tvtalimkasaba | Неотсортированное

Telegram-канал tvtalimkasaba - Таълим касаба уюшмаси

4746

Тошкент вилояти таълим ва фан тизимидаги касаба уюшма аъзолари учун ҳуқуқий, услубий тавсия ва маслаҳатлар.

Подписаться на канал

Таълим касаба уюшмаси

Dekret dekretga ulansa...
#savolimbor Assalomu aleykum yordamilar kerak edi xodim 2 yoshgacha bola parvarishlash ta'tilida yana xomiladorlik va tug'ish varaqasini olib keldi unga xomiladorlik va tug'ish nafaqasi to'lanadimi va nechi foiz davlat tashkilotida

Asos: 2667 yo'riqnoma 29-band, VMQ 314 1-ilova 35-bandi

/mehnathuquqi audio javobi : аудио да


@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

Diqqat❗️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.12.2023 yildagi PF-213-son “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoniga ko’ra, 2024-yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dekabr oyida dam olish kunlari quyidagi tartibda ko‘chirilgan:

14-dekabr — shanba kunidan 30-dekabr — dushanba kuniga.

⚠️ Ya’ni bu degani, 14-dekabr — shanba kuni 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi, buni hisobiga 30-dekabr — dushanba kuni esa dam olish kuni bo’ladi.

Demak, hurmatli kadroviklar buyruqlarga xushyor bo’lamiz! 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar esa shunga qarab reja qilinglar ishlarni! 14-dekabr shanba kuniga dacha gaplashilgan bo’lsa, “otmen” qilinglar)) Yana intizomiy jazo olib yurmanglar!

6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun esa 30-dekabr — dushanba kuni qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.

31-dekabr — seshanba esa barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) qo‘shimcha dam olish kuni.

Shunda Yangi yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar ketma-ket 5️⃣ kun, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar esa ketma-ket 4️⃣ kun dam olishadi.

1️⃣. 28-dekabr — shanba (5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunliklar uchun esa ish kuni)
2️⃣. 29-dekabr — yakshanba
3️⃣. 30-dekabr — dushanba
4️⃣. 31-dekabr — seshanba
5️⃣. 1-yanvar— chorshanba — Yangi yil.



@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

#savolimbor Xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmoqda, lekin xodimni ta’tildan qarzdorligi bor. Xodim ta’tildan qarzdorligini to’lamoqchi emas? Qanday yo’l tutaylik?

/mehnathuquqi javobi 📤

✅ MK 269-moddasi 2-qismi 6-bandiga ko’ra, xodim qaysi ish yili hisobiga ta’til olib bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha yil tugaguniga qadar mehnat shartnomasi bekor qilinganda ta’tilning ishlab berilmagan kunlari uchun xodimning yozma roziligidan qat’i nazar, ish haqidan ushlab qolish amalga oshiriladi.

Ushlab qolinadigan summa bo’lmasachi? Bu holatda xodim ixtiyoriy to’laydi. Agar xodim ixtiyoriy to’lamasa, sud tartibida undiriladi! Xodimni sudga bering.

⚠️ ❌ Diqqat! MK 269-moddasi 3-qismiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tilining ishlab berilmagan kunlari uchun ushlab qolishlar mehnat shartnomasi ushbu Kodeks 137-moddasining to‘rtinchi qismida, 143-moddasining ikkinchi qismida, 146-moddasining beshinchi qismida, 161-moddasi ikkinchi qismining 1, 2 va 3-bandlarida, 168-moddasi birinchi qismining 1, 2, 6, 8 va 9-bandlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, shuningdek xodimning tashabbusi bilan ushbu Kodeks 160-moddasining sakkizinchi qismida ko‘rsatilgan uzrli sabablar mavjud bo‘lganda bekor qilingan taqdirda amalga oshirilmaydi. Basharti ishga qabul qilishga doir belgilangan qoidalarning buzilishi yoxud yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatning davom etishiga monelik qiluvchi holatlarning yuzaga kelishi xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) bilan bog‘liq bo‘lmasa, mehnat shartnomasi ushbu Kodeks 168-moddasining 4 va 5-bandlariga ko‘ra bekor qilinganda ham bunday ushlab qolish amalga oshirilmaydi.

❗️E’tiboringizga xuddi shu masala bo’yicha sud materialini taqdim qilamiz! Fuqarolik ishlari boʼyicha Shovot tumanlararo sudi 08-08-2023-yilda ko’rilgan 2-2203-2305/5288 sonli ishi (https://public.sud.uz/report/CIVIL). Unga ko’ra, daʼvogar Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasining «UzAuto Motors» АJning manfaatida javobgar D.X.ga nisbatan pul undirish haqidagi daʼvo arizasi to'liq qanoatlantirilgan.

D.X. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodim tashabbusiga ko’ra bekor qilingan, D.X. bilan mehnat taʼtili olib boʼlgan davr uchun ish yili tugamasdan turib mehnat shartnomasi bekor qilinganligi oqibatida taʼtilning ishlanmagan davrga tegishli kunlari uchun 760 453 soʼm miqdorida debitorlik qarzdorlik paydo boʼlganligi, javobgarga ushbu qarzdorlikni ixtiyoriy toʼlash yuzasidan talabnoma yuborilgan boʼlsada, oqibatsiz qoldirganligini bildirib, suddan mazkur daʼvo arizani davlat boji toʼlovisiz ish yurituvga qabul qilishni, javobgardan «UzAuto Motors» АJ foydasiga 760 453 soʼm va pochta harajati uchun toʼlangan 33.000 soʼm undirish haqida hal qiluv qarori chiqarishni, ishni palata vakili ishtirokisiz koʼrib chiqishni soʼragan. Sud da’vogarning pul undirish haqidagi daʼvo arizasini to’liq qanoatlantirgan.

Javobgar D.X. dan «UzAuto Motors» АJ foydasiga 760 453 soʼm,  pochta xarajati uchun toʼlangan 33.000 soʼm , davlat foydasiga 330.000 soʼm davlat boji undirilgan.

⚠️ Demak, xodim qarzdorlikni ixtiyoriy tartibda to’lasa to’ladi, aks holda sud tartibida undirilishini tushuntiringlar! Sud tartibida undirilsa xodim qarzdorlikdan tashqari, davlat boji va pochta xarajatlarini ham to’laydi!

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

Bog‘chalardagi moliyaviy xato va uning oqibati

@Yurist_Xizmati 4826-савол:

Assolomu alaykum savolim bor, bog’cha masalasida bo’ldi yaqinada bir bo’lib o’tgan tekshiruvda bir endi moliyaviy xatolar chiqti 350million so’m, prokuraturada tergov jarayoni ketyapti va Zavxozdi qamalish bilan taxdid qilindi, Zavxoz 100million pul to’ladi qolgani qoldi,bolalar puli badal puli rahbari yig’ib yurardi lekin pul topshirilmagan oylar davomida Rahbari imzo qo’ydirib yuravergan zavxoziga Fakturalarga,savolim shunday Zavxoz ayol kishir Saxar kasalligi bor og’ir darajasi qanaqadur yordam bo’ladimi qamalmaslik uchun?Misol shaxarda chiqmaslik qog’ozmi yoki uyda utirishlikmi? Qanday yo’l tutiladi?

YURIST JAVOBI:

Ushbu holatda jinoyat alomatlari tegovga qadar tekshiruv va surishtiruv natijasida sudning hukmi bilan jazo tayinlanadi. Biroq, savolingizdan, Jinoyat kodeksining 167-moddasi tarkibi mavjud deb hisoblaymiz.

Unga ko’ra, aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bo‘lgan o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish, — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Yuqoridagi modda sanksiyasiga muvofiq, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq jazo ko’zda tutilmagan.

Endi qarang! Kodeks 55-moddasiga binoan, Quyidagi holatlar jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb topiladi:

a) aybni bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilish, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish yoki jinoyatni ochish uchun faol yordam berish;
b) yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish;
v) og‘ir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki boshqa mushkul ahvolda jinoyat sodir etish;
g) majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoxud boshqa jihatdan qaramlik sababli jinoyat sodir etish;
d) jabrlanuvchining zo‘rlik, og‘ir haqorat yoki boshqacha g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida jinoyat sodir etish;
e) zaruriy mudofaaning, oxirgi zaruratning asosli chegarasidan chetga chiqib jinoyat sodir etish, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashda, kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilikda zarar yetkazish;
j) voyaga yetmaganning jinoyat sodir etishi;
z) homilador ayolning jinoyat sodir etishi;
i) jabrlanuvchining g‘ayriqonuniy yoki axloqqa zid xulq-atvori ta’siri ostida jinoyat sodir etish.


Jazo tayinlashda sud ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa holatlarni ham yengillashtiruvchi holat deb topishi mumkin.

Shunday ekan, sud ushbu kasallikni va to’langan zarar miqdori e’tiborga olishi mumkin.

P/s: zavxosning harakatlarida aynan ushbu jinoyat alomati mavjud deb 100% ayta olamyamiz. Sababi, holat tergov orqali yanada aniqlashtiriladi va hukmni e’lon qilish sudning vakolatida. @TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

Таътил пулига оид муҳим маълумот.

Вазирлар Маҳкамасининг 2024 йил 14 ноябрдаги 758-сонли қарори билан “Алоҳида ҳоллар учун ходимларнинг ўртача иш ҳақини ҳисоблаб чиқаришнинг ўзига хос хусусиятлари тўғрисида”ги низом тасдиқланди.

Мазкур низомда йиллик меҳнат таътили берилганда олдиндан тўланадиган ўртача иш ҳақи миқдоридаги таътил пулини ҳисоблаш масаласига ҳам алоҳида тўхталиб ўтилган.

Жумладан, Низомнинг 8-бандида “ходимга ҳар йилги меҳнат таътили учун ҳақ тўлаш ва фойдаланмаган таътил учун пуллик компенсация тўлаш учун (шу жумладан, иш вақти жамлаб ҳисобга олинганда) ўртача иш ҳақи Меҳнат кодексининг 257-моддаси ўнинчи қисмига мувофиқ ҳисобланган ўртача кунлик иш ҳақини таътил кунлари, шу жумладан, фойдаланмаган таътил кунлари сонига (якшанба ва байрам кунларидан ташқари) кўпайтириш орқали белгиланади. Бошқа ҳолларда ўртача иш ҳақи ўртача кунлик иш ҳақини иш кунлари сонига кўпайтириш орқали белгиланади” дейилмоқда.


Эътибор берган бўлсангиз, меҳнат таътили бўйича ўртача иш ҳақини ҳисоблашда эндиликда якшанба куни ҳисобланмаслиги белгиланмоқда. Ушбу қарор 2024 йил 15 ноябрь кунидан кучга кирди.

Мазкур қарор лойиҳаси муҳокамалар порталига қўйилган вақтда ва то Ҳукуматга киритилгунига қадар Низомнинг 8-банди мана бундай таҳрирда эди:

“Ходимга ҳар йилги меҳнат таътили учун ҳақ тўлаш ва фойдаланмаган таътил учун пуллик компенсация тўлаш учун (шу жумладан, иш вақти жамлаб ҳисобга олинганда) ўртача иш ҳақи Меҳнат кодексининг 257-моддаси ўнинчи қисмига мувофиқ ҳисобланган ўртача кунлик иш ҳақини таътил кунлари (шу жумладан, фойдаланмаган таътил кунлари) сонига кўпайтириш орқали белгиланади. Бошқа ҳолларда ўртача иш ҳақи ўртача кунлик иш ҳақини иш кунлари сонига кўпайтириш орқали белгиланади”.


Яъни, дастлаб ҳужжат лойиҳасида “якшанба кунидан ташқари” деган нарса йўқ эди. @TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

#Амал_қилинг

🖥 Қонунчиликка кўра, ўзганинг компьютер ускунасини ёки хизматда фойдаланиладиган компьютер ускунасини қасддан ишдан чиқариш, худди шунингдек компьютер тизимини бузиш (компьютер саботажи) 3 йилгача муайян ҳуқуқдан маҳрум қилиб, қуйидаги жазо чораларидан бири билан жазоланади:

🔸БҲМнинг 300 бараваридан 400 бараваригача (102 млн сўмдан 136 млн сўмгача) миқдорда жарима;

🔸2 йилгача озодликни чеклаш ёхуд;

🔸2 йилгача озодликдан маҳрум қилиш.

‼️Қонунни билмаслик жавобгарликдан озод қилмайди... @TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

Ishga qabul qilishda kimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?

▪️homilador ayol, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayol yoki 3 yoshga to‘lmagan bolani yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ota (vasiy);

▪️zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslar;

▪️davlat grantlari asosida o‘qigan va oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 3 oy ichida yo‘llanma bo‘yicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;

▪️tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 1 yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;

▪️6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;

▪️18 yoshga to‘lmagan shaxslar;

▪️ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar bo‘yicha bekor qilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslar;

▪️ishlab chiqarishda o‘qitish shartnomasi bo‘yicha ushbu ish beruvchida o‘qishni o‘tagan o‘quvchilar.

👉batafsil
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️Ҳомиладор аёллар учун “Оналар маскани” хизмати йўлга қўйилади


“Болаларни ижтимоий ҳимоя қилиш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ-185-сон, 14.11.2024 й.) қабул қилинди

🔰Фармонга кўра, 2025 йил 1 январдан бошлаб:

➖меҳрибонлик уйлари ва болалар уйларига кам таъминланган оилаларнинг фарзандларини вақтинчалик қабул қилиш тартиби бекор қилинади;

➖етим ва ота-она қарамоғидан маҳрум бўлган ёшларга таълим олиш, бандлигини таъминлаш, даволаниш ҳамда уй-жой шароитларини яхшилаш учун ижтимоий ёрдам кўрсатилади;

тутинган ота-оналарни тайёрлаш курсларига етим болалар ва ота-она қарамоғидан маҳрум бўлган болаларни фарзандликка олиш истагини билдирган номзодлар ҳам қамраб олинади;

➖босқичма-босқич Андижон вилояти, Тошкент шаҳри ҳамда Самарқанд вилоятида кичик ҳажмли болалар уйи ташкил этилади;

“Меҳр дафтари” жамғармалари тугатилади.

🗓2025 йил 1 февралдан бошлаб фарзандини тарбиялашдан воз кечмоқчи бўлган оналар, шу жумладан, ҳомиладор аёллар учун болалар уйларида “Оналар маскани” хизмати йўлга қўйилади.

➡️“Оналар маскани”да:

🔹оналар ва уларнинг болалари (4 ёшга тўлмаган) 1 йилгача бўлган муддатга ижтимоий шартнома асосида вақтинча бошпана билан таъминланади;

🔹ижтимоий, ҳуқуқий, психологик ва тиббий хизматлар кўрсатилади, оналик ва касбий кўникмалар шакллантирилади;

🔹оналарнинг касб-ҳунар эгаллаши ва бандлигини таъминлашга кўмаклашади.

Каналга уланиш👇👇👇
/huquqiyaxborot
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

❗️"Ватандош картаси"га эга шахслар Ўзбекистон ҳудудига визасиз кириши ва чиқиши мумкинлиги белгиланди
Президент Қарори (ПҚ-397-сон, 20.11.2024 й.) билан “Ватандош” гувоҳномаси ва “Ватандош” картасини расмийлаштириш, бериш ҳамда бекор қилиш тартиби тўғрисида Низом тасдиқланди

🔰 Низом билан юртимизнинг иқтисодий ва ижтимоий ҳаётида фаол иштирок этишга интилаётган ватандошларга “Ватандош” гувоҳномасини ва “Ватандош” картасини расмийлаштириш, бериш ҳамда бекор қилиш тартиби белгиланди.

"Ватандош" гувоҳномаси — хорижда истиқомат қилаётган ватандошларни рағбатлантириш шакли бўлиб, юртимизнинг иқтисодий ва ижтимоий ҳаётида фаол иштирок этаётган, мамлакатимизнинг бошқа давлатлар билан дўстона муносабатларини мустаҳкамлашга муносиб ҳисса қўшаётган, республикада хайрия (меценатлик) фаолиятини амалга ошираётган ватандошларга миннатдорчилик ва ташаккур белгиси ҳамда "Ватандош" картасини олиш учун асос ҳисобланадиган ҳужжат.

➡️Вазирлик ва идоралар томонидан таклиф ва ташаббус асосида гувоҳнома бериш бўйича тақдим этилган номзодларни кўриб чиқиш учун Комиссияга тавсиянома киритилади.

🔖"Ватандош" картаси — гувоҳнома асосида 5 йил муддатга (ватандош миллий паспортининг амал қилиш санасидан ошмаган ҳолда) бериладиган ҳамда Ўзбекистон Республикаси ҳудудида белгиланган имтиёзлардан фойдаланиш ҳуқуқини берувчи ID карта шаклидаги ҳужжат;

⚡️Картага эга ватандошларга қуйидаги ҳуқуқлар берилади:

➖Ўзбекистон Республикасига ҳудудига визасиз кириш ва чиқиш;
➖мамлакат ҳудудида кўчмас мулк сотиб олишда чет эл фуқароларига нисбатан белгиланган кўчмас мулкнинг миқдорлари татбиқ этилмайди ва Ўзбекистон Республикасида яшаш гувоҳномаси талаб қилинмайди;
➖хорижий фуқарога бериладиган меҳнат фаолиятига бўлган ҳуқуқни тасдиқловчи ҳужжатларсиз меҳнат фаолияти билан шуғулланиш;
➖Ўзбекистон Республикаси фуқаролари учун белгиланган шартларда тиббий, таълим ва бошқа давлат хизматларидан фойдаланиш.

❗️Карта эгаларининг оила аъзоларига (ота-онаси, эр (хотини) ва вояга етмаган фарзандлари) қуйидаги имтиёзлар берилади:

🔹амалдаги виза муддатини узайтиришда Ўзбекистон Республикаси ҳудудидан чиқиш заруратисиз чекланмаган миқдорда узайтириш имконияти билан давлат божи ундирилмасдан кўп марталик виза олиш;
🔹Ўзбекистон Республикаси фуқаролари учун назарда тутилган шартларда тиббий, таълим ва бошқа давлат хизматларидан фойдаланиш;
🔹вақтинча турган жойи бўйича рўйхатга олишни давлат божи ундирилмасдан ички ишлар органларида расмийлаштириш ва узайтириш.

 

     Савол юбориш учун 👇👇

     @Online_maslaxatchii
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

Deputatlar Bosh vazir o’rinbosarlarini ma’qulladi

Ochilboy Ramatov

Bosh vazir o‘rinbosari;

Jamshid Qo‘chqorov — Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri;

Jamshid Xo‘jayev — Bosh vazir o‘rinbosari;

Zulayho Mahkamova — Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi.
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

#Кадровик
Меҳнат шартномасини томонларнинг келишувига кўра бекор қилишда эътибор қаратилиши керак бўлган ҳолатлар. (Амалий қўлланма)

Ходимни ишдан бўшатишда энг мустаҳкам ишдан бўшатиш МКнинг 157-моддаси, яъни томонларнинг ўзаро келишувига кўра меҳнат шартномасини бекор қилиш деб айтилади. Сабаби бу тарзда меҳнат шартномаси бекор қилинганда, иш берувчи томонидан хатоликларга йўл қўйилмаса, ходимнинг ишга тикланиши қийин бўлади.

Иш берувчи томонидан меҳнат шартномасини МКнинг 157-моддаси билан бекор қилинганда нималарга эътибор қаратиш керак?

I. Ёзма келишув тузишни унутманг.

МКнинг 157-моддаси талабларига кўра, меҳнат шартномасини тарафларнинг келишувига кўра бекор қилиш меҳнат шартномасига доир қўшимча келишув билан ёзма шаклда расмийлаштирилади, унда меҳнат шартномаси бекор қилинадиган сана, қўшимча келишув тузилган сана ва тарафларнинг реквизитлари кўрсатилиши шарт. (Тарафларнинг реквизитлари учун МКнинг 107-моддасига қаранг)

Иш берувчилар томонидан биринчи навбатда қилинадиган хатолардан бири айни шу қоидага риоя қилмаслик. Ёзма келишув қоидасига риоя қилмаслик ходимнинг суд орқали ишга тикланишининг асосий сабабларидан бири бўлади.

II. Ходимдан ариза талаб қилманг. Талаб қилсангиз ҳам мазмуни аниқ бўлсин.

МКнинг 157-моддаси билан меҳнат шартномаси бекор қилинаётганда иш берувчилар ходимдан ариза ёздириб олишади ва бу аризанинг мазмуни

"мен билан ўз хоҳишига кўра меҳнат шартномасини бекор қилишингизни сўрайман"- деган мазмунда бўлади.
Бу мутлақо нотўғри сабаби ходим билан меҳнат шартномасини бекор қилиш МКнинг 161-моддаси билан тартибга солинади.  Агар бу ҳолатда иш берувчи ходимдан ариза ёздирса ҳам аризанинг мазмуни меҳнат шартномасини тарафлар келишувига кўра бекор қилинишини сўраши мақсадга мувофиқ. Акс ҳолда, бундай ҳаракатлар иш берувчи билан меҳнат муносабатлари ходимнинг ташаббусига кўра, яъни МКнинг 160-моддаси бўйича бекор қилинган деб тан олиниши мумкин.

III.  Меҳнат шартномаси бекор қилинганда ходимга ҳужжатларни беришни унутманг.

МК 171-моддасига кўра, иш берувчи меҳнат шартномаси бекор қилинган куни ходимга унинг меҳнат дафтарчасини ёхуд электрон меҳнат дафтарчасидан кўчирмани, шунингдек меҳнат шартномасини бекор қилиш тўғрисидаги буйруқнинг кўчирма нусхасини бериши шарт. Иш берувчи ходимнинг ёзма аризасига кўра унга иш билан боғлиқ ҳужжатларнинг тегишли равишда тасдиқланган кўчирма нусхаларини ҳам бериши шарт.

IV. Ходим билан тўлиқ ҳисоб-китобларни амалга оширинг.

Бу нима дегани? МК 172-моддасига кўра, иш берувчи томонидан ходимга тегишли бўлган барча суммаларни тўлаш ходим билан меҳнат шартномаси бекор қилинган кунда амалга оширилади. Бунда сиз ходимнинг охиригача олинмаган иш ҳақини, ходим томонидан фойдаланилмаган барча асосий ва қўшимча таътиллар учун компенсацияларни, агар меҳнат тўғрисидаги қонунчиликда ёки меҳнат ҳақидаги бошқа ҳуқуқий ҳужжатларда ёхуд меҳнат шартномасида бошқа тўловларни тўлаш назарда тутилган бўлса, ушбу тўловларни тўлаб беришингиз лозим.

Юқоридаги талабларни амалга ошириш орқали сиз меҳнат шартномасини бекор қилишнинг тартибини тўғри ва қонуний амалга оширишингиз мумкин.

Саволингизни: @yuristgamurojaat  гa қолдиринг

@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

⚡️Бюджет ташкилотлари ходимларининг меҳнатига ҳақ тўлаш ва штатлар жадвалини шакллантириш тўғрисида қарор қабул қилинди.
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

#foydali

TDYU Mehnat huquqi kafedrasi dotsenti, y.f.f.d (PhD) Raximov Miryoqub Aktamovich tomonidan Mehnat kodeksi moddalari yuzasidan ma'ruza bilan quyidagi havolalar orqali tanishib chiqishingiz mumkin:
1) 1-33-moddalari
2) 34-47-moddalari
3) 48-59-moddalari
4) 60-79-moddalari
5) 80-93-moddalari
6) 94-102-moddalari
7) 103-112-moddalari
8) 113-117-moddalari
9) 118-128-moddalari
10) 129-132-moddalari
11) 133-144-moddalari
12) 145-150-moddalari
13) 151-154-moddalari
14) 155-160-moddalari
15) 161-167-moddalari
16) 168-170-moddalari
17) 171-174-moddalari
18) 175-180-moddalari
19) 181-190-moddalari
20) 191-200-moddalari
21) 201-212-moddalari
22) 213-223-moddalari
23) 224-235-moddalari
24) 236-242-moddalari
25) 243-249-moddalari
26) 250-257-moddalari
27) 258-268-moddalari
28) 269-278-moddalari
29) 279-284-moddalari
30) 285-294-moddalari
31) 295-301-moddalari
32) 302-311-moddalari
33) 312-315-moddalari
34) 316-324-moddalari
35) 325-330-moddalari
36) 331-336-moddalari
37) 337-343-moddalari
38) 344-350-moddalari
39) 351-359-moddalari
40) 360-366-moddalari
41) 367-372-moddalari
42) 373-382-moddalari
43) 383-387-moddalari
44) 388-391-moddalari
45) 392-399-moddalari
46) 400-405-moddalari
47) 406-410-moddalari
48) 411-416-moddalari
49) 417-422-moddalari
50) 423-431-moddalari
51) 432-436-moddalari
52) 437-442-moddalari
53) 443-449-moddalari
54) 450-455-moddalari
55) 456-459-moddalari
56) 460-464-moddalari
57) 465-472-moddalari
58) 473-484-moddalari
59) 485-490-moddalari
60) 491-494-moddalari
61) 495-499-moddalari
62) 500-moddasi tahlili
63) 501-moddasi tahlili
64) 502-moddasi tahlili
65) 503-moddasi tahlili
66) 504-506-moddalari
67) 507-513-moddalari
68) 514-520-moddalari
69) 521-526-moddalari
70) 527-529-moddalari
71) 530-533-moddalari
72) 534-538-moddalari
73) 539-540-moddalari
74) 541-542-moddalari
75) 543-546-moddalari
76) 547-551-moddalari
77) 552-557-moddalari
78) 558-565-moddalari
79) 566-569-moddalari
80) 570-574-moddalari
81) 575-581-moddalari

/channel/adliyahr

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

2025 йил “Атроф-муҳитни асраш ва “яшил” иқтисодиёт йили” деб эълон қилинди.
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

Умумтаълим муассасаларида фаолият олиб бораётган ходимларнинг олган малака тоифалари фанлар кесимида татбиқ этилиши бўйича маълумот

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги @TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

❗️Нодавлат мактабгача ва мактаб ташкилотлари барча турдаги солиқ ва йиғимлардан озод қилинади

“Таълим соҳасида хусусий сектор иштирокини ошириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ-403-сон, 22.11.2024) қабул қилинди

🔰 Қарор билан 2030 йил 1 январга қадар нодавлат мактабгача ва умумий ўрта таълим ташкилотлари:

барча турдаги солиқ (бундан ижтимоий солиқ мустасно) ва йиғимлардан озод қилинади;

➖унда меҳнат фаолиятини амалга ошираётган чет эллик ўқитувчи ва мутахассислар жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғи ва ижтимоий солиқ тўламайди.

✅Шунингдек, 2030 йил 1 январга нодавлат мактабгача ва умумий ўрта таълим ташкилотларининг қуйидаги Ўзбекистон Республикасида ишлаб чиқарилмайдиган товар жиҳозларига божхона тўловлари тўланмайди (божхона расмийлаштируви учун йиғимлар бундан мустасно):

🔹замонавий ўқув ва лаборатория ускуналари;
🔹компьютер техникаси ва дастурий маҳсулотлар;
🔹ўқув ва илмий-методик адабиётлар, анжомлар ва моддий-техник ресурслар.

❗️2025 йил 1 январдан бошлаб:

➖нодавлат таълим ташкилотларига доимий жалб этиладиган педагог хорижий мутахассисларга “А-2” ўқитувчилар кириш визаларини бериш йўлга қўйилади;

➖давлат ва нодавлат таълим ташкилотлари томонидан хориждан жалб қилинган мутахассисларга меҳнат қилиш ҳуқуқини берувчи тасдиқнома бериш йиғим миқдори БҲМнинг 30 бараваридан 1 бараваригача камайтирилади.

   @TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

#savolimbor Ассалом алейкум хурматли устозлар! Саволим бор эди. Ходим 2022-2023 йиллар учун мехнат таътилига чикмаган бўлса, 2024 йилга кучирса бўладими? У мехнат таътили куймайдими?

mehnathuquqi javobi 📤:
👉❗️ MK 230-moddasiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tili har yili, ushbu ta’til berilayotgan ish yili tugaguniga qadar berilishi kerak.

Masalan, xodim 22.12.2022 dan ish boshlagan. Uning ish yili 22.12.2022 dan 21.12.2023 gacha boʼladi. Bizning misolda har yilgi mehnat taʼtili taʼtil berilayotgan ish yili tugaguniga qadar yaʼni 21.12.2023 gacha ( shu kuni ham) berilishi kerak. ❗️ Koʼpchilik mana shu oʼrinda kalendar yilga chalgʼib ketib, xodimni 31-dekabrgacha taʼtilga chiqarsam boʼladi deb, xato oʼylashadi. Yaʼni xodimni kalendar yil tugagunga qadar emas, xodimning ish yili tugaguniga qadar taʼtilga chiqarish shart ekan.

❗️Sizning holatda esa xodim ish yili tugagunga qadar ta’tilga chiqmagan. Demak, bu yerda MK 230-moddasi qoidalari buzilmoqda. Bu esa MJTK 49-moddasiga ko’ra, mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʼgʼrisidagi qonunchilikni buzish, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha (3 mln 400 ming so’mgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʼladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʼllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʼlsa, bundan bila turib gʼayriqonuniy ishdan boʼshatish mustasno, bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha (5 mln 100 ming so’mgacha)  miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

⚠️ Xodim taʼtilga chiqmaslikka rozi ekanligi haqida tilxat yoki ariza yozib bergani ham ahamiyatga ega emas. Bu jarimadan qutilib qolishga sabab bo'lmaydi....

Ta’tillar kuyadimi? Xodimning foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari “kuymaydi va yonmaydi” (Diqqat❗️ Faqatgina MK 401-moddasidagi 4 kalendar kun ta’tildan faqat tegishli ish yili davomida foydalanilishi kerak).

MK 234-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya to‘lanadi.

Shartnoma bekor qilinmasdan turib ham, ish davrida to’liq pulli kompensatsiya olsa bo’ladimi?

❌ Shartnoma bekor qilinmasdan turib, barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari uchun to’liq pulli kompensatsiya to’lab bo’lmaydi. MK 234-moddasiga ko’ra, xodimlarga ish davrida ularning xohishiga ko‘ra har yilgi mehnat ta’tili uchun ta’tilning ushbu Kodeksning 217-moddasida belgilangan eng kam davomiyligidan ya’ni 21 kundan tashqari pulli kompensatsiya to‘lanishi mumkin.

Masalan, xodimning 2022-2023-yil uchun 36 kalendar kun foydalanilmagan ta’tili bor. Shartnoma bekor qilinmasdan turib, to’liq 36 kunga pulli kompensatsiya olib bo’lmaydi. ❗️ Ish beruvchi bilan kelishib 15 kunigagina pulli kompensatsiya olish mumkin (36-21=15). Diqqat❗️ MK 234-moddasi 3-qismiga ko’ra, 18 yoshga to‘lmagan xodimlarga, I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga beriladigan ijtimoiy ta’tillarning barcha turlaridan, har yilgi uzaytirilgan asosiy mehnat ta’tillaridan, shuningdek ushbu Kodeksning 481 va 483-moddalarida nazarda tutilgan qo‘shimcha ta’tillardan asli holida foydalaniladi hamda mehnat davrida ularni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Avvalgi yillarda qolib ketgan ta’tillarni foydalansa bo’ladimi?

✅ Ha, ish beruvchi bilan kelishib avvalgi yillarda qolib ketgan foydalanilmagan ta’tillarni olsa bo’ladi.

Avvalgi yillarda qolib ketgan ta’tillarni olsa 56 kundan oshib ketsachi?

✅ Oshib ketaversin, qonun buzilmaydi. Chunki, MK 222-moddasi 2-qismiga ko'ra, barcha hollarda qonunchilik bilan belgilangan ta’tillarni jamlashda ularning davomiyligi bir ish yili uchun 56 kalendar kundan oshib ketishi mumkin emas. E'tibor berdingizmi, bir ish yili uchun 56 dan oshmasligi lozim.

@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

7 йиллик иш стажи билан 55 ёшда пенсияга чиқиш мумкинми?

@Yurist_Xizmati 4838-савол:

Ассалому алейкум пенсия ешига  2 йил колди аммо иш стажим  олдинги йилларга калхоздан 7 йил бор шунда 55 ешда чика оламанми?

ЮРИСТ ЖАВОБИ:

Пенсияга чиқишда иш стажидан ташқари ёшга оид меёр ҳам белгиланади.

Умумий қоида бўйича, ёшга доир пенсия олиш ҳуқуқига:

эркаклар 60 ёшга тўлганда ва иш стажлари камида 25 йил бўлган тақдирда;
аёллар55 ёшга тўлганда ва иш стажлари камида 20 йил бўлган тақдирда эга бўладилар.

Бу Фуқароларнинг давлат пенсия таъминоти тўғрисидаги қонуни 7-моддасида мустаҳкамланган. Шу билан бирга пенсияга чиқиш ёшини камайтириш бўйича бир қатор имтиёз бор.

Ушбу қонун 8-моддасига мувофиқ фуқаронинг камида 7 йил иш стажи мавжуд бўлган тақдирда, бор стажга мутаносиб миқдорда (29-модда) тайинланади.

Шунга кўра сизнинг 7 йиллик иш стажингиз ҳисобга олинган ҳолда, сизга 55 ёшдан пенсия тайинланиши мумкин.

@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

Xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmoqda, lekin xodimni ta’tildan qarzdorligi bor. Xodim ta’tildan qarzdorligini to’lamoqchi emas? Qanday yo’l tutaylik?

/mehnathuquqi javobi 📤

✅ MK 269-moddasi 2-qismi 6-bandiga ko’ra, xodim qaysi ish yili hisobiga ta’til olib bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha yil tugaguniga qadar mehnat shartnomasi bekor qilinganda ta’tilning ishlab berilmagan kunlari uchun xodimning yozma roziligidan qat’i nazar, ish haqidan ushlab qolish amalga oshiriladi.

Ushlab qolinadigan summa bo’lmasachi? Bu holatda xodim ixtiyoriy to’laydi. Agar xodim ixtiyoriy to’lamasa, sud tartibida undiriladi! Xodimni sudga bering.

⚠️ ❌ Diqqat! MK 269-moddasi 3-qismiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tilining ishlab berilmagan kunlari uchun ushlab qolishlar mehnat shartnomasi ushbu Kodeks 137-moddasining to‘rtinchi qismida, 143-moddasining ikkinchi qismida, 146-moddasining beshinchi qismida, 161-moddasi ikkinchi qismining 1, 2 va 3-bandlarida, 168-moddasi birinchi qismining 1, 2, 6, 8 va 9-bandlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, shuningdek xodimning tashabbusi bilan ushbu Kodeks 160-moddasining sakkizinchi qismida ko‘rsatilgan uzrli sabablar mavjud bo‘lganda bekor qilingan taqdirda amalga oshirilmaydi. Basharti ishga qabul qilishga doir belgilangan qoidalarning buzilishi yoxud yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatning davom etishiga monelik qiluvchi holatlarning yuzaga kelishi xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) bilan bog‘liq bo‘lmasa, mehnat shartnomasi ushbu Kodeks 168-moddasining 4 va 5-bandlariga ko‘ra bekor qilinganda ham bunday ushlab qolish amalga oshirilmaydi.

❗️E’tiboringizga xuddi shu masala bo’yicha sud materialini taqdim qilamiz! Fuqarolik ishlari boʼyicha Shovot tumanlararo sudi 08-08-2023-yilda ko’rilgan 2-2203-2305/5288 sonli ishi (https://public.sud.uz/report/CIVIL). Unga ko’ra, daʼvogar Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasining «UzAuto Motors» АJning manfaatida javobgar D.X.ga nisbatan pul undirish haqidagi daʼvo arizasi to'liq qanoatlantirilgan.

D.X. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodim tashabbusiga ko’ra bekor qilingan, D.X. bilan mehnat taʼtili olib boʼlgan davr uchun ish yili tugamasdan turib mehnat shartnomasi bekor qilinganligi oqibatida taʼtilning ishlanmagan davrga tegishli kunlari uchun 760 453 soʼm miqdorida debitorlik qarzdorlik paydo boʼlganligi, javobgarga ushbu qarzdorlikni ixtiyoriy toʼlash yuzasidan talabnoma yuborilgan boʼlsada, oqibatsiz qoldirganligini bildirib, suddan mazkur daʼvo arizani davlat boji toʼlovisiz ish yurituvga qabul qilishni, javobgardan «UzAuto Motors» АJ foydasiga 760 453 soʼm va pochta harajati uchun toʼlangan 33.000 soʼm undirish haqida hal qiluv qarori chiqarishni, ishni palata vakili ishtirokisiz koʼrib chiqishni soʼragan. Sud da’vogarning pul undirish haqidagi daʼvo arizasini to’liq qanoatlantirgan.

Javobgar D.X. dan «UzAuto Motors» АJ foydasiga 760 453 soʼm, pochta xarajati uchun toʼlangan 33.000 soʼm , davlat foydasiga 330.000 soʼm davlat boji undirilgan.

⚠️ Demak, xodim qarzdorlikni ixtiyoriy tartibda to’lasa to’ladi, aks holda sud tartibida undirilishini tushuntiringlar! Sud tartibida undirilsa xodim qarzdorlikdan tashqari, davlat boji va pochta xarajatlarini ham to’laydi!

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

Xodimdan kommunal toʻlovlar uchun ish haqqidan ushlab qolinadimi?

Javob
Mehnat kodeksining 269-moddasiga asosan, umumiy qoidaga ko‘ra xodimning yozma roziligi bilan, xodimning roziligi bo‘lmagan taqdirda esa ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq ish haqidan ushlab qolinishi mumkin. Ushbu moddaning ikkinchi qismida kommunal to‘lovlar (elektr energiyasi, gaz, issiq va sovuq suv) uchun ish haqidan xodimning roziligi bo‘lmagan taqdirda ushlab qolinmaydi.

Nima uchun qonunda kommunal to‘lovlar uchun ish haqidan ushlab qolish ta’qiqlangan:
1. Ish haqi xodimning shaxsiy mulkiga aylanadi. Kommunal to‘lovlar uchun xodim roziligisiz ish haqidan ushlab qolish uning mulkiy huquqlarini buzish hisoblanadi.
2. Ish haqi xodimning o‘z va oilasining yashash ehtiyojlarini qondirish uchun ajratilgan daromad manbaidir. Roziligisiz ushlab qolish ushbu maqsadga ziddir va xodimni moliyaviy qiyinchiliklarga duchor qilishi mumkin.
3. Kommunal to‘lovlar xodimning shaxsiy majburiyati hisoblanadi. Mehnat kodeksi xodimga bu majburiyatlarni qanday bajarishni tanlash huquqini beradi.

@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

Mehnat shartnomasi ish beruvchi va xodim tomonidan imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Xodim mehnat shartnomasida belgilangan sanadan e’tiboran mehnat vazifalarini bajarishga kirishishi shart.

Agar mehnat shartnomasida ish boshlanadigan kun belgilanmagan bo‘lsa, xodim shartnoma kuchga kirgan kundan keyingi ish kunida ishga kirishishi kerak.

Mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilish, shuningdek unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish qonunchilikda belgilangan tartibda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

Меҳнат шартномаси ёки келишувларида факсимиле имзодан фойдаланса бўладими?

Аслида факсимиле “ҳақиқий ижро” эмас, яъни у худдики “фонограмма” каби. Факсимиле шахснинг ўз қўли билан бажарган ҳақиқий имзосини тўлиқ тасвирлайдиган ва кейинчалик имзо ўрнига ундан фойдаланиш мумкин бўлган штампдир. Яъни, имзонинг тўлиқ тасвирини ўзида мужассам қилган штамп.

Меҳнат кодексининг 106-моддасида “меҳнат шартномасининг ҳар бир нусхаси ходимнинг ва ишга қабул қилиш ҳуқуқига эга бўлган мансабдор шахснинг имзолари билан мустаҳкамланади. Иш берувчида муҳр мавжуд бўлган тақдирда мансабдор шахснинг меҳнат шартномасининг барча нусхаларидаги имзоси муҳр билан тасдиқланади” дейилган.


Яъни, меҳнат шартномасини бир томондан ходим имзоласа, иккинчи томондан ташкилот номидан мансабдор шахс имзолаши керак. Албатта, бу қоида меҳнат шартномасини ўзгартириш, унга қўшимча киритиш ёки бекор қилишга доир қўшимча келишувларга ҳам тегишли.

Меҳнат кодексининг бу моддасида ҳам, бошқа моддаларида ҳам меҳнат шартномаси ёки келишувларига факсимиле имзо қўйиш мумкин-мумкин эмаслигига доир аниқ нормалар йўқ.

Шу ерда Фуқаролик кодексининг 107-моддасида “агар қонунчиликка ёки иштирокчилардан бирининг талабларига зид бўлмаса, битим тузиш чоғида имзодан факсимиле усулида нусха кўчириш воситаларидан фойдаланилишига йўл қўйилади” деган қоидага эътибор берамиз.


Яъни, битимларга факсимал тартибда имзо қўйилишига йўл қўйилади, фақат бунинг учун қонунчиликда чекловлар бўлмаслиги ёки шартноманинг нариги томони бунга қарши бўлмаслиги керак.

Хўш, меҳнат шартномаси ёки меҳнат келишувларига Фуқаролик кодексининг юқоридаги нормаси қўлланиладими?

Бизнингча, Фуқаролик кодексининг 2-моддаси бешинчи қисми талабларига асосан меҳнат шартномаси ёки келишувларини имзолашга доир муносабатларга ҳам фуқаролик қонунчилиги, аниқроғи, ФКнинг 107-моддасидаги норма қўлланилади. Чунки, меҳнат қонунчилигида меҳнатга доир келишувларни имзолашда факсимал имзолардан фойдаланиш масаласи тартибга солинмаган.

Демак, агар ходим томони қарши бўлмаса, ташкилот раҳбари меҳнат шартномаси ва меҳнат келишувларига факсимиле имзо қўйиши мумкин. Бироқ, унутмаслик керакки, ташкилотда муҳр бўлганда (МК 106-модда) иш берувчининг ушбу факсимиле имзоси муҳр билан тасдиқланиши шарт.

Тавсия. Агар ташкилот раҳбарлари меҳнат шартномалари ва келишувларида факсимиле имзодан фойдаланмоқчи бўлса, буни бирор-бир ички ҳужжат, масалан, буйруқ билан белгилаб қўйганлари маъқул. Маълумот учун, иш берувчининг буйруғи ҳам МК 12-моддасига асосан меҳнатга доир ҳуқуқий ҳужжат саналади.
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

#Диққат_танлов

⚡️“Huquq maktabi” танловида ғолиб бўлиб Iphone 16 Pro ютиб олинг!

🇺🇿 Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 32 йиллиги муносабати билан Адлия вазирлиги ҳамда Тошкент давлат юридик университети ҳамкорлигида “Huquq maktabi” мобиль иловасини оммалаштириш бўйича танлов эълон қилинди!

Диққат: Адлия органлари ва муассасалари ходимлари танловда иштирок этиши мумкин эмас.


📌1-йўналиш: “Huquq maktabi” мобиль иловасини тарқатиш

❗️Сиз яқин дўстларингиз ва танишларингизни “Huquq maktabi” мобиль иловасидан фойдаланишга жалб қилишингиз керак. Бунинг учун:
аввал иловадан рўйхатдан ўтиш лозим.
• рўйхатдан ўтганингиздан сўнг сизга алоҳида реферал ҳавола ва махсус код тақдим этилади.
• ушбу ҳавола ва махсус кодни смс ёки бошқа ижтимоий тармоқлар орқали дўстларингизга юборасиз.
• камида 20 нафар дўстларингиз ҳавола орқали махсус кодни киритган ҳолда рўйхатдан ўтган бўлиши керак.



❗️2-йўналиш: “Huquq maktabi” мобиль иловасидаги курсларда иштирок этиш
иловадан рўйхатдан ўтинг
• сўнгра илова орқали турли курсларда қатнашиб, “Олтин сертификат”га эга бўлинг.


🏆Ғолибларни аниқлаш

5 декабрь куни ҳар бир йўналиш бўйича талабларни бажарган иштирокчилар орасидан тасодифий танлаш йўли билан ғолиб аниқланади.

🔰Совринлар
• 2 та Iphone 16 Pro (ҳар бир йўналиш бўйича 1 тадан)

🗓 Танлов муддати
• танлов жорий йилнинг 4 декабригача давом этади.

📍Тақдирлаш маросими
• Ғолиблар 8 декабрь — Конституция куни муносабати билан тақдирланади.

ЭСЛАТМА!
Бир шахс айни вақда ҳар иккала йўналиш бўйича ҳам танловда иштирок этиши мумкин! Ҳар иккала йўналишда қатнашган айни бир шахс ҳар иккала йўналиш бўйича ҳам ғолиб бўлганида совринларнинг 1 таси берилади, иккинчи йўналиш учун қайта тасодифий танлаш ўтказилади.

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

Vazirlar ro‘yxati:

Laziz Qudratov — investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri

Botir Zohidov — kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri

Ibrohim Abdurahmonov —  qishloq xo‘jaligi vaziri

Shavkat Hamroyev — suv xo‘jaligi vaziri

Sherzod Hidoyatov — qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri

Ilhom Mahkamov — transport vaziri

Jo‘rabek Mirzamahmudov —  energetika vaziri

Bobur Islomov — tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri

Sherzod Shermatov —  raqamli texnologiyalar vaziri

Aziz Abduhakimov — ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri

Asilbek Xudayarov sog‘liqni saqlash vaziri

Hilola Umarova — maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Kongratbay Sharipov — oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

Adxam Ikromov — sport vaziri

Ozodbek Nazarbekov madaniyat vaziri

Akbar Toshqulov adliya vaziri

Baxtiyor Saidov tashqi ishlar vaziri

Abdulla Qo‘ldoshev favqulodda vaziyatlar vaziri

Po‘lat Bobojonov  — ichki ishlar vaziri

Bahodir Qurbonov — mudofaa vaziri

@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

#Кадровик
Оила аъзо касал бўлганда унга қараган ходимга "больничный" тўланадими?

Ўзбекистон Республикаси соғлиқни сақлаш вазирининг 2015 йил 20 мартдаги 25-сон буйруғи билан тасдиқланган йўриқноманинг 31-бандига асосан  Амбулатория шароитида парваришга муҳтож бўлган ўн тўрт ёшдан катта беморни парваришлаш учун етти календарь кунидан ошмаган муддатга меҳнатга лаёқатсизлик варақаси берилади.

Эътибор бериш керак бу ерда Амбулатория шароитида дефилмоқда. Яъни уйда 14 ёшдан катта касал беморни қараган шахсга 7 кунлик меҳнатга лаёқатсизлик варақаси берилади. Ва бу бўйича пул тўланади. Ушбу ҳолатда меҳнатга лаёқатсизлик варақаси бемор билан бирга яшаш ёки яшамаслиги ҳамда меҳнат таътилида эканлигидан қатъи назар, беморнинг оила аъзолари ёки қариндошларидан бирига берилади.

Амбулатория шароитида парваришга муҳтож бўлган ўн тўрт ёшга етмаган бемор болани парваришлаш учун унинг онасига ўн тўрт календарь кунидан ошмаган муддатга меҳнатга лаёқатсизлик варақаси берилади. Она бўлмаган ёки бетоб бўлганда меҳнатга лаёқатсизлик варақаси бемор билан бирга яшаш ёки яшамаслигидан қатъи назар, бошқа оила аъзоларига берилади.

Оилада бир вақтнинг ўзида икки ва ундан ортиқ ўн тўрт ёшга тўлмаган бола касалликка чалинса, уларни амбулатория шароитида парвариш қилиш бўйича битта меҳнатга лаёқатсизлик варақаси ёки бемор болани парваришлаганлик бўйича меҳнатга лаёқатсизлик маълумотномаси (138\х шакл) берилади.

Оилада икки ва ундан ортиқ ўн тўрт ёшга тўлмаган бола навбатма-навбат касалликка чалинса, меҳнатга лаёқатсизлик варақаси ёки бемор болани парваришлаганлик бўйича меҳнатга лаёқатсизлик маълумотномаси (138\х шакл) уларнинг ҳар бири бўйича алоҳида берилади.

Демак ходимнинг оила аъзоси касал бўлганда ва у амбулатория шароитида даволанганда унга қараган ходимга  меҳнатга лаёқатсизлик варақаси берилади.

Саволингизни: @yuristgamurojaat ga қолдиринг
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

#Кадровик
Меҳнат кодексида ходимнинг пул ундиришга доир талаблари учун муддат йўқ.

Бир обуначимиз ходимнинг пул ундиришга доир талаблари 1 йилдан ортиқ бўлмаган муддат учун қондириладими деган мазмунда савол юборишганди.

МК 546-моддасига кўра, иш берувчи ходимнинг пулга оид талабларини муддати чекланмаган ҳолда бутун давр учун қаноатлантиришга ҳақли. Мазкур модданинг 2-қисмига кўра, ходимнинг пулга оид талаблари якка тартибдаги меҳнат низосини кўриб чиқувчи меҳнат низолари бўйича комиссия ёки суд томонидан асосли деб топилган тақдирда тўлиқ миқдорда қаноатлантирилади.

Бундан ташқари, МК 563-моддасига кўра, якка тартибдаги меҳнат низолари бўйича даъво миқдорига ва даъвони таъминлашга доир ҳеч қандай чекловлар белгиланиши мумкин эмас. Шунингдек, МК 561-моддасига кўра, якка тартибдаги меҳнат низосини кўриб чиқаётган суд ходимга мажбурий прогулнинг бутун вақти учун ўртача иш ҳақини ёки кам иш ҳақи тўланадиган ишни бажарган бутун вақти учун иш ҳақидаги фарқни тўлаш тўғрисида қарор қабул қилади.

Демак, МКда пулга оид талабларга ҳеч қандай чеклов ўрнатилмаган. Бемалол бутун давр учун мажбурий прогул пулларини талаб қилиш мумкин.

Саволингизни: @yuristgamurojaat  гa қолдиринг

@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

Декретдаги ходимни малака оширишга юбориш мумкинми?

@Yurist_Xizmati 4821-савол:

Assalomu alaykum men maktabda o'qituvchi bb ishlayman .Savolim xotinim Kimyo fani o'qituvchisi 2023-yil dekabr oyida dekretga chiqdi va shu yilning sentabr oyida maktab direktori iltimosiga ko'ra ishga chiqdi .Endi zavuchimizning gapiga ko'ra o'qituvchilar har yili malaka oshirishi kerakligi uchun rafiqamni 1 xaftalik o'qishga yuborishmoqchi (u kichkina bolasi bn qanday boradi) savoliga bilmayman borishi shart deyishmoqda qonunchilikda shu kabi ayollarga qanday yordam bor.

ЮРИСТ ЖАВОБИ:

Вазирлар Маҳкамасининг 2022-йил 17-январдаги 25-сон қарорига 1-иловада тасдиқланган Халқ таълими ходимларини узлуксиз касбий ривожлантириш тизимини ташкил этиш тартиби тўғрисидаги Низом қоидаларига кўра сиздаги ҳолатда турмуш ўртоғингизга малака оширишда имтиёз мавжуд эмас.

Шунингдек, низомга кўра педагог ходимлар ҳар йили малакасини ошириши лозим.

Қаранг! низомнинг 63-бандига кўра ходимларнинг малакасини ошириш халқ таълими ҳудудий бошқарув органлари ёки бевосита Вазирликнинг буюртмаларига биноан ихтисослаштирилган таълим ташкилотлари томонидан амалга оширилади.

Шунга кўра мактабда кимлар малака оширишини мактаб раҳбарияти ҳал қилади.

Бунда ходимларнинг ҳар йили белгиланган давомийликдаги малака ошириш дастурларини ўзлаштириши ва белгиланган ҳажмдаги кредит балларини йиғишлари мажбурий ҳисобланади (низом 66-банд).
Малака оширишнинг ҳар йилги умумий давомийлиги педагог ходимлар учун 36 соатни ташкил этади.

Бунда низомнинг 68-бандига кўра ҳар йили 5 октябрда навбатдаги календарь йилда ташкил этиладиган малака ошириш курслари ҳақидаги маълумотлар курсларни ташкил қиладиган ихтисослаштирилган таълим ташкилотлари ҳамда электрон платформа бўйича барча ходимлар эътиборига ҳавола қилинади.

Ушбу жараёнда нозом 69-бандига кўра халқ таълими ташкилотининг ҳар бир ходими, жорий йилнинг 6 октябридан 15 октябрига қадар, ўз эҳтиёжи ва ихтиёридан келиб чиқиб, навбатдаги календарь йилда малака оширадиган ихтисослаштирилган таълим ташкилотини танлаб, малака ошириш курсларига қатнашиши мумкин.
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

#Кадровик
Иш берувчилар учун махсус
.

Яқин кунларда сиртқи таълимда ўқиётганлар учун ўқиш бошланади. Уларга меҳнат таътили беришда қуйидаги нормаларни ҳисобга олиш лозим.

Янги меҳнат кодексида Ишни ўқиш билан бирга олиб бораётган ходимларга кафолатлар ва компенсациялар бериш тартибида қизиқ бир ҳолат бор кодекснинг 386-моддаси биринчи қисмига асосан ишни ўқиш билан бирга олиб бораётган ходимларга кафолатлар ва компенсациялар биринчи марта тегишли даражадаги таълим олаётганда берилади.

Яъни иккинчи мутахасисликда ўқиётганларга, магистратурада ўқиётганларга, ёки бошқача тарзда иккинчи марта ўқиётганларга кафолатлар ва компенсациялар берилмайди.

Қачон берилиши мумкин
?
Мазкур моддага аосан кафолатлар ва компенсациялар, шунингдек тегишли даражадаги таълим олган ҳамда иш берувчи томонидан ички ҳужжатлар, меҳнат шартномаси ёки иш берувчи ва ходим ўртасида тузилган алоҳида келишувга мувофиқ таълим олишга юборилган ходимларга ҳам берилиши мумкин.

Яъни иш берувчи иккинчи марта таълим олаётган ходимга кафолатлар ва компенсациялар бермоқчи бўлса, у билан қўшимча келишув тузиши ёки меҳнат шартномасига ўқитиш бўйча кафолат ва имтиёз ҳақида қодаларни критиб қўйиши лозим.

Саволингизни: @yuristgamurojaat гa қолдиринг @TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

#Кадровик
Қандай ҳолатда меҳнат шартномаси бекор қилинганда ходим билан қўшимча келишув қилиниши шарт

Кўпчилик кадровиклар ходимнинг ташаббуси билан меҳнат шартномаси бекор қилинганда ходими 14 кунлик огоҳлантириш муддатидан фойдаланмаганда у билан иш берувчи ўртасида қўшимича келишув қилиниши шарт деб ўйлайди, аслида бу нотўғри МКнинг 160-моддаси 4-қисмига асосан ходим ва иш берувчи ўртасидаги келишувга кўра меҳнат шартномаси огоҳлантириш муддати тугашига қадар бекор қилиниши мумкин. Яъни бу модда талаби бўйича алоҳида қўшимча келишув тузиш назарда тутилмаган.

Буни МКнинг турли моддаларида келтирилган таътилни муддатидан олдин бериш, таътилни қисмларга бўлиб беришни тартибга солувчи моддаларга қиёслаш мумкин. Масалан, ходим меҳнат таътилининг 14 кунини олмоқчи, бу вазиятда ходим МКнинг 231-моддаси асосида иш берувчига ариза ёзади, иш берувчининг ходимнинг аризасига қўл қўйиб беришини унинг таътилдан 14 кунни олишга асос бўлади. Яъни иш берувчи билан алоҳида келишув тузилмайди.

Яъни МКнинг 160-моддаси 4-қисмида келтирилган қоида ҳам шундай, яъни ходим ўз аризасида мени палон санадан ишдан бўшатишингизни сўрайман деб ариза ёздими иш берувчининг аризани қабул қилиб ишдан бўшатиши учун алоҳида келишув шарт эмас. Бироқ иш берувчилар эътибор қаратиши лозимки, ходим аризада сана кўрсатмаган бўлса, унда ходимни 14 кунлик огоҳлантириш санаси тугамасдан ишдан бўшата олмайди.

Бироқ меҳнат шартномаси МКнинг 157-моддаси,Меҳнат шартномасини тарафларнинг келишувига кўра бекор қилинганда қўшимча келишув тузилиши шарт. Модда қоидасига кўра, номуайян муддатга тузилган меҳнат шартномаси, шунингдек муддатли меҳнат шартномаси исталган вақтда тарафларнинг келишувига кўра бекор қилиниши мумкин. Меҳнат шартномаси мазкур асос бўйича бекор қилинадиган сана ходим ва иш берувчи ўртасидаги келишувга биноан белгиланади.

Саволингизни: @yuristgamurojaat гa қолдиринг
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

Декрет таътилининг максимал муддати қанча?

@Yurist_Xizmati 4816-савол:

Assalomu alaykum. Savolim quyidagicha:  Mening ayolim 2023-yil 4 sentabrda dekret ta‘tiliga chiqdi. Hozir farzandim 1 yoshi 2 oylik. 2 yoshgacha ta‘til  deb ariza yozdirib oldi. Ayolim dekretdan ishga qaytsa bo‘ladimi? Bosh vrach qonunda 3 yoshgacha dekretdan qaytish mumkin emas demoqda. Qonunda bu haqida nima deyilgan? Farzandimga qarovchi bor hozirda

ЮРИСТ ЖАВОБИ:

Меҳнат кодексининг 405-моддасига кўра ҳомиладорлик ва туғиш таътили тугаганидан кейин, аёлнинг хоҳишига кўра, унга боласи икки ёшга тўлгунига қадар болани парваришлаш таътили берилиб, бу давр учун Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси томонидан белгиланадиган тартибда нафақа тўланади.

☝️Эътибор берган бўлсангиз, нормада таътилнинг максимал муддати белгиланмоқда, минимал эмас.

❗️Бунда болани парваришлаш таътиллари даврида ходимнинг иш жойи (лавозими) сақланади. Бу таътилларнинг кўпи билан олти йили меҳнат стажига қўшилади, шу жумладан мутахассислиги бўйича иш стажига ҳам қўшиб ҳисобланади.

✅ Шу қоидага кўра сиз фарзандингиз 2 ёшга тўлгунча юқоридаги таътилдан фойдаланишга ҳақлисиз. Айтиш керакки, бунда бола икки ёшга тўлгунча ҳам ишга қайтиш мумкин бўлади.
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…
Подписаться на канал