💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi - fuqarolar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va rezident bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarsiz, shu jumladan bunday hujjatlar yo‘qolgan yoki to‘liq rasmiylashtirilmagan holda egallab kelinayotgan yoki ortiqcha egallangan yer uchastkasi.
Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Bekobodda yana bir holat bartaraf etildi
Kadastr agentligi Bekobod shahar bo‘limi tomonidan shaharning Taraqqiyot MFY, Usmon Nosir ko‘chasida joylashgan 30 kv.m yer maydonini o‘zboshimcha egallab, noqonuniy qurilmalar qurgan fuqaro B.D ga nisbatan Mjtk ning 60-modda 3-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qurilmalarnin fuqaro tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilishi taʼminlandi.
❗️Hurmatli fuqarolar va yerdan foydalanuvchilar !
Yer qonunchiligini buzganlik uchun maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlik borligini unutmang !
#Bekobod #yernazorati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
❓O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni eʼtirof etish uchun fuqarolar qaysi tashkilotga murojaat qilishlari kerak?
Javob:
- Fuqarolar hech qaysi tashkilotga murojaat etishlari kerak emas. Davlat idoralari fuqarolarga xizmat qiladi tamoyili asosida Kadastr agentligi tomonidan respublika bo‘yicha tumanlar va mahallalar kesimida yaʼni qaysi mahallada o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan bino inshootlarga nisbatan huquqlarning eʼtirof etilishini ko‘rib chiqilishi yuzasidan reja ishlab chiqiladi va mazkur reja asosida ishlar amalga oshiriladi. Bu reja OAV lar, ijtimoiy tarmoqlar hamda mahallalarda eʼlon qilinib boriladi.
Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
❗️Eslatma, Qonun 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
❗️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin
⚠️ Tegishli huquq paydo bo‘lgandan keyin 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
🖥 Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoki ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilinadi.
‼️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik
🔹fuqarolarga BHMning 10 baravari (3,4 mln so‘m),
🔹mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5,1 mln so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
#bilasizmi #kadastr_xizmati #javobgarlik
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar #VM426
⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish komissiyasi tarkibi quyidagilardan iborat bo‘ladi:
🔹Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi boshligʼi, komissiya raisi
🔹Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi boshligʼi o‘rinbosari, komissiya raisi o‘rinbosari
🔹Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi
🔹Adliya vazirligi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi
🔹Soliq qo‘mitasi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi
🔹Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi
🔹Davlat kadastrlar palatasi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi, komissiya kotibi
Huquqiy asos: VM-426, 29.08.2023 y.
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
❓Qanday hollarda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtriladi ?
🔹ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;
🔹ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);
🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;
🔹yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;
🔹ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;
🔹ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;
🔹o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.
#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
❗️“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.).
Batafsil infografikada
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Mulkdor o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka o‘z xohishicha egalik qiladi
Mulkdor o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
❗️Biroq, mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.
Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 66-modda
#huquq #bilasizmi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
❓Qizil maydonga qurilish qila olamanmi?
Savol:
- Hovlimiz 23 sotixdan iborat. Kadastr hujjatlarimizda 11 sotix yer qizil maydon qilib belgilab qo‘yilgan. O‘sha qizil maydonga uy qura olamanmi?
Javob:
Qonunchilikka muvofiq, o‘zining egallab turgan yer uchastkasida qurilish, qayta qurish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish lozim bo‘ladi. Buning uchun Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etiladi. Ruxsatnoma Arxitektura qurilish bo‘limi tomonidan beriladi.
❌ Agar yer uchastkasi qizil chiziq hududida yoki muhofaza zonasida joylashgan bo‘lsa yoki o‘zboshimchalik bilan egallangan bo‘lsa, qurilish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsat berilmaydi.
#savol_javob #huquqvaqti #yernazorati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
Yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi quyidagi hajmgacha beriladi:
🔹1998-yil 1-iyulgacha egallangan bo‘lsa – 0,24 gektargacha;
🔹1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-may kuniga qadar egallangan bo‘lsa,
– Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 0,06 gektar
- qolgan hududlarda 0,12 gektardan oshmagan hajmda.
❗️Ushbu hajmdan ortiqcha yerlar, agar nizo bo‘lmasa, dehqon xo‘jaligi yoki tomorqa xo‘jaligi yuritish uchun rasmiylashtirib beriladi.
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
#muhim
Ko‘chmas mulkni qonuniylashtirish uchun ular quyidagi talablarga javob berishi lozim:
🔹yer boshqa shaxsga ajratilmagan yoki auksionga chiqarilmagan bo‘lishi;
🔹yer uchastkasidan foydalanishda nizo mavjud emasligi;
🔹yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi;
🔹muhofaza zonasida, sug‘oriladigan yerda joylashmaganligi;
🔹bosh reja talablariga zid emasligi (mavjud bo‘lsa);
🔹har bir kategoriyaga xos boshqa shartlar (investitsiya majburiyati bajarilganligi, shirkat aʼzosi hisoblanishi va boshqalar).
#qonun
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
#tezkor #bildirish
Chirchiq shahrida 7-avgust kuni soat 10.00 da aholining kadastrga oid murojaatlarini oʻrganish yuzasidan oʻtkazilishi rejalashtirilgan sayyor qabul vaqti 7-avgust kuni soat 12.00 ga koʻchirilganligini ma’lum qilamiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun avvaldan uzr so‘raymiz!
📍Manzil: Chirchiq shahri, Madaniyat MFY binosi
☎️ Murojaat uchun: (70) 202-02-07
#eʼlon #sayyor_qabul
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlashda jamoatchilik nazorati
Agarda siz o‘z hududingizda yerga oid qonun buzilish holatiga guvoh bo‘lsangiz
📲 @e_yernazorat_bot maxsus telegram-bot dasturi;
💻 Kadastr.uz sayti;
📞 1097 qisqa raqami orqali xabar bering.
Yuborilayotgan yerga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi videoyozuvlarda sodir etilgan huquqbuzarlik holati, huquqbuzar shaxs to‘g‘risidagi maʼlumotlar aniq aks ettirilishi hamda quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:
🔹videofaylning namoyish etish imkoniyati 720x480 pikseldan kam bo‘lmasligi;
🔹videoyozuv davomiyligi 30 sekunddan kam bo‘lmasligi va 10 daqiqadan oshmasligi;
🔹videoyozuv maʼlumotlarida sana va vaqt ko‘rsatilishi.
❗️Videoyozuvlarga har qanday tarzda o‘zgartirishlar kiritish taqiqlanadi. O‘zgartirish kiritilgan videoyozuvlar ko‘rib chiqilmaydi, hajmini qisqartirish maqsadida videoyozuvning bevosita huquqbuzarlik holati aks ettirilgan qismini kesib olish bundan mustasno.
#yernazorati #ishonchraqam
Facebook Instagram Telegram
Yer uchastkasiga nisbatan servitut to‘g‘risidagi shartnoma yozma shaklda tuziladi
Servitut to‘g‘risidagi shartnomada quyidagi shartlar ko‘rsatilishi kerak:
🔘servitut belgilanishi kerak bo‘lgan yer uchastkasining kadastr raqami;
🔘servitutni belgilashning maqsadlari va asoslari;
🔘shartnoma taraflari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
🔘servitutning amal qilish muddati;
🔘servitut uchun belgilangan haq miqdori (mavjud bo‘lganda);
🔘taraflarning huquq va majburiyatlari hamda javobgarligi;
🔘belgilangan servitut muddati tugaganidan keyin yer uchastkasini belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish haqidagi servitut majburiyati.
#bilasizmi #huquq
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
#bizningmanzillar #Parkent_tumani
⚡️Bizning manzillar: Parkent tumani
📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Parkent tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Parkent tuman filiali
Bo‘lim rahbari - Abduraxmonov Dilshod Abduxalil o‘g‘li
Filial rahbari - Jo‘raboyev Farxod Mannopovich
Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha
🏢Manzil: Toshkent viloyati, Parkent tumani, O‘zbekiston ko‘chasi, 5-uy
☎️Murojaat uchun telefon: 70-722-21-57
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Kadastr tizimida yangi qonun
🔹Bu Qonun qanday uylarga amal qiladi?
🔹Buning uchun fuqarolar qayerga borishlari kerak?
🔹Qonun qachon kuchga kiradi ?
✅Ushbu savollarga mazkur lavha orqali javob olishingiz mumkin.
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
#vakansiya
BIZDA BO‘Sh ISH O‘RINLARI !
📣Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi quyidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov eʼlon qiladi:
🔹Angren shahar bo‘limi
🔹Bekobod shahar bo‘limi
☝️Tanlovga arizalar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari ochiq portali orqali qabul qilinadi.
❗️Maʼlumot uchun, oliy maʼlumotli (bakalavr, magistr), Geodeziya, kartografiya va kadastr, Yer tuzish va yer kadastri, yuridik hamda iqtisod sohalari nomzodlari ariza berishlari tavsiya etiladi.
❗️shoshiling, arizalar qabul qilish muddati cheklangan
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
❗️Kadastr agentligi ogohlantiradi !
#korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Tezkor munosabat
XALQ NAZORATI kanali orqali yo‘llangan murojaat Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish ishlari olib borilayotganligi va natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishi maʼlum qilinadi.
#tezkor_munosabat
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
❓ O‘z uyimda qurilish qilishim uchun ruxsatnoma talab etiladimi ?
Javob:
Mazkur holatda qurilish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma talab etiladi.
❌Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni tegishli ruxsatnomasiz amalga oshirish taqiqlanadi.
Huquqiy asos: VM-200, 20.04.2022-yil.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Bizning manzillar: Olmaliq shahri
📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Olmaliq shahar bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Olmaliq shahar filiali
Bo‘lim rahbari - Djameldinov Muxammadjon Maxmud o‘g‘li
Filial rahbari - Safaxanov Rashshodxon Rustamxanovich
Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha
🏢Manzil: Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, Sahovat MFY, Gulshan ko‘chasi, 49-uy
☎️Murojaat uchun telefon: 70-614-15-50
#Olmaliq #bizningmanzillar
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Chirchiq shahrida aholi murojaatlari o‘rganilmoqda
Ayni damda Chirchiq shahrining Madaniyat MFY binosida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi rahbariyati ishtirokida aholining kadastr sohasiga oid murojaatlarini o‘rganish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazilmoqda.
#Chirchiq_shahri #sayyor_qabul
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Davlat xizmatlari markazi orqali quyidagi kadastr xizmatlari amalga oshiriladi:
🔹Kadastr pasportini shakllantirish;
🔹Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
🔹Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma olish;
🔹Qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish uchun ariza topshirish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;
🔹Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish;
🔹Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
🔹Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;
🔹Kadastr obyektiga taʼqiq bor/yo‘qligini tekshirish;
🔹O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish;
🔹Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash;
🔹Davlat Reyestridagi har qanday ko‘chmas mulk obyektining kadastr qiymatini bilish.
#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
#muhim
Qonunga ko‘ra, yer va binolarni qonuniylashtirish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik to‘lov undiriladi:
🔹Toshkent shahrida – BHMning 5 baravari (1,7 mln so‘m);
🔹Nukus shahri va viloyat markazlarida – BHMning 3 baravari (1,02 mln so‘m);
🔹viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda – BHMning 2 baravari (680 ming so‘m);
🔹boshqa aholi punktlarida – BHMning 1 baravari (340 ming so‘m).
Qolgan hollarda bir martalik to‘lov tegishli hududdagi o‘rtacha auksion bahosi miqdorida to‘lanadi.
❗️ I va II guruh nogironlari, oldingi “aksiya” vaqtida yig‘im to‘lagan shaxslar to‘lovdan ozod qilinadi, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslarga 50 foiz chegirma beriladi.
‼️Qonun 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
Huquqlarni eʼtirof etish hududlar bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi
Buning uchun Kadastr agentligi har yili reja-jadval tasdiqlaydi, unga asosan:
🖥Kadastr agentligi Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratib, unga barcha yerlar bo‘yicha 6 xil turdagi birlamchi maʼlumotlarni kiritadi;
10 ta vakolatli organ (hokimlik, qurilish, ekologiya, soliq, “O‘zbekkosmos” agentligi va boshqalar) har bir yer uchastkasi bo‘yicha o‘z vakolatidagi maʼlumotlarni tizimga kiritadi;
📣tizimda shakllantirilgan elektron yig‘majild mahalla binolarida, Kadastr agentligi saytida hamda boshqa manbalarda eʼlon qilinadi.
⚠️To‘plangan hujjatlarning to‘liqligi va qonuniyligi adliya organlari tomonidan o‘rganib chiqiladi.
✉️Ijobiy xulosa qabul qilingan fuqarolarga Kadastr agentligi tomonidan xabarnoma yuboriladi.
📄Xabarnoma asosida bir martalik to‘lovni amalga oshirganlarga har chorakda xalq deputatlari viloyat Kengashi qarori bilan huquqlar eʼtirof etiladi (yerga – ijara huquqi, bino-inshootga – mulk huquqi).
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
#muhim
“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
❗️Qonun 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.
Unga ko‘ra, fuqarolar quyidagi ko‘chmas mulklarni o‘z nomiga (ijara va mulk huquqi asosida) qonuniy o‘tkazib olishi mumkin:
🟢2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o‘zboshimchalik bilan egallagan yer hamda undagi bino va inshootlar;
🟢2018-yil 1-may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko‘rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar;
🟢“bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni eʼtirof etish oxiriga yetmagan yer hamda undagi bino va inshootlar;
🟢2021-yil 8-iyunga (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) qadar tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer;
🟢bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer;
🟢kichik sanoat zonalari hududiga 2020-yil 9-martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yeri;
🟢davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer;
🟢hokim qarori bilan mulk huquqi eʼtirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasi.
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
❓Qanday huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim?
🔹Yer osti va yer ustida joylashgan bino-inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi;
🔹Xo‘jalik yuritish va operativ boshqarish huquqi.
❗️Yuqorida keltirilgan huquqlarning vujudga kelishi, o‘zga shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor qilinishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
#bilasizmi #kadastrxizmati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
#Chirchiq
⚡️DIQQAT EʼLON!
Hurmatli Chirchiq shahri fuqarolari hamda tadbirkorlari!
Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Toshkent viloyati Chirchiq shahri fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 7-avgust kuni soat 10-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.
📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.
📍Manzil: Chirchiq shahri, Madaniyat MFY binosi
☎️ Murojaat uchun: (70) 202-02-07
#eʼlon #sayyor_qabul
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT
❗️Servitut belgilanishi yer egasini, yerdan foydalanuvchini, yer uchastkasining ijarachisi va mulkdorini ushbu yer uchastkasiga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqidan mahrum etmaydi.
#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Servitut, uni belgilashda kelishuvga erishilmaganda sud qaroriga binoan belgilanadi
Servitut, uni belgilashni talab qilgan shaxslar bilan o‘zga yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sud qaroriga binoan belgilanadi.
Jamoat ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan hollarda servitut ushbu Kodeksga muvofiq viloyat va Toshkent shahar hokimi tomonidan ham belgilanishi mumkin (ommaviy servitut).
❗️Servitut to‘g‘risidagi shartnoma davlat ro‘yxatiga olinishi lozim va u yer uchastkasi boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda ham saqlanib qolinadi.
Servitut to‘g‘risidagi shartnoma uni belgilashga sabab bo‘lgan asoslar o‘z ahamiyatini yo‘qotgan taqdirda, bekor qilinishi mumkin.
#bilasizmi #huquq
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram