❗️Kadastr agentligi ogohlantiradi !
#korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT
Bir martalik umumdavlat aksiyasi — o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, 2018-yil 20-apreldan 2019-yil 1-mayga qadar o‘tkazilgan bir martalik umumdavlat aksiyasi.
Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 2-modda
#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Xatlov jarayonlarida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik holatlari nazoratga olinmoqda. Angren shahri
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi, shuningdek, viloyat boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limlari mas‘ullari tomonidan joylardagi xatlovlarda bevosita ishtirok etgan holda, jarayonlarning shaffof hamda to‘g‘ri amalga oshirilayotgani o‘rganilib, nazorat qilib borilmoqda.
Kadastr xodimlariga aholi xonadonlarida xatlov ishlari olib borilish jarayonlarida korrupsiya, ta‘magirlik, manfaatlar to‘qnashuvi, firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari, shuningdek, o‘z vazifalarini mas‘uliyat bilan bajarishlari hamda xolisona yondoshishlari to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilmoqda.
#OʼRQ_937 #xatlov #korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
Подкаст: Самозахват земельных участков
Интервью с главным инженером Янгиюльского городского филиала палаты государственных кадастров Ж.Абзаловом
#OAV_biz_haqimizda #OʼRQ_937
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
❓Reja-jadvalga kiritilmagan mahallalarda xatlovlar qachon amalga oshiriladi ?
Javob:
- Ayni paytda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazish ishlari 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan reja-jadval asosida olib borilayotgan bo‘lib, mazkur yillarda rejaga kiritilmagan mahallalar keyingi yillarga mo‘ljallangan reja-jadvalga kiritiladi. Hech bir mahalla xatlovdan chetta qolmaydi !
🔖Eslatib o‘tamiz, mazkur Qonunning amal qilish muddati 2028-yil 1-yanvarga qadar etib belgilangan.
Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Xatlov jarayonlarida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik holatlari nazoratga olinmoqda. Zangiota tumani
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi, shuningdek, viloyat boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limlari mas‘ullari tomonidan joylardagi xatlovlarda bevosita ishtirok etgan holda, jarayonlarning shaffof hamda to‘g‘ri amalga oshirilayotgani o‘rganilib, nazorat qilib borilmoqda.
Kadastr xodimlariga aholi xonadonlarida xatlov ishlari olib borilish jarayonlarida korrupsiya, ta‘magirlik, manfaatlar to‘qnashuvi, firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari, shuningdek, o‘z vazifalarini mas‘uliyat bilan bajarishlari hamda xolisona yondoshishlari to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilmoqda.
#OʼRQ_937 #xatlov
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq, 8 ta toifadagi holatlarda egalik huquqlari eʼtirof etiladi.
Manba: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#qonunchilikdagi_yangiliklar #infografika
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda
Ohangaron tumani, “Oybuloq” MFY, A.Navoiy hududida, qishloq xo‘jaligi xaritasining 843 konturida tuman zaxira yerlaridan 0,02 gektar yer maydoni fuqaro O.N tomonidan o‘zboshimcha egallanib, 200 kv.m yer maydoniga noturar bino inshoot qurish ishlari amalga oshirilgan.
Qonunbuzilish holati Kadastr agentligi Оhangaron tuman bo‘limi tomonidan ogohlantirish so‘ngra maʼmuriy jarima jazosi qo‘llanilishiga qaramay bartaraf etilmagach, sud tartibida ko‘rib chiqilib, noqonuniy qurilmalarning bartaraf etilishi taʼminlandi.
‼️Eslatib o‘tamiz, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxs tomonidan yer uchastkasi qaytarilishi taʼminlanib, oqibatlari bartaraf etilsa, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga nisbatan maʼmuriy jarima jazosi qo‘llanilmaydi !
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari ijara huquqi, unda qurilgan bino va inshootlar mulk huquqi bilan rasmiylashtiriladi.
#OAV_biz_haqimizda #OʼRQ_937
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️AUKSIONDA YOSHLAR UCHUN YERLAR
Toshkent viloyati hududidan Yoshlarga dehqon xo'jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkalarini sotib oling va daromad manbaiga ega bo'ling !
🔹Oqqo'rg'on tumanida 79 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumnaida 816 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 550 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 95 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 350 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 178 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 36 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumani 11 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 14 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 137 ta (Ko'rish)
🔹O'rta Chirchiq tumanida 203 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 54 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanida 153 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 105 ta (Ko'rish)
#auksion #yoshlar
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
#tezkor
📣DIQQAT E’LON!
Kadastr agentligining “Ko‘chmas mulk-3” va “Ko‘chmas mulk-4” ma’lumotlar bazalarida profilaktika ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 2024-yil 15-16-noyabr kunlari tizimlarni ishlashida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishini ma'lum qilamiz.
Yuzaga kelishi mumkin bo'lgan noqulayliklar uchun yurtdoshlarimizdan uzr so'raymiz.
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
Ohangaron shahrida o‘tkaziladigan xatlov ishlari reja-jadvali taqdim etilmoqda
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Ohangaron shahri hududi uchun reja-jadval.
🔖Eslatma, mazkur reja-jadval 2024-2025 yillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xatlov ishlari belgilangan sanalarda boshlanadi.
#OʼRQ_937 #grafik
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Ishonch telefonlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi – 1000;
O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi – (71) 239-86-50, (71) 239-81-14;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi – 1090; (71) 239-02-74
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi – 1007;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi – 1102;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – 1008;
Davlat soliq qo‘mitasi – 1198;
Kadastr agentligi - 1097;
Davlat xizmatlari agentligi – 1148, (71) 207-00-66;
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi – (71) 244-05-05;
#ishonch_telefon #bilasizmi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Ochiq muloqot
Bugun Davlat kadastrlari palatasi Piskent tumani filiali mas‘ullari ishtirokida filial binosida fuqaro hamda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqot davomida aholining kadastrga oid savol va murojaatlari tinglanib, ularga ijobiy yechim va huquqiy tushunchalar berildi.
Shuningdek, prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risidi"gi O‘RQ-937-sonli Qonun mazmun-mohiyati va mazkur Qonun kimlarga va qanday yer uchastkalarga nisbatan tadbiq etilishi, ularga qo‘yilgan talablar yuzasidan tushuncha va izohlar berildi.
🔖Navbatdagi ochiq muloqot Ohangaron shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
#ochiq_muloqot #Piskent
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
Viloyatning 700 mingdan ortiq ko‘chmas mulklari jismoniy shaxslarga tegishli
Statistikaga ko‘ra, respublika bo‘yicha 2024-yilning 10 oyi davomida jismoniy shaxslar egaligidagi jami obyektlar soni 8 090 645 tani tashkil etgan.
📊Shundan 755 290 ta ko‘chmas mulk obyekti Toshkent viloyati jismoniy shaxslari egaligidadir.
#infografika #statistika
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
❗️JUDA MUHIM. VIDEONI SAQLAB QO‘YING!
Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimi Baxtiyor Shayzoqov video murojaat bilan chiqdi.
O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-sonli Qonun doirasida hozirda Xatlov jarayonlari olib borilmoqda. Kadastr xodimlari belgilangan vakolatlaridan chetga chiqib, tamagirlik qilsa yoki korrupsion harakatlarni amalga oshirsa darhol bizga xabar bering.
Kadastr xodimlarining noqonuniy hatti-harakatlari yuzasidan quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qiling:
📞+998702020207
📞+998997500530
"Shu o‘rinda, sizlardan xatlov jarayoniga turli vositachilarni aralashtirmaslik, kadastr xodimlariga “tezlashtiring, imkonini qilib bering” degan turli vajlar bilan moddiy manfaatdorlikni taklif qilmaslik so‘raladi!" - deyiladi video murojaatda.
"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq, huquqni eʼtirof etish bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida huquq eʼtirof etilishi mumkin deb topilgan bo‘lsa, mulk huquqi eʼtirof etiladi.
Manba: O‘RQ-937-son, 6-modda
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
Ohangaron shahrida o‘tkaziladigan xatlov ishlari reja-jadvali taqdim etilmoqda
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Ohangaron shahri hududi uchun reja-jadval.
🔖Eslatma, mazkur reja-jadval 2024-2025 yillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xatlov ishlari belgilangan sanalarda boshlanadi.
#OʼRQ_937 #grafik
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
🇺🇿BAYROG‘IMIZ HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i sport maydonlarida — O‘zbekiston Respublikasi chempionatlarini, milliy terma komandalar ishtirokida xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish vaqtida hamda xalqaro sport musobaqalarining O‘zbekiston Respublikasi sport terma komandalarining vakillari bo‘lgan g‘oliblarini mukofotlash marosimlarini o‘tkazish vaqtida ko‘tariladi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i unga nisbatan lozim darajadagi hurmat taʼminlangan holda umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar vaqtida ko‘tarilishi mumkin.
#davlat_bayrogʼi #33_yil
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Bizning manzillar: O‘rta Chirchiq tumani
📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tuman filiali
Bo‘lim rahbari - Umirzaqov Uchqun Sayidrahimovich
Filial rahbari - Rasulov Farxod Sobirovich
Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha
🏢41.0699322,69.2724379,148m/data=!3m1!1e3!4m15!1m8!3m7!1s0x38ae43757af0d33b:0x59d44cf5c1383927!2z0KPRgNGC0LDRh9C40YDRh9C40LrRgdC60LjQuSDRgNCw0LnQvtC9LCDQo9C30LHQtdC60LjRgdGC0LDQvQ!3b1!8m2!3d41.0860682!4d69.3354317!16s%2Fm%2F012mfzq1!3m5!1s0x38ae697aa7a4fff5:0x8f038700c166600d!8m2!3d41.0698683!4d69.2726774!16s%2Fg%2F11r_gj1tzs?entry=ttu">Manzil: Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani, Uyg‘ur mahallasi, Yoshlik ko‘chasi.
☎️Murojaat uchun telefon: 70-202-02-30
#bizningmanzillar #Oʼrtachirchiq
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
Turar joyning maydoni to‘g‘risida ma’lumotnoma berish
🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;
Xizmatdan foydalanuvchilar - jismoniy shaxslar;
❌Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi;
Xizmat ko‘rsatish muddati - avtomatik;
🪙 Xizmat narxi - BEPUL
#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
❗️Imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi
✅O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.
⚠️Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.
✍️O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Asos: Yer kodeksi, 91-modda
#yernazorati #huquq
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
Ohangaron tumanida o‘tkaziladigan xatlov ishlari reja-jadvali taqdim etilmoqda
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Ohangaron tumani hududi uchun reja-jadval.
🔖Eslatma, mazkur reja-jadval 2024-2025 yillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xatlov ishlari belgilangan sanalarda boshlanadi.
#OʼRQ_937 #grafik
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
Xatlov-2024: Yuqori Chirchiq tumani
Qonun kuchga kirishi munosabati bilan kadastr mutаxassislari tomonidan joylarda mahallalar kesimida xatlov ishlari boshlab yuborilgan.
📍Ayni kunlarda Yuqori Chirchiq tumanining "Saksonota" MFY hududida mutaxassislar tomonidan xatlov ishlari olib borilmoqda.
❗️Xushyor bo‘ling, ular sizlarnikiga ham boradi.
#OʼRQ_937 #xatlov
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
Xatlov-2024: Yangiyo‘l tumani
Qonun kuchga kirishi munosabati bilan kadastr mutаxassislari tomonidan joylarda mahallalar kesimida xatlov ishlari boshlab yuborilgan.
📍Ayni kunlarda Yangiyo‘l tumanining "Navbahor", "Gulbahor" hamda "O‘zbekiston bekati" MFYlari hududida mutaxassislar tomonidan xatlov ishlari olib borilmoqda.
❗️Xushyor bo‘ling, ular sizlarnikiga ham boradi.
#OʼRQ_937 #xatlov
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
Toshkent viloyatida Qonun doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili "O‘zbekiston 24" radiokanalining “Radiointervyu” dasturi orqali efirga uzatildi.
Unda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i J.Axrorov atroflicha maʼlumot berdi.
#OAV_biz_haqimizda #OʼRQ_937
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Yer sotib olib o‘z uyimni qurmoqchiman, meni nimalar kutyapti ?
Agar siz doim orzuyingizdagi uyda yashashni istagan bo‘lsangiz va buning uchun qanday hujjatlar va bosqichlarni bosib o‘tish haqida o‘ylab yurgan bo‘lsangiz, yuqoridagi infografik maʼlumotlar bilan tanishing.
❗️Eslatib o‘tamiz, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxi yer uchastkasining maydoni va qurilish hajmiga bog‘liq va xizmat narxiga kiritilmaydi, shuningdek, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun alohida yig‘im undiriladi.
#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
❓O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni eʼtirof etish uchun fuqarolar qaysi tashkilotga murojaat qilishlari kerak?
Javob:
- Fuqarolar hech qaysi tashkilotga murojaat etishlari kerak emas. Davlat idoralari fuqarolarga xizmat qiladi tamoyili asosida Kadastr agentligi tomonidan respublika bo‘yicha tumanlar va mahallalar kesimida yaʼni qaysi mahallada o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan bino inshootlarga nisbatan huquqlarning eʼtirof etilishini ko‘rib chiqilishi yuzasidan reja ishlab chiqiladi va mazkur reja asosida ishlar amalga oshiriladi. Bu reja OAV lar, ijtimoiy tarmoqlar hamda mahallalarda eʼlon qilinib boriladi.
Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
❗️Eslatma, Qonun joriy yilning 8 noyabr sanasidan kuchga kirdi va joylarda xatlov ishlari boshlangan.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e‘tirof etish axborot tizimi - “EʼTIROF” AAT dasturi yuzasidan tashkil etilgan amaliy seminar tafsilotlari Nurafshon TV dasturlarida
#OʼRQ_937 #seminar #OAV_biz_haqimizda
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
❌O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarga nisbatan mulk huquqi berilmaydi
❗️ O‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.
📃 Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.
🚫 O‘zboshimchalik bilan egallangan yerdagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.
❗️O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-son Qonunida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustastno!