanch ishlaring ko'rgan ko'zlarim zor yig'ladi
Yuragimni xanjarsiz o'tli nafrat tig'ladi
Himoyasiz bandaga nahot rahmi kelmadi
Ahir u ham tirik jon, afsus buni bilmadi
O'z farzandi nolasin tinglamagan kim bordir
Qancha ho'rlading bolang , senga ming-ming lanatdir
Halovating o'ylabsan , ko'ngli battol qonxo'rlar
Halovating olibsan ,seni bunga kim zo'rlar
Suvga to'ygan odamzot ,qonga to'ymay shimgan zot
Qilgan ishlaring asli, chin musulmonlikka yot
Kimnidir qurgan uyin, buzishga ne haqqing bor
O'zing ham bir kun albat , bo'lasan hayvonday xor
Sotsang Vataning bir kun, bo'lmaganda biz ogoh
Murdang qolsa yot tuproq, bag'rini quchib nogoh
Undaylar yo'q desam ham bunga barchamiz guvoh
Qanday zamonlar keldi, titrab jismim chekar oh
Bunday mutxish manzara, qaylardadir bo'lmoqda
Ba'zi vatanfurushlar , itday o'lim topmoqda
Yovuzlik ishchilari, jahannam elchilari
Dinni qurol qilguvchi, kimsalar ular bari
O'z xatosin tushunmas, tushunishga urunmas
O'zgalar dard chekkanda, nahot unga achinmas
Ey yovvoyi zot turi, bizlardan bo'lgin nari
Barchamiz kurashamiz , birdek bo'lib ,yosh-qari
Jaholatni ma'rifat , nuri bilan yengamiz
Mafkuraviy imunitet , quroliga egamiz
Sen yaratgan buzg'unchi , dunyoyingni buzamiz
Ajal ko'prigi bo'lgan, to'rlaringni uzamiz
Ismoilova Gulzoda
Urganch davlat universiteti
Pedagogika fakulteti
👉@UrDU_Ijodkor_Talabalar
#Talabalar_ijodidan
Ba'zida odamzot tushunmas òzin,
Nima kerakligin bilmaydi xatto.
Yoshga chòmiltirar tim qora kòzin,
Òzliging qiynashing òzi bir xato.
Asragin kòzdagi ummon bu yoshni,
Hali bu kòzlardan quvonch porlajak.
Oqsin bu kòz yoshlar faqat quvonchdan
Kòrgin seni kutar baxtli kelajak!
Urganch davlat universiteti
Pedagogika fakulteti talabasi
Ilxomova Suyumaxon
👉@UrDU_Ijodkor_Talabalar
#besh tashabbus
#navoiy izdoshlari
📜 "Ey sabo..." Navoiy g'azali
🎙 Audioijro: Munavvarmoh
Pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya yo'nalishi 191-guruh talabasi Karimova Munavvar
#Talabalar_ijodidan
Ollohim onalarni òzing asra.
Yuragim har zarbi, har nafasimda,
Bir sòz jaranglar, tovush-u sasimda.
Qòlim chòzib yaxshi niyat: duoga,
Bir ilinch-la òtinaman hudoga...
Ollohim onamni òzing asragin!
Mayli kerak emas menga tillo qasr,
Mayli bòlsin shodligim ģamga asir.
Ammo shu tilagim qilgin ijobat,
Onamning dili oģrimasin abat.
Ollohim onamni òzing asragin!
Sòramayman, kerak emas menga baxt,
Mayli omadimni ol, ol mana-taxt.
Faqat yolģizimdan ayirma zinhor,
Munisim yuzidan ketmasin bahor.
Ollohim onamni òzing asragin!
Roziman tòksin mening kòzlarim yosh,
Yuragim qonasin, beraman bardosh.
Lek onam yuziga qayģu solmasin ajin,
Volidamning baxtini aylagin chin.
Ollohim onamni òzing asragin!
Nozik qalbi sira chekmasin ozor,
Yuragi quyosh-u bòlsin chamanzor.
Mendek arzandasi quvonchi uchun,
Hayotda yashashga ishonchi uchun
Ollohim onamni òzing asragin!
Asra ollohim dunyo onalarini,
Har qalbning bir gul-u lolalarini.
Bu kun, jamiki farzandlar qòl ochib
Senga duo qilamiz, ģaflatdan qochib:
Ollohim onalarni òzing asra!!!...
Egamova Yodgora Urganch davlat universiteti Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti talabasi.
👉@UrDU_Ijodkor_Talabalar
#Besh_Tashabbus
2021-yil 5-fevral kuni Urganch davlat universiteti Talabalar turar joyi binosida "Zakovat" intellektual reyting o'yinlarining 2021-yilgi bahorgi mavsum 1-tur o'yini bo'lib o'tdi. Ochilish o‘yinida Xorazm viloyati "Zakovat" intellektual klubi sardori Ilhom Babajanov hamda 23 ta jamoa tarkibida jami 138 nafar faol talaba yoshlar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Turnir "Zakovat" intellektual o‘yini Xorazm viloyati koordinatori o‘rinbosari Behzod Jumanov tomonidan olib borildi.
✅ Urganch davlat universiteti rasmiy telegram kanaliga obuna bo‘ling!
Manzil: @UrDU_YOSHLAR
Bugun O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov tavvallud topgan kun.
Mustaqil O'zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o'zbek xalqining ulug' va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov g'oyat qaltis va tahlikali bir vaziyatda og'ir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda O'zbekistonni jadal va barqaror sur'atlar bilan rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirdi.
O'zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1938-yil 30-yanvar kuni Samarqand viloyatida tug'ilgan. Siz hamisha qalbimizda mangu yashaysiz!
✅ Urganch davlat universiteti rasmiy telegram kanaliga obuna bo‘ling!
Manzil: @UrDU_YOSHLAR
#Talabalar_ijodidan
"BOLALIK"
O"ynar edik ayvonda,
Barcha xursand yurardi.
Bog'chaga borish uchun,
Singlim erta turardi.
Dugonalar bo'lib jam,
Birga qo'shiq kuylardik.
Yayrab yurib bo'larda,
Qo'g'irchoqlar o'ynardik.
Bo'ldik bir pastda katta,
Vaqt qadriga yet endi
Faqat oldinga intil,
Bolalik qaytmas endi.
Maftuna Raximova
Urganch davlat universiteti
Xorijiy filologiya fakulteti
👉🏼@UrDU_Ijodkor_Talabalar
#Talabalar_ijodidan
Ğiybatchilarga😊
Bilmadim odamlar nega bunaqa?
Yuzingga jilmayib, òyar kòzlaring.
Balki bu hayotning qasti shunaqa,
Hayron qolganidan, sòzsiz tillaring.
Ba'zan eshitasan ortingdan gaplar
Balki baxtliliging ko'rolmas ular?
Adovat, nohaqlik, nega ģiybatlar?
Ularning dilida bordur ģurbatlar.
Men esa ģiybatlar ichidan yiroq
Yugurib ketsaydim biror tomonga.
Tòxtang-chi, òylayin òzim ham biroq
Yaxshisi qòl siltay orqa tomonga😁
P.s: orqadan gapiradiganlar, kutib turiymi, yetvoling, birga gaplashib ketamiz😅
Ilxomova Suyumaxon
Urganch davlat universitet
Pedagogika talabasi
👉🏼@UrDU_Ijodkor_Talabalar
BOLALIK
O'ynar edik ayvonda,
Barcha xursand yurardi.
Bog'chaga borish uchun,
Singlim erta turardi.
Dugonalar bo'lib jam,
Birga qo'shiq kuylardik.
Yayrab yurib bo'lar-da,
Qo'g'irchoqlar o'ynardik.
Bo'ldik birpasda katta,
Vaqt qadriga yet endi.
Faqat oldinga intil,
Bolalik qaytmas endi...
Maftuna Raximova
Urganch davlat universiteti
Xorijiy filologiya fakulteti
👉🏼@UrDU_Ijodkor_Talabalar
26-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Mass-media fondi Vasiylik kengashi yig‘ilishida «Zakovat» intellektual klubi NNT tuzish haqida qaror qabul qilindi. Yaqin kunlarda ushbu klubning sayti joriy etiladi va unda «Zakovat»ga a’zo bo‘lish tartibi, o‘yin qoidalari, tadbirlar jadvali e’lon qilinadi. Barcha bilimli yoshlarni klubga taklif qilamiz!
✅ Urganch davlat universiteti rasmiy telegram kanaliga obuna bo‘ling!
Manzil: @UrDU_YOSHLAR
#Talabalar_ijodidan
"O'zbekistonim"
O'zbekistondir mening jannat diyorim,
Dunyoga dongi ketgan gullagan bog'im.
Bir hovuch tuprog'ing ham men uchun aziz,
Shu Vatanga munosib bo'layin bir qiz!
Ozod Vatanda bo'lar,obod mahalla,
Tinch diyorda kop bo'lar,to'yu tantana.
Yurtimga ko'z tegmasin yaxshi bu zamon,
Doimo yurtboshimiz bo'lsinlar omon.
Har sohada yuksalish bo'lyapti kunda,
Yoshlar ko'p iqtidorin ko'rsatar bunda.
Buyuk yurtda tug'ilish bizning baxtimiz,
Vatanga sodiq bo'lish Burch va axrdimiz.
Bayramlar yarashar bizning diyorga,
Xursanddir xalqimiz kerak shu bizga,
Mustaqilliging bilan qutlayman xalqim,
Tashakkur aytamiz yurtboshimizga!!!
Maftuna Raximova
Urganch davlat universiteti
Xorijiy filologiya fakulteti
👉🏼@UrDU_Ijodkor_Talabalar
#Talabalar_ijodidan
Yana sensiz...
Hayotimni butkul tark etmoqdasan,
Tobora uzoqlashib ketmoqdasan.
Qishga aylangan bahorim essiz,
Yana bir kunim òtmoqda sensiz.
Sen menga, men senga begona endi,
Kòzimiz uchrashganda dil yonar endi.
Yuzda tabassum, yurak yiğlar unsiz,
Yana bir kunim òtmoqda sensiz.
Yupata olmas xayollar ham meni,
Nahot men ham unutmoqdaman seni.
Sen-ku unutarsan, yasharsan mensiz,
Men yashay olmayman dunyoda sensiz.
Mayli yashayman sensizlikka kònib,
Òtdamas, vijdon azobida yonib.
Axir kunlarim ham endi mazmunsiz,
Yana bir kunim òtmoqda sensiz.
Yana sensiz òtmoqda kunim...
Yusupova Mohira
Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti talabasi
👉🏼@UrDU_Ijodkor_Talabalar
#Talabalar_ijodidan
"OFITSER"
Harbiy xizmatga borib,
Bo'ldim men aziz askar.
Yoshlikdagi so'zimni,
Unutmayman men har gal.
Vatan uchun bor kuchim,
Ayamayman albatta.
Vada berib qo'yganman.
Bajarmasak uyat-da.
Onam ishonchin oqlab,
Sarhadlarni qo'riqlab.
Kuch g'ayratga to'laman,
Zo'r Ofitser bo'laman.
Maftuna Raximova
Urganch davlat universiteti
Xorijiy filologiya fakulteti
👉🏼@UrDU_Ijodkor_Talabalar
#Talabalar_ijodidan
"YURTBOSHIM OMON BO'LSIN"
Tinch vatanda yashaymiz,
Yurtim chamanzor bo'lsin.
Xalqimga ko'z tegmasin,
Yurtboshim omon bo'lsin.
Yoshlar ilmli bo'lsin,
Kuch,shijoatga to'lsin.
Bizni ruhlantirguvchi,
Yurtboshim omon bo'lsin.
Rivojlangan yurtimda,
O'zgarishlar bor bo'lsin.
Imkoniyatlar yaratgan,
Yurtboshim omon bo'lsin!!!
Maftuna Raximova
Urganch davlat universiteti
Xorijiy filologiya fakulteti
👉🏼@UrDU_Ijodkor_Talabalar
#Talabalar_ijodidan
Tuman aro tushdi yo'lim
Sensiz hushsiz tushdir o'ngim
Olis saxro aro kuyib baxtim
Ox ne qilay sindi shaxtim
Ketti ko'ngildagi ul sevarim
Gul yuzli nozik dilbarim
Daston bo'ldi dildagi dardim
Sog'inch to'ldi afsus qondir qalbim
Uchdi hayol parishon poylab uni
Kelmas endi ul yor ko'nglim o'ylab
Sezmadi u vafo ul boylik poylab
Parvo qilmadi ul etibor aylab
Afsus ne qilay unut dedi
Mendan umiding so'nsin dedi
Armon yomg'iri yog'di birdan
Ketti tashlab ketti dildan...
Omonkeldiyev Sobirjon
Urganch davlat universiteti
Bioinjineriya va oziq ovqat xavfsizligi fakulteti
👉@UrDU_Ijodkor_Talabalar
#Talabalar_ijodidan
"Sensiz" She'ri
QURBONOV MURODJON
Urganch davlat universtetuti
Pedagokika fakulteti
👉@UrDU_Ijodkor_Talabalar
#Talabalar_ijodidan
Zamonlar qarida qotdimmikin?
Hayollar chalkashdi o'likman go'yo!
Hasratni kimgadir aytgim kelib,
Yozishni boshladim qog'ozga royo!
Xuddiki bu bilan erigay dardim,
Shu savolga javob bergim kelarmi...
Men yashashni unitib qo'ydimmiyo?
Kundan kunga kunim o'tarkan ,
Soatim, daqidam, necha oylarim.
Hisobin bilmayman qancha ekan,
Meni bekor o'tgan necha onlarim!
Qarang aybsizdek yozyapman go'yo,
Bu gapni yana qanday aytayin....
Men yashashni unutib qoydmmiyo?
Yashash nima his qilgim kelmas,
Oxirat yaqin-u tebranmas falak,
Ayblarim bisyor-u his qilmas yurak.
Bir kuni shu xolda o'lsam ham kerak !
Men yashashni unitib qoydimmiyo...?
Iskandarova Oydinoy✍
Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabasi
👉@UrDU_Ijodkor_Talabalar
#Talabalar_ijodidan
Abadiy bo‘lgin!!!
Allohimga bo‘lsin hamd-u sanolar,
Ozod yurtim uzra mangu navolar.
Bizga suyanch erur oqil-donolar,
Yangi O‘zbekiston abadiy bo‘lgin!
Yerdagi jannatim mehringni sochib,
Kundan-kun boraver chiroylar ochib.
G‘animlar qolmasin, ketsinlar qochib,
Yangi O‘zbekiston abadiy bo‘lgin!
Ota-bobolarim shodlanar ruhi,
Qarang, har bir yoshda baxtning sururi.
Sen qalblarning nuri, xalqim g‘ururi,
Yangi O‘zbekiston abadiy bo‘lgin!
Orzular ro‘yobi, ezguliklar jam,
Bu yorug‘ zamonni ko‘rgan ko‘zlar nam.
Umrimni sen uchun bag‘ishlagan men ham,
Yangi O‘zbekiston abadiy bo‘lgin!
Yurtboshim bor bo‘lsin, bizlarga Quyosh,
Bugun e'tiborda beg‘am-u bebosh.
Biz hali dunyoga bo‘lamiz ko‘z-qosh,
Yangi O‘zbekiston abadiy bo‘lgin!!!
Allaberganova Noila Shuxrat qizi
UrDUning Tabiiy fanlar fakulteti geografiya yo‘nalishi 1-kurs talabasi.
👉@UrDU_Ijodkor_Talabalar
"SO'NGI PUSHAYMON O'ZINGGA DUSHMAN"
Negaligini bilmadimu,bugun tuni bilan ko'zimga uyqu kelmadi. Har xil o'y-xayollar meni o'z qariga tortar edi. Ertalab barvaqt hammadan oldin o'rnimdan turdim.Asta kovushimni kiyib, hovliga chiqdim. Qarasam hovli chetidagi kuchugimiz g'ashiga tegayotgan pashsha bilan olishar edi, nariroqda tovug'imiz yangi chiqqan 5ta jo'jasiga don cho'qishni o'rgatar edi, og'ilxonadagi mollar esa og'zida nimalarnidir gavshar edi. Men bukarning barchasiga bee'tiborgina qarab qo'ya qoldim,xolos. Keyin ko'chaga chiqdim. Qarasam uzoqdan sinfdoshim Sardor kelayotgan ekan. Egnida oq kuylak, kastum shim, qo'lida ham o'ziga yarashgan sumkalar bilan men tomon kelar edi. Biroz hol ahvol so'rashib gaplashib turdik. U menga ertaga o'qish uchun Germaniyga uchib ketishini aytdi. Keyin Sardor shoshilgancha ketib qoldi. U student. 3kurs edi. Uni ko'rib goh havasim, goh hasadim kelar edi. Nahot men ham u kabi bo'lolmasam?! Axir maktab davrida eng yaqin do'stlar edikku... Maktabga, tadbirlara birga borardik, birga ovqatlanardik, ko'chada birga koptok o'ynardik. Hatto o'sha paytda:"Katta bo'lsak qishlog'imiz markaziga fudbol maydoni quramiz, eng zo'r fudbolchi yigitlarni tarbiyalaymiz"-,deya niyat qilgan edik. Ehhhh.. hamma ayb o'zimda. O'sha payti Sherzod va Ikromlar bilan tanishmaganimda edi, oson pul topaman deb o'g'irlik qilmaganimda edi.... Ehhhh... Esizgina 2yil umrimaaa.. Axloq tuzatish kolloniyasida, panjara ortida o'tkazmasdan Sardor kabi bolib yurarmidim balki. Ha maaayli bo'lar ish bo'ldi endi. Ammo kechdan ko'ra kech yaxshi deganlariday, nega endi men ham Sardor kabi bo'lmasligim kerak. Yo'q, bo'ldi. Endi bu yog'iga men ham faqat o'qib izlanaman. Mahalla-ko'y, qarindosh-urug', yor-u do'stlar oldida ham o'zimni, ham ota -onamni yuzini yorug' qilishga astoydil harakat qilaman. Va'da beraman!
Maftuna Raximova
Urganch davlat universiteti
Xorijiy filologiya fakulteti
👉🏼@UrDU_Ijodkor_Talabalar
#Talabalar_ijodidan
"AYRILIQ"
Ayriliq dardiga bormikan davo,
Yoqmas ekan hatto,so'z-u kuy navo.
Qalbda qoldi ko'p pinhon hasratlarim,
Gar so'zlasam ortib borar dardlarim.
Og'ir ekan ayriliqdek hissiyot,
Go'yo to'xtab qolar ekan bu hayot.
Ne qilarim bilmay o'yga tolaman,
Yuzim kulib,qalbim yig'lab qolaman.
Ne bo'lsa ham qalbda qolmasin armon,
Ko'ngil tomon talpingan inson bilan.
Yillar uchun arzirli bo'lsin har on,
Baxtli bo'lgin men uchun aziz inson.
Maftuna Raximova
Urganch davlat universiteti
Xorijiy filologiya fakulteti
👉🏼@UrDU_Ijodkor_Talabalar
#Talabalar_ijodidan
"OTA-ONA"
Ota-onadir ulug' zot,
Shunday ne'mat bergan hayot.
Ikkisi ho'p mehribon,
Misli bog'dagi bog'bon.
Farzandim deb yashashar,
Olg'a qadam tashlashar.
Shunday mo'tabar inson,
Bizga eng katta ehson.
Ul zotlarni ulug'lab,
Keksayganda ham qo'llab.
Ularga sen bag'ring och,
Umringga kelar rivoj.
Maftuna Raximova
Urganch davlat universiteti
Xorijiy filologiya fakulteti
👉🏼@UrDU_Ijodkor_Talabalar
#Talabalar_ijodidan
"IMTIXON OLDI HISLARI"
Imtixonga tayyorgarlik avjiga chiqqan edi. Kunni kun demay, tunni tun demay faqat o'qib izlanar edik. Boshimizni kitobga bog'lab qo'ygan edik. Ota-onamiz bizni shu qilgan harakatkarimizni ko'rib ham siqilishar, tezroq o'qishga kirgin deya duo qilishar edi. Hech bir ishga chalg'imay faqat o'z ishimiz bilan mashg'ul bo'lishimizni ta'minladilar. Shunday ekan bizning yelkamizda, birinchi navbatda, ota-onamiz bildirayotgan ishonch hissini oqlash zarur.
Uyda o'qiyverib, miyyam charchab ketganini sezdim va bog'ga chiqib aylanib yurdim.Bog' shunchalar chiroyli bo'lib gullab ketgan ediki, bahor faslini "kelinchak" ekaniga tan berdim. O'riklarning mittigina beqiyos guli, undan taralayotgan muattar ifor, arilarning o'rik guli atrofida girdikapalak bo'lishi, hamma-hammasi insonni zavqlantiradi, ko'ngliga ilhom baxsh etadi. Shu on mening qalbimdan ham shu jumlalar qaynab chiqar edi:
Yaqinlashar imtixon,
Hasratlar bo'lar pinxon.
Shu yil bo'lay talaba,
Qilib katta g'alaba.
Shunday bog'ni aylanib yursam, molxona tomondan qo'chiqorimning qattiq tovushi eshitildi. Qo'chiqorim deyishimning sababi, dadam uni men o'qishga kirgan kunim qurbonlik qilib,go'shtini tarqatar ekanlar. Bu ham bir yaxshi niyat. Keyin uning oldiga bordim. U menga katta-katta ko'zlari bilan mo'ltirab qarab turardi. Unga rahmim kelib asta arqonni yechdim. Avvaliga qo'rqdim, keyin sal singach uni yuvvosh ekaniga amin bo'ldim. U sekin bog'dagi o'tlarni yulib yeya boshladi. Har dam menga qarab qo'yardi. Men esa:,, Ha, yeyaver, shu yerdaman"-deb qo'yardim. U ham xuddi bir narsalarni tushinganday yana yeyishda davom etardi. Keyin asta-sekin meni ko'cha tomon torta boshladi. Men ham ",, Ha bir aylantirsam, aylantiribmanda, qaytanga tezroq o'qishga kirsin egam deya menga duo qiladi"-dedimda u tortgan tarafga ketavardim. Bir dam deng,hunarini ko'rsatib qolsa bo'ladimi. Qo'chiqorni bunchalar tez yugirishini birinchi ko'rishim. Ot ham chopgan payti bizning qo'chiqorchalik bo'lmas. Shunaqa yugirtirdiki, qo'limdan arqon chiqib ketay dedi. Bir xayolim "arqonni qo'yib yubor "desa , bir hayolim" qo'yib yuborsang, buni och itlar yeb ketadi, qarg'ishi senga uradi"deydi. Nima bo'lganda ham arqonni qo'yib yubormadim. Baxtimga qarangki, uzoqdan ukam Xoshimtoy kelayotgan ekan. Shunaqangi tez yugurayotganimdan uni chaqirishga ham qiynalar edim. Xoo.. shiiim.. tooooy yo.. rdaaam be.eeerr.U menk ko'rib nima bo'layotganini tushindi, shekilli, qo'chiqorni oldiga turib shoxidan ushlab oldi va oyog'idagi shippagini yechib bir tushirdi, qo'chiqor yuvvosh tortib qoldi.Ana endi qo'limdan arqonni tashladim.Jisminiy mehnat kam qilganim darrov bilinib qoldi. Qo'limga qarasam, yig'lagilarim kelib ketardi. Qizarib, shilinib ketibdi, afsus. Qo'llarimni asta o'pib, siypalab qo'ydim. Shunaqangi jahl bilan qo'chiqorni oldiga borimda Xoshimtoyning qo'lidagi shippagini olib men ham bir tushirdim. Qo'chiqor Xoshimtoyning qo'lida xuddi qo'ziqchoqday turar edi. Shu-shu uning muloyim qarashlariga uchmaydigan bo'ldim.
Imtixon kundan kunga yaqinlashar edi. Hayajonlar esa tobora oshar edi. Imtixonga deyarli barcha narsa tayyor, faqatgina o'sha joyga kirib chiqish uchun katta yurak kerak bo'ladi. To'g'ri, yurak hammamizda bor, lekin o'sha uch soat ichida bu yurak-quyon bo'lib qolar ekan.Vanihoyat,ota-onam, ustozlarim, yaqinlarim duosini olib imtixonga kirdim. Ayrim savollarning ustidan kulib, ayrim savollarni o'qib yig'lagilarim kelib ketardi. Hamma bir-biriga umid bilan qarardi. Lekin, afsus bu joyda hech kim hech kimga yordam bera olmaydi. Nihoyat imtixondan chiqdim. Uyga keliboq,esda qolgan savollarni tekshira boshladim. Ko'pchiligidan ko'nglim to'lgan edi. Nihoyat natijalar tayyor. Sevinchimdan ichimga sig'may, gir aylanardim. Keyin bog'ga chiqib, menga mo'ltirab qarab turgan qo'chiqorim bilan vidolashdim😉
Maftuna Raximova
Urganch davlat universiteti
Xorijiy filologiya fakulteti
👉🏼@UrDU_Ijodkor_Talabalar
#Talabalar_ijodidan
Urganch davlat universiteti
Tabiiy fanlar fakulteti talabasi
Nazarova Shoira
👉🏼@UrDU_Ijodkor_Talabalar
#Talabalar_ijodidan
Urganch davlat universiteti
Tabiiy fanlar fakulteti talabasi
Nazarova Shoira
👉🏼@UrDU_Ijodkor_Talabalar
#Talabalar_ijodidan
"ZULFIYA IZDOSHIMAN"
Shirin so'zi mehrim tortgan,
Yurt qayg'usin bilib aytgan.
Olg'a qadamlar bosgan,
Zulfiya izdoshiman.
So'zda turuvchi mardman,
To'marisga dilbandman.
O'zbekka xon farzandman,
Zulfiya izdoshiman.
Buyuk bobom Navoiy,
Yuksalishdir shiori.
Shoiralar yoshiman,
Zulfiya izdoshiman.
Ezgulikka talpinar yurak,
Yurakka tugdim tilak.
Momolar misli malak
Zulfiya izdoshiman!!!
Maftuna Raximova
Urganch davlat universiteti
Xorijiy filologiya fakulteti
👉🏼@UrDU_Ijodkor_Talabalar
#Talabalar_ijodidan
Oqqush bo'lib...
Begim, doim yoningizda bo'lsam deyman.
Sog'inmasam, mehringizga to'ysam deyman,
Qani, Marg'ilonni tashlab ketolsaydim,
Oqqush bo'lib toshkanlarga uchsam deyman!
Ota-onam yolg'iz qizi bo'lmasaydim,
Sizni tashlab jannatlarga ketmasaydim,
Marg'ilonda sizni mazlum kutmasaydim.
Oqqush bo'lib toshkanlarga uchsam deyman!
Shirin o'g'il-qiz farzandlar bersa robbim,
Ona bo'lib boshlarini silolsaydim.
Otajonim ko'rolmadim so'nggi bora,
Bir bor onam quchog'imga bosolsaydim.
Hoji otam duolarin ololmadim,
Kelin bo'lib xizmatini qilolmadim,
Yor bo'ldim-u, yor yonida qololmadim...
Otabegim sizni baxtli qilolmadim.
Oqqush bo'lib toshkanlarga uchsam deyman...
Urganch davlat universiteti
Xorijiy filologiya fakulteti talabasi
Bekberganova Hilola
👉🏼@UrDU_Ijodkor_Talabalar
#Talabalar_ijodidan
"JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT BILAN"
Tunlar osoishta,kunlar farovon,
Bag'ringda o'syapti o'g'il va qizing,
Kelajaging uchun poydevor bo'lar,
Ezgulik haqida aytgan har so'zing.
Shunday insonlar bor,xalqim uchun der,
Vatan deganlari tinchlik g'amin yer,
Shunday insonlar bor yurtini buzar,
O'z xalqiga qarshi isyonlar tuzar.
"Terror" degan illat paydo bo'ldida,
Yovuzlik ko'paydi endi jahonda.
Ular qo'llariga miltiqni olib,
Buzg'unchilik qilar endi har yonda.
Bir yonda bolalar yig'isi tinmas,
Bir yonda vaxshiylar shafqatni bilmas.
Terror noming o'chsin seni ilohim,
Musulmonni qo'llab turgin Ollohim.
Jaholatga qarshi kurashgin doim,
Ezgulik tomonga olg'a borgin sen.
Bunday jahannanga bosmagil qadam,
Yurting bayrog'ini ko'targin shahdam.
Doimo ogoh bo'l, aziz talaba,
Loqaydlikdan ham bo'l hamisha yiroq.
O'qish-izlanishdan hech qachon qolmay,
Ezgulikning porloq nurlariga boq.
Har doim xalqimning ishonchin oqlab,
Ko'klarga ko'taray uning bayrog'in.
Sarhadlarni ham bardam qo'riqlab,
Yashnatib yuboray uning bog'-rog'in.
O'zbekiston menga har dam azizdir,
Bu yerga to'kilgan kindik qonim.
Shu yurtning suyukli farzandidirman,
Shu xalq uchun mening fidodir jonim!!!
Maftuna Raximova
Urganch davlat universiteti
Xorijiy filologiya fakulteti
👉🏼@UrDU_Ijodkor_Talabalar
DIQQAT E'LON!
Muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism tavsiyanomasi asosida Urganch davlat universitetiga to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan kontrakt summasining 35 foizi bilan qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish yuzasidan universitet boshlang‘ich tashkiloti xujjatlar qabul qilishni boshlaganini ma‘lum qilamiz.
Eslatma: Moddiy rag‘batlantirishga davogar talabalar Ittifoq boshlang‘ich tashkiloti faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan bo‘lishi hamda fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 71 foizdan yuqori bo‘lishi kerak.
Xujjatlar 2021-yil 15-fevral soat 17:00 ga qadar qabul qilinadi.
✅ Urganch davlat universiteti rasmiy telegram kanaliga obuna bo‘ling!
Manzil: @UrDU_YOSHLAR
#Talabalar_ijodidan
**
Uydagi muammolar, kantrakt muammosi, singlim bilan gap talashganim, kimdandir kònglim qolgani, shu kabi muammolar girdobida òtirarkanman yaqin dugonam hayolimni bòldi
-ahvoling yaxshimi senga nima bòldi..
Bor kuchimni tòplab bir sòz deyoldim xolos..
-hammasi yaxshi...
Unutmang, muammolarning yagona yechimi òzimiz...
Ruzmetova Habiba
Urganch Davlat Universiteti
Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti talabasi
👉🏼@UrDU_Ijodkor_Talabalar