TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI RASMIY TELEGRAM KANALI Veb-sayt: tstu.uz Facebook: facebook.com/tstu.official Instagram: instagram.com/tstu_officialpage Youtube: youtube.com/channel/UCnqWO7QMu5FZrPQkRk2hTXg Tezkor: @tstu_news
#Qabul2025 #Magistratura
🖥 Magistraturaga 2025/2026 o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda
✅ 2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
ℹ️ Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#bu_qiziq
3D printerda chop etiladigan eng yirik qurilish loyihasi
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
⚡️2025/2026-o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislikka qabul davom etmoqda
2025/2026-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.
▪️Bunda nomzodlar platformada:
➖oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
➖hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.
☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#kun_tarixi
1997-yil 21-iyulda AQShda Blue Water koʻprigi ochilgan
21 июля 1997 года в США был открыт Blue Water Bridge.
🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#muhandislik #Ginnes #yoshlar_akademiyasi
Yangi O‘zbekiston yoshlari bilan muhandislik sohasida GINNES rekordini o‘rnatamiz!
Toshkent davlat transport universiteti yoshlari tarix yaratishga va GINNES rekordida iz qoldirishga bel bog‘ladi!
🛠 Biz — transport sohasining kelajagini shakllantirayotgan bilimdon, ilg‘or va ixtirochi yoshlarmiz.
Biz Ginnes rekordini yangilaymiz, O‘zbekiston nomini dunyoga tanitamiz va tarixga muhrlaymiz!
📌 Reja: 25 daqiqada 2 000 ta robot
🎯 Maqsad: Ginnes rekordini o‘rnatish!
Agar siz:
✔️ Texnologiya va innovatsiyalarga qiziqsangiz
✔️ 15–20 yosh oralig‘ida bo‘lsangiz
✔️ Yangi O‘zbekiston yoshlari safida tarixga kirishni istasangiz — bizga qo‘shiling!
📲 Ro‘yxatdan o‘ting: missiya.edu.uz
🗓 Muddat: 25-iyulgacha
🚀 Keling, birgalikda Yangi O‘zbekiston yoshlarining salohiyatini namoyon qilaylik.
Murojaat uchun: @eldorilhomovich
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#kun_tarixi
1900-yil 19-iyulda Parij metrosining birinchi liniyasi ochilgan
19 июля 1900 года была открыта первая линия парижского метро.
🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Chexiyaning Škoda Group kompaniyasi bilan ta’lim, amaliyot va sanoat hamkorligi yo‘lga qo‘yilmoqda
👉 Batafsil
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#bu_qiziq
Germaniyada sinov poyezdi yangi tezlik rekordini oʻrnatdi
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Yosh olimlar va tadbirkorlar o‘rtasida ilk uchrashuv – amaliy hamkorlik sari qadam
Toshkent davlat transport universiteti olimlari va talabalari Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan tashkil etilgan yosh olimlar va tadbirkorlar uchrashuvida ishtirok etib, innovatsion g‘oya va tashabbuslarini ilgari surishdi.
👉 Batafsil
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#kun_tarixi
1989-yil 17-iyulda B-2 Spirit ilk parvozini amalga oshirgan
17 июля 1989 года B-2 Spirit совершил свой первый полет.
🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#Aviatsiya #KAU_Yozgi_maktab
Universitetimizda Koreya Aerokosmik Universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Yozgi maktab jarayonlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
“Xalqaro akademik tajriba almashinuvi” dasturi doirasida Toshkent davlat transport universiteti Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti talabalari va Koreya Aerokosmik Universiteti talabalari hamkorligida Yozgi maktab jarayonlarining 2024/2025-o‘quv yili uchun tayyorlangan dasturi asosida ochilish marosimi tashkil etildi.
Ochilish marosimida Toshkent davlat transport universiteti rahbariyati, Koreya Aerokosmik Universitetidan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar hamda ikki universitetning aviatsiya sohasi talaba-yoshlari ishtirok etdi. Uchrashuv yakunida mehmonlar uchun universitet bo‘ylab sayohat tashkil etildi.
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti professor-o‘qituvchilari Xitoyning Nankin Politexnika institutida stajirovka o‘tamoqda
👉 Batafsil
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#kun_tarixi
1909-yil 16-iyulda Audi kompaniyasi tashkil etilgan
16 июля 1909 года была основана компания Audi
🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Transport universiteti talabasi EURAS NextGen Ijroiya Kengashi Prezidenti etib saylandi
Barqaror rivojlanishga bo‘lgan ishtiyoqi, kuchli yetakchilik qobiliyati va xalqaro miqyosdagi faolligi tufayli Toshkent davlat transport universiteti talabasi Go‘zal Sobirova EURAS NextGen Ijroiya Kengashi Prezidenti etib saylandi.
Go‘zal 2024-yilda BMTning 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlariga xizmat qiluvchi EURAS NextGen hamjamiyatiga a’zo etib taklif qilingan edi. U qisqa vaqt ichida bilimdonligi va tashabbuskorligi bilan ajralib turdi va hamjamiyat ishonchini qozondi.
Prezident sifatida Go‘zal yoshlar uchun g‘oya almashish, o‘rganish va barqaror kelajak uchun harakat qilishga xizmat qiluvchi xalqaro tadbirlarni tashkillashtirish bilan shug‘ullanadi.
EURAS NextGen – Yevrosiyo universitetlari assotsiatsiyasi (EURAS) doirasida faoliyat yurituvchi talabalar platformasi bo‘lib, Ijroiya Kengashining maslahat organi sifatida xizmat qiladi.
Go‘zal Sobirovani ushbu yutuq bilan tabriklaymiz! Bu nafaqat shaxsiy, balki universitetimiz uchun ham muhim yutuqdir.
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Transport taʼlimida global hamkorlik: Tianjin universiteti bilan qo‘shma model
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri – “Top-500” talik xorijiy universitetlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish hisoblanadi. Shu doirada Transport universiteti delegatsiyasi Xitoyning Tianjin universiteti bilan muhim kelishuvga erishdi.
QS reytingida TOP-300 talikka kirgan Tianjin universiteti va Tianjin dengizchilik kolleji bilan “3+1” qo‘shma ta’lim modeli bo‘yicha uch tomonlama hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Hamkorlik doirasida:
- talabalar 3 yil Toshkentda, 1 yil Tianjinda o‘qiydi;
- faol talabalar magistraturaga grant asosida o‘qishga kirish imkoniga ega bo‘ladi;
- o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar, qo‘shma laboratoriyalar tashkil etiladi.
#kun_tarixi
1959-yil 22-iyulda AN-10 samolyoti ilk xizmat parvozini amalga oshirgan
22 июля 1959 года Ан-10 совершил первый служебный полет.
🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#Aviatsiya_TMF #KAU_Yozgi_maktab
Koreya Aerokosmik Universiteti talabalari “Yozgi maktab” doirasida Transport universitetida amaliyot o‘tamoqda
Xalqaro akademik tajriba almashinuvi dasturi doirasida Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti va Koreya Aerokosmik Universiteti talabalari hamkorligida 2024/2025-o‘quv yili uchun tayyorlangan “Yozgi maktab” dasturining amaliyot jarayonlari olib borilmoqda.
Dastur ishtirokchilari “Paraplanda uchish”, “Dron yig‘ish va uni uchirish” kabi loyihalarda faol qatnashmoqda.
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#Hafta_videodayjesti
Toshkent davlat transport universitetining oʻtgan haftadagi eng muhim xabarlari 60 soniyada
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Transport universiteti va Xitoyning Flying Pi kompaniyasi transport texnologiyalari bo‘yicha qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yadi
Toshkent davlat transport universiteti vakillari Xitoyning Guangdong Flying Pi Technology kompaniyasiga xizmat safari bilan boʻldi. Delegatsiyaga universitet prorektori professor Baxodir Turayev rahbarlik qildi. Uchrashuvda “Binolar va inshootlar” kafedrasi mudiri Ne’matjon Muhammadiyev, Guanchjou shahridagi Bosh konsullik vakillari, shuningdek, MDH davlatlari xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik alyansi bosh kotibi ishtirok etdi.
Muloqot davomida “Havo Ipak yo‘li” tashabbusining O‘zbekiston transport strategiyasi bilan uyg‘unligi, texnologik hamkorlik, ilmiy-tadqiqot ishlari va kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Toshkentda tayanch platforma tashkil etish va Markaziy Osiyoni qamrab oluvchi regional markaz yaratish rejalari bildirildi.
Uchrashuv yakunida Toshkent davlat transport universiteti va Flying Pi kompaniyasi o‘rtasida strategik hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi.
Maʼlumot uchun: Flying Pi kompaniyasi past balandlikdagi havo hududlarida yo‘lovchi va yuk tashish tarmoqlarini shakllantirish, ekologik toza aviatsiya infratuzilmasini rivojlantirish hamda bespilot texnologiyalar bo‘yicha faoliyat yuritayotgan yirik innovatsion markaz hisoblanadi.
Aviatsiya injiniringi kafedrasi oʻqituvchilari Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro xakatonda muvaffaqiyatli ishtirok etdi
👉 Batafsil
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#bu_qiziq
Lyuks segmentdagi suv osti transporti
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#kun_tarixi
1966-yil 18-iyulda Gemini 10 kosmik kemasi uchirilgan
18 июля 1966 года состоялся запуск космического корабля «Джемини-10».
🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Xitoyning Shensi provinsiyasi hukumati tomonidan O‘zbekiston yoshlari uchun 1,8 million AQSh dollari miqdorida ta’lim granti ajratildi
Avval xabar berganimizdek, 2025-yil 3-iyun kuni Toshkent davlat transport universitetida O‘zbekiston – Xitoy transport fakulteti ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu tadbir doirasida Xitoyning Shensi provinsiyasi delegatsiyasi, jumladan, gubernator Zhao Gang hamda Changan universiteti rahbariyati universitetga tashrif buyurgan.
Bugungi kunda mazkur tashrif va uzoq yillik muzokaralar o‘zining amaliy natijasini berdi. Shensi provinsiyasi hukumati tomonidan Toshkent davlat transport universitetiga ajratilgan grantlar orqali o‘zbekistonlik yoshlar Changan universitetida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Ta’lim granti umumiy qiymati 13 million yuanga (taxminan 1,8 million AQSh dollari) teng bo‘lib, 10 nafar PhD, 40 nafar magistratura va 60 nafar bakalavr bosqichi talabalarini qamrab oladi. Dasturlar 1+1 magistratura va 2+2 bakalavriat shaklida amalga oshiriladi.
Mazkur grant dasturi O‘zbekiston–Xitoy ta’limiy hamkorligining muhim natijasi bo‘lib, yoshlarimizga xalqaro tajriba, zamonaviy bilim va nufuzli diplomga ega bo‘lish imkonini yaratadi.
Ma’lumot uchun:
Changan universiteti — Xitoyning Shensi provinsiyasida joylashgan, transport, muhandislik, qurilish, avtomobilsozlik va yo‘l infratuzilmasi sohalarida ixtisoslashgan yetakchi texnik oliy ta’lim muassasasi. Universitet QS World University Rankings 2026 reytingida 801–1000 o‘rinlar oralig‘ida qayd etilgan.
Bugungi kunda bu universitetda 36 mingdan ortiq talaba, jumladan, ko‘plab xorijlik yoshlar tahsil olmoqda.
📣 Mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar qabuli boshlandi
2025-yil 15-iyuldan boshlab mustaqil izlanuvchilikka o‘qishga hujjatlar qabuli boshlandi. Jarayon 1 oy davom etadi.
📌Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
✔️Oliy taʼlim muassasasining magistratura diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun) haqida hujjat, yoxud mutaxassislik dasturi bo‘yicha oliy maʼlumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi (Eslatma: agar diplom ma’lumotlari elektron tizim orqali integratsiya qilingan bo‘lsa, nusxa topshirish majburiy emas);
✔️Kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis (nusxalari yoki havolalari bilan birga);
✔️Qisqacha biografik maʼlumotnoma;
✔️Ish joyidan tavsifnoma.
#bu_qiziq
Ilk marotaba haydovchisiz avtomobillar ijaraga beriladi
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#oav_biz_haqimizda
Oʻzbekiston 24 | Toshkent davlat transport universitetida «Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida talabalar, mahalla va maktab yoshlari uchun tadbirlar boʻlib oʻtmoqda
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
⚡️Oʻqishni ko‘chirish uchun onlayn arizalar qabul qilinmoqda
2025/2026-o‘quv yili uchun respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
➖ 2 ta uzrli sababga ko‘ra, respublikaning bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida – “transfer.edu.uz”;
➖ xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga – “my.uzbmb.uz”.
Arizalar 2025-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari yuqoridagi rasmda.
#bu_qiziq
Dunyodagi eng tezkor poyezd prototipi
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
📚 “100 Kitob” — Bilim sari, G‘alaba sari!
📖 Bilimga chanqoqmisiz? Yangi ma’lumotlarga oshno bo’lishni istaysizmi? Unda bu loyiha aynan siz uchun!
Maqsud Shayxzoda – “Mirzo Ulug‘bek”. Ushbu asar buyuk alloma, astronom va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan bo‘lib, Maqsud Shayxzoda tomonidan tarixiy-badiiy uslubda yozilgan.
‼️ Ishtirok etish juda oson
1️⃣ Kitobni diqqat bilan o‘qing
2️⃣ Har kuni @TDTrU_ARM kanalida e’lon qilinadigan test savollariga 10:00–22:00 oralig‘ida javob bering
3️⃣ Hafta oxirida @Quiz_bot orqali yakuniy testni topshiring va ball to‘plang
🏆 Bu kitob iyul oyida 3-kurslar uchun tavsiya etiladi
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#kun_tarixi
1954-yil 15-iyulda Boeing 367-80 samolyoti ilk parvozini amalga oshirgan
15 июля 1954 года Боинг 367-80 совершил свой первый полет.
🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News