Ем-хашак экинларини етиштириш агротехникаси.
Лалмикор ерларнинг текислик-қир адирлик минтақасида беда экишнинг муддати март ойи, тоғ олди ва тоғли майдонларида апрел ойининг дастлабки ўн кунлиги ҳисобланади.
Экиш меъёри кўк масса олиш учун қуйи минтақада 10-12 кг/га, тоғ олди ва тоғли майдон ларда 14-16 кг/га ҳисобида ёппасига экилади.
Лалмикор минтақаларида беданинг “Аридная” ва “Бойгул” навлари экилади, экиш меъёри 8-10 кг/га ҳисобида кенг қаторлаб (30- 45 см) экилади. Барча лалмикор минтақаларда беда уруғи анкерли сошниклар билан жиҳозланган ғалла
сеялкалари ёрдамида тупроқнинг 1,5-2 см қатламига экилиши зарур.
Беданинг зарарли ҳашаротлардан бири фитономус ҳисобланади. Бу зараркунандага қарши агротехник ва кимёвий кураш чора тадбирларидан бири эрта баҳорда беда экилган далаларга оғир бороналар ёрдамида ишлов бериш ҳамда 0,2-0,3 л/га ҳисобида инсектицидлардан гуллашдан олдин пуркаш яхши самара беради.
💧Каналга уланиш: 👉@tomchikanali
Саволлар: 👉💧@tomchiguruhi
Азиз ТОМЧИ каналимизнинг обуначилари!
Сизларни “Қуйи бўғинда сув ресурсларини бошқариш тизимини такомиллаштириш ҳамда сув ресурсларидан фойдаланиш самарадорлигини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–5-сон, 05.01.2024 й.) билан каналимизда таништирган эдик.
Шу қарорнинг энг муҳим нуқталарини сизларга яна бир бор эслатиб ўтмоқчимиз.
💧Каналга уланиш: 👉@tomchikanali
Саволлар: 👉💧@tomchiguruhi
📱"TOMCHI" - ни ўрнатиш: https://tomchi.mwr.uz/link.html 💧💧
💡 BILASIZMI?
Dunyodagi daryolar ichida eng sersuvi qaysi daryo?
Uning havzasi qaysi qit’ada va qaysi mamlakatlar hududida joylashgan?
Amazonka daryosi dunyodagi eng sersuv daryo deb tan olingan. Uning suv sarfi 219 000 m3/s ga teng. Amazonka daryosi havzasi Janubiy Amerika qit’asida, Braziliya, Kolumbiya, Peru, Ekvador, Venesuela, Dunyoda sersuvligi jihatidan keyingi o‘rinlarda Kongo (41 800 m3/s), Yanszы (31900 m3/s), Orinoko (30000 m3/s), Yenisey (19600 m3/s) daryolari turadi. Ikkinchi o‘rindagi Kongoning suv sarfi Amazonkadan qariyb 5 marta kam, 5-o‘rindagi Yeniseyniki esa 11 marta kam.
Азиз ТОМЧИ каналимизнинг обуначилари!
Сизларни “Қуйи бўғинда сув ресурсларини бошқариш тизимини такомиллаштириш ҳамда сув ресурсларидан фойдаланиш самарадорлигини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–5-сон, 05.01.2024 й.) билан каналимизда таништирган эдик.
Шу қарорнинг энг муҳим нуқталарини сизларга яна бир бор эслатиб ўтмоқчимиз.
💧Каналга уланиш: 👉@tomchikanali
Саволлар: 👉💧@tomchiguruhi
📱"TOMCHI" - ни ўрнатиш: https://tomchi.mwr.uz/link.html 💧💧
BILASIZMI 💡
Dunyodagi daryolar ichida eng uzuni qaysi daryo?
Uning havzasi qaysi qit’ada va qaysi mamlakatlar hududida joylashgan?
Dunyodagi eng uzun daryo deb Nil daryosi hisoblanadi. Uning uzunligi 6650 km (Kagera irmog‘ini qo‘shganda 7088 km). Nil daryosi havzasi Afrika qit’asida, o‘ndan ortiq mamlakat hududida joylashgan.
Gʻallaning hosilini oshirishda muhim tadbirlar (4)
TO‘RTINCHIDAN, foydali havo harorati +15°C dan yuqori bo‘lganda karbamidli suspenziyaga biostimulyatorlarni hamda begona o‘tlarga qarshi gerbisidlar, agarda zang kasalliklari alomatlari ko‘rinadigan bo‘lsa, fungisidlarni ham qo‘shib, kompleks sepishni tashkil etish.
Ushbu yilda biostimulyatorlar bilan 5-7 marta ishlov berish grafigini ishlab chiqish.
Davomi ertaga
💧Каналга уланиш: 👉@tomchikanali
Саволлар: 👉💧@tomchiguruhi
📱"TOMCHI" - ни ўрнатиш: https://tomchi.mwr.uz/link.html 💧💧
#Қонунчиликдаги_янгиликлар
❗️Пахта майдонларининг ҳар гектарига 1 млн сўмдан субсидия берилади
Gʻallaning hosilini oshirishda muhim tadbirlar (3)
UCHINCHIDAN, fevral oyida 1-2 va 3-4 barg holatidagi g‘alla maydonlarida o‘simlikning tuplanish jarayonini, maysalarning o‘sish va rivojlanishini tezlatish, vegetatsiya davrini cho‘zish, qishga chidamliligini mustahkamlash maqsadida gektariga 100-150 kg, fevral oyining boshida karbamid o‘g‘iti
bilan gektariga 100 kg dan, agar ammiakli selitra yoki sulfat ammoniy o‘g‘itidan beriladigan bo‘lsa gektariga 150-200 kg, mart oyida gektariga 200-250 kg va aprel oyida gektariga naychalash davrida 200-250 kg me’yorda azotli mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish darkor.
Davomi ertaga
💧Каналга уланиш: 👉@tomchikanali
Саволлар: 👉💧@tomchiguruhi
📱"TOMCHI" - ни ўрнатиш: https://tomchi.mwr.uz/link.html 💧💧
💡 BILASIZMI
Yer sharidagi Atlantika okeaniga dunyo daryo suvlarining 49 %i kelib quyiladi. Dunyodagi eng sersuv Amazonka, Kongo va Orinoko daryolari hamda Nil, Missisipi, Dunay, Parana va Niger kabi yirik daryolar o‘z suvini shu okeanga quyadilar.
Gʻallaning hosilini oshirishda muhim tadbirlar (2)
IKKINCHIDAN, g‘allaning rivojini tezlashtirish uchun g‘o‘za qator oralariga ekilgan maydonlarda quyosh nuri yaxshi tushmaganligi sababli, g‘alla maysalari to‘liq tuplamasdan tez va qisqa muddatlarda naychalash fazasiga o‘tishi hisobiga 1 m2 da boshoq sonining keskin kamayib ketishiga olib keladi. Shundan kelib chiqib, tezlikda g‘o‘zapoya o‘radigan agregatlarni va qo‘l kuchini safarbar etib, g‘alla maydonlarini g‘o‘zapoyadan tozalash ishlarini yakunlash kerak.
Davomi ertaga
💧Каналга уланиш: 👉@tomchikanali
Саволлар: 👉💧@tomchiguruhi
📱"TOMCHI" - ни ўрнатиш: https://tomchi.mwr.uz/link.html 💧💧
💧Tomizgichli sug‘orish shlangini tanlash
Ko‘p yillik ekinlarni, ayniqsa ko‘p yillik mevali daraxtlarni parvarishlashda ularni sug‘orish uchun qalin devorli sug‘orish shlanglaridan foydalanish iqtisodiy jihatdan foydali sanaladi.
Qalin devorli sug‘orish shlanglarini bir xil sharoitda uzoq muddat – ko‘p yil ishlatish mumkin. Shuning uchun, tomizgichli sug‘orish shlanglarini ishlatish barcha sharoitlarda iqtisodiy jihatdan afzal bo‘lishi mumkin. Faqatgina ularni joriy qilishning boshlang‘ich harajatlari (sotib olish) bir muncha yuqori bo‘ladi.
Tomchilatib sug‘orish tizimlari tarkibida qo‘llaniladigan qalin devorli sug‘orish shlanglari tomizgichi tashqaridan o‘rnatiladigan va tomizgichi ichkaridan qo‘yilgan turlarga bo‘linadi.
Tomizgichi tashqaridan o‘rnatiladigan sug‘orish shlanglari asosan ko‘p yillik daraxtlarni (bog‘ va uzumzorlar) sug‘orish uchun qo‘llanadi.
Tomizgichlari ichkaridan o‘rnatiladigan sug‘orish shlanglari esa ko‘p yillik daraxtlarni sug‘orish uchun ham, bir yillik ekinlarni sug‘orish uchun ham qo‘llanishi mumkin.
Tomizgichli sug‘orish shlanglarining ko‘rsatkichlarini belgilashda quyidagi shartlarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi:
‒ sug‘orish shlangining uzunligi shlangni mavsum davomida yoyish va yig‘ishtirishda qiyinchilik tug‘dirmasligi kerak;
‒ bir tarqatuvchi quvurga ulanadigan tomizgichli shlanglarning uzunliklari va ulardagi tomizgichlar soni iloji boricha bir xil bo‘lishi kerak;
‒ yuqori bosim (1,5–2,0 atm.) ostida ishlovchi diametri Ø 16 mm bo‘lgan sug‘orish shlangidan soatiga 600 -700 litr suv o‘tishi mumkinligini doim hisobga olish kerak;
Tomizgichli sug‘orish shlangi qanchalik uzun bo‘lsa, oxiridagi tomizgichlarini ishlashi uchun shuncha katta bosim kerak bo‘ladi.
Uzun shlangda suvning taqsimlanishi bir tekis bo‘lmaydi, ya’ni shlang boshidagi tomizgichlarda suvning sarfi me’yorida, shlang oxiridagi tomizgichlarda suvning sarfi me’yordagidan kam bo‘ladi.
Shuning uchun, tomizgichli sug‘orish shlangining uzunligini iloji boricha qisqa bo‘lgani va uni 100-120 metr oralig‘ida tayinlangani maqsadga muvofiq sanladi.
Shuning uchun, tomizgichli sug‘orish shlangining uzunligini iloji boricha qisqa bo‘lgani va uni 100-120 metr oralig‘ida tayinlangani maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Parvarshlanayotgan ekinlar ko‘p yillik daraxtlar va ularni sug‘orish uchun tomizgichi tashqaridan o‘rnatiladigan sug‘orish shlanglari qo‘llanailayotgan bo‘lsa, bunday shlanglarda tomizgichlar daraxt yaqiniga o‘rnatiladi. Bunda tomizgichlar orasidagi masofa daraxtlarni ekish sxemasiga bog‘liq bo‘ladi.
Agar parvarshlanayotgan ekinlar ko‘p yillik mevali daraxtlar va ularni sug‘orish uchun tomizgichi ichkaridan o‘rnatiladigan sug‘orish shlanglari qo‘llanilayotgan bo‘lsa, bunday shlanglarda tomizgichlar daraxt ildizi yaqinida joylashadi. Bunda tomizgichlar orasidagi masofa sug‘orish shlangini ishlab chiqarishga buyurtma berishdan oldin ekin dalasi tuprog‘inining suv o‘tkazish xususiyati asosida tayinlanadi.
Sug‘orish shlanglarini ekin qatorlariga joylashtirilgandan keyin shlanglarning bir sug‘orish sektoridagi umumiy uzunligi, hamda sektordagi tomizgichlarning umumiy soni aniqlab chiqiladi.
Gʻallaning hosilini oshirishda muhim tadbirlar:
Qish-bahor oylari g‘alla hosiliga hosil qo‘shadigan davr hisoblanadi, bu davrda
tavsiyada berilgan barcha agrotexnik tadbirlar o‘z muddatlarida sifatli amalga oshirilsa, mo‘l don hosili yetishtirilishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
BIRINCHIDAN, unib chiqqan va 1-2-barg
holatidagi g‘alla maydonlariga gektariga 1,5-2 tonna miqdorida chirigan go‘ng sepish lozim. Bunda, go‘ng namni saqlashga, sho‘rlanish darajasini pasayishiga va sug‘orilganda ozuqa sifatida hosildorlikni kamida 4-6 sentnergacha oshishiga yordam beradi.
Davomi ertaga
💧Каналга уланиш: 👉@tomchikanali
Саволлар: 👉💧@tomchiguruhi
📱"TOMCHI" - ни ўрнатиш: https://tomchi.mwr.uz/link.html 💧💧
Tomizgichli sug‘orish lentasi ko‘rsatkichlarini tanlash (davomi)
Tomizgichli sug‘orish lentasi tomizgichining ishchi bosimi va tomizgichlari orasidagi masofani tanlash to‘g‘risida so‘z yuritamiz.
5️⃣ sug‘orish lentasi tomchizgichlarining ishchi bosimi
Tomizgichli sug‘orish lentalarining suv bosimiga chidamliligi sug‘orish lentasi devorining qalinligiga bog‘liq.
💧Devorining qalinligi yupqa bo‘lgan sug‘orish lentalari katta suv bosimiga chiday olmaydi, yorilib ketishi mumkin.
💧Labirint tomizgichli sug‘orish lentalarining tomizgichlari 0,1 – 0,5 bar bosimda bemalol ishlasa, tirqish tomizgichli sug‘orish lentalarining ishchi bosimi 0,5 - 0,8 barni tashkil qiladi.
💧Yassi tomizgichli sug‘orish lentalari tomizgichlarining ishchi bosimi 0,8 – 2,0 bar oralig‘ida, suv sarfi esa asosan 1,0 – 2,0 l/soat oralig‘ida bo‘ladi.
6️⃣ sug‘orish lentasi tomizgichlari orasidagi masofa
Sug‘orish lentasining tomizgichlari orasidagi masofa yetishtiriladigan ekinning turi va uni ekish sxemasiga bog‘liq ravishda tanlanadi.
💧Ekin tuplari bir-biriga yaqin (zich) joylashadigan ekinlarni (masalan, ko‘katlar) sug‘orish uchun tomizgichlari bir-biridan 10 - 20 sm masofada joylashadigan sug‘orish lentasi tanlanadi.
💧Ekin tuplari siyrakroq ekiladigan ekinlarni (masalan, paxta kabi texnik ekinlar hamda pomidor, bulg‘or qalampiri va baqlajon kabi sabzavotlar) parvarishlashda tomizgichlari orasidagi masofa 20 - 30 sm bo‘lgan sug‘orish lentasi tanlanadi.
💧Ekin tuplari biri-biridan uzoq masofada ekiladigan ekinlarni (masalan, poliz ekinlari) sug‘orish uchun tomizgichlari orasidagi masofa 40 - 50 sm bo‘lgan sug‘orish lentasi tanlanadi.
Помидор уруғларининг юқори экинбоплик сифатларини ва тозалигини сақлаш (2). 🍎🍎
Помидор - бир йиллик, ўз-ўзидан чангланадиган ўсимлик бўлиб, шу
вақтнинг ўзида бошқа ўсимликлардан ҳам чангланиб қолиши мумкин. Бу ҳолат асосан жазирама иссиқ ҳаво шароитида, ҳар хил навлар бир далада экилганида вужудга келади. Шу сабабдан, навлар орасидаги оралиқ масофа очиқ далада камида 100 м, ҳимояланган ерларда эса камида 50 м бўлиши талаб этилади.
Уруғчилик майдонларида фақат сараланган элита уруғлари экилади, улар олдиндан микроэлементлар билан ишланган ва дориланган бўлиши керак.
Уруғлар етиштиришда асосан помидорнинг кўчат усули қўлланилади,
баъзи ҳолларда кўчатсиз усулдан фойдаланилади.
💧Каналга уланиш: 👉@tomchikanali
Саволлар: 👉💧@tomchiguruhi
📱"TOMCHI" - ни ўрнатиш: https://tomchi.mwr.uz/link.html 💧💧
75 та йирик канални бетонлашга бюджетдан 680 миллиард сўм ажратилган. Асосий мақсад энг кўп сув йўқотиладиган каналларни суғориш даври бошланишигача бетонлашдан иборат.
Лекин, Қашқадарёдаги лойиҳаси тайёр 9 та канални бетон қопламага ўтказиш ишлари бор-йўғи 34 фоизга бажарилган. Ёки, Сирдарёдаги 3 та каналда бетонлаш бўйича бажарилган ишлар 10 фоизга ҳам етмайди.
Президент ҳамма кучни тўлиқ сафарбар қилиб, вегетация даври бошлангунча бетонлаш ишларини якунлаш, каналлар атрофида дарахт экиш зарурлигини таъкидлади.
Сув йўқотишларини камайтириш ва сувни тежаб ишлатиш Сув хўжалиги вазирлигининг энг асосий вазифаси экани қайд этилди.
Facebook|Instagram|X
Gʻallaning hosilini oshirishda muhim tadbirlar (6)
OLTINCHIDAN, vegetatsiya davrida sug‘orishlarni o‘z vaqtida o‘tkazish va suv isrofgarchiligining oldini olish maqsadida (Suv xo‘jaligi tashkilotlari, klasterlar va fermer xo‘jaliklari) kanal va ariqlarni mexanizm hamda qo‘l kuchida
tozalash, lotok tarmoqlari va suv inshootlarini ta’mirlash, suv olish quloqlarini jihozlash ishlarini yakunlashlari kerak.
Davomi ertaga
💧Каналга уланиш: 👉@tomchikanali
Саволлар: 👉💧@tomchiguruhi
📱"TOMCHI" - ни ўрнатиш: https://tomchi.mwr.uz/link.html 💧💧
📣📣DIQQAT! DIQQAT! DIQQAT!
OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI TALABA VA MAGISTRANTLARI!
“SUV TEKIN EMAS-2!” mavzusidagi tanlovimizda qatnashing!
Ushbu tanlov 2023-yil 7-dekabrda e'lon qilingan talabalar o‘rtasidagi “Suv Tekin Emas” tanlovining ikkinchi bosqichidir.
Butun jaxon suv kuniga o’zingiz uchun qimmatbaho sovg’a qiliish uchun:
1. Tanlov shartlari bilan tanishing👇
2. Videoni yarating📽
3. Tayyorlagan videoni @students_tanlov_admini i TG manziliga va administratordan javob kuting.
4. Administrator yuborgan havolani do’stlaringizga yuborib ovoz berishlarini so‘rang.
💧Каналга уланиш: 👉@tomchikanali
Саволлар: 👉💧@tomchiguruhi
📱"TOMCHI" - ни ўрнатиш: https://tomchi.mwr.uz/link.html 💧💧
Gʻallaning hosilini oshirishda muhim tadbirlar (5)
BESHINCHIDAN, tuproqdagi namlik miqdori hamda o‘simlikning holatidan kelib chiqib, oziqlantirilgan maydonlar gektariga 600-700 m3 me’yorda sharbat usulida sug‘oriladi.
Davomi ertaga
💧Каналга уланиш: 👉@tomchikanali
Саволлар: 👉💧@tomchiguruhi
📱"TOMCHI" - ни ўрнатиш: https://tomchi.mwr.uz/link.html 💧💧
Эртаги муддатда укроп ўстириш
Укроп уруғини экиш муддатлари маҳсулот чиқариш муддатларига қараб белгиланади. Укропнинг тезпишарлигидан фойдаланиб, уни иссиқхоналарда бир неча марта экиш мумкин. Баҳорги иситилмайдиган иссиқхоналарда укроп февраль бошидан то март ўрталаригача асосий экинни экишдан олдин етиштирилади. Укроп уруғлари бир сутка давомида ивитилади, сўнг ундирилади, бўртиб чиққан уруғлар бир оз қуритилиб, кейин экилади. Қуруқ уруғлар экилганда 10-12 кун ўтгач, ундирилганлари эса 3-5 кундан кейин униб чиқа бошлайди.
Укропни кўпқаторли лентасимон усулда, улар орасидаги масофа 10 см қилиб экилади. Уруғларни экиш чуқурлиги 0,5-1 см., Сочма усулда 1 м2 га 20-30 г уруғ сепилади. Зичловчи экин сифатида етиштирилганда 4-6 қатор ленталарга экилиб, 1 м2 10-15 г уруғ сарфланади. Экиш учун укропнинг “Анет”, “Голдкрон”, “Узбекский-243”, “Ором” ва “Харковская-85” навлари тавсия этилган. Укроп уруғи экилгандан сўнг илиқ сув билан суғорилади. Шундан сўнг уруғ устидан 0,5 см қалинликда майда чиринди сепилади. Ниҳоллар 2-3 барг ҳосил қилганда, албатта, ягана қилиш керак, бунда ўсимликлар ораси 10-12 см қолдирилади.
Бу тадбир ўтказилмаса, ўсимлик бўйига чўзилиб кетади ва зич барглар шаклланмайди. Ўсиш даврида укроп 2-3 марта суғорилади, суғориш асносида азотли ўғитлар билан (1 л сувга 3-4 г аммиакли селитра) озиқлантирилади. Ўсиш даврида зарур бўлса, ўтоқ қилинади.
💧Каналга уланиш: 👉@tomchikanali
Саволлар: 👉💧@tomchiguruhi
Ekinlarning o‘tmishdosh ekinlarga nisbatan munosabati.
Turli sabzavot o‘simliklari o‘zlarining biologik xususiyatlariga ko‘ra u yoki bu o‘tmishdosh ekinlarga nisbatan turlicha munosabatda bo‘ladi.
O‘rta Osiyo iqlim sharoitida kartoshka uchun karam, dukkakli sabzavotlar, bodring, urug‘lik uchun ekilgan ikki yillik sabzavot ekinlari, ildizmеvalilar, shuningdеk, poliz ekinlari eng yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi. Kеchki kartoshka uchun esa turli xildagi o‘tlar ham o‘tmishdosh hisoblanadi. Tomatdosh sabzavotlar uchun ko‘p yillik o‘tlar, dukkaklilar, poliz, karam va piyoz yaxshi o‘tmishdoshdir.
Bеgona o‘tlardan qiynaladigan piyoz va ildizmеvali sabzavotlar karam, bodring, kartoshka kabi o‘tmishdoshlardan so‘ng ekilgani ma’qul.
💧Каналга уланиш: 👉@tomchikanali
Саволлар: 👉💧@tomchiguruhi
Азиз ТОМЧИ каналимизнинг обуначилари!
Сизларни “Қуйи бўғинда сув ресурсларини бошқариш тизимини такомиллаштириш ҳамда сув ресурсларидан фойдаланиш самарадорлигини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–5-сон, 05.01.2024 й.) билан каналимизда таништирган эдик.
Шу қарорнинг энг муҳим нуқталарини сизларга яна бир бор эслатиб ўтмоқчимиз.
💧Каналга уланиш: 👉@tomchikanali
Саволлар: 👉💧@tomchiguruhi
📱"TOMCHI" - ни ўрнатиш: https://tomchi.mwr.uz/link.html 💧💧
💡 BILASIZMI
Antarktida qit’asida doimiy oquvchi daryolar yo‘q. Biroq undagi Oniks daryosi yil davomida ikki oy oqadi va boshqa davrlarda tubigacha muzlagan holatda yotadi. Daryo Viktoriya Yeridagi Rayt vodiysida joylashgan. Bu daryoning uzunligi 32 km. Antarktida sovuq bo‘lganligi uchun undagi darylar oqmaydi, doimiy muz holatida, shu jumladan Oniks ham yilning 10 oyidavomida muz holatida bo‘ladi.
Эртаги муддатда редиска ўстириш
Редиска қисқа кунли, сояга чидамли ўсимлик, ёруғлик етишмаса ҳам ўсаверади. Редиска ёз ойларида тез пишиб ўтиб кетади ва таъмини йўқотади. Уруғи экилиб, ниҳоллар пайдо бўлгандан жуда тез пишар навлари 25-30, ўртапишарлари 35-40 ва ўртача кечки навларининг илдизмевалари 40-45 кунда етилади.
Редиска далага февраль охири-март ойида экилади. Экиш учун “Лола”, “Эртапишар”, “Майский”, Рудольф F1, Copa F1, Селеста F1 нав ва дурагайлари тавсия этилади. Редиска уруғи кичик майдонларда қўл кучи ёрдамида, катта майдонларда сабзавот сеялкаси билан пушталарга икки қатор қилиб сепилади. Бунда пушталар ораси 50-70 см, пуштадаги йўллар ораси 8-10 см қилиниб, ҳар гектарга 14-18 кг уруғ экилади.
Уруғ сепилгандан сўнг пушталарни чиринди билан мульчалаш самаралидир Редиска кўкариб, бир-иккитадан чинбарг чиқарганда яганаланади ва бирйўла ўтоқ қилинади. Бунда тезпишар илдизмеваси майда редиска навлари ҳар 3-4 см, кечпишарлари эса 5-6 см да бир тупдан қолдирилади.
👉@tomchikanali
#Биласизми
💧Қонунчиликка кўра, сув етказиб берувчи ташкилотлар ва сув истеъмолчилари ўртасида расмийлаштирилган далолатномаларни ҳар ой якуни билан электрон шаклда тўлдириш ҳамда электрон рақамли имзолар орқали тасдиқлаш имконини берувчи “Suv hisobi” ахборот тизими яратилиши белгиланган.
Каналга уланиш👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot
ТОМЧИЛАБ СУҒОРИШ УЧУН МЎЛЖАЛЛАНГАН ГЕОМЕМБРАНА СУВ ҲАВЗАЛАРИ
ГЕОМЕМБРАНА асосида қурилган сув ҳавзаси – томчилаб суғориш учун зарур бўлган сувнинг маълум миқдорини ўзида сақлаб туриш учун хизмат қилади.
Амалиётда сув ҳовузлари тупроқдан, темир-бетон, металл, ва геомембранадан қурилади. Айни дамда тез сифатлик, 70% арзонроқ, 10-15 йилгача хизмат қиладиган ва атроф мухитга зарар етказмайдиган материал бу геомембранадир.
"Sanfa Engineering" корхонаси томонидан ишлаб чиқарилаетган геомембрана 100% бирламчи грануладан ишлаб чиқарилиб, 1,0мм дан 2,5 мм қалинликга эга. Ишлаб чиқариш жараенида қуеш нурларини қайтарувчи қўшимчалар, харорат стабелизаторлари ва турили хил полимер қўшимчалар ишлатилади. Бу эса ўз навбатида геомембрана сифатини яхшилайди, иссиқ +65 ва -50 хароратларга чидамли қилади.
Контакты:
+998 55 900 50 12 (Завод)
+998 99 643 01 40 (Менеджер Музаффар)
✈️ Telegram 🌐 Сайт 🌐 Instagram
ЁПИҚ ДАЛАДА БОДРИНГ ЕТИШТИРИШ (2)
Тупроқ таркибида етарлича кислота етишмаслиги натижасида ўсимликларда магний (Mg) танқислиги кузатилади.
Кўчатлар кўчириб экилганда тупроқ ҳарорати 16°С дан паст бўлмаслиги лозим. Бунинг учун пушталар олиниб арик ёки пушта 35-40 см чуқурликда қазилади ва унга 10-15 см қалинликда ярим чириган гўнг солинб усти ёпилади.
Тупроқнинг ҳарорати 12°С бўлганда ўсимлик ўсиши секинлашади. Бутун вегетация даврида тупроқ ҳарорати кечаси 18°С, кундузи 22°С бўлиши тавсия этилади. Ҳароратнинг ушбу кўрсаткичдан паст бўлиши ҳосилдорликнинг пасайишига сабаб бўлади. Тупроқнинг намлиги 70-80% бўлгани маъқул.
💧Каналга уланиш: 👉@tomchikanali
Саволлар: 👉💧@tomchiguruhi
📱"TOMCHI" - ни ўрнатиш: https://tomchi.mwr.uz/link.html
ЁПИҚ ДАЛАДА БОДРИНГ ЕТИШТИРИШ (1)
Бодринг экиш учун ер жуда унимдор чириндига бой, сувни яхши ўтказадиган, намни ўзида яхши сақлайдиган бўлиши лозим. Бодринг экишдан олдин ерга 8-10
см қалинликда чириган гўнг солиб яхшилаб хайдалади. Иссиқхона тупроғи 25 см қатламига (3:1 нисбатда) чиринди солинади.
Бодринг етиштириш учун иссиқ, таркиби 20-30% органик озуқага эга бўлган тупроқ талаб этилади.
Тупроқдаги pH (тупроқнинг ишқорийлиги) хажми 5,5-6,5 нормада бўлиши тавсия этилади. ЕС (тупроқдаги тузнинг концентрацияси ва электр ўтказувчанлиги) 2 ни ташкил қилиш керак.
Давоми эртага
💧Каналга уланиш: 👉@tomchikanali
Саволлар: 👉💧@tomchiguruhi
📱"TOMCHI" - ни ўрнатиш: https://tomchi.mwr.uz/link.html
Бетон матони монтаж қилинишини кўрганмисиз?
💧Каналга уланиш: 👉@tomchikanali
Саволлар: 👉💧@tomchiguruhi
📱"TOMCHI" - ни ўрнатиш: https://tomchi.mwr.uz/link.html 💧💧
💡 BILASIZMI
Daryo suv oqimlarining to‘lin, toshqin va kam suvli davrlari bo‘ladi. Bahorda erigan qor va yomg‘irlar ta’sirida har yili daryo oqimlarining tlin davri qaytariladi, yoz oxiri va kuzda baland tog‘lardagi qor va muzliklar erishdan to‘xtaganda kam suvli davr yuzaga keladi. Qorlarning tez erishi va jala yomig‘irlari oqibatida daryolarda qisqa muddatli toshqinlar sodir bo‘ladi. To‘lin suv, kam suvli davrlar har yili bir xil davrda qaytariladi. Toshqin davri esa aniq bir davrga xos emas, u har qanday vaqtda sodir bo‘lishi mumkin.
Ер ва сув ресурслари чекланган шароитда қишлоқ хўжалиги масъуллари жорий йилда мутлақо янгича ишлаши зарурлиги қайд этилди.
Лекин, таннархни камайтириш, юқори ҳосил берадиган уруғ ва кўчатларни етказиб бериш, саноат муҳитини олиб кириш бўйича айрим мутасаддилар ва ҳокимлар етарлича ишламаётгани танқид қилинди.
Жорий йилда туманларга ҳосилдор уруғларни етказиб, деҳқонларни янги агротехнологияларга ўқитиб, пахта ва ғаллада ҳосилдорликни янада ошириш муҳимлиги кўрсатиб ўтилди.
Шунингдек, ўғит таннархни 15 фоизга камайтириб, қишлоқ хўжалигини 900 минг тонна минерал ўғит билан таъминлаш вазифаси қўйилди.
Facebook|Instagram|X