tvkad | Неотсортированное

Telegram-канал tvkad - TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

2076

Toshkent viloyati yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasidagi yangiliklar haqidagi rasmiy kanal. kadastr@umail.uz 👨‍💻 Murojaat uchun: @Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot

Подписаться на канал

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish uchun tegishli shaxslar tomonidan bir martalik to‘lov belgilangan muddatlarda to‘lanmagan taqdirda, ularning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan bino va inshootga bo‘lgan huquqlarini eʼtirof etish to‘g‘risidagi ishlar to‘xtatib turiladi.

Tegishli shaxslar tomonidan bir martalik to‘lov to‘langan taqdirda, elektron yig‘majild, maʼlumotlar va hujjatlar ushbu Qonunning 18-moddasiga muvofiq tayyorlangan ijobiy xulosalar bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga navbatdagi sessiyada (majlisda) ko‘rib chiqish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali avtomatik ravishda yuboriladi.

Manba: O‘RQ-937-son, 19-modda
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️KADASTR PASPORTINI TAYYORLASH MUDDATLARI

Kadastr pasportini tayyorlash ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔹ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;

🔹yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha.

❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: /channel/tv

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

❗️Diqqat !
Yaqin soatlarda O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini xatlovdan o‘tkazish reja-grafigi e’lon qilinadi.


#OʼRQ_937
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Uyim buziladimi ?

Oldi-sotdi jarayonida ko‘chmas mulk obyektining buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotga ega bo‘lish zarar qilmaydi.

💻Buning uchun siz onlayn tarzda – my.gov.uz yoki oflayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, maʼlum bir ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma olishingiz mumkin.

❗️Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo‘ladi.

🔹Xizmat narxi BHMning 0,045 foizi miqdorida;
🔹Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni.

#snos #bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish:
/channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

❗️❗️❗️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎤🎤🎤🎤

🇺🇿O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarida qurilgan qurilmalarga huquqlarni e’tirof etish jarayonlarida yigirmaga yaqin davlat idoralari orasida o‘zaro elektron hujjat aylanishi hamda jarayonlarni shaffofligini ta’minlash maqsadida 🌟Kadastr agentligi tomonidan “E’TIROF” AAT dasturi ishlab chiqildi.

5-noyabr kunida soat 11:00 da 🌟Kadastr agentligining markaziy apparati binosida dasturning taqdimoti bo'lib o'tadi.

🎤Taqdimotga ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlarni taklif etamiz.

📍 Manzil:  Chilonzor-S, Cho'ponota ko'chasi 6 V uy. 🌟Kadastr agentligi binosi.

‼️Shu bilan birgalikda Qonunga muvofiq respublikamizning barcha hududlarida mahalla kesimida bosqichma-bosqich o'tkaziladigan xatlovlar reja-grafigi ham e'lon qilinadi.

#Kadastr_agentligi #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Sanoqli kunlardan so‘ng kuchga kirishi kutilayotgan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni to‘liq shaklda taqdim etilmoqda.

Qonun yuzasidan qo‘shimcha savol va murojaatlar uchun:

☎️Kadastr agentligi: 1097
☎️Viloyat boshqarmasi: (70) 202-02-07

#OʼRQ_937
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

❗️QONUN 8-NOYABR KUNIDAN RASMAN KUCHGA KIRADI

“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kiradi.

🔖Aholidan faqatgina rasmiy manbalarni kuzatib borishlarini tavsiya qilamiz !

#OʼRQ_937
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olish xizmati

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

Xizmatdan foydalanuvchilar - jismoniy shaxslar;

Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - 19 ish kuni;

🪙 Xizmat narxi - BEPUL.

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxs vafot etgan taqdirda, egalik huquqi kimning nomiga eʼtirof etiladi ?

Javob:
- Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxs vafot etgan taqdirda, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi hamda yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi ushbu vafot etgan shaxs nomiga e’tirof etiladi. Bunda mazkur obyektga nisbatan merosni rasmiylashtirish qonunchilik hujjatlariga muvofiq vorislik tartibida hal etiladi.

Huquqiy asos:
O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarga nisbatan mulk huquqi berilmaydi

❗️ O‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

📃 Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

🚫 O‘zboshimchalik bilan egallangan yerdagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

❗️O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-son Qonunida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustastno!


#bilasizmi #yernazorati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq, egalik huquqini eʼtirof etish bir qator talablarga javob berishi lozim.

❗️Eslatma, Qonun 2024-yil 8-noyabr kunidan kuchga kiradi.

Manba:
O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#qonunchilikdagi_yangiliklar #infografika
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Korrupsiyaga befarq bo‘lmang !

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz quyidagi raqamlar orqali xabar bering:

📞 1097
📞 +99895 199-17-73
📞 +99870 202-02-07

📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi taʼminlanadi.
#ishonchtelefoni #korrupsiyagaqarshi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

#muhim
❗️"AKSIYA" CHIQDI(MI) ?!

Shu kunlarda davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan va xalqimiz orasida "Aksiya" deya nom olgan "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi O‘RQ-937-sonli Qonun aholi orasida ko‘plab muohakamalarga sabab bo‘lib, kadastr idoralariga murojaatlar hamda joylarda mazkur Qonunni noto‘g‘ri talqin qilish oqibatida noqonuniy qurilmalarni qurish holatlari soni ortmoqda.

Shu o‘rinda, Qonunning asosiy va birinchi galdagi talablaridan biri bu o‘zboshimcha egallab olingan yer uchastkasi va undagi uy-joylar qurilishi 2018-yilning 1-mayiga qadar amalga oshirilgan bo‘lishi lozimligini eslatib o‘tmoqchimiz.

Shuningdek, Qonun kuchga kirgach, fuqaro hamda tadbirkorlarning kadastr idoralariga murojaat qilishlariga hojat qolmaydi, yaʼni bunda barcha holatlar mahallalar kesimida o‘rganilishi yo‘lga qo‘yiladi va reja-grafiklar ijtimoiy tarmoqlar va mahallalarda eʼlon qilib boriladi.

❗️Hurmatli fuqarolar va viloyat aholisi !

Sizlardan “Aksiya”da hujjat qilib olaman deb o‘zboshimcha qurilishlar qilmasligingizni, Qonunni noto‘g‘ri talqin qilayotgan uddaburonlarga aldanib qolmasligingizni, amalda hujjatlari yo‘q bo‘lgan xonadon egalaridan esa Qonun kuchga kirishini kutishlari so‘rab qolamiz !

❗️Shuni unutmangki, yer qonunchiligini buzganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik mavjud !


🔖Qonun 08.11.2024 yildan kuchga kiradi.
Qo‘shimcha savol va murojaatlar uchun boshqarmaning quyidagi raqamlari bilan bog‘lanishingiz mumkin:
📞70-2020207
📞95-1991773


Kadastr agentligi
Toshkent viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati


#murojaat #yernazorati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

❗️ESLATMA !
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik

- fuqarolarga BHMning 10 baravari,

- mansabdor shaxslarga esa 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.


🔖Ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lgach, 1 oy muddat ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Davlat xizmatchisining tashqi ko‘rinishida rasmiylik va kamtarlik bo‘lishi lozim

Davlat xizmatchilarining xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubi fuqarolarning davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga hurmatini, shu jumladan davlat xizmatining nufuzini oshirishga xizmat qilishi kerak.

Davlat xizmatchisining tashqi ko‘rinishi mehnat sharoitlari va xizmat turiga qarab, xizmat majburiyatlarini bajarishi vaqtida fuqarolarning davlat tashkilotiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashishi, umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi va rasmiylik, xolislik, kamtarlik va intizomni namoyon etishi lozim.

Davlat xizmatchilarining ish joyida tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubiga oid qo‘shimcha talablar idoraviy odob-axloq qoidalari hamda ichki mehnat tartibida belgilanishi mumkin.

Kanalga ulanish:
/channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Angren shahrida o‘tkaziladigan xatlov ishlari reja-jadvali taqdim etilmoqda

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Angren shahri hududi uchun reja-jadval.

🔖Eslatma, mazkur reja-jadval 2024-2025 yillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xatlov ishlari belgilangan sanalarda boshlanadi.

#OʼRQ_937 #grafik
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Ayni damda Kadastr agentligi binosida O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarida qurilgan qurilmalarga huquqlarni e’tirof etish jarayonlarida yigirmaga yaqin davlat idoralari orasida o‘zaro elektron hujjat aylanishi hamda jarayonlarni shaffofligini ta’minlovchi “E’TIROF” AAT dasturi taqdimoti boʻlib oʻtmoqda.

‼️Shu bilan birgalikda Qonunga muvofiq respublikamizning barcha hududlarida mahalla kesimida bosqichma-bosqich o'tkaziladigan xatlovlar reja-grafigi ham e'lon qilinadi.

#OʼRQ_937
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Quyidagi hollarda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘lovlar undirilmaydi:

🔹kadastr pasportini rasmiylashtirganda;

🔹ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga;

🔹rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

🔹kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan);

🔹ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda;

🔹fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;

🔹tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda.

#kadastr_xizmati #bilasizmi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️O‘zingizga tegishli yerni xususiylashtirishingiz mumkin !

Jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlariga tegishli (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan) yer uchastkalarini xususiylashtirilishi yuzasidan tegishli qonun va hukumat qaroriga ko‘ra,

🔹Fuqarolar o‘zlariga tegishli ko‘chmas mulkning yer uchastkasini kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish orqali xususiylashtirib olishi mumkin bo‘ladi.

🚫 Agar Yer uchastkasi davlat ro‘yxatidan o‘tmagan bo‘lsa, yerni xususiylashtirish mumkin bo‘lmaydi.

#bilasizmi #huquq #VM_71
Каналга уланиш: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Egalik huquqi eʼtirof etilgan yer uchastkalari hamda bino-inshootlar to‘g‘risidagi xulosalar bir oy muddatga jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi

#OAV_biz_haqimizda #OʼRQ_937
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Bizning manzillar: Zangiota tumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Zangiota tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Zangiota tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Kasimov Saidabror Saidjafarovich
Filial rahbari - Abidov Aziz Xamidullayevich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Qatortol qishlog‘i, Markaz shox ko‘chasi, 89-uy.

☎️Murojaat uchun telefon: 70-975-20-93
#bizningmanzillar #Zangiotatumani
Kanalga ulanish:
/channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

O‘zboshimcha egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga nisbatan egalik huquqini eʼtirof etish ishlari ikki bosqichda amalga oshiriladi

#OAV_biz_haqimizda #OʼRQ_937
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Uy-joy uchun subsidiya olish istagi bo‘lgan fuqarolarga quyidagilar tavsiya etiladi:

🏠Olinayotgan uy subsidiyaga sotiladigan bo‘lishi lozim;

(kadastri tayyor, yangi qurilgan uylardan bo‘lishi shart)

💳Uyning boshlang‘ich badalini to‘lash uchun yetarlicha mablag‘ning bo‘lishi;

(masalan uy narxi 300 mln so‘m, uning 15 foizi 45 mln so‘mni tashkil etadi, ushbu summaning 32 mln so‘mi davlat tomonidan to‘lansa, 13 mln so‘mi fuqaro tomonidan to‘lanishi kerak)

👨‍💼Uy narxining qolgan 85 foizi 20 yilga kredit shaklida beriladi va ushbu kreditni har oy to‘lash uchun yetarli oylik maoshi yoki kafilning bo‘lishi;

❗️Eng asosiysi fuqaro yoki uning turmush o‘rtog‘i nomida uy-joyning bo‘lmasligi.

☝️Yuqoridagi shartlarga mos keluvchi fuqarolar joylardagi DXMlar yoki my.gov.uz portali orqali ariza topshirishlari mumkin.
#bilasizmi #subsidiya
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

O‘zboshimcha egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga nisbatan egalik qanday huquq asosida eʼtirof etiladi ?

#OAV_biz_haqimizda #OʼRQ_937
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Yer qonunbuzilish holatlari bartaraf etilmoqda

Kadastr agentligining Bekobod shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari davomida shaharning O‘zbekistn MFY, Namangan ko‘chasida joylashgan yer maydoni fuqaro K.M tomonidan o‘zboshimcha egallanib, noqonuniy omborxona qurganlik holati aniqlanib, bo‘lim tomonidan fuqaroga Mjtk ning 60-modda 3-qismi bilan maʼmuriy bayyonnoma rasmiylashtirildi hamda qurilmalarning bartaraf etilishi taʼminlandi.

❗️Hurmatli fuqarolar va yerdan foydalanuvchilar !
Yer qonunchiligini buzganlik uchun maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlik borligini unutmang !


#Bekobod #yernazorati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Respublikaning 93 foiz yer maydonlari hisobga olingan

#OAV_biz_haqimizda
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq, 8 ta toifadagi holatlarda egalik huquqlari eʼtirof etiladi.

Manba: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#qonunchilikdagi_yangiliklar #infografika
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Aholi murojaatlari o‘rganilmoqda

Ayni damda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi rahbariyati tomonidan aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish, fuqarolarning kadastr idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash maqsadida Ohangaron shahar hokimligining majlislar zalida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

Qabul davomida koʻrilayotgan asosiy masalalar auksion, kadastr pasportini shakllantirish, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyhatidan oʻtkazish hamda soliq yo‘nalishiga doir murojaatlar bo‘lib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilib, ko‘rsatmalar berilmoqda.

Shuningdek, qabulga yig'ilganlarga O'zbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O'RQ-937-sonli Qonuni mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berib o'tilmoqda.

#Ohangaron #sayyorqabul
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Noqonuniy qurilishni ko‘rganda qayerga murojaat qilishni bilasizmi?

💰Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari to‘g‘risida maʼlumot bergan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

#yernazorati #ishonchraqam #infografika
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook     Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Qonunda belgilangan hajmlardan ortiqcha egallangan yer uchastkalari qanday tartibda rasmiylashtiriladi ?

#OAV_biz_haqimizda #OʼRQ_937
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…
Подписаться на канал