Тошкент шаҳар Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси. Манзили: 100000. Тошкент шаҳри Мустақиллик кўчаси 69 уй. Электрон манзили: t.toshkent_shxtbb@exat.uz Телефон — (+998) 71 237 08 01
✅Bugun Chilonzor tumanidagi 201-sonli umumta'lim maktabida “Hokim va yoshlar uchrashuvi” tadbiri o'tkazildi.
👏Uchrashuvda tuman hokimi Saidqahhor Xolho'jayev bitiruvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berish bilan bir qatorda ularning takliflarini ham tingladilar.
🔰Tadbir doirasida tuman hokimi mazkur maktabda ikkitata kasb va ikkinchi xorijiy tilni o'rgatish bo'yicha qilinayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
🆕Shuningdek, yangi o'quv yilidan boshlab Hokim stipendiyasini joriy qilish, shuningdek, o'quvchilar o'rtasida “Zakovat” intellektual o'yini bo'yicha Hokim kubogi tanlovlarini o'tkazish yuzasidan kelishib olindi.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
#tanishing
#oliy_toifa_sohiblari
✅Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 186-sonli umumta'lim maktabi biologiya fani o'qituvchisi Nigora Narzullayeva attestatsiya jarayoni test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirdi.
👍Yakunda mohir pedagog test imtihonlarida 80 ball jamg'arib, oliy malaka toifasini qo'lga kiritdi.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Olmazor tumanida “Hokim va yoshlar uchrashuvi” tadbiri muntazam o'tkazib kelinadi.
❇️Jumladan, kuni kecha tuman hokimi Azizxon Umarxonov 249-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.
🔰Bitiruvchi-yoshlar bilan kechgan samimiy muloqotda tuman rahbari ularning erishgan yutuqlari, orzu-o'ylari bilan qiziqdi. Bugunning yigit-qizlari yanada ko‘proq yutuq va muvaffaqiyatlarga erishishga loyiq ekanligi alohida ta'kidlandi.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 288-sonli umumta'lim maktabida ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari uchun "Umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusida seminar-trening o'tkazilmoqda.
⚡️Seminarning ochilish marosimida Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Otabek Jumaev, tumani hokimligi, maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas'ullari ishtirok etdi.
✏️Tadbir davomida ta'lim tashkilotlaridagi o'quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish va jamiyatda bo'layotgan o'zgarishlarga daxldorlik hissi asosida tarbiyalash bo'yicha hamkor tashkilotlar bilan amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olinmoqda.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 132-sonli umumta'lim maktabida “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir uyushtirildi.
🎥Tafsilotlar bilan Toshkent telekanali ijodkorlari talqinida batafsil tanishing.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
#tanishing
#oliy_toifa_sohiblari
✅Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 274-sonli umumta'lim maktabi geografiya fani o'qituvchisi Zamira Mo'minova attestatsiya jarayoni test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirdi.
🔰Yakunda mohir pedagog test imtihonlarida 80 ball jamg'arib, oliy malaka toifasini qo'lga kiritdi.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Poytaxtimizning Sergeli tumanidagi 68-sonli umumta'lim maktabida ham "Umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusida seminar-trening boshlandi.
🔰Seminar kaskad usulida ikki bosqichda o'tkazilib, unda barcha umumta'lim maktablaridagi ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari qamrab olingan. Unda o'quvchilar tarbiyasi va odob-axloqi hamda davomatini yaxshilash bo'yicha mas'ullarning malakasi oshirilishi ko'zda tutilgan.
👉O'quv-seminar davomida ta'lim tashkilotlaridagi o'quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish va jamiyatda bo'layotgan o'zgarishlarga daxldorlik hissi asosida tarbiyalash bo'yicha hamkor tashkilotlar bilan amalga oshiriladigan vazifalar aniq belgilab olinadi.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 164-sonli umumta'lim maktabida Abdulla Avloniy nomidagi milliy tadqiqot institutida tahsil olayotgan direktor lavozimiga nomzodlar uchun o'quv-amaliy seminar mashg'ulotlari o'tkazildi.
❇️Mashg'ulotlar davomida maktab direktori Gulnoza Latipova ishtirokchilarni o'z faoliyatidagi ish tajribasi bilan tanishtirdi.
🔰Jumladan, nomzodlar maktabda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, dars jarayonlarini bevosita kuzatish imkoniga ega bo'lishdi.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
#tanishing
#oliy_toifa_sohiblari
✅Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 235-sonli umumta'lim maktabi geografiya fani o'qituvchisi Muhayyo Xudoyberganova attestatsiya jarayoni test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirdi.
🔰Yakunda mohir pedagog test imtihonlarida 80 ball jamg'arib, oliy malaka toifasini qo'lga kiritdi.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Bugun Mirobod tumanidagi 294-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida seminar-trening boshlandi.
🔰Ikki kun davom etadigan mazkur tadbirda tumandagi barcha umumta'lim maktablari ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari, psixologlar, sinf rahbarlari ishtirok etishmoqda.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 41-sonli umumta'lim maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o'qituvchilar o'rtasida sport musobaqalarining tuman final bosqichi bo'lib o'tdi.
⚽️Unda tumandagi umumta'lim maktablari o'qituvchilari shaxmat, shashka, stol tennisi, voleybol, futbol bo'yicha o'z omadlarini sinab ko'rdilar. G'olib va sovrindorlar tashkilotlar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
Qadrli Toshkentliklar va poytaxtimiz mehmonlari.
"9-May xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan 4-may kuni soat 17:00 da Amir Temur xiyoboni bo'ylab "Jasorat-millat g'ururi va iftixori" shiori ostida Milliy gvardiya va Ichki ishlar organlari otliq kavaleriya bo'linmalari ishtirokida "Otlar paradi" bo'lib o'tadi.
Barchangizni mazkur paradni tomosha qilishga chorlab qolamiz.
Website | Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
✅Poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 263-sonli umumta'lim maktabida "Kasbim - faxrim" festivali yuyshqoqlik bilan o'tkazilganini xabar qilgandik.
🎥Tafsilotlar bilan Toshkent telekanali ijodkorlari talqinida tanishing.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi maktab va davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari bo'ylab press-tur uyushtirildi.
🔰Press-tur doirasida respublika ommaviy axborot vositalari va matbuot xodimlari tumandagi 250-sonli davlat maktab ta'lim tashkiloti, 91- va 127-sonli umumta'lim maktablarida ta'lim sifati hamda samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
🎥Tafsilotlar bilan O'zbekiston 24 telekanali ijodkorlari talqinida tanishing.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 235-sonli umumta'lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” ma'naviy-ma'rifiy tadbiri o'tkazildi.
❇️Tadbirga “Nuroniy” jamg'armasi tuman bo'limi raisi Iqbol Ashrapova, Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'limi rahbari Charos Haydarova, huquqshunoslar Gulnora Qo'ziboyeva, Matluba Ro'ziqulova va “Mingchinor” mahalla fuqarolar yig'ini raisi Xolida Fozilovalar taklif etildi.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 70-sonli umumta'lim maktabi direktori Barno Mirvaliyevna Qodirova nafaqaga chiqqanligi munosabati bilan o'z xohishiga ko'ra, vazifasidan ozod etildi.
❇️Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tajribali pedagog Barno Mirvaliyevnaning soha rivojiga qo'shgan salmoqli hissasini yuksak qadrlaydi hamda o'z minnatdorligini bildiradi. Mohir ustozga mustahkam sog'lik, kelgusi hayoti va ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
#OAV_biz_haqimizda
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mas'ullari "Sevimli" telekanalining "Yangi hayot" ijtimoiy-siyosiy tok-shousida ishtirok etishdi.
Mutaxassislar tomonidan tok-shou davomida:
➖ ta'limda amalga oshirilayotgan islohotlar,
➖o‘qituvchilarning malakasini oshirish,
➖ayni kunlarda Respublikamiz bo‘ylab bo‘lib o‘tayotgan malaka toifa sinovlari haqida batafsil ma'lumot berildi.
➖ Shuningdek, IELTS imtihonidan 7 balni qo‘lga kiritgan 6-sinf o‘quvchimiz Saidaxon Hamroyeva ham onasi bilan ishtirok etib, til o‘rganishdagi tajribasi hamda bu borada maktabning o‘rni haqida so‘z yuritdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#tanishing
#oliy_toifa_sohiblari
✅Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 28-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi geografiya fani o'qituvchisi Jahongir Abdazov attestatsiya jarayoni test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirdi.
👍Yakunda mohir pedagog test imtihonlarida 92 ball jamg'arib, oliy malaka toifasini qo'lga kiritdi.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Bektemir tumanidagi umumta'lim maktablarini bu yil 807 nafar o'quvchi-yoshlar tamomlaydi. Shulardan 36 nafari IELTS xalqaro sertifikatiga ega bo'lsa, 13 nafar o'quvchi muddatidan oldin oliy o'quv yurtlariga talabalikka qabul qilingan.
👨👩👦 Kuni kecha Bektemir tumani hokimligi hamda tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi hamkorligida "Farzandim kelajagi uchun befarq emasman!" shiori ostida bitiruvchilarning ota-onalari va tuman mutasaddi rahbarlari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
🔰Unda tuman hokimi, sektor rahbarlari hamda Milliy Gvardiya mutasaddilari ota-onalar hamda yoshlarni qiziqtirgan savollariga javob berdilar.
🎁 Tadbir yakunida namunali xulq va a'lo baholarga o'qiyotgan o'quvchilarning ota-onalari tashakkurnoma va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Yashnobod tumanidagi 149-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan “Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rivojlanishining ilmiy-nazariy va huquqiy asoslari” mavzusida seminar-trening o'tkazildi.
❇️Tadbirni Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish sho’ba boshligi Elena Legay ochdi va olib bordi.
🔰Unda davlat xususiy sherikchilik asosida oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini rivojlantirish, Qonun va qonunosti hujjatlarini yuritish yuzasidan o'zaro fikr almashildi, zarur tavsiyalar berildi.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
✅ Chilonzor tumanidagi 164-sonli umumta'lim maktabida “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo’lib o’tmoqda.
🔰Seminarning dastlabki kunida:
➖O‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyat va qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashda “Vatan tayanchi” harakatining o‘rni;
➖ “Umumta’lim maktablaridagi tarbiyaviy ishlarda zamonaviy yutuq va metodlardan samarali foydalanish”;
➖ Ma’naviy tarbiyaning metodologik asoslari: milliy qadriyatlarga sodiq yoshlarni tarbiyalash, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va Umumta’lim maktablari sinf rahbarlari uchun uslubiy qo‘llanma hamda "Ota-ona-murabbiy" kitoblari taqdimotni o'tkazdi;
➖O‘zbek jadid ziyolilari: maktab islohi va matbuoti kabi mavzularda ma'ruzalar tinglandi.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
Rasmiy munosabat
✅Ijtimoiy tarmoq sahifalarida Yunusobod tumanidagi 414-sonli DMTT tarbiyachisi bolalarga qo'pol muomalada bo'lib, ularni qo'rqitib, kuch ishlatayotgani videolavhada aks etgan xabar e'lon qilingandi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Ishchi guruhi o'rganish olib bordi. Unga ko'ra, yuqoridagi voqea 2024 yilning mart oyida Yunusobod tumanidagi 414-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida kuzatilgan.
Yakunda davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ma'muriyati tarbiyachi I.S. bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilganligi va xodim ishdan bo'shatilganligini ma'lum qilamiz.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Shayxontohur tumanidagi 39-sonli umumta'lim maktabida ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari uchun "Umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusida seminar-trening boshlandi.
🔰Seminarning ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Kamola ismoilova, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi bosh mutaxassis Asqar Atayev ishtirok etdi.
👉Ikki kun davom etadigan mazkur tadbirda tumandagi barcha umumta'lim maktablari ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari ishtirok etishmoqda.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Bugun Chilonzor tumanidagi 126-sonli umumta'lim maktabida tuman hokimi o'rinbosari Alisher Hotamov o'quvchi-yoshlar bilan uchrashdi.
❇️Samimiy ruhda kechgan muloqotda tuman hokimi o'rinbosari yigit-qizlarga o'z hayoti va faoliyati haqida qisqacha so'zlab berdi. Shuningdek, Alisher Farhodovich o'quvchilarga davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumotlar berdi.
👉Shu bilan birga yoshlar hayotda o'z o'rnini topishi uchun bugungi kunda avvalo kompyuter savodxonligiga ega bo'lishi, kamida ikkita xorijiy tilni o'rganishi, eng asosiysi, namunali xulq bilan elu-yurtga xolis xizmat qilishi lozimligini alohida ta'kidlab o'tdi.
🔰Tadbir yakunida Alisher Hotamov o'quvchi-yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
Rasmiy munosabat
✅Ijtimoiy tarmoqning ANTIKORRUPSIYA/rasmiy telegramm kanali sahifalarida Yashnobod tumanidagi ayrim davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyatidan norozi bo'lib yozilgan xabar chop etilgan edi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi quyidagilarni ma'lum qiladi. Yuqoridagi xabar anonim tarzda yozilganligi uchun o'rganilmadi.
🔰Hurmatli ijtimoiy tarmoq faollari!
Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda turli fikr-mulohazalar bildirish urfga aylangan. Ammo bu hech kimga jamoatchilik orasida o'zgalarni haqorat qilish, hurmatsizlik ko'rsatish, nafsoniyatiga tegish huquqini bermaydi.
Ma'lumki, Konstitutsiyaga muvofiq, har kim axborotni izlash, olish, tadqiq qilish, uzatish, tarqatish, undan foydalanish va uni saqlash huquqiga ega.
Yodda tutish kerakki, bu kabi xatti-harakatlar, shu jumladan tuhmat, haqorat uchun fuqarolik, ma'muriy va jinoiy shakldagi javobgarliklar o'rnatilgan.
Tashvishlanarlisi, keyingi paytda ijtimoiy tarmoqlarda bu kabi hech bir dalil va asosga ega bo'lmagan gap-so'zlarning bolalayotganidir. Agar siz rostdan korrupsiya holatlariga qarshimisiz, marhamat, aniq dalil va isbotlari bilan o'z fikringizni bayon qiling. Birov sizga nisbatan nohaqlik qildimi?! Marhamat, tegishli huquq-tartibot idoralariga rasmiy murojaat qilsangiz ayni muddao bo'lur edi.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
Rasmiy munosabat
✅Bugun ijtimoiy tarmoq sahifalarida “Maktabmi bu yoki qimorxona?” sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi quyidagilarni ma'lum qiladi.
Videolavhadagi voqea 2024 yil 23 aprel kuni Yunusobod tumanidagi 235-sonli umumta'lim maktabida 8-“B” sinf o'quvchilari tomonidan tarix fani darsi chog'ida sodir etilganligi aniqlandi. Dars jarayoniga xalaqit qilib, “kartabozlik” qilgan to'rt nafar o'quvchi va ularning ota-onalari maktabga chaqirtirilib, Milliy gvardiya, IIB xodimlari, psixolog hamda maktab ma'muriyati ishtirokida profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.
O'quvchilarning ota-onalariga Ma'muriy Kodeksning 47-moddasiga asosan jarima qo'llanildi. 8-“B” sinf rahbari N.B. ga nisbatan intizomiy chora ko'rilganligini ma'lum qilamiz.
⚡️Hurmatli ota-onalar!
Yuqoridagi holat o'quvchilar tarbiyasi uchun nafaqat pedagoglar, balki ota-onalar ko'proq mas'ul ekanligini ko'rsatib turibdi. So'nggi paytlarda ta'lim muassasalarida “Davomat”, “Tig'” kabi tadbirlarning muntazam o'tkazilishi ayrim ota-onalarga yoqmayotganligini yashirmaymiz.
Shunday ekan, Sizlardan iltimos, farzandingizning faqat maktabga borishi emas, balki uning papkasida nimalar borligi, ko'cha-ko'yda kimlar bilan o'rtoqligi, darslarni qanday o'zlashtirayotganligi bilan ham qiziqsangiz ayni muddao bo'lur edi. Ularning o'smirlik davri yoshidagi o'zgarishlar, qiziqishlarini nazoratga olish va farzandlarimizga zarur shart-sharoitlar yaratish kelgusida faqat yetuk insonlar bo'lib ulg'ayishi uchun zamin yaratadi, xolos.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Xabaringiz bor, joriy yilning 15-aprelidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari pedagog kadrlari uchun malaka test sinovlari o‘tkazilmoqda.
🔰Kuni kecha mazkur test jarayonlaridan keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida poytaxtimizdagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi binosida press-tur tashkil etildi.
🏃♂️Tadbir O‘zbekiston Respubikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi, Toshkent shahar hamda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamkorligida o‘tkazildi.
🎥Tafsilotlar bilan O’zbekiston 24 telekanali ijodkorlari talqinida tanishing.
🖌 Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing: /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Poytaxtimizda oʻtkazilayotgan “Umumtaʼlim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusidagi oʻquv seminari doirasida qator madaniy-maʼrifiy uchrashuv va tadbirlar tashkil etildi.
📍Jumladan, Yashnobod tumanidagi 339-sonli umumta’lim maktabda respublika amaliy fanlar ish faoliyati boʻyicha tajriba almashinuv tadbiri, musiqiy ansambli va texnologiya fani to’garaklari faoliyati, jismoniy tarbiya va sport musobaqalari ģoliblari, tasviriy san'at yo’nalishida rasmlar bo’yicha hisobot ko’rgazma va konsertlar namoyishi boʻlib oʻtdi.
🔰Shuningdek, seminarda Yunusobod tumanidagi 260-maktab o’quvchisi M.Aytmuradova texnoloģiya fanidan o’rgangan karvin va kashtachilik yo’nalishidan ish jarayolarini namoyish etdi.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Odatdagi sinf xonasi, doimiy bir xillik o'quvchini zeriktiradi. Har darsingizga yangilik kiritish, ba'zan o'quvchining xohish-istaklarini ham inobatga olish, ularga erkinlik berish darsda nafaqat ilmiy jihatdan ahamiyatli, balki o'quvtuvchi va o'quvchi, o'quvchilar o'rtasida do'stona munosabatning shakllanishga ham sabab bo'ladi.
⏩Shu sababli ham bugun navbatdagi ona tili va adabiyot darsimizni ochiq havoda tashkil qildik.
⏩O'quvchilar ona tili va adabiyot fanlaridan egallagan bilimlarini turli qiziqarli topshiriqlar bajarish orqali muhokama va mulohaza qilish jarayonlarida yanada mustahkamlashdi.
⏩Tabiat qo'ynida toza havodan bahramand bo'lib dars o'tish o'quvchilarga kõtarinki kayfiyat ulashdi.
🖌Shoira SODIQOVA,
Chilonzor tumanidagi 202-sonli umumta'lim maktabi o'qituvchisi.
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
🚀Yandeks dasturlash maktabiga mentorlarni ishga olamiz!
Yandex dasturlash maktabi - bu 8-10-sinf o'quvchilari uchun bepul ta'lim loyihasi hisoblanadi. Maktab hozirda rus tilida Python asoslarini o'rgatadigan faol va tajribali dasturlash o'qituvchisini qidirmoqda.
🗣Mashg'ulotlar:
⏺Toshkentda bo'lib o'tadi;
⏺Rus tilida;
⏺Haftada ikki marta.
🗣Nomzodlarga qo'yiladigan talablar:
⏺Python dasturlash tilini bilish;
⏺Rus tilini bilish.
🗣Biz nima taklif qilamiz:
⏺Intiluvchan talabalar bilan ishlash imkoniyati;
⏺Yandex vositalari bilan ishlash bo'yicha trening va tajriba;
⏺Asosiy ish bilan bir vaqtda ishlash;
⏺Qo'shimcha daromad.
💬Yandex dasturlash maktabiga nomzodlarni saralash ikki bosqichdan iborat: onlayn kursni muvaffaqiyatli yakunlash va suhbatdan o'tish.
⚪️Hujjatlar 10 maygacha qabul qilinadi:
https://forms.yandex.ru/surveys/tutors/
🔄Qo'shimcha ma'lumot uchun: @dilyarajansu1983
🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬edu.digitaluz?si=ZLMKxyoxAns4ZS49">YouTube 🎰Linkedin