universitet_yoshlari | Неотсортированное

Telegram-канал universitet_yoshlari - 𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

2420

@Navoiy_uni_uz 🏛️ @prTSUULL 📎 @yosholimlarjamiyati⚡ @NavoiyNigoh 📷 @tasvirvatajalli 🎨 @Kitobxonlar_klubi_TSUULL 📚 @Audio_kitob_javoni 🎙️ @audiokitoblaruz 🎙️

Подписаться на канал

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#Rektorga_maktublar

Ma'lumki, Turkiy tilli davlatlarning oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun ORHUN ta'lim dasturi joriy qilingan. Ushbu dastur doirasida Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabasi Sevinch Qayumova hamda O'zbek filologiyasi fakulteti talabasi Munisa Rafiqjonova ayni damda Turkiyaning Egey universitetida tahsil olishmoqda. Munisa Rafiqjonova universitetimiz rektoriga ta'lim jarayoni va safar taassurotlari haqida yozgan maktubini e'tiboringizga havola qilamiz:

"Assalomu alaykum, ustoz. Yaxshimisiz?
Turkiya, Izmir Ege universitetiga o’qishga kelgan talabangizman. Yaxshi yetib keldim. Yotoqxonalar, ovqatlanish hammasi juda yaxshi, Xudoga shukur.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

/channel/FILOLOGIYAMATBUOT/5613

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Ilm olishga intiluvchan talabalar diqqatiga! 🤩

Universitet ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi talabalar bilan VOLONTYORLIK asosida hamkorlik faoliyatini eʼlon qiladi!

3 xil yo'nalishda shogirdlar va volontyorlar qidirilmoqda
- Excel va hisob - kitobni yaxshi bilish,
- Grafik dizaynda ishlay olish,
- Ijtimoiy tarmoqlarda ishlay olish, kopirayterlik qobiliyati

Talablar: 📌
• Berilgan vazifalarni sifatli va o'z vaqtida bajara olish,
• Erkin fikrlash va muammoga yechim bera olish,
• Mas'uliyat bilan yondashish

Siz nimalarga ega bo'lasiz? 😎
- Jamoa bo'lib ishlash va tajriba orttirish 👨🏻‍💻
- Sifatli ta‘limga qaratilgan loyihalar yaratishda ishtirok etish 📈
- Ijtimoiy tarmoqlarda ishlay olish amaliyotini o'tash 📲
- Eng iqtidorli talabalarga keyingi ish faoliyatlari uchun tavsifnoma 📝

Murojaat uchun: 👇👇👇
@YuldashevY

Maqsadimiz iqtidorli talabalarni bir jamoaga birlashtirib, ularga bu sohalarda rivojlanishlari uchun yordam berish va ularning erkin fikr almashib, ilm olishlariga sharoit yaratib berish.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

📣 Bugun 11-oktyabr – Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida "Zakovat oʻyini" boʻlib oʻtadi.

🏆11-oktyabr — chorshanba kuni "Zakovatga qiziqadigan yoshlar" tomonidan "Zakovat" oʻyini oʻtkaziladi.

Oʻyinda g‘olib bo‘lgan jamoaga tashkilotchilar tomonidan sovgʻalar beriladi

📆 11-oktyabr kuni soat 10:30da bo‘lib o‘tadi.

📍"Zakovat " o‘yinlari A blok WiFi zonada o‘tkaziladi.

P/s: Qatnashmoqchi bo'lgan jamoalar eng kamida 3 ta, ko'pi bilan 5 kishidan iborat jamoa shakllantirib belgilangan vaqtda belgilangan joyda bo'lishlari so‘raladi.

Olg'a qizlar🔥

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#stipendiya_Uzcard

Quyidagi ro'yxatda ism familiyasi keltirilgan talabalar stipendiyasi Uzcard kartalariga tushirilgan.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

🔥🔥🔥

#stipendiya_naqd

Quyidagi ro'yxatda ism familiyasi keltirilgan talabalar stipendiyasini 10-oktyabr (bugun) soat 10:00 dan boshlab 119-xonadan naqd pul ko'rinishida olishi mumkin.

P.S. Ushbu ro'yxatda I kurslar ham mavjud.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

⚡️“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2023-yil uchun 2-stipendiya tanlovini e’lon qildi

Tanlov 345 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagi bosqichlarda ta’lim olishlari mumkin.

👉 bakalavriat ta’lim dasturi uchun 22 nafar o‘rin;
👉 magistratura ta’lim dasturi uchun 193 nafar o‘rin;
👉 doktorantura ta’lim dasturi uchun 130 nafar o‘rin.

📩Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 10-oktyabridan 10-noyabriga qadar onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.

📥 Nomzodlar uchun barcha zarur maʼlumotlar Jamgʻarmaning onlayn hujjat topshirish platformasida batafsil yoritib berilgan: http://admission.eyuf.uz.

☎️Qo'shimcha ma`lumot uchun:
71 203 14 41 71 203 00 47
71 203 00 48 71 203 00 53

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

⚡️⚡️⚡️

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining XIX yozgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan O'zbekiston delegatsiyasiga tabrigi

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Ingliz tilidan yaxshi repetitor qidiryapsizmi? Unda bu kanal aynan Siz uchun👇👇👇

/channel/IELTS_Assisstant

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Special Report on the Opening Ceremony of the "Uzbek Language and Culture" Center at the Osh State University in the Kyrgyz Republic

Source: oshsu.kg

Stay tuned to our channels for more information👇

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

🇺🇿Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi ta’lim muassasalari pedagog xodimlari va talabalari o‘rtasida “Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi!

🗣Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:
🔵1) Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi;
🔵2) Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra;
🔵3) Eng yaxshi tyutori;
🔵4) Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi;
🔵5) Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi.

Tanlov g‘oliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇BHMning 45 barobari miqdorida pul mukofoti;
🥈BHMning 40 barobari miqdorida pul mukofoti;
🥉BHMning 35 barobari miqdorida pul mukofoti;

Tanlovda ishtirok etish istagidagilar 15-oktabrga qadar OTMlardagi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#oʻzbek_tili #xalqaro_etirof

4-oktabr kuni Qirg'iz Respublikasining O'sh davlat universitetida ikki qardosh mamlakat doʻstligining ramzi oʻlaroq O'zbek tili va madaniyati markazi ochildi.
Ushbu quvonchli tarixiy kunda ikki mamlakat o'rtasidagi adabiy-madaniy aloqalar rivojiga munosib hissa qo'shgani uchun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinovga Oʻsh davlat universiteti faxriy professori unvoni topshirildi.

Batafsil:

👉Oʻzbekcha
👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#madaniy_hordiq

Hurmatli ustozlar va talabalar! bugun soat 17:30 da O'zbek Milliy akademik draam teatrida "O'zgalar dardi" spektakli namoyish etiladi.

Barcha qiziqqanlarni taklif qilamiz.
Kirish bepul

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#ota_onalar
#Kongress

UNIVERSITETIMIZDA I OTA-ONALAR KONGRESSI ISH FAOLIYATINI BOSHLAYDI

Hurmatli ota-onalar. Universitet va ota-onalar o'rtasida muloqot maydonini yanada kengaytirish maqsadida joriy yilning 7-oktyabr kuni soat 10:00 da universitetimizning 212-ma'ruzalar I OTA-ONALAR KONGRESSI ish faoliyatini boshlaydi. Kongress faoliyati davomida universitet rahbariyati, professor-o'qituvchilar hamda tajribali psixologlar bilan uchrashuv, badiiy chiqishlar tashkil etiladi.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Aziz hamkasblar,  zahmatkash ustozlar, ziyolilar!
 
Sizni umumxalq bayrami – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklab, o‘zimning yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etishdan baxtiyorman. Universitetimizning har bir professor-o‘qituvchisi o‘z kasbining,  o‘z ilm sohasining yetuk mutaxassisi ekanligini O’zbekiston va Jahonda qayd etayotgan ko‘rsatkichlarimiz dalillab turibdi.  Bularning barchasi sizning tinimsiz mehnatingiz,  izlanishlaringiz samarasidir. 
Davlatimiz, jamiyatimiz Siz – Ustozlarning Vatanimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan katta hissangizni, mas’uliyatli faoliyatingizni yuksak baholaydi va qadrlaydi. Fursatdan foydalanib, Sizga sihat-salomatlik, oilangizga baxt-u saodat, ezgu ishlaringizda yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Barchangizga bayram muborak bo'lsin,  azizlar!

Shuhrat Sirojiddinov
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU rektori, filologiya fanlari doktori, professor.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#qiziq

Nobel posterlarini kim tayyorlaydi?

Men har yili Nobel mukofoti sohibiga aylangan olimlar-u ijodkorlarning suratlarini shunchaki grafik dizaynda tayyorlashsa kerak, deb oʻylardim.

Chuchvarani xom sanabman: postlerlarda ishlatiladigan oʻziga xos portretlar qoʻl mehnati boʻlib, ularni Niklas Elmehed degan rassom chizar ekan.

Yuqoridagi suratlarda gʻoliblarning portretlarini ishlayotgan Niklas Elmehedni koʻrishingiz mumkin.

@usmonosphere

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#ilmiy_faoliyat

❗️Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-pedagog kadrlar bo‘limi, Yosh filolog olimlar jamiyati tomonidan 2023-yil 30-noyabrda “Filologiya masalalari – yosh tadqiqotchilar nigohida” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Axborot xati bilan tanishing!

Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#TAQDIMOT

Barcha kitobsevarlarni O'zbekiston Qahramoni, yozuvchi va tarjimon Ibrohim G'afurovning yangi tarjimasi Fyodor Dostoyevskiy qalamiga mansub "Ayrilmas er" asari taqdimotiga taklif qilib qolamiz! 😊

📙 «Ayrilmas er»
📆 12-oktyabr, 10:30 da
📍 Chilonzor 8, Qatortol 60.
Geolokatsiya

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

❗️❗️❗️ E'lon ❗️❗️❗️

"New Beginner"

yangi guruh ochish rejalashtirilyapti

Dushanba Chorshanba va Juma kunlari soat 18:10-21:00 oraligida darslar bolib o'tadi.

Ustoz: Sattarova Nodira shaxsiy IELTS natija 7

Malaka: 3-yil dars berishim

Manzil: Universitet hududi, turniketdan kirishda, o'ng tomon, 204-xona


Ro'yhatdan o'tishga shoshiling!

Qiziqganlar @Serious_entrepreneur ga murojaat qiling
O'rtoqlaringizga jo'natishni unutmang!

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#stipendiya_Humo

Quyidagi ro'yxatda ism familiyasi keltirilgan talabalar stipendiyasi Humo kartalariga tushirilgan.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

https://oyina.uz/uz/article/2098

Kecha adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori nomi eʼlon qilinganidan keyin sizda ham “Kim boʻldi bu Yun Fosse?” degan savol tugʻilganmidi?

Bugun aksariyat kitobxonlarning savollariga javob berish maqsadida norvegiyalik yozuvchi va dramaturg hayoti va ijodi haqida universitetimiz magistri Shohrux Usmonov maqola yozibdi va ushbu maqolani oyina.uz e'lon qilibdi. Marhamat!

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#erasmus #xalqaro_hamkorlik #yevropada_talim

🇪🇺 2023-yilning 9-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi va Erasmus+ milliy ofisi tomonidan tashkil etilgan 2-ta'lim ko‘rgazmasi bo'lib o'tdi.

Batafsil:


👉Oʻzbekcha
👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTubeў

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

🔥🔥🔥

Xorijda oʻqish istagi bor aziz talabalar!

Sizlarni ertaga 9-oktyabr kuni soat 9:00 da universitetimizning 212-ma'ruzalar zalida faoliyatini boshlaydigan "Yevropa ta'lim ko'rgazmasi"ning ochilish marosimi va Yevropaning ilg'or universitetlari tomonidan qilinadigan taqdimotlarga taklif etamiz.

Ta'lim koʻrgazmasining ochilish marosimida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining 1-o'rinbosari Komiljon Karimov hamda Yevropa Ittifoqi elchisi Sharlotta Adrean ishtirok etadi. Barcha qiziquvchilarni koʻrgazmaga taklif qilamiz. Xorijda magistratura yoki doktorantura oʻqish istagi borlar uchun ayni muddao.

P.S. Yuqoridagi taqdimot orqali qaysi universitetlar bilan tanishish, ta'lim dasturlari haqida boxabar bo'lish haqida ma'lumot olishingiz mumkin.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Universitetimiz professori, Oʻzbek adabiyoti tarixi kafedrasi mudiri Nurboy Jabborov ustozimizning "Til, adabiyot, ma'naviyat" mavzusidagi suhbatini e'tiboringizga havola etamiz!


https://youtu.be/DwhSDiZ1QBQ?si=c5WgqUxih-D5m1qZ

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

💥Ajoyib sovgʻalarga boy EVENT!

Ingliz tilini QIZIQARLI usulda oʻrganmoqchilar uchun Productive School oʻquv markazimizda BEPUL EVENT tashkil qilyapmiz!

🎉FUN WEEKEND

General English darajasidagi oʼquvchilar uchun ajoyib darslar!

✔️ Qiziqarli oʻyinlar
✔️ Yutuqli musobaqa
✔️ Foydali darslar
✔️ interaktiv mashgʻulotlar
✔️ Eksklyuziv sovgʻa - Ingliz tilidagi mashhur kitoblar

Oʻrinlar soni - faqatgina 140ta!

Event soʻnggida yangilangan General English kursimiz taqdimotini ham qilamiz!

🔥Oʻz oʻrningizni band qilish uchun shoshiling! Murojaat: @ProSchool_Info

📖Telegram | 📷 Instagram

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

​​Oʻqituvchiga ham, oʻquvchiga ham birday muhim: esse qanday yoziladi?

Soʻnggi paytlarda esse atamasi faol isteʼmolga kirdi. Endi uni yozuvchi yoki publitsistlar emas, oʻqituvchilar va oʻquvchilar ham tez-tez qoʻllay boshladi. Bu Gʻarb taʼlimiga xos boʻlgan esse yozish anʼanasining kirib kelgani va ommalashgani bilan bogʻliq. Rivojlangan mamlakatlar oliy oʻquv yurtlarida oʻqishga kirish uchun yoki IELTS kabi til bilish salohiyatini baholovchi imtihonlarda esse yozish topshiriqlari beriladi.

Bu shakldagi sinov mashqlari Oʻzbekistonda ham ommalashyapti. Masalan, milliy sertifikat olish istagida boʻlgan oʻqituvchilardan esse yozish soʻralyapti.

“Daryo” nashrida ushbu yozma ish turining xususiyatlari, uni yozishda nimalarga eʼtibor berish zarurligi haqida soʻz yuritdim.

Bu mavzuda yozishimni kanal oʻquvchilari ham koʻp soʻragan edi. Marhamat, oʻqing, uqing. Foydasi tegsa, xursand boʻlaman.

Mavzuga qiziqadigan, essega ishi tushadigan tanishlaringizga ham shu xabarni yuborib qoʻying.

👉 http://dy.uz/HEdac

@oriftolib

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Assalomu alaykum!

Turk tilini to‘g‘ri manzilda, to‘g‘ri shaklda o‘rganing!

Turk tilini o‘rgatuvchilar safi ancha kengaydi. Lekin hammasi ham ishonchli emas, vaqtingiz va naqdingizni qurbon qilishga arzimaydi! (Mayli, har kimning o‘z “haqiqat”i bor...)

Turk tili o‘zbek tiliga yaqin bo‘lgani bilan uni o‘rganish turli reklama afishalarida aytilayotgani kabi oson emas. Sabr qilib, oxirigacha sobit tura olganlargina bu vazifaning uddasidan chiqadi!

Uzoq yillardan buyon Turkiyada aynan pedagogika yo‘nalishida ta’lim olib, Turkiya muhitida yashab kelayotgan, 400 dan ortiq shogirdlarni tayyorlagan Numon Nasrullayev oktyabr oyi uchun yangi guruhlarga qabul boshlanganini e’lon qiladi!

A1 daraja darslari 8.10.2023 (Yakshanba) soat 18:00'da boshlanadi.

Hoziroq bog‘laning! Toʻliq maʼlumotlarni @NUMONNASR manzilidan olishingiz mumkin. Birinchi dars mutlaqo tekin!

Ishoning, birgalikda uddalaymiz!

@NumonNasrullayev

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

https://www.youtube.com/watch?v=xLdCJ72aQH0

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#raqamli_universitet #raqamli_kutubxona

❗️Aziz talabalar, siz endilikda universitet kutubxonasiga bormasdan turib ham ARMga a’zo boʻlishingiz mumkin. Buning uchun qoʻlingizdagi gadjetlar 📲 kifoya!

👩‍💻 Bundan tashqari sizning vaqtingizni tejash maqsadida elektron kutubxona orqali zarur kitobni oldindan buyurtma qilishingiz mumkin. ARM xodimi buyurtmangizni siz to kutubxonaga borguningizgacha shay qilib qoʻyadi. Siz ortiqcha kutib, izlanib oʻtirishingizga hojat yoʻq.
🕹 Kitobni oldindan buyurtma qilasiz!
📚 ARMga borib, ism-sharifingizni aytasiz, kitobni olasiz va foydalanasiz.
📖 Buning uchun siz yuqoridagi yoʻriqnomadan foydalanishingiz mumkin.

⏳ Universitet Axborot-resurs markazi sizning vaqtingizni qadrlaydi!

Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#ehtirom

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan talabalarimizning kasb bayramini nishonlayotgan ota-onalariga maktub yo‘lladi.

Yurtimizning barcha hududlari bo‘ylab maktublar o‘z egalariga yetib bordi.



With regards to 1st of October - the Day of Teachers and Mentors, the rector of Alisher Navoi Tashkent State University of Uzbek Language and Literature wrote letters to the parents of students who are celebrating their professional holiday.

The letters have reached their addressees in all regions of our country.



В связи с 1 октября - Днем учитетелей и наставников ректор Ташкентского государственного университета узбекского языка и литературы имени Алишера Навои написал письма родителям студентов, которые отмечают свой профессиональный праздник.

Письма достигли своих адресатов по всем регионам нашей страны.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал