😄Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Madaniyat saroyida, oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan "Boqiysan, iftixorimsan, ona tilim!" mavzuidagi badiiy-ma’rifiy bayram tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda universitet talabalari ona tilimizni tarannum etuvchi sahna ko’rinishlar, she’rlar va kuy-qo’shiqlari bilan bayramga yanada shukuh baxsh etdilar.
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube
📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
#BRM4
😄2024-yilning 17-19-oktabr kunlarida Hindistonning Banoras shahri, Banoras Hindu universitetining ayollar kollejida Hindiy adabiyotiga bag’ishlangan O’rta asr hindiy adabiyoti: ijtimoiy shakl va folklor mavzusida bo’lib o’tgan xalqaro seminarda TDSHU Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi o’qituvchisi Mo’tabar Ismatullayeva ishtirok etdi.
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
#TDSHU_OAVda
😄TDSHU professori Sayfiddin Jo‘rayev va o‘qituvchi Ibrohim Jo‘raboyev O‘zbekiston 24 telekanalida
#saylov_2024
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
#TDSHU_OAVda
TDSHU dotsenti Ravshan G'oziyev O‘zbekiston 24 telekanalida
#19oct #uzbekiston24
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
🇺🇿 “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” Respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi hamda g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov hamda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Nodir Xolbo‘tayev ishtirok etib, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini mustahkamlash, xalqaro miqyosdagi mavqesini oshirish, tilimiz va madaniyatimizni targ‘ib qilish bo‘yicha fikrlarini bildirib o‘tdilar.
Shundan so‘ng final bosqichining “Erkin mavzuda badiiy chiqish” sharti bo‘yisha ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan o‘zbek tilidagi she’r va qo‘shiqlar tinglandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, tanlov g‘oliblari bilan tanishing:
🥇1-o‘rin: Rinka Yagane (Yaponiya) Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi;
🥈2-o‘rin: Emodi Nesar Ahmad (Afg‘oniston) Termiz davlat universiteti talabasi;
🥉3-o‘rin: Vang Chao Yuan (Xitoy) Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi.
Ta’kidlash joizki, xorijlik talabalarning tilimiz jilosini madh etuvchi chiqishlari davlat tilimizga hurmatning o‘ziga xos ifodasi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, tanlov g‘oliblari mos ravishda diplom va bazaviy hisoblash miqdorining 40, 30 va 20 barobari miqdorida pul mukofotlari, faol ishtirokchilar esa sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bizni kuzating:
😄Joriy yilning 18-oktabr kuni Temuriylar tarixi davlat muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-fevraldagi 90-f-sonli farmoyishiga muvofiq akademik Bo‘riboy Ahmedov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Amir Temur va Temuriylar davri tarixi masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanda TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva boshchiligida professor-o‘qituvchilar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/secretary of TSUOS
🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
😄2024-yil 17-oktabr kuni Adiblar xiyobonida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati bilan “Milliy qadriyatlar sayli" tadbiri o’tkazildi.
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/secretary of TSUOS
🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
😄2024-yil 17-oktabr kuni TDSHUda "Research Together" loyihasi doirasida "Ilmiy maqolaning muhim elementlari: DOI, Orcid, iqtiboslik keltirish va nufuzli bazalarning umumiy interfeyslari" mavzusida navbatdagi seminar bo'lib o'tdi.
Seminarda Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig'i Nodir Karimov tadqiqotchilarga xalqaro standartlarga mos tadqiqot ishlarini yozish, tahrir qilish, Ilmiy maqolaning muhim elementlari: DOI, Orcid, iqtiboslik keltirish va nufuzli bazalarning umumiy interfeyslari haqida ma'lumot berdi.
Tinglovchilar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
😄Joriy yilning 12-oktabr kuni Toshkent davlat sharshunoslik universitetining bir guruh talabalari Universitet rahbariyatining qoʻllab-quvvatlovi hamda yoshlar ittifoqi jamoasining tashabbusi bilan sayqali ro‘yi zamin boʻlmish Samarqand shahriga sayohat qildilar.
🔥“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida o‘tkazilgan sayohatimizning eng qaynoq lavhalarini e’tiboringizga havola etamiz!
✨Keyingi sayohatlarda sizni ham safimizda ko‘rishdan xursand bo‘lamiz.
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube
📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
🏆 WikiStipendiya paramarafonida qatnashing va 45 million so‘mlik sovrinni qo‘lga kiriting!
WikiStipendiya loyihasi doirasida ilk marotaba o‘tkazilayotgan paramarafon — imkoniyati cheklangan ishtirokchilar uchun 1-iyundan 1-dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar individual tarzda qatnashadilar.
Sovrin jamg‘armasi 45 million so‘mni tashkil qiladi:
🥇 1-o‘rin — 20 million so‘m;
🥈 2-o‘rin — 15 million so‘m;
🥉 3-o‘rin — 10 million so‘m.
✍️ Ishtirok etish uchun Vikipediyada o‘z sahifangizni yarating va maqola yozishni boshlang! Bu ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — ishtirok etish uchun ayni muddao.
Sizning ishtirokingiz Vikipediyada yangi marralarni zabt etishga yordam beradi. Har qanday cheklov faqatgina yangi yutuqlar sari yo‘l ochishi mumkin! Ishtirok etishdan oldin nizom bilan tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi!
Qo‘shimcha ma’lumot uchun “WikiStipendiya marafoni” aloqa boti yoki 330007133 raqamiga murojaat qiling.
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube
📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
😄2024-yil 12-oktabr kuni TDSHU Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi katta o‘qituvchisi Boburjon Samigov Indoneziya Respublikasi Ta’lim, madaniyat, tadqiqot va texnologiya vazirligi huzuridagi Ta’limni rivojlantirish agentligi hamda Indonesian Diaspora Network Global tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan “Indoneziya diasporasi va indonezshunoslarning indonez tilini xalqarolashtirishdagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro vebinarda ma’ruza bilan ishtirok etishga taklif etildi.
🗓 Sana, 12 - Oktabr
🕑 Vaqti 16:00 – 18:00
🎦 Zoom
Meeting ID: 835 7401 2395
Passcode: IDNGLOBAL
Link: https://us06web.zoom.us/j/83574012395?pwd=fGsoOdLklFDaffKb7uaFhiMmbS66qa.1
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
#TDSHU_OAVda
TDSHU Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Nodir Karimov O‘zbekiston 24 telekanalida
«Ipak Yo’li: turizm prizmasi» xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
#11oct #uzbekiston24
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
😄Joriy yilning 11-oktabr kuni TDSHU da O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda "Ipak yo'li: turizm prizmasi orqali hamkorlik" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning 2-kuni bo'lib o'tdi.
TDSHU da o‘tkazilgan 2- sho‘ba mavzusi: Ipak yo‘lining tarixiy-madaniy merosi: dolzarb muammolar va tadqiqot istiqbollari
Konferensiya davomida Turizm tendensiyalarini tahlil qilish va rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan bir qator yirik ilmiy-tadqiqot loyihalari haqida so‘z yuritildi.
😄TDSHU Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar boshqarmasi "Research Together" loyihasi davom etmoqda.
Mavzu: Ilmiy maqolaning muhim elementlari: DOI, Orcid, iqtiboslik keltirish va nufuzli bazalarning umumiy interfeyslari
Barcha qiziquvchilar taklif qilinadi!
📆 2024-yil 17-oktabr
⏰ 15:00
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
😄2024-yilning 10-11-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan hamkorlikda “IPAK YO‘LI: TURIZM PRIZMASI ORQALI HAMKORLIK” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasiyasi bo'lib o'tmoqda.
Konferensiyaning birinchi kunida TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva boshchiligidagi universiteti vakillari ishtirok etdi.
Rektor Gulchehra Rixsiyeva konferensiya ishtirokchilarini samimiy tabriklab, ularga muvaffaqiyat tiladi.
#Live 😄Ayni paytda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Madaniyat saroyida "Boqiysan, iftixorimsan,ona tilim!" mavzuidagi badiiy-ma’rifiy bayram tadbiri oʻtkazilmoqda.
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube
📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
#BRM4
😄Joriy yilning 17-19-oktabr kunlari TDSHU professori, siyosiy fanlar doktori Shuhrat Yovqochev Rossiya Federatsiyasi Dog‘iston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Современное историческое и филологическое кавказоведение: состояние, проблемы и перспективы" mavzusidagi xalqaro konferensiyada "Генезис ислама и доисламских верований в Центральной Азии" nomli ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
#TDSHU_OAVda
TDSHU da o'zbek tilini o'rganayotgan yaponiyalik talabalar Rinka Yagame va Yuki Kadoi 2024-yil 19-oktabr kuni O'zbekiston telekanalining "Kim bilan?" ko'rsatuvida ishtirok etdilar.
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
😄Avval xabar berganimizdek Toshkentda Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida “TALENTforBIZ” xalqaro karyera tadbiri o‘tkazilmoqda.
Mazkur tadbirda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 20 ga yaqin o'qituvchi va talabalari tarjimon sifatida faol ishtirok etmoqdalar.
Tadbir kunning ikkinchi yarmi, 17:00 ga qadar davom etadi.
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube
📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
😄18-oktabr kuni TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva boshchiligida professor-o‘qituvchilar poytaxtimizdagi 133-maktabga tashrif buyurdilar.
133 maktabda TDSHU jamoasi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
1. Maktabdagi yapon tiliga ixtisoslashtirilgan sinflar uchun yapon tili darsliklari va yaponcha badiiy kitoblar o‘rin olgan kichik kutubxona tashkil etildi.
2. Maktab ma’muriyati tomonidan ajratilgan ikkita sinfxona yapon madaniyati bilan bog‘liq devoriy tasvirlar hamda yapon yozuv tizimi aks etgan suratlar bilan bezatildi.
Universitet professor-o‘qituvchilari o‘quvchilar bilan ochiq muloqotda bo‘lib, ularning savollariga javob berdilar hamda o‘quvchilarning kelajakdagi rejalari bilan tanishdilar.
😄2024-yil 18-oktabr kuni "O'zbek tiliga davlat tili" maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan Oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talaba-yoshlar o'rtasida "O'zbek tili- Qalbim tarjimoni" ko'rik-tanlovining Respublika bosqichi bo'lib o'tdi.
Unda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining xorijlik talabasi RINKA YAGANE ko'rik-tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etgan 13 nafar talabalar orasidan faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi.
“O‘zbek tili qalbim tarjimoni” tanlovi o‘zbek tiliga bag‘ishlangan tanlov bo‘lib, u tilni sevish, o‘rganish va uning boyligini keng targ‘ib qilishga qaratilgan. Bu kabi tadbirlar o‘zbek tilining rivoji va ommaviyligini oshirish, til madaniyatini keng yoyish maqsadida o‘tkaziladi.
😄2024-yil 16-18-oktabr kunlari O‘zbekistonda o‘zbek tili bo‘yicha amaliyot o‘tash uchun Hindistonning Javaharlal Neru universiteti Fors va Markaziy Osiyo tillari kafedrasi tomonidan 10 nafar talaba TDSHU ga tashrif buyurdi.
Xorijlik talabalar o‘zbek tilida o‘tiladigan Adabiyot, Tarjima nazariyasi, Tarjima amaliyoti, Xorijiy til kabi darslarda ishtirok etishni boshladilar.
17-oktabr kuni Adiblar xiyobonida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati bilan
“Milliy qadriyatlar sayli"
tadbirida ham hind talabalari qatnashdilar.
😄TDSHU Lanjou universiteti madaniyatlar almashinuvi markazi qoshidagi “Birgalikda xitoy tili va Xitoy madaniyatini o'rganamiz" to'garagi o'z faoliyatini boshladi.
💠To'garak rahbari PhD, dotsent Sultanova Lola Akmalovna
Mazkur to'garakda xitoy tili va adabiyotini o‘rganayotgan universitetning bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari ishtirok etishlari mumkin.
To‘garakda ishtirok etishni xohlovchi barcha talabalarni taklif qilamiz!
🗓Har oyning uchinchi chorshanbasi
🕑 14:00 da 310-xona
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/secretary of TSUOS
🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
▶️Sayohatimizdan tayyorlangan videorolikni e’tiboringizga havola etamiz!
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube
📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
🤝🌏👨🏫👩🏫
🇺🇿🇯🇵TDSHUga Yaponiya delegatsiyasi tashrif buyurdi.
2024-yil 12-oktabr kuni Yaponiya- O‘zbekiston Buyuk Ipak Yo‘li Fondi (JUSRF) direktori Minagawa Yoshitsugu boshchiligidagi delegatsiya TDSHU ga tashrif buyurdi.
TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyevaga yapon tili ta’limiga o‘z hissasini qo‘shgani uchun O‘zbekiston-Yaponiya Buyuk Ipak yo‘li fondi tomonidan tashakkurnoma ham topshirildi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Uchrashuvdan so‘ng, mehmonlar Yaponshunoslik oliy maktabida tahsil olayotgan talabalar bilan ham suhbatlashdi.
#BRM4
😄Joriy yilning 7-11 oktabr kunlari Turkiya Respublikasida xizmat safarida bo‘lgan TDSHU professori Poshshajon Kenjayeva hamda dotsent Dilafruz Muhiddinova 🔝1000 OTMdan biri –Anqara, Istanbul, Hajettepe, Gazi va Marmara universitetlariga tashrif buyurdilar. Shuningdek, tayanch doktorant Foziljon Rajabov tadqiqot mavzusi yuzasidan Marmara universiteti kutubxonasidan foydalandi.
Tashrif doirasida İstanbul universitetining "Turk tili va adabiyoti" kafedrasi talabalariga professor Poshshajon Kenjayeva "Özbek ve türk modern hikayesinin karşılaştırmalı analizi", dotsent Dilafruz Muhiddinova "Modern özbek kadın edebiyatı kurucusu olarak Saida Zunnunova", Anqara universitetining "Zamonaviy turkiy tillar va adabiyoti" kafedrasi talabalariga professor Poshshajon Kenjayeva "Sadakatin sembolü: Karagöz Mecnun ve Karabaş", dotsent Dilafruz Muhiddinova "Zamonaviy o'zbek adabiyotida "Sizif haqida mif" mifologiyasining badiiy talqini" mavzularida ma‘ruza qilib, universitet kutubxonasi bilan tanishdilar.
Marmara universitetida ustozlar Poshshajon Kenjayeva "Abdulla Kahhar ve Orhan Kemal hikayelerinin karşılaştırmalı analizi", hamda Dilafruz Muhiddinova "Çağdaş özbek ve arap nesrinde küçürek öykü", Foziljon Rajabov "Nurullah Genç şiirlerinde tasaffuv" mavzularida ilmiy ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.
😄2024-yil 11-oktabr kuni TDSHU da Ipak yo‘lining tarixiy-madaniy merosi: dolzarb muammolar va tadqiqot istiqbollari nomli ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
😄Joriy yilning 11-oktabr kuni TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva Istedodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasida “ O‘zbekistonning saylov transformatsiyasi” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Rektor o‘z nutqida O‘zbekiston tarixida ilk bor aralash saylov tizimi joriy etilayotgani, ya’ni deputatlar qisman to‘g‘ridan-to‘g‘ri, qisman esa partiyaviy ro‘yxatlar orqali saylanishi haqida ta’kidladi.
Shuningdek, saylov jarayonining raqamlashtirilishi va “E-Saylov” tizimining joriy etilishi natijasida shaffoflik oshirilayotgani haqida so‘z yuritdi. Ma’ruzada yangi qonunchilikka muvofiq, siyosiy partiyalarning nomzodlarida kamida 40% ayollardan iborat bo‘lishi lozimligi qayd etildi.
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Eng faol yil talabasi” tanlovini eʼlon qiladi.
🔴Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2-, 3-, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan talabalarning qayta ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
➡️Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:
😄9-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Yoshlar ittifoqi jamoasi hamda Universitet xotin-qizlar kengashi hamkorligida “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan “Kahoot” enerjayzer oʻyini boʻlib oʻtdi.
Qiziqarli savollar va energiyaga boy o‘tgan o‘yinda 30 dan ortiq jamoadan 150 ga yaqin talaba qizlar ishtirok etishdi. Yakunda g‘olib jamoalar Yoshlar ishlari agentligi tomonidan taqdim etilgan diplom va esdalik sovg‘lari bilan taqdirlandi.