tvkad | Неотсортированное

Telegram-канал tvkad - TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

2076

Toshkent viloyati yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasidagi yangiliklar haqidagi rasmiy kanal. kadastr@umail.uz 👨‍💻 Murojaat uchun: @Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot

Подписаться на канал

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

#bizningmanzillar
Toshkent viloyatida joylashgan kadastr idoralarining manzillari:

40.8844432,69.0485362,17.75z/data=!4m6!3m5!1s0x38ae0d97e4bcce57:0xe2544bf474fb39f3!8m2!3d40.8839914!4d69.0492849!16s%2Fg%2F11ssd6h0sk?entry=ttu">📍Oqqo‘rg‘on tumani
40.9047205,69.6442547,18z?entry=ttu">📍Ohangaron tumani
40.3743168,69.253721,212m/data=!3m1!1e3?entry=ttu">📍Bekobod tumani
41.5633641,69.7796607,17.5z/data=!4m10!1m2!2m1!1sbo'stonliq+kadastr!3m6!1s0x38af1bcb9d759645:0x965e462ceb914258!8m2!3d41.5628063!4d69.7835191!15sChJibydzdG9ubGlxIGthZGFzdHKSARFnb3Zlcm5tZW50X29mZmljZeABAA!16s%2Fg%2F11rm98wpts?entry=ttu">📍Bo‘stonliq tumani
40.8082284,69.2066991,18.25z?entry=ttu">📍Bo‘ka tumani
40.8569806,68.9300565,149m/data=!3m1!1e3!4m15!1m8!3m7!1s0x38ae75ac5fbd77ab:0x4a1e178f88f8ad36!2z0JrRg9C50LjRh9C40YDRh9C40LrRgdC60LjQuSDRgNCw0LnQvtC9LCDQo9C30LHQtdC60LjRgdGC0LDQvQ!3b1!8m2!3d40.9368093!4d68.9539593!16s%2Fm%2F012mf_g5!3m5!1s0x38ae0af52b9c35cd:0x84416134688e8f55!8m2!3d40.8570234!4d68.9303719!16s%2Fg%2F11hbv4ttp4?entry=ttu">📍Quyichirchiq tumani
41.242701,69.141606,592m/data=!3m1!1e3!4m9!1m2!2m1!1szangota+tumani+kadastri+!3m5!1s0x38ae632c538e0467:0xf0314b2e93317dc4!8m2!3d41.2425672!4d69.1431273!16s%2Fg%2F11s92kd_q9?entry=ttu">📍Zangiota tumani
41.3134273,69.5255088,74m/data=!3m1!1e3!4m15!1m8!3m7!1s0x38ae50e5fe3af439:0x7ba96ef169404aad!2z0K7QutC-0YDQuC3Qp9C40YDRh9C40LrRgdC60LjQuSDRgNCw0LnQvtC9LCDQo9C30LHQtdC60LjRgdGC0LDQvQ!3b1!8m2!3d41.2136121!4d69.5022892!16s%2Fm%2F012mgnp3!3m5!1s0x38ae57d5450c3875:0x47c080892dc6506b!8m2!3d41.3134789!4d69.5253186!16s%2Fg%2F11hd55qdl3?entry=ttu">📍Yuqorichirchiq tumani
41.3958324,69.4373393,14z/data=!4m10!1m2!2m1!1squyichirchiq+tumani+kadastri!3m6!1s0x38aef14d5b6eb569:0x48243e30caac1c4c!8m2!3d41.3949334!4d69.4570775!15sChxxdXlpY2hpcmNoaXEgdHVtYW5pIGthZGFzdHJpkgEXc3RhdGVfZ292ZXJubWVudF9vZmZpY2XgAQA!16s%2Fg%2F11f9xm_bqq?entry=ttu">📍Qibray tumani
41.2958468,69.6800396,105m/data=!3m1!1e3!4m15!1m8!3m7!1s0x38afa8d442e75f3d:0x6f641c9f5cf7c32!2z0J_QsNGA0LrQtdC90YLRgdC60LjQuSDRgNCw0LnQvtC9LCDQo9C30LHQtdC60LjRgdGC0LDQvQ!3b1!8m2!3d41.2512565!4d69.8120894!16s%2Fm%2F012mf_d7!3m5!1s0x38afab86773653e1:0xab7cbfb863c5b86!8m2!3d41.2958205!4d69.6799472!16s%2Fg%2F11jp3rqwfy?entry=ttu">📍Parkent tumani
📍Piskent tumani
41.0699322,69.2724379,148m/data=!3m1!1e3!4m15!1m8!3m7!1s0x38ae43757af0d33b:0x59d44cf5c1383927!2z0KPRgNGC0LDRh9C40YDRh9C40LrRgdC60LjQuSDRgNCw0LnQvtC9LCDQo9C30LHQtdC60LjRgdGC0LDQvQ!3b1!8m2!3d41.0860682!4d69.3354317!16s%2Fm%2F012mfzq1!3m5!1s0x38ae697aa7a4fff5:0x8f038700c166600d!8m2!3d41.0698683!4d69.2726774!16s%2Fg%2F11r_gj1tzs?entry=ttu">📍O‘rtachirchiq tumani
📍40.9411964,68.7590871,18.5z?entry=ttu">Chinoz tumani
41.0704984,69.0250728,177m/data=!3m1!1e3?entry=ttu">📍Yangiyo‘l tumani
41.4007876,69.205113,17z/data=!4m15!1m8!3m7!1s0x38aef2da20187967:0x9fb29cb3872aec24!2z0KLQsNGI0LrQtdC90YLRgdC60LjQuSDRgNCw0LnQvtC9LCDQo9C30LHQtdC60LjRgdGC0LDQvQ!3b1!8m2!3d41.4090109!4d69.3115928!16s%2Fg%2F121bk83b!3m5!1s0x38ae8df048c33a59:0x6ef3402ae6e8e6f2!8m2!3d41.4003124!4d69.2066565!16s%2Fg%2F11c2yzcs0n?entry=ttu">📍Toshkent tumani
41.0248847,69.3578009,16.79z/data=!4m15!1m8!3m7!1s0x38aef2da20187967:0x9fb29cb3872aec24!2z0KLQsNGI0LrQtdC90YLRgdC60LjQuSDRgNCw0LnQvtC9LCDQo9C30LHQtdC60LjRgdGC0LDQvQ!3b1!8m2!3d41.4090109!4d69.3115928!16s%2Fg%2F121bk83b!3m5!1s0x38ae412f94f8ea9d:0xf859abb6ec65a0be!8m2!3d41.0237106!4d69.3602616!16s%2Fg%2F11rw7m7tf0?entry=ttu">📍Nurafshon shahri
40.842879,69.606311,18z/data=!4m9!1m2!2m1!1solmaliq+shahar+bti!3m5!1s0x38ae2dc8601ad767:0x164f68bd510f3d0e!8m2!3d40.8427656!4d69.6076346!16s%2Fg%2F11s5dq49xd?entry=ttu">📍Olmaliq shahri
41.0122274,70.0632568,17.04z/data=!4m10!1m2!2m1!1sangren+shahar+kadastr!3m6!1s0x38afe9a0d8476c09:0x3552a7fe4dca7ab8!8m2!3d41.0122132!4d70.0671583!15sChVhbmdyZW4gc2hhaGFyIGthZGFzdHKSARFnb3Zlcm5tZW50X29mZmljZeABAA!16s%2Fg%2F11t3kysgjn?entry=ttu">📍Angren shahri
40.2190024,69.2424804,17z/data=!4m15!1m7!2m6!1sbekobod+kadastr!3m4!2s40.905359,+69.645413!4m2!1d69.6454134!2d40.9053591!3m6!1s0x38b19656db51cc05:0xd6d6c840953181c9!8m2!3d40.2198589!4d69.2449583!15sCg9iZWtvYm9kIGthZGFzdHKSARBjb3Jwb3JhdGVfb2ZmaWNl4AEA!16s%2Fg%2F11dxqd7wsb?entry=ttu">📍Bekobod shahri
40.9047205,69.6442547,18z?entry=ttu">📍Ohangaron shahri
41.4841004,69.5869854,74m/data=!3m1!1e3!4m10!1m2!2m1!1schirchiq+yer+tuzish+kadastr!3m6!1s0x38aee320f215fc41:0x638c251c644a1f6!8m2!3d41.4842098!4d69.5873941!15sChtjaGlyY2hpcSB5ZXIgdHV6aXNoIGthZGFzdHKSARFnb3Zlcm5tZW50X29mZmljZeABAA!16s%2Fg%2F11jt4wbn3p?entry=ttu">📍Chirchiq shahri
41.1114271,69.0404033,14.75z/data=!4m10!1m2!2m1!1syangiyo'l+tuman+kadastr!3m6!1s0x38ae7afc954117fd:0x8164592c46517d7a!8m2!3d41.1076939!4d69.0596895!15sChd5YW5naXlvJ2wgdHVtYW4ga2FkYXN0cpIBEWdvdmVybm1lbnRfb2ZmaWNl4AEA!16s%2Fg%2F11d_vd9ptl?entry=ttu">📍Yangiyo‘l shahri

Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Nafaqat binoga, balki yeriga ham egalik qiling !

Avvallari bino o‘zingizga tegishli bo‘lib, uning yeri esa tegishli bo‘lmagan.

Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar endilikda yer uchastkalarini xususiylashtirishlari mumkin bo‘ldi. Buning uchun
💻 DXM yoki my.gov.uz portali orqali ariza beriladi.

📋Ariza Kadastr agentligi va Qurilish bo‘limlariga xususiylashtirishga monelik qilmaydigan barcha tomonlar tekshirilishi uchun yo‘naltiriladi.

📨Tekshiruvlardan o‘tgach fuqaroga to‘lovni amalga oshirish, yaʼni xususiylashtirish haqida xabarnoma yuboriladi.

📑Xabarnoma orqali xususiylashtirish uchun to‘lovni amalga oshiradi va davlat orderiga ega bo‘ladi.

✍️Kadastr organlari tomonidan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

#bilasizmi #huquq #VM_71
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Matbuot anjumani tafsilotlari Nurafshon TV dasturlarida

#OAV_biz_haqimizda #matbuot_anjumani #yernazorati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

🔹Jismoniy shaxslarning yakka tartibda turarjoy qurish uchun berilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirmalar olish

Xizmati narxi - BHMning 1 baravari miqdori (340,000)

🔹Jismoniy shaxslarning noturarjoy obyektlari uchun berilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirmalar olish

Xizmati narxi - BHMning 3 baravari miqdori (1 020,000)

Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Qanday bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish uchun kelishi talab etilmaydi ?

Javob:
Qonunchilikka muvofiq, yakka tartibdagi uy-joylar, tumanlarning maʼmuriy markazi bo‘lmagan shaharchalarda, qishloq aholi punktlari (qishloq va ovullar)da hamda aholi punktlari tashqarisida joylashgan bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish uchun kelishish talab etilmaydi.

#savol_javob #huquqvaqti
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda. O‘rta Chirchiq tumani

Kadastr agentligi O‘rta Chirchiq tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan nazorat tadbiri davomida tumanning Yuqoriovul MFY hududidagi 300 kv.m yer maydoni fuqaro Sh.E tomonidan o‘zboshimchalik egallanib, noqonuniy qurilmalar qurganlik holati aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan bo‘lim tomonidan tegishli tartibda berilgan rasmiy ogohlantirishni asossiz va ijrosiz qoldirgan fuqaro Sh.Ega nisbatan Mjtk ning 60-modda 3-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi, qurilmalar esa fuqaro tomonidab ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi


‼️Eslatib o‘tamiz, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxs tomonidan yer uchastkasi qaytarilishi taʼminlanib, oqibatlari bartaraf etilsa, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga nisbatan maʼmuriy jarima jazosi qo‘llanilmaydi !

#Oʼrtachirchiq #yernazorati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

❗️Kadastr agentligi ogohlantiradi !

#korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish:
/channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Matbuot anjumani: yarim yillik natijalar

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan 2024-yilning 6 oyida o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati sohasida jami 2 228 holatda 304 gektarda huquqbuzarlik holatlari aniqlangan. (2023 yilning 6 oyida 964 ta holatda 256,24 gektarni tashkil etgan).

O‘tgan yilgiga nisbatan solishtirilganda, 1 264 ta holatda 47,76 gektar ko‘p huquqbuzarlik holatlari aniqlangan. Jumladan, joriy yilda huqubuzarlik soni
🔹Bo‘stonliq tumanida 161 taga,
🔹Zangiota tumanida 119 taga,
🔹Yangiyo‘l tumanida 140 taga ortgan.


Huquqbuzarlik holatlarini sodir etgan 1 691 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy choralar qo‘llanilgan.

Prokuratura organlariga yuborilgan materiallar 136 ta holatni tashkil etib, shundan 115 ta holatda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
(2023 yilning 6 oyida prokuraturaga yuborilgan materillar 10 tani tashkil etgan)

📄Sudlarga kiritilgan da‘vo arizalari 1 187 tani etgan.
(2023 yilning 6 oyida mazkiur ko‘rsatkich 1 110 tani tashkil etgan)

O‘zboshimchalik bilan egallangan 484 ta holat 16,7 gektar yer maydonlarini o‘z holiga keltirish yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i - R.Payziyev

#matbuot_anjumani
Kanalga ulanish:
/channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilda amalga oshirilayotgan nazorat tadbirlaridan lavhalar

#yernazorati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

#diqqat
⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!

Kanalga ulanish:
/channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Parkent tumanida yer nazorati

Kadastr ageniligining Parkent tuman bo‘limi tomonidan tumanning Samsarak MFY, Samsarak ko‘chasi hududida fuqaro A.R foydalanishida bo‘lgan yer maydoniga tutash bólgan 23 kv.metr tuman zaxirasidagi yer maydoni ózboshimchalik bilan egallanib, molxona binosi qurib olganligi aniqlandi.

Qurilma bo‘lim tomonidan tegishli tartibda berilgan ogohlantirishda ko‘rsatilgan 15 kunlik muddatda fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

#yernazorati #Parkent
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️ Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishda nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi

✔️Manfaatdor shaxs ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda Davlat kadastrlari palatasi masʼul xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilib, Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga keladigan nizolarni ko‘rib chiquvchi komissiyaga yozma yoki Davlat kadastrlari palatasi rasmiy veb-sayti orqali elektron murojaat qilishi mumkin.

🔹Komissiya murojaatni kelib tushgan kundan eʼtiboran 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqishi shart (murojaatlar soni bir yoki bir nechta bo‘lishidan qatʼi nazar).

🔹 Manfaatdor shaxs yoki uning qonuniy vakili murojaatlar ko‘rib chiqilishida ishtirok etish huquqiga ega.

🔹 Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi.

✍️ Manfaatdor shaxs Komissiya qaroridan norozi bo‘lsa, qarorni olgan kundan boshlab 2 oy muddatda apellyatsiya komissiyasiga murojaat qiladi.

✔️Apellyatsiya komissiyasi murojaatni 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi.

‼️ Manfaatdor shaxs Komissiya va apellyatsiya komissiyasi qarorlaridan norozi bo‘lgan holatlarda belgilangan muddatlarda sudga shikoyat qilishi mumkin.

Asos: VM-426-son, 29.08.2023 y.
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Quyidagi hollarda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘lovlar undirilmaydi:

🔹kadastr pasportini rasmiylashtirganda;

🔹ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga;

🔹rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

🔹kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan);

🔹ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda;

🔹fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;

🔹tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda.
#kadastr_xizmati #bilasizmi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Korrupsiyaga befarq bo‘lmang !

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari Sizlarni korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz quyidagi raqamlar orqali xabar bering:

📞 1097
📞 +99895
199-17-73
📞 +99870
202-02-07

📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi taʼminlanadi.
#ishonchtelefoni #korrupsiyagaqarshi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️BUGUNGI KUN RAQAMLARI

🔹 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so‘m;

🔹 bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so‘m;

🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so‘m;

🔹 yoshga doir eng kam pensiyalar – 725 000 so‘m;

🔹 bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

🔹 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

🔹 ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 608 000 so‘m;

🔹 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 800 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – 800 000 so‘m.
#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Ko‘chmas mulkni bo‘lish uning mulkdorining arizasiga yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi

▫️Bo‘lish natijasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning yuzaga kelganligi yoki bekor qilinganligi shartnoma yoki sud qarori bilan tasdiqlanadi. Ko‘chmas mulkni bo‘lish uchun bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi va kadastr pasporti shakllantiriladi.

▫️Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida bu ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va ularga oid cheklov yangidan tashkil etilgan ko‘chmas mulkka o‘tadi.

▫️Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida huquqlarning va ularga oid cheklovlarning boshqa shaxsga o‘tishi bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka nisbatan ushbu huquqlar va cheklovlarning bekor bo‘lishini hamda ularning yangidan vujudga kelgan ko‘chmas mulkka nisbatan yuzaga kelishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

‼️Ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘linmaydi.

#huquq #bilasizmi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

#kadastr_xizmati

⚡️Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishda quyidagilar asos bo‘ladi:

🔹ko‘chmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlar mavjudligi

🔹ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi

🔹hujjatlarda noto‘g‘ri, qarama-qarshi yoki buzilgan maʼlumotlar topilishi

🔹birlamchi kadastr yig‘majildi mavjud emasligi

🔹davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi

🔹davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘xtatib turilgan hollarda, kamchiliklarning uch ish kuni mobaynida bartaraf etilmasligi

🔹yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi

🔹huquqlarning vujudga kelishini belgilamaydigan hujjatlarning taqdim etilishi.

❗️Yuqoridagilardan boshqa asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Facebook Instagram Telegram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

#huquqvaqti #yernazorati

⚡️Vaqtincha egallab turilgan yerlarni o‘z vaqtida qaytarib bermaslik uchun javobgarlik mavjud

Vaqtincha egallab turilgan yerlarni o‘z vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni o‘z o‘rnida foydalanish uchun yaroqli holga keltirish yuzasidan majburiyatlarni bajarmaslik

🔹BHMning besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Huquqiy asos:
Mjtk 67-modda
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Uy-joyga muhtoj fuqarolarga beriladigan uy-joy maydonining normasi qanday ?

Vazirlar Mahkamasining 11.03.2024-yildagi 124-sonli qaroriga muvofiq, munitsipial, idoraviy va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joylar fuqarolarga uy-joy maydoni ijtimoiy normasiga muvofiq beriladi.

Uy-joy maydoni ijtimoiy normasi Qoraqalpog‘iston respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan

🔹bir kishi hisobiga 16 kv.metrdan kam bo‘lmagan umumiy maydon hajmida

🔹kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 23 kv.metrdan kam bo‘lmagan hajmda belgilanadi.


❗️Er-xotindan tashqari turli jinsga mansub shaxslarni bir xonaga yoki bir xonali kvartiraga joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida uy-joy maydoni ijtimoiy normasidan ortiqcha turar joy berilishi mumkin.

#qonunchilikda_yangilik #huquq
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarga nisbatan mulk huquqi berilmaydi

❗️ O‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

📃 Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

🚫 O‘zboshimchalik bilan egallangan yerdagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.
#bilasizmi #yernazorati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Noqonuniy qurilmalarga qarshi nazorat kuchaymoqda

– Yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish va noqonuniy qurilmalar qurib olish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 1 ming 187 ta holatda, 99,2 gektarda boshqarma tomonidan sudlarga daʼvo arizalari kiritildi, – deydi Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Rustam Payziyev.


🖥Batafsil UzA saytida

#yernazorati #OAV_biz_haqimizda #UzA
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Viloyatda yoshlar uchun yer ajratish rejasi ortig‘i bilan bajarildi

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan viloyatda mavjud 6 254 gektar (reja 6 000 gektar) yer maydoni davlat zaxirasiga olinib, hokimliklar nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Shundan

🔹6 014 gektar yer maydoni auksion savdosiga qo‘yilgan;
🔹3 729 gektar yer maydoni g‘olibi aniqlangan va huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi taʼminlangan.

Shunigdek, 100,83 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari hokimlik nomiga davlat ro‘xatidan o‘tkazilgan. Shundan

🔹63,9 gektar yer tanlovga qo‘yilgan;
🔹48,95 gektar yer maydonining tanlovlari aniqlangan;
🔹47,12 gektar yer maydonining ijara shartnomalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Bundan tashqari, boshqarma tomonidan

🔹3 891 ta yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha arizalar ijobiy hal qilingan;
🔹51 634 ta ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan;
🔹38 834 ta kadastr pasportlari shakllantirib berilgan.

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i - J.Axrorov
#matbuot_anjumani
Kanalga ulanish:
/channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Xususiylashtirilgan yer uchastkalari davlat tomonidan himoya qilinadi

Xususiylashtirilgan yer uchastkalari xususiy mulk va fuqarolik muomalasi obyektlaridir.

Xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan xususiy mulk huquqi unga bo‘lgan huquq Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli maʼlumotlarni elektron tarzda kiritish orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan eʼtiboran yuzaga keladi.

‼️Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi daxlsizdir va qonunga muvofiq davlat tomonidan himoya qilinadi.

Huquqiy asos: O‘RQ–728, 15.11.2021 y.

#huquq #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Bugun Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasida rahbar xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish davomida "MANFAATLAR TO‘QNASHUVI TO‘G‘RISIDA"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyati xususida atroflicha tushunchalar berib o‘tildi.

Jumladan, yig‘ilish ishtirokchilariga ushbu Qonunning maqsadi va amal qilish sohasi, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solinishida rahbar kadrlarning vazifalari hamda Qonunda belgilangan asosiy tamoyillar haqida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, ushbu Qonun talablari buzilishi bilan bog‘liq huquqbuzarlik holatlariga nisbatan qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari haqida asosiy tushunchalar bayon etildi.

#korrupsiyagaqarshi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

#vakansiya
BIZDA BO‘Sh ISH O‘RINLARI !

📣Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi quyidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov eʼlon qiladi:

🔹Angren shahar bo‘limi
🔹Bekobod shahar bo‘limi
🔹Ohangaron shahar bo‘limi (faqat nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun)

☝️Tanlovga arizalar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari ochiq portali orqali qabul qilinadi.

❗️Maʼlumot uchun, oliy maʼlumotli (bakalavr, magistr), Geodeziya, kartografiya va kadastr, Yer tuzish va yer kadastri, yuridik hamda iqtisod sohalari nomzodlari ariza berishlari tavsiya etiladi.

❗️shoshiling, arizalar qabul qilish muddati cheklangan

Kanalga ulanish:
/channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

📣OAV vakillari, jurnalist va blogerlar diqqatiga !

Joriy yilning 26-iyul kuni soat 11.00 da Toshkent viloyati hokimligi binosining majlislar zalida "Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan 2024-yilning o‘tgan 6 oyi davrida amalga oshirilgan ishlar" mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Matbuot anjumaniga barcha bosma va elektron OAV vakillari, jurnalistlar, ijtimoiy tarmoq faollari, blogerlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilot va muassasalar axborot xizmatlari rahbarlarini taklif etamiz!

Ro‘yxatga olish soat 10.30 da boshlanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun: (90)
940-05-03

📍Manzil: Toshkent viloyati hokimligi binosining majlislar zali

#matbuot_anjumani
Kanalga ulanish:
/channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Boʼstonliq tuman aholisining kadastrga oid muammolari o‘rganildi

Bugun Boʼstonliq tumani aholisining kadastrga oid muammolarini o‘rganish va ularni hal qilish masadida tumanning Hoʼjakent pansionatida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda 80 nafarga yaqin fuqarolar qatnashib, ulardan jami 48 ta murojaat kelib tushdi.

Qabul davomida har bir fuqaroning ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish hamda yer uchastkalarini xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglanib, mutasaddilar tomonidan ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

#Boʼstonliq #sayyor_qabul
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish sohasida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning majburiyatlari

❗️Qishloq xo‘jaligi yerlari maxsus muhofaza qilinishi lozim.

Huquqiy asos: Yer kodeksi

#huquqvaqti #bilasizmi #infografika
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook     Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

#Boʼstonliq
⚡️DIQQAT EʼLON!
Hurmatli Bo‘stonliq tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 24-iyul kuni soat 15-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Bo‘stonliq tumani, Qoranqul MFY, Xo‘jakent pansionati.

☎️ Murojaat uchun: (70) 202-02-07
#eʼlon #sayyor_qabul
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Toshkent viloyati yer maydonlarining elektron yer hisoboti yaratilmoqda

Ayni kunlarda Toshkent viloyatining 22 ta tuman shaharlarda jami 1 mln 514 ming gektar yer maydonlarini "YER HISOBOT AAT" tizimiga kiritish ishlari amalga oshirilmoqda.

✔️Bu esa yer hisobotini elektron shaklda yuritish imkonini beradi.

Bunda Davlat kadastrlari palatasining hududiy filiallaridagi yer hisobini yurituvchi mutaxassislar tomonidan yer fondi toifalari, turlari va ulardagi o‘zgarishlar, yer uchastkalarining o‘rni va maydonlari, shuningdek yer egalari, ijarachilar va ular o‘rtasida yerning taqsimlanishi to‘g‘risidagi maʼlumotlar "YER HISOBOT AAT" dasturiga kiritilmoqda.

🤔Bugungi kun kun holatiga Toshkent viloyatida jami 1 mln 514 gektar yer maydonlaridan 670 ming gektar (44%) yer maydonlari "YER HISOBOT AAT" tizimiga kiritilishi taʼminlandi.

Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan filiallarda yer hisobotiga tegishli barcha maʼlumotlarni arxivlarda sifatli saqlash, “Uzkad” axborot tizimdagi yer balansi rolidagi jarayonlarni muddatida ijrosini taʼminlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

#seminar #UzKad
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…
Подписаться на канал