tstu_online | Неотсортированное

Telegram-канал tstu_online - TDTrU_online

9985

Hurmatli TDTrU talabalari! ✔️Universitet rahbariyatiga faoliyatni rivojlantirish bo'yicha taklif, mavjud muammo va kamchiliklar haqida yozishingiz mumkin. @tstu_ONLINE_bot Sayt: tstu.uz, manaviyat.tstu.uz

Подписаться на канал

TDTrU_online

❓5862-savol:
Ассалому Алайкум. Архив булими каерда жойлашган?

Javob:
Avtomobil yo'llari muhandisligi fakulteti binosida

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5860-savol:
Assalauma aleykum
Bu yil bitiruvchilar uchun, bitiruv kechasi bòladimi

Javob:
Iyul oxirlariga rejalashtirilayapti.

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5858-savol:
Здравствуйте, на сегодняшний день я обучаюсь в Ферганском Политехе, на направлении "машиностроение" 2 курс. Вопрос: могу ли я осуществить перевод в Транспортный университет?

Javob:
Если один из условий подходит Вам, то можете попробовать подать заявление.

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5856-savol:
Assalamu alaykum men 4 kurs bitirdim hozir hamma narsani yopganmz iyul va avgust oylarni stependiyasi beriladimi

Javob:
Bitiruvchi kurslar uchun o'quv yili - 1 iyulgacha. Iyunda oxirgi stipendiya berildi.

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5854-savol:
Assalomu aleykum GPA ko'rsatkichi 3.5 dan yuqori bo'lgan talaba to'liq davlat grantiga talabgor bo'la oladimi

Javob:
Albatta

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5852-savol:
Assalomu alaykum. TDTrUning 2025-2026-oʻquv yilida Magistratura uchun qabul rejasi (kvotalari) e'lon qilindimi

Javob:
Yo'q

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5850-savol:
Assalomu alekum 1 semestrni gpa Balini hissoblavotkanda misol uchun:
3.13333333 bo'lsa 3.14 Deb hisoblanadimi ?

Javob:
GPA ball semestr uchun hisoblanmaydi, balki o'quv yili uchun hisoblanadi. Agar Siz aytgan holat bo'lsa, tizim 3,1 deb oladi.

Читать полностью…

TDTrU_online

📣“Yoshlar Yozgi Marafoni – 2025” loyihasi boshlandi!

😀Toshkent davlat transport universiteti Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan yozgi ta’til davomida talabalar uchun mazmunli va qiziqarli intellektual hamda ijodiy faoliyatlar tashkil etilmoqda. Loyiha talabalarning bilim, ijod, tafakkur va bo‘sh vaqtini samarali tashkil etishga qaratilgan.

📆1-iyuldan 31-avgustgacha davom etadigan marafonda quyidagi musobaqalar o‘tkaziladi:


🧠 Onlayn Zakovat – 2025
Har hafta yangi yo‘nalishlarda savollar (tarix, adabiyot, texnika va boshqalar)
📅 3-iyul – 28-avgust
👤 Diyorbek G‘ulomov📲 +998 90 360 12 07


🎬Videorolik tanlovi – “Mening qishlog‘im/shahrim”
📅1-bosqich: 1–20 iyul | 2-bosqich: 1–20 avgust
👤Mansurov Ardasher📲 +998 99 999 84 33


Onlayn Shaxmat – 2025
📅5–7 iyul | 26–28 iyul | 5–7 avgust | 26–28 avgust
👤 Baxrom Norboyev📲 +998 93 588 29 82


🔲 Onlayn Shashka – 2025
📅 5–7 iyul | 26–28 iyul | 5–7 avgust | 26–28 avgust
👤 G‘ulomov Asliddin📲 +998 91 320 54 35


📖 Kitobxonlik to‘garagi
Bolalar va talabalar uchun haftalik mavzuli o‘quv mashg‘ulotlari
📅1–29 iyul (haftada 2 marta)
👤 Shohjahon Saminov 📲+998 91 500 32 00


🎮 3-musobaqa: Online PUBG turniri
📅 Iyul – Avgust oylarida bo‘lib o‘tadi
👤Mas’ul: Sayidaxmedov Firdavs 📲+998 94 953 63 65


😎Tanlov haqida: “Yoshlar Yozgi Marafoni – 2025” loyihasi

🏅Sovg‘alar, sertifikatlar va faol talabalar uchun alohida e’tirof! Yozni bilim va ilhom bilan o‘tkazmoqchimisiz?
Unda ushbu marafon aynan siz uchun!

📝Yoshlar ittifoqi axborot xizmati

Sahifalarimizni kuzatib boring

🕊Telegram📱Instagram
📱Facebook📺TSTUYOSHLARITTIFOQI">YouTube

Читать полностью…

TDTrU_online

🎥 YOZ – IJOD VA ILHOM FASLI!
Universiteti talabalari uchun maxsus yozgi chellenj!

Yozgi ta’tilni mazmunli va ijodkorona o‘tkazmoqchimisiz? Unda #tstu_mobil chellenjida ishtirok eting!

🔘 Talablar oddiy:
☑️Yashayotgan hududingizdagi chiroyli, betakror manzarani mobilografiya qoidalariga rioya qilgan holda suratga oling!
☑️ Instagram sahifangizga yuklang va storiesda @baratovdilshod_ va @tstu_official sahifalarini belgilab, #tstu_mobil heshtegini qo‘shing!

🗓 Har haftaning oxirida eng kreativ, chiroyli va sifatli videolar mualliflari g‘olib deb topiladi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi! 🎁

🎁 Sovg‘alarni Toshkentda bo‘lsangiz 402-xonadan olib ketishingiz mumkin. Aks holda, o‘qishga qaytganingizda tayyor holatda kutib turadi!

Shoshiling! Bu imkoniyat orqali:
ijodingizni namoyon qiling
qiziqarli videolar orqali yozni yodda qolarli o‘tkazing
sovg‘a yutib oling!

💬Telegram 📒Facebook 🕸Web-sayt 📹Instagram 📹YouTube

Читать полностью…

TDTrU_online

🟦🟦🟦 🟦🟦 🟦🟦🟦 #Dolzarb90kun

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Toshkent davlat transport universitetida yozgi taʼtil davrida tashkil etiladigan to‘garaklar haqida maʼlumot.

📌 Hurmatli talabalar!
Yozgi taʼtil davrini mazmunli, qiziqarli va foydali o‘tkazishingiz uchun quyidagi fan, texnologiya, sport va ijodkorlik yo‘nalishlarida to‘garaklar tashkil etildi. Har bir to‘garak mutaxassis ustozlar tomonidan olib boriladi.

🏅 SPORT YO‘NALISHLARI:

Futbol
👤 Boboshev Zuxriddin Nasibovich
📞 93 580 41 14
📍 Joylashuv: Sport kompleksi
Vaqti: Chorshanba — 15:00

Basketbol
👤 Xegay Edem Igorevich
📞 90 024 57 79 | 📲 @LebronJames1992
📍 Joylashuv: Sport kompleksi
Vaqti: Seshanba va shanba — 9:00–11:00

Shaxmat – shashka
👤 Rustamov Kamoliddin Jo‘raboyevich
📞 +998 93 581 89 74 | 📲 @kamoliddin1982
📍 Joylashuv: Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti
Vaqti: Payshanba — 10:00–12:00

Kurash
👤 Iskandarov Jamol
📞 998 77 417 21 30 | 📲 @Jamol_19_89
📍 Joylashuv: Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti
Vaqti: Seshanba va payshanba — 10:00–11:30

🔬 FAN VA TEXNOLOGIYA:

Raketalar (Raketasozlik)
👤 Shukurova Sabohat Muratdjanovna
📞 71 299 03 91 | 📲 @Shukurova
📍 Joylashuv: Aviatsiya kafedrasi
Vaqti: Seshanba va payshanba — 11:00

Fizika-texnikaning asosi
👤 Saytdjanov Shovkat Nigmatjanovich
📞 99 795 80 34 | 📲 @Saidshovkat123
📍 Joylashuv: Temir yo‘l transporti muhandisligi fakulteti
Vaqti: Seshanba — 11:00

“Al-ximiklar” (Kimyo)
👤 Ergasheva Xikoyat Turobovna
📞 97 713 61 13 | 📲 @ErgashevaHikoyat
📍 Joylashuv: Temir yo‘l transporti muhandisligi fakulteti
Vaqti: Seshanba — 11:00

Robototexnika
👤 Sanjar Xakimov
📞 90 739 39 55 | 📲 @ShElektrotexnika
📍 Joylashuv: Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti
Vaqti: Dushanba va juma — 11:00

🌐 TIL VA IJODIY YO‘NALISHLAR:

Fly High (Ingliz tili)
👤 Yuldasheva Aziza Yuldashevna
📞 998 158 788 | 📲 @Aziza080808
📍 Joylashuv: Iqtidorli talabalar markazi
Vaqti: Seshanba, payshanba, juma — 10:00

Mobilografiya
👤 G‘ulomov Latifjon Ilyosjon o‘g‘li
📞 90 018 06 99 | 📲 @GulomovL
📍 Joylashuv: 401-xona
Vaqti: Dushanba va chorshanba — 12:00–13:00

Kitobxonlik to'garagi
👤 Saminov Shohjahon Sharifjon o'g'li
📞 +998915003200 📲@shohjahon_saminov
📍 Joylashuv: 154-maktab binosi
Vaqti: Seshanba 10:00

🎯 Sizga qiziq bo‘lgan to‘garakda ishtirok eting va o‘zingizni yangi sohalarda sinab ko‘ring!
Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun ustozlar bilan bevosita bog‘lanishingiz mumkin.

💬Telegram 📒Facebook 🕸Web-sayt 📹Instagram 📹YouTube

Читать полностью…

TDTrU_online

Президент Шавкат Мирзиёевнинг ёшлар билан учрашувдаги нутқидан иқтибослар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

TDTrU_online

Президент Шавкат Мирзиёевнинг ёшлар билан учрашувдаги нутқидан иқтибослар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

TDTrU_online

Ushbu ro'yxat egalarini bugungi quvonchli kunlari bilan muborak etamiz!
🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩 🚩🚩🚩 🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩

KANDAXOROV SANJAR ISHRATOVICH Bino va sanoat inshootlari qurilishi kafedrasi Dosent
Baymatov Atxam Axmedaliyevich Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring boʻlimi Boʻlim boshligʻi
Mir Axmedova Guzal Mirabdullayevna Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi boʻlim boshligʻi
TOSHEV BOBUR BOYMUROD O‘G‘LI 4-kurs TVL-12
RAMATXO‘JAYEV ABBOSXO‘JA AUYEZXO‘JA-O‘G‘LI 3-kurs TVV-9r
BOBONOROV ALIMARDON NURALI O‘G‘LI 2-kurs MST-6
G‘AYBULLOYEV FARIDDIN FARRUXJON O‘G‘LI 1-kurs MST-1-24
RAXMONOV JASURBEK XOLMUROD O‘G‘LI 3-kurs TVA-10
XOLBEKOV AZIZJON MAXAMMATOVICH 3-kurs AS-5
EGAMQULOV SHERNOZ XABIBULLO O‘G‘LI 4-kurs HKTE-5
SODIQOV BOBURJON SOBIRJON O‘G‘LI 1-kurs AKT-1-24
JAHONOV ANVAR AKBAR O‘G‘LI 3-kurs TLA-6
BESHIMOV DIYORBEK LUTFULLA O‘G‘LI 4-kurs TLA-5a
IDRISOV SHARIFJON LAZIZJONOVICH 2-kurs TLT-13r
KALBAYEV MUXITDIN MUXTOR O‘G‘LI 1-kurs HTA 9-24r
ISMOILOV SOHIBJON HAMRO O‘G‘LI 2-kurs MN-3
NOSIROV OZODBEK ABDULATIF O‘G‘LI 2-kurs BHTM-3
DANABAYEVA ZARNIGOR BAXTIYOR QIZI 3-kurs KB-2
MIRXALILOV MIRABBOS MIRXAMID O‘G‘LI 2-kurs KB-3
MAXMATQULOV JALOLIDDIN TOHIR O‘G‘LI 1-kurs IQ-3-24
G‘ULOMJONOV SARVARBEK ILHOMJONOVICH 1-kurs IQM-2r
PARDAYEV SHAHRUZBEK G‘OLIBJON O‘G‘LI 1-kurs IQM-2r
FAYZIYEVA SHODIYONA FAXRIDDIN QIZI 1-kurs AT-11-24
ABDULLAYEV MUHIDDIN NURULLA O‘G‘LI 2-kurs GGI-1
OBIDOV DIYORBEK ZAYNIDDIN O‘G‘LI 4-kurs RQ-4
OMIRBEKOV AZIZBEK MURATBEK ULÍ 3-kurs RQ-6
KADAMBAYEV ZAFARBEK RAVSHANBEKOVICH 2-kurs RQ-8
ABDUMANNOPOVA ROBIYA DAVRONBEK QIZI 1-kurs TK-2-24
AYTBAYEV OG‘ABEK RAXAT UG‘LI 1-kurs ETM-3-24
ABDIHAKIMOV BEKZOD G‘OFUR O‘G‘LI 5-kurs SMST-1
KDIRBAYEV MURAT YESEMURAT ULI 5-kurs SHKTE-1
SHAMSHIDINOV BEXZODBEK ILXOMJON O‘G‘LI 5-kurs SEM-1
OTAMURODOV DAVLATMUROD SHOXZOD O‘G‘LI 4-kurs SIQT-1a
A'LAMXO'JAYEV SAIDAMIR SAIDAZIM O'G'LI 3-kurs STF-6r
UMAROVA MADINA SHUHRATOVNA 4-kurs STF-2r(a)
UROLOV DIYORBEK OLIM O‘G‘LI 2-kurs STF-9
ISLOMOV XOJIAKBAR SHUXRAT O‘G‘LI 4-kurs SAB-5
ABDIMURODOV BEKZOD BOXODIR O‘G‘LI 3-kurs SAB-8
AXMEDOV SARDOR SOBIR O‘G‘LI 3-kurs SEE-8r
SAMANDAROVA POSHSHAJON SARDORBEK QIZI 4-kurs SRQT-2r (a)
SHARIPOV MUHAMMAD QUDRATOVICH 4-kurs STLA-5
XOSHIMOV ALISHER AVAZBEK O‘G‘LI 4-kurs STVA-5p(a)
ISMATOV IBROXIM DILSHOD O‘G‘LI 3-kurs STVA-11a
OMONOV ASADBEK ANVAR-O‘G‘LI 2-kurs STVA-16
NAJMIDDINOV AKBAR BOTIR O'G'LI 3-kurs STVL-11r
XOSHIMOVA SAODAT NURIDDINOVNA 4-kurs SYHT-7a
ISHANKULOV KAMALBEK DJAMALOVICH 4-kurs SYHT-9b
IBRAGIMOV HASAN SHUHRAT O‘G‘LI 4-kurs SYKT-1
RAVUSHANOV DOSTONBEK FARXOD O‘G‘LI 4-kurs SYMAE-3
TUXTABOYEV JAXONGIR KOMIL O‘G‘LI 2-kurs SYMAE-8a
G‘OFUROV NAZAR ABROROVICH 4-kurs SYMAQ-1
BOBONAZAROV SHERZOD BERDIMURODOVICH 5-kurs STLT-3a 2-OTM
KAMULOV DILSHOD FARXOD O‘G‘LI 5-kurs STVL-2
QURBONMURODOV JASUR RUSTAM O‘G‘LI 1-kurs STVK-1-24
AMONOV BOBURJON NODIR O‘G‘LI 1-kurs STVL-4-24
MIYLIYEV MA’MURJON DILMUROD O‘G‘LI 1-kurs STJA-3-24
TURSUNOV BEKZOD IMOMJONOVICH 1-kurs SYMAE-3-24
ABDIRAZAKOV BERDAX BAZARBAYEVICH 1-kurs SEGM-1-24
SIDIKOV AZAMAT NURMAXAMMADOVICH 1-kurs SBH-3-24
ESHMAMATOV JAVOHIR AKBAR O‘G‘LI 1-kurs SAI-2-24
TEMIROV ASROR BAXTIYOR O‘G‘LI 1-kurs SAI-2-24
UMARQULOV ASILBEK SHERALI O‘G‘LI 1-kurs SYU-2-24
QALIBAYEVA AYZADA MIRZABAY QIZI 1-kurs MET-6
TASHPULATOV BAXROM ABDURAXIMOVICH 2-kurs 18Б
G‘AYBULLAYEV MUHAMMADRASUL KAMOLIDDIN O‘G‘LI 1-kurs 38B-23
QOSIMOV ABRORJON AHMADJON O‘G‘LI 1-kurs 44B-23
KARIMBOYEV SANJARBEK O‘TKIR O‘G‘LI 3-kurs YMAE-8
SALOHIDDINOV NOZIMJON BOTIRJON O‘G‘LI 4-kurs YMAS-2 (r)

Читать полностью…

TDTrU_online

🎓 DIQQAT! IQTIDORLI TALABALAR UCHUN YANGI IMKONIYAT!

“Dolzarb 90 kun” doirasida “Bir talabaga – bir loyiha” nomli yozgi startap-to‘garagiga qabul boshlandi!

Agar sizda:
✅ innovatsion fikrlar bo‘lsa,
✅ o‘z loyihangizni yaratishni istasangiz,
✅ startap dunyosiga qadam qo‘ymoqchi bo‘lsangiz — ushbu imkoniyat aynan siz uchun!

📌 Mashg‘ulotlar qachon?
📅 Har dushanba va chorshanba
🕙 Soat 10:00 dan
📍 451-auditoriya, TDTU

💡 Sizni nimalar kutyapti?
🔹 Startap va loyiha yaratish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar
🔹 Tajribali mentorlar va trenerlar bilan ish
🔹 Yakunda — loyiha himoyasi, sertifikat va imkoniyatlar!

📬 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot uchun: @T5ttt56
🚀 Loyihangizni boshlash vaqti keldi!

Читать полностью…

TDTrU_online

🔴🟦🟦

30-iyun Yoshlar kuni va O’zbekiston Kasaba uyushmalariga 120-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan sport musobaqalarini taqdirlash marosimiga tayyorgarlik jarayoni

💬Telegram 📒Facebook 🕸Web-sayt 📹Instagram 📹YouTube

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5861-savol:
Men hamma fanlarimni 4 hamda 5 baholariga yopdim. Lekin bizga davlat granti ajratilmagan. Shunga rektor granti ga qanday tartibda ariza topshirsam bo’ladi? qachon ariza ko’rib chiqiladi? Tstu.uz dan topshiramizmi uniyam

Javob:
Yaqin orada bu masala bo'yicha ma'lumot beriladi, Kanalni kuzatib boring.

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5859-savol:
Assalovmu alaykum men 4 kursda uqiyman men yozgi maktabda 2 fandan qolib GP balim yetmay qoldi diplomga kirishga. Avgust oyida 4 kurslarga yana yozgi maktab bo'ladimi javob uchun oldindan raxmat

***
Murojaatim shundan iboratki ,men 5-kurs talabasiman , Yakuniy davlat imtixonlaridan qoniqarsiz baho oldim.keyingi imkoniyat beriladi? Keyingi imkoniyat berilishi aniqmi?U qanday tartibda bo'ladi?

Javob:
Kuzda rejalashtirilayapti.

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5857-savol:
Asalomu aleykum unversetda masofaviy talim yolga qoyiladimi bu yil

Javob:
Universitetda masofaviy ta'lim mavjud:
https://tstu.uz/uz/page/75

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5855-savol:
Men 2kurs talabasiman va 3kursdan sirtqi ta'limga o'zgartirmoqchiman. Buning uchun GP ball 2.8dan baland bo'lishi kerakmi

Javob:
Sirtqi ta'lim shaklida mos ta'lim yo'nalishi bo'lishi talab etiladi.

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5853-savol:
FVV dan ishliman.

Magistraturaga hujat topshirish qachondan boshlanadi ? Qabul qilinsa qaysi oydan öqish boshlanadi ?

Javob:
Magistraturaga hujjatlar qabuli kvota tasdiqlanishi bilan boshlanadi va 30 iyulgacha davom etadi. O'qish sentabrdan boshlanadi.

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5851-savol:
Assalomu alaykum javop uchun oldindan raxmat men 2024-yil uqiwimni muzlatgan edim endi uni qanday tilayman universitetga boriw kerakmi yoki onlayin tiklasa ham buladimi

Javob:
15 iyuldan 05 avgustgacha transfer.edu.uz orqali ariza berishingiz mumkin.

Читать полностью…

TDTrU_online

❓5849-savol:
Assalomu alaykum. Ta'lim grandi dasturi bakalavr hamda magistratura bosqichidagi talabalarni barchasi uchunmi?

Javob:
Bu o'quv yilidagi bakalavr va magistr 1-kurs talabalariga taalluqli.

Читать полностью…

TDTrU_online

#teatr

O‘zbekiston Davlat satira teatrida tashkil etilayotgan “Totli ro‘yolar” spektakl namoyishiga barchani taklif qilamiz.

Hurmatli professor-o‘qituvchi (tyutorlar)va talabalar!
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar komissiyasining 2025-yil 30-iyundagi №04-908-sonli xatiga asosan joriy yilning 2-iyul kuni soat 16:00da O‘zbekiston Davlat satira teatri tomonidan giyohvandlik va narkojinoyatlarning ayanchli oqibatlarini yorituvchi “Totli ro‘yolar” nomli spektakl o‘tkazilishi belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston Davlat satira teatrida tashkil etilayotgan “Totli ro‘yolar” spektakl namoyishiga barchani taklif qilamiz.
Eng asosiy spektakl namoyishiga kirish bepul

💬Telegram 📒Facebook 🕸Web-sayt 📹Instagram 📹YouTube

Читать полностью…

TDTrU_online

#Dolzarb90kun

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Ingliz tili to'garagi faoliyati yurutilmoqda


Iqtisodiyot fakulteti, "Chet tillar" kafedrasi assistenti A.Y. Yuldasheva tashabbusi bilan ingliz tili to‘garagi muvaffaqiyatli davom etmoqda!

To‘garakda talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bilan birga, ingliz tilida erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini ham jadal rivojlantirmoqda.
Har bir dars — bu yangi so‘zlar, yangi fikrlar va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘z ustingizda ishlash imkoniyati!

Читать полностью…

TDTrU_online

Президент Шавкат Мирзиёев: Фарзандлари билимли, соғлом, мард ва жасур, доимо олдинга интилиб яшайдиган халқ ва давлатнинг келажаги албатта ёруғ бўлади.

Президент Шавкат Мирзиёев: Народ и государство, имеющее образованных, здоровых, смелых и отважных детей, устремленных только вперед, ждет счастливое завтра.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

TDTrU_online

Президент Шавкат Мирзиёевнинг ёшлар билан учрашувдаги нутқида илгари сурилган ташаббуслар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

TDTrU_online

Президент Шавкат Мирзиёевнинг ёшлар билан учрашувдаги нутқида қайд этилган асосий натижа ва ютуқлар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

TDTrU_online

#Vatanga_qasamyod

Milliy ruh, sadoqat va sharaf daqiqalari:


Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi bitiruvchilari Vatanga qasamyod qabul qildi

Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida unutilmas daqiqalar guvohi bo‘lindi. O‘quv yilini muvaffaqiyatli tamomlab, yakuniy attestatsiya imtihonlarini yorug‘ yuz bilan topshirgan 700 nafardan ortiq kursantlar yurt oldida Vatanga sadoqat qasamyodini qabul qilishdi.

Tadbirda Mudofaa vazirining tarbiviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, general-mayor Qarshiyev Hamdam Aliqulovich ishtirok etib, yoshlarga Vatanga sadoqat, fidoyilik va harbiy burchni sharaf bilan ado etish borasida samimiy tilaklarini bildirdi.

Tantanali marosimda nufuzli mehmonlar, turli jamoat tashkilotlari vakillari, faxriylar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, shuningdek, bitiruvchi kursantlarning ota-onalari ham ishtirok etdi. Ular yoshlarga sobit iroda, qat’iyat va mas’uliyat tilab, ularning hayotidagi muhim burilish nuqtasi — Vatanga qasamyod qilish oniga guvoh bo‘lishdi.

Qasamyod marosimi harbiylik, g‘urur va milliy iftixor ruhida o‘tdi. Bu ulug‘ qadam — yoshlarning nafaqat o‘z hayoti, balki yurt tinchligi va xalq farovonligi yo‘lida mas’uliyatni zimmasiga olishidir.


💬Telegram 📒Facebook 🕸Web-sayt 📹Instagram 📹YouTube

Читать полностью…

TDTrU_online

🔴🟦🟦

30-iyun Yoshlar kuni va O’zbekiston Kasaba uyushmalariga 120-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan stol tennisi bo’yicha ishtirok etib, 1-o’rinni “Amaliy mexanika” kafedrasi assistenti Shamsiyev Murod qo’lga kiritdi

💬Telegram 📒Facebook 🕸Web-sayt 📹Instagram 📹YouTube

Читать полностью…

TDTrU_online

#ijara

Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori D.X. Baratov talabalar yashayotgan ijara xonadonlariga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida ijara xonadonida talabalarga yaratilgan shart sharoitlar o‘rganildi.
Shuningdek, talabalarga  tozalik, ozodalik haqida tushuntirish ishlari olib borilib, talabalarning vaqtini samarali o‘tkazish maqsadida kitob o‘qish, universitetda tashkil etilgan turli to‘garaklar va sport seksiyalarida  qatnashishlari bo‘yicha takliflar berildi.

🏠  O‘rganishlar davomida talabalarga:
🔥— Gaz moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish;
♨️— Isgazidan zaharlanmaslik choralari;
🧯— Yong‘in xavfsizligi qoidalari;
🧼— Sanitariya-gigiyena qoidalari;
❌— Nosoz elektr asboblaridan foydalanmaslik to‘g‘risida eslatib o‘tildi.

Читать полностью…
Подписаться на канал