TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI RASMIY TELEGRAM KANALI Veb-sayt: tstu.uz Facebook: facebook.com/tstu.official Instagram: instagram.com/tstu_officialpage Youtube: youtube.com/channel/UCnqWO7QMu5FZrPQkRk2hTXg Tezkor: @tstu_news
📚 “100 Kitob” — Bilim sari, G‘alaba sari!
📖 Bilimga chanqoqmisiz? Yangi ma’lumotlarga oshno bo’lishni istaysizmi? Unda bu loyiha aynan siz uchun!
"Shum bola" – o‘zbek adabiyotining zabardast namoyandasi G‘afur G‘ulom tomonidan yozilgan mashhur povest bo‘lib, unda bolalik sho‘xligi, hayotiy sarguzashtlar va o‘ziga xos ijtimoiy voqealar aks ettirilgan. Asar bosh qahramoni – Shum bola laqabli bola bo‘lib, u o‘zining sho‘xligi, topqirligi va sarguzashtlarga chanqoqligi bilan kitobxonni o‘ziga tortadi.
‼️ Ishtirok etish juda oson‼️
1️⃣ Kitobni diqqat bilan o‘qing
2️⃣ Har kuni @TDTrU_ARM kanalida e’lon qilinadigan test savollariga 10:00–22:00 oralig‘ida javob bering
3️⃣ Hafta oxirida @Quiz_bot orqali yakuniy testni topshiring va ball to‘plang
🏆 Bu kitob iyun oyida 1-kurslar uchun tavsiya etiladi.
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Toshkent davlat transport universiteti THE Impact Rankings 2025 reytingida
Toshkent davlat transport universiteti nufuzli Times Higher Education (THE) Impact Rankings 2025 reytingiga rasman kiritildi. Universitetimiz dunyo bo‘yicha 2 318 ta oliy ta’lim muassasasi orasida 1001+ o‘rinni egalladi.
Impact Rankings — Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDGs) doirasida oliy ta’lim muassasalarining ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik barqarorlikka qo‘shgan hissasini baholaydigan global reytingdir.
Joriy yilgi nashrda Transport universiteti 17 ta SDGdan 14 tasida faol ishtirok etib, o‘zining barqarorlik, innovatsiya va ijtimoiy mas’uliyat borasidagi sadoqatini namoyon etdi.
Quyidagi yo‘nalishlarda yuqori natijalarga erishildi:
SDG 11 – Barqaror shaharlar va aholi yashash joylari: 101–200-o‘rin
SDG 6 – Toza suv va sanitariya: 201–300-o‘rin
SDG 7 – Arzon va toza energiya: 401–600-o‘rin
SDG 9 – Sanoatlashtirish, innovatsiya va infratuzilma: 601–800-o‘rin
SDG 17 – Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik: 601–800-o‘rin
❓Test uchun to‘lovni qachongacha qilish kerak?
#abituriyent
✅ JAVOB: Joriy yil bitirganlar uchun testga kirish tekin, avvalgi yillarda bitirganlar 187 ming 500 so‘m (yarim “minimalka”) to‘lashi kerak.
❓To‘lovni amalga oshirmasa nima bo’ladi?
❗️To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi.
❓Bo’lib-bo’lib to’lasa ham bo’ladimi?
✅ Ha, ushbu to‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirsa ham bo‘ladi, faqat 25-iyunga qadar (o‘sha kuni ham) mazkur summa to‘liq to‘lanishi shart. Ya'ni qachon ro'yxatdan o'tganingizning farqi yo'q, asosiysi to'lovni 25-iyun soat 23:59 gacha to'lash shart.
❓Kimlar to‘lovdan ozod qilingan:
— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#bu_qiziq
Dunyodagi eng katta yuk samolyoti loyihasi
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Toshkent davlat transport universiteti “Times Higher Education” (THE) agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan “THE Global Sustainable Development Congress”da ishtirok etmoqda
👉 Batafsil
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#kun_tarixi
1803-yil 17-iyunda birinchi bugʻ bilan ishlaydigan kema taqdim etilgan
17 июня 1803 года был спущен на воду первый пароход.
🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Toshkent davlat transport universiteti, “Oʻzsuvta’minot” AJ va Oʻzbekiston Ekologik partiyasi hamkorligida “Qurilishda yashil iqtisodiyot, suv va atrof-muhitni asrash tendensiyalari, ekologik muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi
Tadbirda ekologik barqarorlik, suv resurslaridan oqilona foydalanish, qurilish sohasida yashil texnologiyalarni joriy etish kabi dolzarb masalalar muhokama markazida bo‘ldi.
Konferensiyada “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati, “Fan va taraqqiyot” davlat unitar korxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida sohaga oid dolzarb ilmiy ma’ruzalar tinglandi, muammolar yechimiga qaratilgan takliflar ilgari surildi, ekologik innovatsiyalar va istiqbolli tashabbuslar taqdim etildi.
Mazkur konferensiya mamlakatda ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil iqtisodiyotni rivojlantirish va innovatsion yondashuvlarni targ‘ib qilishda muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.
#Hafta_videodayjesti
Toshkent davlat transport universitetining oʻtgan haftadagi eng muhim xabarlari 60 soniyada
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#bu_qiziq
BYD elektromobilni quvvatlash vaqtini 5 daqiqagacha qisqartirdi
Xitoyning BYD kompaniyasi elektromobilni 400 km zaxiraga quvvatlash uchun 5 daqiqa kifoya qiladigan megevatt quvvatlantirish texnologiyasini taqdim qildi. Masalan, yangi tizim BYD Han L modelini 5 daqiqadan kamroq vaqt ichida 13 foizdan 60 foizgacha quvvatlantirgan.
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#kun_tarixi
1967-yil 14-iyunda Mariner 5 kosmik kemasi uchirilgan
14 июня 1967 года был запущен космический корабль «Маринер 5».
🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
“Dolzarb 90 kun” doirasida 110-maktabdagi yozgi oromgoh faoliyati o‘rganildi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Mirobod tumanidagi 110-maktabda tashkil etilgan yozgi oromgoh faoliyati bilan tanishdi.
Tuman bo‘yicha 6 ta maktabda kunduzgi oromgohlar, 12 ta maktabda sogʻlomlashtirish maydonchalari faoliyat yuritmoqda. 2400 dan ortiq o‘quvchi jalb etilgan.
Oromgohlarda bolalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida Toshkent davlat transport universiteti hamda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan xorijiy tillarga ixtisoslashgan to‘garaklar tashkil etilgan.
Yoshlarning qiziqishlariga qarab ingliz tili, robototexnika, mini-futbol, shaxmat, “Mohir qo‘llar”, “Yosh kitobxon” kabi 15 dan ortiq to‘garaklar ochilgan.
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
📚 “100 ta kitob” loyihasi doirasida eng sara 12 adabiyotlar bilan tanishing!
🧾Oliy taʼlim muassasalarida talabalarning o‘quv jarayonidagi ijtimoiy faolligini baholash uchun har o‘quv yili oxirida 100 ballik tizim joriy etiladi. Bu mexanizm maʼnaviy-maʼrifiy, siyosiy-mafkuraviy va ijtimoiy-huquqiy yo‘nalishlardagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish hamda taʼlim grantiga talabgorlarning faollik darajasini aniqlash maqsadida tatbiq etiladi.
🎓Talabalarning ijtimoiy faollik indeksini baholashda kitobxonlik madaniyati muhim o‘rin tutadi. Eng muhimi, kitob o‘qib ham ball yig‘ish, ham grantga yo‘l ochish imkoniyati mavjud!
📌 Belgilangan 12 ta adabiyot asosida test sinovi topshirasiz!
Testlar HEMIS tizimi orqali shaxsiy ID va parol bilan bajariladi. Natijangiz ijobiy bo‘lsa — ball avtomatik tarzda qo‘shiladi.
📚Tavsiya etilgan 12 ta kitob ro‘yxati:
1. Jeyms Klir – Atom odatlar
2. Abdulla Qodiriy – O‘tkan kunlar
3. Fyodor Dostoyevskiy – Jinoyat va jazo
4. Shavkat Mirziyoyev – Yangi O‘zbekiston strategiyasi
5. Paulo Koelo – Alkimyogar
6. Pirimqul Qodirov – Yulduzli tunlar
7. Cho‘lpon – Kecha va kunduz
8. O‘tkir Hoshimov – Ikki eshik orasi
9. Said Ahmad – Ufq
10. Erkin A’zam – Shovqin
11. Maqsud Shayxzoda – Mirzo Ulug‘bek
12. Uolter Ayzekson – Stiv Jobs
#bu_qiziq
Dunyodagi eng baland metro bekati quriladi
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
📚 “100 Kitob” — Bilim sari, G‘alaba sari!
📖 Bilimga chanqoqmisiz? Yangi ma’lumotlarga oshno bo’lishni istaysizmi? Unda bu loyiha aynan siz uchun!
"Tirilish" — bu insonning ruhiy va ma’naviy uyg‘onishi, o‘z hayoti va gunohlari bilan yuzlashishi haqida yozilgan roman. Asarda bosh qahramon Dmitriy Nehljudov o‘zining o'tmishda qilgan gunohlari, ayniqsa, mas'uliyatni anglab, ichki o‘zgarishlar va tirilish jarayonidan o‘tadi.
‼️ Ishtirok etish juda oson‼️
1️⃣Kitobni diqqat bilan o‘qing
2️⃣ Har kuni @TDTrU_ARM kanalida e’lon qilinadigan test savollariga 10:00–22:00 oralig‘ida javob bering
3️⃣Hafta oxirida @Quiz_bot orqali yakuniy testni topshiring va ball to‘plang
🏆Bu kitob iyun oyida 3-kurslar uchun tavsiya etiladi.
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Transport universiteti professor-o‘qituvchilari Pekin transport universitetida o‘tayotgan xalqaro seminarda faol ishtirok etmoqda
Toshkent davlat transport universitetining 8 nafar professor-o‘qituvchisi Xitoyning Pekin transport universitetida boshlangan O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy temir yo‘li qurilishiga bag‘ishlangan xalqaro seminarda ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Pekin transport universiteti dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari reytingi — “QS World University Rankings 2024”da #901–950 o‘rinlar qatoridan joy olgan.
👉 Batafsil
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#oav_biz_haqimizda
Oʻzbekiston 24 | Transport universitetida “Qurilishda yashil iqtisodiyot, suv va atrof-muhitni asrash tendensiyalari, ekologik muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#kun_tarixi
2009-yil 18-iyunda Lunar Reconnaissance Orbiter kosmik kemasi uchirilgan
18 июня 2009 года состоялся запуск космического корабля Lunar Reconnaissance Orbiter.
🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Uchuvchi bo’lishni xohlaysizmi?
Toshkent davlat transport universitetida Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash bo‘yicha “Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi” ta'lim yo’nalishi bo'yicha qabul boshlandi.
Talablar va imkoniyatlar 👉 https://tstu.uz/uz/blog/1587
Yo’nalish uchun ro’yhatdan o’tish uchun:
👉 https://sayt.tstu.uz/admission_avia
Murojaat uchun:
Tel: +998712990379
+998712990383
+998712990393
Reklama
#Abituriyent2025
⚡️Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha savollar soni va baholash mezonlari
◀️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:
🔸 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
♦️ O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.
◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:
➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.
🟩2025/2026-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#bu_qiziq
Vodorodda harakatlanadigan zamonaviy avtomobillar taqdim etildi
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
M.V. Lomonosov nomidagi MDUning davlat siyosati kafedrasi mudiri, professor Vladimir Yakuninga “Faxriy professor” ilmiy unvoni topshirildi
👉 Batafsil
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#kun_tarixi
1963-yil 16-iyunda birinchi ayol fazogir kosmosga parvoz qilgan
16 июня 1963 года в космос полетела первая женщина-космонавт.
🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
✈️ UCHUVCHI BO‘LISHNI XOHLAYSIZMI? UNDA BU IMKONIYAT AYNAN SIZ UCHUN!
🌟 Toshkent davlat transport universitetida Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash bo‘yicha “Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi” (uchuvchilik) (Aircraft Flight Operation) yo‘nalishiga 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda.
📚 Yo‘nalishlar:
➖ Uzbekistan Airways bilan hamkorlikda, DUAL ta’lim asosida, o‘zbek tilida
➖ Koreya aerokosmik universiteti bilan hamkorlikda, 1+2+1 xalqaro dasturi asosida, ingliz tilida
#bu_qiziq
Dunyodagi eng baland temir yoʻl koʻprigi
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
⚡️2025–2026 o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish davom etmoqda
📄 2024-yildan boshlab, davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilangan.
📝 Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.
🗓 Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.
✅ Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi.
2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar. Oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlamagan abituriyentlar yakuniy tanlovga qo‘yilmaydi.
🖥 Professional ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar professional ta'lim muassasasini, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#kun_tarixi
🚃 1892-yil 13-iyunda Kiyev shahrida elektr tramvay ishga tushirilgan
🚃 13 июня 1892 года в Киеве пустили электрический трамвай
🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
🇹🇷 Turkiyaning nufuzli Anadolu universitetida taʼlim olish imkoniyati!
🎓 Dunyoda uchinchi va Turkiyada birinchi oʻrindagi Masofaviy taʼlim sifati va tajribasi boʻyicha 4 mln talabaga ega boʻlgan nufuzli Anadolu universiteti xorijiy taʼlim dasturlari asosida talabalarni qabul qilishni boshladi.
🌟 Xalqaro akreditatsiyadan oʻtgan, diplomi butun dunyoda tan olinadigan hamda yillik kontrakti atiga 250 $ boʼlgan bakalavr yoʻnalishida 60 dan ortiq masofaviy taʼlim shakli boʻlib, talabalar yashayotgan joyidan turib universitetda tahsil olib bitirish imkoyati mavjud.
Maʼlumot uchun: Toshkent davlat transport universiteti Xalqaro hamkorlik boshqarmasida Anadolu universitetining maxsus ofisi ochilgan.
📂Qanday qilib talaba bo'la olaman?
🌐 Roʻyxatdan oʻtish
🔍 Murojaat uchun: +998 97 017 43 32
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Pekin transport universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturini joriy etish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda
👉 Batafsil
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#kun_tarixi
1967-yil 12-iyunda Venera 4 kosmik kemasi uchirilgan
12 июня 1967 года был запущен космический корабль «Венера-4».
🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News