tvkad | Неотсортированное

Telegram-канал tvkad - TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

2076

Toshkent viloyati yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasidagi yangiliklar haqidagi rasmiy kanal. kadastr@umail.uz 👨‍💻 Murojaat uchun: @Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot

Подписаться на канал

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq, egalik huquqini eʼtirof etish bir qator talablarga javob berishi lozim.

Manba:
O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.

#qonunchilikdagi_yangiliklar #infografika
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Muruvvatli kun munavvardir

Kadastr agentligi hamda tizim tashkilotlari tomonidan 21-oktabr “O‘zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan “Ona tilim-faxrim” shiori ostida “Kitob marafoni” tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, marafon davomida Ohangaron shahridagi "Toshkent viloyati ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi" keksalari holidan xabar olish va bayram kayfiyatini ulashashish maqsadida Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan uchrashuv tashkillashtirilib, esdalik uchun sovg‘alar ulashildi.

Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

❗️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim!

Ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yish yoki taqiqni olib tashlash to‘g‘risidagi hujjat ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran 1 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

‼️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq uni qo‘ygan vakolatli mansabdor shaxsning yoki sudning qaroriga binoan olib tashlanadi.

Asos:
O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook     Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Noqonuniy qurilishni ko‘rganda qayerga murojaat qilishni bilasizmi?

💰Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari to‘g‘risida maʼlumot bergan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

#yernazorati #ishonchraqam #infografika
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook     Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Yer uchastkalarida davlat nazoratini amalga oshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi

Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

❗️Yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirmaslikka, o‘zboshimchalik bilan yer uchastkalarini egallab olishga yoki ularning chegaralarini o‘zgartirishga, yerlarning toifasidan qatʼi nazar, barcha turdagi binolar va inshootlarni o‘zboshimchalik bilan qurishga yo‘l qo‘ymaslik ustidan davlat nazoratini amalga oshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi.

Asos: Yer kodeksi 83-1-moddasi
#yernazorati #huquq
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA-TILIM!

Ona tili – millatning ruhidir. Til — davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demak.

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari ona tilimizga bo‘lgan cheksiz hurmatini #onatilimfaxrim chorlovi orqali ifoda etishmoqda.

Siz ham ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e‘tiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shilishida faol ishtirok eting.

Zero, Davlat tilini sevish, uning rivojlanishiga hissa qo‘shish – barchamizning burchimizdir!

#ona_tilim_faxrim
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Angren shahrida aholi murojaatlari o‘rganilmoqda

Ayni damda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi rahbariyati tomonidan aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish, fuqarolarning kadastr idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash maqsadida Angren iqtisodiy zona direksiyasi majlislar zalida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

Qabul davomida koʻrilayotgan asosiy masalalar auksion, kadastr pasportini shakllantirish, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyhatidan oʻtkazish hamda soliq yo‘nalishiga doir murojaatlar bo‘lib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilib, ko‘rsatmalar berilmoqda.

Shuningdek, qabulga yig'ilganlarga O'zbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O'RQ-937-sonli Qonuni mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berib o'tilmoqda.

#Angren #sayyorqabul
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Qibray tuman bo‘limi tomonidan 193 ta holatda sudlarga daʼvo arizalari kiritilgan

Kadastr agentligi Qibray tuman bo‘limi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olib noqonuniy qurilish qilgan 193 ta holatda sudlarga daʼvo arizalar kiritilgan. Shundan

🔹92 ta holatda sud tomonidan daʼvo to‘liq qanoatlantirilgan,
🔹101 ta holatda esa sud jarayonlari davom etmoqda.


Shuningdek, 253 ta holatda yerga oid maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

#Qibray #yernazorati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni eʼtirof etish uchun fuqarolar qaysi tashkilotga murojaat qilishlari kerak?

Javob:
- Fuqarolar hech qaysi tashkilotga murojaat etishlari kerak emas. Davlat idoralari fuqarolarga xizmat qiladi tamoyili asosida Kadastr agentligi tomonidan respublika bo‘yicha tumanlar va mahallalar kesimida yaʼni qaysi mahallada o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan bino inshootlarga nisbatan huquqlarning eʼtirof etilishini ko‘rib chiqilishi yuzasidan reja ishlab chiqiladi va mazkur reja asosida ishlar amalga oshiriladi. Bu reja OAV lar, ijtimoiy tarmoqlar hamda mahallalarda eʼlon qilinib boriladi.

Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.

❗️Eslatma, Qonun 2024-yil 8-noyabr kunidan kuchga kiradi.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Kadastr raqami ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud bo‘lguniga qadar saqlanib qoladi

Kadastr raqami yer uchastkasi, bino, inshootga ko‘p yillik dov-daraxtga tegishli O‘zbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan raqamdir, u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda uni shakllantirishda beriladi va u ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud bo‘lguniga qadar saqlanib qoladi.

Quyidagilar yer uchastkasi, bino va inshoot kadаstr raqamining majburiy elementlarini tashkil etadi:

🔹mintaqa (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) raqami;
🔹mintaqa tarkibidagi tuman yoki viloyatga bo‘ysunuvchi shaharning raqami;
🔹kadastr zonasi raqami;
🔹kadastr massivi raqami;
🔹kadastr mavzesi raqami;
🔹yer uchastkasi raqami;
🔹ko‘p yillik dov-daraxtlar egallagan yer uchastkasi raqami;
🔹bino yoki inshootning raqami;
🔹bino yoki inshoot bir qismining raqami.


Huquqiy asos: VM-555-son, 09.09.2024 yil
#qonunchilikda_yangilik
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Fuqarolar manfaatlari qonun himoyasida

“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga egalik huquqini eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan xalqimizni uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan masalalarga topilgan yechimlar, aholini ushbu masalada qiziqtirayotgan va o‘ylantirayotgan muammolar hal bo‘lmoqda.

Qonunga ko‘ra, fuqarolar qanday ko‘chmas mulklarni o‘z nomiga ijara va mulk huquqi asosida qonuniy o‘tkazib olishi mumkin? O‘zboshimchalik bilan qurilgan va egallab olingan yer uchastkalariga, ularda qurilgan binolar va inshootlarni rasmiylashtirish rad etilayotgani bilan bog‘liq savollarga javob olish maqsadida Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Rustam Payziyevga bir necha savollar bilan murojaat etdik.


🖥Batafsil UzA saytida

#OAV_biz_haqimizda #UzA
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Korrupsiyaga befarq bo‘lmang !

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz quyidagi raqamlar orqali xabar bering:

📞 1097
📞 +99895 199-17-73
📞 +99870 202-02-07

📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi taʼminlanadi.
#ishonchtelefoni #korrupsiyagaqarshi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Ko‘chmas mulk bo‘lgan kadastr obyektlariga doir huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar
ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha bitimni insofli ravishda tuzgan taraflar Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi noto‘g‘ri axborot oqibatida ko‘rgan zararlar uchun javobgar bo‘ladi. Zararning o‘rni sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida qoplanishi lozim.

Huquqiy asos: O‘RQ-171-II-son, 15.12.2000 yil
#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish majburiydir

Ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlar qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlari davlat tomonidan eʼtirof etilishi hamda tasdiqlanishining yuridik hujjatidir.

Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni davlat reyestrlariga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

❗️Ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kadastr obyektlarining barcha mulkdorlari va kadastr obyektlariga doir boshqa huquqlarning egalari uchun majburiydir.

Huquqiy asos: O‘RQ-171-II-son, 15.12.2000 yil
#huquqvaqti #bilasizmi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Prezident Olmaliqdagi muhandislar tayyorlash maktabiga tashrif buyurdi

Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Piskent tuman bo‘lim(filial)ida navbatdagi qo‘shma profilaktik tadbir o‘tkazildi

◾️Tadbir davomida xodimlarga o‘z xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilmaslik, moddiy manfaat ko‘zlab korrupsiya illatiga qo‘l urmaslik, qolaversa, har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

◾️Shuningdek, “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli qonun va u orqali joriy qilinayotgan tartiblar xodimlar ishtirokida muhokama qilindi.


◾️
Bundan tashqari, davra suhbati davomida xodimlarga tartib-intizom, odob-axloq qoidalariga rioya qilish hamda tizimda korrupsiya holatlarining oldini olish kabi muhim masalalar yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

#korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan taqiqni tekshirish

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - avtomatik tarzda;

🪙 Xizmat narxi - BEPUL.

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Mulkka bo‘lgan taqiqni tasdiqlovchi hujjatlar

Binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining cheklanishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

🔸binolar va inshootlar xatlab qo‘yilgani to‘g‘risidagi xabarnoma;

🔸binolar va inshootlarning boshqa shaxsga o‘tkazilishini taqiqlash to‘g‘risidagi xabarnoma;

🔸binolar va inshootlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnoma.

🔸tasarruf etish huquqisiz berilgan davlat orderi;

❗️Huquqlarning cheklanishi binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni Reyestrga kiritish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️AUKSIONDA YOSHLAR UCHUN YERLAR

Toshkent viloyati hududidan Yoshlarga dehqon xo'jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkalarini sotib oling va daromad manbaiga ega bo'ling !

🔹Oqqo'rg'on tumanida 79 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumnaida 817 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 555 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 90 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 364 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 205 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 36 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumani 13 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 29 ta (Ko'rish)
🔹O'rta Chirchiq tumanida 217 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 54 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanida 171 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 108 ta (Ko'rish)

#auksion #yoshlar
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

#TDIU
#Forum_Global_Milliy_iqtisodiyot_trendlari
#1_kun

Moxir Valiyev, Davlat kadastrlari palatasi raisi
:

"- Hozirgi kunda "O'zbekiston-2030" strategiyasi tasdiqlanganiga bir necha yillardan oshgan bo'lsa, Respublika miqyosida iqtisodiyotning barcha jabhalari bu strategiyani qamrab olgan. Shu jihatdan kadastr tizimi ham ushbu strategiyaga ko'ra yurtboshimiz tomonidan berilgan bir qancha vazifalarni maqsad qilib qo'ygan. Xususan, dunyo miqyosida ko'chmas mulkni o'rni juda katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda respublika miqyosida 8.5 million obyektimiz bo'lsa , ularni kadastr qiymatini iqtisodiyotga bog'laydigan bo'lsak, qariyb 50 mlrd dollarga bormaydi. Bu juda ham kam baho va bozor bahosi bilan juda katta farqi ham bo'ladi. Bu bo'yicha biz Iqtisodiyot Universiteti bilan ham hamkorlikda bir qancha loyihalarni yo'lga qo'yganmiz".

🇺🇿 TDIU Axborot xizmati

🚀 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Qibray tumanida qo‘pol yer qonunbuzilishi sodir etilgan 8 ta holatda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Kadastr agentligining Qibray tuman bo‘limi rahbari S.Saidov bo‘lim tomonidan joriy yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

#OAV_biz_haqimizda #yernazorati #brifing
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Kadastr pasporti rasmiylashtirishda imtiyozlar bormi?

Javob:

Imtiyozlar I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun xizmatlar narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizi miqdorini tashkil qiladi.

Asos: VM-535, 02.02.2020-yil

#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Кadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari quyidagicha

🏢Ko‘p kvartirali uydagi kvartira uchun
🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun - BHMning 1,15 foizi

🏠Yakka tartibdagi turarjoy uchun
🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun - BHMning 1,15 foizi

❗️Hozirgi kunda bazaviy hisoblash miqdori 375 000 so‘m bo‘lsa, demak 1 kvadrat metr uchun 4 313 so‘m miqdorida to‘g‘ri keladi.

#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Bizning manzillar: Angren shahri

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Angren shahar bo‘limi Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Angren shahar filiali

Bo‘lim rahbari - Umaraliyev Jaloliddin Noriman o‘g‘li
Filial rahbari - Baymuratov Sherzod Abdurashidovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari:
har kuni, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Angren shahar, O‘zbekiston Mustaqilligi ko‘chasi

☎️Murojaat uchun telefon: 70-662-26-02

#bizningmanzillar #Angren
Kanalga ulanish:
/channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish to‘g‘risidagi Kengashlar qarorlari rasmiy eʼlon qilinganidan keyin kuchga kiradi

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo‘lgan mulk huquqini eʼtirof etish to‘g‘risidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari rasmiy eʼlon qilinganidan keyin kuchga kiradi.

Manba: O‘RQ-937-son, 20-modda
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️DIQQAT EʼLON!
Hurmatli Angren shahri fuqarolari hamda tadbirkorlari !

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Angren shahri fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 17-oktabr kuni soat 11-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Angren shahri, Amir Temur ko‘chasi, 7-uy. Angren iqtisodiy zona direksiyasi majlislar zali

☎️ Murojaat uchun: +998 (70) 202-02-07
#eʼlon #sayyor_qabul
Kanalga ulanish:
/channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Qonun kuchga kirgach, yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi qanday hajmlarda beriladi?

Javob:
- O‘zbekiston Respublikasining «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida»gi Qonuniga ko‘ra, yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi quyidagi hajmgacha beriladi:

🔹1998-yil 1-iyulgacha egallangan bo‘lsa – 0,24 gektargacha;
🔹1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-may kuniga qadar egallangan bo‘lsa,
– Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 0,06 gektar,
– qolgan hududlarda 0,12 gektardan oshmagan hajmda.


Ushbu hajmdan ortiqcha yerlar, agar nizo bo‘lmasa, dehqon xo‘jaligi yoki tomorqa xo‘jaligi yuritish uchun rasmiylashtirib beriladi.

❗️Eslatma, Qonun 2024-yil 8-noyabr kunidan kuchga kiradi.

Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#savol_javob #huquq #qonun
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

488 gektarda Yangi Piskent sanoat shahri qurilmoqda

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent viloyatini rivojlantirish vazifalari yuzasidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda maʼlum qilindi. 

“Sanoat uchburchagi”ga kiruvchi tumanlarda keramogranit, keramik plita va chinni idish chiqarish bo‘yicha yana 120 million dollarlik 7 ta loyihani joylashtirish mumkin. 

Piskent tumanida mahallalardagi 500 ta xonadonda chinniga badiiy bezak berishni yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘lsa, Angren shahrida karton zavodi quvvatini 1,5 karra oshirib, keramika buyumlari uchun qadoq yetkazib berishni tashkil qilsa bo‘ladi. 

Piskentdan o‘tadigan A-373 yo‘li bo‘yidagi 488 gektarda Yangi Piskent sanoat shahri qurilmoqda. Bu yerda ikki yilda 44 ta loyihani ishga tushirish mumkin. 

40 million dollar hisobiga rudadagi metallarni bir-biridan ajratish uchun zarur bo‘lgan ksantogenat ishlab chiqarishni 2 karra oshirish orqali Olmaliq kombinatining bunday mahsulotga ehtiyoji to‘liq qoplanadi, 20 million dollarlik eksport bo‘ladi.

Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Turar-joy obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

🔖Arizaga ro'yxatdan o'tkazish uchun huquqiy asos bo'lgan hujjatning skan nusxasi (notarial shartnoma, sud qarori va boshqalar) ilova qilinadi;

✉️Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi ko‘chmas mulk ob’ektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va yig‘im summasi ko‘rsatilgan xabarnomani arizachiga yuboradi;

🖥 Arizachi yig‘imni to‘laydi va reyestrdan ko‘chirmani yuklab oladi.

Xizmat ko‘rsatish muddati - 2 ish kuni

❗️Xizmat narxi - umumiy maydon o‘lchamiga qarab individual hisoblanadi.
#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida qurilishi yakunlangan obyektlarni ishga tushirdi va yangilariga start berdi.

Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…
Подписаться на канал