toyyibaah | Неотсортированное

Telegram-канал toyyibaah - TOYYIBAAH

653

Yevropa davlatida istiqomat qiluvchi... @toyyibaah_bot

Подписаться на канал

TOYYIBAAH

Ташаккур эт хиёнат қилганларга, садоқатни ўргатганлари учун.

Бахтсиз қилганларга ҳам дуо қил, бахтлиликни янада чуқурроқ ҳис қилдирганлари учун.

Ҳар касни сев, ҳаётингга ҳар бири бошқа маъно қўшгани учун.

Жалолиддин Румий

Читать полностью…

TOYYIBAAH

Биласизми нимани англаб йеттим?

Баъзан кетиш, баъзан ортга қайтиш бахт келтиради екан...)

Читать полностью…

TOYYIBAAH

- Ustozim musulmonlarning ustidan kulibdi, - dedi qizim jahl bilan.
- Qanday qilib?
- Sinfimiz guruhiga navroʻz bilan tabriklab rasm tashlabdi. Sumalak atrofida faqat oʻrangan ayollar va doʻppi kiygan erkaklar bor ekan.

Tushunchasidan sevindim.
Bolaligimda "Musulmonlarning bayrami uchta, Ramazon hayiti, Qurbon hayiti va har juma kuni" deyishgan va men bu uch bayramdan boshqasini tan olmayman.
Bolani bola deb eʼtiborsiz qoldirmaslik kerak, bolaligidan tarbiya qilish kerak ekan. Katta boʻlavergach diydasi ham, qalbi ham qotib boraveradi. Ongiga singishi qiyin boʻladi.
Tarbiyasi oʻz holiga erkin tashlab qoʻyilgan qarindoshimizning qiziga "namozingizni tezroq oʻqing, qazo boʻlayapti" deyilsa, "jinlarim yoʻl qoʻysa keyin oʻqiyman" deb kulib qoʻyishidan yana ham iqror boʻldim bolalikdan berilgan tarbiya juda ham muhim ekanligiga. Allohim zurriyodlarimizni solih va solihalardan qilsin.

Asiya Sultan©️

Читать полностью…

TOYYIBAAH

- Ustoz, do‘stlikning shartlari nima?
- Sharti ko‘p, bo‘tam. Sirini fosh qilmaysan, nomusini toptamaysan, unga yoqqan gapni emas, to‘g‘ri deb bilganingni so‘zlaysan, g‘aflatda qolmaysan...
- Hammasi tushunarli-ku-ya, g‘aflatda qolish ne demak, uzr, ustoz?
- G‘aflatda qolish shuki, do‘sting ro‘zg‘oridan orttirolmay yirtiq etikda yurganida, sen butikdan kiyinishingdur, bo‘tam. Bor, endi darsingni qil.

Читать полностью…

TOYYIBAAH

Именно это придаёт смысл вашей жизни — быть источником радости для кто-то.

Читать полностью…

TOYYIBAAH

#РИЖОЛ

Сен саййидимиз Усмон ибн Аффон розиёллоҳу анҳу каби бўл!
У зотни яралашганда завжаларининг ёпинчиғи очилиб қолди. Саксон ёшдан ошган Усмон розиёллоҳу анҳу жон бериш арафасида бўлсаларда завжаларига: "Юзингни очилиб қолиши мен учун жон беришимдан ҳам оғирроқ туюлаяпти", деган эдилар.

Читать полностью…

TOYYIBAAH

"Yaxshimisiz?" -deb so'rashsa, "Alhamdulillah" deb javob beramiz, yaxshi ekan deb o'ylaydilar...

Vaholanki, biz yaxshi holimizga ham, yomon holimizga ham hamd aytamiz, Alhamdulillah...

Читать полностью…

TOYYIBAAH

#Иффат.

Индонезияда Қуръон мусобақаси бўлиб ўтди. Ғолибга 2500$ мукофот қўйилди. Бу тасвирда мусобақа ҳакамлари қиздан юзини очиб ўқишни, бу эса мусобақа қонуни экани, юзини очмаса мусобақага қатнашолмаслигини айтишди. Қиз бу талабдан бош тортди ва мусобақага қатнашмаслигини айтиб, курсини тарк этди. Иффатини сақлаган аёлга Аллоҳ таоло мусобақага тикилган мукофотдан бир-неча баробарини қайтарди. Бу ҳолатни гувоҳи бўлганлар қория қизга ташаккурномалар йўллаб, мукофотлар юборишди. Баъзилар уй ҳам совға қилди. Умрага йўлланма ҳам берилди. Мусобақа ташкилотчилари қиздан узр сўрашди. Индонезиянинг "Висол" канали эса қизга мукофот ўлароқ 7200$ беришди.

Читать полностью…

TOYYIBAAH

”Quron ila hidoyat topdim”
Britaniyalik Sora qanday Islomga kirganligi haqida so’zlab beradi.


Alloh istagan kimsani hidoyatga yo’llar🌹

Читать полностью…

TOYYIBAAH

Malayziya bosh vaziri Saudiyaga tashrifi jarayonida haj kvotasini yana 10000 ga oshirib, 41600 ga chiqaribdi.
Aholisi O'zbekistondan kam bo'lgan davlat bizdan salkam 6 barobar ko'p odamni hajga yuboradi.

Saudiya hukumati har bir davlat uchun kvotani aholi sonidan kelib chiqib belgilaydi. Aslida O'zbekiston uchun ham kvota kamida 30000 dan oshiq.

Xo'sh nega unda biz bor yo'g'i 7000 odam yuboramiz xolos? Sababi oddiy, beshta qo'lini og'ziga tiqqan jonajon monopolist tashkilotimiz bundan ortig'ini eplay olmaydi.

Malayziya hukumati esa hajga navbatni nazorat qilgani bilan, bevosita haj safarini tashkillashtirishni xususiy turfirmalarga topshirgan. Natijasini ko'rib turibsiz.

Monopoliyaning eng katta zarari ham shunda. Na o'zi eplaydi, na birovga beradi. Aslida, yechim oddiy, og'ziga siqqanini o'zi olib qolib, qolganini turfirmalarga topshirish. Yo'q, bunga ham rozi bo'lmaydi. Sababi ko'zi ham ochda. Menga yo'qmi, senga ham bo'lmasin qabilida ish tutadi.

Читать полностью…

TOYYIBAAH

Demak, biz bu kun tarixini bilib oldik.
Bu kun, bir kofira va fohisha ayoldan chiqqan, kofirlar tomonidan tasdiq va targ‘ib etilgan va fohishalar uchun joriy etilgan kun ekan.
Savol tug‘iladi:

Bu kunni nishonlash mumkinmi?
Yo‘q, aslo! Buni nishonlash harom! Chunki bu kunni nishonlash ostida, Alloh azza va jallaning oyatlariga qarshilik qilish yotadi. Alloh taolo ayollarga aytdiki: "...Jilboblaringizni ustilaringizga yoping " "...Viqor bilan uyingizda o‘tiring"...
Bu kunni bayram qilib nishonlash esa aynan shu oyatlarga qarshilikni bildiradi. Hamda, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam aytadilar: "Kim o‘zini bir qavmga o‘xshatsa, bas, u o‘shalardandir!". Bu kunni nishonlash go‘yoki, "Men klara setkin bilan birgaman, fohishalarni himoya qilish kerak, " deganingiz demakdir.

Endi har birimiz o‘zimizga savol beraylik: "Men o‘sha, fohisha o‘ylab topgan, ota-bobolarimni vahshiylarcha o‘ldirgan–sovet tasdiqlagan kunni nishonlaymanmi? –Aslo! ". Keyin esa, barchani bu kunni nishonlamaslikka da'vat qilishimiz lozim. Shuncha gapdan keyin, kim nishonlasa o‘ziga zulm qilibdi, kim bu yo‘ldan qaytsa, hidoyatga ergashganlarga Allohning salomi bo‘lsin.
Albatta har kim o‘z amalidan so‘ralguvchdir!
Bir narsani unutmaylikki, Allohning, Rosulining muhabbati va bu kabi kufr darajasidagi bayramlarga bo‘lgan muhabbat bir qalbda jamlanmaydi. Alloh va Rosulini muhabbatini da'vo qilamizmi, shunga munosib bo‘laylik! Sevikli payg‘ambarimzi Muhammad sollallohu alayhi va sallam ko‘rsatib bergan yo‘ldan yuraylik. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam ummatni ayollarga yaxshilik qilishga buyurganlar ! Bir kun emas, butun umr! Ha, butun umr davomida, har kuni ayollarga xushmuomalada bo‘lishga, ularga yaxshilik qilishga chaqirganalar!

Rostan ham onangizga, opa-singlingizga, ayolingizga (vahokazo) yaxshilik qilishni, ularni xursand qilishni istaysizmi?! Mayli qiling! Balki, bu sizning vazifangizdir! Ammo bu ishlarni bir kunga xoslab olmang, har kuni bunga amal qiling. Ha, ularga imkon topildi deguncha yaxshilik qiling, har kuni chiroyli so‘zlar ayting! Ularni har on qadrlang!

Shunday go‘zal, mehr-muruvvatga targ‘ib etuvchi, ayolni haqiqiy qadrlovchi, pokiza, Alloh huzurida maqbul yagona din bo‘lgan dinimiz turganda, azizlikni kofirlarning kufr bayramlaridan izlash, ularni nishonlash qanday ham achinarli. Alloh saqlasin.
Barchamiz o‘z qadrimizni va azizligimiz nimada ekanini bilaylik!

Alloh subhana va taolo barchamizni O‘zining haq yo‘lida sobit qilsin. Huzuriga yorug‘ yuz bilan borishlikni nasib etsin!

••-------------‐‐---••

Ba'zi bir qisqartirishlar bilan yozib olindi:

©️IG| Birodaringiz BintYunus
(ayollar uchun xos sahifa)


@Muhsinatlik_sari 🌙

Читать полностью…

TOYYIBAAH

#hechdan_kõra_kech

🔥8-mart tarixi🔥
🔥Klara setkin kim?
🔥

Klara Eisner 1857-yilda Viderau shahrida tug‘iladi. Uning ota-onasi o‘qituvchi bo‘lishadi. Klara maktabni yaxshi baholarda o‘qib tugatadi. 1878-yilda sotsialistik ishchilar partiyasiga (keyinchalik Germaniya sotsial-demokratik partiyasiga (SPD) ) a‘zo bo‘ladi. U bu partiyaga nega qo‘shildi? Klara bu partiyaga fohisha ayollarni "haq-huquqlarini" himoya qilish maqsadida qo‘shiladi. Chunki, o‘sha davrda fohishalar bugungi kundagidek qadri "baland" emasdi. O‘sha davrda fohishalar odam o‘rnida ko‘rilinmas edi. Fohishalarning xor-u zor bo‘lib yurganini ko‘rgan klara ularni himoya qilishga qaror qiladi. Ammo 1881-yilda sotsialistlarni ta'qiq qilish boshlangani bois klara o‘zining o‘ynashi ( boshqa so‘z topolmadik, uzr) bilan boshqa davlatga qochib ketadi. Qochqinligi mobaynida o‘ynashidan ikkita farzand orttiradi. Vaqt o‘tib u, yana o‘zi tug‘ilgan joyga qaytib keladi. Va ko‘p miqdorda pul tikib, yana sotsialistik partiyaga a‘zo bo‘ladi. Va (fohisha) ayollarni himoya qilish ishini boshlaydi. Bu ishni ortidan klara tanilib ketadi. Nega? Negaki o‘sha davrda hech kim fohishalarni himoya qilmas edi. Hatto oddiy xalq ham fohishalardan jirkanar edi. Chunki o‘sha davrda kofirlar ham er-xotin bo‘lib yashashgan, o‘ynash tutish holatlari bo‘lmagan. Shu sabab odamlar orasida fohishalarni himoya qilish g‘ayritabiiy holat tuyuladi va buning ortidan Klara tanilib ketadi. 1910-yilda Daniyada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda klara o‘z taklifini o‘rtaga qo‘yadi. Ya‘ni,
"8-mart fohishalarni himoya qilish kuni bo‘lsin, shu kunni bizga ajratib bering ", deydi. Taklif partiya a‘zolari tomonidan tasdiqlanadi. Ammo, bu kunni ommaga "8-mart fohishalar kuni", deb emas aksincha "qog‘ozga o‘rab", "8-mart ayollar kuni" deb e‘lon qilishadi. 8-mart tarixini ham bilib oldik. Demak 8-mart Fohishadan chiqqan va fohishalar uchun tasdiqlangan kun ekan!

Читать полностью…

TOYYIBAAH

Именно это придаёт смысл вашей жизни — быть источником радости для кто-то.

Читать полностью…

TOYYIBAAH

Erkak kishining kun bo‘yi telefondan bosh ko‘tarmay o‘tirishi juda xunuk holat.

Ko‘chada yurganida semichka chaqib, saqich chaynashi juda xunuk holat.

Bir ishni kelishib qo‘yib, xotinim (onam) unamayapti deb aynishi juda xunuk holat.

Ertadan-kechgacha divanda ag‘anab, televizor ko‘rib yotishi juda xunuk holat.

Xotini ishlab, o‘zi uyda ovqat pishirib, uy tozalashi juda xunuk holat.

Bola tug‘dirib qo‘yib, ta’minotsiz va tarbiyasiz tashlab qo‘yishi toqat qilib bo‘lmas darajada yomon holat.

Bozor va do‘konlarda ayollar ichki kiyimini sotib o‘tirishi juda xunuk holat.

Erkak kishining taqinchoq (tsepь,braslet) taqib, erkaklar salonida sochini prichyoska qildirishi, qizil, sariq, guldor kiyim kiyishi juda xunuk holat.

MIBchilar kelganida ayolini chiqarib, sen gapga ustasan deb o‘zini orqaga olishi juda xunuk holat.

Oilada hal qiluvchi so‘zni xotini gapirsayu, u indamay itoat qilsa juda xunuk holat.

Bo‘y etgan qizlari, kelinlari oldida maykachan yoki ich kiyimda yursa juda xunuk holat.

Choyxonadan beri kelmay, oshma-osh, gapma-gap yursa juda xunuk holat.

Oila ta’minoti va boshqaruvini ayoliga tashlab qo‘ysa va yana o‘zini “erkakman” deb hisoblasa juda-juda xunuk holat.

Aytdim-qo‘ydimda.

Muhammad©️

Читать полностью…

TOYYIBAAH

Kun keladi tabassum qilasiz, ishonavering!
Alloh ta’olo sizga xayrlisini berganini ko’rib tabassum qilasiz!
Alloh azza wa jalla yeg’lagan ko’zlaringizni saodat ne’matlarini ko’rgan ko’z-yoshlar ila almashganini ko’rib tabassum qilasiz!
Ishoning!
Alloh ta’olo sizga eng mehirbon bo’lgan Zotdir!
Faqat unga tavakkul qilaoling va sizga keraksiz narsalardan voz kechaoling, uyog’ini Robbingiz to’g’irlab qo’yadi!

bintyunus

Читать полностью…

TOYYIBAAH

•Avval xafa bo‘ldim, keyin esa sevindim.

•Bildim-ki, Alloh xayrsizini olib, xayrlisini menga ikrom qilibdi. Va buning nomini imtihon deb qo‘yibdi. Imtihoni ham ikrom bo‘lgan Buyuk Allohga hamdlar bo‘lsin...

Shukurova©️

Читать полностью…

TOYYIBAAH

Агар, бирор кишининг айби сизга етиб келса, уни охири сиз бўлинг, сиздан кегингиларга ўтиб кетишига йўл қўйманг. Агар шундай қилсангиз, ўзга инсонни айбини яширган савобини оласиз. Ким мусулмонни айбини яширса, АЛЛОҲ уни айбларини яширади.

Шайх Шаъровий.

Ўзгаларини эмас ўз айбимизни қидирайлик...

Читать полностью…

TOYYIBAAH

Мактаб синфидаги ўқитувчи, ўқувчининг бошига муштумлаб ураётгани тасвирланган видеони Туркия тв сидан кўрсатилди. Одам уялиб кетди.

Izohlar;

•Қизим, ойижон қаранг, Ўзбекистондаги ўқитувчи экан деб чақириб қолди(
Хатто қизимдан уялдим

•Шармандалик...

•Boshqa yo‘li yo‘q emasmi?! Iymon, Islom yo‘q. Tarix darsida buyuk fotihlar bosqinchilar talonchilar deb uqtiriladi. Yana qanday natija kerak? O‘zbek millatidan uyalib o‘tirmang. Agar ular Islomga qarshi bo‘lishsa teskari qarab qoching.

•Курдим асабларим бузилди кулинг сингур дедим

Читать полностью…

TOYYIBAAH

- Ustoz, do‘stlikning shartlari nima?
- Sharti ko‘p, bo‘tam. Sirini fosh qilmaysan, nomusini toptamaysan, unga yoqqan gapni emas, to‘g‘ri deb bilganingni so‘zlaysan, g‘aflatda qolmaysan...
- Hammasi tushunarli-ku-ya, g‘aflatda qolish ne demak, uzr, ustoz?
- G‘aflatda qolish shuki, do‘sting ro‘zg‘oridan orttirolmay yirtiq etikda yurganida, sen butikdan kiyinishingdur, bo‘tam. Bor, endi darsingni qil.

Читать полностью…

TOYYIBAAH

Ishingda Allohdan qo'rqadiganlar bilan maslahatlash.

Читать полностью…

TOYYIBAAH

Assalomu alaykum!
Agar Uzbda covid-19 ga qarshi Astra Zenecas nomli vacsina qilinayotgan bo'lsa olmay turinglar. Chunki bir qancha yevropa davlatlari hozir bu vacsinani to'xtatib turmoqda. Jumladan biz yashab turgan davlatda ham vaqtinchalik to'xtatdi. Hozircha Norvegiya va Italiyada vacsinani olgandan so'ng o'lim qaydi bo'lgan. Bu o'limlarni vacsinaga aloqasi bormi yo'q teksvirishmoqchi shuning uchun vaqtincahlik to'xtatildi. Sizlar ham olmay turilar.

Bintu Ulug’bek

Читать полностью…

TOYYIBAAH

Uch narsa sabrdandir:
1. Musibating haqida gapirma.
2. Og'ringdan nolima.
3. O'zingni oqlama.

Sufyon Savriy

Читать полностью…

TOYYIBAAH

Бугун Ош шахридан , Бишкек тарафга иш юзасидан сафар қилдик.
Ризқимиз қўшилган экан , онамни овсинлариникига мехмонга келдик. Оддий оила, яшаш шароити, кийиб еб ичишида хеч нолиганини эшитмаганман бу оилани, лекин оилада қийинчилик, синовлар бўлганда аёли жуда сабрли аёл эканлигини билганман.
Хуллас гапни чўзмоқчи эмасн, лекин бизни ўзбекларда бунақа холатни кўрмаганман десам хам бўлади, айниқса мехмон келган хонадон , мехмонга хизмат қилиш билан базан намозни хам ўз вақтидан кечиктириб ўқиганини гувохи бўлганман.
Асрдан кегин келдик. Салом аликдан сўнг бир пиёла чой ичдик, кечки овқатни қилдик.
Тўғриси дастурхонни йиғиштираверйми деганда , ха бемалол дедиму , энди бемалол сухбатлашиб ўтирамиз шекилли деб ўйладим.
Дастурхон йиғиштирилди , сўнг шом вақти бўлиб қолди ўқиб оламизми деди, ха дедимда шомни бирга ўқидик. Сўнг қўлида кўринишидан ғилофи эскироқ ( узркуя, лекин Қурон кўп ўқилганидан варақлари эскирганлигини билса бўлар эди)
Қуронни олиб хонтахтани устига олиб келиб қўйдида, менга қараб бирга ўқиймизми деб жилмайди.
Тўғриси мезбон тарафдан буни кутмаган эдим. Майли сиздан бўлсин дедим. Бошқа сўз топа олмадим 😔
Қуронни ўқиганини кузатиб қандек бахтли а , мехмонга хизматини адо қилди ва гап сотиб ўтирмадида менга хам илинди дедим.
Бизни ўзбеклар мехмон кузатиш бўлса базан хаддан зиёд ошириб юборишганини билар эдимку, лекин охират учун мехмонни хам қурон ўқишига сабабчи бўлган мезбонга биринчи бор гувохи бўлябман.
Аллох икки дунёси учун давомий,фойдали ,хойрли илм берсин барчамизга..!

Читать полностью…

TOYYIBAAH

Друзямдан "Салафийлар чиқиб кетсин, Ҳизбийлар чиқиб кетсин, Сўфийлар чиқиб кетсин", дейдиган юзлаб одамларни кўрдим. Аммо бирорта "Друзямдан бенамозлар, фосиқлар, мунофиқлар чиқиб кетсин", деган одамни учратмадим. Ҳеч йўқ шундай деганда ҳам тушунишга ҳаракат қилар эдим.

Озгина тоқат бўлса, кўп нарсаларга эришсак бўлади. Мени дўстлигимда нафақат ҳар-хил мазҳаб эгалари ва оқимдагилар, балки, динсизлар ҳам бор. Ҳар кимдан бир нарса ўрганаман. Ҳар ким бир олам. Провокация қилмаса, ҳаддидан ошмаса, ҳақоратламаса тоқат қиламан.

Биз мусулмонларга душманни кераги йўқ. Массонлар, cионистлар, ола бўжилар эмас, энг аввало ўзимиз ўзимизга душманмиз.

©️Sayyid Islom

Читать полностью…

TOYYIBAAH

Таҳажжудга туришга ёрдам берадиган ва руҳлантирадиган 100 дан ортиқ насиҳат
Бисмиллаҳир роҳманир роҳим

1. Таҳажжудга туришда Аллоҳга ихлос қилиш
2. Аллоҳ таоло таҳажжудга туришга чақирганини ҳис қилиш
3. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам таҳажжудга туришга даъват қилганлар
4. Салафлар таҳажжуднинг раббоний руҳиятини ҳис қилишган
5. Ўнг томон билан ухлаш
6. Таҳажжуд қалбнинг ғофиллигини ҳайдовчи восита эканини идрок қилиш
7. Аллоҳ тунда намоз ўқиётганни кўришини ва эшитишини ҳис қилиш
8. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам таҳажжудни ўқишга қунт қилганларини билиш
9. Муждаҳид уламоларни таҳажжудга алоҳида эътибор берганлари
10. Таҳажжудга туришни енгиллаштиришини сўраб Аллоҳга дуо қилиш
11. Таҳорат билан ухлаш
12. Аллоҳ таоло таҳажжудга турган кишидан хурсанд бўлишини билиш
13. Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам тунги намозни ҳеч тарк қилмаганлар. Ҳаттоки касал бўлган вақтларида ҳам.
14. Саҳобаларнинг таҳажжудга туришга иштиёқлари кучли бўлганини билиш.
15. Хуфтон намозидан кейин эрта ухлашга ҳаракат қилиш
16.Таҳажжуд муваффақиятнинг сабаби эканини идрок қилиш
17. Таҳажжудга туришни ният қилиб уйқуга ётиш
18. Аллоҳ таҳажжудга турувчи бандаси билан фаришталарга мақтанишини билиш
19. Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам жиҳод бўлган вақтларда ҳам таҳажжудни тарк қилмаганлар
20. Гуноҳ ва масиятлардан четда бўлиш
21. Уйқудан олдинги зикрларни доимо айтиб юриш
22. Таҳажжудга турувчи учун Аллоҳ таоло юксак савобни тайёрлаб қўйганини билиш
23. Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам сафарда ҳам таҳажжудни тарк қилмаганлар
24. Салафларнинг аёллари ҳам тунда қоим бўлишга қунт қилганларини билиш
25. Таҳажжудни ўқиш қалбни хурсанд бўлишига сабаб бўлади
26. Кўп ейиш ва ичишдан четланиш
27. Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам завжаларини ҳам таҳажжудга туришга даъват қилганлар
28. Амирлар ва халифалар ҳам таҳажжудни ўқишга ҳирс қўйганлар
29. Таҳажжудни ўқиётганда шайтон тўсқинлик қилишини англаб етиш
30. Ухлаётганда ёпинчиққа ўралиб ётмаслик
(Давоми бор)

Читать полностью…

TOYYIBAAH

Bu kun O‘zbekistonga qanday kirib keldi?!

Biroz muddatdan so‘ng Klara Moskvaga jo‘nab ketadi. Uni fohishalar kunini nishonlash haqidagi g‘oyasi (fitnasi) sovet tuzumiga ham yoqib qoladi. Ya‘ni sovet, bu g‘oyaga: o‘z qo‘l ostida mustamlaka bo‘lgan davlatlardagi muslima ayollarning ibo-hayosini, iffatini bulg‘ashga, ularning yopiq liboslarini yechdirib, fohishalikka targ‘ib qilishga juda zo‘r g‘oya ekan deb qaraydi va bu kunni o‘rta Osiyo davlatlariga ham joriy qiladi. Bu kunni musulmon xalqlariga, xossatan O‘zbekistonga ham targ‘ib qilishlari natijasida ba'zi muslimalar o‘z xohishlari bilan chimmatlarini 🔥olovga otishadi🔥, ba'zilarinikini esa majburlab yechdirishadi, ba'zi mo‘minalar esa paranjiga o‘ralganicha o‘limga mahkum etiladi. Chunki ular paranjisini yechishdan qattiq bosh tortishgan, Allohdan qo‘rqishgan. O‘z dinlarida mustahkam turishgan. Va in shaa Alloh ulkan ajrlarga erishishdi. Shu tarzda targ‘ibotlar davom etgan. Muslimalarni majburlab ko‘chaga olib chiqishgan, vahokazo...
Diqqat qilish muhim bo‘lgan bir nuqta borki, hozir o‘sha: paranjisini o‘z xohishi bilan yechgan muslimalar ham, majburan yechganlari ham, va umuman yechmagan, dinida mustahkam turib olgan mo‘minalar ham, hammasi qabrida yotibdi. Endi o‘ylab ko‘raylik, ularning holatlari qanday ekan. Albatta ularning holati bir xil emas, kimdir ne‘matlar ichida yotgan bo‘lsa, kimdir o‘sha paranjisini yoqqan olovdanda shiddatli olov ichida yotibdi...

Vallohu a‘lam.

Читать полностью…

TOYYIBAAH

Fohishalarning buvisi Klara setkinning tarixini bilasizmi?

Читать полностью…

TOYYIBAAH

Ishq pokiza tuyg'u. Pokiza va halolga nisbatan his qilinadigan. Xaromga nisbatan his qilingani ishqmas vaqtinchalik shaxvat. Azob va balolarning aksariyati xaromdan keladi.

@toyyibaah

Читать полностью…

TOYYIBAAH

Bir o’zingizni taftish qilib ko’ring.
Hozirgi kunda sizga qanday musibat-sinov kelgan taqdirda ham shu hayotingizdan Allohdan rozimisiz?

-Demak siz ko’plab insonlar erishaolmagan baht-saodatda siz!

bintyunus

Читать полностью…

TOYYIBAAH

Seni chindan ham sevganlar, sen uchun qaygʻurganlar haqida bilmoqchimisan?!

Ular seni nimaga ragʻbatlantirib, nimadan qaytarayotganlariga boq!
Haqiqiy sevganlar seni maʼsiyat koʻchasidan toʻsishadi.
Haqiqiy qaygʻurganlar seni jahannam azobidan asrashadi.
Yaxshilikka daʼvat qilib, yomonlikdan qaytarishadi.
Ulargina seni chindan sevishadi va asrab avaylashadi.

Seni dunyoning oʻtkinchi rohatlariga, lahzalik lazzatlariga chorlashmaydi.
Seni oʻzlariga emas, Robbilariga yaqinlashtirishadi. Ana oʻshalar chindan xam sevganlardir.

Shunday insonlaring boʻlsa, qoʻyib yuborma!
Chunki, ularning muhabbati seni hisob kuni arshning soyasiga oladi, jannatga kalit boʻladi.

Senchi?! Sen ham kimnidir shunday sevasanmi?!

(c) Qudratulloh Ahmad sahifasidan

Читать полностью…
Подписаться на канал