toshkentshaharmmtb | Неотсортированное

Telegram-канал toshkentshaharmmtb - Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

15004

Тошкент шаҳар Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси. Манзили: 100000. Тошкент шаҳри Мустақиллик кўчаси 69 уй. Электрон манзили: t.toshkent_shxtbb@exat.uz Телефон — (+998) 71 237 08 01

Подписаться на канал

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

#Jasorat_maktabi

📣 Hurmatli ota-onalar!

Joriy yilning 29-iyul kuni "Jasorat maktablari"ga kirish imtihon natijalari boʻyicha teng ball toʻplagan nomzodlar uchun jismoniy tayyorgarlik sinovlari boʻlib oʻtadi!

⚡️ Jarayonlar joriy yilning 29-iyul kuni soat 8:00 da ushbu havoladagi manzillarda boshlanadi.

Maʼlumot uchun: ushbu sinovlarda har bir oʻquvchiga 5 tadan jismoniy mashq beriladi hamda “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining turlari va mezonlariga muvofiq 50 ballik tizim asosida baholanadi.

Natijalar yuzasidan qiziqtirgan savollar bo'lgan taqdirda belgilangan tartibda tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta'limi bo'limida tashkil etilgan komissiyaga murojaat etishi mumkin.

❗️ Bu muhim: talabgorlar imtihon boshlanishidan 1 soat oldin tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari shart.


📞 Qoʻshimcha maʻlumotlar uchun
tel: 1206


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

#Dolzarb_90_kun
#Maktabgacha_taʼlim

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi 100-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Ziyo-nur taratuvchi bolalar maskani” mavzusida navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi.

➡️Tadbirda bolajonlarning fikrlash, eslab qolish va ifodalay olish qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan interaktiv mashg‘ulotlar, o‘yinlar va ijodiy chiqishlar tashkil etildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

#Jasorat_maktabi

📣 “Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilindi

✅ Xabaringiz bor, joriy yilning iyul oyida “Jasorat maktablari”ga kirish uchun ikki (test, jismoniy tayyorgarlik) bosqichli imtihonlar boʻlib oʻtgan edi.

➖ Mazkur sinovlar yakuniy natijalari bilan
ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Izoh: roʻyxatdagi alohida rang belgilari quyidagi maʼnoni anglatadi:

🟢 yashil rang — oʻqishga qabul qilingan;
🟡 sariq rang — nomzodning egallagan bali boshqa nomzodlar bilan teng kelganligi sababli qoʻshimcha ravishda jismoniy tayyorgarlik imtihoni topshirish talab etiladi;
⚪️ oq rang — oʻqishga kirishga tavsiya etilmagan.

👉 Maʼlumot uchun: imtihon yakuniy natijalariga koʻra, kvota doirasida ballari teng boʻlgan nomzodlar uchun jismoniy tayorgarlikdan qoʻshimcha sport sinovlari boʻlib oʻtadi.

✍️ Uning oʻtkazilish vaqti va joyi haqida qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

🎓 100% GRANT — BU SIZNING IMKONIYATINGIZ!

Tasavvur qiling: siz xalqaro darajadagi ta’limni mutlaqo bepul olasiz.
💰 Grant 72 000 000 so‘mgacha bo‘lgan to‘lovni to‘liq qoplaydi!

🌍 TIUE — zamonaviy bilim maskani. IT, kiberxavfsizlik, biznes va boshqa zamonaviy yo‘nalishlarda o‘qib, kelajagingizni bugundan boshlab qurishingiz mumkin.

Grantlar soni cheklangan.
Shuning uchun bugunoq ariza topshiring va imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

📲 Ro‘yxatdan o‘tish: @tiue_talimgranti_bot
🌐 Sayt: tiue.uz
📞 Call-markaz: +998 55 512 20 20 | +998 99 560 20 20
______
🎓 100% ГРАНТ — ВАША ВОЗМОЖНОСТЬ!

Представьте: вы получаете образование международного уровня абсолютно бесплатно.
💰 Грант покрывает всю стоимость обучения — это 72 000 000 сумов экономии!

🌍 Учитесь в университете TIUE — в одном из самых современных университетов страны, развивайтесь в IT, кибербезопасности, бизнесе и других актуальных сферах.

Количество грантов ограничено.
Не упустите свой шанс — подавайте заявку уже сегодня!

📲 Регистрация: @tiue_talimgranti_bot
🌐 Сайт: tiue.uz
📞 Call-центр: +998 55 512 20 20 | +998 99 560 20 20

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

#Maktabgacha_taʼlim
#dolzarb_90_kun

✅Bugun Yunusobod tumanidagi 43-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri uyushtirildi.


👫Unda mazkur maskanda faoliyat ko'rsatayotgan pazandalik, rassomlik, taekvonda, shaxmat, shashka, nafis gimnastika, ingliz tili, raqs kabi o'ndan ortiq to'garaklar tarbiyalanuvchilari o'z chiqishlarini namoyish etdilar.

♻️Tadbirda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, tuman bo'limi, tuman hokimligi mas'ullari, ota-onalar ishtirok etdilar.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
/channel/ToshkentshaharMMTB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

#imtihon_natijalari
#birinchi_bosqich
#Prezident_maktablari

📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

✔️ Joriy yilning 6-iyul kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi.

✅ Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin:
https://www.cambridgeinternational.org/J25-preselection-results/

Quyidagi halova orqali ham natijalaringizni bilishingiz mumkin: https://portal.piima.uz/page/ps1

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

#qonunchilik_hujjatlari
#eslatma

✅ Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi tegishli
qaroriga asosan:

➖ har bir tuman (shahar)da Ilk rivojlanish markazlari faoliyati bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyiladi.

joriy yilda 50 ta, 2026-2028-yillarda qolgan tuman va shahardagi quvvatiga nisbatan past koeffitsiyentda faoliyat koʻrsatayotgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, kasbiy taʼlim tashkilotlari va boshqa ijtimoiy soha obyektlarida ushbu turdagi markazlar tashkil etiladi.

👉 Ilk rivojlanish markazlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

🔹 maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinmagan bolalar uchun maktabgacha taʼlim xizmatlaridan foydalanishda teng imkoniyatlar yaratish;

🔹 bolaning jamiyatga moslashishini va taʼlim olishni davom ettirishga tayyorligini taʼminlash;

🔹 bolaning yoshi, oʻziga xos imkoniyatlari, qobiliyatlari hamda ehtiyojlarini inobatga olib, har tomonlama kamol topishini taʼminlash.


👉 Qarorga muvofiq:

➖ markazlar hududlarning ehtiyojidan kelib chiqib, maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinmagan bolalar, birinchi navbatda “Kambagʻal oilalar reestri”ga kiritilgan oilalarning farzandlarini qamrab oladi;

➖ 3 — 6 yoshli bolalar uchun “oʻyin guruhi”, 2 — 7 yoshli alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun “maxsus maktabgacha taʼlim xizmati” modellari asosida taʼlim-tarbiya beriladi;

➖ “oʻyin guruhi” modelini joriy qilish uchun ijtimoiy soha obyektlarining boʻsh turgan xonalari toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida tekin foydalanish huquqi asosida markazlarga beriladi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

#Dolzarb_90_kun
#yozni_biz_bilan

✅Yunusobod tumanidagi 63-sonli umumta'lim maktabida ham “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.


👫Maktab qoshidagi bolalar sport-sog'lomlashtirish maydonchalarida o'quvchilar yozgi ta'tilni mazmunli va maroqli o'tkazishyapti. Turli to'garaklarda mashg'ulotlarni yuqori saviyada tashkil etishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, psixologik treninglarda o'g'il-qizlar faol qatnashyapti. Jumladan, “His-tuyg'ular olamiga sayohat" mavzusida o'tkazilgan mashg'ulotlarda o'quvchilar qizg'in bahs-munozaralarda faol ishtirok etishganligi quvonarlidir.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
/channel/ToshkentshaharMMTB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 246-sonli umumta'lim maktabi qoshida faoliyat olib borayotgan Kasb markazi doimo yoshlar bilan gavjum. Mazkur ta'lim muassasasida olib borilayotgan ishlardan nafaqat o'quvchi-yoshlar, balki ularning ota-onalari ham behad mamnun.

🔰Kuni kecha ushbu dargohdagi ibratli ishlar, kelgusidagi rejalar xususida mamlakatimizning markaziy nashrlaridan biri “Народное слово” gazetasida maqola chop etildi.

📃Marhamat, Siz ham tanishing.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
/channel/ToshkentshaharMMTB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Yakkasaroy tumanidagi 144-sonli umumta'lim maktabi qoshida faoliyat ko'rsatayotgan yozgi bolalar kunduzgi oromgohida bolajonlarning sho'x-shodon va quvnoq kulgulari jaranglaydi.

👫Mazkur maskanda o'quvchilarning yozgi ta'tilni mazmunli va maroqli o'tkazishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Mahoratli pedagoglar rahbarligida o'ndan ortiq turli to'garaklar samarali faoliyat ko'rsatmoqda. Unda o'g'il-qizlar o'zlari yoqtirgan mashg'ulotlar bilan shug'ullanishmoqda.

🔰Bugun tuman hokimligi, tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas'ullari ushbu maskanda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
/channel/ToshkentshaharMMTB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

#Dolzarb_90_kun
#yozni_biz_bilan

✅Bugun Yunusobod tumanidagi 117-sonli umumta'lim maktabi qoshidagi “Bilimdon avlod” yozgi bolalar sport-sog'lomtlashtirish maydonchalari bolajonlar bilan gavjum.


👫Unda tajribali pedagog-murabbiylar tomonidan olib borilayotgan mashg'ulotlarda o'quvchilar yozgi ta'tilni mazmunli va maroqli o'tkazishmoqda.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
/channel/ToshkentshaharMMTB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

🎥Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 1-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” shiori ostida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

🚦Unda yo'l patrul xodimi tomonidan tashkil etilgan amaliy mashg'ulotlar jajji bolajonlarda katta qiziqish uyg'otdi. Un da tarbiyalanuvchilar zo'r ishtiyoq bilan faol ishtirok etdilar.

🎥Bu haqda video lavhamiz orqali tanishing.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
/channel/ToshkentshaharMMTB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

#Dolzarb_90_kun
#yozni_biz_bilan

✅ Yakkasaroy tumanidagi 362-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida ko'rgazmali chiqishlar va seminar-trening boʻlib oʻtdi.


👨‍👩‍👧‍👦 Unda ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirokida yozgi sogʻlomlashtirish toʻgaraklari faoliyati namoyish etildi.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
/channel/ToshkentshaharMMTB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 63-sonli umumta'lim maktabida ham “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.

👫Maktab qoshidagi bolalar sport-sog'lomlashtirish maydonchalarida o'quvchilar yozgi ta'tilni mazmunli va maroqli o'tkazishmoqda. Turli to'garaklarda mashg'ulotlarni yuqori saviyada tashkil etishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, kitobxonlik to'garagi o'g'il-qizlar bilan doimo gavjum. Unda bolalar o'zlari mutolaa qilgan asarlar yuzasidan qizg'in bahs-munozaralarda faol ishtirok etayotganligi quvonarlidir.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
/channel/ToshkentshaharMMTB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

#ogohlik
#xulosa_qiling

😄 O'quvchining psixotrop moddalar iste'mol qilishiga kim aybdor?


🤔 Bola tarbiyasiga befarq bo'lmang!

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharMMTB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

📰📰📰📰📰📰📰

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov hamda “BBW” Bavariya iqtisodiyotining kasbiy taʼlim uyushmasi bosh direktori Volker Falx o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekistonda nemis tajribasi asosida o‘rta taʼlim maktablarda kasbga o‘qitish dasturlarini joriy qilish masalasi muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida hamkorlik kelishuvi imzolandi, unda:

◀️ kasbiy taʼlim va kasbiy qayta tayyorlash kurslarini tashkil qilish bo‘yicha tajriba almashish;

◀️ O‘zbekistondagi maktablarda amaliyotga yo‘naltirilgan taʼlimni joriy etish, bu yo‘nalishga kerakli o‘quv dastur, adabiyot va o‘qituvchilarni tayyorlashni bo‘yicha birgalikda ish olib borish;

◀️ “kasbiy taʼlim ustalari”ni tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

◀️ nemis tili egalarini O‘zbekistonning o‘rta maktablariga kasbiy taʼlimni o‘qitishga jalb qilish kabi yo'nalishlarda hamkorlik qilish belgilangan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

#Maktabgacha_taʼlimni_rivojlantirish_oyligi

Bugun Toshkent shahar, Mirobod tumanidagi 66-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Maktabgacha ta’limni rivojlantirish oyligi” doirasida “Baxtli bolalik” nomli amaliy tadbiri bo’lib o’tdi.

👥 Tadbirda 32, 66, 126, 183, 482, 498 hamda 521-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi.

Bolajonlar quyidagi to‘garaklarda ishtirok etdilar:
“Ingliz tilini o‘rganamiz”
“Til va nutq”
“Turon-teatr”
“Fan va tabiat” uyg‘unligida qiziqarli tadqiqotlar


➡️Yozgi sog‘lomlashtirish davrida barcha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sport, robototexnika, kulolchilik, xorijiy tillar, yosh ixtirochilar, musiqa hamda raqs to‘garaklari faoliyat yuritmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimi tarixiy islohotlarning markazida bo‘lmoqda deyish mumkin. Davlat rahbarining har safar soha xodimlari bilan uchrashuvlari, taqdimot, tashrif va samimiy muloqotlarida buni his etamiz. Ha, bugungi O‘zbekiston uchun ta’lim strategik soha. Buni berilayotgan e'tibor, ijtimoiy soha uchun ajratilayotgan mablag‘lardan ham sezish mumkin.

Prezidentimiz tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan islohotlar, ijobiy o‘zgarishlar jadal davom etmoqda. Ta’limdagi bugungi yutuqlar ertangi ulkan muvaffaqiyatlarga poydevordir!

@hilola_umarova

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 212-sonli umumta'lim maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o'quvchi-yoshlarning bo'sh vaqtlarini samarali tashkil etishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

⛹️Jumladan, mazkur ta'lim muassasasi qoshida faoliyat olib borayotgan basketbol to'garagida o'nlab yoshlar o'z mahoratlarini oshirish bilan birgalikda turli nufuzli musobaqalarda munosib qatnashib kelmoqda.

🎥Bu haqda videolavhamiz orqali tanishing.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
/channel/ToshkentshaharMMTB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

#Maktabgacha_taʼlim

✅Ayni kunlarda poytaxtimizda “Maktabgacha ta'limni rivojlantirish oyligi” doirasida talaygina ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.


♻️Jumladan, buni Yunusobod tumanidagi 43-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati misolida ko'rishimiz mumkin. Ayni paytda mazkur ta'lim tashkilotida 480 nafar jajji o'g'il-qiz tarbiyalanmoqda.

👫“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida ushbu maskanda ta'lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash borasida reja va dasturlar ishlab chiqilgan. Ushbu dargohda o'ndan ortiq turli to'garaklar mashg'ulotlarining yuqori saviyada o'tkazilayotganligi tarbiyalanuvchilarning ham ma'nan, ham jismonan sog'lom kamol topishlari uchun zamin yaratmoqda.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
/channel/ToshkentshaharMMTB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

#Dolzarb_90_kun

Bugun Bektemir tumani 289-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi va 1-sonli sport maktabi suzish havzasida "Dolzarb 90 kun" loyiha doirasida bolajonlar ishtirokida quvnoq startlar, armrestling, shaxmat-shashka, stol tennisi, suzish sport turidan musobaqalar oʻtkazildi.

Bolalar oʻzlarining jismoniy faollik, chaqqonlik va jamoaviylikda o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Musobaqalar yakunida gʻolib boʻlgan faol va iqtidorli ishtirokchilar diplom, medal va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

/channel/ToshkentshaharMMTB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

#dolzarb_90_kun
#yozni_biz_bilan

✅Poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi 50-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bugun ko'pchilikning diqqat-e'tiborini tortmoqda. Ushbu maskanda ta'lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar mutaxassis va ota-onalar tomonidan alohida e'tirof etilayotgani ham bejiz emas.


🎥Bu haqda “Bolalar vaqti” teledasturi orqali batafsil tanishing.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
/channel/ToshkentshaharMMTB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

#Dolzarb_90_kun
#yozni_biz_bilan

✅Poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi 48-sonli davlat maktabgacha ta'limtashkilotida jajji o'g'il-qizlarning sog'lom va durkun ulg'ayishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.


👫Ayni paytda ta'lim tashkiloti ma'muriyati “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida bolajonlarning yozni maroqli o'tkazishlari uchun aniq chora-tadbirlar rejasi bo'yicha mashg'ulotlar olib borishyapti.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
/channel/ToshkentshaharMMTB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 373-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida jajji o'g'il-qizlar uchun har bir kun olam-olam taassurotlarga boy tarzda o'tadi, desak ishonavering.

👫Jumladan, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida "Ertaklar — yaxshilikka yetaklar" mavzusida o'tgan navbatdagi mashg'ulotlar aynan fikrimiz tasdig'idir. Unda pedagog-tarbiyachilar chinakam ertak qahramonlariga aylanishgan bo'lsa, ularning chiqishlari kichkintoylar qalbini o'zgacha quvonchga to'ldirgani shubhasiz.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
/channel/ToshkentshaharMMTB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Kuni kecha O'zbekiston 24 telekanalida namoyish etilgan “Yangilanish shiddati” teleko'rsatuvining navbatdagi soni Toshkent shahrida maktabgacha va maktab ta'limi tizimida olib borilayotgan islohotlarga bag'ishlandi.

🎥Marhamat, Siz ham tanishing.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
/channel/ToshkentshaharMMTB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

#Dolzarb_90_kun
#yozni_biz_bilan

✅Bektemir tumanidagi 575-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Mening sevimli kitobim” nomli ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.


♻️Tadbir davomida bolajonlar o‘z tasavvurlari asosida sevimli kitoblarini yaratib, ijodiy ishlanmalarini namoyish etdilar. Har bir ishtirokchi o‘z dunyoqarashi va tasavvuriga tayangan holda kitob sahifalarini bezab, uni o‘ziga xos tarzda ifoda etdi.

🔰Tanlov yakunida barcha ishtirokchilarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir bolalarning ijodkorlik salohiyatini oshirish, kitobga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va mazmunli hordiq chiqarishlariga xizmat qildi.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
/channel/ToshkentshaharMMTB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

📰📰📰📰📰📰📰
#Мактабгача_таълим

✈️ Janubiy Koreya: O'yinga asoslangan ta'lim, bu orqali bolada muloqot ko'nikmasi va ixtirochilik qobiliyatining rivojlanishi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda KOICA hamkorligida Janubiy Koreyada tashkil etilgan “Bolalarga o‘yin orqali ta’lim berish” mavzusidagi xalqaro treningda Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi 122-sonli DMTT direktori Xadicha Mavlonova ham ishtirok etdi.

📝 Seminar davomida Janubiy Koreya tajribasida o‘yin vositasida ta’lim berish orqali bolalarning fikrlash, jamoada ishlash, muloqot va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalari qanday rivojlantirilayotgani bilan yaqindan tanishildi.

📈 DMTT direktori o‘z taassurotlarida ushbu tajribani o‘z faoliyatiga tatbiq etish niyatida ekanini bildirib, bu yondashuv maktabgacha ta’lim sifatini oshirishda muhim vosita bo‘lishini ta’kidladi.

Ma’lumot o’rnida: 2025-yil 28-iyuldan boshlab koreyalik mutaxassislar tomonidan O‘zbekistonda seminar-treninglar o‘tkaziladi.

2025-yil sentabr oyidan boshlab esa 3 ta tanlab olingan DMTTda o‘yin orqali ta’lim berish yondashuvi eksperimental tarzda amaliyotga joriy etilishi rejalashtirilgan.


#Koreya_taassurotlari

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

#Siyosiy_ma’rifat_soati_25_son

📚
“Siyosiy ma’rifat soati”

⏺️
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

⏺️
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

▶️
Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://youtu.be/PkQvb2mz7JI sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

👉Rasmiy sahifalarimiz:
TELEGRAM  | INSTAGRAM | FACEBOOK

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 244-sonli umumta'lim maktabida tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tashabbusi bilan «Rasmiy hujjatlarni to‘g‘ri yuritish - o‘quvchi, o‘qituvchi va rahbar yutug‘i» mavzusida seminar-trening o'tkazildi.

♻️Unda tuman Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari hamda tumandagi barcha umumta'lim maktablarining o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari ishtirok etdi.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
/channel/ToshkentshaharMMTB

Читать полностью…

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

✅Bektemir tumanidagi “Zabardast” mahallasida joylashgan 108-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ota-onalar bilan hamkorlikda “Xayr bog'cha — salom maktab!” tadbirlari o'zgacha hayajon bilan o'tkazildi.

🎼Joriy yilda mazkur ta'lim tashkilotida tarbiyalangan 90 nafar jajji o'g'il-qiz maktab ostonasiga qadam tashlaydi. Zukko va bilimdon shirintoylarning har bir chiqishi barchada katta taassurot qoldirdi.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
/channel/ToshkentshaharMMTB

Читать полностью…
Подписаться на канал