#trening
🔹Andijon viloyatiga Tojikiston Respublikasi suv xo‘jaligi tashkilotlari va “Tojikistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi” mutaxassislarining tashrifi haqida ma'lumot bergan edik.
Trening haqidagi videomizni e'tiboringizga havola etamiz.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
#sarimsoq
Ekish tugatilishi bilan sug‘orish egatlari tiklanib, o‘q ariqlar olinadi va maysalatish suvi beriladi. Sarimsoqning 1-2 bargi ko‘rinishi bilanoq qator oralarini yumshatish va begona o‘tdan tozalash, chopiq qilish kerak bo‘ladi.
🧄 Sarimsoq qish mavsumiga kirgungacha o‘simlikning yer ustki va ostki qismlari kuchli rivojlanib ulgurishi, uning qattiq xatarli sovuqlarga chidamliligini oshiradi. Shuning uchun kuzdagi parvarish muhim bo‘lib, sarimsoq maysalaydi va maysalashidan keyinroq tuproq yuzasini yengil (5-6 sm.) chopiq qilish orqali begona o‘tlar yo‘qotiladi.
🧄 Odatda, birinchi chopiqdan so‘ng yana sug‘oriladi, keyingi chopiq chuqurroq, ya’ni 8-10 sm. qilib qo‘lda chopiladi, begona o‘tlardan tozalanadi va o‘simliklarni tuproq bosmasligi uchun egatlar olinadi. Sarimsoqqa KRN-4,2 kultivatori bilan ikki-uch marta 12-15 sm. chuqurlikda ishlov berish ham samaralidir.
🧄 O‘sish davrida 4-6 marta chopiq o‘tkaziladi (har bir sug‘orishdan so‘ng). Sarimsoqni chirindi bilan mulchalash ham hosildorlik ortishiga sabab bo‘ladi. Erta bahorda pushtalardagi begona o‘tlar qo‘lda yulinib, tuproq yumshatiladi, o‘sib chiqayotgan gul poyalar barvaqt sindiriladi. Gulpoya chiqishi bilanoq uzilmasa, sarimsoq o‘smay qoladi va hosil pasayadi. Bu tadbir ham hosildorlikni 25-40% ga oshiradi.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
🔵Экин майдонига бериладиган сувнинг сарфи ўсимликнинг ўсиш ва ривожланиш динамикаси, қуруқ моддани йиғиш суръати ва ҳаво ҳамда тупроқ ҳароратига мувофиқ аниқланади.
🔵Қишлоқ хўжалиги экинлари ривожланишининг турли даврларида сувга бўладиган талабини ғўза мисолида кўриб чиқиш мумкин.
🔵Ғўзанинг вегетация даври уч босқичга бўлинади:
– уруғ унганидан - гуллашигача бўлган даври;
– гуллашидан - ҳосил туга бошлагунича бўлган даври;
– ҳосил тугиш бошлангандан ҳосил пишиб етиладиган даври.
👉 БАТАФСИЛ
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
#trening
🔹Andijon viloyatiga Tojikiston Respublikasi suv xo‘jaligi tashkilotlari va “Tojikistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi” mutaxassislarining tashrifi haqida ma'lumot bergan edik.
🔹Uchrashuv ishtirokchilardan biri Andijon qishloq xo`jaligi texnologiya instituti professori, Hududlarda yerlar meliorativ holatini yaxshilash, suv tejamkor texnologiyalarda sug`orish tartibini belgilash bo`yicha loyiha rahbari Anvarjon Isashev taasurotlari bilan tanishing
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
#sarimsoq
🧄 Sarimsoqning aksariyat navlari erta, kuzgi va qish oldi (to‘qsonbosti) muddatlarda ekiladi. Ammo bahorda ekili¬shida yaxshi rivojlanadigan (bahorgi) navlari ham mavjud. Kuzgi navlar serhosil hisoblanadi.
🧄 Sarimsoq kuzda, sentyabr-oktyabrning boshlarida eki¬ladi. Bundan kechiktirib ekilsa, kuzda yaxshi ildiz olishga ulgura olmaydi. Shu sababdan qishki sovuqlardan va kasal¬ liklardan shikastlanib, hosili kamayadi.
🧄 Sarimsoqpiyoz asosan pallasidan ekiladi. Ekishdan uch- to‘rt kun oldin pallalarga ajratiladi, saralanadi, kasal¬langan, ezilgan hamda maydalari ajratib tashlanadi. Sa-rimsoqni o‘rtacha va o‘rtachadan kattaroq, ya’ni og‘irligi 2-6 g. dan kam bo‘lmagan pallalari ekiladi. Shuni aytish kerakki, qancha yirik pallalar ekilsa, hosil shuncha yuqori bo‘lishi tajribalarda isbotlangan.
🧄 Sarimsoq ikki-uch qatorli lentasimon usulda ekiladi. Lentalararo masofa (egat kengligi) 70 sm. bo‘lib, lentadagi qo‘sh qator oralig‘i 20 sm, uch qatorli ekishda oralari 15 sm, qatorchalarda piyoz pallachalari orasi 7-8 sm. li holda eki¬ladi. Shunday qilib, sarimsoqning ekish sxemasi: 5-6 sm. va x 7-8 sm. ko‘rinishda, gektariga 450-600 ming dona o‘simlik joylashadi.
🧄 Ekish chuqurligi 5-8 sm. ni tashkil qila¬di. Ekish me’yori, ya’ni bir gektar maydonga sarimsoq palla¬laridan 1000-1200 kg. sarflanadi. Sarimsoqni hovaki piyozchalaridan ham ekib yetishtirish mumkin. Bunda mayda hovaki piyozchalar 3-4 qatorli qilib, 2-3 sm. chuqurlikka ekiladi va gektariga 50-100 kilogramm¬dan urug‘lik sarflanadi.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
#sitrus_mevalar
🍋 Apelsin, limon, greypfrut kabi mevalarning po‘sti qalin va mustahkam bo‘lib, ularning yaxshi saqlanishini ta’minlaydi.
🍊Mevalarning bunday tuzilishi uzoq masofalarga muvaffaqiyat bilan tashish va uzoq muddat saqlashga imkon beradi. Shamollatib turilgan holda havoning nisbiy namligini 85-90% va haroratni 1-30S atrofida ushlab turish sitrus mevalarini saqlash uchun yeng qulay sharoit hisoblanadi. Bunday saqlash tartibotida apelsin mevalarini 4-5 oy, mandarinni 2,5-3 oy va limonni 5-6 oy saqlash mumkin.
🥝 Barchaga ma’lumki, pishib yetilgan olma va nok mevalarini darhol terib olish va sotish yoki qayta ishlash lozim. Faqatgina ularning qishki navlarini maxsus omborxonalarda uzoq muddat saqlash mumkin. Ammo sitrus ekinlarni daraxtidan uzib olishga shoshilmaslik kerak. Masalan, to‘liq pishib yetilgan apelsin mevalari daraxtida uch oygacha to‘kilmasdan va o‘zining ta’m sifatlarini yo‘qotmasdan osilib turishi mumkin.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
💧 Маълум бир ҳудудда намлик ва унга боғлиқ бўлган ҳавонинг иссиқлик режимини, қишлоқ хўжалиги экинлари озиқланишини ташкил қилиш орқали режалаштирилган ҳосилни етиштириш учун экинларни суғориш амалга оширилади.
💧 Маълумки, қишлоқ хўжалиги экинлари экилган майдонлардаги намлик ўсимликларнинг танаси ва барглари орқали буғланишига ҳамда тупроқ юзасидан бўладиган буғланишига сарфланади.
👉 БАТАФСИЛ
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
O'ylab ko'rishga arziydi 💧
Atigi olti oylik faoliyat davomida Ocean Cleanup startapi an'anaviy chiqindi ushlagich yordamida Karib dengiziga 3 ming tonna axlatning kirib kelishining oldini oldi.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
ДАВОМИ...
💧 Бироқ воқеаларнинг охирги чорак аср давомидаги ривожи давлатлараро келишувларга ҳар доим ҳам амал қилинавермаслигини, балки ҳавза мамлакатлари сув ресурсларини ўз манфаатларидан келиб чиқиб бошқаришларини кўрсатди.
👉 БАТАФСИЛ
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Aziz TOMCHI kanalining obunachilari!
🇺🇿 Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33-yillik bayrami bilan chin dildan tabriklaymiz.
🤲 Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va omad yor bo‘lsin! Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 🇺🇿
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
💧 Ўзбекистон Республикасининг сув реурслари Орол денгизи ҳавзаси сув ресурсларининг ажралмас қисми ҳисобланади ва тўлалигича давлатлараро Амударё ва Сирдарё дарёлари ва улар ирмоқларининг ер усти сувлари, мазкур дарёлар ҳавзалари ер ости сувлари ва қайтар сувлар ресурслари жамланмасидан иборат...
👉 БАТАФСИЛ
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
💧Сув – ўсимликлар ҳаётидаги асосий омиллардан бири.
Ўсимликнинг меъёрда ўсиши ва ривожланиши, ҳамда ундаги барча физиологик жараёнлар унинг сув билан таъминланган шароитда кечади.
Ўсимлик таркибида унинг ўз оғирлигига нисбатан 60-90 % миқдорда сув мавжуд бўлади.
👉 БАТАФСИЛ
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
💧Сув экиннинг ўсиши (ўсимликнинг ҳаёт кечириши) ва зарур ҳосилни яратиши учун зарур бўладиган энг муҳим омиллардан саналади.
Ўсимлик ривожидаги барча ҳаётий жараёнлар ва ҳосилнинг шаклланиши сув керакли миқдорда бўлганидагина рўй беради.
Одатда сув ер юзасидан, ўсимликлар танаси ва баргларидан мунтазам равишда буғланиб туради. Ўсимликдан қанча миқдорда сув буғланса, унинг ўсиши учун, шунча миқдордаги сувни бериш лозим саналади.
👉 БАТАФСИЛ
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
#Президент_қарори
❗️Айрим қишлоқ хўжалиги корхоналари қўллаб-қувватланади
📊 Тупроқ намлигини назорат қилиш, яъни экинларни суғориш вақтини ҳисобий аниқлаш учун метео маълумотлардан фойдаланиш тобора оммалашиб бормоқда.
Метео маълумотлар эса экин майдонига энг яқин жойлашган метеостанциядан олинади. Экин майдони метеостанция тармоғидан узоқда жойлашганда даланинг ўзида кичик агрометеостанция ташкил қилиниши мумкин.
👉 БАТАФСИЛ
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
🌎Ўсимлик ривожланишнинг турли даврларида сувга турлича эҳтиёж сезади. Ўсимликларнинг ўса бошлаши билан сувга бўлган талаби ҳам ортиб боради.
🌎Ўсимлик организмида бир бирлик оғирликдаги органик моддаларнинг ҳосил бўлиши учун ўртача 400 бирликдаги сув керак бўлади.
🌎Вегетатив органларининг тўла ривожланиш даврида сувга эҳтиёж энг катта бўлади. Ҳосил етила бошлаган даврда сувга эҳтиёж ҳам камаяди. ...
👉 БАТАФСИЛ
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
🔹Andijon viloyatiga Tojikiston Respublikasi suv xo‘jaligi tashkilotlari va “Tojikistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi” mutaxassislarining tashrifi haqida ma'lumot bergan edik.
🔹Uchrashuv ishtirokchilardan biri Tojikiston Respublikasining suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi vakili Baxtiyor Yusupov taasurotlari bilan tanishing
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
#karam
🥬 Ekiladigan urug‘ 3-5% lik osh tuzi eritmasiga 1 soat davomida solib qo‘yiladi. Eritma ostiga cho‘kkan urug‘larni toza suv bilan 2-3 marotaba yuvib, so‘ngra ularni ѐyib quritiladi.
Har 1 ga ochiq maydonga ekish uchun yetarlik miqdorda karam ko‘chati tayѐrlashga 350-400 g hisobida urug‘ sarflanadi.
🥬 Ko‘chatlarni oziqlantirishda har 10 l suvga 13-15 g azotli; 18-25 g fosforli va 15-20 g kaliy o‘g‘itlari solinib eritilib, har 3-3,5 m2 maydondagi ko‘chatlarni oziqlantirish uchun sarflanadi.
Karam ko‘chatlari so‘nggi oziqlantirish ochiq maydonga ekishdan 15-18 kun oldin oziqlantiriladi. Bunda 10 l suvga madaniy o‘g‘itlar miqdori ikki marta ko‘proq solinib amalga oshiriladi.
🥬 Tayѐr bo‘lgan karam ko‘chatlarining ѐshi 40-45 kunlik va uzunligi o‘rtacha 14-16 sm va barglar soni 6-7 tadan bo‘lganda ochiq maydonga ekiladi.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
💧 Қишлоқ хўжалиги экинларини бир марта суғориш учун керак бўладиган сувнинг миқдори ушбу экиннинг тури, ривожланиш фазаси, илдиз тизимининг қандай ривожланганлиги ва даладаги тупроқнинг тури каби кўрсаткичларга боғлиқ бўлади.
💧 Одатда экинни бир марта суғориш учун бериладиган сувнинг миқдори дала тупроғининг сувни ўзида ушлаб тура олиш даражасидан ортиб кетмаслиги талаб қилинади.
👉 БАТАФСИЛ
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
💧 Қишлоқ хўжалиги экинларининг суғориш режимлари уларнинг биологик хусусиятлари, табиий ва хўжалик шароитларига боғлиқ ҳолда белгиланадиган суғориш меъёрлари, муддатлари ва сонини ўз ичига олади.
💧 Тупроқнинг ўсимлик ривожланиши учун керакли бўлган намлиги тегишли суғориш режими асосида ҳосил қилинади.
👉 БАТАФСИЛ
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
❗️ Suv - Yerdagi eng qimmatli resurslardan biridir.
Suvdan to'g'ri foydalanish kelajak avlodlar uchun suv zaxiralarini saqlab qolishga yordam beradi.
Kundalik hayotingizda oddiy, ammo samarali usullar bilan suvni qanday tejashingiz mumkinligini ko'ring.
Barqaror kelajak sari birgalikda qadam tashlaylik!
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
#karam
🥬 Yer tanlash. Karam organik moddalarga boy, salqin, suv sig‘imi yaxshi o‘g‘itlangan qoramtir o‘tloq yerlarda yaxshi o‘sadi. Yengil bo‘z va qumloq yerlarga ekilgan karam uncha yaxshi rivojlanmaydi. Sho‘rlangan va botqoqlangan yerlar karam ekishga unchalik yaramaydi.
🥬 Almashlab ekishdagi o‘rni. Kechki karamni ertagi kartoshka, sabzi,
bodring, osh lavlagidan bo‘shagan yerlarga takroriy ekin sifatida va g‘alladan ekish mumkin.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
💙“Suvchilar maktabi” tajriba uchastkalari ekin maydonlaridan 29 - 31 avgust kunlarida namlikning bug‘lanishi holati (m3/ga)
☀️ Hurmatli Tomchi muhlislari “Suvchilar maktabi”ning mamlakatimiz viloyatlarida joylashgan tajriba dalalarida o‘rnatilgan meteostansiyalarning 2024 yilning 29 avgustidan 31 avgustigacha bo‘lgan davrdagi ma’lumotlari asosida bajarilgan tahlillarning natijalari ekin maydonlaridan namlikning bug‘lanishi Suvchilar maktablarining Buxoro (Buxoro shahri - 208 m3/ga) viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (Nukus tumani - 193 m3/ga) va Navoiy (Karmana tumani - 180 m3/ga) viloyatlaridagi uchastkalarida nisbatan yuqori bo‘lganligini ko‘rsatdi.
☀️ Suvchilar maktabining Surxondaryo (Termiz tumani - 161 m3/ga), Qashqadaryo (Qarshi tumani - 158 m3/ga), Xorazm (Urganch tumani – 150 m3/ga), Samarqand (Oqdaryo tumani - 141 m3/ga) va Namangan (To‘raqo‘rg‘on - 138 m3/ga), viloyatlaridagi tajriba maydonlarida namlikning bug‘lanishi nisbatan o‘rtacha bo‘ldi.
☀️ Suvchilar maktabining Jizzax (Paxtakor tumani - 132 m3/ga), Toshkent (Darxon - 128 m3/ga), Andijon (Andijon - 124 m3/ga), Farg‘ona (Quva tumani – 123 m3/ga) va Sirdaryo (Guliston - 112 m3/ga) viloyatlaridagi tajriba maydonlarida esa namlikning bug‘lanishi eng kam bo‘lganligi kuzatildi.
❗️ Suvchilar maktabining tajriba maydonlariga yaqin joylashgan fermer xo‘jaliklari dehqonlari sentyabr oyining birinchi kunlarida o‘tkaziladigan sug‘orishlarni keltirilgan ma’lumotlar asosida aniqlashtirib amalga oshirishlari mumkin.
Suvchilar maktabi | Tomchi
#Piyoz
🧅 Kasalliklardan soxta un-shudring, ildiz chirishi, bo‘g‘in chirishi kasalligiga qarshi 1% li bordo suyuqligi (mis sulfati bo‘yicha 60-80 kg/ga), 10% em.k. Topazni 0,125- 0,150 l yoki Kurzat n.kuk. R 2,0-2,5 kg 600 litr suvda aralashtirib purkash tavsiya qilinadi.
🧅 Piyoz pashshasi, tamaki tripsi va boshqa zararkunandalarga qarshi kurashda 1 gektarga preparatlardan 10% em.k DVA-tridan 0,4l, 10% em.k Talstardan 0,3-0,4 l, 20% em.k Konfidordan 0,25-0,3 l hisobida sepiladi.
🧅 Katta maydonlarda begona o‘tlarni yo‘qotishda gerbisidlardan foydalanish mumkin. Bir yillik ikki pallali va boshoqli begona o‘tlarni yo‘qotish uchun urug‘ni ekishgacha yoki unib chiqquniga qadar gektariga sus.k. 50% Gezogard gerbisididan 2,0–3,0 kg yoki em.k. 33% Stompdan 1,0–2,0 litr hisobida 400 litr suvga aralashtirilib sepiladi.
🧅 Piyoz nihollarida 3–4 tadan chinbargi chiqqan davrida maydondagi ta’kidlangan o‘tlarga qarshi em.k. 12,5 foizli
Fyuzilad super (1,0–2,0 l/ga) yoki em.k. 20 foizli Nabu (1,5 l/ga) sepiladi. Ko‘pyillik boshoqli begona o‘tlarga qarshi esa em.k. Zellek super (1 l/ga) yoki em.k. 12,5 foizli Fyuzilad super (2,4–4,0 l/ga) preparatlarini begona o‘tlarning bo‘yi 5-10 sm. bo‘lganda sepish tavsiya etiladi.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Suv Oʻzbekistonda muammoga aylanmoqdami?
Ushbu mavzu boʻyicha real voqealarga asoslanib, oʻz fikrimni ulashmoqchiman.
Oxirgi 1 oylikda xizmat safari doirasida Oʻzbekistonning 3 viloyati Jizzax, Namangan va Fargʻonadagi togʻ va togʻ oldi hududlarda, jami 30 dan ortiq mahallalarda boʻldim va aholidan ular yashayotgan hududdagi iqlim oʻzgarishi va ekologik muammolar haqida fikrlarini jamlab keldim.
Kanaldagi nofaollikning asl sababi ham shu edi!
Xulosa qilib aytadigan boʻlsam, haqiqatan ham suv tanqisligi (ichimlik ham, oqova ham) asosiy muammo sifatida ajralib qoldi. Tanishilgan MFY larning 60-70 % da ushbu muammo yaqqol ajralib turibdi. Toʻgʻri, hozircha hamma hududlarda suv maʼlum miqdorda mavjud, lekin suv bilan bogʻliq muammosi yoʻq hududlarda ham yildan-yilga resursning kamayishini aholi sezayotganini yashirib oʻtirmadi. Hattoki, ayrim mahallalar ichimlik suvini 7-10 km masofadan tashib kelishini aytishdi.
Endi tasavvur qiling, biz isteʼmol qiladigan, foydalanadigan suv resurslarining asosiy manbayi togʻli zonalardan boshlanadi, suv tanqisligi ularda muammo keltirib chiqargan bir vaqtda, tekislikdagi aholida qanday fikr kutish mumkin?
Shuning uchun, suvni tejab ishlatishni hammaga tushuntirish lozim, barcha sohalarda tejovchi texnologiyalarni tezroq kengaytirish kerak.
#shaxsiy_fikr
Manba
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
#piyoz
🧅 Piyoz havoning nami past joylarda yaxshi o‘sadi, ammo tuproqning sernam bo‘lishini xohlaydi. Piyozning barg shapalog‘ining kichikligi va suvning tejab-tergab sarflanishiga qaramasdan, uning ildizi yaxshi rivojlanmaganli gidan tuproq namligiga talabchanligi nihoyatda kuchli.
🧅 Urug‘ unib chiqayotgan va piyoz boshi shakllanayotgan davrda ekinning suvga talabi, ayniqsa, oshadi. Faqat, o‘suv davrining oxirida va piyoz boshlari yetilgan paytdagina o‘simlikning suvga bo‘lgan talabi bir oz kamayadi. Bu davrda tuproq haddan tashqari sernam bo‘lsa, piyoz kechroq yetiladi va uni uzoq saqlab bo‘lmaydi.
🧅 Piyoz ekilishi bilanoq ketma-ket sug‘oriladi. Urug‘ni qiyg‘os undirib olish uchun urug‘ suvi beriladi. Bunda suv jildiratib oqizilib, marzaning tepasi qorayguncha to‘xtatilmaydi. Shunda tuproq bir tekis namiqib, urug‘ning yoppasiga ko‘karishi uchun sharoit yaratiladi. O‘simlik yaxshi ildiz otib, o‘zini obdon o‘nglab olgunicha (kech kuzgacha) suvdan qoldirmaydi. Shu maqsadda piyoz kuzgi yog‘ingarchilik boshlangunicha o‘suv davrida urug‘ suvidan tashqari yana ikki marta sug‘oriladi.
🧅 Yuqorida aytilganidek, piyoz ildizlari tuproqning yuza qatlamiga taralishini hisobga olib har galgi sug‘orishda gektariga 350-400 m3 hisobidan suv beriladi.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
🧅Piyoz o‘simligi popuk ildizli sabzavot bo‘lib, ildiz tizimi, asosan, tuproqning ustki qismiga yaqin joylashgan. Shuning uchun u yerning ustki qismida asosiy oziqa elementlarning ko‘p bo‘lishini talab qiladi.
🧅Yuqori unumdor yerlarga o‘rtacha sof holda 250 kg azot, 200 kg fosfor, 80 kg kaliy, o‘rtacha unumdor yerlarga o‘rtacha 300 kg azot, 220 kg fosfor va 90 kg kaliy va unumdorligi past bo‘lgan maydonlarga 320 kg azot, 220 kg fosfor va 100 kg kaliy berish kerak.
🧅Piyoz uchun muqobil bo‘lgan azot o‘g‘iti ammoniy sulfat yoki karbamid, fosfor o‘g‘itlaridan esa superfosfat, ammofos o‘g‘itidir. Har xil darajada sho‘rlangan yerlarda piyoz yetishtirilganda azot o‘g‘iti sifatida ammoniy sulfat, kaliy o‘g‘itlaridan kaliy xlorid, kaliy sulfat kabi o‘g‘itlarni bermaslik kerak.
🧅O‘g‘itlarni berish muddati. Rejalashtirilgan hosilga belgilangan fosfor o‘g‘it yillik miqdorining 70-75% yerning asosiy ishlovida, qolgan qismi esa yerni boronalashdan oldin beriladi. Azot o‘g‘iti esa vegetatsiya davrida oziqlantirish paytida teng ikkiga bo‘lib beriladi.
🧅Birinchi oziqlantirishda piyoz yagonalab, piyoz boshi o‘toq qilingandan so‘ng, ikkinchisi esa shakllana boshlaganda beriladi.
Piyoz o‘simligiga organik o‘g‘itlardan yangi go‘ngni berish tavsiya etilmaydi. Chunki go‘ng berilganda undagi begona o‘tlarning urug‘lari unib chiqib, olinadigan hosilga salbiy ta’sir etadi.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Nima uchun tarvuz juda ko'p vazn yo'qotdi? 🍉
Tarvuz 20 kg og'irlikda bo'lganda, uning massasining 99% suv, ya'ni 1% quruq moddalar (20 kg * 1% = 0,2 kg).
Quritgandan keyin suv miqdori 98% gacha kamaydi. Endi quruq moddalar tarvuzning yangi vaznining 2% ni tashkil qiladi. Quruq moddalar miqdori o'zgarmasligi sababli, 0,2 kg quruq modda endi tarvuz vaznining 2% ni tashkil qiladi.
Tarvuzning yangi massasini topish uchun: 0,2 kg / 2% = 10 kg.
Endi tarvuzning vazni 10 kg!
Bu hayratlanarli, ammo matematik jihatdan to'g'ri bo'lgan hodisa suvning foizdagi kichik o'zgarishlari mahsulotning og'irligiga qanday ta'sir qilishi mumkinligini ko'rsatadi.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
🚜 Agar kultivatsiya kechiktirib o‘tkazilsa, yoki qator orasi yumshatilmay qolib ketsa, jo‘yaklar qurib, yuzasi yoriladi, g‘o‘za ildizlari shikastlanadi, vilt kasali ko‘payadi, tuproqdagi namlik tezda yo‘qotiladi, begona o‘tlar o‘sib ketadi, hosil elementlari tezda to‘kilib, hosildorlik 15-25% pasayadi, bir so‘z bilan aytganda kultivatsiya obi-tobidan 1-2 kunga kechiksa 1-2 s/ga, 2-3 kunga kechiktirilsa, 3-4 s/ga va shu tarzda hosil kamayib ketaveradi.
🚜 Shu davrda kultivatsiyani chuqur o‘tkazish ham shart emas, ya’ni kultivatsiya yuzaroq o‘tkazilishi lozim. Yuza kultivatsiya dalani mashina terimiga yaxshi tayyorlash imkonini berib, paxta terish mashinalarining bir tekis yurishini ta’minlaydi.
🚜 Qator oralig‘i 60 sm va qo‘shqator qilib ekilgan maydonlardagi g‘o‘za shoxlari bir biri bilan tutashgandan so‘ng, kultivatsiya o‘tkazilmaydi.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish
Andijon viloyatida Tojikiston Respublikasi suv xo‘jaligi tashkilotlari va “Tojikistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi” mutaxassislarining tashrifi yakunladi.
Treningning yakuniy kuni amaliy ko'nikmalarni rivojlantirishga bag'ishlandi. Mahorat darslarida tomchilatib sug‘orish tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish, ushbu tizimlardan foydalanishning agrotexnikasi, shuningdek, sug‘orish tizimini o‘rnatish va demontaj qilish masalalari muhokama qilindi. Mutaxassislar asosiy texnik xizmat ko‘rsatish va nosozliklarni bartaraf etish usullarini namoyish etdi, bu esa trening ishtirokchilariga qimmatli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkonini berdi.
Ushbu tashrif ikkita Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida suvni tejash sohasida transchegaraviy hamkorlikni mustahkamlash yoʻlidagi muhim qadam boʻldi. O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi mintaqada suv resurslarini barqaror rivojlantirishga ko‘maklashuvchi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda davom etmoqda.
✅ Kanalga ulanish
💬 Savollar
📱"TOMCHI" - ni o'rnatish