94024
18+ Kulgi aralash achchiq haqiqat. 📩 Reklama: @tanishbilish_ads 📩 Bot: @trolluzfbot
Shu joyida “Battar bo’l, Argentina!” desa ham bo’ladi. Juda xunuk o’yin qilayapti.
Mayli, ko’ramiz nima bilan javob berar ekan.
-
Тут хотелось бы сказать, что Аргентина заслужила. Очень некрасиво играет.
Ладно, посмотрим чем ответят.
@trolluz
Hozir ba’zi obunachilarning uyida chiroq yo’q ekan. Izohlarda qayerga borib futbol ko’rish mumkinligi haqida ma’lumot beringlar. Rahmat :)
-
Сейчас нет электричество у некоторых подписчиков. Пожалуйста, посоветуйте в комментариях места, где можно посмотреть финал. Спасибо!
Sabablar:
❌ Korrupsiya
❌ Nazorat yo’qligi
❌ Sifatsiz qurilish
✅ Anomal issiq
—
Причины:
❌ Коррупция
❌ Отсутствие контроля
❌ Плохое качество
✅ Аномальная жара
@trolluz
Finalda Barcelona vs Barcelona o’ynarkan-ku?)
Realchilar kimga muxlislik qiladi shunda?
—
В финале Барса против Барсы получается?)
Реалисты за кого болеть будут?)
@trolluz
Argentinani tabriklayman! Chindan ham, Angliya sal yaxshiroq o’ynasa bo’lar edi.
Endi uxlanglar :)
@trolluz
Argentinaga qarshi mos terma jamoani topdim :)
-
Нашел подходящую сборную против Аргентины :)
@trolluz
Hatto sharhlovchi ham xuddi shu fikrda, ko’z tegmasin :)
Читать полностью…
Hozir hakamlar chiqib aslida Argentina g’olibligini isbotlaydi :)
—
Сейчас судьи выйдут и будут доказывать, что выиграла Аргентина :)
Итак, вот мое мнение на счет нового нового алфавита.
Я не филолог и могу не знать всех лингвистических тонкостей, но в одном уверен точно: язык и алфавит должны быть удобными.
Если разобраться, логика в реформе действительно есть. Надо признать, что текущий алфавит был удобен тем, что позволял использовать обычную QWERTY-клавиатуру — скорее всего, в 1995 году руководствовались именно этим. Но сегодня добавить новую раскладку на компьютер или смартфон не составляет особого труда. (Уверен, 90 процентов населения делать этого не будут)
Изначальное решение со сдвоенными буквами тоже было довольно странным. Подход «1 звук = 1 буква» — абсолютно логичный. Молодежь ведь не просто так в переписках использует «4» или «c» вместо «ch», и «w» вместо «sh». Язык сам стремится к упрощению.
Но если мы реально хотим упростить алфавит, значит, упрощать его надо полностью. У меня буквально дергается глаз, когда я смотрю на апостроф, который разрывает слова на две части. Может, откажемся от него совсем?
Например, если слова aʼlo, baʼzan, eʼlon, eʼtibor, eʼtiqod, feʼl, maʼyus, meʼmor, neʼmat, raʼy, taʼb, taʼzim, shuʼla писать просто как alo, bazan, elon, etibor, etiqod, fel, mayus, memor, nemat, ray, tab, tazim, shula — они не станут абсолютно непонятными. К тому же многие уже сейчас забывают ставить апостроф. Да, при чтении нужно будет делать паузу, зато на письме все будет слитно, быстро и органично.
Я бы еще унифицировал "шапочки" над Ğ и Ö. Уверен, их постоянно будут путать. К тому же, чтобы написать букву Ö от руки, придется три раза отрывать ручку от бумаги. Учитывая, что мы Özbekiston и в целом очень много слов начинающихся на "Ö", делать это школьникам надоест в первый же день.
Я, кстати, помню, как мы в школе писали ḡ и ō вместо o' и g'. У кого так было? В мире существуют готовые символы Ḡ/Ō или Ĝ/Ô. Да, это не исконно "тюркские" буквы, но ведь важнее удобство?
А теперь самый главный вопрос.
На данный момент в бюджете и так нет лишних денег. Повсеместная смена литературы, документов, указателей и абсолютно всех вывесок в стране встанет в миллиарды. И это не считая колоссальной нагрузки на бизнес и обычное население.
Зная наши реалии, я почему-то уверен, что бизнес сразу же начнут штрафовать за «неправильные» буквы на фасадах. Проходили, знаем.
Нам нужна адекватная поэтапность.
Здесь критически важен четкий план и адекватные дедлайны. Например, взять срок на полный переход до 2035 года. К этому моменту многие вывески и рекламные щиты обновятся сами собой (в среднем амортизация таких конструкций — около 20-25% в год). Бизнес заменит их естественным путем, без стресса, давления и рейдов.
Ничего страшного не произойдет, если этот переход растянуть. Мы от кириллицы официально отказались 30 лет назад, а государственные чиновники до сих пор ведут на ней документацию. Куда спешить?
Если переход на новый алфавит неизбежен, нужно делать это с умом. Плохой опыт у нас уже есть. Меньше всего хочется через 5 лет читать новости о том, что в новом алфавите «не учли некоторые моменты» и его нужно снова менять.
Как гражданин, я просто прошу прозрачности:
• Четкий пошаговый план внедрения.
• Научную и практическую обоснованность каждого изменения.
• Открытый подсчет расходов на этот переход.
• Понятные механизмы минимизации финансовой нагрузки как на бюджет, так и на бизнес.
@trolluz
Qitmirlik keyinga qoldirildi-yu!) Lekin Misr zo'r o'ynadi. Bitta bekor bo'lgan golni hisobga olishganida yanada qiziqroq o'yin bo'lar edi 🙂
Читать полностью…
Spain is the champion!
E barakalla! Arziydi!
Испанцы заслужили!
@trolluz
Ish qilib Fransiya muxlislari yo’qmi bu yerda?
Sabr.
—
Тут не было фанатов Франции?
Терпения.
@trolluz
Uyda chiroq o'chmagan kun bo'lmayapti, ko'z tegmasin. Sizdachi?
-
Нет ни дня без отключения электричества. А у вас?
@trolluz
“Turon” metro bekati Angliyaga muxlislik qilgan shekilli…
Ikki kishi jarohat olibdi.
-
Кажется станция “Турон” вчера тоже болела за Англию.
Пишут, что двое пострадали.
@trolluz
Akalar, ukalar! Men Messichi ham, Ronaldochi ham emasman. Ronaldo chiqib ketganida ham hazil postlar qilgan edim. Yonib ketgan edi izohlar 😂
Kim chempion bo’lishi umuman farqi yo’q. Asosiysi chiroyli va haqqoniy o’yin bo’lsin. Mazza qilib ko’raylik.
@trolluz
Messi o’yiniga gap yo’q. Maydondagi eng zo’ridan zo’ri hamdir. Lekin sharhlovchi betaraf bo’lishi kerak. Hech bo’lmasa shunga harakat qilishi kerak-da.
Ha mayli :)
Yo boks, yo dzyudo ko’rganday bo’lyapmiz, ko’z tegmasin :)
-
Не пойму, это футбол или единоборства какие-то?)
Bugungi Argentina bilan Argentina o’yinida kim g’olib chiqadi?
-
Сегодня а матче Аргентина против Аргентины, кто выиграет?
@trolluz
Menimcha bu o’yinda ham Argentina yutadi.
-
Думаю, в этой игре тоже Аргентина.
@trolluz
Xullas, yangi yangi alifbo haqidagi fikrim quyidagicha.
Men filolog emasman va barcha lingvistik nozikliklarni bilmasligim mumkin, lekin bir narsaga ishonchim komil: til va alifbo qulay bo'lishi kerak.
Agar o'ylab qarasak, islohotda haqiqatan ham mantiq bor. Tan olish kerak, amaldagi alifbo odatiy QWERTY-klaviaturasidan foydalanish imkonini bergani bilan qulay. Ehtimol, 1995 yilda aynan shu narsaga asoslanishgandir. Ammo bugungi kunda kompyuter yoki smartfonga yangi klaviatura tartibini qo'shish hech qanday qiyinchilik tug'dirmaydi. (Ishonchim komilki, aholining 90 foizi buni qilmaydi).
Qo'shaloq harflar bilan bog'liq dastlabki qaror ham biroz g'alati edi. «1 tovush = 1 harf» yondashuvi - mantiqan to'g'riroq aslida. Yoshlar yozishmalarda bekorga «ch» o'rniga «4» yoki «c», «sh» o'rniga esa «w» ishlatmayapti. Tilning o'zi soddalashtirishga intiladi.
Ammo alifboni haqiqatan ham soddalashtirmoqchi bo'lsak, demak, uni to'liq soddalashtirish kerak. So'zlarni ikkiga bo'lib yuboradigan tutuq belgisiga (apostrofga) qarasam, asabim buziladi. Balki undan butunlay voz kecharmiz?
Masalan, agar aʼlo, baʼzan, eʼlon, eʼtibor, eʼtiqod, feʼl, maʼyus, meʼmor, neʼmat, raʼy, taʼb, taʼzim, shuʼla so'zlarini shunchaki alo, bazan, elon, etibor, etiqod, fel, mayus, memor, nemat, ray, tab, tazim, shula deb yozsak ular mutlaqo tushunarsiz bo'lib qolmaydi. Qolaversa, ko'pchilik hozirning o'zida bu so'zlarni yozishda belgi qo'yishni unutyapti. Ha, o'qiyotganda pauza qilish kerak bo'ladi, lekin yozuvda hammasi tez va qulayroq bo'larmidi?
Men yana Ğ va Ö ustidagi "qopqoq"larni bir xil qilgan bo'lardim. Aks holda ikki xil bo’lgani uchun ularni doim adashtirib yozishadi. Shuni oldini olsa bo’ladi. Qolaversa, Ö harfini qo'lda yozish uchun ruchkani qog'ozdan uch marta uzishga to'g'ri keladi. Biz Özbekiston ekanligimizni va umuman "Ö" harfi bilan boshlanadigan so'zlar ko'pligini hisobga olsak, buni qilish o'quvchilarga birinchi kundayoq jonga tegadi.
Darvoqe, esimda, maktabda biz o' va g' o'rniga ḡ va ō deb yozardik. Kimda shunday bo'lgan? Dunyoda tayyor Ḡ/Ō yoki Ĝ/Ô ramzlari mavjud. Ha, bu asl "turkiy" harflar emas, lekin qulaylik muhimroq emasmi?
Endi esa eng asosiy savol.
Hozirgi vaqtda byudjetda shundoq ham ortiqcha pul yo'q. Mamlakatdagi barcha adabiyotlar, hujjatlar, ko'rsatkichlar va mutlaqo barcha peshlavhalarni ommaviy ravishda almashtirish milliardlab mablag'ni talab qiladi. Biznes va oddiy aholiga tushadigan ulkan yuk haqida gapirmasa ham bo'ladi.
Aniq bilaman, shu qaror imzolan soniyasidan biznesni darhol fasadlardagi "noto'g'ri" harflar uchun jarimaga tortishni boshlashadi. Boshimizdan o'tgan, bilamiz.
Bizga adekvat bosqichma-bosqichlik kerak.
Bu yerda aniq reja va dedlaynlar juda muhim. Masalan, to'liq o'tish muddatini 2035 yilgacha deb belgilash kerak. Bu vaqtga kelib ko'plab peshlavhalar va reklama shitlari o'z-o'zidan yangilanadi (bunday konstruksiyalarning o'rtacha amortizatsiyasi — yiliga taxminan 20-25%). Biznes ularni tabiiy yo'l bilan, stress, bosim va reydlarsiz almashtiradi.
Agar bu o'tish jarayonini cho'zib yuborsak, hech qanday yomon narsa yuz bermaydi. Biz kirill alifbosidan rasman 30 yil oldin voz kechganmiz, lekin davlat amaldorlari hanuzgacha hujjatlarni kirillchada yuritishadi. Shoshilib qayerga boramiz?
Agar yangi alifboga o'tish muqarrar bo'lsa, buni aql bilan qilish kerak. Bizda yomon tajriba shundoq ham bor. Eng xohlamaydiganimiz 5 yildan keyin yangi alifboda "ba'zi jihatlar hisobga olinmagani" va uni yana o'zgartirish kerakligi haqidagi yangiliklarni o'qish.
Fuqaro sifatida shunchaki shaffoflikni so'rayman:
• Joriy etishning aniq bosqichma-bosqich rejasi.
• Har bir o'zgarishning ilmiy va amaliy asoslanishi.
• Ushbu o'tish uchun ketadigan xarajatlarning ochiq hisob-kitobi.
• Byudjetga ham, biznesga ham moliyaviy yukni kamaytirishning tushunarli mexanizmlari.
@trolluz