#nishonlaymiz
Bugun – Xalqaro blogerlar kuni!
Xo‘sh, bloger o‘zi kim?
Oddiy qilib aytganda, men, siz, biz – barchamiz! Universitet taqdiriga befarq bo‘lmagan talabalarimiz!
ChDPU yoshlarini qo‘llab-quvvatlab, universitetimizning barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish yo‘lida faollik ko‘rsatib, jonajon Universitetimiz faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda yoritib kelayotgan barcha bloger-talabalarimizni ushbu sana bilan tabriklaymiz!
Omon bo‘ling, qadrli ChDPU blogerlari!
Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook chdpu.official">|YouTube
Bидеоинструкция по онлайн-регистрации для поступления в Чирчикский государственный педагогический университет
Telegram | Instagram | Facebook
#Qabul2023
OTMga o‘qishga topshirishda qanday hujjatlar kerak?
Bu yilgi qabul uchun abiturientlarning hujjat topshirish jarayoni 20-iyundan 20-iyulgacha davom etadi.
Buning uchun abiturientning quyidagi hujjatlari bo‘lishi kerak:
➖fuqarolik pasporti (ichki ishlar bo‘limlari tomonidan berilgan 09-shakl bo‘yicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, pasport seriyasi va raqami ko‘rsatilgan ma’lumotnoma);
➖pasport yoshiga etmaganlar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
➖umumiy o‘rta ta’lim yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatgani haqidagi hujjat (ilovasi bilan);
Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddatlari tugagandan so‘ng so‘rovnomaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish qat’iyan man etiladi.
Abiturientdan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook chdpu.official">|YouTube
‼️‼️‼️DIQQAT, SHOSHILINCH XABAR‼️‼️‼️
🤗 Qadrli va noyob qobiliyat egalari bo'lmish talabalar!
Mamlakatimizda 30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan tashkil etilayotgan tanlov va tadbirlar bizning universitetimizga ham kirib keldi.
📈 Yuksak mahorat sohiblari hisoblanuvchi kubik-rubik ixlosmandlarini bugun soat 18:00 da CHDPU talabalar turar joyining shinam va muhtasham hovlisida bo'lib o'tadigan "Kubik-rubik" musobaqasiga taklif etib qolamiz.
🔴 O'zingiz bilan kubiklaringizni (mavjud bo'lsa) olishni unutmang !
Murojaat uchun : 99 791-74-26 Yoshlar yetakchisi
@CHDPU_YOSHLAR_ITTIFOQI
#pedagogikaDiplomatiyasi
Avval xabar berganimizdek, ChDPU vakillari Turkiyada tashkil etilgan xalqaro tajriba almashish o‘quv kursida ishtirok etmoqda. Bugun olimlarimiz o‘quv kursi doirasida tashkil etilgan II Ijtimoiy-gumanitar fanlar xalqaro Kongressida ma'ruza qiladilar.
Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook chdpu.official">|YouTube
#Qabul2023
❓ Mandat imtihon kunidan keyin 1 haftada chiqadimi?
➖ Abituriyentlar test sinovida ishtirok etgan kunining ertasigayoq o‘z natijasini bilib oladilar.
➖ Bunda abituriyentning javoblar varaqasi rangli skaner qilinib, shaxsiy kabinetiga joylashtiriladi va u yerda nechanchi savolga qaysi javob belgilangani, bu javob to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi ko‘rsatiladi.
➖ Test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta ichida abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari e’lon qilinadi.
Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook chdpu.official">|YouTube
#talabalar_hayoti
O‘quv yili yakuniga ko‘ra Talabalar shaharchasida tantanali hisobot yig‘ilishi va shaharcha faollarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook chdpu.official">|YouTube
#Qabul2023
❓Bu yil texnikumni bitirganlar suhbat asosida 2-kursga qabul qilinadimi?
✅ Ha, qabul qilinadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ma’lum qildi.
Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga kirish uchun quyidagi barcha shartlarga mos kelishi kerak:
1️⃣ texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari «5 (aʼlo)» va «4 (yaxshi)» bo'lishi;
2️⃣ bunda o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy taʼlim muassasalari uchun kamida 85 foizi) «5 (aʼlo)» bo‘lishi;
3️⃣ birorta «3 (qoniqarli)» bahosi bo'lmasligi kerak.
Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook chdpu.official">|YouTube
#oav_biz_haqimizda
#yoshlar_oyligi
Universitet rektori G‘ofurjon Muxamedov 2022-2023 o‘quv yilida xalqaro va milliy sport musobaqalarida munosib ishtirok etgan sportchilar va ularning murabbiylari bilan uchrashdi. Biroz avval o‘tgan anjuman Stadion.uz veb-sayt manzilida yoritildi.
Batafsil https://stadion.uz/news/detail/387804 orqali tanishishingiz mumkin.
Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook chdpu.official">|YouTube
Ayni vaqtda Chirchiq davlat pedagogika universitetida Rektori G‘ofurjon Muxamedov bilan sportchi talabalarning uchrashuvi o‘tkazilmoqda.
Uchrashuvda o‘quv yili davomida Amerika, Avstraliya, Hindiston, Fransiya, Peru, Italiya, Xitoy kabi qator davlatlarda mamlakatimiz sha’nini munosib himoya qilgan talabalarimiz muloqotda ishtirok etishmoqda.
#Jonli_efir
#qabul_2023
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan suhbat!
2023-2024 o’quv yili uchun OTM larga 1 mln 260 ming abiturient hujjat topshirishi kutilmoqda.
Bu yilgi qabul jarayonlari borasidagi qiziqtirgan barcha savollaringizga javobni JONLI EFIR orqali olasiz!
Mavzu yuzasidan savol/takliflaringizni bizning @xalqaropressklubbot rasmiy telegram botiga yo’llashingiz mumkin!
Jonli efirni, 9-iyun kuni soat 10:00 da “Renessans” telekanali orqali tomosha qiling!
Telegram | Instagram | Facebook
#oav_biz_haqimizda
Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti Zuhra UMAROVAning "Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining intellektual ko‘nikmalarini sifatli shakllantirish vositalari" nomli maqolasi "Ma’rifat" gazetasining 23-sonida chop etildi
Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook chdpu.official">|YouTube
#oav_biz_haqimizda
Madaniyat va ma’rifat | Umr daftari. Texnologik ta’lim kafedrasi mudiri Rahmatillo Shermuhammedov haqida
Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook chdpu.official">|YouTube
Ayni vaqtda Chirchiq davlat pedagogika universiteti "Hurriyat" jamoasi Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan "Marifat maydoni" respublika tanlovining 1-sharti boʻyicha oʻz chiqishlarini namoyish etmoqdalar
Читать полностью…#Marifat_maydoni
Talabalarimiz "Marifat maydoni" tanlovining respublika bosqichida ishtirok etish uchun Samarqandga yo'l oldi
Xabaringiz bor, Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabalari "Ma'rifat maydoni" ko'rik-tanlovida viloyat va mintaqaviy bosqichlarda g'oliblikni qo'lga kiritib, respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo'llanmani qo'lga kiritgan edi.
Bugun, 6-iyun kuni ChDPU jamoasi Musiqa ta’limi kafedrasi mudiri Shoxida Mahkamova boshchiligida "Ma'rifat maydoni" ko'rik-tanlovining respublika bosqichida ishtirok etish uchun ko'hna va navqiron Samarqand shahriga yo‘lga chiqdilar.
Ko'rik-tanlovda Chirchiq davlat pedagogika universiteti jamoasi nomidan Yoshlarimizga yuksak marralarni zabt etishlarini tilab qolamiz.
Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook chdpu.official">|YouTube
🤩MARHAMAT KUTIB OLING !
CHDPU UNIVERSITETIDA "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL TURNIRI
📈 Kunlik ma'lumotlarga ko'ra #Bugun 19:30da talabalar turar joyining mehmondo'st hovlisida universitetdagi barcha talabalar uchun kechki oqshomlar sifatida "Zakovat intellektual" turnirlari rejalashtirilgan.
🛑 #Eslatma : ushbu musobaqalar 30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan tashkillashtirilmoqda.
Murojaat uchun : @AHADOV_QUDRAT2101
@MUAZZAMMUHTOROVA
@CHDPU_YOSHLAR_ITTIFOQI
/channel/tvchdpi2017
Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma
Telegram | Instagram | Facebook
#ChDPUbitiruvchisi
Tasviriy san’at va dizayn kafedrasining Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati magistratura mutaxassisligi hamda Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi yo‘nalishi bitiruvchilarining himoyasi davom etmoqda. Bitiruvchilarning tasviriy san’at, amaliy san’at, muhandislik va kompyuter grafikasi yo’nalishining ko’plab turlarini qamrab olgan dolzarb mavzulardagi ishlari mutaxassislar e’tiborini tortgan.
Navbatdagi kun himoya tadbirlarida O‘zbekiston xalq ustasi Alisher Nazirov va O‘zekiston dizaynerlar Assotsiatsiyasi a’zosi Naufal Kattaboevlar ishtirok etmoqda.
Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook chdpu.official">|YouTube
#ChDPUbitiruvchisi
Chirchiq davlat pedagogika universitetida 2022-2023 o‘quv yili kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklida 3593 nafar bitiruvchi bosqich talabalarining mutaxassislik fanlardan olgan bilimlari sinovdan o‘tkazilmoqda.
Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook chdpu.official">|YouTube
#oav_biz_haqimizda
Chirchiq davlat pedagogika universiteti yoshlari "Salom Toshkent" ko'rsatuvida
Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook chdpu.official">|YouTube
#oav_biz_haqimizda
Texnologik ta’lim kafedrasi faoliyati haqida "Har bir ishning ustasi, har bir ustaning ustozi bor" nomli maqola "Ishonch" gazetasining 72-sonida chop etildi
👉Batafsil
Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook chdpu.official">|YouTube
#oav_biz_haqimizda
Nurafshon | Quyosh panellari: qulay, samarali, istiqbolli
Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook chdpu.official">|YouTube
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy sahifalari
Ushbu sahifalar orqali universitet faoliyati, yangiliklar, muhim e’lonlar, muhokamalarga sabab bo‘layotgan mavzularga oid rasmiy javoblarga ega bo‘lib borishingiz mumkin.
Universitet rektori G‘ofurjon Muxamedovning rasmiy sahifalari:
Telegram: /channel/CHDPUrektor
Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100090083236072&mibextid=LQQJ4d
Instagram: https://instagram.com/gafurdjan.muhamedov?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Universitet sahifalari:
Telegram: /channel/tvchdpi2017
Facebook: http://fb.com/tvchdpi2017
Instagram: https://instagram.com/chdpu.official?igshid=YmMyMTA2M2Y=
YouTube: chdpu.official" rel="nofollow">https://www.youtube.com/@chdpu.official
#ayniVaqtda
Muloqot davomida yakunlanayotgan o‘quv yilida 31 ta sport seksiya va to‘garaklari uzluksiz ishlagani va 6726 nafar talaba yoshlarni qamrab olganlanligi haqida fikr bordi. Tadbirda 11 nafar Universiada g‘oliblari taqdirlandi.
#Qabul2023
❓Joriy yilda nechta oliy ta’lim muassasasini (ta’lim yo‘nalishini) tanlash mumkin?
➖ Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan 5️⃣ tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.
➖ Bunda 5 ta ta’lim yo‘nalishini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlasa bo‘ladi.
➖ Ta’lim yo‘nalishlarini turli ta’lim shakllari doirasida tanlash mumkin. Misol uchun, 1️⃣-sini kunduzgi, 2️⃣-sini kechki, 3️⃣-sini sirtqi, 4️⃣-masofaviy.
➖ Shuningdek, abituriyentlar tanlov ustuvorligini ham tanlaydilar: “davlat granti“ yoki “ta’lim yo‘nalishi”.
Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook chdpu.official">|YouTube
#oav_biz_haqimizda
Agro olam | Tabiiy fanlar ta’limida innovatsion yondashuv
Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook chdpu.official">|YouTube
#qabul2023
#so'ragan_edingiz
❓SAVOL: Abituriyentlar orasida “bu yil sirtqi (“zaochniy”)ga qabul bo‘lmaydi” degan mish-mishlar tarqalmoqda. Shunga aniqlik kiritsangiz?
✅ JAVOB: yo‘q, bu noto‘g‘ri talqin. Prezident qaroriga muvofiq 2023/2024-o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMlarning faqat 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi (YUQORIDAGI RO'YXATDA). Qolgan pedagogik ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirish uchun kamida 5 yil ish staji talab etiladi.
Asos: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6079561
Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook chdpu.official">|YouTube
#pedagogikaDiplomatiyasi
Ayni paytda universitet professorlari Usarov Jabbor Eshbekovich, Himmataliyev Doʻstnazar Omonovich va Xo‘jamqulov Umid Nigmatovichlar Turkiya Respublikasining Egey universiteti Xalqaro ofisi hamda IKSAD instituti tomonidan amalga oshirilayotgan “Turk dunyosi o‘qituvchi-pedagoglarining o‘zaro tajriba almashinuvi va integratsiyalash loyihasi – TDEEABP, 2021-2025” doirasida xalqaro tajriba almashish o‘quv kurslarida ishtirok etishmoqda.
Mazkur o‘quv kursi “Kreativ ta’lim metodlari va ta’lim menejmenti” mavzusida tashkil etilgan bo‘lib, kurs davomida universitet professor-o‘qituvchilarining “Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri: Chirchiq tajribasi” mavzusida 12 soatlik ma’ruzasi ham rejalashtirilgan.
Kurs yakunida ishtirokchilarning “II Egey Xalqaro Kongressi”da ishtirok etishi kutilmoqda.
Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook chdpu.official">|YouTube
#Qabul2023
❓ 2023-2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qachon va qanday topshiriladi?
📆 Abituriyentlarni ro‘yxatga olish 20-iyundan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
🇬🇧 Chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlar uchun qabul 10-iyulda yakunlanadi.
🖥 Abituriyentlar my.uzbmb.uz va my.gov.uz saytlari orqali ro‘yxatga olinadi.
📋 Ro‘yxatdan o‘tish uchun abituriyentlardan faqatgina 2 ta hujjat talab etiladi:
1️⃣ biometrik pasport yoki ID-karta;
2️⃣ umumiy o‘rta ta’lim olganligini tasdiqlovchi hujjat.
Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook chdpu.official">|YouTube
#ChDPUbitiruvchisi
Chirchiq davlat pedagogika universitetida 2022-2023 o‘quv yili kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklida 3593 nafar bitiruvchi bosqich talabalarining mutaxassislik fanlardan olgan bilimlari sinovdan o‘tkazilmoqda.
«Bitiruvchi mutaxassislariga qo‘yilgan malaka talablari» Nizomi asosida bitiruvchi talabalar 5-iyundan boshlab mutaxassislik fanlaridan davlat attestatsiyasi hamda bitiruv malakaviy ishi himoyalarida qatnashmoqdalar.
Universitetimiz bitiruvchilariga navbatdagi marralarni zabt etish yo‘lida shijoat va omad tilaymiz.
Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook chdpu.official">|YouTube