tvchdpi2017 | Unsorted

Telegram-канал tvchdpi2017 - CHDPU | Rasmiy kanal

11469

Reklama uchun: @Avazbek_Ybot Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali. http://fb.com/tvchdpi2017 http://instagram.com/tvchdpu Murojaat uchun: Tel: 70-201-02-14

Subscribe to a channel

CHDPU | Rasmiy kanal

🔴🟦🟦

⚡️Muddatli harbiy xizmatni o’tagan talaba yoshlarga kontrakt to’lovlarining 35 foizi to’lab beriladi !

— O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan;
— Harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan;
— O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarning to’lov-kontrakt miqdorining 35% O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan to’lab berish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi.

🗞Hujjatlar Boshlangʻich tashkilot yetakchisi Xaliljonova Nasiba tomonidan qabul qilinadi.

✍️Kerakli hujjatlar:

1. Pasport nusxa
2. Tarjimayi hol
3. Ma'lumotnoma o'zi haqida
4. rasm 3.5x4.5 6dona
5. Diplom nusxa,harbiy tavsiyanoma (asliga to'g'ri muhri bilan)
6. Harbiy guvohnoma nusxasi
7. Dekanat tomonidan ma'lumotnoma
8. Marketingdan shartnoma, 65% to'langanligi haqida ma'lumotnoma
9. Reyting daftarchadan nusxa (yuqori kurslar uchun o'tgan 2 semestr, birinchi kurslarga 1-semestr)
10. Yillik hisobot (tasdiqlangan)
11. Anketa


✏️ Nizom

💚Murojaat uchun: @nasiba_xaliljan0va

✍️Yoshlar ittifoqi axborot xizmati
Sahifalarimizni kuzatib boring

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#eslatma

Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlashni unutmang!


Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2025/2026-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2026-yil 31-yanvarga qadar (shu kuni ham) uzaytirilgan edi.

Unda:

qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdorida;
tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.

Eslatma: mazkur muddatni uzaytirish tartibi faqat birinchi bosqichga (bakalavriat va magistratura) qabul qilingan talabalar uchun amal qiladi. Ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun ushbu tartib tatbiq etilmaydi.



🏚 CHDPU: Web-sayt | Instagram | Facebook chdpu.official">|YouTube

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan raisligida oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining toʻrtinchi yigʻilishi bo’lib o’tdi.

Под председательством Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Президента Турецкой Республики Реджепа Тайипа Эрдогана состоялось четвертое заседание Совета стратегического сотрудничества высшего уровня.

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

🎙 “Uyg‘oq fikr” loyihasi davom etadi!

💡 CHDPUda Yoshlar akademiyasi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Uyg‘oq fikr” podkastining 6-qismida Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida dolzarb masala muhokama qilinadi.

🧭 Mavzu:
“Talabalar o‘rtasida plagiat”
Muammo sababi nimada: shaxsiy mas’uliyatsizlikmi yoki ta’lim tizimidagi bo‘shliqlarmi?


📚 Podkastda plagiatning akademik halollik, baholash tizimi va ta’lim sifati bilan bog‘liq jihatlari tahlil qilinadi.

📱 To‘liq suhbatni YouTube sahifamizda tomosha qiling.

📢“Uyg‘oq fikr” — fikr yuriting va xulosa chiqaring.

👌 Yoshlar akademiyasi— ilm-fan rivojiga o'z hissangni qo'sh!
@CHDPU_akademiya

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#kun_tarixi
❄️Bugun 29-yanvar. Avtomobil tug‘ilgan kun.

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #kunTarixi #историяДня

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#Kengash
Universitet faollari aniq fanlar ta’limidagi o‘zgarishlar taqdimoti bilan tanishdi


Bugun Chirchiq davlat pedagogika universiteti sayyor Kengashi doirasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ta’lim tizimi islohotlari ustuvor yo‘nalishlardan biri etib belgilangan va Davlatimiz rahbari o‘z Murojaatnomasida qayd etgan aniq fanlar ta’limi va uning innovatsion modeli bilan tanishildi.

Aniq fanlar fakulteti kafedralari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalar o‘zlarining turli yo‘nalishlardagi loyihalariga universitet faollarining e’tiborini qaratdi. Universitetda matematika, fizika, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, AT kabi sohalarda pedagog mutaxassislar tayyorlashni zamonaviy bosqichga olib chiqish, yangi laboratoriyalar ochish rejalari taqdimot qilindi.

Taqdimot va muhokamalarda universitet rektori, professor G‘ofurjon Muxamedov ishtirok etdi.

Kengashda yangi avlod o‘qituvchisi shakllantirishda kafedralardagi ta’lim muhiti, integratsiya asosida zamonaviy to‘garaklar ochish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

Universitetimiz rahbari qator takliflarni ma’qulladi. Aniq fanlar ta’limining ilg‘or amaliyotlarini o‘rganib, fikr almashadigan professional jamoalarni shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Batafsil 💚 Universitet saytida

Universitet Axborot xizmati

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#Ilm_innovatsiya

Universitet Kengashining 2025/2026 - o'quv yilining navbatdagi yig‘ilishida Kengash raisi, universitet rektori G‘ofurjon Muxamedov ilmiy daraja va ilmiy unvon olgan professor-o‘qituvchilarni tabrikladi va kelajakdagi ishlariga muvaffaqiyat tiladi.

Achilov Telman Sa’dullayevich — professor ilmiy unvoni,
Abdullayeva Gavxar Saparovna — professor ilmiy unvoni,
Kuralov Yuldash Abdullayevich — dotsent ilmiy unvoni,
Xudoyberganov Javlonbek Saotboy o'g'li — dotsent ilmiy unvoni,
Nurmamatov Sheroz Eraliyevich — pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),
O‘rishov Alisher Nomozovich — pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD).

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook chdpu.official">|YouTube

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

Prezident Shavkat Mirziyoyev: Yangi O‘zbekiston barcha davlatlar bilan sport sohasida ko‘p qirrali hamkorlikka hamisha tayyor.

Президент Шавкат Мирзиёев: Новый Узбекистан готов к многогранному сотрудничеству в области спорта со всеми странами.

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

❄️Bugun 27-yanvar. Dunyo talabalari sessiya yakunini nishonlaydigan kun.

Yer yuzida talabalarning rasmiy va norasmiy bayramlari juda ko‘p. Aslida ham talabalar hayoti jo‘shqin va kreativlikka boy. Sarguzashtlar izlab yuradigan talabalar turli norasmiy bayram va sanalarni nishonlashda ustamon sanaladilar.

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #kunTarixi #историяДня

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

Oliy ta'lim tashkilotlarida umummilliy so'rovnoma o'tkazilmoqda

🇺🇿Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi tomonidan yurtimizdagi barcha oliy ta'lim tashkilotlari talabalari va professor-o'qituvchilari orasida umummilliy so'rovnoma o'tkazilmoqda.

👉 So'rovnomada qatnashish: https://survey.hemis.uz/

☑️So'rovnoma natijalari ta'lim sifatini ta'minlash, oliy ta'lim tashkilotlari milliy reytingini tuzish va tizimni yanada rivojlantirish uchun xizmat qiladi.

So'rovnoma anonim tarzda o'tkazilayotgan bo'lib, unda ishtirokchilarning ma'lumotlari ochiqlanmaydi.

📣Talaba va professor-o'qituvchilardan ushbu so'rovnomada faol qatnashish va ta'lim sifati uchun ochiq fikr bildirishlarini so'rab qolamiz.

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#soʻrovnoma #ariza

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

🎙 "Uyg‘oq fikr" loyihasi davom etadi!

💡 CHDPUda Yoshlar akademiyasi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan "Uyg‘oq fikr" podkasti o‘zining 5-qismi bilan yana sizni o‘ylantiradigan mavzuni muhokama qiladi.

📌 Mavzu: Raqamli pedagogika va uni ta'lim amaliyotiga tadbiq etish muammolari

An’anaviy pedagogika bilan raqamli pedagogika o‘rtasida qanday farqlar bor? Raqamli pedagogikaning ta’lim tizimidagi ahamiyati nimada?
Raqamli pedagogikada qaysi texnologiyalar keng qo‘llaniladi?

Ushbu podkastda aynan shu savollarga javob qidirdik!

📱 To'liq suhbatni You Tube sahifamizda tomosha qiling!

👌 Yoshlar akademiyasi— ilm-fan rivojiga o'z hissangni qo'sh!
@CHDPU_akademiya

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

❄️Bugun 23-yanvar, qo‘lyozma xat, ya’ni dastxat kuni. Dunyoda bu nodir sanani nishonlanishining asosiy sababi, har bir insonning dastxati noyobligini, uni amalda qo‘llab turish kerakligini eslatishdir. Hozirgi kunda yil sayin kompyuterlar, elektron pochta, elektron bloknotlar, SMS va stikerlar to‘plamidan foydalanish natijasida kishilar o‘z fikrlarini qo‘lda yozish imkoniyatidan uzoqlashmoqda. Baxtimizga, hayotimizda shunday vaziyatlar borki, o‘zimizning betakror dastxatimiz bilan qalb so‘zlarimizni yoza olamiz.

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #kunTarixi #историяДня

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#oav_biz_haqimizda
#PR_reyting

👍 Chirchiq davlat pedagogika universiteti katta o'qituvchisi Ilhom G'ANIYEVning "Gazeta o‘qish savodxonligining boshlang‘ich bosqichi" nomli maqolasi "Ma'rifat" gazetasida chop etildi.

👇Universitet Axborot xizmati

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#sessiya

Sessiya – talabalar hayotining eng qizg‘in bosqichi! Natijalaringiz haqida nimalar deya olasiz?

👌 — faqat “a’lo”
❤️ — “yaxshi” va “a’lo”
👍 — faqat “yaxshi”
😀 — “yaxshi” va “qoniqarli”
😢 — qarz fanlar (dumlar) paydo bo‘ldi
👀 — Hemisda ko'rinmadi
😜 — qizig'i yo'q

👍👍 @tvchdpi2017

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#kun_tarixi

❄️Bugun 22-yanvar. Popkorn tug'ilgan kun

Popkorn tayyorlashni yo'lga qo'yish imkonini beradigan maxsus apparat ixtirochisi Charli Kritoz ismli Chikagolik talabaga tegishli edi. U o'z uskunasini "Popper" deb atagan.

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

Universitet rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#kun_tarixi
❄️Bugun2-fevral, Butunjahon suvli-botqoqli yerlar kuni.

1971-yil 2-fevral kuni Eronning Ramsar shahrida Xalqaro ahamiyatga ega, asosan suvda suzuvchi qushlarning yashash makoni bo‘lgan suvli-botqoqli hududlar to‘g‘risidagi Konventsiya imzolandi.

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #kunTarixi #историяДня

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#Universitetim_gazetasi

🔔“Ta’lim ziyosi” gazetasining 2026-yildagi dastlabki soni nashrdan chiqdi

♥️ Chirchiq davlat pedagogika universiteti gazetasining navbatdagi sonida kelajak o‘qituvchisi, ta’lim muhiti va kafedralar qoshida shakllanayotgan laboratoriyalar haqida so‘z boradi.

➡️ Doniyor IBADULLAYEV, Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt kafedrasi katta o‘qituvchisi:
"Zamonaviy pedagogik yondashuvlar, raqamli texnologiyalar va fanlar integratsiyasi asosida yaratilayotgan innovatsion ishlanmalar ta’lim sifatini tubdan o‘zgartirishga xizmat qilmoqda. Ana shunday loyihalardan biri sifatida Chirchiq davlat pedagogika universitetida yaratilgan “Golografk o‘qituvchi” dasturini alohida ta’kidlashni istardim".

♥️Ozoda ISHMATOVA, Maxsus pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchisi:

Maxsus pedagogika kafedrasi tashabbusi bilan “Mobil inklyuziv kompleks” laboratoriyasi tashkil etilmoqda. Laboratoriyaning asosiy maqsadi alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalarda bilish jarayonlari, hissiyemotsional holat va kognitiv rivojlanishni erta aniqlash, baholash va rivojlantirish, shuningdek, inklyuziv ta’lim sharoitida psixologik-pedagogik hamda korreksion yordamni tizimli tashkil etishdan iborat.


Universitetimiz gazetasi bilan tanishing 👇UNIVERSITETIMIZ SAYTIDA

👍"Ta’lim ziyosi"ni o'qib chiqib, albatta o'z munosabatingizni bildiring. Unisersitet gazetasining kelgusi soni Sizning fikrlaringiz asosida nashrga tayyorlanadi.


👇 Universitet Axborot xizmati

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#oav_biz_haqimizda

     Chirchiq davlat pedagogika universitetidagi islohotlar OAV nigohida

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #oav #сми #media

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#Ilm_innovatsiya

Ilmiy-tadqiqot faoliyatiga doir muloqotlar bo‘lib o‘tmoqda

Uchrashuvlar Chirchiq davlat pedagogika universitetining ilmiy tadqiqotlar sohasidagi samaradorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar doirasining muhim qismi sifatida alohida ahamiyatga ega. Professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar ilmiy faoliyatni rivojlantirish borasidagi yangi imkoniyatlar hamda ilmiy tadqiqot ishlarini yanada samarali tashkil etish uchun kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Batafsil 💚 Universitet saytida

Universitet Axborot xizmati

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#oav_biz_haqimizda

📺 Boshlang‘ich ta’limda amaliy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Mavludaxon Musurmanova "Nafosat" ko'rsatuvi mehmoni

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #oav #сми #media

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#faxr
ChDPU talabalari navbatdagi xalqaro olimpiadada kumush va bronza medallari sohibiga aylandilar


Buxoro shahrida Kimyo fani bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro “BICHO-2026” olimpiadasida Tabiiy fanlar fakulteti talabalari Yoqubova Onaxon Olim qizi va Usmonqulov Abror Oybek o‘g‘li g‘oliblik shohsupasidan munosib o‘rin egallab, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Jami 100 dan ortiq jamoa, 500 nafardan ziyod iqtidorli talabalar ishtirok etgan mazkur xalqaro olimpiadada talabalarimizning muvaffaqiyatida Kimyo kafedrasi dotsenti Qutlimurotov Nurbek Matkarimovichning ham hissasi katta.

Iqtidorli talabalarimizning yutuq va quvonchlariga sherikmiz!

👍👍 @tvchdpi2017

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#kun_tarixi

Bugun 28-yanvar, shaxsiy ma’lumotlarni muhofazalash kuni.
Ba’zi davlatlarda bu kun «Sir tutiladigan kun» deb yuritiladi. Internet foydalanuvchilari turli tarmoqlardan qoidaga rioya qilgan holda, o‘zlarining real va virtual hayotlarini muhofazalashni yodga soladi.
Shaxsiy ma’lumotlarga noqonuniy kirish va ularni tarqalishi himoyalangan.

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

Universitet rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#chumoli_media

Imtihon men uchun bayram

😮 Videograf — Farid Ro'zimurodov

👍👍 @tvchdpi2017

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#sessiya

«Birinchi sessiya — akvalang bilan sho‘ng‘ishga o‘xshaydi…» 🏊🏻‍♂️

Sessiya qanday qilib nafaqat sinov, balki imkoniyatga aylanishi mumkin? Axborotni yaxshiroq tizimlashtirishga nima yordam beradi?

Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Go‘zal OTAMUXAMEDOVAning sessiyani muvaffaqiyatli topshirish uchun qanday shaxsiy strategiyasi bo‘lgan?

Fan doktori Go‘zal OTAMUXAMEDOVA (2004–2008-yillarda bakalavr bosqichida o’qigan):
— Universitetda o‘qigan yillarimda sessiya turlicha qabul qilingan. Birinchi kursda birinchi sessiya dengizda akvalang bilan ilk bor sho‘ng‘ishga o‘xshardi — go‘yo hammasini o‘rgatishgandek, hammasini bilgandekman, lekin bir paytning o‘zida hayajon, shoshqaloqlik, hamma narsa tuman ichida, ammo suzish kerak! Yuqori kurslarda esa sessiya ko‘proq odatiy holga aylangan.

Yana menda “almashtirish effekti” esda qolgan: Kimyo fanidan imtihonga tayyorlanishim kerak bo‘lsa (men Neft va gaz fakultetida o‘qiganman), Biologiya bo‘yicha kitoblarni o‘qishni boshlardim, Tarix imtihoniga tayyorlanayotganimda esa Falsafa kitobini o‘qigim kelardi. Hozir esa sinov yoki imtihon paytida biz talabalarning loyihalarini himoya qilish va muhokama qilish bilan shug‘ullanamiz. Men uchun bu ma’muriy-boshqaruv ishlaridan bir oz dam olishga o‘xshaydi.

Talabalarga — ayniqsa birinchi kursdagilarga — shuni tavsiya qilgan bo‘lardimki, imtihon arafasida kamida 6 soat uxlash kerak, chunki kun davomida to‘plangan ma’lumotlar tungi uyqu paytida tizimlashtiriladi. Va albatta, o‘ziga xos bir ishora (belgi) bo‘lishi kerak — masalan, menga dugonam sessiya oldidan yangi ruchka berardi, men tayyorgarlik vaqtida aynan shu ruchkada yozardim va doim “besh” baho olardim.

👍👍 @tvchdpi2017

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#kun_tarixi

❄️Bugun 26-yanvar. Butunjahon atrof-muhit ta'limi kuni
. Kursdoshlaringiz bilan tabiatda dam olganmisiz? Fotosuratlardan yuboring!!!

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #kunTarixi #историяДня

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#kun_tarixi

❄️Bugun 24-yanvar. Xalqaro ta’lim kuni. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi 2018 yil 24-yanvarni Xalqaro ta’lim kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qildi.

Ta’lim olish huquqi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyaisining 26-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan.

Bu ta’limning insonparvarlik maqsadlari va uning jamiyatni rivojlantiishdagi hal qiluvchi rolini ifoda etadi.

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

Universitet rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Faceboo

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimida ishtirok etdi.
__

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии подписания Устава Совета мира.

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#taʼziya

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti tyutori Shoira Maxmudovaga onasi

MARYAM ayaning

vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya va hamdardlik bildiradi.

@tvchdpi2017

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#teatr

Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi Milliy Istiqbol markazi qoshida faoliyat yuritayotgan “Mehr” talaba teatr studiyasi Respublika talabalar festivali hududiy bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. G‘oliblar universitet ma’muriyati tomonidan kutib olindi.
Teatr jamoasi katta dasturxon atrofida kelgusi vazifalari yuzasidan fikr almashdi.

👍👍 @tvchdpi2017

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#kun_tarixi

❄️Bugun 21-yanvar. Xalqaro quchoq ochmoq kuni.
Bu quvnoq bayramni joriy qilish fikri Evropalik talabalarga tegishli. Lekin bu bayram nega aynan 21-yanvar kuni nishonlanishini hech kim bilmaydi. Bayramning asosiy g‘oyasi va go‘zalligi imtihon davrida tortishib qolgan talabalarning o‘zaro quchoq ochib, ginalarni unutishligida. Shu kuni talabalar o‘z do‘stlariga qalb go‘zalligi va mehrini ulashgan.
Universitetimizdagi do‘stlaringizga ulashing.

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

Universitet rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…
Subscribe to a channel