tvkad | Неотсортированное

Telegram-канал tvkad - TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

2076

Toshkent viloyati yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasidagi yangiliklar haqidagi rasmiy kanal. kadastr@umail.uz 👨‍💻 Murojaat uchun: @Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot

Подписаться на канал

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda

Kadastr agentligining Bo‘ka tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari davomida tumanning “Jo‘raobod” MFY, Guliston ko‘chasi hududidagi davlat zaxirasiga qarashli 400 kv.m yer maydoni fuqaro I.I tomonidan o‘zboshimcha egallanib, 150 kv.m yer maydonida esa noqonuniy noturar bino qurilgani aniqlandi.

Mazkur holat tegishli tartibda bo‘lim tomonidan nazoratga olinib, fuqroga rasman ogohlantirish xati berildi hamda huquqbuzarlik oqibatlari tushuntirildi.

✔️Natijada qurilmalarning fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishi taʼminlandi.

‼️Eslatib o‘tamiz, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxs tomonidan yer uchastkasi qaytarilishi taʼminlanib, oqibatlari bartaraf etilsa, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga nisbatan maʼmuriy jarima jazosi qo‘llanilmaydi !


#Boʼka #yernazorati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Xatlov-2024: Qibray tumani

Qonun kuchga kirishi munosabati bilan kadastr mutаxassislari tomonidan joylarda mahallalar kesimida xatlov ishlari boshlab yuborilgan.

📍Ayni kunlarda Qibray tumanining "Yangi Obod" MFY hududida mutaxassislar tomonidan xatlov ishlari olib borilmoqda.

❗️Xushyor bo‘ling, ular sizlarnikiga ham boradi.

#OʼRQ_937 #xatlov
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara hamda mulk huquqi xalq deputatlari Kengashlarining qarorlari bilan eʼtirof etiladi

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan eʼtirof etiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qaroridan norozi bo‘lgan shaxslar ushbu qaror ustidan sudga qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda shikoyat qilishi, prokuratura va adliya organlari esa qarorni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida sudga ariza (shikoyat) berishi mumkin.

Manba:
O‘RQ-937-son, 3-modda
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️DIQQAT EʼLON!
Hurmatli Piskent tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastrga oid murojaatlarini o‘rganish hamda "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonun yuzasidan kadastr sohasi masʼullari ishtirokida joriy yilning 13-noyabr kuni soat 15.00 da Piskent tumani aholisi uchun ochiq muloqot o‘tkaziladi.

📍Manzil: Piskent tumani, Mo‘minobod MFY, H.Olimjon ko‘chasi, 66-uy. Kadastr filiali binosi

☎️ Murojaat uchun: (70) 202-02-07
#eʼlon #ochiq_muloqot #Piskent
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Yer qonunbuzilish holatlari bartaraf etilmoqda

Kadastr agentligining Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari davomida shaharning “Maʼrifat” hududidagi davlat zaxirasiga qarashli yer maydoni fuqaro B.U tomonidan o‘zboshimcha egallanib, noqonuniy qurilish ishlari olib borilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan bo‘lim tomonidan fuqaroga nisbatan Mjtk ning 60-modda 3-qismi bilan maʼmuriy bayyonnoma rasmiylashtirilib, qurilmalarning fuqaro tomonidan bartaraf etilishi taʼminlandi.

❗️Hurmatli fuqarolar va yerdan foydalanuvchilar !
Yer qonunchiligini buzganlik uchun maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlik borligini unutmang !


#Chirchiq #yernazorati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Reja-jadvalga kiritilmagan mahallalarda xatlovlar qachon amalga oshiriladi ?

Javob:
- Ayni paytda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazish ishlari 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan reja-jadval asosida olib borilayotgan bo‘lib, mazkur yillarda rejaga kiritilmagan mahallalar keyingi yillarga mo‘ljallangan reja-jadvalga kiritiladi. Hech bir mahalla xatlovdan chetta qolmaydi !

🔖Eslatib o‘tamiz, mazkur Qonunning amal qilish muddati 2028-yil 1-yanvarga qadar etib belgilangan.

Huquqiy asos:
O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish uchun bir martalik to‘lovni to‘lashdan quyidagi shaxslar ozod etiladi:

🔹bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida bir martalik yig‘imni to‘liq to‘lagan shaxslar;

🔹I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

❗️“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslardan bir martalik to‘lov belgilangan to‘lovning 50 foizi miqdorida undiriladi.

Manba: O‘RQ-937-son, 13-modda
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Bo‘stonliq tumanida o‘tkaziladigan xatlov ishlari reja-jadvali taqdim etilmoqda

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Bo‘stonliq tumani hududi uchun reja-jadval.

🔖Eslatma, mazkur reja-jadval 2024-2025 yillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xatlov ishlari belgilangan sanalarda boshlanadi.

#OʼRQ_937 #grafik
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Ohangaron shahrida o‘tkazilgan sayyor qabul tafsilotlari Nurafshon TV kanali informatsion dasturlarida

#OAV_biz_haqimizda #sayyor_qabul #Ohangaron
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Kadastr muhandislari xatlovga shay holatda

Mutaxassislarning xatlovni to‘la-to‘kis amalga oshirishlari uchun barcha choralar ko‘rilgan bo‘lib, har bir kadastr muhandisi zaruriy jihozlar bilan taʼminlangan.

Ayni paytda hududlarda mahallalar kesimida xatlov ishlari boshlangan.

🔖Suratda Yangiyo‘l, Piskent tumanlari va Olmaliq hamda Ohangaron shaharlari filiallari mutaxassislari

#OʼRQ_937 #xatlov
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Qadrli yurtdoshlar!

Yer, mulk, uy-joy bilan bog‘liq munosabatlar tarixan qadriyatimizga aylangan. 2024-yilning 5-avgust sanasida Davlatimiz rahbari vatandoshlarimiz uchun muhim bo‘lgan yana bir tarixiy Qonunni imzoladilar.

Bugun 8-noyabrdan millionlab yurtdoshlarimiz kutgan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun kuchga kiradi. 2024–2025-yillar uchun tasdiqlangan reja-garfik asosida mahallalarda kadastr xodimlari tomonidan xatlov ishlari boshlanadi.

Qonun kuchga kirish sanasida sizga murojaat qilishimdan maqsad
“ogohlikka” chaqirishdir!

Uzoq yillar davomida o‘zi yashab kelayotgan uyini rasmiylashtirib olishni niyat qilib yurgan halol insonlar ko‘p ammo, vaziyatdan foydalanib, noqonuniy yo‘llar bilan daromad qilishni reja qilib yurgan “uddaburonlar” ham yo‘q emas.

Sizlarni bunday nopok kimsalarning har qanday so‘zlari va va’dalariga ishonmaslikka chaqiraman!

Birinchidan,
mahallalar aniq tasdiqlangan reja-grafik asosida xatlovdan o‘tkaziladi. Biri qolib ikkinchisiga o‘tilmaydi, ya’ni xalq tili bilan aytganda “tezlashtirib berishning imkoni yo‘q!”.

Ikkinchidan, xatlovdan keyin “E’TIROF” dasturiga kiritilgan har bir holat bo‘yicha 15 dan ortiq vazirlik va idoralar xulosalarini beradi hamda kosmik suratlar yordamida tahlil qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “ilojini qilib o‘tkazib bo‘lmaydi!”.

Uchinchidan, xatlov jarayonida qonun bilan aniq belgilab berilgan 8 ta toifaga kiruvchi holatlar o‘rganiladi. Hozirda egallab olib, qurilish qilib qonuniylashtirib olishni reja qilayotganlar javobgarlikka tortiladi va bu ishlar ham axborot tizimlari orqali nazorat qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “tanish-bilish o‘tmaydi!”.

‼️Hurmatli yurtdoshlar, har qanday holatda ham firibgarlik, ta’magirlik yoki korrupsiya holatlariga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bering.

Mazkur Qonunning adolatli va samarali ijro etilishi barchamizga birdek bog‘liq ekanligini yoddan chiqarmaylik.

Hurmat bilan,
Kadastr agentligi direktori
Farrux Pulatov
.

Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Bo‘ka tumanida o‘tkaziladigan xatlov ishlari reja-jadvali taqdim etilmoqda

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Bo‘ka tumani hududi uchun reja-jadval.

🔖Eslatma, mazkur reja-jadval 2024-2025 yillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xatlov ishlari belgilangan sanalarda boshlanadi.

#OʼRQ_937 #grafik
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Yangi Qonun yuzasidan huquqiy seminarlar tashkil etilmoqda

Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonuni e‘lon qilinganidan so‘ng keng jamoatchilikka targ‘ib qilish ishlari jadallik bilan amalga oshirilib kelinmoqda.

Bu borada mutaxassislar bilimlarini oshirish va tegishli ko‘nikmalar shakllantirish maqsadida boshqarma xodimlari ishtirokida Qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminari tashkil etildi.

Seminar davomida, amaliyotda uchrashi mumkin bo‘lgan holatlar muhokama qilinib, mutaxassislarning Qonun bo‘yicha berilgan savollariga tushunchalar berib o‘tildi.

#OʼRQ_937 #seminar
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

❗️Ertaga, 8-noyabrdan mahallalarda xatlov ishlari boshlanadi

Ertaga reja-jadval asosida kadastr muhandislari tomonidan o’zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazish ishlari boshlanadi.

📣Hududlardagi xatlov reja-jadvallari kanalda doimiy ravishda eʼlon qilib boriladi.

#OʼRQ_937 #grafik
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

O‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs unga mulk huquqini ololmaydi.

Bu shaxs qurgan imoratini tasarruf etishga — sotishga, hadya etishga, ijaraga berishga, imoratga nisbatan boshqa bitimlar tuzishga haqli emas.

#bilib_qoʼygan_yaxshi #yernazorati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Nurafshon shahrida o‘tkaziladigan xatlov ishlari reja-jadvali taqdim etilmoqda

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Nurafshon shahri hududi uchun reja-jadval.

🔖Eslatma, mazkur reja-jadval 2024-2025 yillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xatlov ishlari belgilangan sanalarda boshlanadi.

#OʼRQ_937 #grafik
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Davlat yer kadastri mazmun jihatdan quyidagi vazifalarni bajaradi:

🔹yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹yer uchastkalarini elektron hisobga olish;

🔹yerni qiymat jihatidan baholash;

🔹yer kadastri maʼlumotlarini tizimlashtirish, saqlash, yangilash va manfaatdor shaxslarga belgilangan tartibda taqdim etish.

#bilasizmi #kadastr
Каналга уланиш: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

O‘rta Chirchiq tuman bo‘lim(filial)ida navbatdagi qo‘shma profilaktik tadbir o‘tkazildi

Kadastr agentligi Toshkent viloyat boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi ishtirokida O‘rta Chirchiq tuman bo‘limi hamda filialida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Jumladan, mazkur bo‘lim va filiallar xodimlari bilan "O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risidagi O‘RQ-937-sonli Qonuni mazmun-mohiyati hamda qonun ijrosi doirasida korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymaslik" mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida kadastr xodimlari o‘rtasida korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlik va firibgarlik jinoyatlari haqida tushuntirishlar berildi.

Suhbat so‘nggida xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

#korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Bekobod tumanida o‘tkaziladigan xatlov ishlari reja-jadvali taqdim etilmoqda

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Bekobod tumani hududi uchun reja-jadval.

🔖Eslatma, mazkur reja-jadval 2024-2025 yillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xatlov ishlari belgilangan sanalarda boshlanadi.

#OʼRQ_937 #grafik
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Xatlov-2024: Zangiota tumani

Qonun kuchga kirishi munosabati bilan kadastr mutаxassislari tomonidan joylarda mahallalar kesimida xatlov ishlari boshlab yuborilgan.

📍Ayni kunlarda Zangiota tumanining "Dostlik", "Eshonguzar" va "Oybek" MFY larida mutaxassislar tomonidan xatlov ishlari olib borilmoqda.

❗️Xushyor bo‘ling, ular sizlarnikiga ham boradi.

#OʼRQ_937 #xatlov
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e‘tirof etish axborot tizimi - “EʼTIROF” AAT dasturi yuzasidan amaliy seminar tashkil etildi.

#OʼRQ_937 #seminar
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Egalik huquqi eʼtirof etilishi uchun Qоnunda qanday talablar belgilangan ?

#OAV_biz_haqimizda #OʼRQ_937
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Kadastr muhandislari xatlovga shay holatda

Mutaxassislarning xatlovni to‘la-to‘kis amalga oshirishlari uchun barcha choralar ko‘rilgan bo‘lib, har bir kadastr muhandisi zaruriy jihozlar bilan taʼminlangan.

Ayni paytda hududlarda mahallalar kesimida xatlov ishlari boshlangan.

🔖Suratda Bo‘stonliq va Zangiota tumani filiallari mutaxassislari

#OʼRQ_937 #xatlov
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Bugundan viloyatning quyidagi mahallalarida xatlov ishlari boshlandi

📍Ohangaron tumani:
G‘alla-quduq MFY

📍Olmaliq shahri:
Abdulla Qaxxor MFY, Kimyogar MFY, Yangi hayot MFY, Metallurg MFY, Muso Jalil MFY, Ibn Sino MFY, Cho‘lpon MFY, Saxovat MFY.

📍Oqqo‘rg‘on tumani:
Eltamgali MFY

📍O‘rta Chirchiq tumani:
Arg‘in-Sada MFY

📍Parkent tumani:
Chotqol MFY, Oydin MFY, Yashnobod MFY

📍Piskent tumani:
Mo‘minobod MFY

📍Qibray tumani:
Yangi Obod MFY

📍Quyi Chirchiq tumani:
Beshkent MFY

📍Toshkent tumani:
Iqbol MFY

📍Yangiyo‘l shahri:
Yangiobod MFY, Turkiston MFY

#OʼRQ_937 #xatlov
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Bugundan viloyat hududining quyidagi mahallalarida xatlov ishlari boshlandi

📍Angren shahri:
Gulzor MFY

📍Bekobod shahri:
Shirin MFY, Bobur MFY, Paxtakor MFY, Bog‘ishamol MFY, Farg‘ona MFY, Yoshlik MFY.

📍Bekobod tumani:
Istiqbol MFY

📍Bo‘ka tumani:
Jagalbayli MFY

📍Bo‘stonliq tumani:
Bo‘ston MFY, Istoiqlol MFY, Maʼrifat MFY.

📍Chinoz tumani:
Bunyodkor MFY, Yoshlik MFY, Xamza MFY.

📍Chirchiq shahri:
Semurg‘ MFY, Chinor MFY, Nur MFY, Kamolot MFY, Kabutar MFY, Lola MFY, Yulduz MFY, Quyosh MFY, Do‘stlik MFY, Tinchlik MFY

📍Nurafshon shahri:
Taraqqiyot MFY, Yangiobod MFY, Obod turmush MFY.

📍Ohangaron shahri:
Umid MFY, Guliston MFY

#OʼRQ_937 #grafik
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

❗️BUGUNDAN YANGI QONUN RASMAN KUCHGA KIRDI

“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun bugun, 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kirdi.

🔖Aholidan bu borada faqatgina rasmiy manbalarni kuzatib borishlarini tavsiya qilamiz !

#OʼRQ_937
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

❗️O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasi va undagi bino va inshootga nisbatan egalik huquqi eʼtirof etilishi jarayonida fuqarolardan hech qanday hujjat talab etilmaydi !

#OAV_biz_haqimizda #OʼRQ_937
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Bekobod shahrida o‘tkaziladigan xatlov ishlari reja-jadvali taqdim etilmoqda

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Bekobod shahri hududi uchun reja-jadval.

🔖Eslatma, mazkur reja-jadval 2024-2025 yillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xatlov ishlari belgilangan sanalarda boshlanadi.

#OʼRQ_937 #grafik
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Yer uchastkalari auksion savdolariga qanday huquq asosida chiqariladi ?

🔹Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lganda yer uchastkalari auksionga mulk huquqi bilan chiqariladi.

🔹Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, yer uchastkalari auksionga faqat ijara huquqi bilan chiqariladi.

#bilasizmi #kadastrxizmati #VM71
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook     Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

❗️Qonunchilikka ko'ra, davlat xizmatchilari Odob-axloq qoidalariga rioya qilish majburiyatiga, fuqarolar esa davlat xizmatchilaridan mazkur qoidalarga mos bo'lgan kasbiy madaniyatni talab qilish huquqiga ega.

Huquqiy asos: VM-595-son 14.10.2022 yil

#Bilasizmi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…
Подписаться на канал