⚡️Obunachilarimiz orasida Turk tilini biladiganlar ham bormi?
Kecha, yaqin do'stimiz Abdullah Eren janoblari bilan uchrashuv o'tkazgan edik. Yoshlarimiz uchun juda foydali bir loyiha yuzasidan kelishib oldik.
Yaqin oylarda Turkiyaning eng yaxshi universitetlariga muhandislik, sun'iy idrok, turizm hamda boshqa sohalarda o'qish uchun yuzlab to'liq grantlar e'lon qiladigan bo'ldik.
Shuningdek, @ibratfarzandlari loyihasi orqali turk tilini o'rgangan 30 nafar yoshlar uchun Turkiya bo'ylab bepul sayohat ham tashkil etadigan bo'ldik.
Do'stim va akam Abdullahbeyga hamkorlik uchun samimiy minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.
Ko'p yasha O'zbekiston, ko'p yasha Turkiye.
Istanbul Bosh konsulxonamiz ovoz berish jarayoni boshlandi.
Barcha yoshlarimizni kutamiz
✅ #Kelajagimizuchunovozberamiz
#XorijdagiYoshSaylovchi
#Saylov2024
🌐Telegram sahifamizga obuna bo’ling - @turkiyadagiyoshlar
🌐 Хорижда овоз бериш
🆔 Чет давлатлардаги Ўзбекистон фуқаролари сайловчилар рўйхатига кириш учун ёзма шаклда хориждаги сайлов комиссияларига ёки Ўзбекистон Республикаси Ташқи ишлар вазирлигига saylov.mfa.uz веб-сайти орқали электрон шаклда мурожаат қиладилар.
Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
Turkiyalik olim Nobel mukofoti sovrindori bo'ldi
Bu yilgi Nobel mukofotini, iqtisodiyot yo‘nalishi bo'yicha Daron Ajemo‘g‘li, Saymon Jonson va Jeyms A. Robinson oldi.
So'z o'rnida, Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms A. Robinsonning “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” kitobi Asaxiy tomonidan o'zbek tiliga o'girilib nashr qilingan.
@turkiyadagiyoshlar
🇹🇷 Talaba yoshlarimiz bilan ochiq muloqot
Turkiyaning turli universitetlarida tahsil olayotgan talaba yoshlarimiz bilan ertaga 09 Oktabr Chorshanba kuni soat 15:00da İstanbul Gelişim universiteti rektorlik binosida ochiq muloqot tadbiri bo'lib o'tadi.
Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Prezident Adminstratsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi va Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas'ul xodimlari ishtirok etadi.
Barcha yoshlarimizni ushbu ochiq muloqot dasturiga taklif etamiz.
🗓Sana: 09 Oktabr Chorshanba kuni
⏰soat 15:00
📍Manzil: İstanbul Gelişim Üniversitesi
https://g.co/kgs/JrmS6sA
🌐Telegram sahifamizga obuna bo’ling - @turkiyadagiyoshlar
🇹🇷 Turkiyaning Adana shahrida "Teknofest" festivali bo’lib o’tmoqda. Unda O’zbekiston delegatsiyasi a’zolari ham ishtirok etishmoqda
🔴 Jarayonlarni esa muxbirimiz Mamadiyor Muxtorov keng yoritib borayapti
Do’stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
✅ Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 MeningYurtim">YouTube
🏆Uluslararası Öğrenci Ödülleri 2024 başvuruları başladı ❗
👉Yarışmada yer alan kategorileri ve katılım şartlarını kontrol etmeyi unutma. 📸🎻🖋
Başvuru adresi: https://tbbs.turkiyeburslari.gov.tr/
Ayrıntılı bilgi için: https://www.turkiyeburslari.gov.tr/duyurular/uluslararasi-ogrenci-odulleri-2024-89
Son Başvuru Tarihi: 15 Kasım 2024
📱Turkiyada tahsil olayotgan talabalar loyihalarini taqdim etishdi
O‘zbekiston Milliy axborot agentligida chiqqan maqola:
https://uza.uz/oz/posts/xorijdagi-ozbek-yoshlari-bilan-uchrashuv-bolib-otdi_621537
📱Telegram 📱Instagram
Xorijdagi o'zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv
muxbir: Muxlisa Abdujalilova
#Toshkent shahri
@hududtv
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov xorijdagi barcha toshkentlik yoshlarni online uchrashuvga taklif qiladi!
🎯Uchrashuv maqsadi: Xorijda istiqomat qilayotgan toshkentlik yoshlar bilan shahar rivoji haqida davra suhbatini tashkil etish va xorijiy tajribalarga asoslangan takliflarni eshitishdir.
▶️#Видеолавҳа
Биринчи туркиялик космонавт Алпер Гезеравжининг Ўзбекистонга ташрифи ҳамда ёшлар билан учрашуви қандай ўтди?
🚀Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🌐Uzspace.uz
Prezidentimizga Turkiya oliy davlat ordeni taqdim qilindi
Turkiya Prezidenti R.T. Erdoğan: Turkiya davlatining eng oliy mukofoti "Davlat ordeni" taqdim etishdan mamnunman.
⚡️Migratsiya bo‘yicha yagona axborot platformasi yaratiladi
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo'lib o'tgan mahalliy sanoat tarmog‘idagi ichki imkoniyatlarni safarbar etish orqali aholini ishli va daromadli qilish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida joriy yilning yanvar-mart oylarida mehnat migratsiyasidan 58 ming nafar, aprelda 57 ming nafar fuqaromiz qaytib kelganligi, yil oxirigacha yana 250-300 ming nafari qaytishi prognoz qilinayotganligi aytildi.
🇹🇷 Turkiyadan saylovga chaqiriq!
Turkiyadagi barcha yoshlarimizni 27 Oktabr 2024 yakshanba kuni bo’lib o’tadigan saylovda faol ishtirok etishlarini taklif etamiz.
Ovoz berish:
Anqara elchixonamiz va Istanbul Bosh Konsulxonamiz amalga oshiriladi.
✅ Saylovda har bir ovoz muhim, unda siz ham ishtirok eting.
#XorijdagiYoshSaylovchi
#Saylov2024
🌐Telegram sahifamizga obuna bo’ling - @turkiyadagiyoshlar
📢TÜRKSAT, Türkiye’s one of the important actors of the information technologies sector, is looking for Business Development Specialist for their branch in Tashkent–Olmazor Startup Incubation Center.
Interviews will be at TalentforBIZ!
📍 Hyatt Regency Tashkent
🗓️ Oct 19, 2024/9:00-17:00
Apply now: https://www.yetenekkapisi.org/activity/shared/oaj8dyoid5nz
💫Xalqaro Karyera Tadbiri Toshkentda!
19-oktabr kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida #TalentforBiz Turkiyaning yetakchi global brendlari bilan bog‘lanish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘ling!
Imkoniyatni qo'ldan boy bermang !
talentforbiz.org saytidan hoziroq ro'yxatdan o'ting va keyingi karyera qadamingizni tashlang!
Batafsil ma’lumot uchun
______________________________
Bizni ushbu sahifalarda kuzating⏬️
🌐Instagram ✅ Facebook 🕊Twitter
🫥 "InnoWeek.Uz-2024" – Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar haftaligida ishtirokchisi bo‘ling!
✅ 14-16 noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan "InnoWeek.Uz-2024" xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida ishtirok etishni xohlaysizmi? Ilmiy-innovatsion sohada faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimiz uchun bu haftalik ajoyib imkoniyatlarni taqdim etadi: xalqaro hamkorliklar, ilm-fan va texnologiyalardagi so‘nggi yangiliklar, tajriba almashish va o‘z sohangizda yangi ufqlarni ochish uchun eng yaxshi joy!
📝Sizni ro‘yxatimizga qo‘shilish va ilmiy tadbirlarda ishtirok etish uchun so'rovnomani to‘ldiring va innovatsion kelajakni birgalikda shakllantiraylik!
🔗 Havolani bosing va ro‘yxatdan o‘ting!
🌐Telegram sahifamizga obuna bo’ling - @turkiyadagiyoshlar
🇹🇷Istanbulda talaba yoshlarimiz bilan uchrashuv
Turkiyaning turli universitetlarida tahsil olayotgan talaba yoshlarimiz bilan ertaga 27 Sentabr Juma kuni soat 16:00da İstanbul Kent Üniversitesi Taksim Kampusida uchrashuv bo'lib o'tadi.
Uchrashuvda İstanbul Bosh Konsulxonasi va O'zbekiston Musulmonlar idorasi vakillari ishtirok etib, yoshlarimizni qiziqtirgan masalalariga javob berishadi.
Barcha yoshlarimizni ushbu uchrashuvga taklif etamiz.
⏰Sana: 27 Sentabr Juma kuni soat 16:00
📍Manzil: İstanbul Kent Üniversitesi Taksim Kampüsü
https://g.co/kgs/Mwa19JE
🇺🇿”Biznes marafon” haqida
Istanbulda bo‘lib o‘tgan “Biznes marafon”dan nimalar esingizda qolgan edi?
Izohlarda yozib qoldiring!
🇺🇿Xorijdagi o‘zbek yoshlari bilan uchrashuv
Joriy yilning 31-iyul kuni Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Turkiya vakilligi tashabbusi bilan agentlikning press klub zalida “Xorijdagi o‘zbek yoshlari bilan uchrashuv” bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda xorijdagi o‘zbek yoshlarining taklif va g‘oyalari tinglandi. Turkiyada tahsil olayotgan yoshlar tomonidan loyihalar taqdimoti bo’lib o’tdi. “Karyera ofisi”, “Samarqand startaplar sammiti”, “Yosh bloger va jurnalistlar kongressi”ni tashkil etish bo’yicha loyihalar taqdim etildi. Bundan tashqari Turkiyaning Istanbul shahrida kino sohasida yoshlar bilan turli loyihalarni amalga oshirish reja qilindi.
🇺🇿O’zbek dzyudosida tarixiy natija va Parij Olimpiadasidagi ilk oltin medal!
🔥Diyora Keldiyorova Olimpiya o’yinlari chempionligini qo’lga kiritgan ilk o’zbekistonlik dzyudochi va ilk ayol sportchiga aylandi.
Barchaga tarixiy g’alaba muborak bo’lsin.
@turkiyadagiyoshlar
✅Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimovning xorijdagi vatandosh yoshlar bilan navbatdagi onlayn uchrashuvi bo’lib o’tadi.
🟢 Mazkur muloqotni tashkil etishdan asosiy maqsad, nufuzli xorijiy universitetlarda o’qish hamda ishlash istagi bilan chet elda bo’lib turgan qashqadaryolik yoshlar bilan viloyat rivoji haqida davra suhbatini tashkil etish va xorijiy tajribalarga asoslangan takliflarni eshitish hamda ularning muammolarini hal etishdir.
🟢Onlayn muloqot joriy yilning 13-iyul (shanba) kuni, O‘zbekiston vaqti bilan soat 15.00da bo‘lib o‘tadi.
✉ Onlayn muloqotda ishtirok etish uchun arizalar quyidagi @MustafayevSuhrob havolaga yuboriladi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube
Turkiyalik birinchi kosmonavt Alper Gezeravci 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan O’zbekistonga tashrif buyurdi!
Tashrif davomida kosmonavt Olmazor tumanidagi 298-maktabga borib, zamonaviy robototatexnika hamda 3D modellashtirish xonalarida “TechnoCamp” loyihasi ishtirokchilari bilan uchrashdi!
Uchrashuv davomida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarini berishdi!
Telegram | Instagram
Yoshlar oyligi doirasida Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov barcha qashqadaryolik yoshlarni online uchrashuvga taklif qiladi!
🤝Uchrashuv maqsadi: Xorijda istiqomat qilayotgan qashqadaryolik yoshlar bilan viloyat rivoji haqida davra suhbatini tashkil etish va xorijiy tajribalarga asoslangan takliflarni eshitishdir.
Türkiye Cumhurbaşkanı R.T. Erdoğan: Özbek kardeşlerimiz de zor günlerimizde yanımızda oluyorlar. Biz hep şükranla hatırlıyoruz.
Özbekistan devletine ve halkına teşekkür ediyorum
Turkiyada doktorantura uchun oʻzbekistonliklarga stipendiyalar taʼsis etiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiya Respublikasiga oliy darajadagi tashrifi doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipovni Turkiya Oliy taʼlim kengashi raisi Erol Oʻzvar qabul qildi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb va istiqbolli yoʻnalishlari xususida fikr almashildi.
Turkiya Oliy taʼlim kengashi raisi Erol Oʻzvar oʻzbekistonlik yosh tadqiqotchilar uchun Turkiya universitetlarining doktorantura bosqichida tahsil olishga stipendiyalar ajratilishi joriy yildan yoʻlga qoʻyilishini maʼlum qildi.
https://gov.uz/edu/news
Вице-президент Жавдат Йилмазни қисқа савол жавобга тутган “Уздипломат.уз”, “Қалампир” ва бошқа журналистлар Россиядаги терактдан сўнг Марказий Осиёлик муҳожирларнинг Туркияга киришга турли тақиқлар қўйилаётгани ва бу Ўзбекистонликларга ҳам турли қийинчиликлар юзага келтираётгани ҳақида гапириб, кучайтирилган хавфсизлик чоралари қачон енгиллашишига қизиқди.
“Ҳа, бу ҳақидаги барча гапларни бугун Ўзбекистоннинг тегишли масъуллари, дўстларимиз билан гаплашиб олдик. Ҳар бир мамлакат ўз хавфсизлигига эътибор қаратиши керак. Аммо бу тадбирларни қиларканмиз, ватандошлармиз, қардошларимиз муаммоларга дуч келмаслиги лозим. Бу мавзуда тегишли масъуллар бир-бирларига жуда яқин суҳбатлашиб, бу мазвуларни ўзаро гаплашиб, саволлар ва шикоятларга жуда қисқа вақтда жавоб топади”, - деб айтиб ўтди.