TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI RASMIY TELEGRAM KANALI Veb-sayt: tstu.uz Facebook: facebook.com/tstu.official Instagram: instagram.com/tstu_officialpage Youtube: youtube.com/channel/UCnqWO7QMu5FZrPQkRk2hTXg Tezkor: @tstu_news
#bu_qiziq
Yagona nusxada ishlab chiqarilgan ekzotik avtomobil
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
📚 “100 Kitob” — Bilim sari, G‘alaba sari!
📖 Bilimga chanqoqmisiz? Yangi ma’lumotlarga oshno bo’lishni istaysizmi? Unda bu loyiha aynan siz uchun!
Alkimyogar – Paulo Koelyo. Ushbu kitob yosh cho‘pon Santiagoning falsafiy va ramziy hayotiy sayohati haqida bo‘lib, u tushida ko‘rgan xazina ortidan Misr piramidalari sari yo‘lga chiqadi. Asarda orzularga ergashish, ichki ovozga quloq tutish, sabr, ishonch va taqdir bilan bog‘liq chuqur ma’naviy g‘oyalar yoritilgan. .
‼️ Ishtirok etish juda oson
1️⃣ Kitobni diqqat bilan o‘qing
2️⃣ Har kuni @TDTrU_ARM kanalida e’lon qilinadigan test savollariga 10:00–22:00 oralig‘ida javob bering
3️⃣ Hafta oxirida @Quiz_bot orqali yakuniy testni topshiring va ball to‘plang
🏆 Bu kitob iyul oyida 1-kurslar uchun tavsiya etiladi.
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#kun_tarixi
1965-yil 14-iyulda Mont Blan tunneli ochilgan
14 июля 1965 года был открыт туннель под Монбланом.
🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Transport universiteti bitiruvchilari ilk bor maxsus texnika haydovchilik guvohnomasini oldi
Mazkur guvohnoma bitiruvchilarga avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimi, kon-metallurgiya korxonalari va qurilish sanoatida haydovchi (mashinist) sifatida ishlash imkonini beradi.
👉 Batafsil
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#Qabul2025 #Abituriyent2025
Test materiallaridan foydalanish
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#bu_qiziq
Suzish va uchish xususiyatiga ega kelajak transporti
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
⚡️2025/2026-o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
2025/2026-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.
▪️Bunda nomzodlar platformada:
➖oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
➖hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.
☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#Qabul2025 #Abituriyent2025
Test sinovlarini o‘tkazish tartibi
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#bu_qiziq
Fransiya yangi gibrid samolyotni taqdim etdi
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Yozgi taʼtil: Iroda, bilim va o‘zgarishlar marafoni. Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektorning 7 tavsiyasi
“Agar o‘z ustingizda har kuni ishlasangiz, ertangi kuningiz bugungidan yaxshiroq bo‘ladi.” Andy Frisella (75 Hard muallifi).
Har bir kuningiz – o‘zingizga qilingan eng yaxshi sarmoyadir. Bugungi kuningizni qanday o‘tkazsangiz, shunday natija olasiz.
Yozgi taʼtil davomida qatʼiy va ijobiy majburiyatlar orqali iroda, salomatlik, bilim, til va fikrlash doirangizni kengaytirishga yordam beradigan o‘zgarish rejasini taqdim etaman.
1. Yangi til – yangi hayotdir
Kamida 30 daqiqa davomida chet tilida ilmiy yoki kasbiy matn o‘qing. Har kuni kamida 5 ta yangi atamani o‘rganing.
2. Jismoniy va ruhiy salomatlik – muvaffaqiyat kaliti
2 xil jismoniy mashq bajaring (ertalab va kechqurun, har biri 45 daqiqa): yurish + mashqlar, velosiped + yoga, suzish + press va hokazo. Sog‘lom tana – sog‘lom fikr, sog‘lom fikr esa katta orzularga yetaklaydi.
3. O‘qish – tajribadan o‘rganishning eng arzon yo‘li
Kamida 10 sahifa faktlarga asoslangan kitob o‘qing: liderlik, mental salomatlik, transport sohasi, o‘zini boshqarish haqida. Faqat badiiy emas – haqiqatga asoslangan bo‘lsin.
4. E’tiboringiz qayerda bo‘lsa, hayotingiz ham o‘sha yerda bo‘ladi
Kun davomida kamida 3 soat ijtimoiy tarmoqsiz vaqt ajrating. Bu vaqtda o‘qing, yozing, sport bilan shug‘ullaning yoki shunchaki jimlikda o‘zingizni tinglang.
5. O‘z fikringizni yozing – bu ongni tartibga soladi
Har kuni 1 sahifa motivatsion yoki strategik fikr yozing:
“Bugun nimalarni o‘rgandim?”,
“Qanday fikr meni ilhomlantirdi?”,
“Qanday muammo ustida ishladim?”
Telegram blog oching yoki oddiy daftar yuriting. Bu – o‘zingizni anglash va rivojlanish uchun vosita.
6. Minnatdorchilik – eng arzon, ammo eng kuchli vosita
15 daqiqa davomida ilhomlantiruvchi podkast/ma’ruza eshiting. Yaqinlaringiz bilan iliq suhbat qiling – ular g‘animatdir. Har kuni hayotdagi bor ne’matlar uchun shukrona ayting.
7. Katta natijalar – kichik qadamlar yig‘indisidir
Har kuni bitta kichik, lekin maqsadli ish bajaring:
– CV tayyorlash
– Grantlar haqida o‘qish
– Motivatsion xat yozish
– LinkedIn profil ochish
– Blog yuritish
– Yangi dastur o‘rganish
– Shaxsiy loyiha boshlash
– Atrof-muhitga foydali oddiy harakat: plastikdan voz kechish, daraxt sug‘orish, axlat yig‘ish.
Muhim qoidalar:
– Ushbu amallar 75 kun ketma-ket bajariladi.
– Kun o‘tkazilsa, boshidan boshlanadi.
– Surat yoki skrinshot bilan o‘zingizga yoki do‘stlaringizga hisobot bering.
– Bu usul o‘zgarishlarni nazorat qilishga yordam beradi.
Учувчи бўлишни хоҳлайсизми? Унда бу имконият айнан сиз учун!
🌟 Тошкент давлат транспорт университетида Корея аэрокосмик университети билан ҳамкорликда инглиз тилида Фуқаро авиацияси учувчиларини тайёрлаш бўйича “Ҳаво кемаларининг парвоз эксплуатацияси” (учувчилик) (Aircraft Flight Operation) йўналишига 2025/2026 ўқув йили учун қабул давом этмоқда.
📄 Талаблар ва имкониятлар
🔗 Рўйхатдан ўтиш
☎️ Мурожаат учун:
+998712990379
+998712990383
+998712990393
Университет расмий саҳифалари:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Реклама
#kun_tarixi
1962-yil 10-iyulda dunyodagi birinchi aloqa sunʼiy yoʻldoshi uchirilgan
10 июля 1962 года был запущен первый в мире спутник связи.
🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Suvda xavfsizlik qoidalariga rioya qiling
Taqiqlangan joylarda cho‘milmang – bu o‘lim bilan tugashi mumkin.
Transport universitetida Xitoy bilan hamkorlikda vodorod energetikasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi
Joriy yilning 8-iyul kuni Toshkent davlat transport universiteti vakillari Xitoyning Guangdong provinsiyasida joylashgan Guangdong telekommunikatsiya kollejida (Guangdong Communications Polytechnic) boʻlishdi.
Tashrif doirasida ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Transport universitetida negizida “Linnan professional ustaxonasi”ni tashkil etish masalasi muhokama qilindi. Ustaxona doirasida:
- yangi energiya manbalari, jumladan vodorod energetikasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi
- xalqaro darajadagi texnik-professional ta’lim yo‘lga qo‘yiladi.
- talaba va o‘qituvchilar almashinuvi;Uchrashuv yakunida hamkorlikni mustahkamlovchi hujjat loyihasi muhokama qilindi. Tomonlar tashabbus ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim va texnologik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirdi.
- qo‘shma tadqiqotlar va amaliyotlar;
- qo‘shma diplom dasturini yaratish kabi yo‘nalishlar ko‘zda tutilgan.
Transport Innovation Hackathon 2025
Transport, logistika, muhandislik, axborot texnologiyalari, menejment va texnik yo‘nalishlarga qiziqqan 35 yoshgacha bo‘lgan talabalar hamda yosh mutaxassislar ishtirokiga mo‘ljallangan “Transport Innovation Hackathon 2025” tanloviga ro‘yxatga olish jarayoni boshlandi.
Mazkur tanlov Transport universiteti hamda TMX Korporativ universiteti hamkorligida, transport sohasidagi dolzarb muammolarga innovatsion yechimlar ishlab chiqish maqsadida tashkil etilmoqda.
Ishtirok etish istagida bo‘lganlar 2025-yil 15-sentyabrga qadar maxsus ro‘yxatdan o‘tish havolasi orqali ariza topshirishlari so‘raladi. G‘olib jamoaga – zamonaviy noutbuk sovg‘a qilinadi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998712990206
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#Hafta_videodayjesti
Toshkent davlat transport universitetining oʻtgan haftadagi eng muhim xabarlari 60 soniyada
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#bu_qiziq
24 ta jahon rekordini oʻrnatgan avtomobil
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Transport universiteti vakillari “ShHT 2025 – Raqamli iqtisodiyot” xalqaro forumida ishtirok etmoqda
👉 Batafsil
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#kun_tarixi
2001-yil 12-iyulda STS-104 kosmik kemasi uchirilgan
12 июля 2001 года был запущен космический корабль STS-104.
🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
▫️ В Ташкентском государственном транспортном университете будет создана "Высшая профессиональная мастерская Линнань". Официальное соглашение о ее открытии подписано в Генеральном консульстве Узбекистана в Гуанчжоу.
https://podrobno.uz/cat/obchestvo/tashkentskiy-vuz-poluchit-masterskuyu-po-avtoinzhenerii/
Telegram / Instagram / Facebook / Читать на узбекском
O‘zbekiston–Xitoy: strategik ta’limiy hamkorlik yangi bosqichda
Joriy yilning 10-iyul kuni Guanchjou shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulligida Toshkent davlat transport universitetida “Linnan oliy professional ustaxonasi”ni tashkil etish bo‘yicha rasmiy kelishuv imzolandi.
Imzolash marosimida konsul Rahmon Ernazarov va birinchi kotib Baxtiyor Mirzayev ishtirok etdi. Tashabbus “Bir makon – bir yo‘l” strategiyasi doirasida Guangdong hukumati tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlangan.
Yangi markaz avtotransport muhandisligi, texnik xizmat va vodorod texnologiyalariga ixtisoslashgan bo‘ladi. Toyota, BYD, Chery kabi yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlikda texnik laboratoriya tashkil etiladi.
U nafaqat universitet talabalari, balki texnikum o‘quvchilari uchun ham kasbiy amaliyot va stajirovka imkoniyatlarini yaratadi. Loyihaning 1-bosqichi uchun 800 ming AQSh dollari ajratilgan. Bu esa O‘zbekistonning oliy texnik ta’lim tizimida xalqaro ko‘lamdagi yirik transformatsiyaning boshlanishi sifatida e’tirof etilishi mumkin.
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#kun_tarixi
1848-yil 11-iyulda Londonda Waterloo temir yoʻl stansiyasi ochilgan
11 июля 1848 года в Лондоне был открыт железнодорожный вокзал Ватерлоо.
🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#Dolzarb90Kun #BiznesMarafon
Transport universiteti bitiruvchilari bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ishtirok etdi
Bugun, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bir qator tashkilotlar va 50 dan ortiq xususiy tadbirkorlar hamkorligida bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan yarmarka va uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda poytaxtdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, 2 mingdan ziyod bitiruvchi talabalar, yirik tadbirkorlar hamda soha tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv doirasida talabalarning bandligi va kasbga yo‘naltirilishi bo‘yicha ochiq muloqotlar o‘tkazildi, “Biznes marafon” motivatsion seminar-treningi tashkil etildi hamda bitiruvchilarga real ish takliflari taqdim etildi.
Mazkur tadbirda Toshkent davlat transport universiteti xodimlari va bitiruvchi kurs talabalari ham faol ishtirok etdi.
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Transport universitetida Guanchjou texnoparki tajribasi asosida zamonaviy laboratoriyalar tashkil etiladi
Toshkent davlat transport universiteti vakillari Xitoyning Guanchjou shahridagi innovatsion texnoparkning vodorod energiyasi, avtomobil muhandisligi va texnik kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlaridagi ilg‘or texnologiyalar bilan yaqindan tanishdi.
Texnoparkda BYD, Toyota, Chery kabi yirik kompaniyalar bilan hamkorlikda tashkil etilgan o‘quv-amaliy dasturlar, talabalar uchun amaliyot va stajirovka imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, dronlar ishlab chiqarish, ularning dasturiy taʼminoti va sanoatga joriy etish bo‘yicha loyihalar taqdim etildi.
Tashrif yakunida Guangdong tajribasini Transport universiteti bazasida joriy etish masalalari muhokama qilindi. Xususan, zamonaviy laboratoriyalar tashkil etish, dron va IT yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv bazasini yaratish, texnikumlarda dual ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Transport universitetida Xitoy bilan hamkorlikda avtomobilsozlik va o‘quv adabiyotlari sohasida yangi loyihalar amalga oshiriladi
Toshkent davlat transport universitetida Xitoyning nufuzli Phoenix nashriyot va taʼlim guruhi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida avtomobilsozlik sohasida mahalliylashtirilgan o‘quv materiallarini ishlab chiqish, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, shuningdek malaka darajalarini tan olish mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, Zheng He instituti huzurida O‘zbekistonda o‘quv materiallarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqot markazi tashkil etildi. Phoenix guruhi tomonidan universitetga o‘quv adabiyotlari topshirildi.
Tadbir yakunida Toshkent davlat transport universiteti, Nankin kasbiy fan va texnologiya universiteti hamda Phoenix Vocational Education Company o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#bu_qiziq
Zamonaviy aerotaksi Skydrive taqdim etildi
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
“100 Kitob” — Bilim sari, G‘alaba sari!
📖 Bilimga chanqoqmisiz? Yangi ma’lumotlarga oshno bo’lishni istaysizmi? Unda bu loyiha aynan siz uchun!
Erkin A’zam – “Shovqin”. Asarda shovqin – faqat tashqi tovush emas, balki jamiyatdagi ichki notinchlik, odamlar qalbidagi beqarorlik ramzi sifatida talqin qilinadi. Oddiy voqealar orqali chuqur falsafa, tanqidiy nigoh va o‘quvchini o‘ylantiradigan mazmun berilgan.
‼️ Ishtirok etish juda oson
1️⃣ Kitobni diqqat bilan o‘qing
2️⃣ Har kuni @TDTrU_ARM kanalida e’lon qilinadigan test savollariga 10:00–22:00 oralig‘ida javob bering
3️⃣ Hafta oxirida @Quiz_bot orqali yakuniy testni topshiring va ball to‘plang
🏆 Bu kitob iyul oyida 3-kurslar uchun tavsiya etiladi.
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#kun_tarixi
1926-yil 9-iyulda Nyu-York temir yoʻl tarmoqlarida ilk radioaloqa vositalaridan foydalanilgan
9 июля 1926 года на железнодорожных сетях Нью-Йорка была использована первая радиосвязь.
🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Xitoyning “Yuancho ustaxonasi” jamg‘armasi bilan qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy-tadqiqot loyihalari va professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning o‘zaro almashinuvi yo‘lga qo‘yilmoqda
👉 Batafsil
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News