Bosh qonunimiz chinakam xalq Qomusi, chinakam xalq Konstitutsiyasi bo‘ladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigini yo‘lladi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Янгиликлар 24 | Конституция - барқарор ҳаёт ва тараққиётимиз кафолати
#7dec #uzbekiston24
@tvchdpi2017
Ko‘ksingizga taqilgan yana bir ishonch muborak, ustoz!
Bugun Nurafshon shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 8-noyabrdagi Farmoniga binoan, “O‘zbekiston Konstitutsiyaning 30 yilligi” esdalik nishonini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda viloyat hokimi fan arbobi, universitetimiz rektori Muxamedov G‘ofurjon Isroilovichga yana bir ishonch namunasi bo‘lgan “O‘zbekiston Konstitutsiyaning 30 yilligi” esdalik nishonini topshirdi.
Ustoz, ushbu nishon siz orqali butun boshli Chirchiq davlat pedagogika universiteti jamoasining ko‘ksiga taqildi.
Oliygoh taqdiri, uning kelajagi uchun sidqidildan mehnat qilayotgan, chin ma’noda ilm toliblarining g‘amxo‘riga aylangan soha fidoyisiga bugungi unvon - yana bir ishonch unvoni muborak bo‘lsin deymiz!
Yana ko‘p yillar bag‘ri butunlikda o‘zingiz ekkan nihollar mevalaridan bahramand bo‘lib yashash saodatini tilaymiz!
@tvchdpi2017
#Insholar_tanlovi
💥 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan "Konstitutsiya haftaligi" doirasida "Konstitutsiya - inson va fuqarolar huquqlari asosi" mavzusidagi insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
⚡️ Professor-o‘qituvchilari, tyutorlar va talabalar faol ishtirok etdi.
@tvchdpi2017
#Baxtimiz_Qomusi
Chirchiq davlat pedagogika universitetida 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya va qonun ustuvorligi - farovon hayot garovi" nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
Tadbirda universitet rektori, Muhamedov G‘ofirjon Isroilovich, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Zaxidov Erkin Agzamovich, Qonunchilik palatasi deputatlari Rizaev Navruz Ibodullaevich, Abdiyev Gʻayrat Ergashovich hamda Xolmaxamatova Shaxnoza Baxtiyor qizi ishtirok etdi.
Talabalarning huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qiluvchi ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, Temurbeklar maktabi, 7-sonli umumta'lim maktabi hamda Akademik litsey o‘quvchilari ijrosida she‘r va qo'shiqlar tinglandi.
San’atshunoslik fakulteti talaba va o’qituvchilari ijrosidagi go‘zal taronalar tadbir ishtirokchilariga ko’tarinki kayfiyat baxshida etdi.
@tvchdpi2017
"Konstitutsiya - bosh qomusimiz!" DEKADA - 2022
Konstitutsiya haftaligi
Maktabgacha ta'lim fakulteti professor - o'qituvchilari hamda tyutorlari ishtirokida "8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun" ning 30 yilligi munosabati bilan chelendj tashkil etildi.
@tvchdpi2017
⚡️E’lon
🔰 Birozdan so‘ng AOKAda “Talabalar va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun qishki ta’tilni tashkil etish” mavzusida brifing bo‘lib o‘tadi.
➡️ Unda qishki ta’til muddatlari, o‘tkazish tartibi bilan bog‘liq yangiliklar e’lon qilinadi.
📹 Brifingni to‘g‘ridan to‘g‘ri ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Диққат, сўровнома!
⚡️"Ёшлар кундалиги" йилнинг энг яхшиларини аниқлаш бўйича сўровномалар сериясини давом эттиради.
☝️Бу гал Тошкент вилоятида жойлашган Олий ўқув юртларининг ёшлар билан ишлашга масъул раҳбарлари иштирокида сўровнома ўтказилади.
📌Илм-маърифатли, зиёли инсонлар ўртасидаги бу сўровномада фаол бўлинг, ёшлар, ўз устозларингизни қўллаб-қувватланг!
⏰Сўровнома эртага соат 20:00 гача давом этади.
⚠️Турли ботлар орқали сунъий овоз жамғаришга интилганлар сўровномадан четлаштирилади.
Овоз беришда иштирок этиш учун ушбу каналга уланинг:
/channel/+tcc8Accr_k80OGNi
Turizm_fakulteti
Chirchiq oliy tank qo'mondonlik- muhandislik bilim yurti kursantlari Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Zarifa.Shamirzayeva tomonidan tashkil etilgan "Word stress. sentence stress" mavzusidagi ochiq dars mashg’ulotlarida ishtirok etdi.
Shuningdek Ochiq dars mashg’ulotida fakultet kafedra o‘qituvchilari va tyutorlarI qatnashdi.
@tvchdpi2017
21-ноябр куни университет ректори Ғ.И.Мухамедов Табиий фанлар факультетига борди.
Факультет ҳудудида амалга оширилган "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасидаги ишлар ҳамда Иссиқхона хўжалигидаги цитрус мевалар боғини янада ривожлантириш бўйича таклифларини билдирди.
@tvchdpi2017
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Fransiyaga jo‘nab ketdi
Tashrif dasturiga muvofiq Parij shahridagi Yelisey saroyida oliy darajadagi muzokaralar va Fransiya Milliy yig‘inida uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ustuvor sohalarda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
Shuningdek, Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutiga tashrif buyurib, xalqimizning boy madaniy merosiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” va “Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo‘’jizalari” ko‘rgazmalari bilan tanishish mo‘ljallangan.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
ДИҚҚАТ, СЎРОВНОМА НАТИЖАЛАРИ БИЛАН ТАНИШИНГ!
Тошкент вилоятидаги олийгоҳларнинг энг фаол талабалари ўртасида ўтказилган сўровнома ўз ниҳоясига етди.
Натижаларга кўра, Ўзбекистон жисмоний тарбия ва спорт университети вакили сўнгги соатларда овозларни сунъийлаштиришга урингани сабабли сўровномадан четлаштирилади (исбот ва далиллар мавжуд).
Чирчиқ давлат педагогика университети талабаси Озода Абдуллаева эса "Йил талабаси" деб эълон қилинади.
Ғолиб йил якунида тантанали тарзда тақдирланади.
✉Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐YouTube
Qani, oz qoldi CHDPU yoshlari 👩🎓🧑🎓
Faol va tashabbuskor talabamiz OZODA ABDULLAYEVAni qoʻllab-quvvatlaylik ✊
Viloyatimizning "ENG FAOL YIL TALABASI" ni aniqlaylik🎊
👉 Ovoz bering: /channel/c/1247517364/14864
#таасуф
Педагогика факультети ОЛЛАЁРОВ ИСМОИЛдек бир илм юлдузидан айрилди. Исмоилнинг оила аъзоларига барча яқинларига дўст биродарларига хамкасбларига чуқур таъзия изҳор этамиз.
Аллоҳ таоло Ўз мағфиратига олсин, иймонларини саломат қилсин, солиҳ амалларини ўзларига ҳамроҳ этсин.
Охиратларини обод этиб, жойларини Фирдавс жаннатларидан қилсин!
Ҳақ таоло марҳумнинг барча солиҳ амалларини, илм-маърифат, зиё таратиш йўлидаги саъй-ҳаракатларини ҳусни қабул айлаб, Ўз мағфиратига олсин, қабрларини жаннат боғчаларидан қилиб, охиратларини обод айласин!
«Албатта, биз Аллоҳникимиз ва албатта, биз Унга қайтувчимиз»!
Университет жамоаси
➡️ @Tvchdpi2017
Диққат, сўровнома
🔘Бугунги сўровнома вилоятдаги олий таълим муассасаларининг энг фаол талабалари ўртасида бўлиб ўтади. Ушбу талабалар йил давомида турли ютуқларни қўлга киритишиб, тенгдошларига ўрнак бўлишмоқда.
🤔Қайси талаба "Йил талабаси" бўла олади? Овоз беринг.
⏰Сўровнома эртага соат 20:00 гача давом этади.
⚠️Эслатиб ўтамиз, турли ботлар орқали сунъий овоз жамғаришга интилганлар сўровномадан четлаштирилади.
🔘 Иштирокчилар талабалар таҳсил олаётган олийгоҳлар томонидан тавсия этилган.
🎁 Ғолиблар йил якунида тантанали тақдирланади.
Овоз беришда иштирок этиш учун каналга уланинг:
/channel/+tcc8Accr_k80OGNi
⚡️Taqdirlash marosimi
Chirchiq davlat pedagogika universitetida samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh professor-o’qituvchi va xodimlari "O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Universitet rektori Muxamedov G‘ofurjon Isroilovich esdalik nishonini sohiblariga topshirdi.
@tvchdpi2017
#Билдириш
⚡️Ҳурматли Тошкент вилояти аҳолиси! Кейинги пайтда телеграмда турли сохта канал ва ботлар пайдо бўлмоқда. Эслатиб ўтамиз, Тошкент вилояти ҳокимлигининг телеграмдаги расмий саҳифаси @toshvilpressa.
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
#Bildirish
⚡️Hurmatli Toshkent viloyati aholisi! Keyingi paytda telegramda turli soxta kanal va botlar paydo boʻlmoqda. Eslatib oʻtamiz, Toshkent viloyati hokimligining telegramdagi rasmiy sahifasi @toshvilpressa.
#CHDPU_DAYJEST
Turizm fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari hamda fakultet tyutorlari "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun"ning 30 yilligi munosabati bilan #chellange tashkil etdi.
Talabalar tomonidan konstitutsiyaga oid qiziqarli savol-javoblar bo'lib o'tdi.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Maktabgacha ta'lim fakulteti tyutori o'ziga biriktirilgan talabalar bilan konstitutsiya qabul qilingan kunning 30 yilligi munosabati bilan 7-sonli umumta'lim maktabi o'quvchilari ishtirokida #challange tashkil etdi.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Boshlangʻich ta'lim fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari hamda fakultet tyutori hamkorlikda "Bahor" MFYda istiqomat qiluvchi kechki ta'lim yo’nalishi talabalar ijara uylari o’rganildi.
Ijara uyida isitish tizimida nosozlik holati aniqlandi hamda ta'mirlash yuzasidan xonadan egasi bilan suhbatlashildi.
Shuningdek, talabalarga elektr va gaz vositalaridan oqilonalik bilan foydalanishlari to’g’risida tushuntishlar berildi.
@tvchdpi2017
⚡️Konstitutsiya - baxtimiz poydevori
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Chirchiq davlat pedagogika universitetida konstitutsiya haftaligi e'lon qilindi.
Bugun 2022-yil 5-dekabr kuni, haftalik doirasida Gumanitar fanlar fakulteti, Milliy g'oya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi kafedrasi professor-o‘qituvchilari Chirchiq shahrida joylashgan 5-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Konstitutsiya - baxtimiz poydevori" mavzusida ma'rifiy tadbir o‘tkazishdi.
Tadbirda, CHDPU professor-o‘qituvchilari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Xolmaxamatova Shaxnoza va universitet tomonidan 4+2 dasturi asosida ushbu maktabda pedagogik amaliyot o‘tayotgan talabalar hamda maktab jamoasi birgalikda ishitrok etishdi.
Tadbir davomida Konstitutsiya tarixi, kiritilayotgan o‘zgartirishlar va hozirgi kundagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga oid o‘zgarishlardan maktab o‘quvchilari va maktab jamoasi tanishtirildi. Tadbir yakunida o‘quvchilarni huquqiy savodxonlik darajasini baholash, ularni rag‘batlantirish maqsadida maktab huquq darsliklaridan tuzilgan mantiqiy savollar e'lon qilinib, to‘g‘ri javob bergan o‘quvchilar rag‘batlantirildi.
🎓 @Tvchdpi2017
#dayjest
#Jarayon
💥 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan "Konstitutsiya haftaligi" doirasida "Konstitutsiyam - baxtim qomusi" mavzusida Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi (maʼnaviyat asoslari) yo‘nalishi magistrantlari tashabbusi bilan targ‘ibot ishlari bo‘lib o‘tmoqda.
⚡️ Gumanitar fanlar fakulteti Miliy g'oya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi kafedrasi magistrantlari, professor-oʻqituvchilari, va 50 dan oshiq talabalar qatnashdi ⚡️
Bizni kuzatishda davom eting
👇👇👇
/channel/tvchdpi2017
❗️Талабалар ва профессионал таълим муассасалари ўқувчилари учун қишки таътил муддати — 2022 йил 26 декабридан 2023 йил 9 январига қадар этиб белгиланди.
〰️〰️〰️
Бу ҳақда АОКАда ўтказилаётган брифингда Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ахборот хизмати раҳбари Мўмин Ибодов маълум қилди.
@tvchdpi2017
#CHDPU_YOSHLARI👩🎓👨🎓
Chirchiq davlat pedagogika universitetimiz 🏢
Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori, jonkuyar ustozimiz Baxodir Xusanovga ovoz beramiz 🔥
Qani, ketdik 💪
Ovoz berish uchun havola:👇 /channel/c/1247517364/15065
#Kitobxonlik
Bizning_g'oliblar
YOSH KITOBXON tanlovining 1-o'rin sohibi ham ChDPU talabasi...
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti Tarix oʻqitish metodikasi yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Qoʻziyev Baxtiyor Murod oʻgʻli - Mahalla yoshlari o‘rtasida ,"Besh tashabbus olimpiadasi"ning 2-mavsumida YOSH KITOBXON tanlovining Toshkent viloyat bosqichida faol ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egallab, Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
20 ta kitoblar jamlanmasi va Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan diplom bilan taqdirlandi.
1-o'rin sohibi bo'lgan Kitobxon talabamizga ham Respublika bosqichida omad tilaymiz.
@tvchdpi2017
#diqqat_tanlov
🎓 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi , Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi oliy taʼlim muassasalari teatr studiyalari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi talabalar teatr studiyalari” koʻrik-tanlovini eʼlon qiladi.
🏆 Tanlov gʻoliblari diplom, esdalik sovgʻalari hamda pul yutuqlari bilan taqdirlanadi:
🔵“Milliy an'ana va qadriyatlarni tarannum etganligi uchun” nominatsiyasi — 30 mln. soʻm;
🔵“Dolzarb mavzuning sahnaviy talqini” nominatsiyasi — 40 mln. soʻm;
🔵“Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasi — 60 mln. soʻm.
🟢Eng faol ishtirokchilar ham quyidagicha taqdirlanadi:
🔴“Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” nominatsiyasi — 4 mln. soʻm;
🔴“Eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasi — 8 mln. soʻm;
🔴“Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasi — 8 mln. soʻm;
☝️Ishtirok eting va gʻolib boʻling. Oʻz iqtidoringizni namoyon qilish vaqti keldi!
📌 Nizom bilan tanishish
👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
#Yashil_makon
#CHDPU
🟢«Yashil makon» umummilliy loyihasi davom etmoqda.
Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida “Dolzarb 40 kunlik” ko‘chat ekish mavsumi davom etmoqda.
Mazkur umummilliy loyiha doirasida universitet o’quv yordamchi xodimlari, professor-o’qituvchi va talabalar faol ishtirok etmoqda.
Soha prorektorlari hamda o’quv va yordamchi bino boshliqlari tomonidan, Turizm fakultetida airatilgan er maydoniga 5000 dona terak qalamchalari ekildi.
@tvchdpi2017
💪Юқори сифат - қулай нарх
🔐Мол-мулкингиз дахлсизлигини истасангиз Қўриқлаш бош бошқармаси хизматларидан фойдаланинг!
(Тошкент вилояти)
— — — —
💪Высокое качество – доступная цена
🔐Если вы желаете, чтобы ваше имущество было неприкосновенным, воспользуйтесь услугами Главного управления охраны!
(Ташкентская область)
——————
🌍web_site ‖ ♾Facebook ‖ 📸Instagram ‖ ✅Telegram ‖ 📹You tube ‖ ✅Twitter
O‘qituvchilar o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual turnirining saralash bosqichidan qiziqarli ma'lumotlar
13-noyabr kuni respublikamizning 14 ta hududida O‘qituvchilar o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual turnirining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Saralash bosqichida jami 431 jamoa, 3017 nafar o’qituvchi qatnashdi. Eng ko’p jamoa Navoiy viloyatida (52 ta), eng kam jamoa Surxondaryo viloyatida (16 ta) ishtirok etdi. Saralash bosqichi 12 ta hududda 3 turda (36 ta savol bilan) o’tkazildi. Namangan va Buxoro viloyatlarida esa barcha jamoalarni bir vaqtda bir joyga sig’dirish imkoni bo’lmagani sababli saralash bosqichi turnir nizomiga asosan biroz boshqacha formatda, ya’ni ishtirokchi jamoalar ikki guruhga bo’lingan holda 20 tadan savol bilan o’tkazildi.
Saralash bosqichi 36 ta savol bilan o’tkazilgan 12 ta hududdagi eng yaxshi natijalar quyidagicha bo’ldi:
1-2. Farg’ona viloyati – 28 ochko;
1-2. Toshkent viloyati – 28 ochko;
3-4. Samarqand viloyati – 27 ochko;
3-4. Toshkent shahri – 27 ochko;
5-6. Qoraqalpog’iston Respublikasi – 26 ochko;
5-6. Xorazm viloyati – 26 ochko;
7. Jizzax viloyati – 22 ochko;
8. Sirdaryo viloyati – 21 ochko;
9. Navoiy viloyati – 20 ochko;
10. Qashqadaryo viloyati – 19 ochko;
11-12. Andijon viloyati – 18 ochko;
11-12. Surxondaryo viloyati – 18 ochko.
Saralashda eng yaxshi natijani Farg’ona davlat universiteti jamoasi (28 ochko) va Chirchiq davlat pedagogika universiteti jamoasi (28 ochko) qayd etdi.
Shuningdek, Toshkent davlat yuridik universiteti va Payariq tumani 84-sonli maktab jamoalari ham 27 ta savolga to’g’ri javob berib, yuqori natija qayd etdi.
Bundan tashqari, Nukus shahridagi 31-sonli maktab jamoasi va Urganch davlat universiteti jamoasi 26 tadan to’g’ri savolga javob berib, respublika bosqichida g’oliblik uchun asosiy nomzodlardan ekanliklarini isbotlashdi.
Respublika bosqichiga chiqish uchun yetarli bo’lgan eng kam natija (14 ochko) Surxondaryo viloyatida kuzatildi.
Respublika bosqichiga yo’l olgan ta’lim muassasalari toifalarga bo’linsa, quyidagi miqdorlar kelib chiqmoqda:
27 ta maktab jamoalari;
13 ta OTM jamoalari;
2 ta professional ta’lim muassasasi jamoalari.
Namangan, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida barcha uchta yo’llanmaga ham maktab jamoalari ega chiqqan.
Turnirning respublika bosqichi 42 ta jamoa ishtirokida 27-noyabr kuni o’tkaziladi.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
#Vatanimiz_bayrog‘i_faxrimiz_g‘ururimiz
Chirchiq davlat pedagogika universitetida 18 noyabr – “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun” munosabati bilan “Vatanimiz bayrog‘i – faxrimiz, g‘ururimiz!” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
@tvchdpi2017
Диққат, йилнинг энг фаол талабаси аниқланмоқда.
Сўровномада университетимиз талабаси ОЗОДА АБДУЛЛАЕВА ҳам бор. Озодани қўллаб юборайлик.
Шу линк орқали ўтиб овоз берамиз👇👇👇
/channel/+tcc8Accr_k80OGNi
⚡️1012 NAFAR OʻRTA MAXSUS MAʼLUMOTLI OʻQITUVCHI MAQSADLI QABUL PARAMETRLARI ASOSIDA TALABALIKKA TAVSIYA ETILDI
Oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchilar uchun 1000 ta maqsadli qabul parametrlari tasdiqlangani haqida avvalroq xabar bergandik.
Ushbu qabul orqali xalq taʼlimi tizimida faoliyat olib borayotgan, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan oʻqituvchilar uchun oliy maʼlumotli boʻlish imkoniyati yaratilmoqda.
Bu oʻrinlarga umumtaʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan, oliy pedagogik maʼlumotga ega boʻlmagan hamda kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega boʻlgan oʻqituvchilar daʼvogarlik qilgan boʻlib, qabul natijalariga koʻra 1012 nafar pedagoglar talabalikka tavsiya etildi.
Talabalikka tavsiya etilgan ushbu oʻqituvchilar roʻyxati Davlat test markazi tomonidan Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda 2022/2023 oʻquv yili qabulida sirtqi taʼlim shakli boʻyicha birinchi yoʻnalishda tanlagan “Pedagogika” taʼlim sohasida imtihonda ishtirok etgan abituriyentlar orasidan ularning toʻplagan ballari ketma-ketligida oliy taʼlim muassasalari kesimida shakllantirildi.
Baʼzi hududlarda belgilangan soʻnggi oʻtish oʻrnidagi (bir xil ball toʻplagan) nomzodlarning mavjudligi natijasida jami tavsiya etilgan oʻqituvchilar 1012 nafarni tashkil etdi.
✅ Talabalikka tavsiya etilgan oʻqituvchilar roʻyxati Davlat test markazi tomonidan tegishli oliy taʼlim muassasalariga oʻrnatilgan tartibda yetkazildi.
☝️Yuqorida keltirilgan roʻyxatda familiya, ismlari qayd etilgan oʻqituvchilarning tegishli oliy taʼlim muassasalariga murojaat qilishlari soʻraladi.
Manba: Xalq taʼlimi vazirligi
🎓 @Tvchdpi2017