#E’LON
⚡️Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi yoshlar o‘rtasida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda!” korrupsiyaga qarshi ijtimoiy reklama xalqaro tanlovini o‘tkazmoqda.
Tanlovda 14 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yoshlar “Korrupsiyaga qarshi birgalikda!” mavzusida o‘z fikr va g‘oyalari aks etgan, korrupsiyaga qarshi kurash va uning jamiyatdagi roli, bu borada xalqaro hamkorlikning ahamiyati mavzusidagi loyiha va ishlanmalari bilan qatnashishlari mumkin.
Ishlanmalar 2023-yil 1-oktabrga qadar tanlovning www.anticorruption.life rasmiy veb-saytida
ikki nominatsiya –
🔹“Eng yaxshi plakat”
🔹 “Eng yaxshi videorolik”
bo‘yicha qabul qilinadi.
❗️O‘rnatilgan an’anaga ko‘ra, tanlov natijalarini sarhisob qilish Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni (9-dekabr)ga rejalashtirilgan.
Qo'shimcha ma'lumotni quyidagi saytdan olishingiz mumkin.
#brifing
ChDPUga qabul jarayonlariga bag‘ishlangan brifing tashkil etiladi
Brifingda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi farmoyishi mazmun-mohiyati, Chirchiq davlat pedagogika universitetiga qabul kvotalari, ularning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti, qabul jarayonidagi muhim yangiliklar haqida ma’lumot beriladi.
Brifing 5-iyul 15:00 da boshlanadi.
Brifing universitetning YouTubedagi rasmiy kanali orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya qilinadi: chdpu.official" rel="nofollow">https://www.youtube.com/@chdpu.official
Agar sizda brifing paytida javob olishni istagan savollaringiz bo'lsa, ularni quyidagi havola orqali bizga yuborishingizni so'raymiz: /channel/chdpunibot
__________
Будет организован брифинг, посвященный процессам приема в ЧГПУ
На брифинге будет представлена информация о содержании Указа Президента Республики Узбекистан “О параметрах государственного заказа по приему на учебу в государственные высшие образовательные учреждения в 2023/2024 учебном году”, квотах приема в Чирчикский государственный педагогический университет, их распределении по формам образования, важных нововведениях в процессе приема.
Брифинг состоится 5 июля в 15:00.
Брифинг будет транслироваться в прямом эфире на официальном YouTube канале университета: chdpu.official" rel="nofollow">https://www.youtube.com/@chdpu.official
Если у вас возникли вопросы, на которые вы бы хотели получить ответы во время брифинга, просим отправить их нам через ссылку ниже:
/channel/chdpunibot
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #brifing #брифинг
#Magistratura
#Qabul2023
📹 magistr.edu.uz platformasi orqali ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma
Eslatma: hujjatlarni qabul qilish 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
👉Sertifikatlar ro‘yxati
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission
#Tashrif
#ayni_vaqtda
Vazir zamonaviy yotoqxona poydevoriga kapsula qo‘ydi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov Chirchiq davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida universitetda qabul jarayoni bilan bog‘liq tashkiliy faoliyat, yangi o‘quv yili oldidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami bilan tanishdi.
Vazir Ibrohim Abdurahmonov 700 o‘rinli talabalar turar joyi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etmoqda. Unga universitet rektori G‘ofurjon Muxamedov hamrohlik qilmoqda.
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #yangilik #новости #news
#sertifikat
#Qabul2023
2023/2024-o‘quv yilidan boshlab magistratura hamda doktoranturaga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Avvalgi ro‘yxat 👉bu yerda.
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission
Chirchiq davlat pedagogika universiteti yoshlariga!
Bugun 30 iyun – Yoshlar kuni. Siz azizlarni yurtimiz hayotidagi beg‘ubor bayram – Yoshlar kuni bilan samimiy tabriklayman. Universitet yoshlarining yaratuvchanligi, bunyodkorlik salohiyati va ulkan maqsadlari Universitet qudratini, ertangi porloq istiqbolimizni belgilaydi.
Universitetimizni dunyodagi nufuzli ta’lim muassasi bo‘lish istagi, bu shunchaki orzu, moda ortidan quvish, reytingga intilish emas, balki tabiiy zaruriyat va hayotiy ehtiyojdir.
Shu hayotiy zaruriyatni ro‘yobi Sizlarning bilimingiz, yutuqlaringiz va yangicha fikrlash darajangizga chambarchas bog‘liq. Bugungi erishgan marralarimizning poydevori universitet yoshlarining ilmi, amali va totuvligida.
Kelgusida ham yuksak ma’naviyatli va iste’doli yigit-qizlarni rag‘batlantirishda bor imkoniyatimizni ayamaymiz. Yoshlarni ko‘proq tinglaymiz. Chunki yoshlarda kuch katta, ilhom katta.
Qadrli yoshlar va yoshlarni tarbiya qilayotgan aziz insonlar «Yoshlar kuni» muborak bo‘lsin! Tilagim Vatanga kerakli inson bo‘laylik. Zero, biz yaqinlashib kelayotgan maqsadli – Kelajakmiz!
______
Молодому поколению Чирчикского государственного педагогического университета!
Сегодня 30 июня - "День молодежи". От всей души поздравляю Вас, дорогие мои, с добрым и чистым праздником в жизни нашей страны – Днем молодежи. Креативность, творческий потенциал и амбициозные цели университетской молодежи определяют нашу силу и блестящие перспективы в будущем.
Желание сделать наш университет престижным учебным заведением в мире – это не просто мечта, погоня за модой, стремление к рейтингу, а естественная необходимость, законное требование и жизненная необходимость.
Удовлетворение этой жизненной потребности тесно связано с вашим уровнем знаний, достижений и нового мышления. Фундаментом наших достижений сегодня являются знания, практика и гармония университетской молодежи.
Мы и впредь не пожалеем сил для поощрения высоконравственных и талантливых юношей и девушек. Мы больше слушаем молодежь. Потому что молодые люди обладают большой силой и вдохновением.
С "Днем молодежи" дорогие студенты и дорогие люди, воспитывающие молодежь! Желаю быть нужным Родине человеком! Ведь Вы - светлое будущее нашей страны, надежда завтрашнего дня!
Telegram | Instagram | Facebook
#Abituriyent
Chirchiq davlat pedagogika universiteti bakalavriatning sirtqi taʼlim shakli boʻyicha oʻtish ballari (2022/2023 oʻquv yili boʻyicha)
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission
#Qabul2023
❓ Kimlar test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmasligini bilasizmi?
🔰 Ma’lumki, abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lovni amalga oshiradi.
📌 Bunda quyidagi abituriyentlardan to‘lov undirilmaydi:
✅ Prezidentning 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qaroriga muvofiq:
🔸 test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar (maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablari bitiruvchilari);
🔸 nogironligi bo‘lgan shaxslar;
🔸 to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari).
✅ Prezidentning 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoniga muvofiq:
🔹 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
🔹 “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.
❇️ To‘lovni amalga oshirmaydigan abituriyentlar uchun invoys shakllantirilmaydi va qayd varaqasining quyi qismida nima uchun to‘lovdan ozod etilgani to‘g‘risida ma’lumot ko‘rsatiladi.
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission
#minnatdorman
Universitet — yoshlar homiysi... Nemis tili ta'lim yo'nalishi talabasi Zulfizar ... minnatdor yoshlar izhori
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #UniversitetYoshlari
#Qutlov
Chirchiq davlat pedagogika universiteti jamoasi barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayrami munosabati bilan samimiy qutlaydi.
Doimo yangilik izlab, yangilikka intilib yashaydigan, jamiyatda yuz berayotgan muhim o‘zgarishlar, ustuvor g‘oya va tashabbuslarning ma’no-mohiyatini odamlarga tezkorlik va xolislik bilan yetkazadigan, hayotning qaynoq nuqtalariga dadil kirib boradigan ommaviy axborot vositalari xodimlari Sizlarga mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan beqiyos hissangiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.
Xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka, xalqimizga dolzarb axborotlarni xolis va tezkor yetkazishdagi mehnatlaringizda ulkan zafar va muvafaqqiyatlar tilaymiz hamda hamkorligingiz uchun minnatdorlik bildiramiz!
Telegram | Instagram | Facebook
#yoshlar_tashabbusi
Chirchiq davlat pedagogika universitetida “ART-yarmarka” tasviriy va xalq amaliy san’ati asarlari ko‘rgazmasi va savdosi o‘tkazildi.
Talabalarining salohiyati, imkoniyatlari va intellektual qobiliyatlari natijasida yaratilgan hamda hududiy, respublika va xalqaro tanlovlar, festivallar va ko‘rgazmalarda g‘olib bo‘lgan asarlar kollektsiyasi jamoatchilikka namoyish qilindi.
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #yangilik #новости #news
#tezkor_xabar
⚠️⚠️⚠️ChDPU talabalaridan San’at ixlosmandlariga benazir tuhfa!!!
Hurmatli, San’at ixlosmandlari va tadbirkorlar!
Sizni Chirchiq davlat pedagogika universitetida o‘tkazilayotgan tasviriy va xalq amaliy san’ati asarlari “ART-yarmarka” ko‘rgazma savdosiga taklif etamiz.
Ishtirokingizdan ijodkorlarimiz g‘oyatda mamnun bo‘ladi.
Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi - tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi o‘qituvchi–xodim-talabalarining salohiyati, imkoniyatlari va intellektual qobiliyatlari natijasida yaratilgan hamda hududiy, respublika va xalqaro tanlovlar, festivallar va ko‘rgazmalarda g‘olib bo‘lgan asarlar kollektsiyasini jamoatchilikka namoyish qilishdan iborat.
✔️Eslatma:
☄️ Mualliflar tomonidan ko‘rgazmaga qo‘yilgan asarlarning asli (original)ni kelishuv asosida shu joyning o‘zida sotib olish mumkin.
☄️ Ko‘rgazmada davlat va xususiy korxonalar, jamoat birlashmalari, korxonalar, ta’lim muassasalari buyurtmalari asosida san’at asarlarini ishlab berishga buyurtmalar olinadi va shartnomalar tuziladi.
☄️ Rassomlik, tasviriy va xalq amaliy san’ati sohasida xizmat ko‘rsatishni hamda yaratilgan asarlarning asl nusxalarini maqsadli va manzilli savdosini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha buyurtmachilar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyati bo‘ladi.
👍 Ko‘rgazma 2023 yil 26 iyun kuni soat 10:00 da universitet Yangi o‘quv binosi hududida joylashgan “Tasviriy san’at galareyasi”da o‘tkaziladi.
✔️Kordinatorlar:
Boynazarova Nilufar (tel.:94 3692180)
Auezov Asiljan (tel.:99 8538492)
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #elon #объявление #announcement
#Abituriyent
Chirchiq davlat pedagogika universiteti bakalavriat kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha Sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti oʻtish ballari (2022/2023 oʻquv yili boʻyicha)
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission
#Abituriyent
Chirchiq davlat pedagogika universiteti bakalavriat kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha Matematika va informatika fakulteti, Fizika va kimyo fakulteti oʻtish ballari (2022/2023 oʻquv yili boʻyicha)
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission
📺 • CHDPUda qabul jarayonlariga bag‘ishlangan brifing boshlandi
👉 Ulanish...
📺 • Начался брифинг, посвященный процессам приема в ЧГПУ
👉 Подключиться...
📺 • A briefing on admission processes at СSPU has started
👉 Join...
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #elon #объявление #announcement
Qutlug' yoshingiz muborak!
Chirchiq davlat pedagogika universiteti dotsenti, Fizika va astronomiya kafedrasi mudiri Suyarov Kusherbay Toshbaevich 60 yoshni qarshiladi.
Universitet jamoasi ushbu qutlug' sana munosabati bilan Kusherbay Toshbaevichni tabrikladi.
«Qadrli pedagogik ta'lim jonkuyari, aziz Kusherbay Toshbaevich! Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik va oilaviy baxt tilaymiz. Universitet rivojidagi faollingiz va faoliyatingiz uchun o‘zimning samimiy minnatdorligimni izhor etaman», — deyiladi universitet rektori G‘ofurjon Muxamedov tabrigida.
Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook chdpu.official">|YouTube
#Qabul2023
#Call_Center
Chirchiq davlat pedagogika universiteti qabul komissiyasi oʻz faoliyatini olib bormoqda
Chirchiq davlat pedagogika universitetida 2023/2024-oʻquv yili uchun qabul jarayonlari yuzasidan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
“Call-center” telefon raqami: +998702010214
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission
#Qabul2023
3️⃣3️⃣3️⃣ Tanlov ustuvorligini belgilash
👨🏻💻 Abituriyentlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bilan birga tanlov ustuvorligini ham belgilaydi.
✅ Bunda 2 ta tanlov ustuvorligi mavjud bo‘lib, abituriyent ustuvorlik sifatida:
1️⃣ “Davlat granti”ni tanlasa — tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;
2️⃣ “Ta’lim yo‘nalishi”ni tanlasa — har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.
👆 Yuqoridagi rasmda ularning aniq mexanizmi ko‘rsatilgan.
📌 Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik asosida amalga oshiriladi.
Abituriyentlardan ustuvorlikni belgilashda e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz!
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission
#Magistratura
#Qabul2023
3️⃣3️⃣3️⃣Magistraturaga qabul boshlandi
2023-yil 1-iyuldan Chirchiq davlat pedagogika universiteti magistratura mutaxassisliklariga hujjatlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish boshlanadi.
2023/2024-oʻquv yili uchun Chirchiq davlat pedagogika universitetining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.
📹 Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma
👉Sertifikatlar ro‘yxati
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission
#Bilasizmi
#Qabul2023
❓ Kimlar test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmasligini bilasizmi?
🔰 Ma’lumki, abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lovni amalga oshiradi.
📌 Bunda quyidagi abituriyentlardan to‘lov undirilmaydi:
✅ Prezidentning 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qaroriga muvofiq:
🔸 test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar (maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablari bitiruvchilari);
🔸 nogironligi bo‘lgan shaxslar;
🔸 to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari).
✅ Prezidentning 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoniga muvofiq:
🔹 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
🔹 “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.
❇️ To‘lovni amalga oshirmaydigan abituriyentlar uchun invoys shakllantirilmaydi va qayd varaqasining quyi qismida nima uchun to‘lovdan ozod etilgani to‘g‘risida ma’lumot ko‘rsatiladi.
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission
Bugun 30-iyun - Oʻzbekistonda yoshlar kuni!
Sizlarni sevimli bayramingiz, azmu shijoat, goʻzallik va kamolot ayyomi – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #nishonlaymiz #отмечаем #celebrating
#Abituriyent
Chirchiq davlat pedagogika universiteti bakalavriatning kechki taʼlim shakli boʻyicha oʻtish ballari (2022/2023 oʻquv yili boʻyicha)
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission
QURBON HAYITI TABRIGI!
Assalomu alaykum aziz talabalar, qadrli professor-o‘qituvchilar, Chirchiq davlat pedagogika universitetining ko‘psonli ahil jamoasi!
Xalqimizning bag‘rikenglik tabiatiga monand oliyjanoblik, o‘zaro mehr-muruvvat, saxovat va oqibatlilik ifodasi sifatida nishonlanib kelinayotgan Qurbon hayiti barchangizga qutlug‘ bo‘lsin!
Yer yuziga Allohning rahmati yog‘ilib turgan ushbu saodatli ayyom – Qurbon hayiti bilan barchangizni tabriklab, Siz va sizlar timsolingizda ota-onalarga, butun universitet jamoasiga mustahkam sog‘liq, oilaviy tinchlik-totuvlik hamda xotirjamlik, ilmiy kamol tilayman!
G‘ofurjon Muxamedov,
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori,
professor
#tanishing
Rahmatov Dilshod Nabijonovich — ChDPU axborot siyosati masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi
Chirchiq davlat pedagogika universitetida 2023-yildan beri ishlab kelmoqda
👉chdpuoffical/Qx4qFf1R5Hu">Batafsil
Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook chdpu.official">|YouTube
#Abituriyent
2022-2023-o‘quv yili uchun Chirchiq davlat pedagogika universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari bo‘yicha o‘tish ballari bilan tanishing
👉chdpuoffical/EU6C7reOwM6">Bakalavriatning barcha ta’lim shakllari uchun ta’lim yo‘nalishlari ko‘rsatilgan
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission
#talabalar_hayoti
Chirchiq davlat pedagogika universiteti yoshlariga – Prezident sovg‘asi
Joriy yil 23-iyun kun Toshkent shahridagi Turkiston san’at saroyida oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasidagi “Universiada – 2022” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi g‘olib va sovrindorlariga "Prezident sovg’asi"ni topshirish marosimi bo’lib o’tdi.
Aytish joizki, bu yilgi “Universiada-2022” sport musobaqalari avvalgilaridan farqli ravishda yangi tartib asosida tashkil etildi. Musobaqalarning respublika final bosqichlari 15 ta sport turi boʻyicha 2022-yil 5-sentabrdan 2023-yil 31-mayga qadar 10 oy mobaynida respublikaning barcha hududlarida navbatma-navbat yuqori saviyada oʻtkazildi.
Musobaqalarda jami 96 683 nafar talaba-yoshlar ishtirok etib, yakkalik va jamoaviy bahslarda g‘oliblik uchun qizg‘in kurashishdi. Yakuniy natijaga ko‘ra, “Universiada – 2022” sport musobaqalarining umumjamoa hisobida Toshkent viloyati jamoasi faxrli 1- oʻrinni qoʻlga kiritdi. Jamoaning yuqori o‘rinni egallashida Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabalarining o‘rni beqiyos.
Bugun, universitet faolari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda Rektor G‘ofurjon Muxamedovga Prezident sovg‘asi va yoshlarni muntazam qo‘llab-quvvatlashdagi tizimli faoliyati uchun “Universiada – 2022” sport musobaqalari tashkilotchilarining tashakkurnomasi topshirildi.
Universitet rahbari g‘olib talabalarni, sport faollarini, "Pedagog" sport klubi rahbariyatini va universitet jamoasini ushbu g‘alaba bilan tabrikladi. Prezident sovg‘asini Sport va chaqiriqqacha harbiy ta'lim fakulteti yoshlariga ulashdi.
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #yangilik #новости #news
#Abituriyent
Chirchiq davlat pedagogika universiteti bakalavriat kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha Tabiiy fanlar fakulteti, San’atshunoslik fakulteti oʻtish ballari (2022/2023 oʻquv yili boʻyicha)
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission
#Abituriyent
Chirchiq davlat pedagogika universiteti bakalavriat kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha Maktabgacha ta’lim fakulteti, Boshlang‘ich ta’lim fakulteti oʻtish ballari (2022/2023 oʻquv yili boʻyicha)
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission
#Abituriyent
Chirchiq davlat pedagogika universiteti bakalavriat kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha Pedagogika fakulteti oʻtish ballari (2022/2023 oʻquv yili boʻyicha)
👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #qabul #приём #admission