#talabaga_qulaylik #TTJ
Bayramga munosib tuhfa
Chirchiq davlat pedagogika universitetida yangi o‘quv yili arafasida 710 o‘rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzating
Joriy yil 26-avgust kuni Telegram messenjeridagi “Eltuz” kanalida e’lon qilingan “Chirchiq davlat pedagogika universitetida korrupsiya” sarlavhali maqola yuzasidan
RASMIY MUNOSABAT
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektorining 2024-yil 5-avgustdagi “2024-2025 o‘quv yil uchun tyutorlarni ishga qabul qilish xususida” №F-13-son farmoyishi chiqarildi. Tyutorlikka ishga qabul qilish bo‘yicha e’lonlar 2024-yil 1-avgustda universitet rasmiy sayti va barcha telegram kanallarida joylashtirilgan. Farmoyishga asosan rahbar va universitet jamoat tashkilotlari a’zolarini o‘z ichiga olgan ishchi guruh tashkil etilgan. Joriy yilda universitetga tyutorlik lavozimiga 249 nafar talabgordan hujjatlari kelib tushgan.
2024-2025-o‘quv yili uchun jami 59 nafar tyutorlarni ishga qabul qilish rejalashtirilgan. Talabgorlarning hujjatlari 2021-yil 30-sentabrdagi 412-son buyruq talablari asosida o‘rganilganda, 18 nafari 25 yoshga to‘lmagan, 59 nafari 2 yillik pedagogik stajga ega bo‘lmaganligi aniqlandi. Suhbatga kelganlarning 157 nafarini ayollar, 92 nafarini erkaklar tashkil qilgan. Suhbat davomida 25 yoshga to‘lmagan hamda 2 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lmagan talabgorlarga nizom talablari tushuntirildi. “ELTUZ”da keltirilgan holatlarga umuman yo‘l qo‘yilmagan bo‘lib, hujjat topshirganlar orasida fakultet dekanlari yoki universitet rahbar xodimlarining qarindosh-urug‘lari borligi aniqlanmadi.
Tyutorlikka nomzodlarning hujjatlari ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqilgach, 20-21 avgust kunlari suhbat o‘tkazildi. Bugungi kunda suhbat natijalari asosida saralash ishlari olib borilmoqda.
Amaldagi elektron hujjat yuritish normalariga ko‘ra, xodimning mehnat stajini mehnat.uz platformasida tekshirish imkoni u rasman ishga qabul qilingandan keyin amalga oshiriladi.
Bizni kuzating: 📌/channel/tvchdpi2017
#Hashar
👇CHDPUda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda
Bugun, ertalabdan Chirchiq davlat pedagogika universitetida Mustaqillik bayrami va Yangi o‘quv yili arafasida umumxalq xayriya hashari tashkil etildi.
Unda universitet jamoasi, rahbariyat, ishchi-xodimlar va professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etib, binolarning ichki va tashqi hududlari, xiyobonlar, yashil maydonlar, talabalar uyi va boshqa joylarni obodonlashtirishga o‘z hissalarini qo‘shishdi.
Hashar ertaga ham davom etadi...
🚀 Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy kanali
#oav_biz_haqimizda
Chirchiq davlat pedagogika universiteti dotsenti, yuridik fanlar nomzodi Ravshan IKRAMOVning "Inson kapitali sifatini oshirib, iqtisodiy o'sishni ta'minlash mumkin" sarlavhali maqolasi "Yangi O'zbekiston" gazetasining 2024-yil 22-avgustdagi №168(1229)-sonida chop etildi.
Batafsil saytda
#Qabul24 #Abituriyent #Call_Center
Chirchiq davlat pedagogika universiteti qabul komissiyasi oʻz faoliyatini olib bormoqda
Chirchiq davlat pedagogika universitetida 2024/2025-oʻquv yili uchun qabul jarayonlari yuzasidan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
“Call-center” telefon raqami:
+998702010214
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission
5️⃣5️⃣5️⃣
“Uzbekistan GTL” MChJ tomonidan “Eng fidoyi ustoz III” tanlovi e’lon qilindi
Mazkur tanlov asosan neft va gaz sohasiga, xususan “Uzbekistan GTL” zavodiga o‘zining ta’lim-tarbiya berishi orqali bilimli yosh kadrlarni yetkazib berayotgan 22 ta oliy ta’lim muassasasi, shu jumladan, Chirchiq davlat pedagogika universitetining eng fidoyi professor-o‘qituvchilarini rag‘batlantirishga mo‘ljallangan.
Tanlovning g‘oliblari sifatida yuqoridagi oliy ta’lim muassasalarida doimiy faoliyat yuritayotgan hamda kamida 2 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan ilmiy-pedagog xodimlar e’tirof etilishlari mumkin.
Tanlov g‘oliblarini aniqlash oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar, Kompaniya xodimlari va yosh mutaxassislari hamda UzGTL stipendiya dasturi ishtirokchilari o‘rtasida ularni o‘qitgan ustozlari haqida o‘tkaziladigan so‘rovnoma asosida saralab olinadi.
Tanlovda ishtirokchisi Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabalari quyidagi havola orqali onlayn so‘rovnomani to‘ldirib, qadrli ustozlarini e’tirof etishlari mumkin:
👉https://docs.google.com/forms/d/15YblilGjQnSr2S2e4tz6Xlx3ixfCLyMs-_EcKg7iz28/viewform?edit_requested=true
Tanlov g‘oliblari Uzbekistan GTL zavodida malaka oshirishlari, ilmiy ish va izlanishlar olib borishi uchun keng imkoniyatga ega bo‘ladi. Shuningdek, moddiy mukofotlar bilan taqdirlanishi rejalashtirilgan.
🚀 Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy kanali
#oav_biz_haqimizda
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, professor G‘ofurjon MUXAMEDOVning "Mukammal strategiya - taraqqiyot garovi" sarlavhali maqolasi "Xalq so'zi" gazetasining 2024-yil 17-avgustdagi №166(8789)-sonida chop etildi.
Batafsil saytda
#oav_biz_haqimizda
Oʻzbekiston TV |Chirchiq davlat pedagogika universiteti vakillari ruhiy salomatlik va uni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar mavzusida boʻlib oʻtgan “Munosabat” tok-shousida ishtirok etdi
▶️ Ko'rsatuvni ko'rish: https://youtu.be/JBpWecbIANM
🚀 Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy kanali
👇Talabalikka tavsiya etilganlar diqqatiga!
Ayni paytda talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari o‘z yakuniga yetdi.
Endilikda, 1-kurs talabalari davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.
🚀 Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy kanali
#Qabul2024
#kasbiy_ijodiy_imtihon
👇Chirchiq davlat pedagogika universitetida xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari
🔘 60111900 - Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda jismoniy tarbiya va sport (sirtqi)
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission
#Qabul2024
#kasbiy_ijodiy_imtihon
👇Chirchiq davlat pedagogika universitetida xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari
🔘 60110500 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi (sirtqi)
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admissionik
#Qabul2024
#kasbiy_ijodiy_imtihon
👇Chirchiq davlat pedagogika universitetida xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari
🔘60111600 - Musiqa ta'limi (sirtqi)
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission
#Qabul2024
#kasbiy_ijodiy_imtihon
👇Chirchiq davlat pedagogika universitetida xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari
🔘 60112700 - Maxsus pedagogika: surdotarjimonlik faoliyati (kunduzgi)
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission
#Qabul2024
#kasbiy_ijodiy_imtihon
👇Chirchiq davlat pedagogika universitetida xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari
🔘 Ta’lim yo‘nalishi: 60112260 - Jismoniy madaniayt (kunduzgi)
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission
#Qabul24 #Abituriyent #Call_Center
Chirchiq davlat pedagogika universiteti qabul komissiyasi oʻz faoliyatini olib bormoqda
Chirchiq davlat pedagogika universitetida 2024/2025-oʻquv yili uchun qabul jarayonlari yuzasidan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
“Call-center” telefon raqami:
+998702010214
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission
Chirchiq davlat pedagogika universitetida yangi talabalar turar joyi ochildi
#talaba_manfaati
Bugun jonajon universitetimizda 4-talabalar turar joyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Talabalar uyi ChDPU rektori, O‘zbekiston fan arbobi G‘ofurjon Muxamedov hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov tomonidan ramziy ochilib, talabalar ixtiyoriga topshirildi. Tadbirda universitet o‘qituvchi va talabalari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Ushbu turar joy binosi Mustaqillik bayrami va yangi o‘quv yili arafasida foydalanishga topshirilishi universitet talablari va jamoasi uchun qo‘shaloq bayramga aylandi.
Universitet mablag‘lari evaziga qad rostlagan talabalar turar joyi majmuasi 710 o‘ringa mo‘ljallangan. Talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, maroqli dam olishi uchun bu erda barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
Talabalar shaharchasida yashovchilar yagona hududda ko‘plab imkoniyatlardan foydalanadilar. Yoshlar shaharchasida amfiteatr, kutubxona, sport majmuasi, fitnes xonalari, dam olish maydonchalari, san’atga qiziquvchi yoshlar uchun cholg‘u asboblari bilan ta'minlangan karaoke xonalari, qizlar uchun tikish ustaxonalari mavjud.
Siz, aziz talabalarni noyob ijtimoiy iqlim muhitiga ega bo‘lgan Talabalar shaharchasi kutmoqda.
Barchamizga talabalar uyi muborak bo‘lsin!
👍👍 @tvchdpi2017
CHDPU talabalari Belarusga ta’lim olish uchun yetib bordi
⭐️Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabalari CHDPU – Mogilev davlat universiteti xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi doirasida Belarus davlatiga etib bordi.
⚠️Rasmiy tadbirlar va Mogilev davlat universiteti rektorining ChDPU talabalari bilan uchrashuvi ertangi kunga belgilangan.
👍👍 @tvchdpi2017
⚡️Yangi o‘quv yilining boshlanish sanalari ma’lum bo‘ldi
Bizni kuzating
#talabalik_zavqi
Eski qadrdonlarni sog‘indingizmi?😌
Universitetda ta’lim olish hamfikr do’stlar bilan yanada qiziqarli bo’ladi. Talabalarimizning muvaffaqiyat siri bu — ularda birgalikda ta’lim oladigan va qiyin paytlarda yordam qo’lini cho’zadigan do’stlarning borligi 🤝
Yaxshi damlar faqat go‘zal xotiralarni yetaklaydi... Esladingizmi?!
Bizni kuzating: 📌/channel/tvchdpi2017
#tezkor #kontrakt #shartnoma
Barcha talabalar diqqatiga (1-kurslar ham)❗️
⚡️Bugundan to‘lov shartnomasini olishga onlayn ariza yuborishingiz mumkin.
🖥 Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring!
Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.
Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.
Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin.
Ilovani yuklab olish:👇
📲 iOS uchun 📲 Android uchun
🚀 Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy kanali
👇 Apellatsiya arizalarini qabul qilish davom etmoqda
#abituriyent
#So'ragan_edingiz
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 18-avgustdan 27-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin.
Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.
Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.
Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2024-yil 22-avgustdan boshlanadi.
🚀 Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy kanali
Chirchiq davlat pedagogika universitetida press-tur
#talaba_manfaati
ChDPU talabalar shaharchasi faoliyati bilan tanishish maqsadida press-tur tashkil etildi.
Tadbirda 20 nafardan ziyod davlat va nodavlat OAV vakillari, blogerlar hamda internet jurnalistika sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar ishtirok etmoqdalar.
👍👍 @tvchdpi2017
#One_ID
1-bosqichga tavsiya etilgan talabalar yotoqxonaga joylashish bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborishlari uchun One ID tizimidan ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.
📹 One ID tizimidan ro‘yxatdan o‘tish tartibi →
➖➖➖
Студентам, рекомендованным к обучению на 1-курс, необходимо зарегистрироваться в системе «One ID» для подачи заявления на размещение в общежитии через Единый портал интерактивных государственных услуг.
📹Порядок регистрации в системе One ID
➖➖➖
Students recommended for 1-year studies must register in the One ID system to apply for accommodation in a hostel through the Single Portal of Interactive Public Services.
Registration procedure in the One ID system
🚀 Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy kanali
#Qabul2024
#kasbiy_ijodiy_imtihon
👇Chirchiq davlat pedagogika universitetida xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari
🔘 60111900 - Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda jismoniy tarbiya va sport (kechki)
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission
#Qabul2024
#kasbiy_ijodiy_imtihon
👇Chirchiq davlat pedagogika universitetida xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari
🔘 60111900 - Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda jismoniy tarbiya va sport (kunduzgi)
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission
#Qabul2024
#kasbiy_ijodiy_imtihon
👇Chirchiq davlat pedagogika universitetida xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari
🔘 60110500 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi (kunduzgi)
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admissionik
#Qabul2024
#kasbiy_ijodiy_imtihon
👇Chirchiq davlat pedagogika universitetida xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari
🔘60111600 - Musiqa ta'limi (kunduzgi)
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission
#Qabul2024
#kasbiy_ijodiy_imtihon
👇Chirchiq davlat pedagogika universitetida xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari
🔘 60112260 - Jismoniy madaniayt (sirtqi)
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admissionik
👇⚡️1-kursga tavsiya etilganlar diqqatiga!
2024/2025-oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilindi.
Ma’lumki, talabalikka tavsiya etilganlar davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratilgan.
Biroq, ayni paytda 1-kursga tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari olib borilayotganligi bois talabalar tomonidan ariza yuborish xizmati hozircha o‘z ishini boshlamadi.
Mazkur ishlar tez orada yakuniga yetkazilgandan so‘ng, 1-kursga tavsiya etilganlar ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqida qo‘shimcha ma’lum qilinadi.
☝️Ma’lumot o‘rnida, reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi.
👇Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
#Qabul2024 #Natija
✅ 2024–2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.
📌 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.
1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:
my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:
mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ SMS-xabarnoma xizmati orqali:
5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission