❌O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarga nisbatan mulk huquqi berilmaydi
❗️ O‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.
📃 Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.
🚫 O‘zboshimchalik bilan egallangan yerdagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.
❗️O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-son Qonunida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustastno!
❓Qonun qachon kuchga kiradi?
Javob:
- O‘zbekiston Respublikasining «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida»gi Qonuni 2024-yilning 5-avgust kuni qabul qilingan bo‘lib, kuchga kirish sanasi 2024-yil 8-noyabr etib belgilangan.
Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#savol_javob #huquq
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Uy-joy uchun subsidiya olish istagi bo‘lgan fuqarolarga quyidagilar tavsiya etiladi:
🏠Olinayotgan uy subsidiyaga sotiladigan bo‘lishi lozim;
(kadastri tayyor, yangi qurilgan uylardan bo‘lishi shart)
💳Uyning boshlang‘ich badalini to‘lash uchun yetarlicha mablag‘ning bo‘lishi;
(masalan uy narxi 300 mln so‘m, uning 15 foizi 45 mln so‘mni tashkil etadi, ushbu summaning 32 mln so‘mi davlat tomonidan to‘lansa, 13 mln so‘mi fuqaro tomonidan to‘lanishi kerak)
👨💼Uy narxining qolgan 85 foizi 20 yilga kredit shaklida beriladi va ushbu kreditni har oy to‘lash uchun yetarli oylik maoshi yoki kafilning bo‘lishi;
❗️Eng asosiysi fuqaro yoki uning turmush o‘rtog‘i nomida uy-joyning bo‘lmasligi.
☝️Yuqoridagi shartlarga mos keluvchi fuqarolar joylardagi DXMlar yoki my.gov.uz portali orqali ariza topshirishlari mumkin.
#bilasizmi #subsidiya
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Avlodlar uchrashuvi kelajak poydevori
Bugun Kadastr agentligi viloyat boshqarmasida "1-oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan ko‘p yillar kadastr sohasida mehnat qilgan faxriylar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda yoshi ulug‘ otaxon va onaxonlarimiz hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribalari, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklari, mehnat pallasidagi mashaqqatlari haqida so‘zlash bilan qatorda hozirda faoliyat olib borayotgan soha vakillari va yoshlarga o‘zlarining dil so‘zlari va samimiy tilaklarini bildirishdi.
Bu kabi uchrashuvlar yoshlarimiz xotirasida o‘chmas iz qoldirishi shubxasiz.
#bizning_ustozlar
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning taʼlim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqoti boshlandi.
Avvalo, alohida o‘rnak ko‘rsatgan taʼlim sohasi xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Prezident mamlakatimizning barcha taʼlim-tarbiya xodimlarini O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etib, davlat mukofotlarini o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Batafsil: https://president.uz/uz/lists/view/7583
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashda faol yordam bergan shaxslar mukofotlanadi
2024-yil yakunigacha “E-anticor.uz” elektron platformasida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni aniqlash va onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi elektron modul ishga tushiriladi.
Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni aniqlashda jamoatchilik ishtirokini taʼminlash maqsadida quyidagi amaliyotlar joriy etiladi:
🔹davlat organlari va tashkilotlari xodimlari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi holatlari bo‘yicha tegishli dalillarni ilova qilgan holda ularni aniqlashda faol yordam bergan shaxslarga undirilgan jarimaning ellik foizi miqdorida mukofot puli berish;
🔹Respublika idoralararo komissiyasining ishchi organlari tomonidan har chorakda davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan holatlar, ularni bartaraf etish, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida jamoatchilikni xabardor qilib borish.
📄 2024-yil 1-oktabrgacha manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestri, mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning namunaviy shakllari tasdiqlanadi.
#qonunchilikdagi_yangiliklar #korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan taqiqni tekshirish
🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;
❌Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi;
Xizmat ko‘rsatish muddati - avtomatik tarzda;
🪙 Xizmat narxi - BEPUL.
#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
⚡️Qanday hollarda ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi tugatiladi va arxivlashtiriladi
Quyidagi hollarda kadastr yig‘majildi tugatiladi va arxivlashtirildi:
🔹yer uchastkasi jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda;
🔹ko‘chmas mulk bo‘linganda;
🔹ko‘chmas mulk birlashtirilganda.
📌Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini tugatish va arxivlashtirish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslar bo‘yicha ham amalga oshirilishi mumkin.
Asos: O‘RQ–803, 28.11.2022 y.
Каналга уланиш: /channel/tvkad
Facebook Instagram
❗️Egalik huquqi eʼtirof etilmagan yer uchastkalarini qaytarish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi
«O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, huquqlar eʼtirof etilmagan, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini qaytarish hamda ularda binolar va inshootlar qurish bilan bog‘liq qonun buzilishlarini bartaraf etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Manba: O‘RQ-937-son, 28-modda
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
“E-Yernazorat” dasturi yordamida ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yiladi
Ayni kunlarda “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga egalik huquqini eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni aholi orasida noto‘g‘ri talqin qilinib, yerga oid huqubuzarliklarni qasddan sodir etilishiga olib kelmoqda.
🖥Batafsil EFFECT.UZda
#OAV_biz_haqimizda #matbuot_anjumani #UzA
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
❓Qonun kuchga kirgach, yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi qanday hajmlarda beriladi?
Javob:
- O‘zbekiston Respublikasining «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida»gi Qonuniga ko‘ra, yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi quyidagi hajmgacha beriladi:
🔹1998-yil 1-iyulgacha egallangan bo‘lsa – 0,24 gektargacha;
🔹1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-may kuniga qadar egallangan bo‘lsa,
– Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 0,06 gektar,
– qolgan hududlarda 0,12 gektardan oshmagan hajmda.
Ushbu hajmdan ortiqcha yerlar, agar nizo bo‘lmasa, dehqon xo‘jaligi yoki tomorqa xo‘jaligi yuritish uchun rasmiylashtirib beriladi.
❗️Eslatma, Qonun 2024-yil 8-noyabr kunidan kuchga kiradi.
Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
#savol_javob #huquq #qonun
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Parkent tumanida aholi murojaatlari o‘rganildi
Bugun Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi rahbariyati tomonidan aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish, fuqarolarning kadastr idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash maqsadida Parkent tumani, Buloqboshi MFYda joylashgan Madaniyat uyi binosida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida koʻrilayotgan asosiy masalalar auksion, kadastr pasportini shakllantirish, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyhatidan oʻtkazish hamda soliq yo‘nalishiga doir murojaatlar bo‘lib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilib, ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, qabulga yig'ilganlarga O'zbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O'RQ-937-sonli Qonuni mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berib o'tildi
#Parkent_tumani #sayyorqabul
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
#tabrik
⚡️26 sentyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi jamoasi bugungi sana munosabati bilan Davlat xavfsizlik xizmati tizimining barcha xodimlarini samimiy muborakbod etadi.
Mamlakatimizning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini turli tahdidlardan himoya qilish hamda qonun ustuvorligini taʼminlashdagi sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin.
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar #bilasizmi
⚡️Endi xususiy mulkni elektron auksion orqali sotish mumkin
Hukumat qarori bilan (540-son, 16.10.2023 y.) tasdiqlangan nizomga ko‘ra, xususiy mulkdorlar buyurtmasiga asosan ularning mulklari “E-auksion shop” elektron savdo do‘konida quyidagi usullarda sotiladi:
🔹narxni oshirib borish tamoyili asosida;
🔹eʼlon qilingan narxda sotish orqali.
❗️ Savdoda ishtirok etish uchun savdo platformasida ro‘yxatdan o‘tish zarur.
Narxni oshirib borish usuli orqali savdolar kamida 2 ta ishtirokchi bo‘lganda o‘tkaziladi.
❌ Savdolar quyidagi hollarda o‘tkazilmagan deb topiladi:
🔹savdolarda qatnashish uchun bironta ham talabgordan ariza kelib tushmagan bo‘lsa;
🔹savdolar kuni ishtirokchilar tomonidan bironta ham taklif tasdiqlanmasa;
🔹to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmagan bo‘lsa.
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Yer qonunbuzilish holatlari bartaraf etilmoqda
Kadastr agentligining Bekobod shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari davomida shaharning Sayxun MFY, Nizomiy ko‘chasida joylashgan yer maydoni fuqaro M.A tomonidan o‘zboshimcha egallanib, beton poydevor qurish ishlari amalga oshirilganlik holati aniqlandi.
Qonunbuzilish holati avval ogohlantirish so‘ngra maʼmuriy jarima jazosi qo‘llanilishiga qaramay bartaraf etilmagach, sud tartibida ko‘rib chiqilib, yer maydonini dastlabki holatiga qaytarilishi taʼminlandi.
‼️Eslatib o‘tamiz, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxs tomonidan yer uchastkasi qaytarilishi taʼminlanib, oqibatlari bartaraf etilsa, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga nisbatan maʼmuriy jarima jazosi qo‘llanilmaydi !
Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olish xizmati
🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;
Xizmatdan foydalanuvchilar - jismoniy shaxslar;
❌Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi;
Xizmat ko‘rsatish muddati - 19 ish kuni;
🪙 Xizmat narxi - BEPUL.
#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚜️1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni
Aziz ustozlar!
Qadrli o‘qituvchi va murabbiylar!
Sizlarni, 1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz.
Ustozlik maqomi juda ham oliy saodat. Bizga saboq bergan, hayotda o‘z o‘rnimizni topishimizga ko‘mak bergan muxtaram ustozlarimizni doimo eʼzozlaymiz.
Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz. Doimo sog‘-omon bo‘ling, aziz ustozlar!
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi
#tabrik
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Tarix, bugun va kelajak !
#bizning_ustozlar
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
❗️Bugun qisqartirilgan ish kuni
Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.
Ertaga 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni, yaʼni ishlanmaydigan bayram.
✔️Demak, bugun ishga chiqqan xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishga haqli.
#bilasizmi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan davlat mukofotlarini topshiradi hamda soha vakillari bilan taʼlimda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan muloqot o‘tkazadi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari yangidan tashkil etilgan Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida yaratilgan sharoitlar bilan tanishadi.
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
❗️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim!
Ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yish yoki taqiqni olib tashlash to‘g‘risidagi hujjat ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran 1 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
‼️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq uni qo‘ygan vakolatli mansabdor shaxsning yoki sudning qaroriga binoan olib tashlanadi.
Asos: O‘RQ–803, 28.11.2022 y.
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun bir martalik to‘lovni to‘lashdan quyidagi shaxslar ozod etiladi:
🔹bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida bir martalik yig‘imni to‘liq to‘lagan shaxslar;
🔹I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.
❗️“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslardan bir martalik to‘lov belgilangan to‘lovning 50 foizi miqdorida undiriladi.
Manba: O‘RQ-937-son, 13-modda
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot tadbiri tafsilotlari "Nurafshon xabarlari" informatsion dasturlarida
#OAV_biz_haqimizda #matbuot_anjumani
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
#diqqat
⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!
Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot tadbiri tafsilotlari “O‘zbekiston 24” radiosining informatsion dasturlari orqali efirga uzatildi
Unda Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Y.Uralova amalga oshirilgan ishlar yuzasidan atroflicha maʼlumot berdi.
#OAV_biz_haqimizda #matbuot_anjumani
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari bo‘yicha sudlarga daʼvo arizalari kiritilmoqda
So‘nggi paytlarda o‘zboshimcha egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylar hamda ularni qonuniylashtirish masalasi dolzarb mavzuga aylandi.
🖥Batafsil UzA saytida
#OAV_biz_haqimizda #matbuot_anjumani #UzA
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
Matbuot anjumani tafsilotlari “Mahalla yangiliklari” informatsion dasturlarida
#OAV_biz_haqimizda #matbuot_anjumani
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
#kadastr #ijtimoiy_rolik
🏠🏢 Uy-joyni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik ko‘plab muammoli vaziyatlar keltirib chiqarishi mumkin
🎬 Videoda shunday holatlarning biri misol qilingan.
‼️Sizda ham mana shunday holat bo‘lmasligi uchun ko‘chmas mulkingizni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazing.
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram
#kadastr_xizmati
⚡️Turar-joy obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi
🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;
🔖Arizaga ro'yxatdan o'tkazish uchun huquqiy asos bo'lgan hujjatning skan nusxasi (notarial shartnoma, sud qarori va boshqalar) ilova qilinadi;
✉️Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi ko‘chmas mulk ob’ektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va yig‘im summasi ko‘rsatilgan xabarnomani arizachiga yuboradi;
🪙 Arizachi yig‘imni to‘laydi va reyestrdan ko‘chirmani yuklab oladi.
Xizmat ko‘rsatish muddati - 2 ish kuni
❗️Xizmat narxi - umumiy maydon o‘lchamiga qarab individual hisoblanadi.
Kanalga ulanish: /channel/tvkad
Facebook Instagram