Aholining uy-joyga bo‘lgan huquqlari eʼtirof etiladi
#OAV_biz_haqimizda #Qonun
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
🇺🇿Mustaqillik solnomasi: Istiqlolimizning so‘nggi yillarida amalga oshirilgan ishlar 33 soniyada
Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tgan bir yil davomida erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan ishlar xususida boshqarma boshlig‘i 33 soniyada hisobot taqdim etadi.
#mustaqillik
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Qur’on tilovat qilindi.
Marosimda Oliy Majlis, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, jamoatchilik vakillari ham Islom Karimov haykaliga gullar qo‘ydi.
Xotira tadbirlari Samarqand va Qarshi shaharlarida ham bo‘lib o‘tdi.
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Soha fidoyilari munosib taqdirlandi
🇺🇿 Respublikamiz Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Kadastr agentligi binosida tizimning eng faol xodimlarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbirda munosib tizim vakillari sifatida Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig'i Jasur Axrorov Kadastr agentligi tomonidan "Soha a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
#mustaqillik #eʼtirof
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!
Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasida «Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!» degan bosh g‘oya ostida O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida rahbariyat tomonidan tizimda samarali mehnati bilan soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan bir qator hodimlar taqdirlandilar.
Bu kabi eʼtibor va eʼtirofning bo‘lishi nafaqat qilingan ishlar uchun rag‘bat, balki kelgusi ishlarda yana-da muvaffaqiyatga erishish uchun ham turtki bo‘lishiga ishonamiz va bu kabi yutuqlar bardavom bo‘lishida yakdilmiz !
#mustaqillik #eʼtirof
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
❗️Bugun ish kuni to‘liq bo‘ladi, qisqartirilgan emas!
Mehnat kodeksining 187-moddasida ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi, deb belgilangan. "Arafasi" deganda qachon nazarda tutilganiga shu moddaning ikkinchi bandida izoh berilgan: "bayramdan oldingi kuni".
✔️ Demak, ish vaqti 1 soatga qisqarishi uchun ish kunining ertasi kunida ishlanmaydigan bayram kuni bo‘lishi kerak. Odatiy yoki qo‘shimcha berilgan dam olish kunlari hisob emas.
❌Ertaga — 31-avgust - bayram kuni emas.
Bizda Mustaqillik bayrami rasman 1-sentyabrga belgilangan. Demak, shundan bir kun avval, ya’ni faqat 31-avgust kunida ish vaqti 1 soatga qisqartirilishi mumkin xolos. 30-avgustda ish vaqti qisqartirilmaydi.
❗️ Ma’lumot uchun: ertaga — shanba kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish, 6 kunliklar uchun esa qo‘shimcha dam olish kuni. Ya’ni barcha xodimlarga (navbatchilikda turadiganlar, smenali yoki vaxta rejimida ishlaydiganlardan tashqari) rasman dam olish kuni. Ammo ertaga rasmiy bayram kuni bo‘lmagani uchun bugun to‘liq ishlanadi.
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash
🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;
✔️Xizmatdan foydalanish hech hujjat talab etilmaydi;
Xizmat ko‘rsatish muddati - 13 ish kuni;
🪙 Xizmat narxi:
🔹BHMning 1 baravar miqdorida (340 000 ming so‘m);
🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,9 baravari (306 000 ming so‘m).
#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
Rasmiy munosabat
Nazorat uz | rasmiy kanali orqali "Ayb kadastrdami yoki auksiondami?" sarlavhasi ostida yo‘llangan murojaat yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.
Aniqlanishicha, nizoli bo‘layotgan yer maydoni (avvalgi Toshkent viloyati, Qibray tumani, Tuzel QFY, Mirishkor MFY, Ilg‘or ko‘chasi manzilidagi noturar obyekt yer maydoni) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2021-yil 25-iyundagi SQ-326-IV-son qaroriga asosan Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hududiga o‘tkazilgan.
Avvalgi manzili Qibray tumani, Tuzel QFY, Mirishkor MFY, Ilg‘or ko‘chasida joylashgan noturar joy Qibray tuman hokimining 2017-yil 1-fevraldagi qaroriga asosan “TARRAQIYOT G‘ISHT SAVDO” MCHJga tegishli bo‘lgan.
Biroq, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 27.10.2020 yildagi hal qiluv qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Majburiy ijro byurosi Qibray tuman bo‘limi tomonidan 16.04.2024 yilda yuqoridagi manzilda joylashgan noturar bino-inshootlar elektron-auksion savdolariga chiqarilib, elektron onlayn-auksion natijalari to‘g‘risidagi 14.07.2024 yilda berilgan bayonnomaga ko‘ra, fuqaro X.Aga sotilgan va fuqaro X.A nomiga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan.
Bugungi kunga kelib, ushbu obyekt 24.03.2023 yildagi oldi-sotdi shartnoma asosida fuqaro S.V nomiga rasmiylashtirilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Nizoli bo‘layotgan mazkur noturar joy obyekti yaʼni Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Istiqlol MFY, Zukkolar ko‘chasi, 44-S uy manzilidagi noturar joy obyekti yer maydoni bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi Yuqori Chirchiq tuman filiali tomonidan kadastr hujjatlari rasmiylashtirilmaganligi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi hamda ayni paytda mazkur nizo yuzasidan sud ishi davom etayotgani sababli kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishning imkoni yo‘qligi maʼlum qilinadi.
#rasmiy_munosabat
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini xatlovdan o‘tkazish reja-jadval asosida amalga oshiriladi
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazish har yilgi reja-jadval asosida amalga oshiriladi.
📁 Reja-jadval Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taklifiga ko‘ra Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi va jamoatchilikka eʼlon qilinadi.
Manba: O‘RQ-937-son, 13-modda
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️O‘zboshimcha qurilmalar bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari
📌Vazirlar Mahkamasining 05.07.2017 y, №467-sonli qaroriga muvofiq, quyidagilar o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash va ularni bartaraf etishda vakolatli organ hisoblanadi:
🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimliklari;
🔹Kadastr agentligi hamda uning hududiy organlari ;
🔹O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda uning hududiy organlari;
🔹O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari;
🔹O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari.
❗️Ushbu vakolatli organlar mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.
#huquqvaqti #yernazorati #bilasizmi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Ishonch telefonlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi – 1000;
O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi – (71) 239-86-50, (71) 239-81-14;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi – 1090; (71) 239-02-74
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi – 1007;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi – 1102;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – 1008;
Davlat soliq qo‘mitasi – 1198;
Kadastr agentligi - 1097;
Davlat xizmatlari agentligi – 1148, (71) 207-00-66;
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi – (71) 244-05-05;
#ishonch_telefon #bilasizmi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirishda ularning maydoni va chegaralariga o‘zgartishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi
🔹Qonunchilikka muvofiq, хususiylashtirish subyektlariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar davlat reyestrida ko‘rsatilgan maydon va chegaralar doirasida amalga oshiriladi.
❌Mazkur yer uchastkalarini xususiylashtirishda ularning maydoni va chegaralariga o‘zgartishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
#huquqvaqti #bilasizmi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
❓ Xususiylashtirilgan yer uchastkasi “snos” qilinishi yoki olib qo‘yilishi mumkinmi ?
Javob:
- Qonunchilikka muvofiq, siz yeringizga nisbatan mulk huquqini olishingiz bilan (xususiylashtirish orqali) davlat shunchaki sizga tegishli bo‘lgan yerni olib qo‘ya olmaydi.
Yer uchastkasi xususiylashtirilgach yaʼni yer uchastkasiga mulk huquqi belgilangandan so‘ng yerni mulkdordan faqat sotib olish mumkin bo‘ladi. Agar fuqaro yer uchastkasini berish yoki sotishni istamasa, uni davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun shunchaki olib qo‘yilishiga yo‘l berilmaydi. Bu – mulk huquqining kafolatlanishi.
❗️Yer uchastkasini xususiylashtirish qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarga nisbatan amal qiladi.
Asos: VM-71, 14.02.2022-y.
#savol_javob
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun majburlash taqiqlanadi
Yer uchastkalarini xususiylashtirish ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslari yer uchastkalarini xususiylashtirishga bo‘lgan o‘z huquqlarini o‘z ixtiyoriga ko‘ra hamda o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiradi.
🚫 Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun majburlash taqiqlanadi.
#bilasizmi #huquq #VM_71
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
📣Diqqat, kadastrda onlayn audio muloqot
«O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida»gi qonunga oid savollaringiz bormi ?
🎙U bugun, 27-avgust kuni ushbu rasmiy telegram sahifamizda soat 17:00 da bo‘lib o‘tadigan onlayn muloqotda ishtirok eting.
Audio muloqot Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ mutaxassislari ishtirokida o‘tkaziladi.
#diqqat #Audio_muloqot
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun bir martalik to‘lov undiriladi
Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik to‘lov undiriladi:
🔹Toshkent shahrida — BHMning 5 baravari miqdorida;
🔹Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — BHMning 3 baravari miqdorida;
🔹viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda — BHMning 2 baravari miqdorida;
🔹boshqa aholi punktlarida — BHMning 1 baravari miqdorida.
Manba: O‘RQ-937-son, 23-modda
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilishi lavozimga tayinlashda inobatga olinadi
Davlat xizmatchilarining Odob-axloq qoidalariga rioya etishi ularning faoliyati hamda xizmatdagi axloqini baholashning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
💼 Davlat xizmatchilari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya qilinishi holati ularni kelgusida yuqori lavozimlarga tayinlash va rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirishda hisobga olinadi.
Huquqiy asos: VM-595-son, 14.10.2022 yil
#Bilasizmi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚜️ Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Muhtaram va aziz yurtdoshlar!
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi jamoasi sizlarni eng aziz va eng ulug‘ bayram - Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan chin dildan qutlaydi!
Xalqimiz farovonligi, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan ishlaringizda zafarlar hamisha yor bo‘lsin!
🇺🇿Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
#mustaqillik #tabrik
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Munosiblar eʼtirof etilmoqda
Yurtimiz mustaqlligining 33 yilligi munosabati bilan tashkilot ishlarida faolligi, o‘z kasbiga mehri va sadoqati hamda faoliyati davomida soha rivojiga qo‘shgan hissalari uchun Toshkent viloyati boshqarmasi bosh mutaxassisi Sh.Shermuxammedov va Qibray tuman filiali kadastr muhandisi D.Davronovlar Davlat kadastr palatasi tomonidan taqdirlandilar.
#mustaqillik #eʼtirof
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Rasmiy munosabat
XALQ NAZORATI - NARODNIY KONTROL Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali “Yerlarning talon-taroji qachon to‘xtaydi?” sarlavhasi ostida yo‘llangan murojaat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.
Aniqlanishicha, 09.09.2009, 18.09.2009, 23.07.2010 hamda 06.10.2010-yillardagi oldi-sotdi shartnomalariga asosan sotib olingan ko‘chmas mulklarga nisbatan Qibray tuman hokimi tomonidan 15.01.2013-yilda tasdiqlangan qarorga muvofiq, “ASFAR COMPANY LTD” MCHJ shaklidagi qo‘shma korxonasiga qarashli noturar joy bino-inshootlari egallagan yer maydoni jami 1,8667 gektar etib belgilangan.
Shuningdek, Qibray tuman hokimining 30.04.2021-yildagi qaroriga asosan “ASFAR COMPANY LTD” MCHJ shaklidagi qo‘shma korxonasiga yangi sug‘orish tarmog‘i hamda korxonaga tegishli hudud orasida joylashgan ariqning eski o‘zani o‘rnidan iborat 0,346 gektar yer maydoni obodonlashtirish uchun biriktirib berilgan.
O‘rganish davomida obodonlashtirish uchun ajratilgan yer maydoni qishloq xo‘jaligi xaritasining 123q-konturda joylashgan 65,4 ball bonitetli sug‘oriladigan ekin yeri ekanligi aniqlanib, MCHJ tomonidan qurilish ishlari amalga oshirilganligi maʼlum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan to‘plangan materiallar huquqiy baho berishlik uchun viloyat prokuraturasiga yuborilganligi maʼlum qilinadi.
#rasmiy_munosabat #yernazorati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT
❗️Ko‘chmas mulkni birlashtirish ko‘chmas mulk mulkdorining qaroriga, mulkdorlar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga, davlat ijrochisining yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.
#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar bermaganlik uchun javobgarlik belgilandi
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar bermaganlik uchun - BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima belgilandi.
Agarda ushbu xatti-harakatlar bir yil davomida takroran sodir etiladigan bo‘lsa, 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, mansabdor shaxslar tomonidan mavjud yoki ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish yuzasidan choralar ko‘rmaganlik uchun BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima belgilandi.
Agarda ushbu xatti-harakatlar bir yil davomida takroran sodir etiladigan bo‘lsa, 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.
Bunda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirish bilan bog‘liq vazifalar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Bizning manzillar: O‘rta Chirchiq tumani
📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tuman filiali
Bo‘lim rahbari - Umirzaqov Uchqun Sayidrahimovich
Filial rahbari - Rasulov Farxod Sobirovich
Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha
🏢41.0699322,69.2724379,148m/data=!3m1!1e3!4m15!1m8!3m7!1s0x38ae43757af0d33b:0x59d44cf5c1383927!2z0KPRgNGC0LDRh9C40YDRh9C40LrRgdC60LjQuSDRgNCw0LnQvtC9LCDQo9C30LHQtdC60LjRgdGC0LDQvQ!3b1!8m2!3d41.0860682!4d69.3354317!16s%2Fm%2F012mfzq1!3m5!1s0x38ae697aa7a4fff5:0x8f038700c166600d!8m2!3d41.0698683!4d69.2726774!16s%2Fg%2F11r_gj1tzs?entry=ttu">Manzil: Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani, Uyg‘ur mahallasi, Yoshlik ko‘chasi.
☎️Murojaat uchun telefon: 70-202-02-30
#bizningmanzillar #Oʼrtachirchiq
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
❓Qonun qachon kuchga kiradi?
Javob:
- O‘zbekiston Respublikasining «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida»gi Qonuni 2024-yilning 5-avgust kuni qabul qilingan bo‘lib, kuchga kirish sanasi 2024-yil 8-noyabr etib belgilangan.
Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Qibray tumanida o‘tkazilgan sayyor qabul tafsilotlari Nurafshon TV kanali informatsion dasturlarida
#OAV_biz_haqimizda #sayyor_qabul #Qibray
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Tezkor munosabat
XALQ NAZORATI - НАРОДНЫЙ КОНТРОЛЬ facebook ijtimoiy tarmogʻi orqali “Yerlarning talon-taroji qachon toʻxtaydi?” sarlavhasi ostida yoʻllangan murojaat Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, oʻrganish ishlari olib borlimoqda. Natijasi boʻyicha axborot berilishi ta’minlanadi
#rasmiy_munosabat
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
Fuqarolar qanday ko‘chmas mulklarni o‘z nomiga (ijara va mulk huquqi asosida) qonuniy o‘tkazib olishi mumkin?
Manba: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#qonunchilikdagi_yangiliklar #infografika
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT
Yer uchastkasini xususiylashtirish — davlat mulki bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining va (yoki) yuridik shaxslarining mulkiga o‘tkazish.
#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
Qishloq xo'jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasini xususiylashtirish xizmati
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish:
🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;
Talab etiladigan hujjatlar:
❌jismoniy shaxslarda talab etilmaydi;
✔️yuridik shaxlardan yuridik shaxsning yer uchastkasini sotib olish to‘g‘risidagi qarori (agar bu ariza beruvchi — yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga muvofiq zarur bo‘lsa).
Xizmat ko‘rsatish muddati - 5 ish kuni;
🪙 Xizmat narxi:
🔹BHMning 1 baravar miqdorida (340 000 ming so‘m);
🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,9 baravari (306 000 ming so‘m).
#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
Toshkent viloyatida savdoga qo‘yilgan yer uchastkalaridan birini sotib oling va o‘z tadbirkorligingizni yo‘lga qo‘ying!!
▫️Oqqo‘rg‘on tumanida 134 ta (ko‘rish)
▫️Ohangaron tumanida 148 ta (ko‘rish)
▫️Bekobod tumanida 125 ta (ko‘rish)
▫️Bo‘ka tumanida 290 ta (ko‘rish)
▫️Quyichirchiq tumanida 281 ta (ko‘rish)
▫️Zangiota tumanida 12 ta (ko‘rish)
▫️Yuqorichirchiq tumanida 61 ta (ko‘rish)
▫️Qibray tumanida 6 ta (ko‘rish)
▫️Parkent tumanida 17 ta (ko‘rish)
▫️Piskent tumanida 451 ta (ko‘rish)
▫️O‘rtachirchiq tumanida 53 ta (ko‘rish)
▫️Chinoz tumanida 148 ta (ko‘rish)
▫️Yangiyo‘l tumanida 77 ta (ko‘rish)
▫️Toshkent tumanida 10 ta (ko‘rish)
▫️Nurafshon shahrida 31 ta (ko‘rish)
▫️Olmaliq shahrida 2 ta (ko‘rish)
▫️Angren shahrida 169 ta (ko‘rish)
▫️Bekobod shahrida 1 ta (ko‘rish)
▫️Ohangaron shahrida 5 ta (ko‘rish)
▫️Chirchiq shahrida 4 ta (ko‘rish)
◽️Yangiyo‘l shahrida 2 ta (ko‘rish)
#auksion #yer_uchastkalari
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram