#Xalqaro_hamkorlik
TDSHU delegatsiyasining Minzu universitetiga tashrifi
24- yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, professor G.Rixsiyeva rahbarligidagi delegatsiya XXRning Minzu universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Minzu universiteti bilan imzolangan shartnoma bo'yicha bir qator kelishuvlar va loyihalar bo‘yicha fikr almashildi.
Minzu universitetida yangi ochilayotgan O‘rta Osiyo xalqlari etnografiyasi fakulteti ochilishi va mazkur fakultetda O‘zbek tilini o‘qitish kabi masalalar muhokama qilindi.
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
Telegram |Facebook | Youtube
Instagram|Twitter | tsuos.uz
#TDSHU_OAVda
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining XXR oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorligi haqida O‘zbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy sahifasida
https://uza.uz/uz/posts/ilm-fan-talim-sohasida-ozbekiston-hitoy-hamkorligining-yangi-davri_561119
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
Telegram |Facebook | Youtube
Instagram|Twitter | tsuos.uz
📣TA’LIM SOHASIDAGI O‘ZBEK-XITOY UNIVERSITETLARARO MUNOSABATLARDA YANGI SAHIFA
👓Xitoy Xalq Respublikasi Sinjyang pedagogika universitetida “2023-2024 o‘quv yilining qishki ta’tilida Markaziy Osiyo davlatlari mahalliy xitoy tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kursi” tashkil etildi.
👉Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
“Ibrat farzandlari”da kun yangiligi!
🇮🇳 Hindiy tili ixlosmandlarining sevimli ustozi Kamola Rahmatjonova hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti dotsenti Shirin Sadikova hammuallifligidagi “Xorijliklar uchun o’zbek tili” darsligining taqdimoti Dehli shahridagi Javaharlal Nehru universitetida bo’lib o’tdi.
✔️ Ushbu kitob o'zbek tilini o'rganmoqchi bo'lgan hindistonliklar uchun hindiy tilida yozilgan ilk o'quv qo'llanmadir.
😎 “Ibrat farzandlari” yurtdoshlarimizga faqatgina xorijiy tillarni o’rgatadi, desangiz, adashasiz, biz endi xorijliklarni o’zbekchada gapirtirish “payiga” tushganmiz!
🔵 Telegram | 🟥 Instagram
🟦 Facebook | 🔴 ibratfarzandlari?si=wzGNKrFYrjRoYTTe">YouTube
#TDSHU_OAVda
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Sayfiddin Jo‘raevning intervyusi O‘zbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy sahifasida
https://uza.uz/posts/hitoy-va-ozbekiston-buyuk-tamaddunga-ega-qadimiy-davlatlar-video_560573
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
Telegram |Facebook | Youtube
Instagram|Twitter | tsuos.uz
Pekinda mashhur "Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi" balet spektakli namoyishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu premyera Xitoy milliy opera teatri sahnasida O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida tashkil etildi.
Uch yillik gastrol safarlari davomida "Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi" spektakli Dubay, Istanbul, Bursa, Dortmund, Moskva, Parij va Sankt-Peterburgda tomoshabinlar olqishlariga sazovor bo‘lgan. Xoreograf Raimondo Rebekning yuksak mahorati hamda O‘zbekiston Milliy baleti truppasining hissiyotlarga boy ijrosi sababli qadimgi raqs yangi talqinda yog‘du sochdi.
Xorazm zaminida ming yillar davomida qadr topgan lazgi raqsi xalq ijodkorligining cheksiz imkoniyatidan hikoya qiluvchi o‘ziga xos dostondir. Lazgi – ijrochining har bir harakati, har bir imo-ishorasi, o‘tli nigohi o‘zbek madaniyatining boy tarixi va bemisl go‘zalligiga, qolaversa, ajdodlarga ehtirom timsoli sifatida namoyon bo‘ladigan lahzalardir.
Pekinda namoyish etilgan spektakl Xitoy Xalq Respublikasida O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida taqdim etildi. Yuqori darajada tashkil etilgan ushbu badiiy bayram uchun chuqur minnatdorligimni bildiraman.
Ўзбекистон-Хитой таълим форуминининг иккинчи кун йиғилишини Тяньзинь шаҳар қўмитасининг таълим бўйича ишчи қўмитаси котиби Лю Имань ҳамда Ўзбекистон Миллий Университети ректори Иномжон Мажидов очиб берди.
Тадбир давомида Тяньцзиндаги таълим бўйича тақдимот бўлиб ўтди. Тақдимотда ресурсларни тўғри тақсимлаш, профессионал таълим тизимини рағбатлантириш, «Лу Бань» устахонасини Ўзбекистонда очиш, Тяньцзиндаги илғор технологик лабораториялар тўғрисида сўз юритилди. Шунингдек, Тяньцзинда бўлиб ўтадиган Иккинчи жаҳон профессионал таълим конференциясига барча республика ОТМлари иштирок этиш учун таклиф этилди.
Форум тақдимотлари турли соҳа ва таълимнинг АКТ, муҳандислик, гуманитар фанлар, иқтисодиёт, тил ўқитиш, таълим билан ишлаб чиқаришни уйғунлаштириш каби қатор йўналишларини қамраб олди.
Тадбир натижаларига кўра, Ўзбекистон ва Тяньцзин шаҳрида жойлашган ОТМлари ўртасида турли соҳаларга доир 40 та икки томонлама шартномалар имзоланди ва тўғридан-тўғри мулоқот орқали қатор келишувларга эришилди.
Ўзбекистон-Хитой таълим форуми Тяньцзинда таълим олаётган талабалар ижросидаги ку-қўшиқлар билан якунланди.
Делегация аъзолари Тяньцзин педагогика, Тяньцзин политехника университети ва Цяньзинь технологиялар университетига ташриф буюриб, университетларнинг ўқув ва илмий лабораториялари фаолияти билан яқиндан танишди. Шунингдек, профессор-ўқитувчилар билан таълимнинг турли йўналишлари бўйича фикр алмашилди.
Ўзбекистонлик делегация, шунингдек, Тяньцзин чет тиллар университетида ташкил этилган Пекин музейи ва маданий мерос кўргазмасида бўлиб, Хитой анъаналари ва урф-одатлари билан яқиндан танишди. Бундан ташқари, таълим ва инновацияларни уйғунлаштириш стратегиясининг муҳим таркибий қисми ҳисобланган Тянкай олий таълим инновацион паркига ҳам ташриф бўлди.
Каналга аъзо бўлинг👇
@nazokat_abdukunduzova
2024-yil 15-16- yanvar kunlari Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi direktori vazifasini bajaruvchi Djamilya Gulyamova va Vestminster universiteti global hamkorlik va ishga joylashish bo‘yicha prorektori Aleksandra Huges tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida universitetda inklyuziv ta’lim tamoyillarini integratsiyalash bo‘yicha seminar tashkil etilib, unda o‘quv dasturlari materiallarini qayta ko‘rib chiqish, keng ko‘lamli ta’lim ehtiyojlarini yanada qo‘llab-quvvatlash uchun professor-o‘qituvchilar va xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
Telegram |Facebook | Youtube
Instagram|Twitter | tsuos.uz
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida sharqshunos-manbashunos olima, tarix fanlari doktori, professor, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Dilorom Yusupova bilan uchrashuv bo'lib o'tadi.
Uchrashuv 2024-yil 16-yanvar kuni, soat 14:00 da bo'lib o'tadi.
Manzil: Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 20-uy.
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
Telegram |Facebook | Youtube
Instagram|Twitter | tsuos.uz
💥💥💥
📣 SHARQDAN CHORLOV‼️
Тошкент давлат шарқшунослик университетининг азиз жамоаси!
Сизларни "14-январь - Ватан ҳимоячилари куни" муносабати билан университет катта кириш саҳнида ташкил этиладиган «Қалқон бор — қалъа бут, қўрғон — саломат»! номли тадбирга таклиф этамиз.
Байрам тадбири 15 январь, соат 11:30 да бўлиб ўтади.
Барчангизни тадбирда кўришдан мамнун бўламиз‼️
➡️@sharq_xabar
#stipendiya_tdshu
TDSHU “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi” bo‘limi universitetda ta’sis etilgan "Eng yaxshi kitobxon" maxsus stipendiyasi haqida ma'lumot beradi.
✅Arizalar joriy yilning 20-may kuniga qadar fakultet dekanatida qabul qilinadi.
✅Maxsus stipendiya universitetning bakalavriat kunduzgi ta’lim 1-3-bosqich va magistraturaning 1-bosqich talabalariga beriladi.
Maxsus stipendiyaga da’vogar talabalar uch bosqichli saralash jarayonidan o‘tadilar:
✅ 1-bosqichda talabgor TDSHU talabalari adabiyot, adiblar hayoti va ijodiga oid 50 ta test savollariga javob berishadi.
✅Har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball beriladi.
✅Test natijalariga ko‘ra 60 va undan yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar keyingi (ikkinchi) bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadilar.
✅2-bosqich “O‘zbek adabiyoti bilimdoni” yo‘nalishi;
✅3-bosqich “Mumtoz va jahon adabiyoti bilimdoni” yo‘nalishida o‘tkaziladi.
✅ 2-3-bosqich suhbat shaklida o‘tkaziladi.
✅ Kanalimizni kuzatishda davom eting!!!
👉@tdshuiqtidor
#stipendiya_tdshu
🔊 TDSHU “Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish” bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va Navoiy, Islom Karimov, Bobur nomli davlat stipendiyalari qabul haqida ma'lumot beradi!
📌 Yuqoridagi stipendiyalarga hujjatlar joriy yilning 20-iyun kuniga qadar o‘z hujjatlarini universitetning “Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish” bo‘limiga taqdim etishlari mumkin.
Talabgorlardan talab qilinadigan hujjatlar:
✅ Sinov daftarchasidan ko‘chirma;
✅ Fakultet dekani tavsiyanomasi;
✅ Kafedra mudiri tavsiyanomasi;
✅ Ilmiy rahbar xulosasi;
✅ Universitetda tahsil olish davomida e’lon qilingan ilmiy-ijodiy ishlar ro‘yxati;
✅ Universitetda tahsil olish davomida e’lon qilgan ilmiy-ijodiy ishlarining pdf nusxasi;
✅ Universitetda tahsil olish davomida erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlarning pdf nusxasi (diplom, sertifikat, faxriy yorliq va boshqalar).
✅ Kanalimizni kuzatishda davom eting!!!
👉@tdshuiqtidor
🇺🇿Oilamiz, jamoamiz, Vatanimiz, qo'rg'onimiz himoyachilari !
Mustahkam salomatlik, metindek iroda, tuganmas kuch-g'ayrat, ummondek mehr, tog'lardek g'urur hissi hamisha sizlar bilan bo'lsin!
🇺🇿Hamisha qadringiz baland bo'lsin, mard o'g'lonlar - sharqshunos yigitlarimiz!
Sizlarni ardoqlab, Gulchehra Shavkatovna
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
Telegram |Facebook | Youtube
Instagram|Twitter | tsuos.uz
TDSHUda rektor hamda doktorantlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2024- yil 13- yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori G.Rixsiyeva universitet doktorantlari, stajor-tadqiqotchilari hamda mustaqil izlanuvchilar bilan uchrashdi.
Mazkur yig‘ilishda tadqiqotchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati, bugunga qadar amalga oshirilgan ishlar hamda mavjud muammolar muhokama qilindi.
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
Telegram |Facebook | Youtube
Instagram|Twitter | tsuos.uz
#International_conference
According to the resolution of the UN General Assembly, since 2016, February 11 has been celebrated as "International Day of Women in Science"
Based on this date, on February 10, Tashkent State University of Oriental Studies is organizing IV international conference "Sustainable development: initiatives of women in science and business"
🗓 February 10, 2024
🕚 11:00 a.m.
📍 20, Amir Temur st.
✍️ Learn more
📌 Information letter
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
Telegram |Facebook | Youtube
Instagram|Twitter | tsuos.uz
🟥🟥🟥🟥🟥🟥
🗣Yangi loyiha: Jurnalistlar klubi tashkil etiladi!
🔹Siz jurnalistikaga qiziqasiz-u, faoliyatingizni qanday boshlashni bilmayapsizmi?
🔹Turli xildagi intervyu, ko‘rsatuvlar tayyorlashni xohlaysizmi?
🔹Jurnalistika bo‘yicha mahorat darslarida ishtirok etib, o‘z bilimlaringizni yanada oshirmoqchimisiz?
🔴Unda Sizni Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi Matbuot va media laboratoriya bo‘limi tomonidan tashkil etilishi rejalashtirilgan “Jurnalistlar klubi”ga taklif qilamiz.
❗️Qaysi yo‘nalishda o‘qishingizni ahamiyati yo‘q, muhimi qiziqish bo‘lsa yetarli.
☝️Klubga a’zo bo‘lish orqali siz:
↪️ushbu soha bo‘yicha o‘z bilimlaringizni turli amaliy topshiriqlarni bajarish orqali yanada mustahkamlab borasiz;
↪️mashhur jurnalistlar va blogerlarning master klasslarida ishtirok etib tajriba oshirasiz;
↪️amaliy topshiriqlarni bajarish hamda darslarda ishtirok etish orqali klubning maxsus guvohnomasiga ega bo‘lasiz.
✔️Agar siz ham “Jurnalistlar klubi”ga a’zo bo‘lish istagida bo‘lsangiz, 25-yanvar kuni soat 15:00 da Talabalar ijtimoiy-media va madaniyat maskani binosida dastlabki uchrashuvimizda kutib qolamiz.
📍Manzil lokatsiyasini ko‘rish⬅️
P.S.: Ushbu klub hozircha faqat Toshkent shahrida sinov tariqasida faoliyat olib boradi, keyinchalik boshqa viloyatlarda ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Batafsil ma‘lumot uchun quyidagi guruhga qo‘shiling.
➡️ /channel/jurnalistlarklubi
#Xalqaro_anjuman
Joriy yilning 18-20 yanvar kunlari TDSHU huzuridagi "Sharq madaniyati va merosini tadqiq etish ilmiy tadqiqot markazi" direktori Nodir Karimov Hindistonning Dehli universitetida turizm masalasiga bagʻishlangan “Sustainable development: a way towards lifelong learning” nomli xalqaro konferensiyada “Surxon vohasining turizm imkoniyatlari (Boysun tumani misolida)" mavzusidagi ma'ruza bilan ishtirok etdi.
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
Telegram |Facebook | Youtube
Instagram|Twitter | tsuos.uz
#Xalqaro_hamkorlik
🇺🇿🫱🏻🫲🏻🇨🇳Ayni paytda Pekin shahrida bo‘lib turgan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori professor Gulchehra Rixsiyeva XXRning Minzu univeristeti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik masalalarini rivojlantirish hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilinmoqda.
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
Telegram |Facebook | Youtube
Instagram|Twitter | tsuos.uz
O‘zbek milliy qo‘shiq va raqslari – Hindiston o‘quvchilari ijrosida
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti kafedra mudiri N.Xodjayeva Hindiston safari davomida Rabindranath Tagor xalqaro maktabiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida madaniy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda R.Tagor xalqaro maktab oʻquvchilari tomonidan oʻzbek tilida qoʻshiq kuylashdi va oʻzbekcha musiqa sadolari ostida raqs ijro etildi.
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
Telegram |Facebook | Youtube
Instagram|Twitter | tsuos.uz
#TDSHU_OAVda
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Sayfiddin Jo‘raevning intervyusi O‘zbekiston 24 telekanalida
"O‘zbekiston – Xitoy: o‘zaro ishonchli hamkorlik istiqbollari"
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
Telegram |Facebook | Youtube
Instagram|Twitter | tsuos.uz
🏛24-YANVAR – XALQARO TA'LIM KUNI
📚🎓Ta'lim inson – huquqi, jamoat manfaati va jamoat vazifasidir.
✅Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi ta'limning tinchlik va taraqqiyot yo‘lidagi ahamiyatini e’tirof etgan holda, 2018- yildan e'tiboran 24-yanvarni “Xalqaro ta'lim kuni” deb e'lon qilgan.
📌Ushbu rezolyutsiyada ta'lim jamiyatni rivojlantirishda hal qiluvchi rol o'ynashi va barqaror rivojlanish sohasidagi maqsadlarga erishiga xizmat qilishi e'tirof etilgan. BMTning Bosh Assambleyasi barcha davlatlarni Barqaror rivojlanish sohasidagi 4-maqsadni amalga oshirish bo'yicha sa'y-harakatlarni qo'llab-quvvatlash uchun o'zaro hamkorlikni faollashtirishga e'tiborni kuchaytirishni tavsiya qildi.
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
Telegram |Facebook | Youtube
Instagram|Twitter | tsuos.uz
2024-yil 16-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida sharqshunos-manbashunos olima, tarix fanlari doktori, professor, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Dilorom Yusupova bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda universitet professor-o'qituvchilari, doktorantlari va talabalari ishtirok etdi. D.Yusupova qoʻlyozma kitoblarni qanday o'qish, yozma manbalarni tarjima va tadqiq etish haqida ma'lumot berdi va talabalar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
Telegram |Facebook | Youtube
Instagram|Twitter | tsuos.uz
#TDSHU_xorijiy_OAVda
“Butunjahon hindiy tili” kuni munosabati bilan Hindistonning Dehli shahridagi “Adabiyot Akademiyasi”da (“साहित्य अकादेमी”)da TDSHU professori, Ulfatxon Muhibova “Oʻrta asrlar adabiyoti” (“मध्यकालीन हिंदी साहित्य”) mavzuida maʼruza qildi.
Bu haqida Hindistonning markaziy nashrlaridan birida maqola nashr etildi.
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
Telegram |Facebook | Youtube
Instagram|Twitter | tsuos.uz
2024-yil 15-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida "14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan "Qalqon bor — qal'a but, qo‘rg‘on — salomat!" nomli tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirga O'zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligining harbiy orkestri tashrif buyurib, harbiy vatanparvarlik kuy-qo‘shiqlari ijro etildi.
Shuningdek, bayram tadbiri doirasida universitetning harbiy kafedrasida tahsil olayotgan talabalar o‘zlarining jangovor chiqishlari bilan ishtirok etdilar.
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
Telegram |Facebook | Youtube
Instagram|Twitter | tsuos.uz
#stipendiya_tdshu
TDSHU “Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish” bo‘limi universitetda ta'sis etilgan "Suyima G‘aniyeva nomidagi maxsus stipendiya"si haqida ma'lumot beradi.
Tanlovda ishtirok etish uchun TDSHU talaba qizlari fakultet ilmiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosarlariga quyidagi hujjatlarni topshiradilar:
✅ sinov daftarchasidan ko‘chirma;
✅ dekan va kafedraning tavsiyanomasi;
✅ fakultet ilmiy kengashi qaroridan ko‘chirma;
✅ ilmiy (ijodiy) ishlar, ularning annotatsiyasi va taqrizlari (mavjud bo‘lsa
✅ navoiyshunoslik va ta’lim yo‘nalishidagi faoliyati (OAVda, ijtimoiy tarmoqlarda va boshqa) targ‘iboti bo‘yicha materiallar;
✅ navoiyshunoslik va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha respublika, xalqaro miqyosdagi jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar, o‘tkazilgan anjumanlardagi faol ishtirokini tasdiqlovchi hujjat (asl nusxasi).
❗️Barcha hujjatlar alohida jildga (papkaga) joylangan holda taqdim etiladi.
✅ Kanalimizni kuzatishda davom eting!!!
👉@tdshuiqtidor
#stipendiya_tdshu
TDSHU “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi” bo‘limi universitetda ta’sis etilgan "Ogahiy" maxsus stipendiyasi haqida ma'lumot beradi.
✅Arizalar joriy yilning 20-mart kuniga qadar fakultet dekanatida qabul qilinadi.
Hujjatlar:
✅ sinov daftarchasidan ko‘chirma;
✅ kafedraning tavsiyanomasi;
✅ ilmiy (ijodiy) ishlar, ularning annotatsiyasi va taqrizlari;
✅ Ogahiyshunoslik va ta’lim yo‘nalishidagi faoliyati (OAVda, ijtimoiy tarmoqlarda va boshqa) targ‘iboti bo‘yicha materiallar;
✅ Ogahiyshunoslik va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha respublika, xalqaro miqyosdagi jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar, o‘tkazilgan anjumanlardagi faol ishtirokini tasdiqlovchi hujjat (asl nusxasi).
✅Ogahiy stipendiyasi universitetning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bakalavriatning 1-3-bosqich hamda magistraturaning 1-bosqich talabalariga beriladi.
❗️Barcha hujjatlar alohida jildga (papkaga) joylangan holda taqdim etiladi.
✅ Kanalimizni kuzatishda davom eting!!!
👉@tdshuiqtidor
Aziz sharqshunos talabalar!!!
Sizlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va nomli stipendiyalar hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari uchun ta’sis etilgan maxsus stipendiyalar haqida ketma-ketlikda ma'lumot beramiz.
Ma'lumot uchun 2023/2024 o‘quv yili uchun TDSHU talabalari uchun barakali yil bo‘ldi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi 3 nafar, Navoiy nomli davlat stipendiyasi 3 nafar , Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi 1 nafar, Bobur nomli davlat stipendiyasi 1 nafar, "Suyima G‘aniyeva nomidagi maxsus stipendiya"si 4 nafar, "Ogahiy" maxsus stipendiyasi 5 nafar, "Eng yaxshi kitobxon" maxsus stipendiyasi 3 nafar jami 20 nafar iqtidorli talabalarimizga nasib etgan.
✅ Kanalimizni kuzatishda davom eting!!!
👉@tdshuiqtidor
Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 32 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги
—
Праздничное поздравление в связи с 32-й годовщиной образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днём защитников Родины
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Xalqaro_konferensiya
2024- yilning 12- yanvar sanasida Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi strategik va mintaqaviy tadqiqotlar institutlari hamkorligida "Yangi davrda Xitoy va O'zbekiston o'rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik" mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mazkur anjumanda universitetimiz rektori professor G.Rixsiyeva hamda xitoyshunos tadqiqotchilar ishtirok etdilar.
Konferensiya haqida O‘zbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy sahifasida tanishing
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
Telegram |Facebook | Youtube
Instagram|Twitter | tsuos.uz
Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳрининг ижтимоий-сиёсий ҳаётида содир бўлаётган воқеа-ҳодисалардан биринчилардан бўлиб хабардор бўлишни истайсизми?
Бу борада сизга маҳаллий давлат ҳокимияти органлари ахборот хизматларининг телеграмдаги расмий каналлари ёрдам беради.
❗️Қуйидаги ҳаволалар орқали Сиз барча ҳудудлардаги сўнгги янгиликлардан хабардор бўлишингиз ва ўзингизга маъқул келган каналга аъзо бўлишингиз мумкин.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк