tvkad | Неотсортированное

Telegram-канал tvkad - TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

2076

Toshkent viloyati yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasidagi yangiliklar haqidagi rasmiy kanal. kadastr@umail.uz 👨‍💻 Murojaat uchun: @Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot

Подписаться на канал

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Prezidentning Toshkent viloyatiga tashrifi davom etadi

Bugun, 15 oktyabr kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyurib, sanoat tarmoqlari uchun muhandislarni tayyorlash maktabi hamda “Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish ishlari bilan tanishadi, mis boyitish bo‘yicha yangi quvvatlar qurilishiga start beradi.

Shuningdek, Prezident raisligida Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun, davlatimiz rahbari, kecha Toshkent, Zangiota hamda Yangiyo‘l tumanlariga tashrif buyurgan edi.

Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

❗️Hech kim sudning qarorisiz uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas

Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.

Huquqiy asos: O‘RQ-950-son, 29.08.2024 yil
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Ishonch telefonlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi – 1000;

O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi – (71) 239-86-50, (71) 239-81-14;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi – 1090; (71) 239-02-74

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi – 1007;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi – 1102;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – 1008;

Davlat soliq qo‘mitasi – 1198;

Kadastr agentligi - 1097;

Davlat xizmatlari agentligi – 1148, (71) 207-00-66;

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi – (71) 244-05-05;

#ishonch_telefon #bilasizmi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Malaka imtihoni —
kadastr muhandisiga qo‘yilgan talablarga talabgorning mos kelishini tekshirishga yo‘naltirilgan, malaka imtihoni komissiyasi tomonidan o‘tkaziladigan imtihon;

Malaka shahodatnomasi
— malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorning malakasini tasdiqlovchi hujjat.

Huquqiy asos: VM-535-son, 09.09.2020 yil
#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qurilgan geodeziya punktlari davlat muhofazasida bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qurilgan davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarining geodeziya punktlari hamda boshqa geodeziya punktlari davlat muhofazasida bo‘ladi.

✔️Geodeziya punktlarini joylashtirish uchun yer uchastkalarini ajratish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

📍Geodeziya punktlari chegaralarida hamda ushbu chegaralar bo‘ylab bir metr kenglikdagi maydonda geodeziya punktlarining muhofaza zonalari belgilanadi.

Geodeziya punktlari tashqi belgilarga ega bo‘lmagan yoki geodeziya punktlarining maxsus markazlari binolarning va boshqa inshootlarning devorlariga joylashtirilgan hollarda, ushbu geodeziya punktlarining chegaralari va muhofaza zonalari belgilanmaydi.

#huquqvaqti #bilasizmi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Kadastr massivi hududi kadastr mavzelariga bo‘linadi

Qishloq aholi punkti yoki mahalla kadastr massivi hisoblangan hollarda shakllangan rejalashtirish, imoratlarning qizil chiziqlari, mavjud muntazam obyektlar (ko‘chalar, yo‘llar, daryolar, suv oqimlari, ko‘tarma ko‘priklar va boshqalar), boshqa tabiiy chegaralar hisobga olingan holda har xil belgilar (tabiiy, imoratning qurilishi xususiyati, foydalanish maqsadi va boshqalar) bo‘yicha ajralib turadigan yer uchastkalarining majmui sifatida qabul qilinadi.

Qishloq xo‘jaligi maqsadidagi va boshqa maqsaddagi yer massivi kadastr massivi hisoblangan hollarda bog‘dorchilik-uzumchilik yoki polizchilik shirkati, qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki boshqa korxona va yirik obyektlar kadastr mavzesi sifatida qabul qilinadi.

Kadastr mavzelari kadastr massivi hududini uzilishlarsiz va kesib o‘tishuvlarsiz qoplashi kerak.

Huquqiy asos: VM-555-son, 09.09.2024 yil
#qonunchilikda_yangilik
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Yo‘qolgan kadastr pasporti qanday tartibda tiklanadi ?

Javob:
- Buning uchun ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki my.gov.uz portalida (YAIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

✉️ Ariza beruvchilar o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi — ariza beruvchi nomidan, YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, belgilangan shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi.

📄 Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, so‘rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.

📎 So‘rovnomaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.

❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

#bilasizmi #savol_javob
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Bizning manzillar: Oqqoʼrgʼon tumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Arslonov Qobil Axmedovich
Filial rahbari - Andaqulov Shoxrux Mirzakarim o‘g‘li

Jismoniy
va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Oqqo'rg'on tumani, Oxunboboyev ko'chasi, 2a-uy

#bizningmanzillar #Oqqoʼrgʼon
Kanalga ulanish:
/channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Kadastr agentligi respublika hududidagi geodeziya punktlarining hisobini yuritadi

Kadastr agentligi geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi bo‘lib, quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

🔹geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;

🔹umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni ro‘yxatga olishni amalga oshiradi;

🔹O‘zbekiston Respublikasi hududida geodeziya punktlarining joylashish zichligi normalarini belgilaydi hamda ularning joylashgan yerini aniqlaydi;

🔹O‘zbekiston Respublikasi hududida geodeziya punktlarining hisobini yuritadi;

🔹davlat topografik xaritalari va rejalarini yangilash davriyligi normalarini belgilaydi;

#huquqvaqti #bilasizmi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflik taʼminlanadi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-973-son, 09.10.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Qonunga koʻra, Yer kodeksiga va boshqa qonunlarga ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga olingan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalariga boʻlgan oʻz huquqlari va majburiyatlari yer uchastkasidan foydalanish maqsadlari oʻzgartirilmagan holda boshqa shaxsga oʻtkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkinligini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov oʻrniga elektron onlayn-auksionlar joriy etilishi belgilanmoqda.

Eng yaxshi taklifni tanlab olish yoʻli bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berishda ijaraga oluvchi tomonidan Davlat byudjetiga mablagʻlar toʻlanishi nazarda tutilmoqda.

❗️Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

#huquq #kadastr_xizmati #OʼRQ728

⚡️Xususiylashtirilgan yer uchastkalarining mulkdorlari quyidagi huquqlarga ega:

🔹xususiylashtirilgan yer uchastkasiga yuridik va jismoniy shaxslarning, davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmagan holda, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shu jumladan undan garov predmeti sifatida foydalanish, yuridik shaxsning ustav kapitaliga (ustav fondiga) hissa sifatida kiritish, ijaraga berish;

🔹xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqining har qanday buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish;

🔹xususiylashtirilgan yer uchastkasida mustaqil ravishda xo‘jalik yuritish;

🔹uy-joy, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy imoratlar va inshootlarni hamda boshqa imoratlar va inshootlarni qurish, ularni qayta qurish va buzishni amalga oshirish.

📌Huquqiy asos: O‘RQ–728, 15.11.2021 y.

Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

#bilasizmi #ORQ_728

⚡️Yer uchastkalari quyidagi shakllarda xususiylashtiriladi:

umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yerni sotib olish;

yerni elektron onlayn-auksion orqali sotib olish.

📝 Ariza DXM yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi.

🧾 Ariza ko‘rib chiqilib xabarnoma shaklda ijobiy yoki salbiy qaror qabul qilinadi.

❗️Salbiy qaror asoslantirilgan shaklda bo‘lishi shart.

Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirishda ularning maydoni va chegaralariga o‘zgartishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi

🔹Qonunchilikka muvofiq, хususiylashtirish subyektlariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar davlat reyestrida ko‘rsatilgan maydon va chegaralar doirasida amalga oshiriladi.

Mazkur yer uchastkalarini xususiylashtirishda ularning maydoni va chegaralariga o‘zgartishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.

#huquqvaqti #bilasizmi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Qishloq xo'jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasini xususiylashtirish xizmati

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish:

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

Talab etiladigan hujjatlar:
jismoniy shaxslarda talab etilmaydi;
✔️yuridik shaxlardan yuridik shaxsning yer uchastkasini sotib olish to‘g‘risidagi qarori (agar bu ariza beruvchi — yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga muvofiq zarur bo‘lsa).

Xizmat ko‘rsatish muddati - 5 ish kuni;

🪙 Xizmat narxi:
🔹BHMning 1 baravar miqdorida (340 000 ming so‘m);
🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,9 baravari (306 000 ming so‘m).

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

❗️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin

⚠️ Tegishli huquq paydo bo‘lgandan keyin 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

🖥 Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoki ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

‼️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik
🔹fuqarolarga BHMning 10 baravari (3,4 mln so‘m),
🔹mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5,1 mln so‘m) miqdorida jarima solishga
sabab bo‘ladi.

#bilasizmi #kadastr_xizmati #javobgarlik
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

📊Viloyatda ko‘chmas mulk obyektlari soni ortmoqda

Toshkent viloyati hududidagi mavjud ko‘chmas mulklar soni joriy yilning 1-oktabr holatiga jami 973 917 tani tashkil etmoqda.

Mazkur ko‘rsatkich yil boshida esa 784 569 tani tashkil etgan. Shundan

🔹yakka tartibdagi turar joylar - 564 499 ta (2 927 taga ortgan);
🔹ko‘p qavatli uylardagi kvartiralar - 167 729 ta (2 573 taga ortgan);
🔹noturar joy obyektlari - 52 341 ta (3 848 taga ortgan).


#statistika #infografika
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Kuni kecha Prezident Toshkent viloyatida faoliyat boshlamoqchi bo‘lgan investorlar bilan suhbatlashdi

Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Malaka imtihonini topshirish uchun talabgor oliy maʼlumotga ega bo‘lishi lozim

Malaka imtihonini topshirish uchun talabgorlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

🔹geodeziya, kartografiya va kadastr, bino va inshootlar qurilishi, qurilish ekspertizasi, ko‘chmas mulk ekspertizasi, arxitektura, yer tuzish va yer kadastri yo‘nalishlari bo‘yicha oliy maʼlumotga ega bo‘lishi;

🔹geodeziya, kartografiya va kadastr, bino va inshootlar qurilishi, qurilish ekspertizasi, ko‘chmas mulk ekspertizasi, arxitektura, yer tuzish va yer kadastri yo‘nalishlari bo‘yicha kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lishi yoki ish stajiga ega bo‘lmagan holda, kadastr munosabatlari sohasida kasbiy qayta tayyorlash kurslari bo‘yicha taʼlim olgan bo‘lishi.

#huquqvaqti #bilasizmi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Ko'chmas mulk bo'yicha kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini berish xizmati

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

🔖Arizaga kadastr muhandisini kasbiy qayta tayyorlash to‘g‘risidagi sertifikat ilova qilinadi;

✉️Vakolatli organ arizani ko‘rib chiqadi va arizachini suhbatdan o‘tkazish yoki o‘tkazmaslik to‘g‘risida YIDXP orqali xabardor qiladi.

✔️Xizmatdan foydalanuvchilar - jismoniy shaxslar;

Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni;

🪙 Xizmat narxi:
🔹BHMning 1 baravar miqdorida (375 000 so‘m);
🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,9 baravari (337 500 so‘m);

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish uchun tegishli shaxslar tomonidan bir martalik to‘lov belgilangan muddatlarda to‘lanmagan taqdirda, ularning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan bino va inshootga bo‘lgan huquqlarini eʼtirof etish to‘g‘risidagi ishlar to‘xtatib turiladi.

Tegishli shaxslar tomonidan bir martalik to‘lov to‘langan taqdirda, elektron yig‘majild, maʼlumotlar va hujjatlar ushbu Qonunning 18-moddasiga muvofiq tayyorlangan ijobiy xulosalar bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga navbatdagi sessiyada (majlisda) ko‘rib chiqish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali avtomatik ravishda yuboriladi.

Manba: O‘RQ-937-son, 19-modda
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik to‘g‘risida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslar
🔹BHMning 3 baravaridan (1 mln 125 ming so‘m)
🔹25 baravarigacha (9 mln 375 ming so‘m) miqdorida
bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

#korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Ochiq muloqot

Bugun Davlat kadastrlari palatasi Oqqo‘rg‘on tumani filiali mas‘ullari ishtirokida filial binosida fuqaro hamda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqot davomida aholining kadastrga oid savol va murojaatlari tinglanib, ularga ijobiy yechim va huquqiy tushunchalar berildi.

Shuningdek, prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risidi"gi O‘RQ-937-sonli Qonun mazmun-mohiyati va mazkur Qonun kimlarga va qanday yer uchastkalarga nisbatan tadbiq etilishi, ularga qo‘yilgan talablar yuzasidan tushuncha va izohlar berildi.

🔖Navbatdagi ochiq muloqot Bekobod shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

#ochiq_muloqot #Oqqoʼrgʼon
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga taalluqli maʼlumotlarni va hujjatlarni kelishish Kadastr agentligining avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

🖥Kadastr agentligi avtomatlashtirilgan axborot tizimining operatoridir.

🔗Ushbu maʼlumotlar va hujjatlar vakolatli tashkilot rahbarining yoki uning o‘rinbosarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Maʼlumotlarning va hujjatlarning avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilishi (biriktirilishi) ustidan nazorat prokuratura va adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Manba:
O‘RQ-937-son, 14-modda
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️DIQQAT EʼLON!
Hurmatli Oqqo‘rg‘on tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastrga oid murojaatlarini o‘rganish hamda qonunchilikdagi o‘zgarishlar yuzasidan kadastr sohasi masʼullari ishtirokida joriy yilning 11-oktabr kuni soat 15.00 da Oqqo‘rg‘on tumani aholisi uchun ochiq muloqot o‘tkaziladi.

📍Manzil: Oqqo'rg'on tumani, Oxunboboyev ko'chasi, 2a-uy. Kadastr binosi

☎️ Murojaat uchun: (70) 202-02-07
#eʼlon #ochiq_muloqot #Oqqoʼrgʼon
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

#bilgan_yaxshi

💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq turi yoki huquq egasi o‘zgarganda kadastr pasporti o‘zgartirilmaydi.

‼️Ko‘chmas mulkning bir qismi boshqa shaxsga o‘tkazilganda yoki unga o‘zgartishlar kiritilganda (rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha imorat qurish va (yoki) alohida imorat qurish), ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi shakllantirilganidan va kadastr pasporti berilganidan keyin amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️DIQQAT EʼLON!
Hurmatli Oqqo‘rg‘on tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastrga oid murojaatlarini o‘rganish hamda qonunchilikdagi o‘zgarishlar yuzasidan kadastr sohasi masʼullari ishtirokida joriy yilning 11-oktabr kuni soat 15.00 da Oqqo‘rg‘on tumani aholisi uchun ochiq muloqot o‘tkaziladi.

📍Manzil: Oqqo'rg'on tumani, Oxunboboyev ko'chasi, 2a-uy. Kadastr binosi

☎️ Murojaat uchun: (70) 202-02-07
#eʼlon #ochiq_muloqot #Oqqoʼrgʼon
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

Xususiylashtirilgan yer uchastkasi “snos” qilinishi yoki olib qo‘yilishi mumkinmi ?

Javob
:
- Qonunchilikka muvofiq, siz yeringizga nisbatan mulk huquqini olishingiz bilan (xususiylashtirish orqali) davlat shunchaki sizga tegishli bo‘lgan yerni olib qo‘ya olmaydi.

Yer uchastkasi xususiylashtirilgach yaʼni yer uchastkasiga mulk huquqi belgilangandan so‘ng yerni mulkdordan faqat sotib olish mumkin bo‘ladi. Agar fuqaro yer uchastkasini berish yoki sotishni istamasa, uni davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun shunchaki olib qo‘yilishiga yo‘l berilmaydi. Bu – mulk huquqining kafolatlanishi.

❗️Yer uchastkasini xususiylashtirish qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarga nisbatan amal qiladi.

Asos: VM-71, 14.02.2022-y.
#savol_javob
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirishni rad etish uchun asoslar quyidagilardan iborat:

🔹yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslarning mavjud emasligi;

🔹xususiylashtiriladigan yer uchastkasiga nisbatan tugallanmagan sud ishlarining mavjudligi;

🔹xususiylashtiriladigan yer uchastkalarida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan qo‘yilgan taqiqning yoki belgilangan xatlovning mavjudligi;

🔹aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarida, aholi punkti qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarida, hududlarni kompleks rivojlantirish va qurishga doir boshqa hujjatlarda yoki yer uchastkasidan foydalanishning ruxsat berilgan turlarida yer uchastkalarini xususiylashtirishga bevosita monelik qiladigan maʼlumotlarning mavjudligi;

🔹yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘g‘risida ariza topshirilguniga qadar qabul qilingan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari mavjudligi;

🔹xususiylashtiriladigan yer uchastkasini sotishga yoki boshqacha tarzda o‘zga shaxsga o‘tkazishga nisbatan taqiqning mavjudligi;

🔹arizada noto‘g‘ri, bir-biriga zid bo‘lgan yoki buzib ko‘rsatilgan maʼlumotlar aniqlanganligi;

🔹xususiylashtiriladigan yer uchastkasining sotib olish qiymatini to‘lash ushbu Qonunda belgilangan muddatda amalga oshirilmaganligi yoki to‘liq amalga oshirilmaganligi.

Yer uchastkalarini xususiylashtirishni boshqa sabablarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
#huquq #bilasizmi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️Nafaqat binoga, balki yeriga ham egalik qiling !

Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar endilikda yer uchastkalarini xususiylashtirishlari mumkin. Buning uchun
🖥 DXM yoki my.gov.uz portali orqali ariza beriladi.

📋Ariza Kadastr agentligi va Qurilish bo‘limlariga xususiylashtirishga monelik qilmaydigan barcha tomonlar tekshirilishi uchun yo‘naltiriladi.

✉️Tekshiruvlardan o‘tgach fuqaroga to‘lovni amalga oshirish, yaʼni xususiylashtirish haqida xabarnoma yuboriladi.

📑Xabarnoma orqali xususiylashtirish uchun to‘lovni amalga oshiradi va davlat orderiga ega bo‘ladi.

✍️Kadastr organlari tomonidan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

#bilasizmi #huquq #VM_71
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…

TOSHKENT VILOYATI KADASTRI

⚡️O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun bir martalik to‘lov undiriladi

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik to‘lov undiriladi:

🔹Toshkent shahrida — BHMning 5 baravari miqdorida;
🔹Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — BHMning 3 baravari miqdorida;
🔹viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda — BHMning 2 baravari miqdorida;
🔹boshqa aholi punktlarida — BHMning 1 baravari miqdorida.


Manba:
O‘RQ-937-son, 23-modda
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram

Читать полностью…
Подписаться на канал