❗️Kadastr agentligi ogohlantiradi !
#korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
Turar joyning maydoni to‘g‘risida ma’lumotnoma berish
🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;
Xizmatdan foydalanuvchilar - jismoniy shaxslar;
❌Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi;
Xizmat ko‘rsatish muddati - avtomatik;
🪙 Xizmat narxi - BEPUL
#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq, 8 ta toifadagi holatlarda egalik huquqlari eʼtirof etiladi.
Manba: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#qonunchilikdagi_yangiliklar #infografika
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan yer solig'i stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llanadi
Davlat rahbarining 06.09.2024 yildagi PF-135-son farmoniga muvofiq, qishloq xo'jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi, ijara huquqi va doimiy foydalanish huquqi bilan yangidan ajratishda belgilangan asosiy shartlar asosida mazkur yer uchastkasida bino va inshootlarni loyihalash, qurilishni boshlash va yakunlash hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlari majburiy ravishda ko'rsatiladi.
Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan obyektni foydalanishga topshirish davriga teng bo'lgan, biroq 3 yildan ko‘p bo'lmagan muddatda yer solig'i stavkasi 50 foiz miqdorida qo'llanadi.
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi - fuqarolar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va rezident bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarsiz, shu jumladan bunday hujjatlar yo‘qolgan yoki to‘liq rasmiylashtirilmagan holda egallab kelinayotgan yoki ortiqcha egallangan yer uchastkasi.
Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
📣📣📣📣 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🌍 “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan 🌟Kadastr agentligi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida "Korrupsiya - taraqqiyot dushmani" mavzusida videoroliklar tanlovi bo'lib o'tadi.
➡️Tanlovdan ko'zlangan maqsad sohada korrupsion holatlarni oldini olish, sohada faoliyat yuritib kelayotgan yoshlarning kreativ g'oyalarini o'rganishdan iborat.
Tanlov ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan video roliklar Agentlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limiga taqdim etiladi. 🌟Kadastr agentlik buyrug‘iga muvofiq tuzilgan maxsus komissiya tomonidan kelib tushgan barcha video roliklar mavzu dolzarbligi, go‘yaning mukammalligi, ijro mahorati hamda boshqa bir qancha mezonlar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.
Komissiya aʼzolarining yakuniy xulosalariga ko‘ra finalga munosib deb topilgan videoroliklar saralab olinadi.
#Kadastr_agentligi #video_roliklar_tanlovi
📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Hududlarda o‘zboshimcha qurilmalar aniqlanmoqda
Viloyat hududida Qonun doirasida hujjatlashtirish maqsadida qasddan qurilayotgan noqonuniy qurilmalar aniqlanmoqda.
#OAV_biz_haqimizda #yernazorati #Zangiota
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Korrupsiyaga befarq bo‘lmang !
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari Sizlarni korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.
❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz quyidagi raqamlar orqali xabar bering:
📞 1097
📞 +99895 199-17-73
📞 +99870 202-02-07
📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi taʼminlanadi.
#ishonchtelefoni #korrupsiyagaqarshi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #yernazorati #qonun
❗️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik
🔹 fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari (3 700 000),
🔹 mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravari (5 550 000) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati
⚡️ Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibidan xabardormisiz?
📩 Murojaatlar Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali qabul qilinadi.
📑 So‘rovnomaga ijara shartnomasi ilova qilinadi.
🔑 Zarur maʼlumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi
💰To‘lov miqdori - 555 000 so‘m (BHMning 1,5 baravari)
❗️Xizmat uchun my.gov.uz portali orqali murojaat etilganda to‘lov summasining 90 foizi undiriladi.
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
❗️Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini eʼtirof etish to‘g‘risidagi xalq deputatlari Kengashlarining qaror loyihalari hududlardagi adliya boshqarmalarida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi shart.
#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma‘lumotnomada quyidagi ma‘lumotlar aks ettiriladi:
🔹bino va inshootlarning joylashgan manzili;
🔹bino va inshootlarning kadastr raqami;
🔹bino va inshootlarning turar joy yoki noturar joyligi;
bino va inshootlarning umumiy maydoni;
🔹bino va inshootlarning umumiy yashash maydoni;
🔹bino va inshootlarning huquq egasi (egalari);
🔹bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar turi;
🔹bino va inshootlarga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi;
🔹cheklanish mavjudligi;
🔹bino va inshootlarning kadastr qiymati.
#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Quyidagilar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolar hisoblanadi:
🔹turar joy maydoniga ega bo‘lmagan yoki yashash uchun yaroqsiz uy-joylar (baraklar, vaqtinchalik uylar, avariya holatidagi uylar, yerto‘lalar) da yashovchi fuqarolar;
🔹har bir oila aʼzosi 16 kv.metrdan, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 23 kv.metrdan kam bo‘lgan turar joy bilan taʼminlanganlar;
🔹yotoqxonalarda, ishlab chiqarish va xizmat xonalarida yashovchilar, bundan mavsumiy va vaqtinchalik xodimlar, o‘qishlari sababli yotoqxonadalarga ko‘chib o‘tgan fuqarolar mustasno;
🔹qarindoshlik aloqalari bo‘lmagan ikki va undan ko‘p oila bo‘lib bir kvartirada yashovchilar;
🔹ayrim surunkali kasalliklarning og‘ir turlari bilan kasallangan fuqarolar;
🔹uy-joy ajratilayotgan aholi punktida kamida uch yil yashayotgan va ro‘yxatda turgan oilalar.
#qonunchilikda_yangilik #huquq
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilishi lavozimga tayinlashda inobatga olinadi
Davlat xizmatchilarining Odob-axloq qoidalariga rioya etishi ularning faoliyati hamda xizmatdagi axloqini baholashning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
💼 Davlat xizmatchilari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya qilinishi holati ularni kelgusida yuqori lavozimlarga tayinlash va rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirishda hisobga olinadi.
Huquqiy asos: VM-595-son, 14.10.2022 yil
#Bilasizmi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
📍Bizning manzillar: Chirchiq shahri
📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Chirchiq shahar bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Chirchiq shahar filiali
Bo‘lim rahbari - Parpiyev Davron Nasritdinovich
Filial rahbari - Akromov Aziz Sabirjanovich
Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha
🏢Manzil: Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Talabalar ko‘chasi, 10-uy.
☎️Murojaat uchun telefon: 70-715-21-53
#bizningmanzillar #Chirchiqshahri
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
❓Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxs vafot etgan taqdirda, egalik huquqi kimning nomiga eʼtirof etiladi ?
Javob:
- Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxs vafot etgan taqdirda, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi hamda yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi ushbu vafot etgan shaxs nomiga e’tirof etiladi. Bunda mazkur obyektga nisbatan merosni rasmiylashtirish qonunchilik hujjatlariga muvofiq vorislik tartibida hal etiladi.
Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha, shu jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti to‘g‘risida vakolatli organlarni xabardor etish bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rmaslik, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
🔹BHMning 200 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima;
🔹360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
🔹2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
🔹1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
🔹3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
🔹BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima;
🔹2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
🔹3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
🔹3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
❗️Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini taʼminlasa hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf qilsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
Asos: Jinoyat kodeksi, 197(1)-modda
#yernazorati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️BUGUNGI KUN RAQAMLARI
🔹 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 155 000 so‘m;
🔹 bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m;
🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 so‘m;
🔹 yoshga doir eng kam pensiyalar – 834 000 so‘m;
🔹 bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 so‘m;
🔹Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori — 920 000 so‘m;
🔹 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 so‘m;
🔹 Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — 745 000 so‘m;
🔹 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 920 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – 920 000 so‘m.
#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Yer uchastkalarini o‘zboshimcha egallab olish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi
Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,
🔹BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima;
🔹yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash;
🔹yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Asos: Jinoyat kodeksi, 229-modda
#yernazorati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
BIZDA BO‘Sh ISH O‘RINLARI !
📣Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi quyidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov eʼlon qiladi:
🔹Angren shahar bo‘limi
🔹Bekobod shahar bo‘limi
🔹Ohangaron shahar bo‘limi
🔹Ohangaron shahar bo‘limi (faqat nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun)
☝️Tanlovga arizalar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari ochiq portali orqali qabul qilinadi.
❗️Maʼlumot uchun, oliy maʼlumotli (bakalavr, magistr), Geodeziya, kartografiya va kadastr, Yer tuzish va yer kadastri, yuridik hamda iqtisod sohalari nomzodlari ariza berishlari tavsiya etiladi.
‼️shoshiling, arizalar qabul qilish muddati cheklangan!
#vakansiya
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara hamda mulk huquqi xalq deputatlari Kengashlarining qarorlari bilan eʼtirof etiladi
Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan eʼtirof etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qaroridan norozi bo‘lgan shaxslar ushbu qaror ustidan sudga qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda shikoyat qilishi, prokuratura va adliya organlari esa qarorni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida sudga ariza (shikoyat) berishi mumkin.
Manba: O‘RQ-937-son, 3-modda
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Kadastr zonasi hududi kadastr massivlariga bo‘linadi
Qishloq (ovul) kadastr zonasi hisoblangan hollarda qishloq aholi punktlari, qishloq xo‘jaligi maqsadidagi va boshqa maqsaddagi yer massivlari kadastr massivlari sifatida qabul qilinadi.
Tumanga bo‘ysunuvchi shahar (shaharcha), shahar tumani yoki shaharning bir qismi kadastr zonasi hisoblangan hollarda mahalla kadastr massivlari sifatida qabul qilinadi, bunda kadastr massivlari chegarasi kadastr mavzelarining tashqi chegaralari bo‘ylab o‘tishi va aholi punktlarining ko‘chalari yoki tashqi chegaralari bilan mos kelishi lozim.
✔️Kadastr massivlari kadastr zonasi hududini uzilishlarsiz va kesib o‘tishlarsiz qoplashi kerak.
Huquqiy asos: VM-555-son, 09.09.2024 yil
#qonunchilikda_yangilik
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
#yernazorati #huquq
⚡️Yer uchastkalarida davlat nazoratini amalga oshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi
Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
❗️Yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirmaslikka, o‘zboshimchalik bilan yer uchastkalarini egallab olishga yoki ularning chegaralarini o‘zgartirishga, yerlarning toifasidan qatʼi nazar, barcha turdagi binolar va inshootlarni o‘zboshimchalik bilan qurishga yo‘l qo‘ymaslik ustidan davlat nazoratini amalga oshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi.
Asos: Yer kodeksi 83-1-moddasi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
#murojaatlar #qonun
⚡️Murojaatlarni ko‘rib chiqishni rad etgan mansabdorlarga qanday javobgarlik bor ?
Qonunchilikka ko‘ra,
➡️ jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish;
➡️ murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish;
➡️ murojaatlarga yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik;
➡️ murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish;
➡️ jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini taʼminlamaganlik
— mansabdor shaxslarga 370 ming so‘mdan 1 110 000 so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
⏳ Туркий давлатлар ташкилоти доирасидаги Ҳарбий ва фуқаролик картография идоралари раҳбарларининг 1-йиғилиши бўлиб ўтди.
🟢Жорий йилнинг 30 сентябрь - 1 октябрь кунлари 🇹🇷Туркия Республикасининг пойтахти Анқара шаҳрида 🌟Кадастр агентлиги директори Ф.Пулатов бошчилигидаги делегация Туркий давлатлар ташкилоти (ТДТ) доирасидаги Ҳарбий ва фуқаролик картография идораларининг илк раҳбарий учрашувида иштирок этди.
⏰ Тадбир бошида сўзга чиққан Миллий мудофаа вазири ўринбосари Шуай Алпай томонидан технологиянинг жадал ривожланиши ва ўзгариши, хариталар ва географик маълумотларни ишлаб чиқариш ва тақдим этишда ҳамкорликни туркий дунёнинг муҳим қадами дея эътироф этди.
💘ТДТга аъзо давлатларнинг соҳадаги фаолияти ҳамда стратегиялари билан танишиш;
💘 геодезия ва картография фаолияти билан танишиш;
💘 мазкур йўналишда Ўзбекистонда амалга оширилган ислоҳотлар билан иштирокчиларни таништириш каби масалалар ўрин олди.
🔘Жумладан, 🌟Кадастр агентлиги ва 🇹🇷Туркия Республикаси Ерни рўйхатга олиш ва кадастр бош бошқармаси ўртасида идоралараро учрашув ўтказилди. Жорий йилнинг 6 июнь санасида Ўзбекистон-Туркия олий даражадаги Стратегик ҳамкорлик кенгашининг учинчи йиғилиши доирасида 🇺🇿Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт ва молия вазирлигининг 🌟Кадастр агентлиги ҳамда 🇹🇷Туркия Республикаси Атроф-муҳит, шаҳарсозлик ва иқлим ўзгариши вазирлиги ҳузуридаги Ерни рўйхатга олиш ва кадастр бош директорати ўртасида имзоланган ҳамкорлик тўғрисида Баённома ижроси юзасидан кўчмас мулкни рўйхатга олиш, давлат хизматлари, ахборот тизимлари, соҳага доир норматив ҳуқуқий ҳужжатлар ва малака ошириш йўналишларида тажриба алмашиш кўзда тутилган идоралараро Ҳаракатлар режаси имзоланди.
⚡️Bizning manzillar: Olmaliq shahri
📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Olmaliq shahar bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Olmaliq shahar filiali
Bo‘lim rahbari - Djameldinov Muxammadjon Maxmud o‘g‘li
Filial rahbari - Safaxanov Rashshodxon Rustamxanovich
Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha
🏢Manzil: Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, Sahovat MFY, Gulshan ko‘chasi, 49-uy
☎️Murojaat uchun telefon: 70-614-15-50
#Olmaliq #bizningmanzillar
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish
🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;
Xizmatdan foydalanuvchilar - jismoniy shaxslar;
❌Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi;
Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni;
🪙 Xizmat narxi:
🔹BHMning 0,03 baravar miqdorida (11 250 so‘m);
🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,027 baravari (10 125 so‘m);
#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
Xalq deputatlari Kengashlarining yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo‘lgan mulk huquqini eʼtirof etish to‘g‘risidagi qarorlari loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ro‘yxatga olish va eʼlon qilish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning “E-qaror” yagona elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
Qarorda quyidagilar ko‘rsatiladi:
🔹yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda unda qurilgan bino va inshootga bo‘lgan mulk huquqi eʼtirof etilayotgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar (fuqarolar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning familiyasi, ismi, otasining ismi va tug‘ilgan yili, yuridik shaxs bo‘lgan rezidentlarning to‘liq nomi, ro‘yxatdan o‘tgan sanasi hamda soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami);
🔹 ijara huquqi eʼtirof etilayotgan yer uchastkasi joylashgan manzil, maydon, undan amalda foydalanilish maqsadi, u egallab olingan yil;
🔹 mulk huquqi eʼtirof etilayotgan binolar va inshootlardan amalda foydalanilish maqsadi.
Manba: O‘RQ-937-son, 20-modda
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
#kadastr_xizmati
⚡️Kadastr xizmati - bu endi oson !
➡️Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish
➡️ Kadastr pasportini shakllantirish
➡️ Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to'g'risidagi maʼlumotnoma olish
➡️Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
➡️O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
➡️ Ko'chmas mulk bo'yicha kadastr muhandisini malaka shahodatnomasini berish
➡️ Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish
➡️ Qurilish-montaj ishlari tugallangan ob'ektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish
➡️ Davlat kadastr reyestridan ko'chmas mulk bo'yicha ko'chirmani tekshirish
➡️ Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishning birlamchi miqdorini hisoblash
➡️ Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tanlovda ishtirok etish
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
Tegishli shaxslar tomonidan bir martalik to‘lov belgilangan muddatlarda to‘lanmagan taqdirda, ularning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan bino va inshootga bo‘lgan huquqlarini eʼtirof etish to‘g‘risidagi ishlar to‘xtatib turiladi.
Tegishli shaxslar tomonidan bir martalik to‘lov to‘langan taqdirda, elektron yig‘majild, maʼlumotlar va hujjatlar ushbu Qonunning 18-moddasiga muvofiq tayyorlangan ijobiy xulosalar bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga navbatdagi sessiyada (majlisda) ko‘rib chiqish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali avtomatik ravishda yuboriladi.
Manba: O‘RQ-937-son, 19-modda
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram