tstu_online | Неотсортированное

Telegram-канал tstu_online - TDTrU_online

9985

Hurmatli TDTrU talabalari! ✔️Universitet rahbariyatiga faoliyatni rivojlantirish bo'yicha taklif, mavjud muammo va kamchiliklar haqida yozishingiz mumkin. @tstu_ONLINE_bot Sayt: tstu.uz, manaviyat.tstu.uz

Подписаться на канал

TDTrU_online

“Transport malikasi” ko‘rik-tanlovi fakultet bosqichi o‘tkazildi

🌻Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakultetida “Transport malikasi” ko‘rik-tanlovining fakultet saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda AYM fakulteti talaba-qizlaridan 5 nafari turli shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Tanlov g‘olibiYMAQ-13 Iqt guruhi talabasi Olimjonova Nozima Foziljon qizi bo‘ldi.

Ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🎉

Читать полностью…

TDTrU_online

#ATM
#ekologik_madaniyat
#hashar

Atvomobil transporti muhandisligi fakulteti Transport energetik qurilmalari kafedrasi a’zolari va Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo'nalishi talabalari Toshkent shahri, Mirobod tumanining "Fitrat" mahallasida "Ekologik madaniyat" bo'yicha targ'ibot ishlari olib borildi. Tadbir davomida targ'ibotning namunasi sifatida mahalla hududida "Ekologik hashar" tashkil etildi. Bu "Ekologik hashar"da mahallaning ko'chalarida obodonlashtirish ishlari va tozalash, darahtlarni shoxlarini butash kabi ishlar amalga oshirildi. Tadbirda kafedra professor-o'qituvchilari va talabalar faol ishtirok etishdi. Tadbirdan "Fitrat" mahalla fuqarolar yig'ini xodimlari va mahalla aholisi mamnun bo'ldilar.

Читать полностью…

TDTrU_online

#TTB
#Ijara_xonadon

📌TTB fakulteti tyutori ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida talabalar yashash sharoitlari, xonadonni isitish tizimlarining sozligi, qish mavsumiga tayyorligi, dars qilish sharoitlari, talabalarning ijara xonadonlarini toza tutishi va tozalikka rioya qilishi ko'zdan kechirildi.

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5523-savol:
Ассалому алейкум, шу пайтгача университетимизда талабалар билан корхоналардан келган масъул ходимлар уртасида рахбар ва ёшлар учрашуви булиб утди. Эътибор берадиган булсак транспорт тизимлари бошкаруви факултети талабалари учун факат темир йул корхоналаридан ходимлар келишди. Келгусида бошка корхона яъни авиация ва автомобил корхоналардан келишадими? Агар рахбарлар таклиф килинса буни умумий йуналишдаги талабалар билан хам учрашув ташкил килинишини бир нечта талабалар томонидан таклиф бермокчимиз

✅ Javob:
Temir yo'ldan boshqa soha rahbarlari bilan tashkil etilayotgan uchrashuvlarda ham ishtirok etishingiz mumkin.
Uchrashuvlar haqida e'lonlar ushbu kanal va Karyera markazi kanalida berib boriladi.

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5521-savol:
Assalom alekum men savolim navruz bayramida tatil boʻladimi

✅ Javob:
Hozircha faqat 21 mart dam olish kun ekanligi haqida rasmiy hujjat bor. Qo'shimcha dam olish kunlari haqida rasmiy manbalardan tegishli xabarni kutamiz.

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5519-savol:
Assalomu alekum. Agar bahorgi maktab bõlmasa 4-kurs talabalari yozda õqisa diplom himoyasi qay tarzda bõladi?

✅ Javob:
Kuzda alohida grafik tuziladi.

Читать полностью…

TDTrU_online

#taqdirlash

Taqdirlash marosimidan keyin ....

@tstu_online

Читать полностью…

TDTrU_online

#sport
#rektor_kubogi

Sport turlari bo'yicha Rektor kubogi musobaqalari o'tkaziladi

⚽️mini futbol
🏐voleybol
🏀basketbol
🏓stol tennisi
♟shaxmat
🤼kurash
🤽gandbol
🏸badminton
🚴‍♂️velomarafon
🤼‍♂️dzyudo

Yakkalik va jamoaviy sport musobaqalarida ishtirok etmoqchi bo'lganlar 2025 yil 5 martgacha quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin:

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSc2Ih82jQFfz_LgoHICBcEN7O4rbsWaG41Sxo04k1UlfVe7mQ/viewform?usp=header

@tstu_online

Читать полностью…

TDTrU_online

O‘zbekiston Milliy universiteti Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida 2025/2026-o‘quv yilidan o'qishni davom ettirishni istagan talabalar uchun batafsil ma'lumot

Читать полностью…

TDTrU_online

Robototexnika tanlovi

Читать полностью…

TDTrU_online

Bugun 1 – mart xalqimizning sevimli shoirasi Zulfiyaxonim tavallud topgan kun.

Har doim Zulfiyaxonim yurtimizga o‘zi bilan bahorni boshlab kiradi. Olam yangilanadi, atrof go‘zallikka, nafosatga to‘ladi. Xuddi shoira qalblarga she’riyati, dostonlari bilan yorug‘lik, ezgulik olib kirgan kabi.

Har doim bahor kirishi arafasida shoiraning quyidagi misralarini eslayman:

Hissiyotga to‘ldirib dilni,
Kengaytirib kichik ko‘ngilni,
Duolarga ijobat etib,
Tabiatni chamanzor etib,
Baxtimizdek kularmish Bahor,
Bugun tunda kelarmish Bahor...

Kirib kelgan bahor, muqaddas ramazon oyi barchamizga muborak bo‘lsin!

Читать полностью…

TDTrU_online

🌙 Ramazon oyi va Bahor faslining ilk kuni muborak bo‘lsin!

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5518-savol:
Assalomu alekum. Bahorgi maktab bõladimi? Agar bõlsa qaysi sanadan boshlanadi?

✅ Javob:
Hozircha rejalashtirilmagan. Yozgi semestr tashkil etish nazarda tutilgan.

Читать полностью…

TDTrU_online

#xushxabar

Oliy ta’lim muassasalari o’rtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining GANDBOL turi bo’yicha Toshkent shahar bosqichida universitetimiz jamoasi faxrli 1-o’rinni egalladi hamda Respublika bosqichiga yo'llanmaga ega bo'ldi.

Sportchi yoshlarimizni ajoyib natija bilan tabriklaymiz.
Keyingi bosqichda ham eng yuqori marrani zabd etishlariga tilakdoshmiz!!!

@tstu_online

Читать полностью…

TDTrU_online

#milliy_liboslar #millitstu #QurilishM

Milliy liboslar-madaniyat, millat ko’zgusi!

🇺🇿
“Muhandislik kommunikatsiyalari va tizimlari” kafedrasi professor-o’qituvchilari milliy madaniyatimiz va an’analarimizni keng targ’ib qilish maqsadida Milliy liboslar kunida faol ishtirok etishmoqda.

Читать полностью…

TDTrU_online

🎥#TTJ_Live

Talabalar shaharchasida talabalar bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazmoqda?

📗 “TTJ Live” loyihasi doirasida talabalar turar joyida kutilmagan monitoring o‘tkazildi! Ushbu loyiha orqali talabalar shaharchasidagi haqiqatni ko‘rsatish, talabalar bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazayotganini o‘rganish va ularning fikrlarini tinglash maqsad qilingan.

🔍Kuzatuv natijalari quyidagicha:
📚Ayrim talabalar kitob mutolaasi bilan band,
💻Kompyuter xonasida dars tayyorlayotganlar,
📚Xonasida mustaqil o‘qish bilan shug‘ullanayotgan talabalar,
🏓Stol tennisi o‘ynab, faol hordiq chiqarayotgan yoshlar.

Monitoring davomida:
🟢TTJ sharoitlari o‘rganildi,
🟢 Kamchiliklar va muammolar aniqlandi,
🟢 Talabalar takliflari tinglandi.

💬Siz TTJda yana qanday sharoitlar bo‘lishini istardingiz? Taklif va fikrlaringizni izohlarda qoldiring!

Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring

🕊 Telegram    📱Instagram

Читать полностью…

TDTrU_online

#ATM_fakultet_malikasi
📎Avtomobil transporti muhandisligi fakultetida talaba-qizlar o‘rtasida “Transport malikasi” ko‘rik-tanlovining fakultet bosqichi o’tkazildi.
Tanlov qiziqarli chiqishlar va murosasiz bahslarga boy bo’ldi
.
Yakuniy natijalarga ko’ra:
🥇Arslonbekova Benazirxon -114 bal
🥈Ismoilova Aziza -102 bal
🥉Tursunboyeva Dilshoda- 92 bal
🥉Maxammatova Maftuna -65 ballarni qo’lga kiritdilar.
Tanlov yakunida ishtirokchilar estalik sovg’alari hamda tashakkurnomalar bilan rag’batlantirildi.

Читать полностью…

TDTrU_online

Yakshanba kuni savollarga javob berilmaydi

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5522-savol:
mart oyi uchum stpendiya qachon tushadi

✅ Javob:
Keyingi hafta oxirida

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5520-savol:
Assalomu alaykum
Yozgi maktabda maksimal nechi kreditgacha oʻqish mumkin

✅ Javob:
Mavjud tartib bo'yicha 30 kreditgacha

Читать полностью…

TDTrU_online

#taqdirlash

Garchi marosim yakunlangan bo'lsa-da, ko'pchilikning ketgisi kelmadi...

S - sovrindor

Sovrindorlik nashidasi...😍

@tstu_online

Читать полностью…

TDTrU_online

#taqdirlash

Prezident va nomdor davlat stipendiyalari, shuningdek Transport vaziri hamda Avtomobil yo'llari qo'mitasi stipendiyalari sovrindorlarini TAQDIRLASH MAROSIMIdan fotodayjest

@tstu_online

Читать полностью…

TDTrU_online

Bahorning ilk kunida ardoqli shoiramiz Zulfiyaxonim Isroilovaning tavallud ayyomini nishonlash an’anaga aylangan.

Bugun ham “Adiblar xiyoboni” da shoira Zulfiyaxonimning 110 yilligi katta tantana bilan nishonlandi. Tadbirda Zulfiyaxonim avlodlari, taniqli shoir va shoirlar bilan bir qatorda universitetimiz Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari Ruxsora Abdullayeva va Hulkar Sherzodovalar ham ishtirok etishdi.

Читать полностью…

TDTrU_online

Yana keldi yangi kun, koʻklam,
Qushlar sayrar boʻlishib bir jam,
Nurga toʻlib bu goʻzal olam,
Mehmon boʻlib keldi gul Bahor!

Soylar oqib gʻamni yuvadi,
Yuraklarga shodlik quvadi,
Tabiat ham qoʻshiq kuylaydi,
Har yurakka kiradi, Bahor!

Hamma uygʻoq boʻlmasdan azon,
Dehqon bobo dalada sarson,
Xush kelding, ey mohi Ramazon
Eng ajoyib faslsan, Bahor!

Kongillarga kirib halovat,
Taratib olamga mehr-u saodat,
Yaxshilikka chorlaysan faqat,
Fasllarning naqshisan, Bahor!


Muallif: Iqtisodiyot fakulteti Bh-1-24 guruh talabasi Toshpulatova Charos.

Читать полностью…

TDTrU_online

Adiblar xiyobonida adabiy-ma’rifiy tadbir!

✅Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Adiblar xiyobonida unutilmas adabiy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitetimizning ijodkor va iste’dodli talabalari ishtirok etib, Maqsud Shayxzodaning hayoti va ijodi haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etdilar.

📝Yoshlar ittifoqi axborot xizmati

Читать полностью…

TDTrU_online

Муборак Рамазон ойи кириб келиши муносабати билан Ўзбекистон халқига табрик

Поздравление народу Узбекистана с наступлением священного месяца Рамазан

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

TDTrU_online

#Iqtisodiyot
#ijara

Iqtisodiyot
fakulteti tyutorlari tomonidan ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talabalarning yashash sharoitlari o‘rganilmoqda.

🏠. O‘rganishlar davomida talabalarga:
🔥— Gaz moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish;
♨️— Isgazidan zaharlanmaslik choralari;
🧯— Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni;
— Nosoz elektr asboblaridan foydalanmaslik to‘g‘risida eslatib o‘tildi.

Читать полностью…

TDTrU_online

#Aviatsiya_TMF
#milliy_liboslar

🔸Bugun universitetda Milliy liboslar kuni !

🔹Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti professor-oʻqituvchilari hamda talabalari ushbu kunda faol ishtirok etmoqda.

Sizni ham ushbu chellenjda faollikka chorlaymiz.

Читать полностью…

TDTrU_online

#TSTU
#diqqat_elon
#robototexnika_musobaqasi


🤖 Hurmatli robototexnika ixlosmandlari, Sizlarni universitet miqyosida bo‘lib o‘tadigan "Smart Transport: Robotics Competition" nomli robototexnika tanlovini jonli kuzatish uchun lutfan taklif etamiz!!!

📍Tanlov o‘tkaziladigan joy:

Universitet asosiy binosi, Faye
⏰ Tanlov boshlanish vaqti:
1-mart, soat 09:00 da

🎞️
Yuqoridagi rolik orqali tanlovga tayyorgarlik jarayoni bilan yaqindan tanishishingiz mumkin bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Web-sayt | Instagram | YouTube

Читать полностью…

TDTrU_online

🚴Toshkent shahrida xotin-qizlarning jismoniy faolligini oshirish va sportga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish maqsadida velosport musobaqasi tashkil etildi.

🇺🇿 Ushbu tadbir Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida o‘tkazildi.

🇺🇿 Velopoygada universitetimiz ayol professor-o’qituvchilar va xodimlari ishtirok etdi.

Читать полностью…
Подписаться на канал