tvtalimkasaba | Неотсортированное

Telegram-канал tvtalimkasaba - Таълим касаба уюшмаси

4746

Тошкент вилояти таълим ва фан тизимидаги касаба уюшма аъзолари учун ҳуқуқий, услубий тавсия ва маслаҳатлар.

Подписаться на канал

Таълим касаба уюшмаси

Dekret puli qachon 75% to'lanadi?

#savolimbor Assalomu alaykum men maktabda laborant boʻlib ishlayman yaqinda dekretga chiqdim va menga ishxonam dekret pulimni 75 % boʻyicha xisoblab tashlab berdi. Meni Voyaga yetmagan 3 nafar farzandim bor 4 chi farzandimga dekretga chiqqanman aslida menga dekretimni voyaga yetmagan 3 nafar farzandim borligi uchun  100 % qilib hisoblab berishi kerak emasmidi. Farzandlarimni metirkasini ham ularga ilova uchun berganman.

mehnathuquqi javobi :

MK 404-moddasiga ko’ra, ayolga tug‘ruqqacha 70 kalendar kun hamda tug‘ruqdan keyin 56 kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilgan taqdirda 70 kalendar kun) homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘lanadi.

⚠️ Diqqat! 👉 Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qaroriga 1-ilova “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 22-bandiga ko’ra, qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan 3 yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan qat’i nazar, o‘rtacha ish haqining 100 foizi miqdorida to‘lanadi.

❗️Demak, e’tibor bering 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan 3 yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga bolnichniy puli 100% to’lanadi. Dekret pulini 75% yoki 100% to’lash  bolalar soniga bog’liq emas, balki xodimning ishga qabul qilingan kundan keyingi stajiga ibog’liq!

👉 Nizomning 35-bandiga ko’ra, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan nafaqalar xodim:
ishga qabul qilingan kundan 12 oygacha ish stajiga ega bo‘lganda — o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizi;
ishga qabul qilingan kundan 12 oy ortiq ish stajiga ega bo‘lganda — o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida to‘lanadi.

👉Etibor bering, umumiy ish staj haqida emas, aynan ishga qabul qilingan kundan keyingi staj haqida gap ketmoqda. Ya’ni aytaylik, 10 yillik ish stajiga ega ayol, boshqa yangi ishga qabul qilindi va oradan 6 oy o’tgach dekretga chiqdi, dekret puli 75 % to’lanadi.

Demak, agar Siz ishga qabul qilingan kundan boshlab 12 oygacha ish stajiga ega bo‘lsangiz, dekret puli 75 % to’lanadi, hattoki 3ta voyaga yetmagan farzandingiz bo’lsada!

Aytaylik, ayol 2024-yil iyul oyida ishga kirdi. 6 oydan so’ng dekretga chiqib ketdi, bu holatda ayolga dekret puli 75%  to’lanadi! Endi huddi shu ayol, dekretdan so’ng bola parvarish ta’tiliga chiqib, 2-farzandiga dekretga chiqdi. Bu holatda esa 100% to’lanadi, sababi ayolni ishga qabul qilinganiga  12 oydan oshdi!
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

#savolimbor
Ish beruvchi mendan “Аgar men bilan bogʼliq mehnat huquqlarining buzilishi roʼy bersa, men ish beruvchiga qarshi hech qanday huquqiy harakat qilmaslikka va mehnat huquqlarimni himoya qilish uchun sudga yoki kasaba uyushmasiga murojaat qilmaslikka majburman” shaklidagi tilxat yozdirib oldi. Ertaga rahbar meni ishdan bo‘shatsa sudga shikoyat qilaomaymanmi?


Javob
Mehnat kodeksining 528-moddasiga asosan, xodimning mehnat huquqlarini himoya qilishga doir huquqini amalga oshirishni rad etishi to‘g‘risidagi yozma yoki og‘zaki majburiyatlari haqiqiy emas. Ya’ni sizning tilxatingiz yozilgan vaqtning o‘zidan kuchda bo‘lmaydi. Har qanday vaziyatda o‘z huquqingizni himoya qilish uchun sud va boshqa organlarga shikoyat qila olasiz.

Vaziyat yuzasidan batafsil ma’lumot olish uchun ma’ruza ko‘rib chiqing.
https://youtu.be/fopKdk54tOw?si=M9knDclrOL-h-30H  (528-modda)

Huquqiy maslahatga uchun quyidagiga yozing
/channel/MehnathuquqimurojaatBot

@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

#savolimbor
Ассалому алайкум .Саволим бор эди.ОТМда отаси кафедра мудири бўлиб ишласа ўғли шу кафедрада ўқитувчи лавозимида ишлай оладими ёки манфаатлар тўқнашуви бўладими. Педагоглар ва соғлиқни сақлаш ходимларига истисно сифатида мумкинми. Ўғил илмий иш билан шуғулланиб тез кунларда илмий даражага (Ph.D.) ҳимоя қилади.


Javob
Mehnat kodeksining 121-moddasiga asosan, o‘zaro yaqin qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslarning (ota-ona, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotin, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo‘lishiga bog‘liq bo‘lsa taqiqlanadi. Ushbu qoidadan istisnolar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori 3-ilova 6-bandga asosan, davlat (aksionerlik) korxonalarining O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 79-moddasida (yangi Mehnat kodeksining 121-modda)nazarda tutilgan qarindosh-urug‘larning, agar ularning xizmatlari ulardan birining boshqasiga bevosita bo‘ysunishi yoki nazorati ostida bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lsa, birga xizmat qilishlarini cheklash qoidalaridan istisno etilishi mumkin bo‘lgan xodimlari ro‘yxatida barcha o‘quv va tarbiya muassasalaridagi pedagog xodimlar, o‘qituvchilar, bibliograflar va kutubxonachilar ham mavjud.

Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qaroriga ilova “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida” nizomning 2-bo'lim 2-bandiga asosan, pedagog xodimlar toifasiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent) o‘qituvchi-stajyor lavozimini egallab turgan shaxslar kiradi. Demak kafedra mudiri ham pedagog xodim hisoblanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilishimiz mumkinki, ota va bola bitta kafedrada ishlashi O‘zbekiston Respublikasining Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi 05.06.2024 yildagi O‘RQ-931-son qonuni normalariga zid emas.

Vaziyat yuzasidan batafsil ma’lumot olish uchun ma’ruza ko‘rib chiqing.
https://youtu.be/zObgYS-mXg4?si=h8hTrcbE3TRA7Mk0  (121-modda)

@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

#savolimbor Assalomu alaykum, Ustoz. O'qituvchilarni jazolash maqsadida avansdan mahrum qilish qonunda belgilab berilganmi?

mehnathuquqi javobi 📤:

❌ Avans ya'ni bo'nakdan mahrum qilish mumkin emas. Hattoki, xodim o’z ixtiyori bilan avansdan voz kechib ariza yozib bersa ham bu g’ayriqonuniy hisoblanadi.
Chunki MK 254-moddasiga ko’ra, xodimlarga ish haqi to‘lash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan muddatlarda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emas. Xodimlarga oylik ish haqi, qoida tariqasida, 16 kundan ko‘p bo‘lmagan tanaffus bilan ikki qismga bo‘lingan holda (bo‘nakda va qolgan qismi miqdorida) to‘lanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ish haqi oyiga bir marta to‘lanadigan xodimlarning ayrim toifalari belgilanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 17-dekabrdagi 105-son buyrug‘iga ILOVA “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning 286-bandiga ko’ra, oyning birinchi yarmi uchun xodimlarga avans beriladi. Avans belgilangan tartibda ushlab qolinishi kerak bo‘lgan soliq summasini hisobga olmagan holda, qoidaga ko‘ra, ish haqining 40 foizi miqdorida belgilanadi. Avans 389-son shakldagi ish haqi, avans berish uchun to‘lov qaydnomasi (mazkur Yo‘riqnomaning 56-ilovasi) bo‘yicha beriladi. https://lex.uz/docs/-1714689

Bundan tashqari, MK 312-moddasiga ko’ra, intizomiy jazo choralari belgilangan. Avansdan mahrum qilish degan intizomiy jazo yo’q. Mehnat kodeksida, boshqa qonunlarda, intizom to‘g‘risidagi ustavlar yoki nizomlarda nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.

📍 Demak, xodimga avans berilmasligi (Vazirlar Mahkamasi tomonidan ish haqi oyiga bir marta to‘lanadigan xodimlarning ayrim toifalari bundan mustasno) mehnat qonunchiligini buzish hisoblanadi. Bu Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks 49-moddasiga ko’ra, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

#Кадровик
Ҳомиладорлик ва туғиш бўйича меҳнатга лаёқатсизлик варақалари бериш бўйича батафсил тушунтириш.

Масалага батафсил тўхталишдан олдин меҳнатга лаёқатсизлик варақалари бериш онлайн шакилда берилишини эслатиб ўтмоқчимиз.

Ҳомиладорлик ва туғиш бўйича меҳнатга лаёқатсизлик варақаси ҳомиладорликнинг ўттизинчи ҳафтасидан бошлаб ҳудудий амбулатор-поликлиникаларнинг, акушер-гинеколог (умумий амалиёт шифокори) томонидан бош шифокор ўринбосари билан биргаликда бир йўла бир юз йигирма олти календарь кунига берилади.

Туғиш қийин кечган ёки икки ва ундан ортиқ бола туғилган ҳолларда ҳомиладорлик ва туғиш таътилини узайтириш учун туғруқ муассасаси томонидан яна ўн тўрт календарь кунига меҳнатга лаёқатсизлик варақаси берилади.

Ҳомиладорликнинг ўттизинчи ҳафтасидан илгари туғиш ҳолатларида меҳнатга лаёқатсизлик варақаси туғруқ муассасаси томонидан бола туғилган кундан бошлаб қуйидаги муддатларга берилади:
👉 бола тирик туғилганда — бир юз йигирма олти календарь кунга;
👉 бола ўлик туғилган ёки туғруқ муассасасидан чиққунга қадар нобуд бўлганда — етмиш календарь кунга.

Ҳомиладорликнинг ўттизинчи ҳафтасидан кейин мурожаат қилинганда туғишга қадар неча кун қолганидан қатъи назар, меҳнатга лаёқатсизлик варақаси мурожаат қилган кундан тўлиқ бир юз йигирма олти календарь кунига берилади.

Туғиш вақтида ёки туғишдан кейинги даврда она вафот этган кундан бошлаб, туғилган болани (болаларни) парвариш қилувчи шахсга, бола туғилган кунидан эътиборан эллик олти календарь куни, икки ёки ундан ортиқ бола туғилганда етмиш календарь кунигача ҳудудий амбулатор поликлиникаси томонидан меҳнатга лаёқатсизлик варақаси берилади.

Декретни декретга улаш ҳам мумкин. Бола икки ва уч ёшга тўлгунга қадар парваришлаш учун бериладиган таътил ёки иш ҳақи сақланмаган ҳолда қўшимча таътилда бўлган аёлларнинг такрорий ҳомиладорлиги учун меҳнатга лаёқатсизлик варақаси умумий асосда берилади.

Даволаш-профилактика муассасасида ҳомила сунъий туширилганда, шунингдек ҳомила тушганда меҳнатга лаёқатсизлик варақаси меҳнатга лаёқатсизликнинг бутун даврига берилади.

Меҳнатга лаёқатсизлик варақаларини бериш тартиби тўғрисидаги йўриқнома

Саволингизни: @yuristgamurojaat гa қолдиринг

@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

#Кадровик
Қисқартиришга тушган ходимларга эслатма!

Иш берувчи ушбу Кодекс 161-моддаси иккинчи қисмининг 2-бандига кўра илгари ўзи билан меҳнат шартномаси бекор қилинган ходимларни, башарти ходим билан тузилган меҳнат шартномаси бекор қилинган кундан эътиборан олти ой ичида ташкилотда ходим илгари эгаллаган ўша мутахассислик ва малака бўйича бўш (вакант) иш ўринлари пайдо бўлган бўлса, ишга қабул қилиши шарт.

МКнинг 102-моддаси 7-қисми

Саволингизни: @yuristgamurojaat гa қолдиринг

@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

#Кадровик
Ходим қайси ойда ишга кирган бўлса, ҳар йили ўша ойда таътил оладими? Ёки бошқа ойда ҳам бериш мумкинми?


Ходимни қайси ойда ишга кирган бўлса, ўша ойда таътилга чиқади деган қоида нотўғри. Меҳнат кодексининг 225-моддасида иш йили деган тушунча мавжуд. Унга кўра, иш йили деганда ходимнинг муайян иш берувчида ўн икки ойга тенг бўлган ва ҳақиқатда иш бошланган санадан эътиборан ҳисоблаб чиқариладиган иш даври тушунилади. Меҳнат кодексининг 230-моддасига асосан ҳар йилги меҳнат таътили ҳар йили, ушбу таътил берилаётган иш йили тугагунига қадар берилиши керак. Масалан, ходим 2023 сентябрь ойида ишга кирган бўлса, у 2024 йил сентябргача таътилга чиқиши шарт. Яъни ходимни шу иш йили давомида таътилга чиқариш мумкин.

МКнинг 228-моддасининг 7-қисмига асосан  жадвалда белгиланган ҳар йилги меҳнат таътилини бериш вақти ходим ва иш берувчи ўртасидаги келишувга биноан ўзгартирилиши мумкин. Яъни белгиланган жадвал ходим ва иш берувчининг келишуви билан бемалол ўзгартирилиши мумкин.

Бундан ташқари олти ой тўлмасдан таътил оладиган ва ходимнинг хохишига кўра таътил оладиган тоифалар мавжуд. Масалан МКнинг 227-модданинг 3-қисмига асосан олти ой ўтгунига қадар ходимнинг хоҳишига кўра қуйидагиларга ҳар йилги меҳнат таътили берилади:

👉 аёлларга — ҳомиладорлик ва туғиш таътилидан олдин ёки ундан кейин;
👉  ўн тўрт ёшга тўлмаган битта ёки ундан ортиқ болани (ўн олти ёшга тўлмаган ногиронлиги бўлган болани) тарбиялаётган шахсларга (ёлғиз ота-онага, шу жумладан бева аёлларга, бева эркакларга, никоҳдан ажралганларга, муддатли ҳарбий хизматдаги ҳарбий хизматчиларнинг хотинларига, ота-онанинг ўрнини босувчи шахсларга);
👉  ўн саккиз ёшдан кичик бўлган шахсларга;
👉  резервга бўшатилганидан кейин уч ойдан кечиктирмай ишга кирган муддатли ҳарбий хизматни ўтаган собиқ ҳарбий хизматчиларга;
👉  1941 — 1945 йиллардаги уруш қатнашчиларига ва имтиёзлари бўйича уларга тенглаштирилган шахсларга;
👉  I ва II гуруҳ ногиронлиги бўлган ходимларга;
👉  ишдан ажралмаган ҳолда таълим ташкилотларида ўқиётганларга, агар улар ўзининг ҳар йилги меҳнат таътилини имтиҳонлар, синовлар (зачётлар) топшириш, битирув малакавий ишларини, магистрлик диссертацияларини, курс, лаборатория ишларини ва бошқа ўқув ишларини бажариш вақтига тўғрилаб олишни хоҳласа;
👉  жамоа келишувларида, шунингдек жамоа шартномасида ёхуд ички ҳужжатларда белгиланган бошқа ҳолларда бошқа ходимларга.

Яъни бундай ходимларни иш берувчи бугун ишга олган бўлса, улар эртаси куни таътилга чиқишга ҳам ҳақли дегани.

Шунингдек, МК 228-модданинг 4-қисмида ҳам шунга ўхшаш ходимлар бор бу тоифадаги ходимларга ҳар йилги меҳнат таътили унга қулай бўлган вақтда қуйидагиларга берилиши керак.

Хулоса ўрнида шуни айтиш мумкинки, ходим қайси ойда ишга кирган бўлса, ўша ойда таътилга чиқсин деган қоида мавжуд эмас.Ходимни ишга кирган йилнинг исталган вақтида иш берувчи билан келишган ҳолда таътилга чиқариш мумкин. 

Саволингизни: @yuristgamurojaat ga қолдиринг
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha 01.10.2024-yil holatiga bazaviy tarif stavkalar miqdori

@oylikhisoblaydibot yordamida oktyabr oyidan boshlab oladigan oylik maoshingizni turli ustamalar, soliqlar va qo‘shimchalar bilan birga hisoblashingiz mumkin.

    @TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

Икки лавозимда ишлаш мумкинми?

Фуқародан келган савол: Мактабда ташкил килинган, 0.50штат ММИБДЎ ВА 0.5штат ЎТИБДЎ штатларини бир ўкитувчига расмийлаштириб берса бўладими

Жавоб: Давлат бошқарув органлари — қонун билан белгиланган тартибда ташкил топган ва унинг функциялари ҳамда вазифаларини амалга ошириш учун давлат томонидан ваколат берилган, бу мақсадда давлат-ҳокимият ваколати билан таъминланган ва белгиланган тартибда иш кўрувчи фуқаролар гуруҳидир.

Мактабдаги директор ўринбосарлари ҳам давлат бошқарув органлари мақомида туради. Вазирлар Маҳкамасининг 297-сонли "Ўриндошлик асосида ҳамда бир нeча касбда ва лавозимда ишлаш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида"ги Қарорига кўра, давлат ва хўжалик бошқаруви органларида, шу жумладан ўриндошлик асосида бир вақтнинг ўзида иккита раҳбарлик лавозимини эгаллашга йўл қўйилмайди, деб белгилаб қўйилган. Шундай экан, сиз ишлаётган мактабда ҳам ММИБДЎ ва ЎТИБДЎ бир шахс бўлиши мумкин эмас.

Саволингизни: @yuristgamurojaat ga қолдиринг
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

🚫MASTLIK SABAB KASAL BO‘LGAN XODIMGA “BOLNICHNIY” TO‘LANMAYDI!

SAVOL.
Bir xodimimiz o‘z mashinasida mastlik natijasida avtoavariya sodir qilgan va jarohatlanib, 20 kun ishga kelolmadi. O‘tgan xaftada kasallik varaqasi olib kelib bizga topshirdi. Hozir unga kasallik nafaqasini to‘lab berishimiz kerak ekan, shunda qancha miqdorda to‘lanishi haqida ma’lumot bersangiz oldindan rahmat.

JAVOB.
❗️Amaldagi qonun hujjatlari talablari ayni bu masalada xodim tomoniga yon bosmaydi.

⚖️Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 8 mayda 1136-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 23-bandiga asosan, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda berilmaydi:

➖ishdan yoki boshqa vazifalardan bo‘yin tovlash maqsadida o‘z salomatligiga ataylab ziyon yetkazgan yoxud o‘zini kasallikka solganda;

giyohvandlik yoki mastlik bilan bog‘liq harakatlar oqibatida, shuningdek, spirtli va giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish natijasida kasallikka chalinganda (jarohatlanganda);

➖ jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanganda;

➖ sud qarori asosida majburiy davolanishga yuborilganda (ruhiy kasallardan tashqari);

➖ hibsda bo‘lgan davrda;

➖ sud-tibbiyot ekspertizasidan o‘tish davrida.

⚠️Demak, ushbu qoidadan ko‘rib turibmizki, xodimga o‘zi mast holatda bo‘lganligi sababli jarohat olib kasal bo‘lgan davri uchun vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanmaydi. @TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

❓Сиртқи таълимда ўқийдиган ходимга ўқиш учун ва сессияда иштирок этиши учун электрон хабарнома юборилган. Шунга мувофиқ буйруқ қилсак бўладими?

❗️Жавоб. Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 21 ноябрдаги 930-сон қарори билан тасдиқланган Олий таълим муассасасида сиртқи (махсус сиртқи) таълимни ташкил этиш тартиби тўғрисида низомнинг 19-бандида сиртқи (махсус сиртқи) таълим талабаси ҳар бир семестр давомида бир марта олий таълим муассасасига ўқув сессиясига чақирилади. Бунинг учун унга ўқув сессияси бошланишига қадар (камида 10 кун олдин) белгиланган шаклда хабарнома юборилади.

👆Ушбу низомда хабарнома қай тартибда (электрон ёки ёзма-қоғоз шаклда) берилиши бўйича айтилмаган.

⚠️“Электрон рақамли имзо тўғрисида” Қонуннинг 4-моддасига кўра электрон рақамли имзонинг ва қўлда шахсан қўйилган имзонинг бир хил аҳамиятга эга эканлигини эътироф этиш шартлари белгиланган. Унга кўра, бир вақтнинг ўзида қуйидаги шартларга риоя этилган тақдирда, электрон ҳужжатдаги электрон рақамли имзо қоғоз ҳужжатга қўлда шахсан қўйилган имзо билан бир хил аҳамиятга эга бўлади, агар:

➖электрон рақамли имзонинг ҳақиқийлиги тасдиқланган бўлса;
➖электрон рақамли имзо калитининг сертификати электрон рақамли имзонинг ҳақиқийлигини тасдиқлаш пайтида ёхуд имзолаш пайтини белгиловчи далиллар мавжуд бўлганда электрон ҳужжатни имзолаш пайтида амалда бўлса;
➖электрон рақамли имзодан электрон рақамли имзо калитининг сертификатида кўрсатилган мақсадларда фойдаланилаётган бўлса.

‼️Юқорида кўрсатилган шартларга бир вақтнинг ўзида риоя этилган тақдирда, юридик шахснинг ЭРИ билан тасдиқланган электрон ҳужжат юридик шахснинг муҳри билан тасдиқланган қоғоз ҳужжатга тенглаштирилади.

❗️Хулоса қилиб айтганда, ҳозир ҳар бир смартфон телефонда ЭРИни текшириш функцияси бор, имзоланган вақти билан кўрсатиб беради. Юқоридаги шартлар асосида электрон тақдим этилган хабарнома ҳам буйруқ қабул қилишга асос сифатида кўрсатилиши мумкин.
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

MEHNAT TA’TILI – dam olish va ishlash qobiliyatini tiklash uchun ish o‘rni (lavozimi) hamda o‘rtacha ish haqi saqlab qolingan holda xodim ishdan ozod etiladigan, xodimga har yili ish yili davomida beriladigan vaqt davridir.

Asos: Mehnat kodeksining 216-moddasi 1-qismi. @TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

savolimbor Assalomu alaykum, Ustoz. O'qituvchilarni jazolash maqsadida avansdan mahrum qilish qonunda belgilab berilganmi?

mehnathuquqi javobi 📤:

❌ Avans ya'ni bo'nakdan mahrum qilish mumkin emas. Hattoki, xodim o’z ixtiyori bilan avansdan voz kechib ariza yozib bersa ham bu g’ayriqonuniy hisoblanadi.
Chunki MK 254-moddasiga ko’ra, xodimlarga ish haqi to‘lash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan muddatlarda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emas. Xodimlarga oylik ish haqi, qoida tariqasida, 16 kundan ko‘p bo‘lmagan tanaffus bilan ikki qismga bo‘lingan holda (bo‘nakda va qolgan qismi miqdorida) to‘lanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ish haqi oyiga bir marta to‘lanadigan xodimlarning ayrim toifalari belgilanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 17-dekabrdagi 105-son buyrug‘iga ILOVA “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning 286-bandiga ko’ra, oyning birinchi yarmi uchun xodimlarga avans beriladi. Avans belgilangan tartibda ushlab qolinishi kerak bo‘lgan soliq summasini hisobga olmagan holda, qoidaga ko‘ra, ish haqining 40 foizi miqdorida belgilanadi. Avans 389-son shakldagi ish haqi, avans berish uchun to‘lov qaydnomasi (mazkur Yo‘riqnomaning 56-ilovasi) bo‘yicha beriladi. https://lex.uz/docs/-1714689

Bundan tashqari, MK 312-moddasiga ko’ra, intizomiy jazo choralari belgilangan. Avansdan mahrum qilish degan intizomiy jazo yo’q. Mehnat kodeksida, boshqa qonunlarda, intizom to‘g‘risidagi ustavlar yoki nizomlarda nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.

📍 Demak, xodimga avans berilmasligi (Vazirlar Mahkamasi tomonidan ish haqi oyiga bir marta to‘lanadigan xodimlarning ayrim toifalari bundan mustasno) mehnat qonunchiligini buzish hisoblanadi. Bu Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks 49-moddasiga ko’ra, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

savolimbor Xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmoqda, lekin xodimni ta’tildan qarzdorligi bor. Xodim ta’tildan qarzdorligini to’lamoqchi emas? Qanday yo’l tutaylik?

/mehnathuquqi javobi 📤

✅ MK 269-moddasi 2-qismi 6-bandiga ko’ra, xodim qaysi ish yili hisobiga ta’til olib bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha yil tugaguniga qadar mehnat shartnomasi bekor qilinganda ta’tilning ishlab berilmagan kunlari uchun xodimning yozma roziligidan qat’i nazar, ish haqidan ushlab qolish amalga oshiriladi.

Ushlab qolinadigan summa bo’lmasachi? Bu holatda xodim ixtiyoriy to’laydi. Agar xodim ixtiyoriy to’lamasa, sud tartibida undiriladi! Xodimni sudga bering.

⚠️ ❌ Diqqat! MK 269-moddasi 3-qismiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tilining ishlab berilmagan kunlari uchun ushlab qolishlar mehnat shartnomasi ushbu Kodeks 137-moddasining to‘rtinchi qismida, 143-moddasining ikkinchi qismida, 146-moddasining beshinchi qismida, 161-moddasi ikkinchi qismining 1, 2 va 3-bandlarida, 168-moddasi birinchi qismining 1, 2, 6, 8 va 9-bandlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, shuningdek xodimning tashabbusi bilan ushbu Kodeks 160-moddasining sakkizinchi qismida ko‘rsatilgan uzrli sabablar mavjud bo‘lganda bekor qilingan taqdirda amalga oshirilmaydi. Basharti ishga qabul qilishga doir belgilangan qoidalarning buzilishi yoxud yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatning davom etishiga monelik qiluvchi holatlarning yuzaga kelishi xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) bilan bog‘liq bo‘lmasa, mehnat shartnomasi ushbu Kodeks 168-moddasining 4 va 5-bandlariga ko‘ra bekor qilinganda ham bunday ushlab qolish amalga oshirilmaydi.

❗️E’tiboringizga xuddi shu masala bo’yicha sud materialini taqdim qilamiz! Fuqarolik ishlari boʼyicha Shovot tumanlararo sudi 08-08-2023-yilda ko’rilgan 2-2203-2305/5288 sonli ishi (https://public.sud.uz/report/CIVIL). Unga ko’ra, daʼvogar Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasining «UzAuto Motors» АJning manfaatida javobgar D.X.ga nisbatan pul undirish haqidagi daʼvo arizasi to'liq qanoatlantirilgan.

D.X. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodim tashabbusiga ko’ra bekor qilingan, D.X. bilan mehnat taʼtili olib boʼlgan davr uchun ish yili tugamasdan turib mehnat shartnomasi bekor qilinganligi oqibatida taʼtilning ishlanmagan davrga tegishli kunlari uchun 760 453 soʼm miqdorida debitorlik qarzdorlik paydo boʼlganligi, javobgarga ushbu qarzdorlikni ixtiyoriy toʼlash yuzasidan talabnoma yuborilgan boʼlsada, oqibatsiz qoldirganligini bildirib, suddan mazkur daʼvo arizani davlat boji toʼlovisiz ish yurituvga qabul qilishni, javobgardan «UzAuto Motors» АJ foydasiga 760 453 soʼm va pochta harajati uchun toʼlangan 33.000 soʼm undirish haqida hal qiluv qarori chiqarishni, ishni palata vakili ishtirokisiz koʼrib chiqishni soʼragan. Sud da’vogarning pul undirish haqidagi daʼvo arizasini to’liq qanoatlantirgan.

Javobgar D.X. dan «UzAuto Motors» АJ foydasiga 760 453 soʼm,  pochta xarajati uchun toʼlangan 33.000 soʼm , davlat foydasiga 330.000 soʼm davlat boji undirilgan.

⚠️ Demak, xodim qarzdorlikni ixtiyoriy tartibda to’lasa to’ladi, aks holda sud tartibida undirilishini tushuntiringlar! Sud tartibida undirilsa xodim qarzdorlikdan tashqari, davlat boji va pochta xarajatlarini ham to’laydi!

@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

Pensiya va nafaqaning farqini bilasizmi❓

Juda ko‘pchilik pensiya va nafaqa tushunchalarini sinonim deb hisoblaydi ya’ni pensiya nafaqa so‘zining ruschasi deb xato o‘ylashadi (aslida, nafaqa rus tiliga “пособие” deb tarjima qilinadi).

Ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda ham foydalanuvchilar pensioner va nafaqaxo‘r tushunchalarini sinonim sifatida noo‘rin ishlatishadi.

Xo‘sh, bu ikki tushunchaning farqi nimada❓

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, yetarlicha ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolar va ularning oilalari pensiya olish huquqiga ega. Ushbu Qonun bilan davlat pensiyalarining quyidagi turlari belgilanadi https://lex.uz/docs/-112314:

1. yoshga doir pensiya.
2. nogironlik pensiyasi.
3. boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi.

Qonunning 7-moddasiga ko’ra, yoshga doir pensiya olish huquqiga:
erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;

ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan shartlar va me’yorlarga muvofiq davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslar  nafaqa olish huquqiga egalar.

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-son qaroriga 1-ilova “Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom nafaqalarni tayinlash, qayta hisoblash, ularning turini o‘zgartirish va to‘lash tartiblarini belgilaydi https://lex.uz/ru/docs/-6411319 (❌ oldingi 107-sonli qaror mazkur 119-son qaror bilan 2023-yil 23-martda o’z kuchini yo’qotgan)

Ushbu Nizom bo‘yicha quyidagi nafaqalar tayinlanadi:

a) nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi;
b) parvarishlash nafaqasi;
v) nogironlik nafaqasi;
g) boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi;
d) yoshga doir nafaqa.

Nizomning 19-bandiga ko’ra, yoshga doir nafaqa ayollarga — 60 yosh (bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalarga esa 55 yoshdan)
va erkaklarga — 65 yoshga yetganda tayinlanadi.

⚠️ Shuningdek, nafaqaning boshqa turlari ham bor: ishdan bo'shatish nafaqasi, ishsizlik nafaqasi, bolalar nafaqasi, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa va boshqalar

@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

Mehnat kodeksida rotatsiya bormi?

#savolimbor Assalomu alaykum. Hozirda dolzarb muammo bo'lgan rotatsiya haqida to'liq kanalda tushuncha bersangiz. Rotatsiya uchun xodimning roziligi olinishi yoki xodim oldindan xabardor qilinishi shartmi? Adliyadagi tartibi bilan ham tanishtirib o'tsangiz. RAHMAT.

mehnathuquqi javobi 📤:

❌ Mehnat kodeksida “rotatsiya” tushunchasi mavjud emas. Mehnat kodeksida “xodimni boshqa ishga o‘tkazish” tushunchasi ishlatiladi. MK 138-moddasiga ko’ra, xodim aynan o‘sha ish beruvchida ishni davom ettirganda uning mehnat vazifalarini o‘zgartirish xodimni boshqa ishga o‘tkazish hisoblanadi.

MK 139-moddasiga ko’ra, xodimni boshqa ishga o‘tkazish qaysi muddatga amalga oshirilayotganligiga qarab boshqa ishga o‘tkazish turlari doimiy va vaqtinchaga ajratiladi.

✅ MK 140-moddasiga ko’ra, xodimni boshqa ishga doimiy o‘tkazishga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish uning roziligi bilan amalga oshiriladi, bundan ushbu Kodeksning 145-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolinishi hollari mustasno.

❗️“Rotatsiya” tushunchasi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan https://lex.uz/uz/docs/-6145972

Qonunning 39-moddasiga (Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi) ko’ra, davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi uning shaxsiy va kasbga oid sifatlarini rivojlantirish, faoliyatining samaradorligini oshirish, rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.

✅ Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi uni egallab turgan davlat fuqarolik xizmati lavozimiga teng bo‘lgan boshqa lavozimga o‘z roziligi bilan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

Davlat fuqarolik xizmatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida majburiy ravishda rotatsiya qilinishi lozim bo‘lgan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining ro‘yxati belgilanadi. Ushbu lavozimlarni egallab turgan davlat fuqarolik xizmatchilarining rotatsiyasi ularning roziligisiz amalga oshiriladi.

@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

#maqola Mehnat shartnomasini bekor qilish toʼgʼrisida ogohlantirish muddatlariga rioya qilish xodim tomonidan ham, ish beruvchi tomonidan ham rioya qilinishi zarur boʼlgan qonun talabidir. Ushbu maqolamizda mehnat shartnomasini bekor qilish toʼgʼrisida ogohlantirish muddatlari tahlil qilingan. Yangi Mehnat kodeksida ogohlantirish muddatlari bo'yicha tub o'zgarishlar bo'lgan, hamda ancha chalkash. Chunki ayrim toifa xodimlar uchun alohida ogohlantirish muddatlari belgilangan. Yangi Kodeks bo'yicha pulli kompensatsiyaga almashtirish masalasi ish beruvchi xohishi asosida amalga oshiriladi. Avval ogohlantirish muddatlarini pulli kompensatsiyaga almashtirish kelishuv, kelishuvsiz, ish beruvchining xohishi asosida amalga oshirilar edi.

@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

Мактабларда педагоглар малака оширишга бориш тартиби қандай?

@Yurist_Xizmati 4764-савол:

Men shu yil yani 2024-yil oliy oʻquv yurtini tamomladim.Malakaga necha yildan keyin boraman. Shu yil dekabrgacha borasan deyayapdi

ЮРИСТ ЖАВОБИ:

Вазирлар Маҳкамасининг 2022-йил 17-январдаги 25-сон қарорига 1-иловада тасдиқланган Халқ таълими ходимларини узлуксиз касбий ривожлантириш тизимини ташкил этиш тартиби тўғрисидаги Низом қоидаларига кўра сизга малака оширишда имтиёз мавжуд эмас.

Шунингдек, низомга кўра педагог ходимлар ҳар йили малакасини ошириши лозим.

Қаранг! низомнинг 63-бандига кўра ходимларнинг малакасини ошириш халқ таълими ҳудудий бошқарув органлари ёки бевосита Вазирликнинг буюртмаларига биноан ихтисослаштирилган таълим ташкилотлари томонидан амалга оширилади.

Шунга кўра мактабда кимлар малака оширишини мактаб раҳбарияти ҳал қилади.

Бунда ходимларнинг ҳар йили белгиланган давомийликдаги малака ошириш дастурларини ўзлаштириши ва белгиланган ҳажмдаги кредит балларини йиғишлари мажбурий ҳисобланади (низом 66-банд).

Малака оширишнинг ҳар йилги умумий давомийлиги педагог ходимлар учун 36 соатни ташкил этади.

Бунда низомнинг 68-бандига кўра ҳар йили 5 октябрда навбатдаги календарь йилда ташкил этиладиган малака ошириш курслари ҳақидаги маълумотлар курсларни ташкил қиладиган ихтисослаштирилган таълим ташкилотлари ҳамда электрон платформа бўйича барча ходимлар эътиборига ҳавола қилинади.

Ушбу жараёнда нозом 69-бандига кўра халқ таълими ташкилотининг ҳар бир ходими, жорий йилнинг 6 октябридан 15 октябрига қадар, ўз эҳтиёжи ва ихтиёридан келиб чиқиб, навбатдаги календарь йилда малака оширадиган ихтисослаштирилган таълим ташкилотини танлаб, малака ошириш курсларига қатнашишингиз мумкин.

Демак, сиз ҳам ҳар йили малака оширишингиз лозим.
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

#Кадровик
Меҳнат шартномаси меҳнат интизомини ходим томонидан мунтазам бузиш асоси билан бекор қилинганда судларнинг эътибори қаратилиши керак бўлган жиҳатлар.

Ходим билан меҳнат шартномасини ходимнинг меҳнат интизомини мунтазам равишда бузганлиги нималарда кўринади? МКнинг 161-2қ 4-бандига асосан ходимнинг ўз меҳнат мажбуриятларини мунтазам равишда бузганлиги. Аввал меҳнат мажбуриятларини бузганлиги учун ходим интизомий ёки моддий жавобгарликка тортилган ёхуд унга нисбатан меҳнат тўғрисидаги қонунчиликда ва меҳнат ҳақидаги бошқа ҳуқуқий ҳужжатларда назарда тутилган таъсир чоралари қўлланилган кундан эътиборан бир йил ичида ходим томонидан такроран интизомий ножўя ҳаракат содир этилганлиги меҳнат мажбуриятларини мунтазам равишда бузишдир.

Бундай низоларни кўришда,
Судларга ҳам бу соҳада тушунтиришлар берилган. Олий суди пленумининг қарори, 20.11.2023 йилдаги 26-сонли қарорига асосан

Бунда судларнинг эътибори меҳнат мажбуриятларини мунтазам равишда бузганлиги учун меҳнат шартномасини бекор қилишга муқаддам тегишли тартибда интизомий ёки моддий жавобгарликка тортилганлиги ёхуд унга нисбатан бошқа таъсир чоралари қўлланилганидан кейин бир йил давомида ходим томонидан содир қилинган интизомга хилоф ҳаракат асос бўлишига қаратилсин.

Суд 161-2қ 4-бандига асосан меҳнат шартномасини бекор қилиниши қонунийлиги масаласини муҳокама қилишда фақат интизомий жазо чорасини қўллашнинг белгиланган муддатлари ва тартибига амал қилинганини аниқлаш билан чегараланиб қолмасдан, балки аввал меҳнат интизомини бузганлиги учун интизомий жазо чораларини қўллашда ҳам белгиланган муддат ва тартибларга риоя қилинган-қилинмагани, ходимнинг моддий жавобгарликка тортилиши ёки унга нисбатан бошқа таъсир чоралари қўлланиши асосли бўлган-бўлмаганини ҳам текшириб чиқиши керак.

Агар суд муҳокамаси давомида ходимга нисбатан илгари қўлланилган жазо ёки таъсир чораси бир йиллик муддат ўтмасдан олдин меҳнат тўғрисидаги қонунчилик ва меҳнат ҳақидаги ҳуқуқий ҳужжатларда белгиланган тартибда (МК 315-моддасининг учинчи қисми) олиб ташлангани аниқланса, МК 161-2қ 4-бандига  асосан меҳнат шартномасининг бекор қилиниши ғайриқонуний деб топилади.

Саволингизни: @yuristgamurojaat  гa қолдиринг

@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

МЕН ЎРИНДОШЛИК АСОСИДА ИШЛАБ СИНФ РАХБАРЛИК ОЛСАМ БЎЛАДИМИ?

Ўриндошлик асосида ишлаётган ўқитувчи синф рахбарлдиги олиши мумкинми? Кимлар синф раҳбари бўлиши мумкин?

📍ЖАВОБ:

    Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг 2023 йил 27 июньдаги 190-сонли буйруғига аосан  Синф раҳбари қуйидаги мезонларга асосан мактаб директори томонидан лавозимга тайинланади ва озод этилади:

     ➖камида 3 йиллик педагогик иш стажига эга бўлган;

     ➖мактабда асосий ишчи сифатида фаолият олиб бораётган;

     ➖бошқарувчилик қобилиятига эга бўлган;

     ➖ўқувчилар билан ишлаш жараёнида масъулият билан ёндаша оладиган;

     ➖бошланғич синфларда синф раҳбарлиги бошланғич синфга бириктирилган ўқитувчиларга юклатилади.

     ❌ Мактабларда меҳнатни соатбай (шу жумладан ўриндошлик) асосда фаолият олиб борувчи ўқитувчиларнинг синфга раҳбарлик қилишига йўл қўйилмайди.

     Бир ўқитувчига фақатгина битта синф раҳбарлиги топширилади. Директор ўринбосарлари, психологлар синф раҳбари бўлиши мумкин эмас.

    Синф раҳбарлари фаолиятини маънавий-маърифий ишлар бўйича директор ўринбосари назорат қилади ва мувофиқлаштиради.

     Асос: Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг 2023 йил 27 июньдаги 190-сонли буйруғи

Саволингизни: @yuristgamurojaat гa қолдиринг

@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

#Кадровик
Ишхоналарда кўпчилик нотўғри талқин қилаётган норма.

Уч ёшга тўлмаган аёлнинг МКнинг 397-моддаси биринчи қисми билан 1.5 ставка ишлашига қаршилик қилинаётган ҳолатлар бўйича бизга мурожаат келмоқда. Аслида бу нотўғри, нега унда иш берувчиларда бундан қараш мавжуд?

МКнинг 397-моддаси биринчи қисмига асосан Уч ёшга тўлмаган боланинг бюджетдан молиялаштириладиган ташкилотларда ишлайдиган ота-онасидан бирига (васийсига) ҳафтасига ўттиз беш соатдан ошмайдиган иш вақти давомийлиги белгиланиши айтилган. Бу ерда айтилган 35 соат ходимнинг асосий иш жойидаги 1 ставка ишнинг иш соати ҳисобланади. Ходим бу ерда бемалол ўриндошлик асосида 0.5 ставка ишлашига қонунда тақиқ белгиланмаган. 

МКнинг ўзида ўриндошлик асосида ишлашга чекловлар қўйилаган, масалан МКнинг 433-моддасида Ўн саккиз ёшгача бўлган шахсларнинг ноқулай меҳнат шароитларидаги ишларда ўриндошлик асосида ишлашига, агар ўриндошнинг асосий иши худди шундай шароитлар билан боғлиқ бўлса (бундан соғлиқни сақлаш тизими ташкилотлари ходимлари мустасно) ва қонунчиликда назарда тутилган бошқа ҳолларда йўл қўйилмайди. Агар ўриндошлик асосида ишлаш ходимнинг, бошқа шахсларнинг соғлиғига ёки ишлаб чиқариш жараёни хавфсизлигига зиён етказиши мумкин бўлса, иш берувчи касаба уюшмаси қўмитаси билан келишилган ҳолда меҳнат шарт-шароитлари ҳамда тартибининг ўзига хос хусусиятларини инобатга олиб, муайян касб, мутахассислик ва лавозимларга нисбатан ўриндошлик асосида ишлашга чекловлар белгилаши мумкин.

Яъни агар МКнинг 433-моддасида келтирилган бирон асос бўлмаса, иш берувчи ходимнинг ўриндошлик асосида ишлашига қаршилик қилиши ноқонуний ҳисобланади. МКнинг 397-моддасидаги 35 соатга чалғиб қолманглар.

Саволингизни: @yuristgamurojaat ga қолдиринг
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

Фуқаро бир вақтнинг ўзида икки турдаги пенсияни олиши мумкинми?

📄 “Фуқароларнинг давлат пенсия таъминоти тўғрисида”ги қонуннинг 4-моддасига кўра, давлат пенсияларининг турли хилларини олиш ҳуқуқига эга бўлган фуқароларга уларнинг ўзлари танлаган битта пенсия тайинланади.

✅ Яъни, агар фуқароларда икки ёки ундан ортиқ пенсияни олиш ҳуқуқи пайдо бўлганда, юқоридаги Қонун моддасига асосан, фуқаронинг танлови билан фақат битта турдаги пенсияни олиши мумкин.

_

Может ли гражданин получать два вида пенсий одновременно?

📄 Сог
ласно статье 4 Закона “О государственном пенсионном обеспечении граждан”, гражданам, имеющим право на различные виды государственных пенсий, назначается одна пенсия по их выбору.

✅ То есть, если у граждан появится право на получение двух и более пенсий, то, согласно статье вышеуказанного закона, гражданин сможет получать только один вид пенсии по выбору.

📞 12-71     🌐 pfru.uz


    @TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

“Касаба уюшмам”

Дилором Амануллаева мусиқаси.🎵
Аъзам Зиё шеъри.✍🏻
1
Касаба уюшмам, ўрнинг беқиёс.
Ҳар соҳа вакилин этарсан эъзоз.
Сени мадҳинг куйлаб, жаранглар овоз,
Жаранглар овоз, жаранглар овоз.
Ҳар соҳа вакилин этарсан эъзоз.
Касаба уюшмам, ўрнинг беқиёс.

Нақорат:

Хақликда устувор, суянчим ўзинг,
Касаба уюшмам, таянчим ўзинг.
Ҳар кимга беминнат кўмакчим ўзинг.
Касаба уюшмам, етакчим ўзинг.

Руҳимиз кўтарган қувонч ҳам ўзинг,
Касаба уюшмам, ишонч ҳам ўзинг.
Ёшларга бир порлоқ йўл очган ўзинг,
Касаба уюшмам – нур сочган ўзинг!

2
Меҳнат хуқуқимиз ҳимоянгдадир.
Ҳар бир фуқаромиз ардоққа арзир.
Сен борки, ҳар жабҳа адолат бўлар,
Ҳамкасблар қалбида халоват бўлар,
Бемор, ночорларга саховат бўлар.
Халоват бўлар, адолат бўлар.

Нақорат:

@uzkufk

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

Ассалому алайкум! Мен БППдаман оилавий шароитим туфайли бошқа ҳудудга кўчиб кетяпмиз, шунга ишдан бўшаш ҳақида ариза ёзаман десам кадр мумкин эмас, сиз декрет таътилидасиз деди, мен кўчиб кетсам қачон келиб кетаман билмайман, шунга аризани ёзиб санасини БПТ тугаш вақтидан деб берсам бўладими?

Жавоб. Ажойиб савол, лекин кадрингиз хато айтибди.

👇Буни қуйидагича асослаймиз:
👉Меҳнат кодексининг 5-моддасида меҳнат эркинлиги ва мажбурий меҳнатни тақиқлаш принципи белниланган бўлиб, унинг 2-қисми 5-6-хатбошилари қуйидаларни англатади:
ҳар қандай меҳнат шартномасини ушбу шартнома тарафларининг келишувига кўра исталган вақтда бекор қилиш имкониятини;
ходимнинг ушбу Кодексда белгиланган тартибда меҳнат шартномасини ўз ташаббуси билан бекор қилиш ҳуқуқини;

👉Яъни, ходим хоҳ меҳнат хоҳ ижтимоий таътилда, хоҳ меҳнатга лаёқатсизлик даврида уларнинг ахамияти йўқ, исталган вақтда МКнинг 157-моддаси талабига мувофиқ иш берувчи билан келишув тузган ҳолда меҳнат шартномани бекор қилиши мумкин.

🗓Ҳудди шунингдек, келишув қилмайман десангиз, МКнинг 160-моддаси талабига риоя этган ҳолда ходим номуайян муддатга тузилган меҳнат шартномасини, шунингдек муддати тугагунига қадар муддатли меҳнат шартномасини 14 календарь кун олдин бу ҳақда иш берувчини ёзма шаклда огоҳлантирган ҳолда бекор қилишга ҳақли.

👉Бундан ташқари, 160-модданинг 8-қисмида меҳнат шартномасини ходимнинг ташаббусига кўра бекор қилиш тўғрисидаги ариза у ўз ишини давом эттириши мумкин эмаслиги (таълим ташкилотига қабул қилинганлиги, пенсияга чиққанлиги, сайлаб қўйиладиган лавозимга сайланганлиги ва бошқа ҳолларда) билан боғлиқ бўлган ҳолларда иш берувчи меҳнат шартномасини ходим илтимос қилаётган муддатда бекор қилиши керак. Манашу бошқа ҳолларга сизнинг бошқа жойга кўчиб кетаётганлизни киритиш мумкин. Ўзбекистон Республикаси Олий суди пленумининг 20.11.2023 йилдаги 26-сон қарори 19-банди 4-қисмида ҳам бу ҳақда баён этилган.

📥Бунда, сиз БПТда бўлсангиз истасангиз почта орқали ҳам юборсангиз бўлади, иш берувчига аризангиз келиб тушган кундан бошлаб огоҳлантириш муддатингиз бошланади. Ёки иш берувчига ариза берсангиз ва иш берувчи билан келишсангиз14 кунлик муддатни ҳам қисқатирган ҳолда меҳнат шартномасини бекор қилишингиз мумкин.

Бир нарсага кадрлар эътибор беришлари керак! МКнинг 215-моддасида ушбу Кодекснинг 213-моддасида назарда тутилган таътиллар (яъни, ҳар йилги меҳнат таътили; ижтимоий таътиллар; иш ҳақи қисман сақланадиган таътил; иш ҳақи сақланмайдиган таътил)да бўлган даврда ходимнинг иш ўрни (лавозими) сақланиб қолади ва ходим билан тузилган меҳнат шартномасини иш берувчининг ташаббусига кўра бекор қилишга йўл қўйилмайди.


❗️Фақат бир гап! Агар меҳнат шартномасида неустойка тўлаш масаласи бўлса, унда МКнинг 159-моддаси талабига кўра уни тўлайсиз, бундай шартлашув бўлмаса тўланмайди.

⚠️Хулоса! Ходим исталган вақтда меҳнат шартномани бекор қилиш талаби юқоридаги асосларга кўра қаноатлантирилиши керак, аксинча ходим таътиларда бўлиб турган вақтда иш берувчи ўз ташаббусига кўра (штатлар қисқариши, ташкилот тугатилишидан ташқари (МК 160-м, 1-б) ходим билан меҳнат шартномасини бекор қилолмаслигини тушунишимиз керак.

©️Ш.Хамрақулов @TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

Ассалому алайкум, Устоз. Аппеляцияда суд МК 161-2-4 билан бўшатилган ходимни хизмат текширув ўтказилмаган ҳолда бўшатилган деб тиклади. ҳамма ҳужжатлар бор, далолатнома, ишда йўқлиги факти, вазифасини бажармаганлик факти....

mehnathuquqi javobi :

MK 302-311-moddalari xizmat tekshiruvini o’tkazish tartibini belgilaydi.

Ish beruvchi intizomiy jazo qoʼllanilishidan avval xizmat tekshiruvi oʼtkazishga majbur emas. MK 303-moddasiga koʼra, xizmat tekshiruvi oʼtkazish ish beruvchining huquqi hisoblanadi.

MK 344-moddasiga koʼra, muayyan xodimlar tomonidan yetkazilgan zararning oʼrnini qoplash toʼgʼrisida qaror qabul qilishdan oldin ish beruvchi yetkazilgan zararning miqdorini va uning kelib chiqish sabablarini aniqlash uchun ushbu Kodeksning 302 — 311-moddalarida nazarda tutilgan tartibda xizmat tekshiruvi oʼtkazishi shart.

Demak, e’tibor bering ish beruvchi xodimlar tomonidan yetkazilgan zarar miqdorini va uning kelib chiqish sababini aniqlash uchungina xizmat tekshiruvi o’tkazishga majbur ekan.

MK 312-moddasidagi intizomiy jazolardan istalgan birini qo’llashda, shu jumladan mehnat shartnomasini MK161-moddasi ikkinchi qismining 4 va 5-bandlari bilan bekor qilishda xizmat tekshiruvi o’tkazilishi shart emas. Yana bir bor qaytaramiz, xizmat tekshiruvi o’tkazish ish beruvchining huquqidir.

MK 303-moddasiga ko’ra, xizmat tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun ommaviy axborot vositalarining xabarlari, xodimning bevosita rahbarining bildirgisi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilgan deb taxmin qilish uchun asos beradigan boshqa ma’lumotlar asos bo‘ladi.

Agar xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilganlik holati aniq bo’lsa va yetarli dalillar bilan tasdiqlansa, xizmat tekshiruvi o’tkazilishi shart emas. Aytaylik, xodim ishga mast holatda keldi. Alkogol, narkotik yoxud toksik moddalar iste’mol qilish oqibatida yuzaga keluvchi sarxushlik holati tibbiy xulosa, shuningdek sud tomonidan huquqiy baho berilishi lozim bo‘lgan boshqa isbotlash vositalari bilan tasdiqlandi. Bu holatda xizmat tekshiruvi shart emas, chunki xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilganlik holati aniq va yetarli dalillar bilan tasdiqlangan.

Fuqarolik ishlari bo’yicha sudlov hay’atiga taftish shikoyati kiritinglar! @TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

❓Ассалому алайкум утоз. бизда бир нечта ходим таътилга чиқмоқчи эмас, бошлиқ ҳам рози. Шу таътилларини касаба уюшмаси билан келишиб пулли компенсацияга алиштирсак бўладими?

©️Саволга берилган жавоблар Шавкатжон ХАМРАҚУЛОВ ҳамда Шерзодбек ТОЛИБОВ ҳамкорлигида тайёрланди.

🚫Йўқ мумкин эмас, аввалги йиллар учун таътилларнинг барча кунларини компенсация қилиб бўлмайди. Қолаверса таътилларни компенсацияга алмаштириш масаласини кўриб чиқиш (жумладан келишиш) касаба уюшмасларининг вазифаси эмас. Компенсацияга алмаштириш иш берувчи ва ходим ўртасида ҳал этилади.

⚠️Ҳар йилги меҳнат таътилларини бериш иш берувчининг мажбурияти, ходимнинг ҳуқуқи, лекин бу ҳуқуқ хоҳлаган субъектив истак билан таътилга чиқмаслик ҳуқуқини бермайди.

⚖️Ходим ҳар бир йилда камида меҳнат таътилининг энг оз 21 календар кунидан иборат муддатидан (МК 217-м.) ёки 1-2-ругуҳ ногирони бўлса ёхуд 18 ёшга тўлмаган шахс бўлса асосий узайтирилган 30 календар кунидан иборат муддатида (МК 218-м.) асл ҳолида фойдаланиши шарт.

✅Жорий йилда таътилни тўлиқ бериш имкони бўлмаган ҳолларда, ходимнинг розилиги билан таътилнинг 14 календар кунидан ортиқ бўлган қисми кейинги иш йилига кўчирилиб, шу йили ундан албатта фойдаланилиши лозим (МК 230-м. 2-қ.). Булар императив нормалар, яъни қатъий белгиланган талаблар бўлиб бунга албатта риоя қилиш мажбурийдир.

⚠️Шунинг учун буни ходим ва иш берувчининг келишуви, касаба уюшмаси розилиги билан ҳам ўзгартириш мумкин эмас. Ходим ҳам иш берувчи ҳам бу талабларга зид талабларни қўйиши ғайриқонуний ҳисобланади.

☂️Ўтган йиллар таътилларининг фақат энг оз муддатидан (21 календар кунидан) ортиқча қисми учунгина пуллик компенсация тўланиши мумкин (МК 234-м. 2-қ.).

👉Сиз назарда тутаётган вариантни амалга оширишнинг ягона йўли – бу ходим билан меҳнат шартномаси бекор қилинганда унга фойдаланилмаган аввалги йиллик асосий ва қўшимча таътиллар учун пуллик компенсацияларни тўлиқ тўлаб бериш (МК 234-м. 1-к.).
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

#savolimbor

Ассалому алайкум! Бизда бир ходим 4 ойдан буён касалхонада кома ҳолатида ётипти ва унга 19.09.2024 йилда ногиронлик ҳам берилипти ТИЭК хулосаси ҳам бор. Саволим ушбу ходим билан меҳнат шартномани, ҳозир бекор қилишимиз мумкинки? Чунки ҳозирги эгаллаб турган лавозими бўйича соғлиғи кўтармайди.

✅Ва алайкум ассалом! 🚫Йўқ, бекор қилиб бўлмайди.

⚠️“Ногиронлиги бўлган шахсларнинг ҳуқуқлари тўғрисида” Ўзбекистон Республикаси Қонунининг 43-моддаси 3-қисмига кўра ногиронлиги бўлган шахснинг меҳнат тўғрисидаги қонунчиликда назарда тутилган вақтинча меҳнатга қобилиятсизлиги ва таътилларда бўлиши даврида иш берувчининг ташаббуси билан меҳнат шартномасини бекор қилишга йўл қўйилмайди, бундан ташкилот тўлиқ тугатилган ҳоллар мустасно.

👉Энди, ходим билан меҳнат шартномани касаллик даврида бекор қилиб бўлмас экан, соғайиб ишга қайтгандан кейин, иш берувчига соғлиғи ҳолати бажараётган ишига тўғи келмайди деган хулоса мавжуд бўлса ва соғлиғи ҳолати эгаллаб турган лавозимига тўғри келайди деб ҳисобланса, ходимни бошқа ишга ўтказиш масаласи кўриб чиқилади. Бунда, Меҳнат кодексининг 143-моддасига кўра ходимнинг соғлиғи ҳолатига кўра бошқа ишга доимий ўтказиш чораси кўрилиши мумкин.

👉Бунда, иш берувчи бўш (вакант) иш ўрни мавжуд бўлган тақдирда, соғлиғининг ҳолатига кўра, тиббий хулосага мувофиқ енгилроқ ёки ноқулай ишлаб чиқариш омилларининг таъсирини истисно этадиган, соғлиғининг ҳолати бўйича қарши кўрсатма бўлмаган ишга доимий ўтказишга муҳтож бўлган ходимни унинг розилиги билан шундай ишга ўтказиши шарт.

👉Ходим бошқа ишга ўтказилишни рад этган тақдирда, шунингдек агар иш берувчида ходим соғлиғи ҳолати бўйича қарши кўрсатма бўлмаган бошқа иш бўлмаса, ходим билан тузилган меҳнат шартномаси ходим соғлиғи ҳолати бўйича қарши кўрсатма бўлмаган бошқа ишга ўтказилишни рад этганлиги ёхуд иш берувчида тегишли иш бўлмаганлиги муносабати билан ходимга МКнинг 173-моддасида назарда тутилган ишдан бўшатиш нафақаси тўланган ҳамда  100-моддасида назарда тутилган кафолатлар тақдим этилган ҳолда бекор қилиниши мумкин.

❗️Юқоридагилардан хулоса қилсак, демак, ходимга фақат ногиронлик берилиши меҳнат шартномасини бекор қилиш учун етарли сабаб бўлиб ҳисобланмайди. Қачонки агар тиббий хулосага кўра ходим ушбу ишни бажариши тўғри келмаса ёки меҳнат жамоаси аъзолари ёхуд улар хизмат қиладиган фуқаролар учун хавф туғдирсагина, меҳнат шартномасини соғлиғи ҳолатига кўра бекор қилинишига йўл қўйилади.

@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

Maktablarda qisqarishga tushgan xodimlarga oylik to’lanmaydimi

#savolimbor Assalomu alaykum, Muhammadamin aka. Maktablardagi qisqarish bo’yicha video va audiochatlaringiz biz uchun rosa foydali bo’lmoqda. Yana bir muammo bo’lmoqda. Men maktabda psixolog bo’lib ishlayman, ogohlantirish xati oldik. Lekin bizga oylik berilmayapti. Kadr va buxgalter aytishyaptiki, qisqarishga tushgan xodimlarga oylik to’lanmas emish, moliya pul ajratmayapti ekan? Shu to’g’rimi?

Huquqiy asos: MK 100, 165,172, 173, 253, 333 –moddalari. MJTK 49-moddasi
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

sofaviy ta’lim shaklida o'qiydigan xodimlar uchun ham ish haqi saqlangan ta'til beriladimi ish joyidan?

#savolimbor Assalomu alaykum. Sirtqida o’qiydiganlar uchun beriladigan kafolatlar haqidagi postizni o’qidim. Lekin men masofaviyda o’qiyman. Kadrimiz masofaviylarga ta’til berilmaydi chunki onlayn o’qiysizlarku deyapti. Lekin men imtixonni o’qish joyiga borib, oflayn topshiramanku? Iltimos, masofaviy o’qiydigan xodimlar uchun ham kafolatlar haqida tushuntirish bering.
/mehnathuquqi javobi 📤:

MK 385-moddasi kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha ta’lim olayotgan xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalarni berishni tartibga soladi! E'tibor bering, masofaviy ta’lim shaklida o'qiydigan xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar nazarda tutilmagan! Lekin garchi Mehnat kodeksida  bu toifa xodimlar uchun  kafolatlar nazarda tutilmagan bo'lsada, qonunchilik hujjatlarida kafolatlar nazarda tutilgan!

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi 559-son qaroriga ilova “Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 22-bandiga ko’ra, ish faoliyatini masofaviy ta’lim bilan qo‘shib olib borayotgan talabalarga semestr oxirida yakuniy baholashdan o‘tish, bitiruvchilarga esa yakuniy davlat attestatsiyasini topshirish, bitiruv malakaviy va magistrlik ishini himoya qilish uchun kamida 1️⃣5️⃣ kalendar kun muddatga ish haqi saqlangan holda ta’til beriladi https://lex.uz/docs/-6221502

⚠️ Demak, Sizga semester oxirida yakuniy imtixonlar uchun kamida 1️⃣5️⃣ kalendar kun muddatga ish haqi saqlangan holda ta’til beriladi.

❗️Ta’til berish uchun asos sifatida ish joyingizga o’qish joyidan ma’lumotnoma  va OTM tomonidan tasdiqlangan yakuniy nazorat grafigi nusxasini taqdim qilishingiz mumkin. O’qish joyidan ma’lumotnomani  my.gov.uz saytidan yuklab olishingiz mumkin!

@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…

Таълим касаба уюшмаси

#savolimbor Mehnat shartnomasini elektron tuzish mumkinmi?

/mehnathuquqi javobi📤:

✅ Ha, mumkin. Mehnat kodeksi 106-moddasiga ko’ra mehnat shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Biroq shartnomaning yozma shakli deganda faqat qog’oz shaklidagi shartnomani tushunmasligimiz lozim. Buni quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslashga harakat qilamiz👇

❗️Fuqarolik kodeksi 366-moddasiga (Shartnomaning shakli) ko’ra, yozma shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yo‘li bilan, shuningdek pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli suratda aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yo‘li bilan tuzilishi mumkin.

❗️“Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasiga  (Elektron raqamli imzoning va qo‘lda shaxsan qo‘yilgan imzoning bir xil ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etish shartlari) ko’ra, bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda, elektron hujjatdagi elektron raqamli imzo qog‘oz hujjatga qo‘lda shaxsan qo‘yilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga ega bo‘ladi, agar👇

✅ elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlangan bo‘lsa;

✅ elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash paytida yoxud imzolash paytini belgilovchi dalillar mavjud bo‘lganda elektron hujjatni imzolash paytida amalda bo‘lsa;

✅ elektron raqamli imzodan elektron raqamli imzo kalitining sertifikatida ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanilayotgan bo‘lsa.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shartlarga bir vaqtning o‘zida rioya etilgan taqdirda, yuridik shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan qog‘oz hujjatga tenglashtiriladi.

❗️"Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida"gi Qonunning 4-moddasiga (Elektron hujjat aylanishi) ko'ra, elektron hujjat aylanishidan bitimlar tuzish (shu jumladan shartnomalar tuzish), hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotni uzatishda foydalanish mumkin.

⚠️ Demak, yuqoridagi qonun hujjatlari talablariga qat'iy rioya qilinsa, mehnat shartnomasini elektron shaklda tuzish mumkin.

@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g

Читать полностью…
Подписаться на канал